Sura 28

Qasas

القَصَصِ

Al-Qasas · Makkiy · 88 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    طسٓمٓ

    Taa-Seeen-Meeem

    To. Siyn. Miym.

  2. 2

    تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ

    Tilka Aayaatul Kitaabil mubeen

    Ushbular ochiq-oydin kitob oyatlaridir.

  3. 3

    نَتْلُوا۟ عَلَيْكَ مِن نَّبَإِ مُوسَىٰ وَفِرْعَوْنَ بِٱلْحَقِّ لِقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Natloo 'alaika min naba-i Moosaa wa Fi'awna bilhaqqi liqawminy yu'miinoon

    Iymon keltiradigan qavm uchun senga Muso va Firʼavnning xabaridan haq ila tilovat qilib beramiz.

  4. 4

    إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَجَعَلَ أَهْلَهَا شِيَعًۭا يَسْتَضْعِفُ طَآئِفَةًۭ مِّنْهُمْ يُذَبِّحُ أَبْنَآءَهُمْ وَيَسْتَحْىِۦ نِسَآءَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Inna Fir'awna 'alaa fil ardi wa ja'ala ahlahaa shiya'ai yastad'ifu taaa'ifatam minhum yuzabbihu abnaaa'ahum wa yastahyee nisaaa'ahum; innahoo kaana minal mufsideen

    Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketdi. U oʻsha(yer)ning aholisini boʻlib tashladi. Ulardan bir toifasini ezar, oʻgʻillarini soʻyib, qizlarini tirik qoldirardi. Albatta, u buzgʻunchilardan boʻlgan edi. [1]

    [1] (Ushbu oyati karimadagi: «Albatta, Firʼavn Yer yuzida baland ketdi», degani Firʼavn butun Yer yuziga hokim boʻlgan ekan, degan maʼnoni emas, balki Misr yerida «baland ketdi» — takabburlik qildi, tugʻyonga ketdi, haddan oshdi, kabi maʼnolarni beradi. Oʻzi hokim boʻlgan yer aholisini boʻlib tashlash har bir firʼavnning odati.)

  5. 5

    وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةًۭ وَنَجْعَلَهُمُ ٱلْوَٰرِثِينَ

    Wa nureedu an namunna 'alal lazeenas tud'ifoo fil ardi wa naj'alahum a'immatanw wa naj'alahumul waariseen

    Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat neʼmat berishni, ularni peshvo qilishni, ularni vorislar qilishni va yer yuzida ularga imkonlar berishni

  6. 6

    وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَنُرِىَ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَحْذَرُونَ

    Wa numakkina lahum fil ardi wa nuriya Fir'awna wa Haamaana wa junoodahumaa minhum maa kaanoo yahzaroon

    Firʼavn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qoʻrqqan narsalarini koʻrsatishni istaymiz.

  7. 7

    وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ أُمِّ مُوسَىٰٓ أَنْ أَرْضِعِيهِ ۖ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِى ٱلْيَمِّ وَلَا تَخَافِى وَلَا تَحْزَنِىٓ ۖ إِنَّا رَآدُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Wa awhainaaa ilaaa ummi Moosaaa an ardi'eehi faizaa khifti 'alaihi fa alqeehi filyammi wa laa takhaafee wa laa tahzaneee innaa raaaddoohu ilaiki wa jaa'iloohu minal mursaleen

    Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qoʻrqqan chogʻingda uni daryoga tashla, qoʻrqma, xafa boʻlma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Paygʻambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik. [2]

    [2] (Arab tilshunos olimlari bu oyati karimani Qurʼoni Karimning yuksak darajadagi balogʻat va fasohatiga misol sifatida keltiradilar. Alloh taolo birgina oyatda ikkita buyruq — «emizaver» va «daryoga tashla», ikkita qaytarish — «qoʻrqma», «xafa boʻlma», ikkita bashorat — «uni senga qaytaramiz» va «paygʻambarlardan qilguvchimiz» juftliklarini ishlatgandir. Onalari koʻngillariga Alloh taolo ilhom etgan buyruqni bajardilar. Goʻdakni sandiqqa solib, daryoga oqizib yubordilar.)

  8. 8

    فَٱلْتَقَطَهُۥٓ ءَالُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّۭا وَحَزَنًا ۗ إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا۟ خَٰطِـِٔينَ

    Faltaqatahooo Aalu Fir'awna li yakoona lahum 'aduwwanw wa hazanaa; inna Fir'awna wa Haamaana wa junooda humaa kaanoo khaati'een

    Bas, Firʼavn oilasi uni oʻzlariga dushman va gʻam-gʻussa boʻlishi uchun tutib oldilar. Albatta, Firʼavn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan boʻlgan edilar.

  9. 9

    وَقَالَتِ ٱمْرَأَتُ فِرْعَوْنَ قُرَّتُ عَيْنٍۢ لِّى وَلَكَ ۖ لَا تَقْتُلُوهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًۭا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Wa qaalatim ra atu Fir'awna qurratu 'aynil lee wa lak; laa taqtuloohu 'asaaa aiyanfa'anaa aw nattakhizahoo waladanw wa hum laa yash'uroon

    Firʼavnning xotini: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham koʻz quvonchidir. Uni oʻldirmanglar. Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Holbuki, ular sezmasdilar.

  10. 10

    وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَٰرِغًا ۖ إِن كَادَتْ لَتُبْدِى بِهِۦ لَوْلَآ أَن رَّبَطْنَا عَلَىٰ قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa asbaha fu'aadu ummi Moosaa faarighan in kaadat latubdee bihee law laaa arrabatnaa 'alaa qalbihaa litakoona minal mu'mineen

    Musoning onasining qalbi boʻshab qoldi. Moʻminlardan boʻlishi uchun qalbini mustahkam bogʻlamaganimizda, uni bildirib qoʻyishiga sal qoldi.

  11. 11

    وَقَالَتْ لِأُخْتِهِۦ قُصِّيهِ ۖ فَبَصُرَتْ بِهِۦ عَن جُنُبٍۢ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Wa qaalat li ukhtihee qusseehi fabasurat bihee 'an junubinw wahum laa yash'uroon

    U(ona) u(Muso)ning opasiga: «Izidan bor», dedi. Bas, uni bir chetdan koʻrdi. Holbuki, ular sezmasdilar.

  12. 12

    ۞ وَحَرَّمْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَرَاضِعَ مِن قَبْلُ فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰٓ أَهْلِ بَيْتٍۢ يَكْفُلُونَهُۥ لَكُمْ وَهُمْ لَهُۥ نَٰصِحُونَ

    Wa harramnaa 'alaihil maraadi'a min qablu faqaalat hal adullukum 'alaaa ahli baitiny yakfuloonahoo lakum wa hum lahoo naasihoon

    Va bundan oldin unga emizguvchilarni harom qilgan edik. Bas, (opasi): «Men sizlarga uni siz uchun kafillikka oladigan va unga nasihatgoʻy boʻlguvchi ahli baytni aytib beraymi?» dedi.

  13. 13

    فَرَدَدْنَٰهُ إِلَىٰٓ أُمِّهِۦ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Faradadnaahu ilaa ummihee kai taqarra 'ainuhaa wa laa tahzana wa lita'lama anna wa'dal laahi haqqunw wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon

    Bas, Biz uni onasiga koʻzi quvonchga toʻlishi, xafa boʻlmasligi va, albatta, Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin koʻplari buni bilmaslar. [3]

    [3] (Alloh taolo Oʻzining hikmatli tadbiri ila Muso alayhissalomni onalariga qaytarib berdi. Oyatda taʼkidlanishicha, bundan quyidagi uchta maqsad koʻzlangan edi: Muso alayhissalom ila onalarining koʻzlari quvonishi. Onaning oʻgʻli Muso alayhissalom firoqi ila xafa boʻlmasligi. Muso alayhissalomning onalari Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishlari. Chunki avval Alloh taolo u ayolga, Biz uni senga qaytarguvchimiz, deb vaʼda bergan edi. Ana oʻsha vaʼdasini haq ila amalga oshirdi. Ha, Alloh taolo nimani vaʼda qilsa, uni albatta bajaradi. Shunday qilib, Muso alayhissalom oilalaridan ayrilmagan holda Firʼavnning qasrida tarbiya topa boshladilar.)

