Sura 35
Fotir
فَاطِرٍ
Fatir · Makkiy · 45 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ جَاعِلِ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ رُسُلًا أُو۟لِىٓ أَجْنِحَةٍۢ مَّثْنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَ ۚ يَزِيدُ فِى ٱلْخَلْقِ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ
Alhamdu lillaahi faatiris samaawaati wal ardi jaa'ilil malaaa'ikati rusulan uleee ajnihatim masnaa wa sulaasa wa rubaa'; yazeedu fil khalqi maa yashaaa'; innal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeer
Hamdu sano osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, toʻrt qanotli elchilar qilgan Allohga boʻlsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. [1]
[1] (Farishtalar Alloh yaratgan oʻziga xos zotlardir. Bu oyatda ular ikki, uch, toʻrt qanotli boʻlishlari haqida gap ketmoqda.)
- 2
مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍۢ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Maa yaftahil laahu linnaaasi mir rahmatin falaa mumsika lahaa wa maa yumsik falaa mursila lahoo mimb'dih; wa Huwal 'Azeezul Hakeem
Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi boʻlmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qoʻyib yuborguvchi boʻlmas. U zot Aziyzu Hakiymdir. [2]
[2] (Alloh bergan neʼmatini birov man qila olmaydi. Shuning uchun xotirni jam qilish kerak. Allohga iymon keltirib, koʻrsatgan yoʻldan yurish lozim.)
- 3
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ هَلْ مِنْ خَٰلِقٍ غَيْرُ ٱللَّهِ يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ
Yaaa ayyuhan naasuzkuroo ni'matal laahi 'alaikum; hal min khaaliqin ghairul laahi yarzuqukum minas samaaa'i wal ard; laaa ilaaha illaa Huwa fa annaa tu'fakoon
Ey odamlar! Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, qayon ketmoqdasiz?!
- 4
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌۭ مِّن قَبْلِكَ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ
Wa iny yukazzibooka faqad kuzzibat Rusulum min qablik; wa ilal laahi turja'ul umoor
Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Paygʻambarlar yolgʻonchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.
- 5
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ
Yaaa ayyuhan naasu inna wa'dal laahi haqqun falaa taghurrannakumul hayaatud dunyaa; wa laa yaghurran nakum billaahil gharoor
Ey odamlar! Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni gʻururga ketkazmasin. Oʻta gʻururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gʻururga ketkazmasin. [3]
[3] (Shayton odamlarni oʻta gʻururga ketkazadi va aldaydi. Yaʼni, hech narsaga parvo qilma, Allohning Oʻzi kechirguvchi, deb odamlarni gunoh ishlarga chorlaydi. Alloh taoloning avf etishi va magʻfirat qilishini suisteʼmol etib, Alloh Oʻzi kechirar, deb har xil gunohlarga qoʻl uraverish naqadar yomon shaytoniy ish ekanini esdan chiqarmaslik zarur.)
- 6
إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ لَكُمْ عَدُوٌّۭ فَٱتَّخِذُوهُ عَدُوًّا ۚ إِنَّمَا يَدْعُوا۟ حِزْبَهُۥ لِيَكُونُوا۟ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ
Innash shaitaana lakum 'aduwwun fattakhizoohu 'aduwwaa; innamaa yad'oo hizbahoo liyakoonoo min ashaabis sa'eer
Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U oʻz guruhini faqat oʻta qizigan doʻzaxga ega boʻlishlariga chaqirur. [4]
[4] (Shaytonning insonga dushmanlik qilishiga ajablanmasa ham boʻladi. Lekin ajablanarlisi shuki, inson shaytonni oʻziga doʻst tutib yuradi. Shayton oʻzining eng katta dushmani ekanini koʻra bila turib, uning aytganini qiladi. Uning igʻvosiga uchadi, yolgʻoniga aldanadi.)
- 7
ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۭ ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَأَجْرٌۭ كَبِيرٌ
Allazeena kafaroo lahum 'azaabun shadeed; wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum maghfiratunw wa ajrun kabeer
Kufr keltirganlarga shiddatli azob bordir. Iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga magʻfirat va ulkan ajr bordir.
