Sura 38

Sod

صٓ

Sad · Makkiy · 88 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    صٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ذِى ٱلذِّكْرِ

    Saaad; wal-Qur-aani ziz zikr

    Sod. Zikr sohibi boʻlmish Qurʼon ila qasam.

  2. 2

    بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى عِزَّةٍۢ وَشِقَاقٍۢ

    Balil lazeena kafaroo fee 'izzatilnw wa shiqaaq

    Ammo kufr keltirganlar kibru havo va muxoliflikdadirlar.

  3. 3

    كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍۢ فَنَادَوا۟ وَّلَاتَ حِينَ مَنَاصٍۢ

    Kam ahlaknaa min qablihim min qarnin fanaadaw wa laata heena manaas

    Biz ulardan ilgari ham qancha asrlarni halok etganmiz. Ular (yordam soʻrab) nido qildilar. Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.

  4. 4

    وَعَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌۭ مِّنْهُمْ ۖ وَقَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ هَٰذَا سَٰحِرٌۭ كَذَّابٌ

    Wa 'ajibooo an jaaa'a hum munzirum minhum wa qaalal kaafiroona haazaa saahirun kazzaab

    Ular ichlariga oʻzlaridan ogohlantirguvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu, sehrgar va kazzobdir», dedilar.

  5. 5

    أَجَعَلَ ٱلْءَالِهَةَ إِلَٰهًۭا وَٰحِدًا ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌ عُجَابٌۭ

    Aja'alal aalihata Ilaahanw Waahidan inna haazaa lashai'un 'ujaab

    «U xudolarni bitta xudo qildimi?! Albatta, bu ajablanarli narsa!»

  6. 6

    وَٱنطَلَقَ ٱلْمَلَأُ مِنْهُمْ أَنِ ٱمْشُوا۟ وَٱصْبِرُوا۟ عَلَىٰٓ ءَالِهَتِكُمْ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌۭ يُرَادُ

    Wantalaqal mala-u minhum anim shoo wasbiroo 'alaaa aalihatikum innna haazaa lashai 'uny yuraad

    Ularning aʼyonlari: «Yuringlar, xudolaringiz toʻgʻrisida sabr qilinglar. Albatta, bu qasdan qilinayotgan narsadir.

  7. 7

    مَا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِى ٱلْمِلَّةِ ٱلْءَاخِرَةِ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا ٱخْتِلَٰقٌ

    Maa sami'naa bihaazaa fil millatil aakhirati in haazaaa illakh tilaaq

    Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yoʻq. Bu, toʻqilgandan boshqa narsa emas.

  8. 8

    أَءُنزِلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ مِنۢ بَيْنِنَا ۚ بَلْ هُمْ فِى شَكٍّۢ مِّن ذِكْرِى ۖ بَل لَّمَّا يَذُوقُوا۟ عَذَابِ

    'A-unzila 'alaihiz zikru mim baininaa; bal hum fee shakkim min Zikree bal lammaa yazooqoo 'azaab

    Bizning ichimizdan oʻshanga zikr nozil qilinibdimi?!» – deb turib ketdilar. Yoʻq! Ular Mening Zikrim haqida shak-shubhadadirlar. Yoʻq! Ular azobimni tatib koʻrmadilar.

  9. 9

    أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَحْمَةِ رَبِّكَ ٱلْعَزِيزِ ٱلْوَهَّابِ

    Am'indahum khazaaa 'inu rahmati Rabbikal 'Azeezil Wahhab

    Yoki ularning huzurida Aziyzu oʻta saxovatli Robbingning rahmat xazinasi bormi?

  10. 10

    أَمْ لَهُم مُّلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ فَلْيَرْتَقُوا۟ فِى ٱلْأَسْبَٰبِ

    Am lahum mulkus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa falyartaqoo fil asbaab

    Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi? Bas, unda sabablari ila (osmonga) koʻtarilsinlar!

  11. 11

    جُندٌۭ مَّا هُنَالِكَ مَهْزُومٌۭ مِّنَ ٱلْأَحْزَابِ

    Jundum maa hunaalika mahzoomum minal Ahzaab

    Anavi yerdagi yengilgan firqalardan boʻlgan qandaydir lashkar. [1]

    [1] (Mushriklar, juda borganda, yengilgan firqalardan toʻplangan qandaydir haqir bir lashkar boʻla oladi, xolos. Ularning bundan balandroq qiymati yoʻq.)