  14. 14

    وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَٱسْتَوَىٰٓ ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Wa lammaa balagha ashuddahoo wastawaaa aatai naahu hukmanw wa 'ilmaa; wa kazaalika najzil muhsineen

    Qachonki u voyaga yetib, mukammal boʻlganida, unga hikmat va ilmni berdik. Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz. [4]

    [4] (Biz «voyaga yetib» deb tarjima qilgan «balagʻa ashudda» iborasini arablar jismoniy jihatdan voyaga yetish, «mukammal boʻlganida» deb oʻgirgan «istavo» soʻzini aqliy jihatdan kamolga yetish, deb tushunadilar. Hazrati Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Voyaga yetish oʻn sakkizdan oʻttiz yoshgacha, mukammal boʻlish oʻttizdan qirqqacha», degan ekanlar.)

  15. 15

    وَدَخَلَ ٱلْمَدِينَةَ عَلَىٰ حِينِ غَفْلَةٍۢ مِّنْ أَهْلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيْنِ يَقْتَتِلَانِ هَٰذَا مِن شِيعَتِهِۦ وَهَٰذَا مِنْ عَدُوِّهِۦ ۖ فَٱسْتَغَٰثَهُ ٱلَّذِى مِن شِيعَتِهِۦ عَلَى ٱلَّذِى مِنْ عَدُوِّهِۦ فَوَكَزَهُۥ مُوسَىٰ فَقَضَىٰ عَلَيْهِ ۖ قَالَ هَٰذَا مِنْ عَمَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۖ إِنَّهُۥ عَدُوٌّۭ مُّضِلٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Wa dakhalal madeenata 'alaa heene ghaflatim min ahlihaa fawajada feeha raju laini yaqtatilaani haazaa min shee'atihee wa haaza min 'aduwwihee fastaghaasahul lazee min shee'atihee 'alal lazee min 'aduwwihee fawakazahoo Moosaa faqadaa 'alaihi qaala haaza min 'amalish Shaitaani innahoo 'aduwwum mmudillum mubeen

    Va u shaharga uning aholisi gʻaflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini koʻrdi. Bunisi oʻz guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, oʻz guruhidan boʻlgan dushman boʻlganga qarshi undan yordam soʻradi. Shunda Muso uni bir musht urib oʻldirib qoʻydi. U(Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yoʻldan ozdirguvchidir», dedi. [5]

    [5] (Shahar aholisi gʻaflatda boʻladigan payt, tush vaqtidir. Issiq yurtlarda, jumladan, Misrda ham tush payti shahar va qishloq aholisi kunduzgi uyquda boʻladilar. Muso alayhissalom biri oʻz qavmi — Bani Isroildan, ikkinchisi dushman — Firʼavn qavmidan boʻlgan ikki kishining urishayotganini koʻrdilar. Bani isroillik kishi Muso alayhissalomdan qibtiyga qarshi yordam soʻrar edi. «Shunda Muso uni bir musht urib oʻldirib qoʻydi». Muso alayhissalom qibtiyni umuman oʻldirmoqchi emas edilar. Uning oʻlib qolganini koʻrib qattiq afsuslandilar.)

  16. 16

    قَالَ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى فَٱغْفِرْ لِى فَغَفَرَ لَهُۥٓ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    Qaala Rabbi innee zalamtu nafsee faghfir lee faghafaralah; innahoo Huwal Ghafoorur Raheem

    U: «Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qildim. Bas, meni magʻfirat qil», dedi. Shunda U zot uni magʻfirat qildi. Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi, mehribondir.

  17. 17

    قَالَ رَبِّ بِمَآ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ فَلَنْ أَكُونَ ظَهِيرًۭا لِّلْمُجْرِمِينَ

    Qaala Rabbi bimaaa an'amta 'alaiya falan akoona zaheeral lilmujrimeen

    U: «Ey Robbim, menga bergan neʼmating haqqi-hurmati, hargiz, jinoyatchilarga yordamchi boʻlmasman», dedi.

  18. 18

    فَأَصْبَحَ فِى ٱلْمَدِينَةِ خَآئِفًۭا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا ٱلَّذِى ٱسْتَنصَرَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَسْتَصْرِخُهُۥ ۚ قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰٓ إِنَّكَ لَغَوِىٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Fa asbaha fil madeenati khaaa'ifany yataraqqabu fa izal lazis tansarahoo bil amsi yastasrikhuh; qaala lahoo moosaaa innaka laghawiyyum mubeen

    Bas, u ertalab shaharda qoʻrqqan holida, alanglab ketayotgan edi, birdan, kecha undan yordam soʻragan yana yordam soʻrab qichqirib qoldi. Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi.

  19. 19

    فَلَمَّآ أَنْ أَرَادَ أَن يَبْطِشَ بِٱلَّذِى هُوَ عَدُوٌّۭ لَّهُمَا قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ أَتُرِيدُ أَن تَقْتُلَنِى كَمَا قَتَلْتَ نَفْسًۢا بِٱلْأَمْسِ ۖ إِن تُرِيدُ إِلَّآ أَن تَكُونَ جَبَّارًۭا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا تُرِيدُ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلْمُصْلِحِينَ

    Falammaaa an araada ai yabtisha billazee huwa 'aduwwul lahumaa qaala yaa Moosaaa atureedu an taqtulanee kamaa qatalta nafsam bil amsi in tureedu illaaa an takoona jabbaaram fil ardi wa maa tureedu an takoona minal musliheen

    Qachonki ikkovlariga dushman boʻlganni tutmoqchi boʻlgan edi, u: «Ey Muso, kecha bir jonni oʻldirganing kabi, meni oʻldirmoqchimisan?! Sen yer yuzida faqat jabbor boʻlishni istarsan va isloh qilguvchilardan boʻlishni istamassan», dedi.

  20. 20

    وَجَآءَ رَجُلٌۭ مِّنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ يَسْعَىٰ قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّ ٱلْمَلَأَ يَأْتَمِرُونَ بِكَ لِيَقْتُلُوكَ فَٱخْرُجْ إِنِّى لَكَ مِنَ ٱلنَّٰصِحِينَ

    Wa jaaa'a rajulum min aqsal madeenati yas'aa qaala yaa Moosaaa innal mala a yaa tamiroona bika liyaqtulooka fakhruj innee laka minan naasiheen

    Va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: «Ey Muso, aniqki, aʼyonlar seni oʻldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, chiqib ket! Albatta, men senga nasihat qilguvchilardanman», dedi.

  21. 21

    فَخَرَجَ مِنْهَا خَآئِفًۭا يَتَرَقَّبُ ۖ قَالَ رَبِّ نَجِّنِى مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Fakharaja minhaa khaaa 'ifany-yataraqqab; qaala Rabbi najjinee minal qawmiz zaalimeen

    Bas, xavfsirab, alanglagan holda u yerdan: «Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin», deb chiqdi.

  22. 22

    وَلَمَّا تَوَجَّهَ تِلْقَآءَ مَدْيَنَ قَالَ عَسَىٰ رَبِّىٓ أَن يَهْدِيَنِى سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ

    Wa lammaa tawajjaha tilqaaa'a Madyana qaala 'asaa Rabbeee ai yahdiyanee Sawaaa'as Sabeel

    Qachonki Madyan tomon yuzlanganida: «Shoyadki, Robbim meni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa», dedi.

  23. 23

    وَلَمَّا وَرَدَ مَآءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةًۭ مِّنَ ٱلنَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِن دُونِهِمُ ٱمْرَأَتَيْنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسْقِى حَتَّىٰ يُصْدِرَ ٱلرِّعَآءُ ۖ وَأَبُونَا شَيْخٌۭ كَبِيرٌۭ

    Wa lammaa warada maaa'a Madyana wajada 'alaihi ummatam minannaasi yasqoona wa wajada min doonihimum ra ataini tazoodaani qaala maa khatubkumaa qaalataa laa nasqee hataa yusdirar ri'aaa'u wa aboonaa shaikhun kabeer

    Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir toʻp odamlarning hayvonlarini sugʻorayotganini koʻrdi va ulardan boshqa (qoʻylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni koʻrdi. U: «Sizlarga ne boʻldi?» dedi. Ular: «Choʻponlar qaytmagunlaricha sugʻora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar.