- 8
أَفَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ فَرَءَاهُ حَسَنًۭا ۖ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَٰتٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا يَصْنَعُونَ
Afaman zuyyina lahoo sooo'u 'amalihee fara aahu hasanaa; fa innal laaha yudillu mai yashaaa'u wa yahdee mai yahaaa'u falaa tazhab nafsuka 'alaihim hasaraat; innal laaha 'aleemun bimaa yasna'oon
Axir, qilgan yomon amali oʻziga ziynatlab koʻrsatilib, uni goʻzal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir. [5]
[5] (Shaytonning malayiga aylangan odamga oʻzining har bir yomon ishi ziynatli koʻrinadi. U oʻzidan oʻzi ajablanib, qilgan ishi oʻziga zoʻr koʻringan sari haddan oshib boraveradi.)
- 9
وَٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًۭا فَسُقْنَٰهُ إِلَىٰ بَلَدٍۢ مَّيِّتٍۢ فَأَحْيَيْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلنُّشُورُ
Wallaahul lazeee arsalar riyaaha fatuseeru shaaban fasuqnaahu ilaa baladim maiyitin fa ahyaynaa bihil arda ba'da mawtihaa; kazaalikan nushoor
Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qoʻzgʻatadi. Biz uni oʻlik yurt tomon haydab, u bilan yerni oʻlib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga oʻxshashdir.
- 10
مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ جَمِيعًا ۚ إِلَيْهِ يَصْعَدُ ٱلْكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلْعَمَلُ ٱلصَّٰلِحُ يَرْفَعُهُۥ ۚ وَٱلَّذِينَ يَمْكُرُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ لَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۭ ۖ وَمَكْرُ أُو۟لَٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ
Man kaana yureedul 'izzata falillaahil 'izzatu jamee'aa; ilaihi yas'adul kalimut taiyibu wal'amalus saalihu yarfa'uh; wallazeena yamkuroonas sayyiaati lahum 'azaabun shadeed; wa makru ulaaa'ika huwa yaboor
Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal koʻtarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana oʻshalarning makri botil boʻlur. [6]
[6] (Xush kalom — kalimai shahodat, «alhamdulilloh», «subhanallohi», «Allohu Akbar» va zikr, duo, tilovat hamda barcha yaxshi gap-soʻzlardir. Ana oʻsha xush kalomgina Alloh taoloning huzuriga koʻtariladi.)
- 11
وَٱللَّهُ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍۢ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍۢ ثُمَّ جَعَلَكُمْ أَزْوَٰجًۭا ۚ وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِۦ ۚ وَمَا يُعَمَّرُ مِن مُّعَمَّرٍۢ وَلَا يُنقَصُ مِنْ عُمُرِهِۦٓ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌۭ
Wallaahu khalaqakum min turaabin summa min nutfatin summa ja'alakum azwaajaa; wa maa tahmilu min unsaa wa laa tada'u illaa bi'ilmih; wa maa yu'ammaru mim mu'ammarinw wa laa yunqasu min 'umuriheee illaa fee kitaab; inna zaalika 'alal laahi yaseer
Alloh sizlarni tuproqdan, soʻngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qoʻydi. Qaysi bir urgʻochi nimaga homilador boʻlsa, nimani tugʻsa, faqat Uning ilmi bilan boʻlur. Har bir umr koʻrguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir. [7]
[7] (Jon, hayot deb nomlangan bu narsaning asli qanday, mohiyati nima, bilib boʻlmaydi. Buni faqat Alloh taoloning Oʻzi biladi. Ushbu haqiqatni insof bilan taammul qilgan har bir inson Allohga iymon keltirishi kerak.)
- 12
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْبَحْرَانِ هَٰذَا عَذْبٌۭ فُرَاتٌۭ سَآئِغٌۭ شَرَابُهُۥ وَهَٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌۭ ۖ وَمِن كُلٍّۢ تَأْكُلُونَ لَحْمًۭا طَرِيًّۭا وَتَسْتَخْرِجُونَ حِلْيَةًۭ تَلْبَسُونَهَا ۖ وَتَرَى ٱلْفُلْكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Wa maa yastawil bahraani haaza 'azbun furaatun saaa'ighun sharaabuhoo wa haazaa milhun ujaaj; wa min kullin taakuloona lahman tariyyanw wa tastakhrijoona hilyatan talbasoonahaa wa taral fulka feehi mawaakhira litabtaghoo min fadlihee wa la'allakm tashkuroon
Daryoyu dengiz, ikkisi teng boʻla olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa shoʻr, taxirdir. Siz har biridan toza goʻsht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni koʻrursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz. [8]
[8] (Allohning qudratini suv olamida ham yaqqol koʻrsa boʻladi. Daryo-dengizlarda Allohning qudratiga dalolat qiluvchi koʻplab oyat-belgilar boʻlishi turgan gap. Albatta, dengiz va daryolar, ulardagi toza goʻsht, taqinchoq va boshqa neʼmatlar, ular uzra kema bilan suzib tijorat va boshqa maqsadlar yoʻlida foydalanish inson uchun Allohning ulugʻ neʼmati boʻlib, ularga shukr qilish lozim. Iymonsiz esa, noshukr boʻladi.)
