Sura 36

Yosin

يسٓ

Ya-Sin · Makkiy · 83 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يسٓ

    Yaa-Seeen

    Yaasiyn.

  2. 2

    وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْحَكِيمِ

    Wal-Qur-aanil-Hakeem

    Qurʼoni Hakim ila qasam.

  3. 3

    إِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Innaka laminal mursaleen

    Albatta, sen Paygʻambarlardandirsan.

  4. 4

    عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    'Alaa Siraatim Mustaqeem

    Sirotul mustaqiymdasan.

  5. 5

    تَنزِيلَ ٱلْعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ

    Tanzeelal 'Azeezir Raheem

    Bu Aziyzu Rohiymning nozil qilganidir.

  6. 6

    لِتُنذِرَ قَوْمًۭا مَّآ أُنذِرَ ءَابَآؤُهُمْ فَهُمْ غَٰفِلُونَ

    Litunzira qawmam maaa unzira aabaaa'uhum fahum ghaafiloon

    Ota-bobolari ogohlantirilmagan, oʻzlari ham gʻofil boʻlgan qavmlarni ogohlantirishing uchun.

  7. 7

    لَقَدْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ عَلَىٰٓ أَكْثَرِهِمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Laqad haqqal qawlu 'alaaa aksarihim fahum laa yu'minoon

    Batahqiq, ularning koʻplariga (azob) soʻzi haq boʻldi. Bas, ular iymon keltirmaslar.

  8. 8

    إِنَّا جَعَلْنَا فِىٓ أَعْنَٰقِهِمْ أَغْلَٰلًۭا فَهِىَ إِلَى ٱلْأَذْقَانِ فَهُم مُّقْمَحُونَ

    Innaa ja'alnaa feee a'naaqihim aghlaalan fahiya ilal azqaani fahum muqmahoon

    Biz ularning boʻyinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadir. Bas, ular koʻzlari yumuq, osmonga qarab gʻoʻdayib qoldilar. [1]

    [1] (Gʻofilliklari sababli azob soʻzi haq boʻlgan kofirlarning holi ham xuddi shunday, ularning iymonga kelishiga umid yoʻq.)

  9. 9

    وَجَعَلْنَا مِنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّۭا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّۭا فَأَغْشَيْنَٰهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ

    Wa ja'alnaa mim baini aydeehim saddanw-wa min khalfihim saddan fa aghshai naahum fahum laa yubsiroon

    Va Biz ularning oldidan ham toʻsiq qildik, orqalaridan ham toʻsiq qildik, koʻzlariga parda tortdik. Bas, ular koʻrmaslar. [2]

    [2] (Boʻyniga qoʻlini qoʻshib, kishanlangan, koʻzi yumuq holda osmonga qaratib, gʻoʻdaytirib qoʻyilgan odamning biror narsani koʻrmasligi uchun oldidan ham, ortidan ham toʻsiq qoʻyilgan. Kamiga, yana koʻziga ham parda qoʻyilgan. Shunday holatdagi odamning biror narsani koʻra olishiga umid boʻlmaganidek, haligi kofirlarning ham iymonga kelishidan umid yoʻq.)

  10. 10

    وَسَوَآءٌ عَلَيْهِمْ ءَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Wa sawaaa'un 'alaihim 'a-anzartahum am lam tunzirhum laa yu'minoon

    Va ularga bari birdir — qoʻrqitsang ham va yoki qoʻrqitmasang ham — iymonga kelmaslar.

  11. 11

    إِنَّمَا تُنذِرُ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلذِّكْرَ وَخَشِىَ ٱلرَّحْمَٰنَ بِٱلْغَيْبِ ۖ فَبَشِّرْهُ بِمَغْفِرَةٍۢ وَأَجْرٍۢ كَرِيمٍ

    Innamaa tunziru manit taba 'az-Zikra wa khashiyar Rahmaana bilghaib, fabashshirhu bimaghfiratinw-wa ajrin kareem

    Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga magʻfirat va goʻzal ajrning xushxabarini ber.

  12. 12

    إِنَّا نَحْنُ نُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا۟ وَءَاثَٰرَهُمْ ۚ وَكُلَّ شَىْءٍ أَحْصَيْنَٰهُ فِىٓ إِمَامٍۢ مُّبِينٍۢ

    Innaa Nahnu nuhyil mawtaa wa naktubu maa qaddamoo wa aasaarahum; wa kulla shai'in ahsainaahu feee Imaamim Mubeen

    Albatta, Biz Oʻzimiz oʻliklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(yaʼni nomai aʼmolda) har bir narsaning hisobini olib qoʻyganmiz. [3]

    [3] (Alloh taolo oʻlganlar, tirilishlari va qilgan amallari uchun javob berishlarini, xabar bermoqda.)