  24. 24

    فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰٓ إِلَى ٱلظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّى لِمَآ أَنزَلْتَ إِلَىَّ مِنْ خَيْرٍۢ فَقِيرٌۭ

    Fasaqaa lahumaa summa tawallaaa ilaz zilli faqaala Rabbi innee limaaa anzalta ilaiya min khairin faqeer

    Bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sugʻorib berdi. Soʻngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi. [6]

    [6] (Muso alayhissalom haligi ikki ayolning hayvonlarini sugʻorib berdilar. Buni oʻzlarining erkak kishilik burchi, deb bildilar. Demak, kun issiq ekan. Avval ham soyada oʻtirgan edilar. Lekin qiynalayotgan ikki ayolni koʻrib, gʻoyatda charchagan, horib-tolgan, ochiqqan boʻlsalar ham, turib ularga yordam berdilar. Qaytib borib yana soyadan joy oldilar. Yana yolgʻiz qoldilar. Yana muhojirlik gʻurbatini his etdilar. Yolgʻizning yori xudo, deb yana Robbul Olamiynga iltijo qilib: «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedilar.)

  25. 25

    فَجَآءَتْهُ إِحْدَىٰهُمَا تَمْشِى عَلَى ٱسْتِحْيَآءٍۢ قَالَتْ إِنَّ أَبِى يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا ۚ فَلَمَّا جَآءَهُۥ وَقَصَّ عَلَيْهِ ٱلْقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفْ ۖ نَجَوْتَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Fajaaa'at hu ihdaahumaa tamshee 'alas tihyaaa'in qaalat inna abee yad'ooka li yajziyaka ajra maa saqaita lanaa; falammaa jaaa'ahoo wa qassa 'alaihil qasasa qaala laa takhaf najawta minal qawmiz zaalimeen

    Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sugʻorib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qoʻrqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi. [7]

    [7] (Qizlar otasiga hayvonlarini sugʻorib bergan gʻarib yigit haqida, uning mardligi, shijoatligi, yana oʻzi yolgʻiz soyada oʻtirib qolganligi haqida soʻzlab berishgan. Oʻshanda otalari qizlardan birini oʻsha gʻarib yigitni chaqirib kelish uchun yuboradi. Muso alayhissalom bu chaqiriqni qabul qilib, cholning oldiga boradilar. Muso alayhissalom uy egasiga boshlaridan oʻtgan qissani gapirib berdilar. Koʻpni koʻrgan tajribali chol u kishining koʻnglini koʻtarib, qoʻrqma, endi qutulib ketding, degan maʼnoni aytdi.)

  26. 26

    قَالَتْ إِحْدَىٰهُمَا يَٰٓأَبَتِ ٱسْتَـْٔجِرْهُ ۖ إِنَّ خَيْرَ مَنِ ٱسْتَـْٔجَرْتَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْأَمِينُ

    Qaalat ihdaahumaa yaaa abatis taajirhu inna khaira manistaajartal qawiyyul ameen

    Ikki(qiz)dan biri: «Ey otajon, uni ishga yollab ol. Chunki, ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi.

  27. 27

    قَالَ إِنِّىٓ أُرِيدُ أَنْ أُنكِحَكَ إِحْدَى ٱبْنَتَىَّ هَٰتَيْنِ عَلَىٰٓ أَن تَأْجُرَنِى ثَمَٰنِىَ حِجَجٍۢ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًۭا فَمِنْ عِندِكَ ۖ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Qaala innee ureedu an unkihaka ihdab nataiya haataini 'alaaa an taajuranee samaaniya hijaj; fa in atmamta 'ashran famin 'indika wa maaa ureedu an ashuqqa 'alaik; satajiduneee in shaaa'al laahu minas saaliheen

    U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar oʻn yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni koʻrasan», dedi.

  28. 28

    قَالَ ذَٰلِكَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ ۖ أَيَّمَا ٱلْأَجَلَيْنِ قَضَيْتُ فَلَا عُدْوَٰنَ عَلَىَّ ۖ وَٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌۭ

    Qaala zaalika bainee wa bainaka aiyamal ajalaini qadaitu falaa 'udwaana 'alaiya wallaahu 'alaa ma naqoolu Wakeel

    U(Muso): «Bu men bilan sening oramizdadir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham, menga tajovuz qilinmas. Aytayotgan narsamizga Alloh vakildir», dedi.

  29. 29

    ۞ فَلَمَّا قَضَىٰ مُوسَى ٱلْأَجَلَ وَسَارَ بِأَهْلِهِۦٓ ءَانَسَ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ نَارًۭا قَالَ لِأَهْلِهِ ٱمْكُثُوٓا۟ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًۭا لَّعَلِّىٓ ءَاتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ جَذْوَةٍۢ مِّنَ ٱلنَّارِ لَعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ

    Falammmaa qadaa Moosal ajala wa saara bi ahliheee aanasa min jaanibit Toori naaran qaala li ahlihim kusooo inneee aanastu naaral la 'alleee aateekum minhaa bikhabarin aw jazwatim minan naari la 'allakum tastaloon

    Muso muddatni tugatib, ahli bilan yoʻlga tushib ketayotib, Tur tomonda uzoqdan olovni koʻrib qoldi. U ahliga: «Turib turinglar, aniqki, men uzoqdan olovni koʻrdim. Balki, u yerdan sizga biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam choʻgʻ olib kelarman», dedi. [8]

    [8] (Muso alayhissalom qayinotasi bilan kelishgan muddatni oʻtab, ahli ayollarini olib Misrga qaytish uchun yoʻlga chiqdilar. Yoʻlda, Siyna yarim orolidagi Tur togʻiga yaqinlashganda, togʻ tomonda uzoqdan bir olov yonib turganini koʻrdilar.)

  30. 30

    فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِىَ مِن شَٰطِئِ ٱلْوَادِ ٱلْأَيْمَنِ فِى ٱلْبُقْعَةِ ٱلْمُبَٰرَكَةِ مِنَ ٱلشَّجَرَةِ أَن يَٰمُوسَىٰٓ إِنِّىٓ أَنَا ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Falammaaa ataahaa noodiya min shaati'il waadil aimani fil buq'atil muubaarakati minash shajarati ai yaa Moosaaa inneee Anal laahu Rabbul 'aalameen

    Bas, qachonki uning oldiga yetib kelganida, vodiyning oʻng tomonidan, muborak joydan, daraxtdan unga: «Ey Muso, albatta, Men, Oʻzim olamlarning Robbi Allohdirman.

  31. 31

    وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّۭ وَلَّىٰ مُدْبِرًۭا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَٰمُوسَىٰٓ أَقْبِلْ وَلَا تَخَفْ ۖ إِنَّكَ مِنَ ٱلْءَامِنِينَ

    Wa an alqi 'asaaka falam maa ra aahaa tahtazzu ka annnahaa jaaannunw wallaa mudbiranw wa lam yu'aqqib; yaa Moosaa aqbil wa laa takhaf innaka minal aamineen

    Va asoingni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini koʻrgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qoʻrqma, albatta, sen omonlikdagilardansan. [9]

    [9] (Bu hol haqiqatda ajoyib edi. Bepoyon sahrodagi togʻning oʻng tomonida, muborak bir joyda Alloh taolo farishtani ham oʻrtaga qoʻymay, Muso alayhissalomga bevosita Oʻzi nido qilmoqda. Bu joy haqiqatda ham muborak bir joy edi. Bu payt, shubhasiz, muborak bir payt edi. Bu nido haqiqatda ham muborak bir nido edi.)

  32. 32

    ٱسْلُكْ يَدَكَ فِى جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍۢ وَٱضْمُمْ إِلَيْكَ جَنَاحَكَ مِنَ ٱلرَّهْبِ ۖ فَذَٰنِكَ بُرْهَٰنَانِ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    Usluk yadaka fee jaibika takhruj baidaaa'a min ghairi sooo'inw wadmum ilaika janaahaka minar rahbi fazaanika burhaanaani mir Rabbika ilaa Fiw'awna wa mala'ih; innahum kaanoo qawman faasiqeen

    Qoʻlingni yoqangdan (qoʻltigʻingga) suq, biron nuqsonsiz oppoq boʻlib chiqur va qoʻrquvdan qanot(qoʻl)ingni oʻzingga tortib ol. Bas, shu ikkisi Robbingdan Firʼavn va uning odamlariga ikki hujjatdir. Albatta, ular fosiq qavm boʻldilar», (deyildi).

