Sura 33

Ahzob

الأَحۡزَابِ

Al-Ahzab · Madaniy · 73 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ ٱتَّقِ ٱللَّهَ وَلَا تُطِعِ ٱلْكَٰفِرِينَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًۭا

    Yaa aiyuhan Nabiyyut taqil laaha wa laa tuti'il kaafireena wal munaafiqeen; innal laaha kaana 'aleeman Hakeemaa

    Ey Nabiy! Allohga taqvo qil va kofiru munofiqlarga itoat etma! Albatta, Alloh oʻta olim va oʻta hikmatli Zotdir.

  2. 2

    وَٱتَّبِعْ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۭا

    Wattabi' maa yoohaaa ilaika mir Rabbik; innal laaha kaana bimaa ta'maloona Khabeera

    Va oʻzingga Robbingdan vahiy qilinayotgan narsaga ergash. Albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardordir.

  3. 3

    وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًۭا

    Wa tawakkal 'alal laah; wa kafaa billaahi Wakeelaa

    Va faqat Allohga tavakkal qil. Vakillikka Alloh kofiydir.

  4. 4

    مَّا جَعَلَ ٱللَّهُ لِرَجُلٍۢ مِّن قَلْبَيْنِ فِى جَوْفِهِۦ ۚ وَمَا جَعَلَ أَزْوَٰجَكُمُ ٱلَّٰٓـِٔى تُظَٰهِرُونَ مِنْهُنَّ أُمَّهَٰتِكُمْ ۚ وَمَا جَعَلَ أَدْعِيَآءَكُمْ أَبْنَآءَكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ قَوْلُكُم بِأَفْوَٰهِكُمْ ۖ وَٱللَّهُ يَقُولُ ٱلْحَقَّ وَهُوَ يَهْدِى ٱلسَّبِيلَ

    Maa ja'alal laahu lirajulim min qalbaini fee jawfih; wa maa ja'ala azwaajakumul laaa'ee tuzaahiroona minhunna ummahaatikum; wa maa ja'ala ad'iyaaa'akum abnaaa'akum; zaalikum qawlukum bi afwaa hikum wallaahu yaqoolul haqqa wa Huwa yahdis sabeel

    Alloh biron kishining ichida ikkita qalb qilgan emasdir. Oʻzlaringiz zihor qilayotgan xotinlaringizni siz uchun ona ham qilgan emas va asrandi bolalaringizni sizga farzand qilgan emas. Bularingiz ogʻzingiz bilan aytgan gaplaringizdir. Alloh esa, haqni aytur va U toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur. [1]

    [1] (Bu oyatda johiliyat tuzumining uchta hukmi haqida soʻz ketmoqda. Bular: aqlli va ziyrak kishilarning qalbi ikkita boʻladi, degan tasavvur; kim xotinidan zihor qilsa, xotini onasi boʻlib qoladi, degan aqida; kim biror bolani asrab olsa, oʻz sulbidan boʻlgan bolaning oʻrnida oʻtadi, degan hukm. Bu uch hukmga kofir va munofiqlar toʻla ishonishar va amal qilishar edi. Shu bilan birga, moʻmin-musulmonlarning ham bu hukmlariga itoat etishlarini talab qilishardi. Mana shu oyat musulmonlar oldiga Allohga taqvo qilish, u yuborayotgan vahiyga ergashish, faqat Yaratganning oʻziga suyanish va kofiru munofiqlarga ergashmaslik vazifasini amaliy ravishda qoʻydi.)

  5. 5

    ٱدْعُوهُمْ لِءَابَآئِهِمْ هُوَ أَقْسَطُ عِندَ ٱللَّهِ ۚ فَإِن لَّمْ تَعْلَمُوٓا۟ ءَابَآءَهُمْ فَإِخْوَٰنُكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَمَوَٰلِيكُمْ ۚ وَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌۭ فِيمَآ أَخْطَأْتُم بِهِۦ وَلَٰكِن مَّا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًا

    Ud'oohum li aabaaa'ihim huwa aqsatu 'indal laah; fa illam ta'lamooo aabaaa'ahum fa ikhwaanukum fid deeni wa mawaaleekum; wa laisa 'alaikum junaahun feemaaa akhtaatum bihee wa laakim maa ta'ammadat quloobukum; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheemaa

    Ularni oʻz otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida toʻgʻridir. Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va doʻstlaringizdir. Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yoʻq. Ammo dildan qasd qilgan boʻlsangiz, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir.

  6. 6

    ٱلنَّبِىُّ أَوْلَىٰ بِٱلْمُؤْمِنِينَ مِنْ أَنفُسِهِمْ ۖ وَأَزْوَٰجُهُۥٓ أُمَّهَٰتُهُمْ ۗ وَأُو۟لُوا۟ ٱلْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍۢ فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ إِلَّآ أَن تَفْعَلُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِكُم مَّعْرُوفًۭا ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْكِتَٰبِ مَسْطُورًۭا

    An-Nabiyyu awlaa bil mu'mineena min anfusihim wa azwaajuhoo ummahatuhum wa ulul arbaami ba'duhum awlaa biba'din fee Kitaabil laahi minal mu'meneena wal Muhaajireena illaaa an taf'alooo ilaaa awliyaaa'ikum ma'roofaa; kaana zaalika fil kitaabi mastooraa

    Nabiy moʻminlar uchun oʻzlaridan koʻra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa moʻminlardan va muhojirlardan haqlidirlar. Faqat, doʻstlaringizga yaxshilik qilmogʻingiz mustasnodir. Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish. [2]

    [2] (Paygʻambarning moʻminlar uchun tutgan oʻrni shunchalik ulugʻki, u asrab olgan otadan ham, sulbiy otadan ham, hatto har bir moʻminning oʻz nafsidan ham yuqori darajadadir. Uning bu darajasi doimiy va boqiydir. Paygʻambar alayhissalotu vassalom har bir narsada moʻminlar uchun hatto oʻzlaridan ham ustun maqomdadir.)

  7. 7

    وَإِذْ أَخَذْنَا مِنَ ٱلنَّبِيِّۦنَ مِيثَٰقَهُمْ وَمِنكَ وَمِن نُّوحٍۢ وَإِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ ۖ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًۭا

    Wa iz akhaznaa minan Nabiyyeena meesaaqahum wa minka wa min Noohinw wa Ibraaheema wa Moosaa wa Eesab-ni-Maryama wa akhaznaa minhum meesaaqan ghaleezaa

    Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham. Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik.

  8. 8

    لِّيَسْـَٔلَ ٱلصَّٰدِقِينَ عَن صِدْقِهِمْ ۚ وَأَعَدَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًا أَلِيمًۭا

    Liyas'alas saadiqeena 'an sidqihim; wa a'adda lilkaa fireena 'azaaban aleemaa

    (Buni Alloh) sodiqlardan sadoqatlari haqida soʻrash uchun qildi. Va kofirlarga alamli azobni tayyorlab qoʻydi. [3]

    [3] (Ushbu oyati karimadagi «sodiqlar» kimlar ekanligi haqida tafsirchi ulamolarimiz ikki xil fikr aytganlar. Bir guruhi, sodiqlar paygʻambarlardir, degan. Ikkinchi bir guruhi esa, sodiqlar paygʻambarlarga sodiq boʻlgan moʻminlardir, deb aytgan. Aslida, bu ikki maʼno bir-birini toʻldirib keladi.)

  9. 9

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَآءَتْكُمْ جُنُودٌۭ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًۭا وَجُنُودًۭا لَّمْ تَرَوْهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanuz kuroo ni'matal laahi 'alaikum iz jaaa'atkm junoodun fa arsalnaa 'alaihim reehanw wa junoodal lam tarawhaa; wa kaanal laahu bimaa ta'maloona Baseera

    Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan neʼmatini eslang. Oʻshanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz koʻrmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi koʻrib turguvchi edi. [4]

    [4] (Oʻsha paytda ustingizga ahzob — Quraysh oʻzining odamlari va malaylari bilan hamda Gʻatafonning turli qabilalari birlashib, bostirib kelishgan edi. Ular sizlarni butunlay yoʻq qilib yuborish maqsadida edilar.)

  10. 10

    إِذْ جَآءُوكُم مِّن فَوْقِكُمْ وَمِنْ أَسْفَلَ مِنكُمْ وَإِذْ زَاغَتِ ٱلْأَبْصَٰرُ وَبَلَغَتِ ٱلْقُلُوبُ ٱلْحَنَاجِرَ وَتَظُنُّونَ بِٱللَّهِ ٱلظُّنُونَا۠

    Iz jaaa'ookum min fawqikum wa min asfala minkum wa iz zaaghatil absaaru wa balaghatil quloobul hanaajira wa tazunnoona billaahiz zunoonaa

    Oʻshanda ular sizning ust va quyi tomoningizdan kelgan edilar. Oʻshanda koʻzlar tinib, jonlar halqumga kelgan edi va Alloh haqida turli gumonlar qilardingiz.