  13. 13

    وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا أَصْحَٰبَ ٱلْقَرْيَةِ إِذْ جَآءَهَا ٱلْمُرْسَلُونَ

    Wadrib lahum masalan Ashaabal Qaryatih; iz jaaa'ahal mursaloon

    Sen ularga Paygʻambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir. [4]

    [4] (Bu shahar qaysi shahar ekani, qaysi paygʻambarlar kelgani haqida Qurʼoni Karimda va sahih hadislarda ochiq-oydin maʼlumotlar yoʻq. Demak, bu oyatni shu holicha qabul qilgan maʼqul.)

  14. 14

    إِذْ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍۢ فَقَالُوٓا۟ إِنَّآ إِلَيْكُم مُّرْسَلُونَ

    Iz arsalnaaa ilaihimusnaini fakazzaboohumaa fa'azzaznaa bisaalisin faqaalooo innaaa ilaikum mursaloon

    Oʻshanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolgʻonchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qoʻlladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz», dedilar.

  15. 15

    قَالُوا۟ مَآ أَنتُمْ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُنَا وَمَآ أَنزَلَ ٱلرَّحْمَٰنُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَكْذِبُونَ

    Qaaloo maaa antum illaa basharum mislunaa wa maaa anzalar Rahmaanu min shai'in in antum illaa takziboon

    Ular: «Siz bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yoʻq. Sizlar faqat yolgʻon soʻzlamoqdasiz, xolos», dedilar.

  16. 16

    قَالُوا۟ رَبُّنَا يَعْلَمُ إِنَّآ إِلَيْكُمْ لَمُرْسَلُونَ

    Qaaloo Rabbunaa ya'lamu innaaa ilaikum lamursaloon

    Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz», dedilar.

  17. 17

    وَمَا عَلَيْنَآ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Wa maa 'alainaaa illal balaaghul mubeen

    Bizning zimmamizda ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq.

  18. 18

    قَالُوٓا۟ إِنَّا تَطَيَّرْنَا بِكُمْ ۖ لَئِن لَّمْ تَنتَهُوا۟ لَنَرْجُمَنَّكُمْ وَلَيَمَسَّنَّكُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Qaaloo innaa tataiyarnaa bikum la'il-lam tantahoo lanar jumannakum wa la-yamassan nakum minnaa 'azaabun aleem

    Ular: «Biz sizlardan badgumon boʻldik. Agar toʻxtamasangiz, sizni albatta toshboʻron qilurmiz va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar.

  19. 19

    قَالُوا۟ طَٰٓئِرُكُم مَّعَكُمْ ۚ أَئِن ذُكِّرْتُم ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌۭ مُّسْرِفُونَ

    Qaaloo taaa'irukum ma'akum; a'in zukkirtum; bal antum qawmum musrifoon

    Ular: «Badgumonligingiz oʻzingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yoʻq! Siz oʻzingiz isrofchi qavmsiz», dedilar.

  20. 20

    وَجَآءَ مِنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ رَجُلٌۭ يَسْعَىٰ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱتَّبِعُوا۟ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Wa jaaa'a min aqsal madeenati rajuluny yas'aa qaala yaa qawmit tabi'ul mursaleen

    Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Paygʻambarlarga ergashing!

  21. 21

    ٱتَّبِعُوا۟ مَن لَّا يَسْـَٔلُكُمْ أَجْرًۭا وَهُم مُّهْتَدُونَ

    Ittabi'oo mal-laa yas'alukum ajranw-wa hum muhtadoon

    Sizdan ajr-haq soʻramaydigan, oʻzlari hidoyatda boʻlgan shaxslarga ergashing! [5]

    [5] (Bu paygʻambarlar daʼvatlari uchun sizdan ajr-haq soʻramaydilar. Shuning oʻzi ham ularning haqligiga dalildir. Agar daʼvat tufayli biror narsaga erishmoq niyatlari boʻlganida, sizdan, albatta, ajr-haq soʻrar edilar.)

  22. 22

    وَمَا لِىَ لَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِى فَطَرَنِى وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Wa maa liya laaa a'budul lazee fataranee wa ilaihi turja'oon

    Menga nima boʻlibdiki, oʻzimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar.

  23. 23

    ءَأَتَّخِذُ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً إِن يُرِدْنِ ٱلرَّحْمَٰنُ بِضُرٍّۢ لَّا تُغْنِ عَنِّى شَفَٰعَتُهُمْ شَيْـًۭٔا وَلَا يُنقِذُونِ

    'A-attakhizu min dooniheee aalihatan iny-yuridnir Rahmaanu bidurril-laa tughni 'annee shafaa 'atuhum shai 'anw-wa laa yunqizoon

    Men Uni qoʻyib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.