  33. 33

    قَالَ رَبِّ إِنِّى قَتَلْتُ مِنْهُمْ نَفْسًۭا فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ

    Qaala Rabbi innee qataltu minhum nafsan fa akhaafu ai yaqtuloon

    U: «Ey Robbim, men ulardan bir jonni oʻldirganman, ular meni oʻldirishlaridan qoʻrqaman.

  34. 34

    وَأَخِى هَٰرُونُ هُوَ أَفْصَحُ مِنِّى لِسَانًۭا فَأَرْسِلْهُ مَعِىَ رِدْءًۭا يُصَدِّقُنِىٓ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ

    Wa akhee Haaroonu huwa afsahu minnee lisaanan fa arsilhu ma'iya rid ai yusaddiquneee innee akhaafu ai yukazziboon

    Birodarim Horun mendan koʻra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydir. Zero, ular meni yolgʻonchi qilishlaridan qoʻrqurman», dedi. [10]

    [10] (Men ulardan bani isroillik bilan urishayotgan qibtiyni bilmasdan, noxosdan oʻldirib qoʻyganman. Firʼavn aʼyonlari meni oʻldirish uchun til biriktirayotganlarida qochib ketganman. Endi yana kirib borsam, ularning eski adovati qoʻzib meni oʻldirib qoʻysalar, diniy daʼvat ishi nima boʻladi, deb qoʻrqaman. Mening tilimda bir oz duduqlik bor, ogʻam Horun esa, tili burro odam. Kofirlar bilan tortishuvlarda ish beradi. Uni ham men bilan birga paygʻambar qilib yubor. U ham men bilan birga paygʻambar boʻlib, meni tasdiqlasin.)

  35. 35

    قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَٰنًۭا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا ۚ بِـَٔايَٰتِنَآ أَنتُمَا وَمَنِ ٱتَّبَعَكُمَا ٱلْغَٰلِبُونَ

    Qaala sanashuddu 'adudaka bi akheeka wa naj'alu lakumaa sultaanan falaa yasiloona ilaikumaa; bi Aayaatinaa antumaa wa manit taba'akumal ghaaliboon

    U zot: «Biz seni ogʻang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar gʻolibdirsiz», dedi. [11]

    [11] (Demak, Muso va Horun alayhimassalom hamda ularga ergashganlar gʻolib boʻlishlari turgan gap. Gʻalabaga erishish uchun Allohning oyatlari bilan harakat qilinsa, bas. Shunday harakat boʻldi ham.)

  36. 36

    فَلَمَّا جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا بَيِّنَٰتٍۢ قَالُوا۟ مَا هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّفْتَرًۭى وَمَا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ

    Falammaa jaaa'ahum Moosaa bi Aayaatinaa baiyinaatin qaaloo maa haazaaa illaa sihrum muftaranw wa maa sami'naa bihaazaa feee aabaaa'inal awwaleen

    Bas, qachonki Muso ularga ochiq-oydin oyatlarimiz ila kelganida, ular: «Bu uydirma sehrdan boshqa narsa emas. Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar. [12]

    [12] (Koʻzlariga koʻrinib turgan moʻjizani, koʻzboʻyamachilik, sehrdan oʻzga narsa emas, u uydirmadir, dedilar. Allohning Paygʻambariga qarshi, Allohning moʻjizalariga qarshi bunday gapni aytishga biror dalil-hujjatlari bormidi? Albatta, yoʻq edi. Ota-bobolaridan eshitmaganlari uchun Allohning Paygʻambarini yolgʻonchi qilib, moʻjizasani sehr deyishlari toʻgʻrimi?! Ularning ota-bobolari kim edi oʻzi? Dunyoning oxirigacha boʻladigan narsalarni koʻrsatib ketishganmi?!)

  37. 37

    وَقَالَ مُوسَىٰ رَبِّىٓ أَعْلَمُ بِمَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ مِنْ عِندِهِۦ وَمَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Wa qaala Moosaa Rabbeee a'alamu biman jaaa'a bilhudaa min 'indihee wa man takoonu lahoo 'aaqibatud daari innahoo laa yuflihuz zaalimoon

    Va Muso: «Robbim Oʻz huzuridan kim hidoyat keltirganini ham, oxirat diyori oqibati kimga boʻlishini ham yaxshi bilguvchi Zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi. [13]

    [13] (Kufr keltirib, Allohning Paygʻambarini inkor etib, Allohning oyat-moʻjizalarini sehr deb zulm qilganlar najot topmaslar.)

  38. 38

    وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَأُ مَا عَلِمْتُ لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرِى فَأَوْقِدْ لِى يَٰهَٰمَٰنُ عَلَى ٱلطِّينِ فَٱجْعَل لِّى صَرْحًۭا لَّعَلِّىٓ أَطَّلِعُ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّى لَأَظُنُّهُۥ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Wa qaala Fir'awnu yaaa aiyuhal mala-u maa 'alimtu lakum min ilaahin ghairee fa awqid lee yaa Haamaanu 'alatteeni faj'al lee sarhal la'alleee attali'u ilaaa ilaahi Moosaa wa innee la azunnuhoo minal kaazibeen

    Va Firʼavn: «Ey, aʼyonlar, men sizlarga oʻzimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey, Homon, loyga oʻt yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini koʻrsam. Albatta, men uni yolgʻonchilardan deb oʻylamoqdaman», dedi. [14]

    [14] (Xudolik daʼvosida boʻlgan ahmoq firʼavnlar oʻylamay, ogʻziga nima kelsa gapiraveradi. Vaziriga nimani xohlasa, buyuraveradi. Homon loyga oʻt yoqib gʻisht pishirib, oʻta baland qasr qurarmish, Firʼavn unga chiqib, osmonda Allohni koʻrar emish. Alloh osmonda sening chiqishingga qarab turadigan zotmidi?! Senga oʻxshagan iflos Allohning dargohiga bora olarmidi?! Osmon senga oʻxshash bandalar uchun Alloh taolo tomonidan yaratilgan bir narsa-ku, nima uchun Allohni osmon bilan chegaralab qoʻymoqchisan?! Ushbu savollar ham oʻzini xudo sanayotgan Firʼavning naqadar esi past ekanini tushunishga yordam beradi. Oʻsha esi past maxluq oʻzining ahmoqona gapi bilan Alloh yuborgan Paygʻambar Muso alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarmoqda.)

  39. 39

    وَٱسْتَكْبَرَ هُوَ وَجُنُودُهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ إِلَيْنَا لَا يُرْجَعُونَ

    Wastakbara huwa wa junooduhoo fil ardi bighairil haqqi wa zannooo annahum ilainaa laa yurja'oon

    U(Firʼavn) va uning askarlari yer yuzida nohaqdan takabburlik qildilar hamda oʻzlarini Bizga qaytarilmaslar deb gumon qildilar.

  40. 40

    فَأَخَذْنَٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Fa akhaznaahu wa junoo dahoo fanabaznaahum fil yammi fanzur kaifa kaana 'aaqibatuz zaalimeen

    Bas, Biz uni va uning askarlarini tutdik va dengizga otdik. Endi zolimlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar sol.

  41. 41

    وَجَعَلْنَٰهُمْ أَئِمَّةًۭ يَدْعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا يُنصَرُونَ

    Wa ja'alnaahum a'immatany yad'oona ilan Naari wa Yawmal Qiyaamati laa yunsaroon

    Va ularni doʻzaxga chaqiradigan peshvolar qildik. Qiyomat kuni esa, ularga yordam berilmas. [15]

    [15] (Axir, bu dunyodan nohaq takabburlik qilib, doʻzaxga daʼvat boʻyicha peshvolik bilan oʻtgan boʻlsalar, ularga qanday qilib yordam berilishi mumkin?)

  42. 42

    وَأَتْبَعْنَٰهُمْ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا لَعْنَةًۭ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ هُم مِّنَ ٱلْمَقْبُوحِينَ

    Wa atba'naahum fee haazihid dunyaa la'natanw wa Yawmal Qiyaamati hum minal maqbooheen

    Va bu dunyoda ularga laʼnatni ergashtirib qoʻydik. Qiyomat kuni esa, ular (rahmatdan) yiroq qilinganlardandir.