  11. 11

    هُنَالِكَ ٱبْتُلِىَ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَزُلْزِلُوا۟ زِلْزَالًۭا شَدِيدًۭا

    Hunaalikab tuliyal mu'minoona wa zulziloo zilzaalan shadeedaa

    Ana shunda moʻminlar sinovga duchor boʻldilar va shiddatli larzaga tushdilar. [5]

    [5] (Darhaqiqat, musulmonlar qurshov ichida qoldilar. Ular shahar atrofida xandaq qazib, himoyalanishdi. Buning ustiga, yahudiy qabilasi Bani Qurayza xiyonat qilib, ahdni buzdi, dushmanga qoʻshilib ketdi.)

  12. 12

    وَإِذْ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ مَّا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ إِلَّا غُرُورًۭا

    Wa iz yaqoolul munaafiqoona wallazeena fee quloobihim maradum maa wa'adanal laahu wa Rasooluhooo illaa ghurooraa

    Oʻshanda munofiqlar va qalblarida kasallik borlar: «Alloh va Uning Rasuli bizga yolgʻondan boshqani vaʼda qilmagan ekan», derdilar. [6]

    [6] (Ular, Rasululloh alayhissalotu vassalomdan izn soʻramay, safarbarlikdan ketib qolganlari ham yetmaganidek, moʻminlar ichiga gʻulgʻula soldilar.)

  13. 13

    وَإِذْ قَالَت طَّآئِفَةٌۭ مِّنْهُمْ يَٰٓأَهْلَ يَثْرِبَ لَا مُقَامَ لَكُمْ فَٱرْجِعُوا۟ ۚ وَيَسْتَـْٔذِنُ فَرِيقٌۭ مِّنْهُمُ ٱلنَّبِىَّ يَقُولُونَ إِنَّ بُيُوتَنَا عَوْرَةٌۭ وَمَا هِىَ بِعَوْرَةٍ ۖ إِن يُرِيدُونَ إِلَّا فِرَارًۭا

    Wa iz qaalat taaa'ifatum minhum yaaa ahla Yasriba laa muqaamaa lakum farji'oo; wa yastaazina fareequm minhumun Nabiyya yaqooloona inna buyootanaa 'awrah; wa maa hiya bi'awratin iny yureedoona illaa firaaraa

    Oʻshanda ulardan bir toifasi: «Ey, Yasrib ahli, bu yerda sizga turish imkoni yoʻq. Bas, qaytinglar», dedi. Ulardan bir guruhlari Nabiydan izn soʻrab: «Uylarimiz ochiq-sochiq qolgan», derlar. Holbuki, ular ochiq-sochiq emas. Ular qochishdan boshqani iroda qilmaslar.

  14. 14

    وَلَوْ دُخِلَتْ عَلَيْهِم مِّنْ أَقْطَارِهَا ثُمَّ سُئِلُوا۟ ٱلْفِتْنَةَ لَءَاتَوْهَا وَمَا تَلَبَّثُوا۟ بِهَآ إِلَّا يَسِيرًۭا

    wa law dukhilat 'alaihim min aqtaarihaa summa su'ilul fitnata la aatawhaa wa maa talabbasoo bihaaa illaa yaseeraa

    Agar ularning ustiga u(Madina)ning har tarafidan bostirib kirilsa, soʻngra ulardan fitna talab qilinsa, albatta, uni qiladilar. Hech kechikmaslar. Magar ozginagina. [7]

    [7] (Yaʼni, oʻsha munofiq va iymoni zaiflarning ustiga dushman Madinaning har tomonidan bostirib kirib, fitnani — dindan qaytish va musulmonlarga qarshi urushishni talab etsa, darhol oʻsha ishni qilar edilar.)

  15. 15

    وَلَقَدْ كَانُوا۟ عَٰهَدُوا۟ ٱللَّهَ مِن قَبْلُ لَا يُوَلُّونَ ٱلْأَدْبَٰرَ ۚ وَكَانَ عَهْدُ ٱللَّهِ مَسْـُٔولًۭا

    Wa laqad kaanoo 'aahadul laaha min qablu laa yuwal loonal adbaar; wa kaana 'ahdul laahi mas'oolaa

    Holbuki, ular bundan oldin ortga qarab qochmaslikka Allohga ahd bergan edilar. Allohga ahd esa, masʼuliyat boʻlgandir. [8]

    [8] (Ketish uchun yolgʻon toʻqigan Avs ibn Qayziyning qabilasi Bani Horisadir. Uhud urushida ham ortga qochmoqchi boʻlgan edilar.)

  16. 16

    قُل لَّن يَنفَعَكُمُ ٱلْفِرَارُ إِن فَرَرْتُم مِّنَ ٱلْمَوْتِ أَوِ ٱلْقَتْلِ وَإِذًۭا لَّا تُمَتَّعُونَ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Qul lany y anfa'akumul firaaru in farartum minal mawti awil qatli wa izal laa tumatta'oona illaa qaleelaa

    Sen: «Qochish sizga hech qanday foyda bermas. Demak, agar oʻlimdan yoki qatl boʻlishdan qochsangiz ham, juda oz huzurlanasiz, xolos», deb ayt.

  17. 17

    قُلْ مَن ذَا ٱلَّذِى يَعْصِمُكُم مِّنَ ٱللَّهِ إِنْ أَرَادَ بِكُمْ سُوٓءًا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ رَحْمَةًۭ ۚ وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًۭا

    Qul m an zal lazee ya'simukum minal laahi in araada bikum sooo'an aw araada bikum rahmah; wa laa yajidoona lahum min doonil laahi waliyyanw wa laa naseeraa

    Sen: «Agar sizga Alloh yomonlikni iroda qilsa yoki sizga rahmatni iroda qilsa, sizlarni Undan toʻsadigan kim bor?!» deb ayt. Ular oʻzlariga Allohdan oʻzga doʻst va yordam berguvchi topa olmaslar.

  18. 18

    ۞ قَدْ يَعْلَمُ ٱللَّهُ ٱلْمُعَوِّقِينَ مِنكُمْ وَٱلْقَآئِلِينَ لِإِخْوَٰنِهِمْ هَلُمَّ إِلَيْنَا ۖ وَلَا يَأْتُونَ ٱلْبَأْسَ إِلَّا قَلِيلًا

    Qad ya'lamul laahul mu'awwiqeena minkum walqaaa'ileena li ikhwaanihim hahumma ilainaa, wa laa yaatoonal baasa illaa qaleelaa

    Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jiddu jahdga) toʻsiqlik qilguvchilarni ham va oʻz birodarlariga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur. Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar.

  19. 19

    أَشِحَّةً عَلَيْكُمْ ۖ فَإِذَا جَآءَ ٱلْخَوْفُ رَأَيْتَهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ تَدُورُ أَعْيُنُهُمْ كَٱلَّذِى يُغْشَىٰ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْمَوْتِ ۖ فَإِذَا ذَهَبَ ٱلْخَوْفُ سَلَقُوكُم بِأَلْسِنَةٍ حِدَادٍ أَشِحَّةً عَلَى ٱلْخَيْرِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَمْ يُؤْمِنُوا۟ فَأَحْبَطَ ٱللَّهُ أَعْمَٰلَهُمْ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًۭا

    Ashihhatan 'alaikum faizaa jaaa'al khawfu ra aytahum yanzuroona ilaika tadooru a'yunuhum kallazee yughshaa 'alaihi minal mawti fa izaa zahabal khawfu salqookum bi alsinatin hidaadin ashibbatan 'alal khayr; ulaaa'ika lam yu'minoo fa ahbatal laahu a'maalahum; wa kaana zaalika 'alal laahi yaseeraa

    Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar). Bas, xavf kelgan chogʻda ularning senga oʻlim talvasasidagi kishiga oʻxshab, koʻzlari aylanib nazar solishlarini koʻrursan. Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochkoʻzlik qilib, sizlarga oʻtkir tillar ila ozor berurlar. Ana oʻshalar, iymon keltirmaganlardir. Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi. Bu esa, Alloh uchun oson edi. [9]

    [9] («Ana oʻshalar» moʻmin-musulmonlarga qoʻshilib, safarbarlikka chiqadiganlarning jihodga boʻlgan shashtini pasaytiradigan, urushga ozginasigina keladigan, xavf kelganda musulmonlar rahbariga xuddi, oʻlimimga sen sababsan, degandek nazar soladigan, xavf ketganda, oʻlja talashib urishadigan, iymon keltirmagan odamlardir.)