  12. 12

    كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍۢ وَعَادٌۭ وَفِرْعَوْنُ ذُو ٱلْأَوْتَادِ

    Kazzabat qablahum qawmu Lootinw-wa 'Aadunw wa Fir'awnu zul awtaad

    Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Firʼavn ham yolgʻonchi qilgan.

  13. 13

    وَثَمُودُ وَقَوْمُ لُوطٍۢ وَأَصْحَٰبُ لْـَٔيْكَةِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلْأَحْزَابُ

    Wa Samoodu wa qawmu Lootinw wa Ashaabul 'Aykah; ulaaa'ikal Ahzaab

    Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Firqalar oʻshalardir.

  14. 14

    إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ

    In kullun illaa kazzabar Rusula fahaqqa 'iqaab

    Barchalari, albatta, Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar. Bas, Mening iqobim haq boʻldi.

  15. 15

    وَمَا يَنظُرُ هَٰٓؤُلَآءِ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ مَّا لَهَا مِن فَوَاقٍۢ

    Wa maa yanzuru haaa ulaaa'i illaa saihatanw waahidatam maa lahaa min fawaaq

    Ana oʻshalar lahzaga kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsaga intizor boʻlayotganlari yoʻq.

  16. 16

    وَقَالُوا۟ رَبَّنَا عَجِّل لَّنَا قِطَّنَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْحِسَابِ

    Wa qaaloo Rabbanaa 'ajjil lanaa qittanaa qabla Yawmil Hisaab

    Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari nasibamizni tezroq ber!» – dedilar.

  17. 17

    ٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱذْكُرْ عَبْدَنَا دَاوُۥدَ ذَا ٱلْأَيْدِ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ

    Isbir 'alaa maa yaqooloona wazkur 'abdanaa Daawooda zal aidi aidi innahooo awwaab

    Ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Quvvat sohibi boʻlgan bandamiz Dovudni esla. Albatta, u oʻta qaytguvchidir. [2]

    [2] (Yaʼni, har bir narsada Allohga qaytuvchidir-tavba qiluvchidir. Tavbaning lugʻaviy maʼnosi ham qaytishdir.)

  18. 18

    إِنَّا سَخَّرْنَا ٱلْجِبَالَ مَعَهُۥ يُسَبِّحْنَ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِشْرَاقِ

    Innaa sakhkharnal jibaala ma'ahoo yusabbihna bil'ashaiyi wal ishraaq

    Albatta, Biz unga togʻlarni boʻysundirdik. Ular u bilan kechki paytu ertalab tasbih aytardilar.

  19. 19

    وَٱلطَّيْرَ مَحْشُورَةًۭ ۖ كُلٌّۭ لَّهُۥٓ أَوَّابٌۭ

    Wattayra mahshoorah; kullul lahooo awwaab

    Toʻplangan holdagi qushlarni ham. Barchalari U zotga oʻta qaytguvchidir. [3]

    [3] (Alloh taolo Dovud alayhissalomga qushlarni ham toʻp-toʻp qilib, boʻysundirib qoʻygan edi. Ular ham u kishiga qoʻshilib, Alloh taologa ertayu kech tasbih aytar edilar.)

  20. 20

    وَشَدَدْنَا مُلْكَهُۥ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْحِكْمَةَ وَفَصْلَ ٱلْخِطَابِ

    Wa shadadnaa mulkahoo wa aatainaahul Hikmata wa faslal khitaab

    Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik. [4]

    [4] (Biz Dovudga paygʻambarlikni ham berdik. Yana unga talashib-tortishganlar orasidagi janjalni hal qilish hukmini berdik. U hech ikkilanmay hukm chiqarar edi.)

  21. 21

    ۞ وَهَلْ أَتَىٰكَ نَبَؤُا۟ ٱلْخَصْمِ إِذْ تَسَوَّرُوا۟ ٱلْمِحْرَابَ

    Wa hal ataaka naba'ul khasm; iz tasawwarul mihraab

    Senga daʼvolashganlarning xabari keldimi? Oʻshanda ular mehrobga chiqishgan edi.