  43. 43

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ مِنۢ بَعْدِ مَآ أَهْلَكْنَا ٱلْقُرُونَ ٱلْأُولَىٰ بَصَآئِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Wa laqad aatainaa Moosal Kitaaba mim ba'di maaa ahlaknal quroonal oolaa basaaa'ira linnaasi wa hudanw wa rahmatal la'allahum yata zakkkaroon

    Batahqiq, Biz avvalgi asrlarni halok qilganimizdan soʻng Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat qilib kitobni berdik. Shoyadki, ular eslasalar.

  44. 44

    وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلْغَرْبِىِّ إِذْ قَضَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَى ٱلْأَمْرَ وَمَا كُنتَ مِنَ ٱلشَّٰهِدِينَ

    Wa maa kunta bijaanibil gharbiyyi iz qadainaaa ilaa Moosal amra wa maa kunta minash shaahideen

    Biz Musoga ishni hukm qilgan paytimizda sen gʻarbiy tomonda emas eding va guvohlardan ham boʻlmagansan. [16]

    [16] (Ey Muhammad! Musoga paygʻambarlikni, Tavrot va uning hukmini bergan paytimizda Tur togʻining gʻarbiy tomonida yoʻq eding. Bu ishga guvohlardan ham boʻlmagansan.)

  45. 45

    وَلَٰكِنَّآ أَنشَأْنَا قُرُونًۭا فَتَطَاوَلَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۚ وَمَا كُنتَ ثَاوِيًۭا فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ تَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا وَلَٰكِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ

    Wa laakinnaa anshaanaa quroonan fatataawala 'alaihimul 'umur; wa maa kunta saawiyan feee ahli Madyana tatloo 'alaihim Aayaatinaa wa laakinnaa kunnaa mursileen

    Lekin Biz bir necha asrlarni paydo qildik, bas, ularning umri choʻzildi. Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yoʻq. Ammo Biz Paygʻambar yuborguvchi boʻldik.

  46. 46

    وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلطُّورِ إِذْ نَادَيْنَا وَلَٰكِن رَّحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًۭا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍۢ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Wa maa kunta bijaanibit Toori iz naadainaa wa laakir rahmatam mir Rabbika litunzira qawmam maaa ataahum min nazeerim min qablika la'allahum yatazakkaroon

    Biz nido qilgan chogʻimizda Turning yonida yoʻq eding. Lekin Robbingdan rahmat sifatida sendan oldin ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirish uchun (qissalarni senga bildirdik). Shoyadki, eslasalar. [17]

    [17] (Yaʼni, Biz Musoga Tur togʻining yonida nido qilganimizda sen u yerda yoʻq eding. Ammo Biz u yerda boʻlib oʻtgan qissani senga bildirdik. Bu ish sendan oldin ogohlantirguvchi-paygʻambar kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingning senga bergan rahmatidir. Shoyadki ushbu qissalar taʼsirida ular eslashlari lozim boʻlgan narsalarni esga olsalar.)

  47. 47

    وَلَوْلَآ أَن تُصِيبَهُم مُّصِيبَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَيَقُولُوا۟ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًۭا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa law laaa an tuseebahum museebatum bimaa qaddamat aideehim fa yaqooloo Rabbanaa law laaa arsalta ilainaa Rasoolan fanattabi'a Aayaatika wa nakoona minal mu'mineen

    Agar ularga qilmishlari tufayli musiybat yetganida: «Ey Robbimiz, bizga Paygʻambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va moʻminlardan boʻlar edik», demasalar edi.

  48. 48

    فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُوا۟ لَوْلَآ أُوتِىَ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ مُوسَىٰٓ ۚ أَوَلَمْ يَكْفُرُوا۟ بِمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ مِن قَبْلُ ۖ قَالُوا۟ سِحْرَانِ تَظَٰهَرَا وَقَالُوٓا۟ إِنَّا بِكُلٍّۢ كَٰفِرُونَ

    Falammaa jaaa'ahumul haqqu min 'indinaa qaaloo law laa ootiya misla maaa ootiyaa Moosaa; awalam yakfuroo bimaaa ootiya Moosaa min qablu qaaloo sihraani tazaaharaa wa qaalooo innaa bikullin kaafiroon

    Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr oʻrtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar. [18]

    [18] (Ha, Muhammad alayhissalotu vassalomdan ilgari ular Muso alayhissalomga tushgan narsaga ham kufr keltirgan edilar. Endi boʻlsa, Muhammad alayhissalotu vassalomga iymon keltirmasliklariga Muso alayhissalomga berilgan narsaga oʻxshash narsa u kishiga berilmaganini sabab qilib turibdilar. Ular «ikki sehr» deb Tavrot bilan Qurʼonni nazarda tutishyapti. Tavrot ham, Qurʼon ham sehrdir, ular birga oʻrtaga chiqib, bir-biriga yordam bermoqda, biz har ikkisiga ham kufr keltiruvchilarmiz, deyishyapti.)

  49. 49

    قُلْ فَأْتُوا۟ بِكِتَٰبٍۢ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ هُوَ أَهْدَىٰ مِنْهُمَآ أَتَّبِعْهُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Qul faatoo bi Kitaabim min 'indil laahi huwa ahdaa minhu maaa attabi'hu in kuntum saadiqeen

    Sen: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, Allohning huzuridagi u ikkisidan koʻra toʻgʻriroq bir kitob keltiring, men unga ergashaman», degin.

  50. 50

    فَإِن لَّمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَكَ فَٱعْلَمْ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنِ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ بِغَيْرِ هُدًۭى مِّنَ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Fa il lam yastajeeboo laka fa'lam annamaa yattabi'oona ahwaaa'ahum; w aman adallu mimmanit taba'a hawaahu bighari hudam minal laah; innal laaha laa yahdil qawmaz zaalimeen

    Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoyi nafslariga ergashmoqdalar, xolos. Allohdan boʻlgan hidoyatsiz, oʻz havoyi nafsiga ergashgandan koʻra ham gumrohroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. [19]

    [19] (Qurʼonga ergashmagan har bir kimsa havoi nafsi yoʻlida yurgan boʻladi. Havoi nafsi ixtiyoridagi har bir kimsa dunyodagi eng gumroh kimsadir. Agar bunga eʼtiroz boʻlsa, Qurʼondan koʻra toʻgʻriroq kitobni keltirsin!)

  51. 51

    ۞ وَلَقَدْ وَصَّلْنَا لَهُمُ ٱلْقَوْلَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Wa laqad wassalnaa lahumul qawla la'allahum yatazakkaroon

    Batahqiq, Biz ularga gapni yetkazib qoʻydik. Shoyadki, eslasalar.

  52. 52

    ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِهِۦ هُم بِهِۦ يُؤْمِنُونَ

    Allazeena aatainaahu mul Kitaaba min qablihee hum bihee yu'minoon

    U(Qurʼon)dan oldin kitob berilganlar unga iymon keltirurlar. [20]

    [20] (Bu oyati karima tushgan paytda yahudiylardan ham, masihiylardan ham iymon keltirib, moʻmin-musulmon boʻlgan kishilar bor edi. Oyatda ana shunga ishora qilinmoqda.)

  53. 53

    وَإِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِهِۦٓ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّنَآ إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلِهِۦ مُسْلِمِينَ

    Wa izaa yutlaa 'alaihim qaaloo aamannaa biheee innahul haqqu mir rabbinaaa innaa kunnaa min qablihee muslimeen

    Ularga tilovat qilingan chogʻda: «Biz unga iymon keltirdik. Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar.

  54. 54

    أُو۟لَٰٓئِكَ يُؤْتَوْنَ أَجْرَهُم مَّرَّتَيْنِ بِمَا صَبَرُوا۟ وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Ulaaa'ika yu'tawna ajrahum marratayni bimaa sabaroo wa yadra'oona bil hasanatis saiyi'ata wa mimmmaa razaq naahum yunfiqoon

    Ana oʻshalarga sabr qilganlari uchun ajrlari ikki marta berilgan. Ular yaxshilik ila yomonlikni dafʼ qilurlar va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar.