  20. 20

    يَحْسَبُونَ ٱلْأَحْزَابَ لَمْ يَذْهَبُوا۟ ۖ وَإِن يَأْتِ ٱلْأَحْزَابُ يَوَدُّوا۟ لَوْ أَنَّهُم بَادُونَ فِى ٱلْأَعْرَابِ يَسْـَٔلُونَ عَنْ أَنۢبَآئِكُمْ ۖ وَلَوْ كَانُوا۟ فِيكُم مَّا قَٰتَلُوٓا۟ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Yahsaboonal Ahzaaba lam yazhaboo wa iny yaatil Ahzaabu yawaddoo law annahum baadoona fil A'raabi yasaloona 'an ambaaa'ikum wa law kaanoo feekum maa qaatalooo illaa qaleela

    Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar. Agar ahzoblar yana kelsalar, ular aʼrobiylar ichida, choʻlda boʻlib, sizning xabaringizni soʻrab turishni orzu qilurlar. Agar sizning ichingizda boʻlganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan boʻlur edilar. [10]

    [10] (Kofir guruhlarning musulmonlarga hech bir zarar yetkaza olmay, qaytib ketganlari munofiqlarning tasavvuriga sigʻmaydi.)

  21. 21

    لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِى رَسُولِ ٱللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌۭ لِّمَن كَانَ يَرْجُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْءَاخِرَ وَذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرًۭا

    Laqad kaana lakum fee Rasoolil laahi uswatun hasanatul liman kaana yarjul laaha wal yawmal Aakhira wa azkaral laaha kaseeraa

    Batahqiq, sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlganlar uchun va Allohni koʻp zikr qilganlar uchun Rasulullohda goʻzal oʻrnak bor edi. [11]

    [11] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom ahzob urushida ham, odatdagidek, eng goʻzal namunalarni koʻrsatdilar. Xavf-xatar tasvirlab boʻlmaydigan darajada katta ekaniga qaramay, zarracha qoʻrqmasdan, Madinani himoya qilishga chiqdilar. Salmoni Forsiy roziyallohu anhuning fikrlarini qabul etib, xandaq qazishni boshladilar. U zot alayhissalotu vassalom shunday xatarli va nozik bir paytda moʻmin-musulmonlar uchun ishonch, orzu-umid, xotirjamlik timsoliga aylandilar.)

  22. 22

    وَلَمَّا رَءَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلْأَحْزَابَ قَالُوا۟ هَٰذَا مَا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَصَدَقَ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ ۚ وَمَا زَادَهُمْ إِلَّآ إِيمَٰنًۭا وَتَسْلِيمًۭا

    Wa lammaa ra al mu'minoonal Ahzaaba qaaloo haaza maa wa'adanal laahu wa Rasooluh; wa maa zaadahum illaaa eemaananw wa tasleemaa

    Moʻminlar ahzoblarni koʻrganlarida: «Bu bizga Alloh va Uning Rasuli vaʼda qilgan narsadir. Alloh va Uning Rasuli rost soʻzlarlar», dedilar. Bu ularga iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi. [12]

    [12] (Yaʼni, kofirlarning ahzob boʻlib, sonsiz-sanoqsiz adadda ustlariga bostirib kelishlari moʻminlarga iymondan va Alloh taologa butunlay oʻzlarini topshirishdan boshqani ziyoda qilmadi. Ularning iymon-eʼtiqodlari va musulmonchiliklari yana ham kuchaydi. Ha, iymon keltirgan, musulmon boʻlgan odamlar ana shunday odamlardir.)

  23. 23

    مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌۭ صَدَقُوا۟ مَا عَٰهَدُوا۟ ٱللَّهَ عَلَيْهِ ۖ فَمِنْهُم مَّن قَضَىٰ نَحْبَهُۥ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ ۖ وَمَا بَدَّلُوا۟ تَبْدِيلًۭا

    Minal mu'mineena rijaalun sadaqoo maa 'aahadul laaha 'alaihi faminhum man qadaa nahbahoo wa minhum mai yantaziru wa maa baddaloo tabdeelaa

    Moʻminlardan Allohga bergan vaʼdalariga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan baʼzilari ajalini topdi. Baʼzilari esa, intizor boʻlib turibdir. Ular biror narsani almashtirmadilar.

  24. 24

    لِّيَجْزِىَ ٱللَّهُ ٱلصَّٰدِقِينَ بِصِدْقِهِمْ وَيُعَذِّبَ ٱلْمُنَٰفِقِينَ إِن شَآءَ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Li yajziyal aahus saadiqeena bisidqihim wa yu'azzibal munaafiqeena in shaaa'a aw yatooba 'alaihim; innal laaha kaana Ghafoorar Raheemaa

    Alloh sodiqlarni sadoqatlari sababidan mukofotlashi uchun va munofiqlarni agar xohlasa, azoblashi yoki tavbasini qabul qilishi uchundir. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimlidir.

  25. 25

    وَرَدَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِغَيْظِهِمْ لَمْ يَنَالُوا۟ خَيْرًۭا ۚ وَكَفَى ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلْقِتَالَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ قَوِيًّا عَزِيزًۭا

    Wa raddal laahul lazeena kafaroo bighaizihim lam yanaaloo khairaa; wa kafal laahul mu'mineenal qitaal; wa kaanal laahu Qawiyyan 'Azeezaa

    Va Alloh kufr keltirganlarni gʻazablari ila ortlariga qaytardi. Ular hech bir yaxshilikka erisha olmadilar. Moʻminlar uchun urushda Allohning Oʻzi kifoya qildi. Va Alloh kuchli va aziyz Zotdir.

  26. 26

    وَأَنزَلَ ٱلَّذِينَ ظَٰهَرُوهُم مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ مِن صَيَاصِيهِمْ وَقَذَفَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعْبَ فَرِيقًۭا تَقْتُلُونَ وَتَأْسِرُونَ فَرِيقًۭا

    Wa anzalal lazeena zaaha roohum min Ahlil Kitaabi min sa yaaseehim wa qazafa fee quloobihimm mur ru'ba freeqan taqtuloona wa taasiroona fareeqaaa

    Va U zot ularga yordam bergan ahli kitoblardan boʻlganlarni qoʻrgʻonlaridan tushirdi va qalblariga qoʻrqinch soldi. Bir guruhini oʻldirursizlar va bir guruhini asir olursizlar. [13]

    [13] (Kofirlar ahzobiga yordam bergan ahli kitoblar yahudiylardir. Yana ham aniqrogʻi, yahudiylarning Bani Qurayza qabilasidir. Ahzob urushini qoʻzgʻaganlar Hayy ibn Axtob boshliq Bani Nazir yahudiylari edi. Shuningdek, ular Bani Qurayza qabilasining xiyonatlariga sabab ham boʻldilar.)

  27. 27

    وَأَوْرَثَكُمْ أَرْضَهُمْ وَدِيَٰرَهُمْ وَأَمْوَٰلَهُمْ وَأَرْضًۭا لَّمْ تَطَـُٔوهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرًۭا

    Wa awrasakum ardahum wa diyaarahum wa amwaalahum wa ardal lam tata'oohaa; wa kaanal laahu 'alaa kulli shai'in Qadeeraa

    Va sizlarga ularning yerini, hovli-joylarini, molu mulklarini va qadamingiz yetmagan yerni meros qilib berdi. Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.

  28. 28

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّأَزْوَٰجِكَ إِن كُنتُنَّ تُرِدْنَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتَهَا فَتَعَالَيْنَ أُمَتِّعْكُنَّ وَأُسَرِّحْكُنَّ سَرَاحًۭا جَمِيلًۭا

    Yaaa aiyuhan Nabiyyu qul li azwaajika i kuntunna turidnal hayaatad dunyaa wa zeenatahaa fata'aalaina umatti'kunna wa usarrihkunna saraahan jameela

    Ey Nabiy, jufti halollaringga: «Agar bu dunyo hayotini va uning ziynatini iroda qilsangiz, kelinglar, sizlarni bahramand qilay va chiroyli boʻshatish ila boʻshatib qoʻyay.