  24. 24

    إِنِّىٓ إِذًۭا لَّفِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Inneee izal-lafee dalaa-lim-mubeen

    Albatta, u taqdirda men ochiq-oydin adashuvda boʻlurman.

  25. 25

    إِنِّىٓ ءَامَنتُ بِرَبِّكُمْ فَٱسْمَعُونِ

    Inneee aamantu bi Rabbikum fasma'oon

    Albatta, men Robbingizga iymon keltirdim. Bas, meni tinglangiz», dedi. [6]

    [6] (Eshitib, bilib qoʻying, men sizning va oʻzimning Robbim boʻlmish Allohga iymon keltirdim!)

  26. 26

    قِيلَ ٱدْخُلِ ٱلْجَنَّةَ ۖ قَالَ يَٰلَيْتَ قَوْمِى يَعْلَمُونَ

    Qeelad khulil Jannnah; qaala yaa laita qawmee ya'lamoon

    «Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki, qavmim bilsalar edi.

  27. 27

    بِمَا غَفَرَ لِى رَبِّى وَجَعَلَنِى مِنَ ٱلْمُكْرَمِينَ

    Bimaa ghafara lee Rabbee wa ja'alanee minal mukrameen

    Robbim meni magʻfirat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi. [7]

    [7] (Iymoni va ixlosi tufayli Alloh taolo oʻz fazli va karami ila u bandani jannatga hukm qildi. U banda jannatga kirib, nozu neʼmatlarni va izzat-ikromni koʻrishi bilan qavmini esladi. «Koshki qavmim bilsalar edi. Robbim meni magʻfirat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi».)

  28. 28

    ۞ وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَىٰ قَوْمِهِۦ مِنۢ بَعْدِهِۦ مِن جُندٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا كُنَّا مُنزِلِينَ

    Wa maaa anzalnaa 'alaa qawmihee mim ba'dihee min jundim minas-samaaa'i wa maa kunnaa munzileen

    Biz uning qavmiga undan keyin osmondan biror qoʻshin tushirmadik va tushiruvchi emas ham edik.

  29. 29

    إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَإِذَا هُمْ خَٰمِدُونَ

    In kaanat illaa saihatanw waahidatan fa-izaa hum khaamidoon

    Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa boʻlmadi. Birdan ular soʻnib qoldilar.

  30. 30

    يَٰحَسْرَةً عَلَى ٱلْعِبَادِ ۚ مَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Yaa hasratan 'alal 'ibaad; maa yaateehim mir Rasoolin illaa kaanoo bihee yastahzi 'oon

    Bandalarga hasratlar boʻlsin! Har qachon ularga Paygʻambar kelsa, uni faqat istehzo qilar edilar.

  31. 31

    أَلَمْ يَرَوْا۟ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ أَنَّهُمْ إِلَيْهِمْ لَا يَرْجِعُونَ

    Alam yaraw kam ahlak naa qablahum minal qurooni annahum ilaihim laa yarji'oon

    Axir, ular oʻzlaridan oldingi qancha asrlarni halok etganimizni va, albatta, oʻshalar ularga qaytmasliklarini koʻrmaydilarmi?!

  32. 32

    وَإِن كُلٌّۭ لَّمَّا جَمِيعٌۭ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ

    Wa in kullul lammaa jamee'ul-ladainaa muhdaroon

    Albatta, barchalari toʻplangan hollarida huzurimizga hozir qilingaylar.

  33. 33

    وَءَايَةٌۭ لَّهُمُ ٱلْأَرْضُ ٱلْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَٰهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّۭا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ

    Wa Aayatul lahumul ardul maitatu ahyainaahaa wa akhrajnaa minhaa habban faminhu yaakuloon

    Ular uchun oʻlik yer oyat-(belgi)dir. Biz uni tiriltirdik va undan don chiqardik. Bas, undan yerlar.

  34. 34

    وَجَعَلْنَا فِيهَا جَنَّٰتٍۢ مِّن نَّخِيلٍۢ وَأَعْنَٰبٍۢ وَفَجَّرْنَا فِيهَا مِنَ ٱلْعُيُونِ

    Wa ja'alnaa feehaa jannaatim min nakheelinw wa a'naabinw wa fajjarnaa feeha minal 'uyoon

    Va unda xurmo va uzum bogʻlari yaratdik hamda ichidan buloqlarni chiqardik.

  35. 35

    لِيَأْكُلُوا۟ مِن ثَمَرِهِۦ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ

    Liyaakuloo min samarihee wa maa 'amilat-hu aideehim; afalaa yashkuroon

    Uning mevalaridan va oʻz qoʻllari qilgan narsalardan yeyishlari uchun. Shukr qilmaydilarmi?!

