Sura 39

Zumar

الزُّمَرِ

Az-Zumar · Makkiy · 75 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ

    Tanzeelul Kitaabi minal laahil 'Azeezil Hakeem

    Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu hakiym boʻlgan Alloh tomonidandir.

  2. 2

    إِنَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ فَٱعْبُدِ ٱللَّهَ مُخْلِصًۭا لَّهُ ٱلدِّينَ

    Innaaa anzalnaaa ilaikal Kitaaba bilhaqqi fa'budil laaha mukhlisal lahud deen

    Albatta, Biz senga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sen Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.

  3. 3

    أَلَا لِلَّهِ ٱلدِّينُ ٱلْخَالِصُ ۚ وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَآ إِلَى ٱللَّهِ زُلْفَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِى مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَنْ هُوَ كَٰذِبٌۭ كَفَّارٌۭ

    Alaa lillaahid deenul khaalis; wallazeenat takhazoo min dooniheee awliyaaa'a maa na'buduhum illaa liyuqar riboonaaa ilal laahi zulfaa; innal laaha yahkumu baina hum fee maa hum feehi yakhtalifoon; innal laaha laa yahdee man huwa kaazibun kaffaar

    Ogoh boʻlingkim, xolis din Allohnikidir. Undan oʻzga avliyo (doʻstlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari boʻyicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolgʻonchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas. [1]

    [1] (Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi zot ekanini, osmonlaru Yerni yaratganini tan olar edi. Ammo oʻsha xoliqning tavhidini, yakka Oʻzigina ibodatga sazovor ekanini tan olmasdi. Ibodatda Unga turli but va sanamlarni sherik qilar edi. Ular oʻzlaricha afsona toʻqib, farishtalar Allohning qizlari, deb safsata sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab oʻshalarga sigʻinishardi. Biz maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga juda ham yaqinlashtirishlari uchun sigʻinamiz, deyishardi. Bu ishlari esa, botil ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.)

  4. 4

    لَّوْ أَرَادَ ٱللَّهُ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًۭا لَّٱصْطَفَىٰ مِمَّا يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ

    Law araadal laahu aiyattakhiza waladal lastafaa mimmaa yakhluqu maa yashaaa'; Subhaanahoo Huwal laahul Waahidul Qahhaar

    Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, Oʻzi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. Alloh yagona Qahhordir (yaʼni, Qahhorligidan butun olamni Oʻziga boʻysundirib va yakka Oʻzi idora qilib turadi. Bu ishida U hech qanday sherikka, yordamchiga muhtoj emas).

  5. 5

    خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۖ يُكَوِّرُ ٱلَّيْلَ عَلَى ٱلنَّهَارِ وَيُكَوِّرُ ٱلنَّهَارَ عَلَى ٱلَّيْلِ ۖ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّۭ يَجْرِى لِأَجَلٍۢ مُّسَمًّى ۗ أَلَا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّٰرُ

    Khalaqas samaawaati wal arda bilhaqq; yukawwirul laila 'alan nahaari wa yukawwirun nahaara 'alaal laili wa sakhkharash shamsa walqamara kulluny yajree li ajalim musammaa; alaa Huwal 'Azeezul Ghaffaar

    U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kechani kunduz ustiga oʻraydigan, kunduzni kecha ustiga oʻraydigan, quyosh va oyni boʻysundiradigan Zotdir. Har biri belgilangan muddatcha yurmoqda. Ogoh boʻlingkim, U aziyzu oʻta magʻfiratli Zotdir. [2]

    [2] (Oyatda Alloh taoloning hech bir sherikka, farzandga mutlaqo hojati yoʻqligi bayon qilinmoqda. Alloh taoloning vahdoniyatining dalillari eslatilmoqda.)

  6. 6

    خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍۢ وَٰحِدَةٍۢ ثُمَّ جَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْأَنْعَٰمِ ثَمَٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍۢ ۚ يَخْلُقُكُمْ فِى بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ خَلْقًۭا مِّنۢ بَعْدِ خَلْقٍۢ فِى ظُلُمَٰتٍۢ ثَلَٰثٍۢ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ

    Khalaqakum min nafsinw waahidatin summa ja'ala minhaa zawjahaa wa anzala lakum minal-an'aami samaani yata azwaaj; yakhuluqukum fee butooni ummahaatikum khalqam mim ba'di khalqin fee zulumaatin salaas; zaalikumul laahu Rabbukum lahul mulk; laaa ilaaha illaa Huwa fa annaa tusrafoon

    U sizlarni bir jondan yaratdi. Soʻngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida bir yaratishdan keyin yana boshqa yaratishga oʻtkazib, asta yaratadir. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan oʻzga hech bir ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, qayon burilib ketmoqdasiz?! [3]

    [3] (Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida yaratganining xabarini bermoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz bu savolga, uch zulmatning biri homilani oʻrab turuvchi parda, ikkinchisi bachadon, uchinchisi qorin, deb javob berganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar oʻtkazgan tekshirishlardan homilani oʻrab turuvchi parda uch qavat ekani maʼlum boʻldi. Alloh taoloning: «onalaringiz qornida uch zulmat ichida», degani bejiz emas ekan. Qorinning ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir emas, ikki emas yoki toʻrt emas, aynan uch qavat? Shuning oʻzi Alloh taoloning vahdoniyatiga dalil emasmi?)