  29. 29

    وَإِن كُنتُنَّ تُرِدْنَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَٱلدَّارَ ٱلْءَاخِرَةَ فَإِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلْمُحْسِنَٰتِ مِنكُنَّ أَجْرًا عَظِيمًۭا

    Wa in kuntunna turidnal laaha wa Rasoolahoo wad Daaral Aakhirata fa innal laaha a'adda lil muhsinaati min kunna ajjran 'azeemaa

    Agar Allohni va Uning Rasulini va oxirat diyorini iroda qiladigan boʻlsangiz, bas, albatta, Alloh sizlardan goʻzal amal qilguvchilarga ulugʻ ajrni tayyorlab qoʻygan», deb ayt. [14]

    [14] (Ushbu ikki oyati karimaning nozil qilinishiga Rasuli Akram alayhissalotu vassalom bilan u kishining tohira ayollari orasida oʻtgan hodisa sabab boʻlgan. Ushbu ikki oyatdagi buyruqqa binoan Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom har bir ayollariga yoki bu dunyo hayoti va uning ziynatini, yoki Alloh, Uning Rasuli va oxiratni ixtiyor qilishini soʻrab chiqishlari kerak edi. U zoti bobarakot bu ishni Oyisha onamizdan boshladilar. Rasululloh alayhissalotu vassalom Oyisha onamizga: «Men senga bir ishni aytaman. Shoshilmasdan, ota-onang bilan maslahat qilib javob bergin», dedilar. Oyisha onamiz: «U qanday narsa?» dedilar. Paygʻambar alayhissalotu vassalom: «Ey Paygʻambar, jufti halollaringga...» oyatini oʻqib berdilar. Oyisha onamiz: «Siz haqingizda ota-onam bilan maslahat qilamanmi?! Yoʻq! Men Allohni va Uning Rasulini ixtiyor qilaman, dedilar. Keyin Rasululloh alayhissalotu vassalom barcha jufti halollariga ikki ixtiyordan birini tanlashga izn berdilar, hammalari Oyisha onamiz tanlagan tarafni tanladilar.)

  30. 30

    يَٰنِسَآءَ ٱلنَّبِىِّ مَن يَأْتِ مِنكُنَّ بِفَٰحِشَةٍۢ مُّبَيِّنَةٍۢ يُضَٰعَفْ لَهَا ٱلْعَذَابُ ضِعْفَيْنِ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًۭا

    Yaa nisaaa'an Nabiyyi mai yaati minkunna bifaa hishatim mubaiyinatiny yudaa'af lahal 'azaabu di'fain wa kaana zaalika 'alal laahi yaseera

    Ey, Nabiyning ayollari! Sizdan kim ochiq gunoh qilsa, unga beriladigan azob ikki marta koʻpaytirilur. Bu esa, Alloh uchun oson boʻlgan ishdir.

  31. 31

    ۞ وَمَن يَقْنُتْ مِنكُنَّ لِلَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتَعْمَلْ صَٰلِحًۭا نُّؤْتِهَآ أَجْرَهَا مَرَّتَيْنِ وَأَعْتَدْنَا لَهَا رِزْقًۭا كَرِيمًۭا

    Wa mai yaqnut minkunna lillaahi wa Rasoolihee wa ta'mal saalihan nu'tihaaa ajrahaa marratayni wa a'tadnaa lahaa rizqan kareema

    Sizlardan kim Alloh va Uning Rasuliga mudom itoatda boʻlsa va yaxshi amal qilsa, uning ajrini ikki marta beramiz va uning uchun goʻzal rizqni tayyorlaganmiz.

  32. 32

    يَٰنِسَآءَ ٱلنَّبِىِّ لَسْتُنَّ كَأَحَدٍۢ مِّنَ ٱلنِّسَآءِ ۚ إِنِ ٱتَّقَيْتُنَّ فَلَا تَخْضَعْنَ بِٱلْقَوْلِ فَيَطْمَعَ ٱلَّذِى فِى قَلْبِهِۦ مَرَضٌۭ وَقُلْنَ قَوْلًۭا مَّعْرُوفًۭا

    Yaa nisaaa'an Nabiyyi lastunna ka ahadim minan nisaaa'i init taqaitunna falaa takhda'na bilqawli fa yatma'al lazee fee qalbihee maradunw wa qulna qawlam ma'roofaa

    Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin soʻz qilmang, yana, qalbida kasali bor boʻlgan tamaʼ qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar. [15]

    [15] (Yaʼni, sizlarning boshqa hamma ayollardan farqlaringiz bor. Sizlar Paygʻambarning xotinlarisiz, moʻminlarning onalarisiz. Hamma moʻminalar uchun oʻrnaksizlar. Ha, sizlar ayollardan birortasi kabi emassizlar. Bu maqomga erishishlaringiz uchun Paygʻambarga jufti halol boʻlganingizning oʻzi yetmaydi, taqvo ham qilishlaringiz kerak. Ovozingizni mayin, nazokatli qilib, erkak kishiga taʼsir etadigan holatda gapirmang. Munofiq va iymoni zaiflar sizning mayin ovozingizni eshitib, fisqu fujurni boshlab qolmasinlar.)

  33. 33

    وَقَرْنَ فِى بُيُوتِكُنَّ وَلَا تَبَرَّجْنَ تَبَرُّجَ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ ٱلْأُولَىٰ ۖ وَأَقِمْنَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتِينَ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِعْنَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُذْهِبَ عَنكُمُ ٱلرِّجْسَ أَهْلَ ٱلْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْهِيرًۭا

    Wa qarna fee bu yoo tikunna wa laa tabarrajna tabarrujal Jaahiliyyatil oolaa wa aqimnas Salaata w aaateenaz Zakaata wa ati'nal laaha wa Rasoolah; innamaa yureedul laahu liyuzhiba 'ankumur rijsa Ahlal Bayti wa yutahhirakum tatheeraa

    Viqor bilan uyingizda oʻtiring. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang. Namozni toʻkis ado eting, zakot bering, Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xohlaydi, ey, ahli bayt! [16]

    [16] (Johiliyat — Islomdan oldingi tuzum. U vaqtda ayollar ochilib-sochilib, yasan-tusan qilib, erkaklarning eʼtiborini oʻziga tortishga intilar edilar. Oʻzlarini bozorga solib, tanalari va zebu ziynatlarini koʻz-koʻz qilar edilar. Bunday ochilib-sochilib yurish «tabarruj» deyiladi. Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning pokiza ayollarini johiliyat tuzumining xotinlari kabi ochiq-sochiq yurmaslikka amr etmoqda. Bu amr har bir muslima ayolga tegishli, lekin har bir muslimaga oʻrnak boʻladigan onalarimizga yanada qattiqroq tegishli ekan.)

  34. 34

    وَٱذْكُرْنَ مَا يُتْلَىٰ فِى بُيُوتِكُنَّ مِنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ وَٱلْحِكْمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ لَطِيفًا خَبِيرًا

    Wazkurna maa yutlaa fee bu yootikunna min aayaatil laahi wal Hikmah; innal laaha kaana lateefan Khabeera

    Va uylaringizda tilovat qilinayotgan Allohning oyatlarini va hikmatni eslang. Albatta, Alloh oʻta latiyf va oʻta xabardor boʻlgan Zotdir. [17]

    [17] (Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning ayollariga ular yashab turgan uylar oddiy uy emas, Allohning oyatlari nozil boʻlib, tilovat qilinib turgan manzil ekanini eslatmoqda. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning sunnatlari joriy etilib, hadislari soʻzlanib turgan uylar ekanini eslatmoqda. Qurʼon oyatlarini va Paygʻambar alayhissalotu vassalomning hikmatli hadislarini unutmaslikka, ularni eslab, anglab, oʻrganib, soʻng amal qilishga buyurilmoqdalar.)

  35. 35

    إِنَّ ٱلْمُسْلِمِينَ وَٱلْمُسْلِمَٰتِ وَٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ وَٱلْقَٰنِتِينَ وَٱلْقَٰنِتَٰتِ وَٱلصَّٰدِقِينَ وَٱلصَّٰدِقَٰتِ وَٱلصَّٰبِرِينَ وَٱلصَّٰبِرَٰتِ وَٱلْخَٰشِعِينَ وَٱلْخَٰشِعَٰتِ وَٱلْمُتَصَدِّقِينَ وَٱلْمُتَصَدِّقَٰتِ وَٱلصَّٰٓئِمِينَ وَٱلصَّٰٓئِمَٰتِ وَٱلْحَٰفِظِينَ فُرُوجَهُمْ وَٱلْحَٰفِظَٰتِ وَٱلذَّٰكِرِينَ ٱللَّهَ كَثِيرًۭا وَٱلذَّٰكِرَٰتِ أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُم مَّغْفِرَةًۭ وَأَجْرًا عَظِيمًۭا

    Innal muslimeena wal muslimaati wal mu'mineena wal mu'minaati walqaaniteena walqaanitaati wassaadiqeena wassaadiqaati wassaabireena wassaabiraati walkhaashi'eena walkhaashi'aati walmutasaddiqeena walmutasaddiqaati wassaaa'imeena wassaaa'imaati walhaafizeena furoojahum walhaafizaati waz zaakireenal laaha kaseeranw waz zaakiraati a'addal laahu lahum maghfiratanw wa ajran 'azeemaa

    Albatta, muslimlar va muslimalar, moʻminlar va moʻminalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, xushuʼli erkaklar va xushuʼli ayollar, sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar, roʻza tutguvchi erkaklar va roʻza tutguvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar, Allohni koʻp zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni koʻp) zikr qilguvchi ayollar — oʻshalarga Alloh magʻfiratni va ulugʻ ajrni tayyorlab qoʻygandir.