  22. 22

    إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَىٰ دَاوُۥدَ فَفَزِعَ مِنْهُمْ ۖ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ ۖ خَصْمَانِ بَغَىٰ بَعْضُنَا عَلَىٰ بَعْضٍۢ فَٱحْكُم بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَلَا تُشْطِطْ وَٱهْدِنَآ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلصِّرَٰطِ

    Iz dakhaloo 'alaa Daawooda fafazi'a minhum qaaloo la takhaf khasmaani baghaa ba'dunaa 'alaa ba'din fahkum bainanaaa bilhaqqi wa laa tushtit wahdinaaa ilaa Sawaaa'is Siraat

    Oʻshanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: «Qoʻrqma, bular — ikki daʼvolashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qil», dedilar. [5]

    [5] (Kutilmaganda, iznsiz, man qilingan joyga devor oshib kirib kelishlari yaxshilik alomati emas edi. Moʻmin odam paygʻambarning huzuriga bunday suratda kirib bormaydi. Shuning uchun ham Dovud alayhissalom qoʻrqib ketdi. Kirib kelganlar buni payqab, u kishini tinchlantirishga harakat qilishdi.)

  23. 23

    إِنَّ هَٰذَآ أَخِى لَهُۥ تِسْعٌۭ وَتِسْعُونَ نَعْجَةًۭ وَلِىَ نَعْجَةٌۭ وَٰحِدَةٌۭ فَقَالَ أَكْفِلْنِيهَا وَعَزَّنِى فِى ٱلْخِطَابِ

    Inna haazaaa akhee lahoo tis'unw wa tis'oona na'jatanw wa liya na'jatunw waahidah; faqaala akfilneeha wa 'azzanee filkhitaab

    «Mana bu — mening birodarim. Uning toʻqson toʻqqizta sovligʻi bor. Mening esa, birgina sovligʻim bor. Bas, u: «Uni ham mening kafolatimga ber», dedi va soʻzlashuvda mendan ustun chiqdi».

  24. 24

    قَالَ لَقَدْ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعْجَتِكَ إِلَىٰ نِعَاجِهِۦ ۖ وَإِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلْخُلَطَآءِ لَيَبْغِى بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَقَلِيلٌۭ مَّا هُمْ ۗ وَظَنَّ دَاوُۥدُ أَنَّمَا فَتَنَّٰهُ فَٱسْتَغْفَرَ رَبَّهُۥ وَخَرَّ رَاكِعًۭا وَأَنَابَ ۩

    Qaala laqad zalamaka bisu 'aali na'jatika ilaa ni'aajihee wa inna kaseeram minal khulataaa'i la-yabghee ba'duhum 'alaa ba'din illal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati wa qaleehum maa hum; wa zanna Daawoodu annamaa fatannaahu fastaghrara Rabbahoo wa kharra raaki'anw wa anaab

    U: «Darhaqiqat, sening sovligʻingni soʻrab, oʻz sovliqlariga (qoʻshish) bilan senga zulm qilibdi. Albatta, koʻp sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istigʻfor aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.

  25. 25

    فَغَفَرْنَا لَهُۥ ذَٰلِكَ ۖ وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍۢ

    Faghafarnaa lahoo zaalik; wa inna lahoo 'indanaa lazulfaa wa husna ma aab

    Bas, Biz uning oʻsha (xatosi)ni magʻfirat qildik. Albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.

  26. 26

    يَٰدَاوُۥدُ إِنَّا جَعَلْنَٰكَ خَلِيفَةًۭ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱحْكُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ ٱلْهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۢ بِمَا نَسُوا۟ يَوْمَ ٱلْحِسَابِ

    Yaa Daawoodu innaa ja'alnaaka khaleefatan fil ardi fahkum bainan naasi bilhaqqi wa laa tattabi'il hawaa fayudillaka 'an sabeelil laah; innal lazeena yadilloona 'an sabeelil laah; lahum 'azaabun shadeedum bimaa nasoo Yawmal Hisaab

    Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yoʻlidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.

  27. 27

    وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا بَٰطِلًۭا ۚ ذَٰلِكَ ظَنُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنَ ٱلنَّارِ

    Wa ma khalaqnas samaaa'a wal arda wa maa bainahumaa baatilaa; zaalika zannul lazeena kafaroo; fawi lul lillazeena kafaroo minan Naar

    Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yoʻq. Bu, kufr keltirganlarning gumonidir. Bas, kufr keltirganlar uchun doʻzax(azobi)dan voy boʻlsin!

