Sura 31

Luqmon

لُقۡمَانَ

Luqman · Makkiy · 34 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓ

    Alif-Laaam-Meeem

    Alif. Laam. Miym.

  2. 2

    تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْحَكِيمِ

    Tilka Aayaatul Kitaabil Hakeem

    Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.

  3. 3

    هُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لِّلْمُحْسِنِينَ

    Hudanw wa rahmatal lilmuhsineen

    U muhsinlarga hidoyat va rahmatdir.

  4. 4

    ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ

    Allazeena yuqeemoonas Salaata wa yu'toonaz Zakaata wa hum bil Aakhirati hum yooqinoon

    Ular namozni toʻkis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga ishonch-la iymon keltiradiganlardir.

  5. 5

    أُو۟لَٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدًۭى مِّن رَّبِّهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Ulaaa'ika 'alaa hudam mir Rabbihim wa ulaaa'ika humul muflihoon

    Ana oʻshalar Robbilaridan boʻlgan hidoyatdadirlar. Ana oʻshalar oʻzlari najot topguvchilardir.

  6. 6

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشْتَرِى لَهْوَ ٱلْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَيَتَّخِذَهَا هُزُوًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ

    Wa minan naasi mai-yashtaree lahuwal hadeesi li yudilla 'an sabeelil laahi bighairi 'ilminw wa yattakhizahaa huzuwaa; ulaaa'ika lahum 'azaabum muheen

    Odamlar orasida(oʻzlari) ilmsiz ravishda Allohning yoʻlidan adashtirish uchun va u(yoʻl)ni istehzo qilish uchun behuda soʻzni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana oʻshalarga, oʻzlariga xorlovchi azob bor. [1]

    [1] (Ular hikmat toʻla Qurʼoni Karimni, Allohning purhikmat soʻzlarini qabul qilmasdan, ularga badalsiz taqdim etilayotgan ikki dunyo saodatiga eltuvchi ilohiy dasturga boʻyinsunmasdan, qandaydir behuda soʻzlarni koʻtarib yuradilar. Ha, oʻsha behuda soʻzlar egasi boʻlish uchun molu mulkni, hayotni, zehn-zakovatni, butun imkoniyatlarni sarflaydilar.)

  7. 7

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَٰتُنَا وَلَّىٰ مُسْتَكْبِرًۭا كَأَن لَّمْ يَسْمَعْهَا كَأَنَّ فِىٓ أُذُنَيْهِ وَقْرًۭا ۖ فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    Wa izaa tutlaa 'alayhi Aayaatunaa wallaa mustakbiran ka al lam yasma'haa ka anna feee uzunwihi waqran fabash shiru bi'azaabin aleem

    Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, xuddi ularni eshitmagandek, xuddi qulogʻida ogʻirlik bordek, mutakabbirlik bilan ortga qarab ketar. Bas, unga alamli azobning bashoratini ber.

  8. 8

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلنَّعِيمِ

    Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum Janaatun Na'eem

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, oʻshalarga neʼmat jannatlari bordir.

  9. 9

    خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّۭا ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Khaalideena feeha wa'dal laahi haqqaa; wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Ular unda abadiy qolurlar. Allohning vaʼdasi haqdir. Va U Aziyz va Hakiymdir.

  10. 10

    خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍۢ تَرَوْنَهَا ۖ وَأَلْقَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍۢ ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍۢ كَرِيمٍ

    Khalaqas samaawaati bi ghairi 'amadin tarawnahaa wa alqaa fil ardi rawaasiya an tameeda bikum wa bassa feehaa min kulli daaabbah; wa anzalnaa minas samaaa'i maaa'an fa ambatnaa feeha min kulli zawjin kareem

    U, siz koʻrib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga ogʻir togʻlarni tashlagan va u(yer)da har turli jonivorlarni taratib qoʻygan Zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan u(yer yuzi)da turli goʻzal va karamli juftlarni oʻstirib qoʻydik. [2]

    [2] (Oyatda «oʻsimliklarni oʻstirib qoʻydik», deyilmasdan, «karamli (goʻzal va foydali) juftlarni oʻstirib qoʻydik», deb aytilmoqda. Bu yerda, avvalo, oʻsimliklardagi goʻzallik va foydaga ishora qilinyapti, qolaversa, ular juft boʻlishi ham bildirib qoʻyilyapti. Allohning kitobida oʻn besh asr ilgari zikr etilgan bu haqiqatga ilm yaqindagina yetdi. Har bir oʻsimlikda erkak va urgʻochi hoʻjayralar boʻlib, ular bir-biri bilan chatishgandagina meva hosil boʻlishi endi tushunib yetildi. Oʻsimliklarni bunday qilib yaratishga faqat Alloh qodirdir.)