  36. 36

    وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍۢ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ ٱلْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ ۗ وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلًۭا مُّبِينًۭا

    Wa maa kaana limu'mininw wa laa mu'minatin izaa qadal laahu wa Rasooluhooo amran ai yakoona lahumul khiyaratu min amrihim; wa mai ya'sil laaha wa Rasoolahoo faqad dalla dalaalam mubeenaa

    Hech bir moʻmin erkak va hech bir moʻmina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, oʻz ishlarini oʻzlaricha ixtiyor qilmoq yoʻq. Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy boʻlsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi.

  37. 37

    وَإِذْ تَقُولُ لِلَّذِىٓ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ وَأَنْعَمْتَ عَلَيْهِ أَمْسِكْ عَلَيْكَ زَوْجَكَ وَٱتَّقِ ٱللَّهَ وَتُخْفِى فِى نَفْسِكَ مَا ٱللَّهُ مُبْدِيهِ وَتَخْشَى ٱلنَّاسَ وَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَىٰهُ ۖ فَلَمَّا قَضَىٰ زَيْدٌۭ مِّنْهَا وَطَرًۭا زَوَّجْنَٰكَهَا لِكَىْ لَا يَكُونَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ حَرَجٌۭ فِىٓ أَزْوَٰجِ أَدْعِيَآئِهِمْ إِذَا قَضَوْا۟ مِنْهُنَّ وَطَرًۭا ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ مَفْعُولًۭا

    Wa iz taqoolu lillazeee an'amal laahu 'alaihi wa an'amta 'alaihi amsik 'alaika zawjaka wattaqil laaha wa tukhfee fee nafsika mal laahu mubdeehi wa takhshan naasa wallaahu ahaqqu an takhshaah; falammaa qadaa Zaidum minhaa wataran zawwajnaa kahaa likay laa yakoona 'alal mu'mineena harajun feee azwaaji ad'iyaaa'ihim izaa qadaw minhunna wataraa; wa kaana amrul laahi af'oolaa

    Esla, Alloh neʼmat bergan va sen ham neʼmat bergan shaxsga: «Juftingni oʻzing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding. Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi boʻlgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qoʻrqarding, holbuki, Allohdan qoʻrqmogʻing haqliroq edi. Qachonki Zayd undan oʻz hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik. Toki, moʻminlarga oʻz asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik boʻlmasin deb. Va Allohning amri amal qilinishi lozim boʻlgandir. [18]

    [18] (Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning koʻngillariga Zayd Zaynabni taloq qilganidan keyin unga uylanish niyatini solgan edi. Aniq amr boʻlmagan edi-yu, ammo koʻngillariga tushgan edi. Shuning uchun Zayd roziyallohu anhuga «Juftingni oʻzing ila tutib tur», deb aytayotganlarida, xayollarida bu fikr boʻlib, Allohdan amr kelishini kutardilar. U zot odamlar, oʻzining asrandi oʻgʻli taloq qilgan xotinga uylanibdi, deb aytishlaridan qoʻrqar edilar. Rasuli Akram ushbu mulohazalar bilan Alloh koʻngillariga solgan ishni — Zayd taloq qilganidan keyin Zaynabga uylanish niyatini maxfiy tutar edilar. Taʼkidlab aytish kerakki, bu faqat koʻngilga tushgan fikr edi. Agar Allohning ochiq-oydin amri boʻlsa, hech qachon maxfiy tutmas edilar. Shunday boʻlishi kerak edi. Alloh taoloning irodasi shu edi. Alloh subhonahu va taolo Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoni Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga oʻzi nikohlab qoʻydi. Bu yerda valiy ham, mahr ham, guvoh ham yoʻq. Hammasining oʻrniga Allohning amri bor.)

  38. 38

    مَّا كَانَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ مِنْ حَرَجٍۢ فِيمَا فَرَضَ ٱللَّهُ لَهُۥ ۖ سُنَّةَ ٱللَّهِ فِى ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلُ ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ قَدَرًۭا مَّقْدُورًا

    Maa kaana 'alan nabiyyyi min harajin feemaa faradal laahu lahoo sunnatal laahi fil lazeena khalaw min qabl; wa kaana amrul laahi qadaram maqdooraa

    Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik boʻlmas. Bu — oldin oʻtganlar haqida ham Alloh tutgan yoʻldir. Allohning amri belgilangan qadar boʻldi.

  39. 39

    ٱلَّذِينَ يُبَلِّغُونَ رِسَٰلَٰتِ ٱللَّهِ وَيَخْشَوْنَهُۥ وَلَا يَخْشَوْنَ أَحَدًا إِلَّا ٱللَّهَ ۗ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبًۭا

    Allazeena yuballighoona Risaalaatil laahi wa yakhshaw nahoo wa laa yakkhshawna ahadan illal laah; wa kafaa billaahi Haseebaa

    Ular Allohning elchiligini yetkazadigan, Undangina qoʻrqadigan, Allohdan boshqa hech kimdan qoʻrqmaydigan zotlardir. Allohning Oʻzi hisob qilguvchilikka kifoyadir.

  40. 40

    مَّا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَآ أَحَدٍۢ مِّن رِّجَالِكُمْ وَلَٰكِن رَّسُولَ ٱللَّهِ وَخَاتَمَ ٱلنَّبِيِّۦنَ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًۭا

    Maa kaana Muhammmadun abaaa ahadim mir rijaalikum wa laakir Rasoolal laahi wa Khaataman Nabiyyeen; wa kaanal laahu bikulli shai'in 'Aleema

    Muhammad sizlardan biron erkakning otasi boʻlgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Paygʻambarlarning soʻnggisidir. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchidir.

  41. 41

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ ذِكْرًۭا كَثِيرًۭا

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanuz kurul laaha zikran kaseera

    Ey, iymon keltirganlar! Allohni koʻp zikr qilinglar.

  42. 42

    وَسَبِّحُوهُ بُكْرَةًۭ وَأَصِيلًا

    Wa sabbihoohu bukratanw wa aseela

    Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar. [19]

    [19] (Ertalab ham, kechqurun ham dunyoda katta oʻzgarishlar roʻy beradi. Shuning uchun ham bu ikki vaqtda Allohni poklab yod etish alohida taʼkidlanmoqda.)

  43. 43

    هُوَ ٱلَّذِى يُصَلِّى عَلَيْكُمْ وَمَلَٰٓئِكَتُهُۥ لِيُخْرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَكَانَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ رَحِيمًۭا

    Huwal lazee yusallee 'alaikum wa malaaa'ikatuhoo liyukhrijakum minazzulumaati ilan-noor wa kaana bilmu'mineena Raheemaa

    U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun Oʻzi ham, farishtalari ham salovot aytadir. U moʻminlarga oʻta mehribon boʻlgan Zotdir.

  44. 44

    تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُۥ سَلَٰمٌۭ ۚ وَأَعَدَّ لَهُمْ أَجْرًۭا كَرِيمًۭا

    Tahiyyatuhum Yawma yalqawnahoo salaamunw wa a'adda lahum ajran kareemaa

    U zotga yoʻliqadigan kundagi soʻrashishlari salomdir. Va ularga goʻzal ajrni tayyorlab qoʻygandir.

  45. 45

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ شَٰهِدًۭا وَمُبَشِّرًۭا وَنَذِيرًۭا

    Yaaa aiyuhan Nabiyyu innaaa arsalnaaka shaahidanw wa mubashshiranw wa nazeeraa

    Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvohlik berguvchi, xushxabarchi va ogohlantirguvchi...

  46. 46

    وَدَاعِيًا إِلَى ٱللَّهِ بِإِذْنِهِۦ وَسِرَاجًۭا مُّنِيرًۭا

    Wa daa'iyan ilal laahi bi iznihee wa siraajam muneeraa

    Va Oʻz izni ila Allohga daʼvat qilguvchi hamda nurli chiroq qilib yubordik. [20]

    [20] (Ushbu oyatda Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning toʻrtta vazifalari va bitta sifatlari zikr qilinmoqda. Ha, Muhammad alayhissalotu vassalom johiliyat zulmatlaridagi nurli chiroqdirlar. Turli zulmatlar ichida yoʻlini topa olmay, urinib-surinib yurgan kishilarni Islomning yorugʻ yoʻliga boshlovchi nurli chiroqdirlar.)