  28. 28

    أَمْ نَجْعَلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَٱلْمُفْسِدِينَ فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ ٱلْمُتَّقِينَ كَٱلْفُجَّارِ

    Am naj'alul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati kalmufisdeena fil ardi am naj'alul muttaqeena kalfujjaar

    Yoʻq! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzgʻunchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yoʻq! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!

  29. 29

    كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ إِلَيْكَ مُبَٰرَكٌۭ لِّيَدَّبَّرُوٓا۟ ءَايَٰتِهِۦ وَلِيَتَذَكَّرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Kitaabun anzalnaahu ilaika mubaarakul liyaddabbarooo Aayaatihee wa liyatazakkara ulul albaab

    Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir. Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir. [6]

    [6] (Qurʼon oyatlaridan aqlli kishi eslatma oladi.)

  30. 30

    وَوَهَبْنَا لِدَاوُۥدَ سُلَيْمَٰنَ ۚ نِعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ

    Wa wahabnaa li Daawooda Sulaimaan; ni'mal 'abd; innahoo awwaab

    Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir. Albatta, u oʻta qaytguvchidir.

  31. 31

    إِذْ عُرِضَ عَلَيْهِ بِٱلْعَشِىِّ ٱلصَّٰفِنَٰتُ ٱلْجِيَادُ

    Iz 'urida 'alaihi bil'ashiy yis saafinaatul jiyaad

    Esla, bir oqshom unga gijinglab turgan uchqur otlar koʻrsatildi.

  32. 32

    فَقَالَ إِنِّىٓ أَحْبَبْتُ حُبَّ ٱلْخَيْرِ عَن ذِكْرِ رَبِّى حَتَّىٰ تَوَارَتْ بِٱلْحِجَابِ

    Faqaala inneee ahbabtu hubbal khairi 'an zikri Rabbee hattaa tawaarat bilhijaab

    U: «Albatta, men Robbimning zikridan koʻra dunyo ishqiga berilib ketib, hatto (quyosh) parda ila berkinibdi-ku!

  33. 33

    رُدُّوهَا عَلَىَّ ۖ فَطَفِقَ مَسْحًۢا بِٱلسُّوقِ وَٱلْأَعْنَاقِ

    Ruddoohaa 'alaiya fatafiqa masham bissooqi wal a'naaq

    Ularni menga qaytaring!» – dedi. Soʻngra ularning oyoq va boʻyinlarini «silay» boshladi! [7]

    [7] (Bir muddat zehnimni Allohning zikridan chalgʻitgani uchun bu otlarni Alloh yoʻlida qurbonlik qilay, deb boʻyinlari va oyoqlarini kesa boshladi.)

  34. 34

    وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَٰنَ وَأَلْقَيْنَا عَلَىٰ كُرْسِيِّهِۦ جَسَدًۭا ثُمَّ أَنَابَ

    Wa laqad fatannaa Sulaimaana wa alqainaa 'alaa kursiyyihee jasadan summa anaab

    Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. Soʻngra, u tavba qildi. [8]

    [8] (Ushbu oyati karimadagi zikr qilingan sinov nimadan iborat? Kursiga tashlangan jasad nima edi? Bu savolga boshqa oyatlarda ham, Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning sunnatlarida ham ochiq-oydin javob yoʻq. Shuning uchun ham turli asossiz qissa va hikoyalar koʻpayib ketgan.)

  35. 35

    قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَهَبْ لِى مُلْكًۭا لَّا يَنۢبَغِى لِأَحَدٍۢ مِّنۢ بَعْدِىٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ

    Qaala Rabbigh fir lee wa hab lee mulkal laa yambaghee li ahadim mim ba'de inaka Antal Wahhab

    U: «Ey Robbim, meni magʻfirat qilgin va menga oʻzimdan keyin biror kishiga muyassar boʻlmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen koʻplab atolarni berguvchisan», dedi.

  36. 36

    فَسَخَّرْنَا لَهُ ٱلرِّيحَ تَجْرِى بِأَمْرِهِۦ رُخَآءً حَيْثُ أَصَابَ

    Fasakhkharnaa lahur reeha tajree bi amrihee rukhaaa'an haisu asaab

    Bas, Biz unga shamolni boʻysundirdik, u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi.