  11. 11

    هَٰذَا خَلْقُ ٱللَّهِ فَأَرُونِى مَاذَا خَلَقَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ بَلِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Haazaa khalqul laahi fa aroonee maazaa khalaqal lazeena min doonih; baliz zaalimoona fee dalalim Mubeen

    Bu, Allohning yaratganidir. Qani Menga koʻrsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yoʻq! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.

  12. 12

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا لُقْمَٰنَ ٱلْحِكْمَةَ أَنِ ٱشْكُرْ لِلَّهِ ۚ وَمَن يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ حَمِيدٌۭ

    Wa laqad aatainaa Luqmaanal hikmata anishkur lillaah; wa many yashkur fa innamaa yashkuru linafsihee wa man kafara fa innal laaha Ghaniyyun Hameed

    Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, oʻzi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik. [3]

    [3] («Hikmat», aslida, har bir narsani yaxshilab oʻz joyiga qoʻyish, degan maʼnoni beradi. Shu boisdan ham har bir gapni toʻgʻri soʻzlash va har bir ishni toʻgʻri bajarishga «hikmat» deyiladi. Alloh taolo hazrati Luqmonga ana shunday neʼmatni ato qilganini ushbu oyatda bildirmoqda. U kishining ismlariga «hakim» laqabi qoʻshilib zikr qilishi sababi ham shundan. Baʼzi kishilar bu hikmat sohibi boʻlgan zotni paygʻambar deb ham aytishgan. Ammo aksar ulamolarimiz, jumladan, koʻpgina tafsirchilarimiz, hazrati Luqmon paygʻambar emas, hakim boʻlgan, deydilar. Chunki paygʻambarlarning zikri kelgan Qurʼon oyatlarida bu kishining ismlari kelmagan. Shuningdek, u kishining paygʻambar boʻlganlari haqida Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalom ham hech bir xabar bermaganlar.)

  13. 13

    وَإِذْ قَالَ لُقْمَٰنُ لِٱبْنِهِۦ وَهُوَ يَعِظُهُۥ يَٰبُنَىَّ لَا تُشْرِكْ بِٱللَّهِ ۖ إِنَّ ٱلشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌۭ

    Wa iz qaala luqmaanu libnihee wa huwa ya'izuhoo ya bunaiya laa tushrik billaah; innash shirka lazulmun 'azeem

    Luqmon oʻgʻliga vaʼz-nasihat qilib aytganlarini esla: «Ey oʻgʻilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir».

  14. 14

    وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ وَهْنًا عَلَىٰ وَهْنٍۢ وَفِصَٰلُهُۥ فِى عَامَيْنِ أَنِ ٱشْكُرْ لِى وَلِوَٰلِدَيْكَ إِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ

    Wa wassainal bi waalidaihi hamalat hu ummuhoo wahnan 'alaa wahninw wa fisaaluhoo fee 'aamaini anishkur lee wa liwaalidaika ilaiyal maseer

    Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtardi.

  15. 15

    وَإِن جَٰهَدَاكَ عَلَىٰٓ أَن تُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌۭ فَلَا تُطِعْهُمَا ۖ وَصَاحِبْهُمَا فِى ٱلدُّنْيَا مَعْرُوفًۭا ۖ وَٱتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَىَّ ۚ ثُمَّ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa in jaahadaaka 'alaaa an tushrika bee maa laisa laka bihee 'ilmun falaa tuti'humaa wa saahib humaa fid dunyaa ma'roofanw wattabi' sabeela man anaaba ilayy; summa ilaiya marji'ukum fa unabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon

    Agar ikkovlari seni oʻzing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zoʻrlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyo-da ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yoʻnalganlarning yoʻliga ergash. Soʻngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.

