Sura 32
Sajda
السَّجۡدَةِ
As-Sajdah · Makkiy · 30 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
الٓمٓ
Alif-Laaam-Meeem
Alif. Laam. Miym.
- 2
تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Tanzeelul Kitaabi 'laaraiba feehi mir rabbil 'aalameen
Bu kitobning nozil qilinishi, unda hech shak-shubha yoʻq, olamlarning Robbi tomonidandir.
- 3
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۚ بَلْ هُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًۭا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍۢ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ
Am yaqooloonaf taraahu bal huwal haqqu mir rabbika litunzira qawma maaa ataahum min nazeerim min qablika la'allahum yahtadoon
Yoki, uning oʻzi toʻqib olgan, derlarmi?! Yoʻq! U sendan oldin oʻzlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar.
- 4
ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ مَا لَكُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا شَفِيعٍ ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ
Allaahul lazee khalaqas samaawaati wal arda wa maa bainahumaa fee sittati ayyaam;Thummas tawaa 'alal 'arsh; maa lakum min doonihee minw-wwaliyyinw-wala shafee'; afala tatazakkaroon
Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan oʻzga doʻst ham, shafoatchi ham yoʻqdir. Axir, eslamaysizlarmi?! [1]
[1] (Osmonlaru Yerning olti kunda yaratilishining hikmati va sirlari yolgʻiz Allohning Oʻzigagina maʼlum. Ulamolarimiz bu toʻgʻrida turli fikrlarni aytgan boʻlsalar ham, koʻplari Allohga havola etishni maʼqul biladilar.)
- 5
يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ إِلَى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍۢ كَانَ مِقْدَارُهُۥٓ أَلْفَ سَنَةٍۢ مِّمَّا تَعُدُّونَ
Yudabbirul amra minas samaaa'i ilal ardi Thumma ya'ruju ilai Thumma ya'ruju ilaihi fee yawmin kaana miqdaaruhoooo alfa sanatim mimmaa ta'uddoon
U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. Soʻngra oʻsha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Unga chiqar. [2]
[2] (Yaʼni, Alloh taolo dunyodagi hamma ishlarning tadbirini qilib qoʻygan. Ammo bu ishlar qolib ketavermaydi. Unutilib ham, natijasiz ham qolmaydi. Balki qiyomat kuni yana Allohning huzuriga chiqadi. Qiyomat kuni oʻzining dahshati ila, bu dunyoda odamlar sanab yurgan ming yilga teng boʻladi. Ana oʻsha kunni oʻylab ish koʻrish kerak.)
- 6
ذَٰلِكَ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ
Zaalika 'aalimul ghaybi wa shahaadatil 'azeezur raheem
Ana shu Zot gʻoyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir.
- 7
ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُۥ ۖ وَبَدَأَ خَلْقَ ٱلْإِنسَٰنِ مِن طِينٍۢ
Allazee ahsana kulla shai in khalaqa; wa bada a khalqal insaani min teen
U Oʻzi yaratgan har bir narsani goʻzal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan Zotdir.
- 8
ثُمَّ جَعَلَ نَسْلَهُۥ مِن سُلَٰلَةٍۢ مِّن مَّآءٍۢ مَّهِينٍۢ
Thumma ja'ala naslahoo min sulaalatim mim maaa'immaheen
Soʻngra, uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.
- 9
ثُمَّ سَوَّىٰهُ وَنَفَخَ فِيهِ مِن رُّوحِهِۦ ۖ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تَشْكُرُونَ
Thumma sawwaahu wa nafakha feehi mir roohihih; wa ja'ala lakumus sam'a wal-absaara wal-af'idah; taqaleelam maa tashkuroon
Soʻngra uni rostladi va uning ichiga Oʻz ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, koʻzlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.
- 10
وَقَالُوٓا۟ أَءِذَا ضَلَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍۢ جَدِيدٍۭ ۚ بَلْ هُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ كَٰفِرُونَ
Wa qaalooo 'a-izaa dalalnaa fil ardi 'a-innaa lafee khalqin jadeed; bal hum biliqaaa'i rabbihim kaafirroon
Ular: «Biz yer ostida yoʻq boʻlib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yoʻq! Ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchilardir.
- 11
۞ قُلْ يَتَوَفَّىٰكُم مَّلَكُ ٱلْمَوْتِ ٱلَّذِى وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ
Qul yatawaffaakum malakul mawtil lazee wukkila bikum Thumma ilaa rabbikum turja'oon
Sen: «Sizlarga vakil qilingan oʻlim farishtasi joningizni oladir. Soʻngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt. [3]
[3] (Bu dunyoda odam bolasi hech qachon oʻlishni xohlamaydi. Ammo ajali yetsa, u qanchalik yashashni xohlasa-da, vakil qilingan oʻlim farishtasi kelib jonini oladi.)