  47. 47

    وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ بِأَنَّ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَضْلًۭا كَبِيرًۭا

    Wa bashshiril mu'mineena bi annna lahum minal laahi fadlan kabeera

    Moʻminlarga ularga albatta Allohdan ulugʻ fazlu marhamat boʻlishi haqida xushxabar ber.

  48. 48

    وَلَا تُطِعِ ٱلْكَٰفِرِينَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَدَعْ أَذَىٰهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًۭا

    Wa laa tuti'il kaafireena walmunaafiqeena wa da'azaahum wa tawakkal 'alallaah; wa kafaa billaahi Wakeelaa

    Kofir va munofiqlarga itoat etma. Ularning ozorlariga parvo qilma. Allohga tavakkal qil. Vakil boʻlishga Allohning Oʻzi kifoyadir.

  49. 49

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا نَكَحْتُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ ثُمَّ طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِن قَبْلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ فَمَا لَكُمْ عَلَيْهِنَّ مِنْ عِدَّةٍۢ تَعْتَدُّونَهَا ۖ فَمَتِّعُوهُنَّ وَسَرِّحُوهُنَّ سَرَاحًۭا جَمِيلًۭا

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanooo izaa nakahtumul mu'minaati summa tallaqtu moohunna min qabli an tamas soohunna famaa lakum 'alaihinna min 'iddatin ta'taddoonahaa famatti'oohunna wa sarri hoohunna saraahan jameelaa

    Ey, iymon keltirganlar! Qachonki moʻminalarni nikohlab olsangiz, soʻngra ularni qoʻl tekkizmay turib, taloq qilsangiz, ular zimmasida siz uchun idda oʻtirish boʻlmas. Bas, siz ularni bahramand qiling va goʻzal boʻshatish ila boʻshatib yuboring. [21]

    [21] (Bu oyati karimada aqdi nikohidan keyin eru xotinlik qilmay turib, boʻladigan taloq haqida soʻz ketmoqda. Bu holat oz boʻlsa-da, hayotda uchrab turadi. Nikohdan soʻng, qoʻl tekizmay turib, yaʼni eru xotin sifatida xilvatda yolgʻiz qolmay turib taloq qilsa, kelin idda oʻtirmaydi.)

  50. 50

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِنَّآ أَحْلَلْنَا لَكَ أَزْوَٰجَكَ ٱلَّٰتِىٓ ءَاتَيْتَ أُجُورَهُنَّ وَمَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ مِمَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَيْكَ وَبَنَاتِ عَمِّكَ وَبَنَاتِ عَمَّٰتِكَ وَبَنَاتِ خَالِكَ وَبَنَاتِ خَٰلَٰتِكَ ٱلَّٰتِى هَاجَرْنَ مَعَكَ وَٱمْرَأَةًۭ مُّؤْمِنَةً إِن وَهَبَتْ نَفْسَهَا لِلنَّبِىِّ إِنْ أَرَادَ ٱلنَّبِىُّ أَن يَسْتَنكِحَهَا خَالِصَةًۭ لَّكَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۗ قَدْ عَلِمْنَا مَا فَرَضْنَا عَلَيْهِمْ فِىٓ أَزْوَٰجِهِمْ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ لِكَيْلَا يَكُونَ عَلَيْكَ حَرَجٌۭ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Yaaa aiyuhan Nabiyyu innaaa ahlalnaa laka azwaa jakal laatee aayaita ujoora hunna wa maa malakat yameenuka mimmaaa afaaa'al laahu 'alaika wa banaati 'ammika wa banaati 'ammaatika wa banaati khaalika wa banaati khaalaa tikal laatee haajarna ma'aka wamra atam mu'minatan inw wahabat nafsahaa lin Nabiyyi in araadan Nabiyyu ai yastan kihahaa khaalisatal laka min doonil mu'mineen; qad 'alim naa maa faradnaa 'alaihim feee azwaajihim wa maa malakat aimaanuhum likailaa yakoona 'alaika haraj; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheema

    Ey Nabiy, Biz senga mahrlarini bergan juftlaringni, Alloh senga oʻlja qilib bergan qoʻl ostingdagi(choʻri)larni, amakingning qizlari, ammalaringning qizlari, togʻangning qizlari, xolalaringning qizlaridan sen bilan hijrat qilganlarini halol qildik. Va agar bir moʻmina ayol oʻz nafsini Nabiyga hadya etsa, Nabiy uni nikohlab olishni iroda qilsa, sen uchun maxsus halol qildik. Moʻminlarga emas. Ularga juftlari va qoʻllari ostidagi mulk(choʻri)lari haqida nimani farz qilganimizni bilurmiz. Buni senga tanglik boʻlmasligi uchun qildik. Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir. [22]

    [22] (Ushbu oyati karimada va bundan keyin keladigan ikki oyatda Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga qanday ayollarning nikohi durust ekani haqida, u zot alayhissalotu vassalom bilan turmush qurgan va quradigan ayollarga tegishli masalalar ustida soʻz yuritiladi. Ushbu oyatda zikr qilingan uylanish bobidagi — nikohda toʻrttadan ortiq ayolni ushlab turishni, mazkur toifa ayollarga uylanishni, choʻri tutishni, oʻz nafsini hadya qilgan xotinga mahrsiz, guvohsiz uylanishni, ey Nabiy, senga tanglik boʻlmasligi uchun qildik.)

  51. 51

    ۞ تُرْجِى مَن تَشَآءُ مِنْهُنَّ وَتُـْٔوِىٓ إِلَيْكَ مَن تَشَآءُ ۖ وَمَنِ ٱبْتَغَيْتَ مِمَّنْ عَزَلْتَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكَ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن تَقَرَّ أَعْيُنُهُنَّ وَلَا يَحْزَنَّ وَيَرْضَيْنَ بِمَآ ءَاتَيْتَهُنَّ كُلُّهُنَّ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِى قُلُوبِكُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَلِيمًۭا

    Turjee man tashaaa'u minhunna wa tu'weee ilaika man tashaaa'u wa manibta ghaita mimman 'azalta falaa junaaha 'alaik; zaalika adnaaa an taqarra a'yunuhunna wa laa yahzanna wa yardaina bimaa aataitahunna kulluhunn; wal laahu ya'lamu maa fee quloo bikum; wa kaanal laahu 'Aleeman haleemaa

    Ulardan xohlaganingni nari qoʻyib, xohlaganingni oʻzingga olursan. Oʻzing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh boʻlmas. Shunday boʻlishi ularning koʻzlari quvonchga toʻlishi, xafa boʻlmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi boʻlishlariga yaqinroqdir. Alloh qalblaringizdagi narsani biladir va Alloh oʻta bilguvchi va oʻta haliym Zotdir. [23]

    [23] (Rasululloh alayhissalotu vassalom ayollari bilan navbatma-navbat yotar edilar. Mabodo navbatni buzishga ehtiyoj chiqib qolsa, navbati kelgan onamizdan, falonchining oldida tunashimga izn berasanmi, deb soʻrar edilar. Bu oyatda esa, soʻramasdan ham, oʻzlari nimani istasalar, qilaverishga haqlari bor ekanligi bayon qilinmoqda. Bu ham, faraz maʼnosida olsak, oʻz nafsini hadya qilgan ayolni oldin rad etib, keyin yana xohlab olganing senga gunoh boʻlmas, maʼnosi chiqadi. Yoki zavjalaringdan birortasiga navbatida kirmay qoʻygan boʻlsang, istagan paytingda kiraverasan, maʼnosi chiqadi. Chunki bu ishlarni Allohning amri bilan qilayotganingni bilganlaridan keyin, ayollaringning koʻzlari quvonchga toʻladi, xafa boʻlmaydilar va rozi boʻladilar.)

  52. 52

    لَّا يَحِلُّ لَكَ ٱلنِّسَآءُ مِنۢ بَعْدُ وَلَآ أَن تَبَدَّلَ بِهِنَّ مِنْ أَزْوَٰجٍۢ وَلَوْ أَعْجَبَكَ حُسْنُهُنَّ إِلَّا مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ رَّقِيبًۭا

    Laa yahillu lakan nisaaa'u mim ba'du wa laaa an tabaddala bihinna min azwaajinw wa law ajabaka husnuhunna illaa maa malakat yameenukk; wa kaanal laahu 'alaa kulli shai'ir Raqeeba

    Senga bundan boshqa ayollar halol boʻlmas va ularga boshqa zavjalarni almashtirishing ham boʻlmas. Agar oʻshalarning husni seni ajablantirsa ham. Magar qoʻlingda mulk boʻlgan (choʻri) boʻlsa mumkin. Alloh har bir narsani kuzatib turguvchi Zotdir.