  55. 55

    وَإِذَا سَمِعُوا۟ ٱللَّغْوَ أَعْرَضُوا۟ عَنْهُ وَقَالُوا۟ لَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ لَا نَبْتَغِى ٱلْجَٰهِلِينَ

    Wa izaa sami'ul laghwa a'radoo 'anhu wa qaaloo lanaaa a'maalunaa wa lakum a'maalukum salaamun 'alaikum laa nabtaghil jaahileen

    Qachonki behuda narsa eshitsalar, undan yuz oʻgirib: «Bizga oʻz amallarimiz, sizga oʻz amallaringiz, omon boʻlinglar, biz johillarni istamasmiz», dedilar.

  56. 56

    إِنَّكَ لَا تَهْدِى مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ

    Innaka laa tahdee man ahbata wa laakinna laaha yahdee mai yashaaa'; wa Huwaa'lamu bilmuhtadeen

    Albatta, sen oʻzing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, oʻshani hidoyat qiladir. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir. [21]

    [21] (Demak, odamlarni hidoyat qilish faqat Alloh taoloning izmidadir. Allohdan boshqa hech kim, hatto oxirzamon Paygʻambari alayhissalotu vassalomning ham bu ishga qurblari yetmaydi. Agar u zot alayhissalotu vassalom biror kishini hidoyat qilish imkoniga ega boʻlganlarida, amakilari Abu Tolibni hidoyat qilgan boʻlar edilar. Ammo buning imkoni boʻlmadi. Abu Tolib hidoyatga muyassar boʻlmay dunyodan oʻtdi. Bunga Rasuli Akram alayhissalotu vassalom qattiq afsus chekdilar. Alloh taolo esa, bu haqda Paygʻambariga ushbu oyatdagi bayonotni berdi.)

  57. 57

    وَقَالُوٓا۟ إِن نَّتَّبِعِ ٱلْهُدَىٰ مَعَكَ نُتَخَطَّفْ مِنْ أَرْضِنَآ ۚ أَوَلَمْ نُمَكِّن لَّهُمْ حَرَمًا ءَامِنًۭا يُجْبَىٰٓ إِلَيْهِ ثَمَرَٰتُ كُلِّ شَىْءٍۢ رِّزْقًۭا مِّن لَّدُنَّا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Wa qaalooo in nattabi'il hudaa ma'aka nutakhattaf min ardinaa; awalam numakkkil lahum haraman aaminany yujbaaa ilaihi samaraatu kulli shai'ir rizqam mil ladunnaa wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon

    Ular: «Agar sen bilan hidoyatga ergashsak, oʻz yerimizdan yulib olinamiz», dedilar. Biz ularga omonlik haramini makon qilib bermadikmi?! U yerga har narsaning mevalari Bizning dargohimizdan rizq oʻlaroq yigʻiladi-ku! Ammo koʻplari bilmaslar.

  58. 58

    وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍۭ بَطِرَتْ مَعِيشَتَهَا ۖ فَتِلْكَ مَسَٰكِنُهُمْ لَمْ تُسْكَن مِّنۢ بَعْدِهِمْ إِلَّا قَلِيلًۭا ۖ وَكُنَّا نَحْنُ ٱلْوَٰرِثِينَ

    Wa kam ahlaknaa min qaryatim batirat ma'eeshatahaa fatilka masaainuhum lam tuskam mim ba'dihim illaa qaleelaa; wa kunnaa Nahnul waariseen

    Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz Oʻzimiz voris boʻlib qoldik.

  59. 59

    وَمَا كَانَ رَبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ حَتَّىٰ يَبْعَثَ فِىٓ أُمِّهَا رَسُولًۭا يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا ۚ وَمَا كُنَّا مُهْلِكِى ٱلْقُرَىٰٓ إِلَّا وَأَهْلُهَا ظَٰلِمُونَ

    Wa maa kaana Rabbuka muhlikal quraa hattaa yab'asa feee ummihaa Rasoolany yatloo 'alaihim aayaatina; wa maa kunnaa muhlikil quraaa illaa wa ahluhaa zaalimoon

    Robbing shahar-qishloqlarni, to ular orasiga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan Paygʻambar yubormasdan turib, halok qiluvchi boʻlmagan. Biz shahar-qishloqlarni faqat ahli zolim boʻlgan holdagina halok qilguvchi boʻlganmiz. [22]

    [22] (Alloh taoloning odati shuki, insonlarga jon, aql-idrok berib qoʻysa ham, yana paygʻambar orqli ogohlantirmasdan turib ularni halok qilmaydi. Paygʻambarni qachon va qayerga yuborishni Oʻzi biladi. Mana, Makka ahliga ham paygʻambar kelmagan edi. Endi Muhammad alayhissalotu vassalomni yubordi. U kishini faqat Makka ahliga emas, balki barcha makon va zamonlarga ogohlantirguvchi paygʻambar qilib yubordi.)

  60. 60

    وَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍۢ فَمَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتُهَا ۚ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Wa maaa ooteetum min shai'in famataa'ul hayaatid dunyaa wa zeenatuhaa; wa maa 'indal laahi khairunw wa abqaa; afalaa ta'qiloon

    Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Aql ishlatmaysizlarmi?

  61. 61

    أَفَمَن وَعَدْنَٰهُ وَعْدًا حَسَنًۭا فَهُوَ لَٰقِيهِ كَمَن مَّتَّعْنَٰهُ مَتَٰعَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ثُمَّ هُوَ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ مِنَ ٱلْمُحْضَرِينَ

    Afamanw wa'adnaahu wa'dan hasanan fahuwa laaqeehi kamam matta'naahu mataa'al hayaatid dunyaa summa huwa Yawmal Qiyaamati minal muhdareen

    Biz unga goʻzal vaʼda qilgan, keyin oʻshanga erishuvchi kishi, bu hayoti dunyo matohini berganimizdan soʻngra qiyomat kuni (azobga) hozir qilinganlardan boʻlgan kishi kabi boʻlarmidi?! [23]

    [23] (Bu oyati karimada moʻmin bilan kofir bir-birlariga solishtirib koʻrsatilmoqda. Bir tomonda moʻmin kishi. Unga Alloh taolo moʻminligi uchun bu dunyoda goʻzal yashashni, u dunyoda goʻzal jannatga ega boʻlishni vaʼda qilgan. Ikkinchi tomonda kofir kishi. Alloh taolo unga hayoti dunyoning ozgina matohini bergan. Keyin u dunyoda azoblash uchun doʻzaxni tayyorlab qoʻyadi. Xoʻsh, shu ikki kishini oʻzaro teng deya olamizmi? Albatta, yoʻq!)

  62. 62

    وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ

    Wa Yawma yunaadeehim fa-yaqoolu aina shurakaaa 'iyal lazeena kuntum taz'umoon

    U zot ularni chaqirgan kunida: «Siz daʼvo qilgan Mening «sherik»larim qani?!» der.

  63. 63

    قَالَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَغْوَيْنَآ أَغْوَيْنَٰهُمْ كَمَا غَوَيْنَا ۖ تَبَرَّأْنَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كَانُوٓا۟ إِيَّانَا يَعْبُدُونَ

    Qaalal lazeena haqqa 'alaihimul qawlu Rabbanaa haaa'ulaaa'il lazeena aghwainaa aghwainaahu kamaa ghawainaa tabarraanaaa ilaika maa kaanoo iyyaanaa ya'budoon

    Ustilariga soʻz(langan azob) tushishi haq boʻlganlar: «Ey Robbimiz, anavi yoʻldan ozdirganlarimizni oʻzimiz yoʻldan ozganimizdek ozdirganmiz. Senga oʻzimizni oqladik. Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar.

  64. 64

    وَقِيلَ ٱدْعُوا۟ شُرَكَآءَكُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُمْ وَرَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ۚ لَوْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ يَهْتَدُونَ

    Wa qeelad 'oo shurakaaa'akum fada'awhum falam yastajeeboo lahum wa ra awul 'azaab; law annahum kaanoo yahtadoon

    Va: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deyilur. Ular chaqirurlar. Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar. Va, azobni koʻrurlar. Koshki, hidoyat topgan boʻlganlarida edi! [24]

    [24] (Qani, u dunyoda ibodat qilib yurgan xudolarini endi chaqirsinlar, ularga yordam berishsin. Hozir yordam berishmasa, qachon yordam berishadi? Mushriklar Allohga sherik qilgan soxta xudolarini chaqiradilar. «Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar». Bu dunyoda javob bera olmagan soxta xudolar u dunyoda javob bera bilarmidi? Demak, mushriklarning umidlari uzildi. Ana shunda ular «azobni koʻrurlar».)