  7. 7

    إِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ عَنكُمْ ۖ وَلَا يَرْضَىٰ لِعِبَادِهِ ٱلْكُفْرَ ۖ وَإِن تَشْكُرُوا۟ يَرْضَهُ لَكُمْ ۗ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    In takfuroo fa innal laaha ghaniyyun 'ankum; wa laa yardaa li'ibaadihil kufra wa in tashkuroo yardahu lakum; wa laa taziru waaziratunw wizra ukhraa; summa ilaa Rabikum marji'ukum fa-yunabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon; innahoo 'aleemum bizaatissudoor

    Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir. U zot Oʻz bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmas. Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi boʻlur. Hech bir ogʻirlik koʻtarguvchi jon oʻzga jonning ogʻirligini koʻtarmas. Soʻngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham oʻta bilguvchi Zotdir.

  8. 8

    ۞ وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ضُرٌّۭ دَعَا رَبَّهُۥ مُنِيبًا إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا خَوَّلَهُۥ نِعْمَةًۭ مِّنْهُ نَسِىَ مَا كَانَ يَدْعُوٓا۟ إِلَيْهِ مِن قَبْلُ وَجَعَلَ لِلَّهِ أَندَادًۭا لِّيُضِلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ قُلْ تَمَتَّعْ بِكُفْرِكَ قَلِيلًا ۖ إِنَّكَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلنَّارِ

    Wa izaa massal insaana durrun da'aa Rabbahoo muneeban ilaihi summa izaa khawwalahoo ni'matam minhu nasiya maa kaana yad'ooo ilaihi min qablu wa ja'ala lillaahi andaadal liyudilla 'ansabeelih; qul tamatta' bikufrika qaleelan innaka min Ashaabin Naar;

    Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qilur. Soʻngra unga U zot Oʻz fazlidan neʼmat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutur va Allohga Uning yoʻlidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qilur. Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb ayt.

  9. 9

    أَمَّنْ هُوَ قَٰنِتٌ ءَانَآءَ ٱلَّيْلِ سَاجِدًۭا وَقَآئِمًۭا يَحْذَرُ ٱلْءَاخِرَةَ وَيَرْجُوا۟ رَحْمَةَ رَبِّهِۦ ۗ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Amman huwa qaanitun aanaaa'al laili saajidanw wa qaaa'imai yahzarul Aakhirata wa yarjoo rahmata Rabbih; qul hal yastawil lazeena ya'lamoona wallazeena laa ya'lamoon; innamaa yatazakkaru ulul albaab

    Yoʻqsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qoʻrqib, Robbi rahmatidan umidvor boʻlgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar. [4]

    [4] (Allohga kufr keltirgan, Unga ibodat qilmagan, Unga boʻyin egmagan, kechalari Uning roziligini yoʻlida bedor boʻlmagan, oxiratdan qoʻrqmagan, Robbi rahmatidan umid etmagan odam, albatta, ushbu kechalari Allohga ibodat qilgan, Allohning Oʻzigagina sigʻingan, Alloh taoloning roziligini topish uchun bedor boʻlgan, oxiratdan qoʻrqqan va Robbi rahmatidan umidvor kimsaga teng boʻla olmaydi.)

  10. 10

    قُلْ يَٰعِبَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةٌۭ ۗ وَأَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةٌ ۗ إِنَّمَا يُوَفَّى ٱلصَّٰبِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Qul yaa 'ibaadil lazeena aamanut taqoo Rabbakum; lillazeena ahsanoo fee haazihid dunyaa hasanah; wa ardul laahi waasi'ah; innamaa yuwaffas saabiroona ajrahum bighayri hisab

    Sen (Mening tarafimdan): «Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda goʻzal amal qilganlarga goʻzallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, toʻliq berilur», deb ayt. [5]

    [5] (Iymon Allohga ishonish va uning aytganiga yurishdir. Taqvo esa, doimo Allohni his qilib turish va amrlarini bajarishdir.)

  11. 11

    قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ مُخْلِصًۭا لَّهُ ٱلدِّينَ

    Qul inneee umirtu an a'budal laaha mukhlisal lahud deen

    Sen: «Albatta, men dinni Oʻzi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.

  12. 12

    وَأُمِرْتُ لِأَنْ أَكُونَ أَوَّلَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Wa umirtu li an akoona awwalal muslimeen

    Va men musulmonlarning avvalgisi boʻlishimga amr etilganman», deb ayt. [6]

    [6] (Avval aytilganidek, «din» itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat maʼnolarini anglatadi. Demak, Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom faqat xolis Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning koʻrsatmalariga amal qilishga buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir. Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.)

  13. 13

    قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Qul inneee akhaafu in 'asaitu Rabbee 'azaaba Yawmin 'azeem

    Sen: «Albatta, men agar Robbimga isyon etsam, ulugʻ kunning azobidan qoʻrqaman», deb ayt.

  14. 14

    قُلِ ٱللَّهَ أَعْبُدُ مُخْلِصًۭا لَّهُۥ دِينِى

    Qulil laaha a'budu mukhlisal lahoo deenee

    Sen: «Dinimni Oʻziga xolis qilgan holimda Allohgagina ibodat qilurman.

  15. 15

    فَٱعْبُدُوا۟ مَا شِئْتُم مِّن دُونِهِۦ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَا ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ

    Fa'budoo maa shi'tum min doonih; qul innal khaasireenal lazeena khasirooo anfusahum wa ahleehim yawmal qiyaamah; alaa zaalika huwal khusraanul mubeen

    Bas, sizlar Undan oʻzga nimani xohlasangiz, oʻshanga ibodat qilaveringlar», deb ayt. Sen: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni oʻzlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh boʻlingkim, ana oʻsha ochiq-oydin ziyonkorlikdir», deb ayt.