  36. 36

    سُبْحَٰنَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَزْوَٰجَ كُلَّهَا مِمَّا تُنۢبِتُ ٱلْأَرْضُ وَمِنْ أَنفُسِهِمْ وَمِمَّا لَا يَعْلَمُونَ

    Subhaanal lazee khalaqal azwaaja kullahaa mimmaa tumbitul ardu wa min anfusihim wa mimmaa laa ya'lamoon

    Yer oʻstiradigan narsalardan, ularning oʻzlaridan va ular bilmaydigan narsalardan, barchasidan juftlarni yaratgan Zot pok boʻldi. [8]

    [8] (Oʻsimlik dunyosidan sanaluvchi barcha mavjudotlar juft qilib yaratilgani ilmga yaqinda maʼlum boʻldi. Hozirgi zamon ilmining bu kashfiyoti Qurʼoni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanini yana bir bor tasdiqladi.)

  37. 37

    وَءَايَةٌۭ لَّهُمُ ٱلَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ ٱلنَّهَارَ فَإِذَا هُم مُّظْلِمُونَ

    Wa Aayatul lahumul lailu naslakhu minhun nahaara fa-izaa hum muzlimoon

    Ular uchun kechasi ham oyat (belgi)dir. Biz uni kunduzdan shilib olurmiz. Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir. [9]

    [9] (Kechaning kirish terini shilib olishga oʻxshatilmoqda. Teri asta-asta shilib olinganidek, kunduz ham undan ajratib olinadi.)

  38. 38

    وَٱلشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّۢ لَّهَا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ

    Wash-shamsu tajree limustaqarril lahaa; zaalika taqdeerul 'Azeezil Aleem

    Quyosh oʻz istiqrori uchun jarayon etar. Bu aziyzu oʻta bilguvchi Zotning taqdir qilganidir. [10]

    [10] (Oyatda quyoshning oʻz istiqrori uchun ajratilgan makonda va zamonda jarayon etishi — harakatlanishi haqidagina gap ketmoqda.)

  39. 39

    وَٱلْقَمَرَ قَدَّرْنَٰهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَٱلْعُرْجُونِ ٱلْقَدِيمِ

    Walqamara qaddarnaahu manaazila hattaa 'aada kal'ur joonil qadeem

    Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qoʻyganmiz. [11]

    [11] (Oy ham, quyosh ham dumaloq shakldagi samoviy jismdir. Insonning koʻziga quyosh doim bir xil suratda koʻrinadi. Lekin oy bir oy davomida yigirma sakkiz shaklga kiradi. Avval kichik hilol boʻlib koʻrinadi. Kundan-kunga kattalashib, toʻlin barkashga aylanadi. Keyin yana asta-sekin hilol holiga qaytadi. Chunki Alloh taolo oy uchun yigirma sakkiz manzilni bichib qoʻygan. Har kuni har xil manzildan chiqadi, har kuni har xil hajmda koʻrinadi.)

  40. 40

    لَا ٱلشَّمْسُ يَنۢبَغِى لَهَآ أَن تُدْرِكَ ٱلْقَمَرَ وَلَا ٱلَّيْلُ سَابِقُ ٱلنَّهَارِ ۚ وَكُلٌّۭ فِى فَلَكٍۢ يَسْبَحُونَ

    Lash shamsu yambaghee lahaaa an tudrikal qamara wa lal lailu saabiqun nahaar; wa kullun fee falaki yasbahoon

    Na quyoshning oyga yetib olmogʻi durust boʻlar va na kecha kunduzdan oʻzib ketar. Har biri falakda suzib yurar. [12]

    [12] (Hech qachon quyosh oyga yetib olib, bemahalda bosh koʻtarib qolishi mumkin emas. Ulardan har biri Alloh belgilagan vaqtdagina chiqadi. Bu, nizom hatto daqiqalarigacha aniqdir. Undan kech ham qolmaydi, ilgari ham ketmaydi. Bu jarayon dunyo bunyod boʻlganidan buyon davom etib kelmoqda. Biron marta biron daqiqaga oʻzgargan emas. Ushbu jarayonni taqdir qilgan Zot oʻliklarni qayta tiriltirishga qodir emasmi?!)

  41. 41

    وَءَايَةٌۭ لَّهُمْ أَنَّا حَمَلْنَا ذُرِّيَّتَهُمْ فِى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ

    Wa Aayatul lahum annaa hamalnaa zurriyatahum fil fulkil mashhoon

    Ular uchun Biz ularning nasllarini toʻla kemada koʻtarganimiz ham bir oyat(belgi)dir.

  42. 42

    وَخَلَقْنَا لَهُم مِّن مِّثْلِهِۦ مَا يَرْكَبُونَ

    Wa khalaqnaa lahum mim-mislihee maa yarkaboon

    Va Biz ular uchun unga oʻxshash minadigan narsalarni xalq qildik.