- 12
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلْمُجْرِمُونَ نَاكِسُوا۟ رُءُوسِهِمْ عِندَ رَبِّهِمْ رَبَّنَآ أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَٱرْجِعْنَا نَعْمَلْ صَٰلِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ
Wa law taraaa izil mujrimoona naakisoo ru'oosihim 'inda rabbihim rabbanaaa absarnaa wa sami'naa farji'naa na'mal saalihan innaa mooqinoon
Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, koʻrdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini koʻrsang edi.
- 13
وَلَوْ شِئْنَا لَءَاتَيْنَا كُلَّ نَفْسٍ هُدَىٰهَا وَلَٰكِنْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ مِنِّى لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ
Wa law shi'naa la-aatainaa kulla nafsin hudaahaa wa laakin haqqal qawlu minnee la amla'anna jahannama minal jinnati wannaasi ajma'een
Agar xohlaganimizda, har bir jonga oʻz hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab toʻldirurman», degan soʻz haq boʻldi. [4]
[4] (Ha, bu ish Alloh taolo uchun oson edi. Alloh insonni ayricha tabiat bilan yaratdi. Unga aql berdi. Iroda berdi. Istak berdi. Shahvat berdi. Paygʻambar yuborib, kitob nozil qildi. Hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatdi. Bu dunyodagi vazifasini tushuntirdi. Odamlar va jinlar ichidan kofirlikni, osiylikni tanlaganlarini qoʻshib jahannamga tashlab, ular bilan uni albatta toʻldiraman, degan soʻzim bor edi, shu haq boʻldi.)
- 14
فَذُوقُوا۟ بِمَا نَسِيتُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَآ إِنَّا نَسِينَٰكُمْ ۖ وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Fazooqoo bimaa naseetum liqaaa'a yawminkum haaza innaa naseenaakum wa zooqoo 'azaabal khuldi bimaa kuntum ta'maloon
«Bas, totib koʻringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib oʻtgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.
- 15
إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا۟ بِهَا خَرُّوا۟ سُجَّدًۭا وَسَبَّحُوا۟ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ ۩
Innamaa yu'minu bi aayaatinal lazeena izaa zukkiroo bihaa kharroo sujjadanw wa sabbahoo bihamdi rabbihim wa hum laa yastakbiroon
Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar. [5]
[5] (Yaʼni, Allohning oyatlari tilovat qilingan chogʻda taʼsirlanib, qalblari erib, ixloslari ortib, Allohni ulugʻlab sajdaga yiqiladigan odamlargina oyatlarga iymon keltirar ekanlar.)
- 16
تَتَجَافَىٰ جُنُوبُهُمْ عَنِ ٱلْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًۭا وَطَمَعًۭا وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ
Tatajaafaa junoobuhum 'anil madaaji'i yad'oona rabbahum khawfanw wa tama'anw wa mimmaa razaqnaahum yunfiqoon
Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq boʻlur. Ular Robbilariga qoʻrquv va umidvorlik ila duo qilurlar va oʻzlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.
- 17
فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌۭ مَّآ أُخْفِىَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍۢ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Falaa ta'lamu nafsum maaa ukhfiya lahum min qurrati a'yunin jazaaa'am bimaa kaanoo ya'maloon
Bas, hech bir jon oʻzlari uchun qilib oʻtgan amallari mukofotiga berkitib qoʻyilgan koʻz quvonchlarini bilmas. [6]
[6] (Yaʼni, hech bir odam yaxshi amallari evaziga jannatda berkitib qoʻyilgan, koʻzni quvontiradigan mukofotlar borligini idrok qila bilmas. Ular riyo boʻlmasin deb amallarni kechasida, maxfiy ravishda qilgani uchun Alloh taolo ham ularga beradigan mukofotini maxfiy qilib, berkitib qoʻygan.)
- 18
أَفَمَن كَانَ مُؤْمِنًۭا كَمَن كَانَ فَاسِقًۭا ۚ لَّا يَسْتَوُۥنَ
Afaman kaana mu'minan kaman kaana faasiqaa; laa yasta woon
Axir, moʻmin boʻlgan odam fosiq boʻlgan odamdek boʻlurmi?! Teng boʻlmaslar.
- 19
أَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَلَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلْمَأْوَىٰ نُزُلًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Ammal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati falahum jannaatul maawa nuzulam bimaa kaanoo ya'maloon
Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib oʻtgan amallari uchun jannatul maʼvo manzildir.
- 20
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فَسَقُوا۟ فَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ كُلَّمَآ أَرَادُوٓا۟ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَآ أُعِيدُوا۟ فِيهَا وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ
Wa ammal lazeena fasaqoo famaawaahumn Naaru kullamaaa araadooo any yakhrujoo minhaaa u'eedoo feehaa wa qeela lahum zooqoo 'zaaaban Naaril lazee kuntum bihee tukazziboon
Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari doʻzaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «Oʻzingiz yolgʻonga chiqargan doʻzaxning azobini toting», deyilur. [7]
[7] (Fosiqlar doʻzax azobidan qiynalib, undan qochib chiqishga harakat qiladilar. Ammo ular doʻzaxdan endi chiqay deb qolganlarida, yana unga qaytariladilar. Shunday qilib, u yerda doimiy va abadiy azoblanadilar.)