  16. 16

    لَهُم مِّن فَوْقِهِمْ ظُلَلٌۭ مِّنَ ٱلنَّارِ وَمِن تَحْتِهِمْ ظُلَلٌۭ ۚ ذَٰلِكَ يُخَوِّفُ ٱللَّهُ بِهِۦ عِبَادَهُۥ ۚ يَٰعِبَادِ فَٱتَّقُونِ

    Lahum min fawqihim zulalum minan Naari wa min tahtihim zulal; zaalika yukhaw wiful laahu bihee 'ibaadah; yaa 'ibaadi fattaqoon

    Ular uchun tepalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitur. «Ey bandalarim, Menga taqvo qilinglar!» [7]

    [7] (Alloh taolo qiyomatning azoblari haqida oldindan ogohlantirib qoʻyadi. Boshlariga musibat tushganda, ey Robbimiz, avvalroq aytmagan ekansan, demasinlar).

  17. 17

    وَٱلَّذِينَ ٱجْتَنَبُوا۟ ٱلطَّٰغُوتَ أَن يَعْبُدُوهَا وَأَنَابُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ ۚ فَبَشِّرْ عِبَادِ

    Wallazeenaj tanabut Taaghoota ai ya'budoohaa wa anaabooo ilal laahi lahumul bushraa; fabashshir 'ibaad

    Togʻutdan, unga ibodat qilishdan chetda boʻlganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar berki...

  18. 18

    ٱلَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُۥٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَىٰهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمْ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Allazeena yastami'oonal qawla fayattabi'oona ahsanah; ulaaa'ikal lazeena hadaahumul laahu wa ulaaa'ika hum ulul albaab

    Ular gapni eshitib, eng goʻzaliga ergasharlar. Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana oʻshalar, ha, oʻshalar aql egalaridir. [8]

    [8] (Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa — Allohga yoki togʻutga ibodat etadigan boʻladi. Uchinchi xili boʻlishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan odam, albatta, togʻutga, yaʼni Allohdan oʻzgaga sigʻingan boʻladi. Men dinsizman, hech narsaga ibodat qilmayman, deganlar yolgʻon gapiradilar. Ular, hech boʻlmasa, havoi nafsiga yoki oʻzi aʼzo boʻlgan jamiyatning urf-odatiga boʻysunadilar — ibodat qiladilar.)

  19. 19

    أَفَمَنْ حَقَّ عَلَيْهِ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ أَفَأَنتَ تُنقِذُ مَن فِى ٱلنَّارِ

    Afaman haqqa 'alaihi kalimatul 'azaab; afa anta tunqizu man fin Naar

    Yoki u haqida azob soʻzi haq boʻlgan kimsani — doʻzaxdagi kimsani sen qutqara olurmisan?!

  20. 20

    لَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ لَهُمْ غُرَفٌۭ مِّن فَوْقِهَا غُرَفٌۭ مَّبْنِيَّةٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ ٱلْمِيعَادَ

    Laakinil lazeenat taqaw Rabbahum lahum ghurafum min fawqihaa ghurafum mabniyyatun tajree min tahtihal anhaar; wa'dal laah; laa yukhliful laahul mee'aad

    Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning vaʼdasi shu! Alloh vaʼdaga xilof qilmas.

  21. 21

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَسَلَكَهُۥ يَنَٰبِيعَ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًۭا مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّۭا ثُمَّ يَجْعَلُهُۥ حُطَٰمًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ

    Alam tara annal laaha anzala minas samaaa'i maaa'an fasalakahoo yanaabee'a fil ardi summa yukhriju bihee zar'am mukhtalifan alwaanuhoo summa yaheeju fatarahu musfarran summa yaj'aluhoo hutaamaa; inna fee zaalika lazikraa li ulil albaab

    Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan yuritib qoʻyganini koʻrmadingmi?! Soʻngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi. Keyin u quriydi. Bas, uni sargʻaygan holida koʻrarsan. Soʻngra uni quruq choʻpga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.

  22. 22

    أَفَمَن شَرَحَ ٱللَّهُ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَٰمِ فَهُوَ عَلَىٰ نُورٍۢ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ فَوَيْلٌۭ لِّلْقَٰسِيَةِ قُلُوبُهُم مِّن ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Afaman sharahal laahu sadrahoo lil Islaami fahuwa 'alaa noorim mir Rabbih; fa wailul lilqaasiyati quloobuhum min zikril laah; ulaaa'ika fee dalaalim mubeen

    Alloh koʻksini Islomga keng qilib ochib qoʻygan shaxs oʻz Robbidan boʻlgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana oʻshalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.

  23. 23

    ٱللَّهُ نَزَّلَ أَحْسَنَ ٱلْحَدِيثِ كِتَٰبًۭا مُّتَشَٰبِهًۭا مَّثَانِىَ تَقْشَعِرُّ مِنْهُ جُلُودُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَىٰ ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ

    Allahu nazzala ahsanal hadeesi Kitaabam mutashaa biham masaaniy taqsha'irru minhu juloodul lazeena yakhshawna Rabbahum summa taleenu julooduhum wa quloo buhum ilaa zikril laah; zaalika hudal laahi yahdee bihee mai yashaaa'; wa mai yudlilil laahu famaa lahoo min haad

    Alloh eng goʻzal soʻzni oʻxshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qoʻrqadiganlarning terilari titrar. Soʻngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu, Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yoʻq. [9]

    [9] (Qurʼoni Karim eng goʻzal soʻzdir. Uning oyatlari goʻzallikda, purmaʼnolikda, hikmatda, toʻgʻrilikda va hukmda bir-biriga oʻxshashdir. «Takrorlanadigan» boʻlishi esa, hukmlari takror-takror keladi, hikmatlari takror-tarkor keladi, vaʼzlari, ogohlantirishlari, vaʼdayu tahdidlari ham takror-takror keladi. Shuningdek, suralari, oyatlari takror-takror oʻqiladi, yod olinadi, oʻrganiladi. Bu sifat Alloh taoloning abror bandalarining sifatidir. Ular Qurʼon tilovatidan, undagi maʼnolardan juda qattiq taʼsirlanadilar. Ogohlantiruvchi, tahdid qiluvchi oyatlar kelganida xavfdan, qoʻrqinchdan badanlari titraydi, yaxshi vaʼda va rahmat oyatlari kelganida umidvorlikdan badanlari va qalblari yumshaydi, Allohning zikriga yana ham koʻproq beriladilar. Bunday boʻlishi yaxshilik alomatidir.)