- 13
يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّۭ يَجْرِى لِأَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۚ وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مَا يَمْلِكُونَ مِن قِطْمِيرٍ
Yoolijul laila fin nahaari wa yoolijun nahaara fil laili wa sakhkharash shamsa wal qamara kulluny yajree li ajalim musammaa; zaalikumul lahuu Rabbukum lahul mulk; wallazeena tad'oona min doonihee maa yamlikoona min qitmeer
U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoʻygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan oʻzga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak poʻstlogʻiga ham molik emaslar. [9]
[9] (Arablarda hech narsaga arzimas va qadrsiz narsani xurmo danagi ustidagi oʻta yupqa poʻstloqqa oʻxshatish odati bor. Qurʼoni Karim ham oyatlarni ilk qabul qilib olayotgan shu xalqning zehniga oson oʻrnashtirish uchun mazkur oʻxshatishdan foydalanib, mushriklar oʻzlaricha ibodat etib yurgan soxta xudolari oʻsha haqir poʻstloqcha narsaga ham molik emasliklarini taʼkidlamoqda. Ular hech narsaga ega emaslar, ularning hukmi hech joyda oʻtmaydi, deyilmoqda.)
- 14
إِن تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُوا۟ دُعَآءَكُمْ وَلَوْ سَمِعُوا۟ مَا ٱسْتَجَابُوا۟ لَكُمْ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ ۚ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِيرٍۢ
in tad'oohum laa yasma'oo du'aaa'akum wa law sami'oo mas tajaaboo lakum; wa Yawmal Qiyaamati Yakfuroona bishirkikum; wa laa yunabbi'uka mislu khabeer
Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. Oʻta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.
- 15
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ أَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ
Yaaa ayyunhan naasu antumul fuqaraaa'u ilallaahi wallaahu Huwal Ghaniyyul Hameed
Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, Oʻzi behojat va maqtalgan Zotdir.
- 16
إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍۢ جَدِيدٍۢ
Iny yashaa yuzhibkum wa yaati bikhalqin jadeed
Agar U zot xohlasa, sizni ketkazib, yangi bir xalqni keltirur.
- 17
وَمَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزٍۢ
Wa maa zaalika 'alal laahi bi'azeez
Va bu Alloh uchun qiyin emasdir.
- 18
وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ وَإِن تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَىٰ حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَىْءٌۭ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰٓ ۗ إِنَّمَا تُنذِرُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَمَن تَزَكَّىٰ فَإِنَّمَا يَتَزَكَّىٰ لِنَفْسِهِۦ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ
Wa laa taziru waaziratun wizra ukhraa; wa in tad'u musqalatun ilaa himlihaa laa yuhmal minhu shai'unw wa law kaana zaa qurbaa; innamaa tunzirul lazeena yakhshawna Rabbahum bilghaibi wa aqaamus Sallah; wa man tazakkaa fa innamaa yatazakkaa linafsih; wa ilal laahil maseer
Oʻzi yukli jon oʻzga jonning yukini koʻtara olmas. Yuki ogʻir jon oʻz yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa koʻtarilmas. Garchi qarindosh boʻlsa ham. Sen faqat gʻaybdagi Robbilaridan qoʻrqadigan va namozni toʻkis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, oʻzi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir. [10]
[10] (Qiyomat kunida gunohi koʻp jon uni yengillatish maqsadida eng yaqin qarindoshini yordamga chaqirsa ham, uning gunohidan biror narsa koʻtarilmaydi. Chunki yaqin qarindoshning oʻzi yukini koʻtara olmay xunob boʻlayotgan boʻladi. Kofir ham, moʻmin ham faqat Allohga qaytadi. Boshqaga emas. Ana oʻshanda Alloh taolo oʻzi bilib hisob-kitob qiladi. Kofir va osiy jazosini, moʻmin-musulmon mukofotini oladi.)