- 21
وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَدْنَىٰ دُونَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa lanuzeeqan nahum minal 'azaabil ladnaa doonal 'azaabil akbari la'allahum yarji'oon
Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar. [8]
[8] (Yaʼni, oʻsha fosiqlarga oxiratning buyuk azobidan oldin bu dunyodagi yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki ular bundan saboq olib, kufr va fisqu fujurdan, yomonliklardan qaytsalar.)
- 22
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ثُمَّ أَعْرَضَ عَنْهَآ ۚ إِنَّا مِنَ ٱلْمُجْرِمِينَ مُنتَقِمُونَ
Wa man azlamu mimman zukkira bi aayaati rabbihee summa a'rada 'anhaa; innaa minal mujrimeena muntaqimmon
Robbining oyatlari ila eslatilgan, soʻngra ulardan yuz oʻgirgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz.
- 23
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ فَلَا تَكُن فِى مِرْيَةٍۢ مِّن لِّقَآئِهِۦ ۖ وَجَعَلْنَٰهُ هُدًۭى لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ
Wa laqad aayainaa Moosal Kitaaba falaa takun fee miryatim mil liqaaa'ihee wa ja'alnaahu hudal li Baneee Israaa'eel
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning roʻbaroʻ boʻlishidan shubhada boʻlma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik. [9]
[9] (Ushbu jumla maʼnosi haqida tafsirchi ulamolarimiz turli fikrlarni aytganlar. Birlari, bu jumlada Muhammad alayhissalotu vassalomning Isro va Meʼroj kechasida Muso alayhissalomga roʻbaroʻ boʻlishlari aytilgan, deb tushunadilar. Ikkinchilari, Muso alayhissalomning Tavrotga roʻbaroʻ boʻlishlaridir, deb aytadilar. Uchinchilari esa, Musoga kitob berganimizdek, seni ham bir ilohiy kitobga roʻbaroʻ qilamiz, degan maʼnoda tafsir etadilar.)
- 24
وَجَعَلْنَا مِنْهُمْ أَئِمَّةًۭ يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا لَمَّا صَبَرُوا۟ ۖ وَكَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يُوقِنُونَ
Wa ja'alnaa minhum a'immatany yahdoona bi amrinaa lammaa sabaroo wa kaanoo bi aayaatinaa yooqinoon
Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.
- 25
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
Inna rabbaka huwa yafsilu bainahum yawmal qiyaamati feemaa kaanoo feehi yakhtalifoon
Albatta, Robbing Oʻzi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari toʻgʻrisida ajrim qilur.
- 26
أَوَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَٰكِنِهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍ ۖ أَفَلَا يَسْمَعُونَ
Awalam yahdi lahum kam ahlaknaa min qablihim minal qurooni yamshoona fee zaalika la aayaatin afalaa yasma'oon
Oʻzlaridan oldin oʻtgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!
- 27
أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا نَسُوقُ ٱلْمَآءَ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًۭا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَٰمُهُمْ وَأَنفُسُهُمْ ۖ أَفَلَا يُبْصِرُونَ
Awalam yaraw annaa nasooqul maaa'a ilal lardil juruzi fanukhriju bihee zar'an taakulu minhu an'aamuhum wa anfusuhum afalaa yubsiroon
Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va oʻzlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, koʻrmaydilarmi?!
- 28
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْفَتْحُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Wa yaqooloona mataa haazal fat hu in kuntum saadiqeen
Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, bu fath qachon boʻlur?!» derlar.
- 29
قُلْ يَوْمَ ٱلْفَتْحِ لَا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِيمَٰنُهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ
Qul yawmal fat hi laa yanfa'ul lazeena kafarooo eemaanuhum wa laa hum yunzaroon
Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.
- 30
فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَٱنتَظِرْ إِنَّهُم مُّنتَظِرُونَ
Fa a'rid 'anhum wantazir innahum muntazirron
Bas, ulardan yuz oʻgir va muntazir boʻl. Albatta, ular ham muntazirdirlar. [10]
[10] (Koʻrib oʻtganimizdek, Sajda surasida har bir inson doimo esda tutishi va hayotda tez-tez eslab turishi lozim boʻlgan maʼnolar oʻziga xos uslub bilan keltirilgandir. Shuning uchun ham Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom bu surai karimani namozda va har kuni yotishlaridan oldin oʻqir edilar. Imomi Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh alayhissalotu vassalom juma kuni bomdod namozida Sajda surasi bilan «Hal ata alal-insani» surasini oʻqir edilar», deganlar.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