  24. 24

    أَفَمَن يَتَّقِى بِوَجْهِهِۦ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ وَقِيلَ لِلظَّٰلِمِينَ ذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ

    Afamai yattaqee biwaj hihee sooo'al 'azaabi Yawmal Qiyaamah; wa qeela lizzaali meena zooqoo maa kuntum taksiboon

    Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib koʻring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (moʻmin ila teng boʻlarmidi)?!

  25. 25

    كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ

    Kazzabal lazeena min qablihim fa ataahumul 'azaabu min haisu laa yash'uroon

    Ulardan oldingilar ham yolgʻonchi qilganlar, bas, ularga oʻzlari sezmagan tomondan azob kelgan.

  26. 26

    فَأَذَاقَهُمُ ٱللَّهُ ٱلْخِزْىَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Fa azaaqahumul laahul khizya fil hayaatid dunyaa wa la'azaabul Aakirati akbar; law kaanoo ya'lamoon

    Alloh ularga bu dunyoda xorlikni tottirdi, albatta, oxirat azobi, agar bilsalar, yanada ulkan boʻlur.

  27. 27

    وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍۢ لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Wa laqad darabnaa linnaasi fee haazal Qur-aani min kulli masalil la'allahum yatazakkaroon

    Batahqiq, Biz ushbu Qurʼonda odamlarga turli misollar keltirdik. Shoyadki, eslasalar.

  28. 28

    قُرْءَانًا عَرَبِيًّا غَيْرَ ذِى عِوَجٍۢ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

    Qur-aanan 'Arabiyyan ghaira zee 'iwajil la'allahum yattaqoon

    Arabcha Qurʼonni egriliksiz qilib (tushirdikki), shoyadki, taqvo qilsalar.

  29. 29

    ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا رَّجُلًۭا فِيهِ شُرَكَآءُ مُتَشَٰكِسُونَ وَرَجُلًۭا سَلَمًۭا لِّرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Darabal laahu masalar rajulan feehi shurakaaa'u mutashaakisoona wa rajulan salamal lirajulin hal tastawi yaani masalaa; alhamdu lillaah; bal aksaruhum laa ya'lamoon

    Alloh bir misol keltiradir. Bir odamga talashuvchi sheriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd boʻlsin. Yoʻq, koʻplari bilmaslar.

  30. 30

    إِنَّكَ مَيِّتٌۭ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ

    Innaka maiyitunw wa inna hum maiyitunw wa inna hum maiyitoon

    Albatta, sen ham oʻlguvchisan, ular ham oʻlguvchidirlar. [10]

    [10] (Allohdan boshqa har bir tirik jon oʻladi. Hamma ham oʻladi. Oʻlmaydigan hech kim yoʻq. Faqat Alloh taoloning Oʻzigina qoladi.)

  31. 31

    ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عِندَ رَبِّكُمْ تَخْتَصِمُونَ

    Summa innakum Yawmal Qiyaamati 'inda Rabbikum takhtasimoon

    Soʻngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.

  32. 32

    ۞ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَبَ عَلَى ٱللَّهِ وَكَذَّبَ بِٱلصِّدْقِ إِذْ جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًۭى لِّلْكَٰفِرِينَ

    Faman azlamu mimman kazaba 'alal laahi wa kazzaba bissidqi iz jaaa'ah; alaisa fee Jahannama maswal lilkaafir

    Allohga nisbatan yolgʻon gapirgan va oʻziga sodiq (soʻz) kelganida uni yolgʻonga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?!

  33. 33

    وَٱلَّذِى جَآءَ بِٱلصِّدْقِ وَصَدَّقَ بِهِۦٓ ۙ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُتَّقُونَ

    Wallazee jaaa'a bissidqi wa saddaqa biheee ulaaa'ika humul muttaqoon

    Sodiq (soʻz)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana oʻshalar taqvodorlardir. [11]

    [11] (Yaʼni, Allohning sodiq soʻzini bandalarga yetkazgan va oʻsha sodiq soʻzni tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qurʼoni Karimni keltirgan Muhammad alayhissalotu vassalom hamda boshqa barcha paygʻambarlar alayhissalom va barcha moʻmin bandalar shu siraga kiradilar. Ular Alloh taologa taqvo etgan, uning aytganini qilgan, qaytarganidan qaytgan bandalardir.)

  34. 34

    لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Lahum maa yashaaa'oona 'inda Rabbihim; zaalika jazaaa'ul muhsineen

    Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Ana oʻsha, goʻzal amal qilguvchilarning mukofotidir.

  35. 35

    لِيُكَفِّرَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ أَسْوَأَ ٱلَّذِى عَمِلُوا۟ وَيَجْزِيَهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Liyukaffiral laahu 'anhum aswa allazee 'amiloo wa yajziyahum ajrahum bi ahsanil lazee kaano ya'maloon

    Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amalini oʻchirib, qilib yurgan eng goʻzal amallari ajri ila mukofotlar.