  43. 43

    وَإِن نَّشَأْ نُغْرِقْهُمْ فَلَا صَرِيخَ لَهُمْ وَلَا هُمْ يُنقَذُونَ

    Wa in nashaa nughriqhum falaa sareekha lahum wa laa hum yunqazoon

    Agar xohlasak, ularni gʻarq eturmiz. Bas, ularning yordamchisi boʻlmas va ular qutqazilmaslar ham.

  44. 44

    إِلَّا رَحْمَةًۭ مِّنَّا وَمَتَٰعًا إِلَىٰ حِينٍۢ

    Illaa rahmatam minnaa wa mataa'an ilaa heen

    Magar Bizdan bir rahmat va maʼlum muddatgacha bahramand boʻlish boʻlsagina (omon qolurlar). [13]

    [13] (Faqat Allohning Oʻzi rahmat nazarini solib, qutqarib qolishi mumkin. Yoki maʼlum muddatgacha dunyoning matohidan bahramand qilish uchun omon qoldirishi mumkin. Boʻlmasa, hech kim eson qolmas. Buning misoli hayotda tez-tez takrorlanib ham turadi.)

  45. 45

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّقُوا۟ مَا بَيْنَ أَيْدِيكُمْ وَمَا خَلْفَكُمْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    Wa izaa qeela lahumuttaqoo maa baina aideekum wa maa khalfakum la'allakum turhamoon

    Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qoʻrqing. Shoyad, rahim qilinsangiz», deyilganda...

  46. 46

    وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍۢ مِّنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ

    Wa maa taateehim min aayatim min ayataati Rabbihim illaa kaanoo 'anhaa mu'rideen

    Va ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda, faqat undan yuz oʻgirguvchi boʻlurlar.

  47. 47

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ أَنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنُطْعِمُ مَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ أَطْعَمَهُۥٓ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Wa izaa qeela lahum anfiqoo mimmaa razaqakumul laahu qaalal lazeena kafaroo lillazeena aamanooo anut'imu mal-law yashaaa'ul laahu at'amahooo in antum illaa fee dalaalim mubeen

    Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, Oʻzi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar. [14]

    [14] (Siz Alloh hammaga rizq beradi, degan zalolatli eʼtiqoddasizlar, mana, bizdan baʼzi bir odamlarga taom berishimizni soʻrab turishingiz buning dalili, demoqchilar. Aslida esa, ularning tasavvurlari, gaplari ayni zalolatdir. Hech qachon, hech qanday inson oʻziga ham, boshqaga ham rizq topib bera olmaydi. Alloh taolo birovning rizqini keng, birovning rizqini tor qilib qoʻyadi. Hammasi bandalarni sinash uchundir. Hammaga rizq beruvchi, boquvchi Alloh taoloning yagona Oʻzidir. Men birovga rizq beryapman, taomlantiryapman, boqyapman, degan odam kofir boʻladi, ochiq-oydin zalolatga ketadi.)

  48. 48

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Wa yaqooloona mataa haazal wa'du in kuntum saadiqeen

    Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur?» derlar.

  49. 49

    مَا يَنظُرُونَ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ تَأْخُذُهُمْ وَهُمْ يَخِصِّمُونَ

    Maa yanzuroona illaa saihatanw waahidatan taa khuzuhum wa hum yakhissimoon

    Ular talashib-tortishib turganlarida oʻzlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yoʻq.

  50. 50

    فَلَا يَسْتَطِيعُونَ تَوْصِيَةًۭ وَلَآ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمْ يَرْجِعُونَ

    Falaa yastatee'oona taw siyatanw-wa laaa ilaaa ahlihim yarji'oon

    Ular na vasiyat qilishga qodir boʻlarlar va na oʻz ahllariga qaytarlar.

  51. 51

    وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَإِذَا هُم مِّنَ ٱلْأَجْدَاثِ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يَنسِلُونَ

    Wa nufikha fis-soori faizaa hum minal ajdaasi ilaa Rabbihim yansiloon

    Va surga puflandi. Bas, ular birdan Robbilari tomon qabrlardan shoshilib chiqurlar.

  52. 52

    قَالُوا۟ يَٰوَيْلَنَا مَنۢ بَعَثَنَا مِن مَّرْقَدِنَا ۜ ۗ هَٰذَا مَا وَعَدَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَصَدَقَ ٱلْمُرْسَلُونَ

    Qaaloo yaa wailanaa mam ba'asanaa mim marqadinaa; haaza maa wa'adar Rahmanu wa sadaqal mursaloon

    Ular: «Voh, shoʻrimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qoʻzgʻatdi?! Bu Rohman vaʼda qilgan va yuborilgan Paygʻambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar.

  53. 53

    إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَإِذَا هُمْ جَمِيعٌۭ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ

    In kaanat illaa saihatanw waahidatan fa-izaa hum jamee'ul ladainaa muhdaroon

    Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa boʻlgani yoʻq. Bas, ular birdan toʻplanib, huzurimizda hozir qilingandirlar.