  53. 53

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَدْخُلُوا۟ بُيُوتَ ٱلنَّبِىِّ إِلَّآ أَن يُؤْذَنَ لَكُمْ إِلَىٰ طَعَامٍ غَيْرَ نَٰظِرِينَ إِنَىٰهُ وَلَٰكِنْ إِذَا دُعِيتُمْ فَٱدْخُلُوا۟ فَإِذَا طَعِمْتُمْ فَٱنتَشِرُوا۟ وَلَا مُسْتَـْٔنِسِينَ لِحَدِيثٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمْ كَانَ يُؤْذِى ٱلنَّبِىَّ فَيَسْتَحْىِۦ مِنكُمْ ۖ وَٱللَّهُ لَا يَسْتَحْىِۦ مِنَ ٱلْحَقِّ ۚ وَإِذَا سَأَلْتُمُوهُنَّ مَتَٰعًۭا فَسْـَٔلُوهُنَّ مِن وَرَآءِ حِجَابٍۢ ۚ ذَٰلِكُمْ أَطْهَرُ لِقُلُوبِكُمْ وَقُلُوبِهِنَّ ۚ وَمَا كَانَ لَكُمْ أَن تُؤْذُوا۟ رَسُولَ ٱللَّهِ وَلَآ أَن تَنكِحُوٓا۟ أَزْوَٰجَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦٓ أَبَدًا ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمْ كَانَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمًا

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tadkhuloo bu yootan Nabiyyi ilaaa ai yu'zana lakum ilaa ta'aamin ghaira naazireena inaahu wa laakin izaa du'eetum fadkhuloo fa izaa ta'imtum fantashiroo wa laa mustaaniseena lihadees; inna zaalikum kaana yu'zin Nabiyya fa yastahyee minkum wallaahu laa yastahyee minal haqq; wa izaa sa altumoohunna mataa'an fas'aloohunna minw waraaa'i hijaab; zaalikum atharu liquloobikum wa quloobihinn; wa maa kaana lakum an tu'zoo Rasoolal laahi wa laaa an tankihooo azwaajahoo mim ba'diheee abadaa; inna zaalikum kaana 'indal laahi 'azeema

    Ey, iymon keltirganlar! Nabiyning uylariga kirmang. Magar, taomga izn berilganida, uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan boʻlib (kiring). Lekin chaqirilsangiz, kiring-da, taomni yeb boʻlishingiz bilan tarqalib keting, gapga berilib, (qolib) ketmang. Albatta, bunday qilishingiz Nabiyga ozor berur. U esa, sizlardan hayo qilardi. Alloh haq(ni aytish)dan hayo qilmaydir. Qachonki ulardan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻrang. Shunday qilmogʻingiz oʻz qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir. Siz uchun Rasulullohga ozor berish va undan keyin uning juftlarini nikohingizga olishingiz hech qachon mumkin emas. Albatta, bunday qilmogʻingiz Allohning nazdida katta(gunoh)dir. [24]

    [24] (Yaʼni, taom uchun sizga izn berilganida, kirishingiz bilan taomni yeb qaytib chiqib keting. Paygʻambar alayhissalotu vassalomning ayollaridan biror narsani soʻrasangiz, oldilariga kirib emas, parda ortida turib soʻrang. Paygʻambar alayhissalotu vassalomga ozor bermogʻingiz, u zotning xotinlariga u kishidan keyin uylanmogʻingiz katta gunohdir.)

  54. 54

    إِن تُبْدُوا۟ شَيْـًٔا أَوْ تُخْفُوهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًۭا

    In tubdoo shai'an aw tukhfoohu fa innal laaha kaana bikulli shai'in 'Aleemaa

    Gar bir narsani oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, albatta, Alloh barcha narsani oʻta bilguvchi Zotdir. [25]

    [25] (Jumladan, kim Paygʻambar alayhissalotu vassalomdan keyin u zotning ayollariga uylanaman deb oʻylab yuribdi, kim bu haqda gapirib yuribdi, hammasini yaxshi biladi.)

  55. 55

    لَّا جُنَاحَ عَلَيْهِنَّ فِىٓ ءَابَآئِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآئِهِنَّ وَلَآ إِخْوَٰنِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآءِ إِخْوَٰنِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآءِ أَخَوَٰتِهِنَّ وَلَا نِسَآئِهِنَّ وَلَا مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُنَّ ۗ وَٱتَّقِينَ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدًا

    Laa junaaha 'alaihinna feee aabaaa'ihinna wa laaa abnaaa'ihinna wa laaa ikhwaanihinnna wa laaa abnaaa'i ikhwaanihinna wa laaa abnaaa'i akhawaatihinna wa laa nisaaa'i hinna wa laa Maa malakat aimaanuhunn; wattaqeenal laah; innal laaha kaana 'alaa kulli shai'in Shaheedaa

    Ularga oʻz otalari, oʻgʻillari, aka-ukalari, aka-ukalarining oʻgʻillari, opa-singillarning oʻgʻillari, oʻz ayollari va qoʻllari ostida mulk boʻlgan(qul)lari haqida gunoh yoʻqdir. (Ey, Paygʻambar ayollari,) Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh har bir narsaga shohid Zotdir. [26]

    [26] (Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxslar onalarimiz bilan parda-hijobsiz muomala qilaverishlari mumkin.)

  56. 56

    إِنَّ ٱللَّهَ وَمَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ ۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ صَلُّوا۟ عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًا

    Innal laaha wa malaaa'i katahoo yusalloona 'alan Nabiyy; yaaa aiyuhal lazeena aamanoo salloo 'alaihi wa sallimoo tasleemaa

    Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring. [27]

    [27] (Arab tilida «salovot» soʻzi «salot»ning jami boʻlib, duo maʼnosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo maʼnosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan boʻlganida «duo» maʼnosini yoʻqotadi. Alloh taoloning Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga salovot aytishining maʼnosi u zot alayhissalotu vassalomga oʻz rahmatini yuborishi, ulugʻlashi, maqomlarini koʻrsatishi va farishtalar huzurida shaʼnlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)

  57. 57

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ وَأَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًۭا مُّهِينًۭا

    Innal lazeena yu'zoonal laaha wa Rasoolahoo la'anahumul laahu fid dunyaa wal Aakhirati wa a'adda lahum 'azaabam muheenaa

    Albatta, Allohga va Uning Rasuliga ozor beradiganlarni Alloh bu dunyo va oxiratda laʼnatladi hamda ularga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻydi. [28]

    [28] (Allohga ozor berish — Allohga shirk keltirish, unga osiy boʻlish, Uni Oʻziga mos boʻlmagan sifatlar bilan sifatlash, dinga, paygʻambarlariga, kitoblariga til tekkizish. Paygʻambar alayhissalotu vassalomga ozor berish, oʻsha vaqtda u zotga qarshi chiqish, jismoniy va maʼnaviy zarba berish, shaxslariga, oilalari va ummatlariga nisbatan yomonlik qilish, igʻvo, boʻhton qilishdan iboratdir. Hozirda ham xuddi shunday: kim u kishining shaxslariga, dinlariga, shariatlariga, oilalariga, kitoblariga, sunnatlariga, ummatlariga til tekkizsa, u zot alayhissalotu vassalomga ozor bergan boʻladi.)

  58. 58

    وَٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ بِغَيْرِ مَا ٱكْتَسَبُوا۟ فَقَدِ ٱحْتَمَلُوا۟ بُهْتَٰنًۭا وَإِثْمًۭا مُّبِينًۭا

    Wallazeena yu'zoonal mu'mineena almu'manaati bighairi mak tasaboo faqadih tamaloo buhtaananw wa ismam mubeenaa

    Moʻmin va moʻminalarga, ular biror narsa qilmasalar ham, ozor beradiganlar, batahqiq, oʻz ustlariga ochiq boʻhton va gunohni olibdilar.

  59. 59

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّأَزْوَٰجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَآءِ ٱلْمُؤْمِنِينَ يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِن جَلَٰبِيبِهِنَّ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن يُعْرَفْنَ فَلَا يُؤْذَيْنَ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Yaaa aiyuhan Nabiyyu qul li azwaajika wa banaatika wa nisaaa'il mu'mineena yudneena 'alaihinna min jalaabee bihinn; zaalika adnaaa ai yu'rafna falaa yu'zain; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheemaa

    Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va moʻminlarning ayollariga ayt: jilboblarini oʻzlariga yaqin qilsinlar. Ana oʻsha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh oʻta magʻfiratli va rahimli Zotdir.