- 19
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ
Wa maa tastawil a'maa wal baseer
Koʻr bilan koʻzi ochiq teng boʻlmas.
- 20
وَلَا ٱلظُّلُمَٰتُ وَلَا ٱلنُّورُ
Wa laz zulumaatu wa lannoon
Zulumotlar bilan nur ham.
- 21
وَلَا ٱلظِّلُّ وَلَا ٱلْحَرُورُ
Wa laz zillu wa lal haroor
Soya bilan jazirama ham.
- 22
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَحْيَآءُ وَلَا ٱلْأَمْوَٰتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُسْمِعُ مَن يَشَآءُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُسْمِعٍۢ مَّن فِى ٱلْقُبُورِ
Wa maa yastawil ahyaaa'u wa lal amwaat; innal laaha yusmi'u mai yashaaa'u wa maaa anta bimusi'im man fil quboor
Tiriklar bilan oʻliklar teng boʻlmas. Albatta, Alloh xohlagan kimsaga eshittirur. Sen qabrlardagi kimsalarga eshittirguvchi emassan. [11]
[11] (Iymon hayotdir. Kufr oʻlimdir. Moʻminlar tiriklardir, kofirlar oʻliklardir. Tiriklar bilan oʻliklar teng boʻlmaganidek, moʻminlar bilan kofirlar ham teng boʻlmaydilar.)
- 23
إِنْ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ
In anta illaa nazeer
Sen faqat ogohlantirguvchisan, xolos.
- 24
إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًۭا وَنَذِيرًۭا ۚ وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌۭ
Innaa arsalnaak bil haqqi basheeranw wa nazeeraa; wa im min ummatin illaa khalaa feehaa nazeer
Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki boʻlsa, unda ogohlantirguvchi boʻlgan. [12]
[12] (Ey Paygʻambar, albatta, Biz seni haq din va haq kitob ila moʻminlarga xushxabarchi, kofirlarga ogohlantiruvchi — qoʻrqituvchi qilib yubordik. Sening paygʻambar boʻlishing ajablanarli ish emas, yangilik ham emas.)
- 25
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَبِٱلزُّبُرِ وَبِٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُنِيرِ
Wa inyukazzibooka faqad kazzabal lazeena min qablihim jaaa'at hum Rusuluhum bilbaiyinaati wa biz Zuburi wa bil Kitaabil Muneer
Agar seni yolgʻonchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin oʻtganlar ham yolgʻonchi qilganlar. Holbuki, Paygʻambarlari ularga ravshan moʻjizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar. [13]
[13] (Seni ham, oʻtgan paygʻambarlarni ham inkor etishga kofirlarning haqlari yoʻq edi. Oʻsha paygʻambarlar oʻzlarining haq paygʻambar ekanliklari tasdigʻi sifatida Alloh tomonidan ravshan, ochiq-oydin moʻjizalar koʻrsatgan edilar. Baʼzilari ilohiy kitob darajasiga yetmagan sahifalar, baʼzilari nurli kitob keltirgan edi.)
- 26
ثُمَّ أَخَذْتُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ
Summa akhaztul lazeena kafaroo fakaifa kaana nakeer
Soʻngra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?!
- 27
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ ثَمَرَٰتٍۢ مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهَا ۚ وَمِنَ ٱلْجِبَالِ جُدَدٌۢ بِيضٌۭ وَحُمْرٌۭ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌۭ
Alam tara annal laaha anzala minas samaaa'i maaa'an fa akhrajnaa bihee samaraatim mukhtalifan alwaanuhaa; wa minal jibaali judadum beedunw wa humrum mukhtalifun alwaanuhaa wa gharaabeebu sood
Allohning osmondan suv tushirganini koʻrmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va togʻlardan ham yoʻl-yoʻl, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.
