Sura 27
Naml
النَّمۡلِ
An-Naml · Makkiy · 93 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
طسٓ ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْقُرْءَانِ وَكِتَابٍۢ مُّبِينٍ
Taa-Seeen; tilka Aayaatul Qur-aani wa Kitaabim Mubeen
To. Siyn. Ushbular Qurʼon — ochiq kitob oyatlaridir.
- 2
هُدًۭى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ
Hudanw wa bushraa lil mu'mineen
Moʻminlar uchun hidoyat va xushxabardir.
- 3
ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ
Allazeena yuqeemoonas Salaata wa yu'toonaz Zakaata wa hum bil Aakhirati hum yooqinoon
Ular namozni toʻkis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga qattiq ishonadiganlardir.
- 4
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ زَيَّنَّا لَهُمْ أَعْمَٰلَهُمْ فَهُمْ يَعْمَهُونَ
Innal lazeena laa yu'mimoona bil Aakhirati zaiyannaa lahum a'maalahum fahum ya'mahoon
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab koʻrsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraveradilar.
- 5
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْعَذَابِ وَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ هُمُ ٱلْأَخْسَرُونَ
Ulaaa'ikal lazeena lahum sooo'ul 'azaabi wa hum fil Aakhirati humul akhsaroon
Ana oʻshalarga yomon azob bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻrguvchilardir. [1]
[1] (Bu dunyoda oxiratdan umidi yoʻqligi uchun molu dunyo, ayshu ishrat, shahvatu lazzat ketidan tushib, oʻzini oʻtga-choʻqqa urib, rasvo boʻladi. Oxiratda esa, qanaqa azoblarga duchor boʻlishini Allohning Oʻzi biladi.)
- 6
وَإِنَّكَ لَتُلَقَّى ٱلْقُرْءَانَ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ عَلِيمٍ
Wa innaka latulaqqal Qur-aana mil ladun Hakeemin 'Aleem
Albatta, senga bu Qurʼon oʻta hikmatli va oʻta ilmli Zot tomonidan berilur.
- 7
إِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِأَهْلِهِۦٓ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًۭا سَـَٔاتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ ءَاتِيكُم بِشِهَابٍۢ قَبَسٍۢ لَّعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ
Iz qaala Moosaa li ahliheee inneee aanastu naaran saaateekum minhaa bikhabarin aw aateekum bishihaabin qabasil la'allakum tastaloon
Muso oʻz ahliga: «Aniqki, men bir olov koʻrdim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam choʻgʻ keltirurman», deganini esla.
- 8
فَلَمَّا جَآءَهَا نُودِىَ أَنۢ بُورِكَ مَن فِى ٱلنَّارِ وَمَنْ حَوْلَهَا وَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Falammaa jaaa'ahaa noodiya am boorika man finnnnaari wa man hawlahaa wa Subhaanal laahi Rabbil 'aalameen
U(olov)ga kelganida, olov oldidagi va atrofidagi shaxslarga baraka berildi va «Olamlarning Robbi — Alloh pokdir», deb nido qilindi.
- 9
يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّهُۥٓ أَنَا ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Yaa Moosaaa innahooo Anal laahul 'Azeezul Hakeem
«Ey Muso! Albatta, bu — Menman! Aziyzu hakiym Allohman!
- 10
وَأَلْقِ عَصَاكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّۭ وَلَّىٰ مُدْبِرًۭا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَٰمُوسَىٰ لَا تَخَفْ إِنِّى لَا يَخَافُ لَدَىَّ ٱلْمُرْسَلُونَ
Wa alqi 'asaak; falammmaa ra aahaa tahtazzu ka annahaa jaaannunw wallaa mudbiranw wa lam yu'aqqib; yaa Moosaa laa takhaf innee laa yakhaafu ladaiyal mursaloon
Va asoingni tashla!» Bas, qachonki, Muso u(aso)ning ilondek qimirlayotganini koʻrganida, ortiga qaramay qochdi. «Ey Muso! Qoʻrqma! Zero, Mening huzurimda Paygʻambarlar qoʻrqmaslar!»
- 11
إِلَّا مَن ظَلَمَ ثُمَّ بَدَّلَ حُسْنًۢا بَعْدَ سُوٓءٍۢ فَإِنِّى غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Illaa man zalama summa baddala husnam ba'da sooo'in fa innee Ghafoorur Raheem
Lekin kim zulm qilsa-yu, soʻngra yomonlik ketidan unga yaxshilikni badal qilsa, bas, Men, albatta, magʻfiratli va mehribondirman.
- 12
وَأَدْخِلْ يَدَكَ فِى جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍۢ ۖ فِى تِسْعِ ءَايَٰتٍ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَقَوْمِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ
Wa adkhil yadaka fee jaibika takhruj baidaaa'a min ghairisooo'in feetis'i Aayaatin ilaa Fir'awna wa qawmih; innahum kaanoo qawman faasiqeen
Qoʻlingni yoqangning ichiga suq, hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqur. Firʼavn va uning qavmiga qaratilgan toʻqqiz moʻjiza orasida (bu bordir). Albatta, ular buzgʻunchi qavm boʻldilar.
- 13
فَلَمَّا جَآءَتْهُمْ ءَايَٰتُنَا مُبْصِرَةًۭ قَالُوا۟ هَٰذَا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ
Falammaa jaaa'at hum Aayaatunaa mubsiratan qaaloo haazaa sihrum mubeen
Bas, qachonki ularga oyat-moʻjizalarimiz koʻz ochguvchi boʻlib kelganida, «Bu ochiq-oydin sehrdir», dedilar.