  60. 60

    ۞ لَّئِن لَّمْ يَنتَهِ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ وَٱلْمُرْجِفُونَ فِى ٱلْمَدِينَةِ لَنُغْرِيَنَّكَ بِهِمْ ثُمَّ لَا يُجَاوِرُونَكَ فِيهَآ إِلَّا قَلِيلًۭا

    La'il lam yantahil munaafiqoona wallazeena fee quloobihim maradunw walmur jifoona fil madeenati lanughri yannaka bihim summa laa yujaawiroonaka feehaaa illaa qaleela

    Qasamki, agar munofiqlar, qalblarida marazi borlar va Madinada mish-mish tarqatuvchilar toʻxtamasalar, seni ularga qarshi qoʻzgʻaturmiz. Soʻngra ular u(Madina)da senga ozginadan boshqa qoʻshni boʻla olmaslar.

  61. 61

    مَّلْعُونِينَ ۖ أَيْنَمَا ثُقِفُوٓا۟ أُخِذُوا۟ وَقُتِّلُوا۟ تَقْتِيلًۭا

    Mal'ooneena ainamaa suqifoo ukhizoo wa quttiloo taqteelaa

    Laʼnatlangan hollarida, qayerda topilsalar, tutilurlar va oʻldirib tashlanurlar.

  62. 62

    سُنَّةَ ٱللَّهِ فِى ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلُ ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًۭا

    Sunnatal laahi fil lazeena khalaw min qablu wa lan tajida lisunnatil laahi tabdeelaa

    Ilgari oʻtganlar haqida Alloh tutgan yoʻl ham shudir. Allohning yoʻliga hech badal topa olmassan. [29]

    [29] (Alloh taolo moʻminlarga ozor beruvchi munofiq, qalbida marazi bor va mish-mish tarqatuvchilarga qattiq chora koʻrgan. Ularga oʻxshaganlarga nisbatan Allohning qadimdan tutib kelgan yoʻli shudir. Bu yoʻlning oʻrniga boshqa bir yoʻlni topa olmassan.)

  63. 63

    يَسْـَٔلُكَ ٱلنَّاسُ عَنِ ٱلسَّاعَةِ ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ تَكُونُ قَرِيبًا

    Yas'alukan naasu 'anis Saa'ati qul innamaa 'ilmuhaa 'indal laah; wa maa yudreeka la'allas Saa'ata takoonu qareebaa

    Odamlar sendan soat (qiyomat) haqida soʻrarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir», deb ayt. Nedan bilursan, ehtimol, oʻsha soat yaqindir.

  64. 64

    إِنَّ ٱللَّهَ لَعَنَ ٱلْكَٰفِرِينَ وَأَعَدَّ لَهُمْ سَعِيرًا

    Innal laaha la'anal kaafireena wa a'adda lahum sa'eeraa

    Albatta, Alloh kofirlarni laʼnatladi va ularga doʻzaxni tayyorlab qoʻydi.

  65. 65

    خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ لَّا يَجِدُونَ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًۭا

    Khaalideena feehaaa abadaa, laa yajidoona waliyyanw wa laa naseeraa

    Ular unda abadiy bardavom qolurlar. Na bir doʻst va na bir yordamchi topa olmaslar.

  66. 66

    يَوْمَ تُقَلَّبُ وُجُوهُهُمْ فِى ٱلنَّارِ يَقُولُونَ يَٰلَيْتَنَآ أَطَعْنَا ٱللَّهَ وَأَطَعْنَا ٱلرَّسُولَا۠

    Yawma tuqallabu wujoohuhum fin Naari yaqooloona yaa laitanaaa ata'nal laaha wa ata'nar Rasoolaa

    Yuzlari olov ichida aylantirilayotgan kunda ular: «Eh, koshki, Allohga itoat qilsak edi, Rasuliga itoat qilsak edi», derlar.

  67. 67

    وَقَالُوا۟ رَبَّنَآ إِنَّآ أَطَعْنَا سَادَتَنَا وَكُبَرَآءَنَا فَأَضَلُّونَا ٱلسَّبِيلَا۠

    Wa qaaloo Rabbanaaa innaaa ata'naa saadatanaa wa kubaraaa'anaa fa adalloonas sabeelaa

    Va: «Ey Robbimiz, albatta, biz boshliqlarimizga va kattalarimizga itoat qildik. Bas, ular bizni yoʻldan ozdirdilar.

  68. 68

    رَبَّنَآ ءَاتِهِمْ ضِعْفَيْنِ مِنَ ٱلْعَذَابِ وَٱلْعَنْهُمْ لَعْنًۭا كَبِيرًۭا

    Rabbanaaa aatihim di'fai ni minal 'azaabi wal'anhum la nan kabeera

    Ey Robbimiz, sen ularga azobdan ikki hissa bergin va ularni katta laʼnatlash ila laʼnatlagin!» dedilar.

  69. 69

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ ءَاذَوْا۟ مُوسَىٰ فَبَرَّأَهُ ٱللَّهُ مِمَّا قَالُوا۟ ۚ وَكَانَ عِندَ ٱللَّهِ وَجِيهًۭا

    yaa aiyuhal lazeena aamanoo las takoonoo kalla zeena aazaw Moosaa fa barra ahul laahu mimmmaa qaaloo; wa kaana 'indal laahi wajeehaa

    Ey, iymon keltirganlar! Musoga ozor berganlar kabi boʻlmanglar. Bas, Alloh uni ular aytgan narsadan pokladi. Va u Allohning nazdida obroʻli edi. [30]

    [30] (Bani isroilliklar Muso alayhissalomga turli ozorlar berganlar. Jumladan, jinsiy masalada ham u zotga ozor bergan edilar. Qorun, bir ayolga pul berib, Muso alayhissalomni borib zino qilishda ayblashga urinishni topshirgan. Sizlar ham Muhammad alayhissalotu vassalomga turli ozorlar bermanglar, xususan, oilaviy tarafdan turli mish-mishlar tarqatish bilan u zot alayhissalotu vassalomni ranjitmanglar. Boshlaringizga Bani Isroilning kuni tushib qolmasin.)

  70. 70

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَقُولُوا۟ قَوْلًۭا سَدِيدًۭا

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanut taqul laaha wa qooloo qawlan sadeedaa

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va toʻgʻri soʻz soʻzlanglar.

  71. 71

    يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَٰلَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ ۗ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا

    Yuslih lakum a'maalakum wa yaghfir lakum zunoobakum; wa mai yuti'il laaha wa Rasoolahoo faqad faaza fawzan 'azeemaa

    U zot sizning amallaringizni solih qiladir va gunohlaringizni magʻfirat qiladir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir.

  72. 72

    إِنَّا عَرَضْنَا ٱلْأَمَانَةَ عَلَى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱلْجِبَالِ فَأَبَيْنَ أَن يَحْمِلْنَهَا وَأَشْفَقْنَ مِنْهَا وَحَمَلَهَا ٱلْإِنسَٰنُ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ ظَلُومًۭا جَهُولًۭا

    Innaa 'aradnal amaanata 'alas samaawaati walardi wal jibaali fa abaina ai yahmil nahaa wa ashfaqna minhaa wa hamalahal insaanu innahoo kaana zalooman jahoolaa

    Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va togʻlarga taklif qildik. Bas, ular uni koʻtarishdan bosh tortdilar va undan qoʻrqdilar. Uni inson koʻtardi. Darhaqiqat, u oʻta zolim va oʻta johildir. [31]

    [31] (Bu omonat nima edi, degan savolga ulamolarimiz ushbu oyatdan va boshqa manbalardan kelib chiqib: «Shariat takliflari va Allohning farzlari», deb javob beradilar. Darhaqiqat, inson jinsi (hamma emas, albatta) oʻta zolimdir. Oʻziga yuklatilgan va oʻzi qabul qilgan omonatga muvofiq ish yuritmasdan oʻziga oʻzi zulm qiladi. Inson jinsi oʻta johildir, shuning uchun oʻzi rozi boʻlib, qabul qilib olgan omonatning ulkanligini bilmasdan, unga xiyonat qiladi.)

  73. 73

    لِّيُعَذِّبَ ٱللَّهُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتِ وَٱلْمُشْرِكِينَ وَٱلْمُشْرِكَٰتِ وَيَتُوبَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۢا

    Liyu 'azzibal laahul munaafiqeena wal munaafiqaati walmushrikeena wal mushrikaati wa yatoobal laahu 'alal mu'mineena walmu'minaat; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheema

    Alloh munofiqlar va munofiqalarni, mushriklar va mushrikalarni azoblashi uchun hamda moʻmin va moʻminalarning tavbalarini qabul etishi uchundir. Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir. [32]

    [32] (Yaʼni, mazkur omonatning insonga taklif qilinishidan maqsad insonlar orasidan munofiq va mushriklarni ajratib olib azoblash va moʻminlarni ajratib olib, ularning tavbasini qabul qilib mukofotlashdir.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com