  16. 16

    يَٰبُنَىَّ إِنَّهَآ إِن تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍۢ مِّنْ خَرْدَلٍۢ فَتَكُن فِى صَخْرَةٍ أَوْ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ أَوْ فِى ٱلْأَرْضِ يَأْتِ بِهَا ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌۭ

    Ya bunaiya innahaaa in taku misqaala habbatim min khardalin fatakun fee sakhratin aw fis samaawaati aw fil ardi yaati bihal laa; innal laaha lateefun Khabeer

    «Ey oʻgʻilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urugʻicha boʻlsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda boʻlsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh oʻta lutfli va oʻta xabardor Zotdir.»

  17. 17

    يَٰبُنَىَّ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ وَأْمُرْ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱنْهَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَآ أَصَابَكَ ۖ إِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ

    Yaa bunaiya aqimis-Salaata waamur bilma'roofi wanha 'anil munkari wasbir 'alaa maaa asaabaka inna zaalika min 'azmil umoor

    «Ey oʻgʻilcham, namozni toʻkis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va oʻzingga yetgan musiybatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.»

  18. 18

    وَلَا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍۢ فَخُورٍۢ

    Wa laa tusa'-'ir khaddaka linnaasi wa laa tamshi fil ardi maarahan innal laaha laa yuhibbu kulla mukhtaalin fakhoor

    «Odamlardan takabbur-la yuz oʻgirma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.»

  19. 19

    وَٱقْصِدْ فِى مَشْيِكَ وَٱغْضُضْ مِن صَوْتِكَ ۚ إِنَّ أَنكَرَ ٱلْأَصْوَٰتِ لَصَوْتُ ٱلْحَمِيرِ

    Waqsid fee mashyika waghdud min sawtik; inna ankaral aswaati lasawtul hameer

    «Yurishingda moʻtadil boʻl va ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir.» [4]

    [4] (Yaʼni, yurishing oʻrtacha va maqsadli boʻlsin. Bekorchi soxta harakatlar bilan kuch-quvvatni isrof qilib, kibru havo bilan ham yurma, juda lapashang boʻlib, sudralma ham eshak bekordan-bekorga bor ovozi bilan hangrab turadi. Hech bir sababsiz baland koʻtarilgan ovozning eshaknikiga oʻxshatilishining oʻzi yetarli. Oyatda bu ovoz eng yomon ekanligi ham taʼkidlanmoqda.)

  20. 20

    أَلَمْ تَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُۥ ظَٰهِرَةًۭ وَبَاطِنَةًۭ ۗ وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَلَا هُدًۭى وَلَا كِتَٰبٍۢ مُّنِيرٍۢ

    Alam taraw annal laaha sakhkhara lakum maa fis sa maawaati wa maa fil ardi wa asbaha 'alaikum ni'amahoo zaahiratanw wa baatinah; wa minan naasi many yujaadilu fil laahi bighayri 'ilminw wa laa hudanw wa laa Kitaabim muneer

    Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qoʻyganini va sizga zohiriy va botiniy neʼmatlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (boʻla turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor. [5]

    [5] (Baʼzi odamlar oʻzlarida haqiqatni isbot qiluvchi ilm boʻlmasa ham, Alloh haqida tortishaveradilar. Toʻgʻri yoʻlga boshlovchi hidoyatchilari boʻlmasa ham, Alloh xususida bahslashaveradilar. Turli boʻlmagʻur fikrlarni aytadilar. Unga kufr keltiradilar. Unga shirk keltiradilar.)

  21. 21

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُوا۟ بَلْ نَتَّبِعُ مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوْ كَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ يَدْعُوهُمْ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ

    Wa izaa qeela lahumut-tabi'oo maaa anzalal laahu qaaloo bal nattabi'u maa wajadnaa 'alaihi aabaaa'anaa; awalaw kaanash Shaitaanu yad'oohum ilaa 'azaabis sa'eer

    Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa: «Yoʻq! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, oʻshanga ergashurmiz», derlar. Agar shayton ularni doʻzax azobiga chaqirayotgan boʻlsa ham-a?!