- 28
وَمِنَ ٱلنَّاسِ وَٱلدَّوَآبِّ وَٱلْأَنْعَٰمِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ كَذَٰلِكَ ۗ إِنَّمَا يَخْشَى ٱللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ ٱلْعُلَمَٰٓؤُا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ
Wa minan naasi wadda waaabbi wal an'aami mukhtalifun alwaanuhoo kazalik; innamaa yakhshal laaha min 'ibaadihil 'ulamaaa'; innal laaha 'Azeezun Ghafoor
Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qoʻrqarlar. Albatta, Alloh aziyz va oʻta magʻfiratli Zotdir. [14]
[14] (Alloh taoloning qudratini his etib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va undan qoʻrqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli maʼlumotlarini toʻliq oʻrganib, ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qoʻrqmagan odam oʻta johil hisoblanadi.)
- 29
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ سِرًّۭا وَعَلَانِيَةًۭ يَرْجُونَ تِجَٰرَةًۭ لَّن تَبُورَ
Innal lazeena yatloona Kitabbal laahi wa aqaamus Salaata wa anfaqoo mimmaa razaqnaahum sirranw wa 'alaa niyatany yarjoona tijaaratal lan taboor
Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni toʻkis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor boʻlurlar.
- 30
لِيُوَفِّيَهُمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ غَفُورٌۭ شَكُورٌۭ
Liyuwaffiyahum ujoorahum wa yazeedahum min fadlih; innahoo Ghafoorun Shakoor
Chunki, U zot ularga ajrlarini toʻliq qilib berur va Oʻz fazlidan ziyoda ham qilur. Albatta, U oʻta magʻfiratli va Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi)dir.
- 31
وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ هُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِعِبَادِهِۦ لَخَبِيرٌۢ بَصِيرٌۭ
Wallaeee awhainaaa ilaika minal Kitaabi huwal haqqu musaddiqal limaa baina yadayh; innal laaha bi'ibaadihee la khabeerum Baseer
Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, oʻzidan oldingi narsani tasdiqlovchi boʻlgandir. Albatta, Alloh Oʻz bandalaridan oʻta xabardor va ularni oʻta koʻrguvchidir.
- 32
ثُمَّ أَوْرَثْنَا ٱلْكِتَٰبَ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَيْنَا مِنْ عِبَادِنَا ۖ فَمِنْهُمْ ظَالِمٌۭ لِّنَفْسِهِۦ وَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌۭ وَمِنْهُمْ سَابِقٌۢ بِٱلْخَيْرَٰتِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ
Summa awrasnal Kitaaballazeenas tafainaa min 'ibaadinaa faminhum zaalimul linafsihee wa minhum muqtasid, wa minhum saabiqum bilkhairaati bi iznil laah; zaalika huwal fadlul kabeer
Soʻngra bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan oʻziga oʻzi zulm qiluvchilari bor, ulardan oʻrtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga oʻzuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulugʻ fazldir. [15]
[15] (Alloh taolo Oʻzining boqiy moʻjizasi boʻlmish haq kitobi — Qurʼoni Karimni Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatiga meros qilib berdi. Bu inoyatda shon-sharaf ham, juda ulkan masʼuliyat ham bor. Ular oʻsha shon-sharafga nomunosib va zimmasidagi masʼuliyatni anglab yetmagan osiylardir. Bu toifadagi odamlarning yomonliklari yaxshiliklaridan koʻp boʻlgan, ular oʻzlariga ishonib topshirilgan haq kitobga munosib boʻla olmay oʻzlariga oʻzlari zulm qilganlardir. Ulamolarimiz «oʻrtachalar» — farz va vojib amallarni ado etadigan, haromlardan uzoq boʻlgan, baʼzi mustahablarni tark etib, baʼzi makruhlarni qilgan kishilardir, deydilar. Ular barcha farz, vojib va sunnat amallarni toʻliq ado etadilar. Barcha harom, shubhali va makruh amallardan uzoqda boʻladilar. Buning ustiga nomiga yaxshilik boʻlsa, hammadan oʻzib yetib boradilar.)
- 33
جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ يَدْخُلُونَهَا يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍۢ وَلُؤْلُؤًۭا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌۭ
jannaatu 'adniny yad khuloonahaa yuhallawna feeha min asaawira min zahabinw wa lu'lu'anw wa libaa suhum feehaa hareer
Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.