  37. 37

    وَٱلشَّيَٰطِينَ كُلَّ بَنَّآءٍۢ وَغَوَّاصٍۢ

    Wash Shayaateena kulla bannaaa'inw wa ghawwaas

    Yana barcha binokor va gʻavvos shaytonlarni ham.

  38. 38

    وَءَاخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِى ٱلْأَصْفَادِ

    Wa aakhareena muqarraneena fil asfaad

    Va boshqalarini ham kishanlangan holda toʻplab (boʻysundirdik).

  39. 39

    هَٰذَا عَطَآؤُنَا فَٱمْنُنْ أَوْ أَمْسِكْ بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Haazaa 'ataaa'unaa famnun aw amsik bighairi hisaab

    Bu Bizning ato etgan narsamizdir. Inʼom et yoki tutib qol, hisob yoʻq.

  40. 40

    وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍۢ

    Wa inna lahoo 'indanaa lazulfaa wa husna ma-aab

    Va, albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.

  41. 41

    وَٱذْكُرْ عَبْدَنَآ أَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلشَّيْطَٰنُ بِنُصْبٍۢ وَعَذَابٍ

    Wazkur 'abdanaaa Ayyoob; iz naada Rabbahooo annee massaniyash Shaitaanu binus binw wa 'azaab

    Bizning bandamiz Ayyubni esla. Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.

  42. 42

    ٱرْكُضْ بِرِجْلِكَ ۖ هَٰذَا مُغْتَسَلٌۢ بَارِدٌۭ وَشَرَابٌۭ

    Urkud birijlika haaza mughtasalum baaridunw wa sharaab

    «Oyogʻing ila tepgin! Bu choʻmiladigan va ichiladigan sovuq (suv)». [9]

    [9] (Yaʼni, oyogʻing bilan yerni tepgin, deyildi. Ayyub alayhissalom Allohning amriga itoat etib, oyogʻi bilan yerni tepgan edi, u yerdan suv chiqdi.)

  43. 43

    وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةًۭ مِّنَّا وَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ

    Wa wahabnaa lahoo ahlahoo wa mislahum ma'ahum rahmatam minna wa zikraa li ulil albaab

    Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu, Bizdan rahmat oʻlaroq va aql egalariga eslatma uchun boʻldi. [10]

    [10] (Ayyub alayhissalomga mazkur suvda choʻmilib, undan ichib, shifo topganidan keyin Alloh taolo u kishiga ahlini qaytardi. Ular bilan birga ziyoda, yana oʻshancha ahl ham berdi.)

  44. 44

    وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًۭا فَٱضْرِب بِّهِۦ وَلَا تَحْنَثْ ۗ إِنَّا وَجَدْنَٰهُ صَابِرًۭا ۚ نِّعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌۭ

    Wa khuz biyadika dighsan fadrib bihee wa laa tahnas, innaa wajadnaahu saabiraa; ni'mal 'abd; innahooo awwaab

    «Qoʻlingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u oʻta qaytguvchidir. [11]

    [11] (Ey Ayyub, necha marta urishni aytgan boʻlsang, oʻshancha novdani bir dasta qilib ol-da, u bilan xotiningni ur. Shunda qasamingni ado etgan boʻlasan. Qasaming buzilmaydi.)

  45. 45

    وَٱذْكُرْ عِبَٰدَنَآ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ أُو۟لِى ٱلْأَيْدِى وَٱلْأَبْصَٰرِ

    Wazkur 'ibaadanaaa Ibraaheema wa Is-haaqa wa Ya'qooba ulil-aydee walabsaar

    Qoʻllar va koʻzlar sohiblari boʻlgan bandalarimiz Ibrohim, Isʼhoq va Yaʼqubni esla.

  46. 46

    إِنَّآ أَخْلَصْنَٰهُم بِخَالِصَةٍۢ ذِكْرَى ٱلدَّارِ

    Innaaa akhlasnaahum bi khaalisatin zikrad daar

    Albatta, Biz ularni xolis bir xislat-la ajratdik. U (oxirat) diyorini eslash edi.