  65. 65

    وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ مَاذَآ أَجَبْتُمُ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Wa Yawma yunaadeehim fa yaqoolu maazaaa ajabtumul mursaleen

    U kunda U zot ularga nido qilib: «Paygʻambarlarga nima deb javob berdingiz?» der.

  66. 66

    فَعَمِيَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْأَنۢبَآءُ يَوْمَئِذٍۢ فَهُمْ لَا يَتَسَآءَلُونَ

    Fa'amiyat 'alaihimul ambaaa'u Yawma'izin fahum laa yatasaaa'aloon

    Ana oʻsha kunda xabarlar ulardan maxfiy boʻlur va ular bir-birlaridan soʻray olmaslar ham.

  67. 67

    فَأَمَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَعَسَىٰٓ أَن يَكُونَ مِنَ ٱلْمُفْلِحِينَ

    Fa ammaa man taaba wa aamana wa 'amila saalihan fa'asaaa ai yakoona minal mufliheen

    Ammo tavba qilgan, iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishi, shoyadki, najot topguvchilardan boʻlsa.

  68. 68

    وَرَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ وَيَخْتَارُ ۗ مَا كَانَ لَهُمُ ٱلْخِيَرَةُ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Wa Rabbuka yakhuluqu maa yashaaa'u wa yakhtaar; maa kaana lahumul khiyarah; Subhannal laahi wa Ta'aalaa 'ammmaa yushrikoon

    Va Robbing xohlaganini yaratib, xohlaganini ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor haqqi yoʻqdir. Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir.

  69. 69

    وَرَبُّكَ يَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ

    Wa Rabbuka ya'lamu maa tukinnu sudooruhum wa maa yu'linoon

    Va, Robbing ularning qalblari yashirayotgan narsalarni ham, oshkor qilayotgan narsalarni ham bilur.

  70. 70

    وَهُوَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْأُولَىٰ وَٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَلَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Wa Huwal laahu laaa ilaaha illaa Huwa lahul hamdu fil oolaa wal Aakhirati wa lahul hukmu wa ilaihi turja'oon

    U Alloh Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yoʻq Zotdir. Bu dunyoda va oxiratda barcha hamd Ungadir. Hukm ham Uning Oʻzigadir va Ungagina qaytarilursizlar.

  71. 71

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِضِيَآءٍ ۖ أَفَلَا تَسْمَعُونَ

    Qul ara'aitum in ja'alal laahu 'alaikumul laila sarmadan ilaa Yawmil Qiyaamati man ilaahun ghairul laahi yaa teekum bidiyaaa'in afalaa tasma'oon

    Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizga yorugʻlik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt.

  72. 72

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلنَّهَارَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِلَيْلٍۢ تَسْكُنُونَ فِيهِ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ

    Qul ara'aitum in ja'alal laahu 'alaikumun nahaara sarmadan ilaa Yawmil Qiyaamati man ilaahun ghairul laahi yaateekum bilailin taskunoona feehi afalaa tubsiroon

    Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizlarga orom oladiganingiz kechani keltira oladi?! Koʻrmaysizlarmi?!» deb ayt.

  73. 73

    وَمِن رَّحْمَتِهِۦ جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Wa mir rahmatihee ja'ala lakumul laila wannahaara litaskunoo feehi wa litabtaghoo min fadlihee wa la'allakum tashkuroon

    U zot Oʻz rahmati ila sizlarga kecha va kunduzni orom olishingiz va Oʻz fazlidan talab qilishingiz uchun paydo qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.

  74. 74

    وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ

    Wa Yawma yunaadeehim fa yaqoolu aina shurakaaa'iyal lazeena kuntum tazz'umoon

    U kunda U zot ularga nido qilib: «Sizlar daʼvo qilgan «sherik»larim qani?» der.

  75. 75

    وَنَزَعْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍۢ شَهِيدًۭا فَقُلْنَا هَاتُوا۟ بُرْهَٰنَكُمْ فَعَلِمُوٓا۟ أَنَّ ٱلْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Wa naza'naa min kulli ummatin shaheedan faqulnaa haatoo burhaanakum fa'alimooo annal haqqa lillaahi wa dalla 'anhum maa kaanoo yaftaroon

    Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va oʻzlari uydirib yurgan narsalari gʻoyib boʻlur. [25]

    [25] (Qiyomat kunida Alloh taolo har ummatning paygʻambarini guvoh sifatida chiqarib olib, ummatlarga, mening sherigim borligi haqida qilgan daʼvolaringizga hujjatlaringizni keltiring, deydi. Ularning oʻzlari oʻylab topgan soxta xudolari gʻoyib boʻlib qoladi. Ana oʻshanda sharmandalari chiqadi.)

  76. 76

    ۞ إِنَّ قَٰرُونَ كَانَ مِن قَوْمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيْهِمْ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ مِنَ ٱلْكُنُوزِ مَآ إِنَّ مَفَاتِحَهُۥ لَتَنُوٓأُ بِٱلْعُصْبَةِ أُو۟لِى ٱلْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُۥ قَوْمُهُۥ لَا تَفْرَحْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْفَرِحِينَ

    Inna Qaaroona kaana min qawmi Moosaa fabaghaaa 'alaihim wa aatainaahu minal kunoozi maaa inna mafaati hahoo latanooo'u bil'usbati ulil quwwati iz qaala lahoo qawmuhoo laa tafrah innal laahaa laa yuhibbul fariheen

    Albatta, Qorun Muso qavmidan boʻlib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham ogʻirlik qiladigan xazinalarni bergan edik. Oʻshanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas. [26]

    [26] (Demak, Qorun Muso alayhissalomning, yaʼni Bani Isroil qavmidan boʻlib, qavmiga takabburlik qilgan. Qorun katta boylikka uchib, qavmiga takabburlik qildi. Molu mulki shu darajada koʻp ediki, xazinalarining kalitlarini koʻtarish bir toʻda kuchli odamlarga ham ogʻirlik qilar edi. Oʻsha vaqtda shunchalik molga egalik uni hovliqtirib yuboradi. Shu sababli, oʻz qavmiga takabburlik qiladi.)

  77. 77

    وَٱبْتَغِ فِيمَآ ءَاتَىٰكَ ٱللَّهُ ٱلدَّارَ ٱلْءَاخِرَةَ ۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ ٱلدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِن كَمَآ أَحْسَنَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ۖ وَلَا تَبْغِ ٱلْفَسَادَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Wabtaghi feemaaa aataakal laahud Daaral Aakhirata wa laa tansa naseebaka minad dunyaa wa ahsin kamaaa ahsanal laahu ilaika wa laa tabghil fasaada fil ardi innal laaha laa yuhibbul mufsideen

    Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzgʻunchilikni izlama. Albatta, Alloh buzgʻunchilarni suymas», dedilar. [27]

    [27] (Alloh taolo bergan molu dunyoga qanday munosabatda boʻlish kerakligi ushbu oyati karimada oʻz aksini topgan. Musulmon banda qoʻliga molu dunyo tushganda oʻzini xuddi shu oyatga mos tutmogʻi lozim. Musulmon odam, avvalo, Alloh bergan molu dunyo bilan oxiratni izlashga intiladi. Yaʼni, molu mulkini shariatda koʻrsatilgan, oxiratda foyda beradigan joylarga sarflaydi. Harom-xarish, gunoh, fisqu fujur va behuda ishlarga sarf etmaydi. Chunki behuda ishlarga sarflangan molu dunyo bu dunyoda ham, u dunyoda ham foyda bermaydi. Aksincha, ikki dunyoda ham ziyon keltiradi. Lekin musulmon odam oxiratni oʻylab, bu dunyosini tark qilib-unutib ham yubormaydi.)