  36. 36

    أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِكَافٍ عَبْدَهُۥ ۖ وَيُخَوِّفُونَكَ بِٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍۢ

    Alaisal laahu bikaafin 'abdahoo wa yukhawwi foonaka billazeena min doonih; wa mai yudlilil laahu famaa lahoo min haad

    Alloh Oʻz bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Undan boshqalar bilan qoʻrqiturlar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yoʻq. [12]

    [12] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom mushriklarni Alloh taoloning tavhidiga chaqirib, ularning turli soxta xudolarini ayblaganlarida, ular: «Muhammad xudolarimizni soʻkishdan toʻxtamasa, unga, albatta, yomonlik yetadi», deb u zot alayhissalotu vassalomni qoʻrqitmoqchi boʻlganlar. Ushbu oyat shu munosabat ila tushgan ekan. Garchi xos sabab bilan nozil boʻlsa ham, maʼnosi umumiydir.)

  37. 37

    وَمَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّضِلٍّ ۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِعَزِيزٍۢ ذِى ٱنتِقَامٍۢ

    Wa mai yahdil laahu famalahoo mim mudlil; alai sal laahu bi'azeezin zin tiqaam

    Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hech bir zalolatga ketkazguvchi yoʻq. Alloh Aziyzu intiqom egasi emasmi?!

  38. 38

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلْ أَفَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ إِنْ أَرَادَنِىَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ هَلْ هُنَّ كَٰشِفَٰتُ ضُرِّهِۦٓ أَوْ أَرَادَنِى بِرَحْمَةٍ هَلْ هُنَّ مُمْسِكَٰتُ رَحْمَتِهِۦ ۚ قُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ ۖ عَلَيْهِ يَتَوَكَّلُ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ

    Wa la'in sa altahum man khalaqas samaawaati wal arda la yaqoolunal laah; qul afara'aitum maa tad'oona min doonil laahi in araadaniyal laahu bidurrin hal hunna kaashi faatu durriheee aw araadanee birahmatin hal hunna mumsikaatu rahmatih; qul hasbiyal laahu 'alaihi tatawakkalul mutawakkiloon

    Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» – deb soʻrasang, albatta: «Alloh!» – derlar. Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan, Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, oʻshalar Uning zararini aritguvchi boʻla olurlarmi?! Yoki menga marhamatni iroda qilsa, oʻshalar Uning marhamatini tutib qolguvchi boʻla olurmi?!» – deb ayt. Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar Ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt.

  39. 39

    قُلْ يَٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَٰمِلٌۭ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Qul yaa qawmi'maloo 'alaa makaanatikum innee 'aamilun fasawfa ta'lamoon

    Sen: «Ey qavmim, oʻz holingizcha amal qilavering. Albatta, men ham amal qilguvchiman. Bas, tezda bilursiz,

  40. 40

    مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌۭ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌۭ مُّقِيمٌ

    Mai yaateehi 'azaabuny yukhzeehi wa yahillu 'alaihi 'azaabum muqeem

    Kimga uni rasvo qiladigan azob kelajagini va kimga davomli azob tushajagini», deb ayt. [13]

    [13] (Yaʼni, ey qavmim, Allohning tavhid yoʻliga yurmay, Unga shirk keltiradigan boʻlsangiz, oʻz ixtiyoringiz bilan, oʻz xohishingiz va yoʻlingiz bilan amal qilavering. Ammo men Allohning aytganiga amal qilaman. Tezda qiyomat qoim boʻlajak, oʻshanda bilasiz. Kimning ustidan muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Meningmi, sizlarningmi?)

  41. 41

    إِنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ لِلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ

    Innaa anzalnaa 'alaikal Kitaaba linnaasi bilhaqq; famanih tadaa falinafsihee wa man dalla fa innamaa yadillu 'alaihaa wa maaa anta 'alaihim biwakeel

    Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, oʻziga foyda. Kim zalolatga ketsa, oʻziga zarar. Sen ularga vakil (qoʻriqchi) emassan. [14]

    [14] (Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qurʼonga amal qilsa, oʻziga foyda boʻladi. Kim shunchalik gap-soʻzdan keyin ham, Alloh unga aql-hush berib, paygʻambar yuborib, kitob tushirib, haq yoʻlni koʻrsatib qoʻyganidan keyin ham zalolat yoʻlini tanlasa, oʻziga zarar qiladi, boshqaga emas.)

  42. 42

    ٱللَّهُ يَتَوَفَّى ٱلْأَنفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَٱلَّتِى لَمْ تَمُتْ فِى مَنَامِهَا ۖ فَيُمْسِكُ ٱلَّتِى قَضَىٰ عَلَيْهَا ٱلْمَوْتَ وَيُرْسِلُ ٱلْأُخْرَىٰٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Allaahu yatawaffal anfusa heena mawtihaa wallatee lam tamut fee manaamihaa fa yumsikul latee qadaa 'alaihal mawta wa yursilul ukhraaa ilaaa ajalim musammaa; inna fee zaalika la Aayaatil liqawmai yatafakkarron

    Alloh jonlarni oʻlimi vaqtida, oʻlmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, oʻlishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini maʼlum muddatgacha qoʻyib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir. [15]

    [15] (Har lahzada qanchadan-qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni maʼlum muddat uxlaydi, oʻshanda u oʻlikka oʻxshab yotadi. Uning joni nima boʻladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor. Jonlarni oʻlim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqishi katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi kichik vafot deyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan boʻladi. Kimning qazosi yetgan boʻlsa, uyqusidan qayta uygʻonmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolaveradi. Alloh ajali yetmaganlarning jonini qoʻyib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar.)

  43. 43

    أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُفَعَآءَ ۚ قُلْ أَوَلَوْ كَانُوا۟ لَا يَمْلِكُونَ شَيْـًۭٔا وَلَا يَعْقِلُونَ

    Amit takhazoo min doonillaahi shufa'aaa'; qul awalaw kaanoo laa yamlikoona shai'aw wa laa ya'qiloon

    Yoki Allohdan oʻzga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir, ular biror narsaga ega boʻlmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt.