  47. 47

    وَإِنَّهُمْ عِندَنَا لَمِنَ ٱلْمُصْطَفَيْنَ ٱلْأَخْيَارِ

    Wa innahum 'indanaa laminal mustafainal akhyaar

    Albatta, ular Bizning huzurimizda tanlangan axyorlardandirlar.

  48. 48

    وَٱذْكُرْ إِسْمَٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ۖ وَكُلٌّۭ مِّنَ ٱلْأَخْيَارِ

    Wazkur Ismaa'eela wal Yasa'a wa Zal-Kifli wa kullum minal akhyaar

    Ismoil, al-Yasaʼ va Zul-Kiflni ham esla. Barchalari axyorlardandir. [12]

    [12] (Bu uch paygʻambar hayotida eslashga loyiq ibratli hodisalar boʻlib oʻtgan. Ular ham Allohning huzurida eng yaxshi bandalardan.)

  49. 49

    هَٰذَا ذِكْرٌۭ ۚ وَإِنَّ لِلْمُتَّقِينَ لَحُسْنَ مَـَٔابٍۢ

    Haazaa zikr; wa inna lilmuttaqeena lahusna ma aab

    Bu eslatmadir. Albatta, taqvodorlar uchun goʻzal oqibat.

  50. 50

    جَنَّٰتِ عَدْنٍۢ مُّفَتَّحَةًۭ لَّهُمُ ٱلْأَبْوَٰبُ

    Jannaati 'adnim mufat tahatal lahumul abwaab

    Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir.

  51. 51

    مُتَّكِـِٔينَ فِيهَا يَدْعُونَ فِيهَا بِفَٰكِهَةٍۢ كَثِيرَةٍۢ وَشَرَابٍۢ

    Muttaki'eena feehaa yad'oona feehaa bifaakihatin kaseeratinw wa sharaab

    U yerda yonboshlagan hollarida undagi koʻplab mevalar va sharoblardan chaqiradilar.

  52. 52

    ۞ وَعِندَهُمْ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ أَتْرَابٌ

    Wa 'indahum qaasiraatut tarfi atraab

    Ularning huzurida koʻzlarini (nomahramdan) tiygan tengdosh(hur)lar bordir.

  53. 53

    هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِيَوْمِ ٱلْحِسَابِ

    Haaza maa too'odoona li Yawmil Hisaab

    Bu sizga hisob kuni uchun vaʼda etilgan narsalardir.

  54. 54

    إِنَّ هَٰذَا لَرِزْقُنَا مَا لَهُۥ مِن نَّفَادٍ

    Inna haazaa larizqunaa maa lahoo min nafaad

    Albatta, bu Bizning (beradigan) rizqimizdir. Uning hech tugashi yoʻqdir.

  55. 55

    هَٰذَا ۚ وَإِنَّ لِلطَّٰغِينَ لَشَرَّ مَـَٔابٍۢ

    Haazaa; wa inna littaagheena lasharra ma-aab

    Ish bundaydir. Albatta, tugʻyonga ketguvchilar uchun yomon oqibat.

  56. 56

    جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا فَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

    Jahannama yaslawnahaa fai'sal mihaad

    Jahannam bordir. Unga kirurlar. Bas, u qanday ham yomon yotoq!

  57. 57

    هَٰذَا فَلْيَذُوقُوهُ حَمِيمٌۭ وَغَسَّاقٌۭ

    Haazaa falyazooqoohu hameemunw wa ghassaaq

    Mana buni tatib tursinlar: qaynoq suv va yiringni!

  58. 58

    وَءَاخَرُ مِن شَكْلِهِۦٓ أَزْوَٰجٌ

    Wa aakharu min shak liheee azwaaj

    Va boshqa uning shaklidagi qoʻsha-qoʻsha (azoblar) ham.

  59. 59

    هَٰذَا فَوْجٌۭ مُّقْتَحِمٌۭ مَّعَكُمْ ۖ لَا مَرْحَبًۢا بِهِمْ ۚ إِنَّهُمْ صَالُوا۟ ٱلنَّارِ

    Haazaa fawjum muqtahimum ma'akum laa marhabam bihim; innahum saalun Naar

    «Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yoʻq. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», derlar.