  54. 54

    فَٱلْيَوْمَ لَا تُظْلَمُ نَفْسٌۭ شَيْـًۭٔا وَلَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Fal-Yawma laa tuzlamu nafsun shai'anw-wa laa tujzawna illaa maa kuntum ta'maloon

    Bugungi kunda biror jonga hech bir zulm qilinmas. Qilib oʻtgan amallaringizdan boshqasiga jazo ham olmassiz.

  55. 55

    إِنَّ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ ٱلْيَوْمَ فِى شُغُلٍۢ فَٰكِهُونَ

    Inna Ashaabal jannatil Yawma fee shughulin faakihoon

    Albatta, jannat egalari u kunda rohatlanish ila mashgʻullar. [15]

    [15] (Nima ularga zavq, shodlik, xursandchilik bersa, hammasi u yerda muhayyodir.)

  56. 56

    هُمْ وَأَزْوَٰجُهُمْ فِى ظِلَٰلٍ عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ مُتَّكِـُٔونَ

    Hum wa azwaajuhum fee zilaalin 'alal araaa'iki muttaki'oon

    Ular va ularning juftlari soyalarda soʻrilarda yonboshlab yoturlar.

  57. 57

    لَهُمْ فِيهَا فَٰكِهَةٌۭ وَلَهُم مَّا يَدَّعُونَ

    Lahum feehaa faakiha tunw-wa lahum maa yadda'oon

    Ular uchun u yerda mevalar bordir. Ular uchun u yerda istagan narsalari bordir. [16]

    [16] (Ahli jannatlar nimani istasalar, jannatda oʻsha narsa bordir. Koʻngillari istashi bilan oldilarida muhayyo boʻladi.)

  58. 58

    سَلَٰمٌۭ قَوْلًۭا مِّن رَّبٍّۢ رَّحِيمٍۢ

    Salaamun qawlam mir Rabbir Raheem

    Rohiym boʻlgan zot Robbdan «Salom» soʻzi bordir. [17]

    [17] (Shuncha nozu neʼmat, rohat-farogʻat, shavqu zavqning ustiga oʻzlari uchun nihoyatda rahmli boʻlgan zot Robbilari Alloh taolo tomonidan «Salom» ham keladi.)

  59. 59

    وَٱمْتَٰزُوا۟ ٱلْيَوْمَ أَيُّهَا ٱلْمُجْرِمُونَ

    Wamtaazul Yawma ayyuhal mujrimoon

    Ey, jinoyatchilar! Bugungi kunda siz ajralingiz!

  60. 60

    ۞ أَلَمْ أَعْهَدْ إِلَيْكُمْ يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ أَن لَّا تَعْبُدُوا۟ ٱلشَّيْطَٰنَ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Alam a'had ilaikum yaa Baneee Aadama al-laa ta'budush Shaitaana innahoo lakum 'aduwwum mubeen

    Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.

  61. 61

    وَأَنِ ٱعْبُدُونِى ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ

    Wa ani'budoonee; haazaa Siraatum Mustaqeem

    Va Menga ibodat qiling, mana shu toʻgʻri yoʻldir», deb amr qilmagan edimmi?!

  62. 62

    وَلَقَدْ أَضَلَّ مِنكُمْ جِبِلًّۭا كَثِيرًا ۖ أَفَلَمْ تَكُونُوا۟ تَعْقِلُونَ

    Wa laqad adalla minkum jibillan kaseeraa; afalam takoonoo ta'qiloon

    Batahqiq, u sizlardan koʻpchilik avlodni adashtirdi. Aql yurituvchi boʻlmagan edingizmi?! [18]

    [18] (Shayton sizlardan koʻp avlodlarni toʻgʻri yoʻldan adashtirdi, siz aql yuritmadingizmi? U yur desa, orqasidan ketaverdingizmi?!)

  63. 63

    هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ

    Haazihee Jahannamul latee kuntum too'adoon

    Mana bu sizga vaʼda qilingan jahannamdir!

  64. 64

    ٱصْلَوْهَا ٱلْيَوْمَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

    Islawhal Yawma bimaa kuntum takfuroon

    Kufr keltirib oʻtganingiz tufayli bugungi kunda unga kiring!

  65. 65

    ٱلْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلَىٰٓ أَفْوَٰهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَآ أَيْدِيهِمْ وَتَشْهَدُ أَرْجُلُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Al-Yawma nakhtimu 'alaaa afwaahihim wa tukallimunaaa aideehim wa tashhadu arjuluhum bimaa kaanoo yaksiboon

    Bugungi kunda ularning ogʻizlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qoʻllari soʻzlar va oyoqlari guvohlik berur. [19]

    [19] (Jinoyatchilarning ogʻizlari muhrlab qoʻyiladi, boshqa aʼzolari shohidlik bera boshlaydi. Qoʻli gapiradi, oyogʻi guvohlik beradi.)