  44. 44

    قُل لِّلَّهِ ٱلشَّفَٰعَةُ جَمِيعًۭا ۖ لَّهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Qul lillaahish shafaa'atu jamee'aa; lahoo mulkus samaawaati wal ardi summa ilaihi turj'oon

    Sen: «Barcha shafoat yolgʻiz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki(egaligi) ham yolgʻiz Unikidir. Soʻngra Ungagina qaytarilursizlar», deb ayt.

  45. 45

    وَإِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَحْدَهُ ٱشْمَأَزَّتْ قُلُوبُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَإِذَا ذُكِرَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ

    Wa izaa zukiral laahu wahdahush ma azzat quloobul lazeena laa yu'minoona bil Aakhirati wa izaa zukiral lazeena min dooniheee izaa hum yastabshiroon

    Qachonki Allohning yolgʻiz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki Undan oʻzgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar.

  46. 46

    قُلِ ٱللَّهُمَّ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ عَٰلِمَ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ أَنتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِى مَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Qulil laahumma faatiras samaawaati wal ardi 'Aalimal Ghaibi washshahaadati Anta tahkumu baina 'ibaadika fee maa kaanoo fee yakhtalifoon

    Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan Zot! Gʻoyib va oshkorni bilguvchi Zot! Sening Oʻzing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.

  47. 47

    وَلَوْ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْا۟ بِهِۦ مِن سُوٓءِ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ وَبَدَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مَا لَمْ يَكُونُوا۟ يَحْتَسِبُونَ

    Wa law anna lillazeena zalamoo maa fil ardi jamee'anw wa mislahoo ma'ahoo laftadaw bihee min sooo'il azaabi Yawmal Qiyaamah; wa badaa lahum minal laahi maa lam yakkoonoo yahtasiboon

    Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga toʻlov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan oʻzlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir boʻlur. [16]

    [16] (Kofir va mushriklar bu dunyoda gerdayib, talashib-tortishganlari bilan, qiyomat qoim boʻlib, oʻzlariga beriladigan azobni tushunib yetganlarida, azobdan qutulishi uchun bor-yoʻq dunyosini berishga tayyor turadilar. Ammo bu toʻlov kimga ham kerak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, toʻlov ham olmaydi. U behojat Zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga yarasha jazo bor, xolos.)

  48. 48

    وَبَدَا لَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Wa badaa lahum saiyiaatu maa kasaboo wa haaqa bihim maa kaanoo bihee yastahzi'oon

    Va ularga oʻzlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir boʻlur va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsa oʻrab olur.

  49. 49

    فَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ضُرٌّۭ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلْنَٰهُ نِعْمَةًۭ مِّنَّا قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍۭ ۚ بَلْ هِىَ فِتْنَةٌۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Fa izaa massal insaana durrun da'aanaa summa izaa khawwalnaahu ni'matam minna qaala innamaaa ootee tuhoo 'alaa 'ilm; bal hiya fitna tunw wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon

    Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. Soʻngra unga Biz Oʻzimizdan neʼmat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yoʻq! U sinovdir. Lekin koʻplari bilmaslar. [17]

    [17] (Boshiga musibat tushsa, balo-ofat kelsa, oʻshanday kimsa ham soxta xudolariga emas, Alloh taologa yolboradi. Ogʻir musibat vaqtida manmanlik va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati sof tabiati ochiladi. Insonning fitratida esa, Alloh taoloning vahdoniyatini tan olish xususiyati bor. Shu bois har qanday inson u qanchalik kofir, qanchalik mushrik boʻlmasin, boshiga musibat tushib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning Oʻziga yolboradi. Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinchlik-omonlik va ofiyatni bersa, u eski holatiga qaytadi. Alloh bergan neʼmatni, tinchlik-omonlik, ofiyat va yaxshiliklarni oʻz ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, deb daʼvo qila boshlaydi.)

  50. 50

    قَدْ قَالَهَا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Qad qaalahul lazeena min qablihim famaaa aghnaa 'anhum maa kaanoo yaksiboon

    Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan kasblari oʻzlariga asqotmadi.

  51. 51

    فَأَصَابَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ ۚ وَٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْ هَٰٓؤُلَآءِ سَيُصِيبُهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ وَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ

    Fa asaabahum saiyi aatu maa kasaboo; wallazeena zalamoo min haaa'ulaaa'i sa yuzeebuhum saiyi aatu maa kasaboo wa maa hum bimu'jizeen

    Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musiybat boʻldi. Anavilardan zulm qilganlariga ham tezda qilgan kasblarining yomonliklari musiybat boʻlur. Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.

  52. 52

    أَوَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Awalam ya'lamooo annal laaha yabsutur rizqa limai yashaaa'u wa yaqdir; inna fee zaalika la Aayaatil liqamai yu'minoon

    Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir.

  53. 53

    ۞ قُلْ يَٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ أَسْرَفُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا۟ مِن رَّحْمَةِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    Qul yaa'ibaadiyal lazeena asrafoo 'alaaa anfusihim laa taqnatoo mirrahmatil laah; innal laaha yaghfiruz zunooba jamee'aa; innahoo Huwal Ghafoorur Raheem

    Sen (Mening tarafimdan): «Ey, oʻz jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid boʻlmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magʻfirat etar. Albatta, Uning Oʻzi oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir», deb ayt. [18]

    [18] (Imom «Buxoriy Saʼd ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, koʻplab gunohlar qilgan bir guruh mushrik Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga kelib: «Albatta, sen daʼvat qilayotgan narsa juda ham goʻzal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» deb soʻrashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.)

  54. 54

    وَأَنِيبُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَأَسْلِمُوا۟ لَهُۥ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

    Wa aneebooo ilaa Rabbikum wa aslimoo lahoo min qabli ai yaatiyakumul 'azaabu summ laa tunsaroon

    Sizga azob kelishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim boʻling. Soʻngra sizga yordam berilmas.