- 34
وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَذْهَبَ عَنَّا ٱلْحَزَنَ ۖ إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورٌۭ شَكُورٌ
Wa qaalul hamdu lillaahil lazeee azhaba 'annal hazan; inna Rabbanaa la Ghafoorun Shakoor
Ular: «Bizdan gʻam-qaygʻuni ketkazgan Allohga hamdu sano boʻlsin. Albatta, Robbimiz oʻta magʻfiratli va Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi)dir», – derlar.
- 35
ٱلَّذِىٓ أَحَلَّنَا دَارَ ٱلْمُقَامَةِ مِن فَضْلِهِۦ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا نَصَبٌۭ وَلَا يَمَسُّنَا فِيهَا لُغُوبٌۭ
Allazeee ahallanaa daaral muqaamati min fadlihee laa yamassunaa feehaa nasabunw wa laa yamassunaa feehaa lughoob
U zot bizlarni Oʻz fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horgʻinlik ham yetmas.
- 36
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ نَارُ جَهَنَّمَ لَا يُقْضَىٰ عَلَيْهِمْ فَيَمُوتُوا۟ وَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُم مِّنْ عَذَابِهَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى كُلَّ كَفُورٍۢ
Wallazeena kafaroo lahum naaru Jahannama laa yuqdaa 'alaihim fa yamootoo wa laa yukhaffafu 'anhum min 'azaabihaa; kazaalika najzee kulla kafoor
Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, oʻlsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.
- 37
وَهُمْ يَصْطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا نَعْمَلْ صَٰلِحًا غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ أَوَلَمْ نُعَمِّرْكُم مَّا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَن تَذَكَّرَ وَجَآءَكُمُ ٱلنَّذِيرُ ۖ فَذُوقُوا۟ فَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ
Wa hum yastarikhoona feehaa Rabbanaa akhrijnaa na'mal saalihan ghairal lazee kunnaa na'mal; awa lamnu 'ammirkum maa yatazak karu feehi man tazakkara wa jaaa'akumun nazeeru fazooqoo famaa lizzaalimeena min naseer
Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yoʻqdir», (deyilur). [16]
[16] (Jahannamda shiddatli azoblarga duchor boʻlgan kofirlar chiday olmay Robbul Olamiynga yolborishga oʻtadilar.)
- 38
إِنَّ ٱللَّهَ عَٰلِمُ غَيْبِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ
Innal laaha 'aalimu ghaibis samaawaati wal ard; innahoo 'aleemum bizaatis sudoor
Albatta, Alloh osmonlaru yerning gʻaybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham oʻta bilguvchidir. [17]
[17] (Shuning uchun ham kofirlarni yuqorida aytilganidek jazolashni lozim koʻrgandir.)
- 39
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ فَمَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ إِلَّا مَقْتًۭا ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ إِلَّا خَسَارًۭا
Huwal lazee ja'alakum khalaaa'ifa fil ard; faman kafara fa'alaihi kufruhoo; wa laa yazeedul kaafireena kufruhum 'inda Rabbihim illaa maqtanw wa la yazeedul kaafireena kufruhum illaa khasaaraa
U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qoʻygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi oʻziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida gʻazabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas. [18]
[18] (Dunyo paydo boʻlganidan buyon hozirga qadar hech kimga kufr foyda bermagan, aksincha, doimo zarar keltirgan va keltirmoqda.)
- 40
قُلْ أَرَءَيْتُمْ شُرَكَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌۭ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ أَمْ ءَاتَيْنَٰهُمْ كِتَٰبًۭا فَهُمْ عَلَىٰ بَيِّنَتٍۢ مِّنْهُ ۚ بَلْ إِن يَعِدُ ٱلظَّٰلِمُونَ بَعْضُهُم بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا
Qul ara'aytum shurakaaa'a kumul lazeena tad'oona min doonil laah; aroonee maazaa khalaqoo minal ardi am lahum shirkun fis samaawaati am aatainaahum Kitaaban fahum 'alaa baiyinatim minh; bal iny ya'iiduz zaalimoona ba 'duhum ba'dan illaa ghurooraa
Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga koʻrsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega boʻlganlarmi?! Yoʻq!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani vaʼda qilmaslar.