  22. 22

    ۞ وَمَن يُسْلِمْ وَجْهَهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌۭ فَقَدِ ٱسْتَمْسَكَ بِٱلْعُرْوَةِ ٱلْوُثْقَىٰ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ

    Wa many yuslim wajha hooo ilal laahi wa huwa muhsinun faqadistamsaka bil'ur watil wusqaa; wa ilal laahi 'aaqibatul umoor

    Kim goʻzal amallarni qilguvchi boʻlgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur. [6]

    [6] (Biz «ishonchli arqon» deb tarjima qilgan maʼno oyatda «al-urvatul vusqo» deb kelgan. «Vusqo» ishonchli degani, «al-urvatu» deb esa, toqqa osilib chiqiladigan arqonga aytiladi. Demak, bu dunyoda oliy maqsadga erishish baland togʻ choʻqqisiga chiqish deb olinsa, Islom dinini tutish oʻsha choʻqqiga chiqish uchun uzilmaydigan, ishonchli arqonni mahkam tutishga oʻxshar ekan. Choʻqqiga chiqmoqchi boʻlgan odam, endi arqondan koʻngli toʻq boʻlaversin. Bu yogʻi oʻziga bogʻliq, harakat qilsa, choʻqqiga albatta chiqadi. Shuning uchun avval-boshdan unga iymon keltirib, u nozil qilgan Qurʼonga ergashaverish kerak.)

  23. 23

    وَمَن كَفَرَ فَلَا يَحْزُنكَ كُفْرُهُۥٓ ۚ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ فَنُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Wa man kafara falaa yahzunka kufruh; ilainaa marji'uhum fanunabbi'uhum bimaa 'amiloo; innal laaha 'aleemum bizaatis sudoor

    Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni oʻta bilguvchidir.

  24. 24

    نُمَتِّعُهُمْ قَلِيلًۭا ثُمَّ نَضْطَرُّهُمْ إِلَىٰ عَذَابٍ غَلِيظٍۢ

    Numatti'uhum qaleelan summa nadtarruhum ilaa 'azaabin ghaleez

    Ularni bir oz huzurlantirurmiz, soʻngra qattiq azobga majbur qilurmiz.

  25. 25

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Wa la'in sa altahum man khalaqas samaawaati wal arda la yaqoolunnal laah; qulil hamdu lillaah; bal aksaruhum laa ya'lamoon

    Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb soʻrasang, albatta, «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd boʻlsin», deb ayt. Yoʻq! Koʻplari bilmaslar.

  26. 26

    لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Lilaahi ma fis samaa waati wal ard; innal laaha Huwal Ghaniyyul Hameed

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh Oʻzi behojat va maqtalgan Zotdir.

  27. 27

    وَلَوْ أَنَّمَا فِى ٱلْأَرْضِ مِن شَجَرَةٍ أَقْلَٰمٌۭ وَٱلْبَحْرُ يَمُدُّهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ سَبْعَةُ أَبْحُرٍۢ مَّا نَفِدَتْ كَلِمَٰتُ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ

    Wa law annamaa fil ardi min shajaratin aqlaamunw wal bahru yamudduhoo mim ba'dihee sab'atu abhurim maa nafidat Kalimaatul laah; innal laaha 'azeezun Hakeem

    Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar boʻlib, dengiz — uning ortida yetti dengiz madad berib turib — (siyoh) boʻlsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir.

  28. 28

    مَّا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ إِلَّا كَنَفْسٍۢ وَٰحِدَةٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ

    Maa khalqukum wa laa ba'sukum illaa kanafsinw-waa hidah; innal laaha Samee'um Baseer

    Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jonni (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchidir.

  29. 29

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّۭ يَجْرِىٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى وَأَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ

    Alam tara annal laaha yoolijul laila fin nahaari wa yoolijun nahaara fil laili wa sakhkharash shamsa wal qamara kulluny yajreee ilaaa ajalim musammanw wa annal laaha bimaa ta'malona Khabeer

    Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoʻyganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini koʻrmadingmi?!

  30. 30

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلْبَٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ

    Zaalika bi annal laaha Huwal Haqqu wa anna maa yad'oona min doonihil baatilu wa annal laaha Huwal 'Aliyyul Kabeer

    Bu, albatta, Allohning Oʻzi haq, albatta, Undan oʻzga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning Oʻzi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir.

  31. 31

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِنِعْمَتِ ٱللَّهِ لِيُرِيَكُم مِّنْ ءَايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّكُلِّ صَبَّارٍۢ شَكُورٍۢ

    Alam tara annal fulka tajree fil bahri bini'matil laahi li yuriyakum min Aayaatih; inna fee zaalika la Aayaatil likulli sabbaarin shakoor

    Kemalar Allohning neʼmati ila sizga Uning oyat-belgilarini koʻrsatish uchun dengizda yurganini koʻrmadingmi?! Albatta, bunda har bir oʻta sabrli va oʻta shukrlilar uchun oyat-belgilar bordir.