  78. 78

    قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍ عِندِىٓ ۚ أَوَلَمْ يَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَهْلَكَ مِن قَبْلِهِۦ مِنَ ٱلْقُرُونِ مَنْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُ قُوَّةًۭ وَأَكْثَرُ جَمْعًۭا ۚ وَلَا يُسْـَٔلُ عَن ذُنُوبِهِمُ ٱلْمُجْرِمُونَ

    Qaala innamaaa ootee tuhoo 'alaa 'ilmin 'indeee; awalam ya'lam annal laaha qad ahlaka min qablihee minal qurooni man huwa ashaddu minhu quwwatanw wa aksaru jam'aa; wa laa yus'alu 'an zunoobihimul mujrimoon

    U (Qorun): «Menga u faqat oʻzimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi. Alloh undan oldingi asrlarda undan koʻra quvvatliroq, undan koʻra koʻproq (mol) toʻplaganlarni(ham) albatta halok etganini u bilmasmidi?! Gunohkorlardan gunohlari haqida soʻrab oʻtirilmas.

  79. 79

    فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ فِى زِينَتِهِۦ ۖ قَالَ ٱلَّذِينَ يُرِيدُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا يَٰلَيْتَ لَنَا مِثْلَ مَآ أُوتِىَ قَٰرُونُ إِنَّهُۥ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٍۢ

    Fakharaja 'alaa qawmihee fee zeenatih; qaalal lazeena yureedoonal hayaatad dunyaa yaalaita lanaa misla maaa ootiya Qaaroonu innahoo lazoo hazzin 'azeem

    Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan boʻlsa edi. Haqiqatan, u ulugʻ nasiba egasidir», dedilar. [28]

    [28] (Molu dunyosiga ishonib mutakabbirlik bilan gʻururga ketgan, dunyoda buzgʻunchilik qilishga uringan, noshukr odamga faqat hayoti dunyoni oʻylaydigan kishilargina havas qilishi mumkin. Ushbu dunyoning besh kunlik matohiga erishishdan boshqa maqsadi yoʻqlargina oʻsha tugʻyonkor, buzgʻunchiga oʻxshagan boʻlishni orzu qilishi mumkin. Ana oʻshalargina gʻururga ketgan mazkur mutakabbirni «ulugʻ» nasiba egasi, deyishi mumkin.)

  80. 80

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ لِّمَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا وَلَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلصَّٰبِرُونَ

    Wa qaalal lazeena ootul 'ilma wailakum sawaabul laahi khairul liman aamana wa 'amila saalihaa; wa laa yulaq qaahaaa illas saabiroon

    Ilm berilganlar esa: «Voy boʻlsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir. Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar.

  81. 81

    فَخَسَفْنَا بِهِۦ وَبِدَارِهِ ٱلْأَرْضَ فَمَا كَانَ لَهُۥ مِن فِئَةٍۢ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُنتَصِرِينَ

    Fakhasafnaa bihee wa bidaarihil arda famaa kaana laho min fi'atiny yansuroo nahoo min doonil laahi wa maa kaana minal muntasireen

    Bas, Biz uni va uning hovli-joyini yerga yuttirdik. Unga Alloh(azobi)dan yordam beradigan guruh ham boʻlmadi, uning oʻzi nusratga erishguvchilardan ham boʻlmadi. [29]

    [29] (Hammasi oddiygina tugadi. Qorunni ham, hovli-joyini ham yer yutdi-qoʻydi. Qorun ham, uning boyliklari ham, kibru havosi ham yoʻq boʻldi-ketdi. Qorunga Allohning azobi kelganida unga yordam beruvchi topilmadi. Uning oʻzi ham ilmi ila, molu dunyosi ila oʻzini qutqarib qola olmadi.)

  82. 82

    وَأَصْبَحَ ٱلَّذِينَ تَمَنَّوْا۟ مَكَانَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ ۖ لَوْلَآ أَن مَّنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيْكَأَنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Wa asbahal lazeena tamannaw makaanahoo bil amsi yaqooloona waika annal laaha yabsutur rizqa limany ya shaaa'u min 'ibaadihee wa yaqdiru law laaa am mannal laahu 'alainaa lakhasafa binaa waika annahoo laa yuflihul kaafiroon

    Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga oʻxshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga oʻxshaydi-ku!» deyishga oʻtdilar. [30]

    [30] (Hayoti dunyoga berilgan gʻofillarning koʻzi shunga oʻxshash falokatlar vaqtida ochilishi mumkin. Qorunni va uning hovli-joyini yer yutganidan keyingina unga havas qilayotgan hayoti dunyo ixlosmandlarining koʻzi ochildi.)

  83. 83

    تِلْكَ ٱلدَّارُ ٱلْءَاخِرَةُ نَجْعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوًّۭا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فَسَادًۭا ۚ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ

    Tilkad Daarul Aakhiratu naj'aluhaa lillazeena laa yureedoona 'uluwwan fil ardi wa laa fasaadaa; wal 'aaqibatu lilmuttaqeen

    Biz oʻsha oxirat diyorini yer yuzida takabburlik va buzgʻunchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir. [31]

    [31] (Oʻsha ilmlilar aytgan oxirat diyorini Yer yuzida Qorun kabi takabburlik va buzgʻunchilik qilmaganlar, ularning Yer yuzida boʻlishini istamaydiganlarga beramiz. Kim taqvodor boʻlsa, oqibat yaxshi boʻladi.)

  84. 84

    مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيْرٌۭ مِّنْهَا ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَى ٱلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Man jaaa'a bilhasanati falahoo khairum minhaa wa man jaaa'a bissaiyi'ati falaa yujzal lazeena 'amilus saiyiaati illaa maa kaanoo ya'maloon

    Kim bir yaxshilik keltirsa, unga undan koʻra xayrliroq (mukofot) bor. Kim bir yomonlik keltirsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar. [32]

    [32] (Yaʼni, yaxshilikning savobi koʻpaytirib beriladi. Yomonlik esa, oʻz holicha jazoga tortiladi. U koʻpaytirilmaydi.)

  85. 85

    إِنَّ ٱلَّذِى فَرَضَ عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لَرَآدُّكَ إِلَىٰ مَعَادٍۢ ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ مَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ وَمَنْ هُوَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Innal azee farada 'alaikal Qur-aana laraaadduka ilaa ma'aad; qur Rabbeee a'lamu man jjaaa'a bil hudaa wa man huwa fee dalaalim mubeen

    Senga Qurʼonni farz qilgan Zot, albatta, seni qaytar joyga qaytarguvchidir. Sen: «Robbim hidoyat keltirgan shaxsni ham va ochiq-oydin gumrohlikdagi shaxsni ham yaxshi bilguvchidir», deb ayt. [33]

    [33] (Sen ona yurtingdan hijrat qilib ketishga majbur boʻlayotganingdan oʻkinma. Senga Qurʼon tilovati va unga amal qilishni farz qilgan Zot — Alloh, albatta, seni qaytar joyga — Makkaga yana qaytarguvchidir.)

  86. 86

    وَمَا كُنتَ تَرْجُوٓا۟ أَن يُلْقَىٰٓ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبُ إِلَّا رَحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ ظَهِيرًۭا لِّلْكَٰفِرِينَ

    Wa maa kunta tarjooo ai yulqaaa ilaikal Kitaabu illaa rahmatam mir Rabbika falaa takoonanna zaheeral lilkaafireen

    Sen oʻzingga kitob tushirilishidan umidvor ham emas eding. Illo, Robbing rahmati boʻlib (tushdi). Bas, hargiz kofirlarga yordamchi boʻlma.

  87. 87

    وَلَا يَصُدُّنَّكَ عَنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بَعْدَ إِذْ أُنزِلَتْ إِلَيْكَ ۖ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Wa laa yasuddunnaka 'an Aayaatil laahi ba'da iz unzilat ilaika wad'u ilaa Rabbika wa laa takonanna minal mushrikeen

    Va seni ular senga tushirilgan Allohning oyatlaridan hargiz toʻsmasinlar. Robbingga daʼvat qil. Aslo mushriklardan boʻlma.

  88. 88

    وَلَا تَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۘ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُۥ ۚ لَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Wa laa tad'u ma'al laahi ilaahan aakhar; laaa ilaaha illaa Hoo; kullu shai'in haalikun illaa Wajhah; lahul hukkmu wa ilaihi turja'oon

    Allohdan oʻzga hech bir ilohga iltijo qilma. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Undan oʻzga har bir narsa halok boʻlguvchidir. Hukm Uning Oʻzigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz. [34]

    [34] (Sen ularning gap-soʻzlariga, xohish-istaklariga qarab oʻtirma. Allohning oyatlariga amal qilishda davom etaver.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com