- 41
۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُمْسِكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ أَن تَزُولَا ۚ وَلَئِن زَالَتَآ إِنْ أَمْسَكَهُمَا مِنْ أَحَدٍۢ مِّنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًۭا
Innal laaha yumsikus samaawaati wal arda an tazoolaaa; wa la'in zaalataaa in amsa kahumaa min ahadim mim ba'dih; innahoo kaana Haleeman Ghafooraa
Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan boʻlsalar, Undan oʻzga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U oʻta haliym va oʻta magʻfiratli boʻlgan Zotdir.
- 42
وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِن جَآءَهُمْ نَذِيرٌۭ لَّيَكُونُنَّ أَهْدَىٰ مِنْ إِحْدَى ٱلْأُمَمِ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُمْ نَذِيرٌۭ مَّا زَادَهُمْ إِلَّا نُفُورًا
Wa aqsamoo billaahi jahda aymaanihim la'in jaaa'ahum nazeerul layakoonunna ahdaa min ihdal umami falam maa jaaa'ahum nazeerum maa zaadahum illaa nufooraa
Ular jon-jahdlari bilan, agar oʻzlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan koʻra hidoyatli boʻlishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi. [19]
[19] (Arab mushriklari oʻz yurtlarida, xususan, Madinada yahudiylar bilan yonma-yon yashar edilar. Ularning tarixlari va qissalarini eshitgan edilar. Shuningdek, nasorolar ahvolidan ham bir oz boʻlsa-da, xabardor edilar. Bu ikki qavmning oʻzlariga ogohlantiruvchi-paygʻambarlar kelganidan keyin ham yoʻldan ozib ketganlari arablarni ajablantirar edi. Ular oʻzlaricha, agar bizga ogohlantiruvchi-paygʻambar kelsa, anavilarga oʻxshab yurmaymiz, oʻsha paygʻambar keltirgan taʼlimotlarga amal etib, eng hidoyatli ummat boʻlamiz, deb qasam ichar edilar. Oyatda arab mushriklarining oʻsha qasamlari eslatilib, soʻngra nimalar boʻlgani fosh etilmoqda.)
- 43
ٱسْتِكْبَارًۭا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَكْرَ ٱلسَّيِّئِ ۚ وَلَا يَحِيقُ ٱلْمَكْرُ ٱلسَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِۦ ۚ فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ ٱلْأَوَّلِينَ ۚ فَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًۭا ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَحْوِيلًا
Istakbaaran fil ardi wa makras sayyi'; wa laa yaheequl makrus sayyi'u illaa bi ahlih; fahal yanzuroona illaa sunnatal awwaleen; falan tajida lisunnatil laahi tabdeelanw wa lan tajida lisunnatil laahi tahweela
Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat oʻz egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor boʻlmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz oʻzgartirish topa olmassan. [20]
[20] (Oʻzlaridan avval oʻtganlarga qanday muomala qilish odatga aylangan boʻlsa, bularga ham shu qonun joriy qilindi. Ular xuddi ana shu narsani kutmoqdalar, xolos. Oʻshalarga oʻxshab Allohning gʻazabiga uchrab halokatga yoʻliqishni kutmoqdalar, xolos. Chunki ilgari oʻtganlardan qolgan sunnat — qonun shudir.)
- 44
أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَكَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةًۭ ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعْجِزَهُۥ مِن شَىْءٍۢ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَلِيمًۭا قَدِيرًۭا
Awalam yaseeroo fil ardi fa yanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul lazeena min qblihim wa kaanoo ashadda minhum quwwah; wa maa kaanal laahu liyu'jizahoo min shai'in fis samaawaati wa laa fil ard; innahoo kaana 'Aleeman Qadeeraa
Axir, ular yer yuzida yurib oʻzlaridan oldin oʻtganlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, oʻshalar bulardan koʻra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot oʻta ilmli va oʻta qodirdir.
- 45
وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِمَا كَسَبُوا۟ مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهْرِهَا مِن دَآبَّةٍۢ وَلَٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِۦ بَصِيرًۢا
Wa law yu'aakhizul laahun naasa bima kasaboo maa taraka 'alaa zahrihaa min daaabbatinw wa laakiny yu'akhkhiruhum ilaaa ajalim musamman fa izaa jaaa'a ajaluhum fa innal laaha kaana bi'ibaadihee Baseeraa
Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan boʻlsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qoʻymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qoʻyib qoʻyur. Oʻsha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini koʻrib turguvchi Zotdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