  32. 32

    وَإِذَا غَشِيَهُم مَّوْجٌۭ كَٱلظُّلَلِ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ فَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌۭ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا كُلُّ خَتَّارٍۢ كَفُورٍۢ

    Wa izaa ghashiyahum mawjun kazzulali da'a-wul laaha mukhliseena lahud deena fa lammaa najjaahum ilal barri faminhum muqtasid; wa maa yajhadu bi Aayaatinaa illaa kullu khattaarin kafoor

    Qachon ularni togʻ kabi toʻlqin oʻrab qolsa, Allohning diniga ixlos ertaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, baʼzilari tejamkor boʻlur. Bizning oyatlarimizni faqat oʻta xoin va oʻta kofirlargina inkor eturlar. [7]

    [7] (Oʻlim koʻziga koʻringan chogʻda, mingan kemasi qattiq dovulga uchrab, dengizda xasdek u yon-bu yon otilayotgan bir paytda hamma narsani unutib, yolgʻiz Allohning Oʻziga yolborib iltijo qilishga tushadi. Allohdan boshqa narsa yodiga kelmaydi. Allohga, Uning diniga ixlos qilib qoladi. Eson-omon qutulib olsa, doimo Allohga shukr etib, ibodat qilib yurishga vaʼdalar beradi. Ular toʻlqinga uchragan paytlarida, bundan buyon Allohga iymon-eʼtiqodda boʻlib, ibodat qilib yuraman, deb vaʼdalar bergan edilar, oʻsha vaʼdalariga xiyonat qiladilar. Allohning neʼmati ila oʻlimdan topgan najotlariga noshukrlik qiladilar. Kemaga mingan va dovulda qolgan paytda koʻrgan oyat-belgilarini inkor etadilar.)

  33. 33

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ وَٱخْشَوْا۟ يَوْمًۭا لَّا يَجْزِى وَالِدٌ عَن وَلَدِهِۦ وَلَا مَوْلُودٌ هُوَ جَازٍ عَن وَالِدِهِۦ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

    Yaaa ayyuhan naasuttaqoo Rabbakum wakhshaw Yawmal laa yajzee waalidun 'anw waladihee wa laa mawloodun huwa jaazin 'anw waalidihee shai'aa; innaa wa'dal laahi haqqun falaa taghurran nakumul hayaatud dunyaa wa laa yaghur rannakum billaahil gharoon

    Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi boʻlmaydigan Kundan qoʻrqing. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni gʻururga ketkazmasin. Oʻta gʻururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gʻururga ketkazmasin. [8]

    [8] (Bu kun qiyomat kunidir. U kunda insonlar orasidagi bogʻlanishlar, aloqalar kesiladi. Har kim oʻzi uchun javob beradi. Birovning birovga foydasi tegmaydi. Hatto, ota bolaga, bola otaga foyda bera olmay qoladi. U kunda birdan-bir foyda beradigan narsa iymon va yaxshi amal boʻladi. Ana oʻshanday kundan qoʻrqish barcha odamlarning odamiylik burchidir. Qiyomat kunidan qoʻrqqan odamgina barcha yomonliklardan qaytadi. Aksincha, qiyomat kunidan qoʻrqmaydigan odam hech qanday yomonlikdan qaytmaydi.)

  34. 34

    إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْأَرْحَامِ ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌۭ مَّاذَا تَكْسِبُ غَدًۭا ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌۢ بِأَىِّ أَرْضٍۢ تَمُوتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌۢ

    Innal laaha 'indahoo 'ilmus saa'ati wa yunazzilul ghaisa wa ya'lamu maa fil arhaami wa maa tadree nafsum maazaa takisbu ghadaa; wa maa tadree nafsum bi ayyi ardin tamoot; innal laaha 'Aleemun Khabeer

    Albatta, qiyomat soati ilmi yolgʻiz Allohning huzuridadir. Yomgʻirni U yogʻdirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi yerda oʻlishini ham bilmas. Albatta, Alloh oʻta bilguvchi va oʻta xabardordir. [9]

    [9] (Oyatda Alloh taoloning ilmi shomilu komil hamda mutlaq ekani, uning ilmi qarshisida boshqa ilmlar hech narsaga arzimasligi bayon qilinmoqda.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com