  55. 55

    وَٱتَّبِعُوٓا۟ أَحْسَنَ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ بَغْتَةًۭ وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ

    Wattabi'ooo ahsana maaa unzila ilaikum mir Rabbikum min qabli aiyaatiyakumal 'azaabu baghtatanw wa antum laa tash'uroon

    Sizga oʻzingiz sezmagan holda toʻsatdan azob kelib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng goʻzal narsaga ergashing.

  56. 56

    أَن تَقُولَ نَفْسٌۭ يَٰحَسْرَتَىٰ عَلَىٰ مَا فَرَّطتُ فِى جَنۢبِ ٱللَّهِ وَإِن كُنتُ لَمِنَ ٱلسَّٰخِرِينَ

    An taqoola nafsuny yaahasrataa 'alaa maa farrattu fee jambil laahi wa in kuntu laminas saakhireen

    Jon: «Alloh haqida yoʻl qoʻygan kamchiliklarim uchun nadomat boʻlsin. Toʻgʻrisi, men masxara qilguvchilardan boʻlgan edim», demasidan oldin...

  57. 57

    أَوْ تَقُولَ لَوْ أَنَّ ٱللَّهَ هَدَىٰنِى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُتَّقِينَ

    Aw taqoola law annal laaha hadaanee lakuntu minal muttaqeen

    Yoki: «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan boʻlar edim», demasidan oldin...

  58. 58

    أَوْ تَقُولَ حِينَ تَرَى ٱلْعَذَابَ لَوْ أَنَّ لِى كَرَّةًۭ فَأَكُونَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Aw taqoola heena taral 'azaaba law anna lee karratan fa akoona minal muhsineen

    Yoki azobni koʻrgan chogʻida: «Agar menga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish boʻlganida, goʻzal amal qilguvchilardan boʻlar edim», demasidan oldin... [19]

    [19] (Oxirat azobini, oʻlim talvasasini koʻrgandan keyingi nadomatlar foyda bermaydi. Haq kalom yetishi bilan darhol tavba qilish, Allohga toʻla-toʻkis taslim boʻlish va Qurʼonga ergashish kerak. Chunki, oxiratda ushbu soʻzlarga javoban Alloh:)

  59. 59

    بَلَىٰ قَدْ جَآءَتْكَ ءَايَٰتِى فَكَذَّبْتَ بِهَا وَٱسْتَكْبَرْتَ وَكُنتَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Balaa qad jaaa'atka Asyaatee fakazzabta bihaa wastak barta wa kunta minal kaafireen

    «Yoʻq! Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi. Bas, sen ularni yolgʻonga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan boʻlding!» der. [20]

    [20] (Ey kofir! Ey mushrik! Ey osiy! Aytayotgan gaplaring hammasi yolgʻon. Sen azobni koʻrganingdan soʻng noiloj qolib, doʻpping tor kelganidan aytmoqdasan bu gaplarni. Agar sening niyating toʻgʻri boʻlsa, u dunyoda yaxshi ishlarni qilishing mumkin edi. Senga qulay fursat berilgan edi.)

  60. 60

    وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ تَرَى ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ وُجُوهُهُم مُّسْوَدَّةٌ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًۭى لِّلْمُتَكَبِّرِينَ

    Wa Yawmal Qiyaamati taral lazeena kazaboo 'alallaahi wujoohuhum muswaddah; alaisa fee Hahannama maswal lilmutakabbireen

    Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolgʻon soʻzlaganlarni koʻrsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!

  61. 61

    وَيُنَجِّى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ بِمَفَازَتِهِمْ لَا يَمَسُّهُمُ ٱلسُّوٓءُ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

    Wa yunajjil laahul lazee nat taqaw bimafaazatihim laa yamassuhumus sooo'u wa laa hum uahzanoon

    Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot berur. Ularga yomonlik yetmas va ular xafa ham boʻlmaslar.

  62. 62

    ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍۢ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ وَكِيلٌۭ

    Allaahu khaaliqu kulli shai'inw wa Huwa 'alaa kulli shai'inw Wakeel

    Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.

  63. 63

    لَّهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Lahoo maqaaleedus sa maawaati wal ard; wallazeena kafaroo bi ayaatil laahi ulaaa'ika humul khaasiroon

    Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana oʻshalar ziyonkorlardir.

  64. 64

    قُلْ أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ تَأْمُرُوٓنِّىٓ أَعْبُدُ أَيُّهَا ٱلْجَٰهِلُونَ

    Qul afaghairal laahi taamurooonneee a'budu ayyuhal jaahiloon

    Sen: «Ey, johillar! Meni Allohdan oʻzgaga ibodat qilishimga buyururmisiz?!» – deb ayt.

  65. 65

    وَلَقَدْ أُوحِىَ إِلَيْكَ وَإِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Wa laqad oohiya ilaika wa ilal lazeena min qablika la in ashrakta la yahbatanna 'amalu ka wa latakoonanna minal khaasireen

    Batahqiq, senga va sendan oldin oʻtganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va, albatta, ziyonkorlardan boʻlursan.

  66. 66

    بَلِ ٱللَّهَ فَٱعْبُدْ وَكُن مِّنَ ٱلشَّٰكِرِينَ

    Balil laahha fa'bud wa kum minash shaakireen

    Yoʻq! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan boʻl!» – deb vahiy qilingan.