  60. 60

    قَالُوا۟ بَلْ أَنتُمْ لَا مَرْحَبًۢا بِكُمْ ۖ أَنتُمْ قَدَّمْتُمُوهُ لَنَا ۖ فَبِئْسَ ٱلْقَرَارُ

    Qaaloo bal antum laa marhabam bikum; antum qaddamtumoohu lanaa fabi'sal qaraar

    Ular: «Yoʻq! Oʻzingizga marhabo yoʻq! Sizlar oʻsha(jahannam)ni bizga taqdim qildingiz! Bas, u naqadar yomon qarorgoh!» – derlar.

  61. 61

    قَالُوا۟ رَبَّنَا مَن قَدَّمَ لَنَا هَٰذَا فَزِدْهُ عَذَابًۭا ضِعْفًۭا فِى ٱلنَّارِ

    Qaaloo Rabbanaa man qaddama lanaa haaza fazidhu 'azaaban di'fan fin Naar

    Ular: «Ey Robbimiz, bizga bu(jahannam)ni kim taqdim etgan boʻlsa, unga doʻzaxda ikki barobar azobni ziyoda qil!» – derlar. [13]

    [13] (Oxiratdagi bu tortishuv kofir peshvolar va ularning atboʼlari orasida boʻladi. Peshvolar oʻzlari adashib, boshqalarni ham adashtirganlari uchun ikki barobar azobga qoladilar.)

  62. 62

    وَقَالُوا۟ مَا لَنَا لَا نَرَىٰ رِجَالًۭا كُنَّا نَعُدُّهُم مِّنَ ٱلْأَشْرَارِ

    Wa qaaloo ma lanaa laa naraa rijaalan kunnaa na'udduhum minal ashraar

    Ular: «Bizga nima boʻldi? Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni koʻrmayapmiz?

  63. 63

    أَتَّخَذْنَٰهُمْ سِخْرِيًّا أَمْ زَاغَتْ عَنْهُمُ ٱلْأَبْصَٰرُ

    Attakhaznaahum sikh riyyan am zaaghat 'anhumul absaar

    Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?! Yoki koʻzlar ulardan toydimi?!» – derlar.

  64. 64

    إِنَّ ذَٰلِكَ لَحَقٌّۭ تَخَاصُمُ أَهْلِ ٱلنَّارِ

    Inna zaalika lahaqqun takhaasumu Ahlin Naar

    Albatta, mana shu haqdir — doʻzax ahlining oʻzaro tortishuvidir. [14]

    [14] (Ushbu oyatlarda zikr qilinganlar haqdir. Bular doʻzax ahlining oʻzaro tortishuvidir. Bu narsa, albatta, boʻladigan ishdir.)

  65. 65

    قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ مُنذِرٌۭ ۖ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ

    Qul innamaaa ana munzirunw wa maa min ilaahim illal laahul Waahidul Qahhaar

    Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yoʻqdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni Oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi) Allohgina bor.

  66. 66

    رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّٰرُ

    Rabbus samaawaati wal ardi wa maa bainahumal 'Azeezul Ghaffaar

    U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Gʻaffordir», deb ayt.

  67. 67

    قُلْ هُوَ نَبَؤٌا۟ عَظِيمٌ

    Qul huwa naba'un 'azeem

    Sen: «Bu ulugʻ bir xabardir.

  68. 68

    أَنتُمْ عَنْهُ مُعْرِضُونَ

    Antum 'anhu mu'ridoon

    Siz boʻlsangiz, undan yuz oʻgirmoqdasiz.

  69. 69

    مَا كَانَ لِىَ مِنْ عِلْمٍۭ بِٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰٓ إِذْ يَخْتَصِمُونَ

    Maa kaana liya min 'ilmim bilmala il a'laaa iz yakhtasimoon

    Oliy toʻplam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim boʻlmagan edi. [15]

    [15] (Ey mushriklar, bu Qurʼon va paygʻambarlik shaʼni siz oʻylayotgandek oddiy va joʻn emas. U mening shaxsimga ham bogʻliq emas. Oliy toʻplamda (farishtalar olamida) bu haqda oʻzaro tortishuvlar boʻlayotganida mening u haqda hech narsa bilmas edim.)

  70. 70

    إِن يُوحَىٰٓ إِلَىَّ إِلَّآ أَنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌ

    Iny-yoohaaa ilaiya illaaa annnamaaa ana nazeerum mubeen

    Menga faqat oʻzimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.