  66. 66

    وَلَوْ نَشَآءُ لَطَمَسْنَا عَلَىٰٓ أَعْيُنِهِمْ فَٱسْتَبَقُوا۟ ٱلصِّرَٰطَ فَأَنَّىٰ يُبْصِرُونَ

    Wa law nashaaa'u lata masna 'alaaa aiyunihim fasta baqus-siraata fa-annaa yubsiroon

    Agar xohlasak, koʻzlarini tep-tekis qilib qoʻyurmiz. Bas, ular yoʻlga shoshilurlar. Ammo, qanday ham koʻrsinlar.

  67. 67

    وَلَوْ نَشَآءُ لَمَسَخْنَٰهُمْ عَلَىٰ مَكَانَتِهِمْ فَمَا ٱسْتَطَٰعُوا۟ مُضِيًّۭا وَلَا يَرْجِعُونَ

    Wa law nashaaa'u lamasakhnaahum 'alaa makaanatihim famas-tataa'oo mudiyyanw-wa laa yarji'oon

    Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qoʻyurmiz. Bas, oldinga yurishga ham qodir boʻlmaslar, ortga ham qayta olmaslar.

  68. 68

    وَمَن نُّعَمِّرْهُ نُنَكِّسْهُ فِى ٱلْخَلْقِ ۖ أَفَلَا يَعْقِلُونَ

    Wa man nu 'ammirhu nunakkishu fil-khalq; afalaa ya'qiloon

    Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qoʻyamiz. Axir, aql ishlatib koʻrmaydilarmi?! [20]

    [20] (Iymonga kelib, ibodat bilan oʻtgan moʻminlar qariganlari sari rohatlari koʻpayib boradi. Hayotda qolishni savob ishlash uchun fursat deb xursand boʻladilar. Jannatga va Allohning roziligiga yetishish umidida oʻlimni xursand boʻlib kutib oladilar. Kofirlar esa, aqllarini ishlatmaganlari uchun bu masalada katta qiyinchilikda qoladilar.)

  69. 69

    وَمَا عَلَّمْنَٰهُ ٱلشِّعْرَ وَمَا يَنۢبَغِى لَهُۥٓ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ وَقُرْءَانٌۭ مُّبِينٌۭ

    Wa maa 'allamnaahush shi'ra wa maa yambaghee lah; in huwa illaa zikrunw-wa Qur-aanum mubeen

    Biz unga sheʼrni taʼlim berganimiz yoʻq. Bu uning uchun toʻgʻri ham kelmas. U — zikr va ochiq-oydin Qurʼondan oʻzga narsa emas.

  70. 70

    لِّيُنذِرَ مَن كَانَ حَيًّۭا وَيَحِقَّ ٱلْقَوْلُ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Liyunzira man kaana haiyanw-wa yahiqqal qawlu 'alal-kaafireen

    Tirik boʻlgan shaxslarni ogohlantirish va kofirlarga (azob) soʻzini haq qilish uchundir.

  71. 71

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا خَلَقْنَا لَهُم مِّمَّا عَمِلَتْ أَيْدِينَآ أَنْعَٰمًۭا فَهُمْ لَهَا مَٰلِكُونَ

    Awalam yaraw annaa khalaqnaa lahum mimmaa 'amilat aideenaaa an'aaman fahum lahaa maalikoon

    Axir, Biz ular uchun Oʻz qoʻllarimiz-la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qoʻyganimizni koʻrmaydilarmi?! Bas, ular oʻshalarga molik(ega)dirlar-ku!

  72. 72

    وَذَلَّلْنَٰهَا لَهُمْ فَمِنْهَا رَكُوبُهُمْ وَمِنْهَا يَأْكُلُونَ

    Wa zallalnaahaa lahum faminhaa rakoobuhum wa minhaa yaakuloon

    Biz ularga oʻsha(hayvon)larni boʻyinsundirib qoʻydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar.

  73. 73

    وَلَهُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ وَمَشَارِبُ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ

    Wa lahum feehaa manaa fi'u wa mashaarib; afalaa yashkuroon

    Ular uchun oʻshalarda manfaatlar va ichimliklar bor. Axir, shukr qilmaydilarmi?!

  74. 74

    وَٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةًۭ لَّعَلَّهُمْ يُنصَرُونَ

    Wattakhazoo min doonil laahi aalihatal la'allahum yunsaroon

    Ular Allohdan oʻzga ilohlar tutdilar. Goʻyoki, ularga yordam berilar emish.