  67. 67

    وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦ وَٱلْأَرْضُ جَمِيعًۭا قَبْضَتُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُ مَطْوِيَّٰتٌۢ بِيَمِينِهِۦ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Wa maa qadarul laaha haqqa qadrihee wal ardu jamee 'an qabdatuhoo Yawmal Qiyaamit wassamaawaatu matwiyyaatum biyameenih; Subhaanahoo wa Ta'aalaa 'amma yushrikoon

    Ular Allohning qadrini toʻgʻri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qoʻliga yigʻilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir. [21]

    [21] (Bu dunyoda Allohga shirk keltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini toʻgʻri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk keltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulugʻligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu maʼnolarni idrok qilganlarida Unga shirk keltirmas edilar.)

  68. 68

    وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخْرَىٰ فَإِذَا هُمْ قِيَامٌۭ يَنظُرُونَ

    Wa nufikha fis Soori fas'iqa man fis samaawaati wa man fil ardi illaa man shaa'al lahu summa nufikha feehi ukhraa fa izaa hum qiyaamuny yanzuroon

    Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim boʻlsa, qulab oʻldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. Soʻngra unga yana bir bor puflandi. Bas, toʻsatdan ular turib intizor boʻlurlar. [22]

    [22] (Demak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru Yerdagi barcha jonzotlar chaqmoq urganday birdan yiqilib oʻladilar. Shuning uchun ham bu puflash «saʼq» — «yiqilib oʻlish» puflashi, deyiladi. Allohning xohishi hamma narsadan ustun, shuning uchun U zot xohlasa, baʼzi jonzotlar saʼq — puflashidan keyin ham tirik qoladi. Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi, barcha xaloyiq tirilib, oʻrinlaridan turib, bundan keyin nima boʻlishini kutadilar. Shuning uchun ham ikkinchi puflash «turish puflashi» deb nomlanadi.)

  69. 69

    وَأَشْرَقَتِ ٱلْأَرْضُ بِنُورِ رَبِّهَا وَوُضِعَ ٱلْكِتَٰبُ وَجِا۟ىٓءَ بِٱلنَّبِيِّۦنَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Wa ashraqatil ardu binoori Rabbihaa wa wudi'al Kitaabu wa jeee'a bin nabiyyeena wash shuhadaaa'i wa qudiya bainahum bilhaqqi wa hum laa yuzlamoon

    Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qoʻyildi. Paygʻambarlar va guvohlar keltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi. [23]

    [23] (Yaʼni, mahshar maydoni Allohning nuri ila yop-yorugʻ boʻldi. U kunda faqat Allohning nuri boʻladi. Endi hamma narsa hisob-kitobga tayyor ham boʻldi. Bandalarning nomai amallari — bu dunyoda qilgan amallari farishtalar tomonidan yozib yurilgan kitob oʻrtaga qoʻyildi.)

  70. 70

    وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّا عَمِلَتْ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا يَفْعَلُونَ

    Wa wuffiyat kullu nafsim maa 'amilat wa Huwa a'lamubimaa yaf'aloon

    Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) toʻliq berildi. U zot ular qilayotgan ishlarni oʻta yaxshi bilguvchidir.

  71. 71

    وَسِيقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ جَهَنَّمَ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا فُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌۭ مِّنكُمْ يَتْلُونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِ رَبِّكُمْ وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَلَٰكِنْ حَقَّتْ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Wa seeqal lazeena kafaroon ilaa jahannama zumaran battaaa izaa jaaa'oohaa futihat abwaabuhaa wa qaala lahum khazanatuhaaa alam yaatikum Rusulum minkum yatloona 'alaikum Aayaati Rabbikum wa yunziroonakum liqaaa'a Yawmikum haazaa; qaaloo balaa wa laakin haqqat kalimatul 'azaabi 'alal kaafireen

    Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan chogʻlarida, uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir», dedilar. [24]

    [24] («Ha», oʻzimizdan boʻlgan paygʻambarlar bizga kelgan, ular bizga Robbimizning oyatlarini tilovat qilib bergan va u kunning dahshatidan ogohlantirgan edilar, demoqchilar. Lekin toʻliq ayta olmaydilar. «Ha», deb qoʻyishga zoʻrgʻa yaraydilar.)

  72. 72

    قِيلَ ٱدْخُلُوٓا۟ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ

    Qeelad khuloo abwaaba jahannama khaalideena feeha fabi'sa maswal mutakabbireen

    «Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon boʻldi.

  73. 73

    وَسِيقَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ إِلَى ٱلْجَنَّةِ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا وَفُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَٱدْخُلُوهَا خَٰلِدِينَ

    Wa seeqal lazeenat taqaw Rabbahum ilal Jannati zumaran hattaaa izaa jaaa'oohaa wa futihat abwaabuhaa wa qaala lahum khazanatuhaa salaamun 'alaikum tibtum fadkhuloohaa khaalideen

    Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga yetib kelgan chogʻlarida, uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», dedilar.

  74. 74

    وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى صَدَقَنَا وَعْدَهُۥ وَأَوْرَثَنَا ٱلْأَرْضَ نَتَبَوَّأُ مِنَ ٱلْجَنَّةِ حَيْثُ نَشَآءُ ۖ فَنِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَٰمِلِينَ

    Wa waalull hamdulillaahil lazee sadaqanaa wa'dahoo wa awrasanal arda natabaw wa-u minal jannati haisu nashaaa'u fani'ma ajrul 'aamileen

    Ular: «Bizlarga bergan vaʼdasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar boʻlsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi boʻldi!

  75. 75

    وَتَرَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ حَآفِّينَ مِنْ حَوْلِ ٱلْعَرْشِ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَقِيلَ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa taral malaaa'ikata haaaffeena min hawlil 'Arshi yusabbihoona bihamdi Rabbihim wa qudiya bainahum bilhaqqi wa qeelal hamdu lillaahi Rabbil 'aalameen

    Va farishtalarni Arshni oʻrab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan holda koʻrursan. Ular orasida haq ila hukm qilindi va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano boʻlsin!» – deyildi.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com