  71. 71

    إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّى خَٰلِقٌۢ بَشَرًۭا مِّن طِينٍۢ

    Iz qaala Rabbuka lilmalaaa'ikati innee khaaliqum basharam min teen

    Esla! Oʻshanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman.

  72. 72

    فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُوا۟ لَهُۥ سَٰجِدِينَ

    Fa-iza sawwaituhoo wa nafakhtu feehi mir roohee faqa'oo lahoo saajideen

    Bas, qachonki uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib yiqilinglar!» – degan edi.

  73. 73

    فَسَجَدَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ

    Fasajadal malaaa'ikatu kulluhum ajma'oon

    Bas, farishtalar barchalari jamlanib, sajda qildilar.

  74. 74

    إِلَّآ إِبْلِيسَ ٱسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Illaaa Iblees; istakbara wa kaana minal kaafireen

    Magar iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan boʻldi.

  75. 75

    قَالَ يَٰٓإِبْلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسْجُدَ لِمَا خَلَقْتُ بِيَدَىَّ ۖ أَسْتَكْبَرْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْعَالِينَ

    Qaala yaaa Ibleesu maa man'aka an tasjuda limaa khalaqtu biyadai; astakbarta am kunta min 'aaleen

    U zot: «Ey, iblis, Oʻz qoʻlim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan boʻldingmi?!» – dedi.

  76. 76

    قَالَ أَنَا۠ خَيْرٌۭ مِّنْهُ ۖ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍۢ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍۢ

    Qaala ana khairum minah; khalaqtanee min naarinw wa khalaqtahoo min teen

    U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi.

  77. 77

    قَالَ فَٱخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌۭ

    Qaala fakhruj minhaa fainnaka rajeem

    U zot: «Sen undan chiq! Bas, albatta, sen quvilgansan.

  78. 78

    وَإِنَّ عَلَيْكَ لَعْنَتِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلدِّينِ

    Wa inna 'alaika la'nateee ilaa Yawmid Deen

    Va, albatta, senga jazo kunigacha mening laʼnatim boʻlgay», dedi.

  79. 79

    قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ

    Qaala Rabbi fa anzirneee ilaa Yawmi yub'asoon

    U: «Ey Robbim, menga ular qayta tiriltirilajak kungacha muhlat bergin!» – dedi.

  80. 80

    قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ

    Qaala fa innaka minal munzareen

    U zot: «Sen muhlat berilganlardansan.

  81. 81

    إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْوَقْتِ ٱلْمَعْلُومِ

    Ilaa Yawmil waqtil ma'loom

    Maʼlum vaqt kunigacha», dedi.

  82. 82

    قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ

    Qaala fabi'izzatika la ughwiyannahum ajma'een

    U : «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini igʻvo qilaman.

  83. 83

    إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Illaa 'ibaadaka minhumul mukhlaseen

    Magar, ulardan xalos qilingan bandalaringgina (igʻvoga uchmas)», dedi.

  84. 84

    قَالَ فَٱلْحَقُّ وَٱلْحَقَّ أَقُولُ

    Qaala falhaqq, walhaqqa aqool

    U zot: «Haq shulki, zotan, Men faqat haqni ayturman.

  85. 85

    لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكَ وَمِمَّن تَبِعَكَ مِنْهُمْ أَجْمَعِينَ

    La amla'annna Jahannama minka wa mimman tabi'aka minhum ajma'een

    Albatta, Men jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab toʻldirurman», dedi.

  86. 86

    قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍۢ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُتَكَلِّفِينَ

    Qul maaa as'alukum 'alaihi min ajrinw wa maaa ana minal mutakallifeen

    Sen: «Men uning uchun sizdan hech ajr, haq soʻramasman. Men soxtakorlardan ham emasman.

  87. 87

    إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ لِّلْعَٰلَمِينَ

    In huwa illaa zikrul lil'aalameen

    U(Qurʼon) faqat olamlar uchun eslatma, xolos.

  88. 88

    وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُۥ بَعْدَ حِينٍۭ

    Wa lata'lamunna naba ahoo ba'da heen

    Albatta, uning xabarini bir muddatdan soʻng bilursiz», deb ayt.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com