  75. 75

    لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَهُمْ وَهُمْ لَهُمْ جُندٌۭ مُّحْضَرُونَ

    Laa yastatee'oona nasrahum wa hum lahum jundum muhdaroon

    Ularning yordamiga («xudolari») qodir boʻlmaslar. Ular esa, oʻsha(«xudo»)lari uchun hozir qilingan askardirlar. [21]

    [21] (Mushriklarning «xudolari» ularga yordam berishga qodir boʻla olmaydilar. Lekin ular oʻsha «xudolari» uchun jon fido qilishga tayyor turgan askarlardir. Ular uchun turli xizmatlar ado etadilar. Soxta xudolarini himoya qilish uchun oʻzlarini oʻtga-choʻqqa uradilar. Bular qanday xudolar boʻldi?! Bular qanday bandalar boʻldi? Bunday xudolik va bandalik qaysi mantiqqa toʻgʻri keladi?)

  76. 76

    فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ

    Falaa yahzunka qawluhum; innaa na'lamu maa yusirroona wa maa yu'linoon

    Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz.

  77. 77

    أَوَلَمْ يَرَ ٱلْإِنسَٰنُ أَنَّا خَلَقْنَٰهُ مِن نُّطْفَةٍۢ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌۭ مُّبِينٌۭ

    Awalam yaral insaanu annaa khalaqnaahu min nutfatin fa-izaa huwa khaseemum mubeen

    Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi?!

  78. 78

    وَضَرَبَ لَنَا مَثَلًۭا وَنَسِىَ خَلْقَهُۥ ۖ قَالَ مَن يُحْىِ ٱلْعِظَٰمَ وَهِىَ رَمِيمٌۭ

    Wa daraba lanaa maslanw-wa nasiya khalqahoo qaala mai-yuhyil'izaama wa hiya rameem

    U Bizga misol keltirdi va oʻz yaratilishini unutdi. «Suyaklarni kim tiriltirur? Holbuki, ular titilib ketgan-ku?!» – dedi.

  79. 79

    قُلْ يُحْيِيهَا ٱلَّذِىٓ أَنشَأَهَآ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ

    Qul yuh yeehal lazeee ansha ahaaa awwala marrah; wa Huwa bikulli khalqin 'Aleem

    Sen: «Ularni ilk marta yoʻqdan bor qilgan Zot tiriltiradi va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.

  80. 80

    ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلشَّجَرِ ٱلْأَخْضَرِ نَارًۭا فَإِذَآ أَنتُم مِّنْهُ تُوقِدُونَ

    Allazee ja'ala lakum minash shajaril akhdari naaran fa-izaaa antum minhu tooqidoon

    U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz. [22]

    [22] (U zot shunday qudratli zotki, baʼzi narsalarni oʻziga qarama-qarshi tomondan ham chiqaraveradi. Misol uchun, yam-yashil daraxtni olaylik. U hoʻl boʻladi. Tarkibida suv bor. Suv esa, olovni oʻchiradi. Ammo Alloh taolo olovga ters boʻlmish hoʻl daraxtni bir-biriga ishqasa, oʻt chiqaradigan holga keltirib qoʻygandir. Olovga yoqilgʻini ham oʻsha daraxtning oʻzidan qilib qoʻygandir. Bu ulkan bir moʻjizaga odamlar eʼtibor bermaydilar.)

  81. 81

    أَوَلَيْسَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يَخْلُقَ مِثْلَهُم ۚ بَلَىٰ وَهُوَ ٱلْخَلَّٰقُ ٱلْعَلِيمُ

    Awa laisal lazee khalaqas samaawaati wal arda biqaadirin 'alaaa ai-yakhluqa mislahum; balaa wa Huwal Khallaaqul 'Aleem

    Osmonlaru yerni yaratgan Zot ularga oʻxshashni yaratishga qodir emasmi?! Yoʻq! U oʻta yaratguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir.

  82. 82

    إِنَّمَآ أَمْرُهُۥٓ إِذَآ أَرَادَ شَيْـًٔا أَن يَقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

    Innamaa amruhooo izaaa araada shai'an ai-yaqoola lahoo kun fa-yakoon

    Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Boʻl» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa boʻlur.

  83. 83

    فَسُبْحَٰنَ ٱلَّذِى بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍۢ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Fa Subhaanal lazee biyadihee malakootu kulli shai-inw-wa ilaihi turja'oon

    Bas, barcha narsaning tom egaligi qoʻlida boʻlgan Zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar. [23]

    [23] (Gap shunday ekan, demak dunyodagi barcha narsalarning toʻla egaligi va tasarrufi qoʻlida boʻlgan Alloh taolo pokdir. Barcha ayb va nuqsonlardan, jumladan, kofir va mushriklar, oʻlganlarni qayta tiriltira olmaydi, deb taqayotgan nuqsondan ham pokdir.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com