- 14
وَجَحَدُوا۟ بِهَا وَٱسْتَيْقَنَتْهَآ أَنفُسُهُمْ ظُلْمًۭا وَعُلُوًّۭا ۚ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ
Wa jahadoo bihaa wastaiqanat haaa anfusuhum zulmanw-wa 'uluwwaa; fanzur kaifa kaana 'aaqibatul mufsideen
Va oʻzlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(moʻjiza)larni inkor etdilar. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlishiga nazar sol. [2]
[2] (Ular bu moʻjizalarning nimaligini juda yaxshi bilganlar. Ammo bilib turib, zulm yuzasidan, iymonni mensimasdan, kibr qilgan hollarida inkor etdilar. Bu inkorning oqibati nima bilan tugashi maʼlum va mashhurdir.)
- 15
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ عِلْمًۭا ۖ وَقَالَا ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى فَضَّلَنَا عَلَىٰ كَثِيرٍۢ مِّنْ عِبَادِهِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa laqad aatainaa Daawooda wa sulaimaana 'ilmaa; wa qaalal hamdu lil laahil lazee faddalanaa 'alaa kaseerim min 'ibaadihil mu'mineen
Batahqiq, Biz Dovud va Sulaymonga ilm berdik. Ikkovlari: «Bizni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar boʻlsin», dedilar.
- 16
وَوَرِثَ سُلَيْمَٰنُ دَاوُۥدَ ۖ وَقَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ عُلِّمْنَا مَنطِقَ ٱلطَّيْرِ وَأُوتِينَا مِن كُلِّ شَىْءٍ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْمُبِينُ
Wa warisa Sulaimaanu Daawooda wa qaala yaaa aiyuhan naasu 'ullimnaa mantiqat tairi wa ooteenaa min kulli shai'in inna haazaa lahuwal fadlul mubeen
Va Sulaymon Dovudga voris boʻldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili oʻrgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi. [3]
[3] (Ushbu oyatdagi vorislik, ilmga vorislikdir. Ota vafot etgandagi bolalarning vorisligi emas. Chunki Dovud alayhissalomning Sulaymon alayhissalomdan boshqa farzandlari ham koʻp edi. Ular molu dunyo masalasidagi merosda teng huquqli edilar. Ammo ilm maʼnosidagi merosga faqat Sulaymon alayhissalom voris boʻldilar. Shuning uchun ham «Va Sulaymon Dovudga voris boʻldi» jumlasidan keyin Sulaymon alayhissalomning «Ey odamlar, bizga qush tili oʻrgatildi», degan soʻzlari kelmoqda. Sulaymon alayhissalom oʻzlariga Alloh tomonidan qushlarning tilini anglash ilmi berilganligini barcha odamlarga eʼlon qilmoqdalar. Bu eʼlon faxr va riyokorlik uchun emas, balki Allohning neʼmatini eslash maʼnosidadir.)
- 17
وَحُشِرَ لِسُلَيْمَٰنَ جُنُودُهُۥ مِنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ وَٱلطَّيْرِ فَهُمْ يُوزَعُونَ
Wa hushira Sulaimaana junooduhoo minal jinni wal insi wattairi fahum yooza'oon
Sulaymonga jin, ins va qushlardan boʻlgan askarlari toʻplanib, tizilgan holda turdilar.
- 18
حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَوْا۟ عَلَىٰ وَادِ ٱلنَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌۭ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّمْلُ ٱدْخُلُوا۟ مَسَٰكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَٰنُ وَجُنُودُهُۥ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
hattaaa izaaa ataw 'alaa waadin namli qaalat namlatuny yaaa aiyuhan namlud khuloo masaakinakum laa yahtimannakum Sulaimaanu wa junooduhoo wa hum laa yash'uroon
Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi. [4]
[4] (Chumolilar ham asalarilarga oʻxshab, ajoyib intizomga ega. Hali-hanuz ularning jamoat boʻlib yashashlari siri anglangan emas. Bu oyatda ular bir-birlarini xavf-xatardan ogoh etishlari aytilmoqda.)
- 19
فَتَبَسَّمَ ضَاحِكًۭا مِّن قَوْلِهَا وَقَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَٰلِحًۭا تَرْضَىٰهُ وَأَدْخِلْنِى بِرَحْمَتِكَ فِى عِبَادِكَ ٱلصَّٰلِحِينَ
Fatabassama daahikam min qawlihaa wa qaala Rabbi awzi'nee an ashkura ni'mata kal lateee an'amta 'alaiya wa 'alaa waalidaiya wa an a'mala saalihan tardaahu wa adkhilnee birahmatika fee 'ibaadikas saaliheen
Bas, u uning soʻzidan tabassum qildi va: «Robbim, meni Oʻzing menga va ota-onamga bergan neʼmatlaringga shukr etishimga va Sen rozi boʻladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. Oʻz rahmating ila meni solih bandalaringga qoʻshgin», dedi. [5]
[5] (Sulaymon alayhissalom chumolining soʻzlarini eshitib jilmaydilar.)
- 20
وَتَفَقَّدَ ٱلطَّيْرَ فَقَالَ مَا لِىَ لَآ أَرَى ٱلْهُدْهُدَ أَمْ كَانَ مِنَ ٱلْغَآئِبِينَ
Wa tafaqqadat taira faqaala maa liya laaa aral hud hud, am kaana minal ghaaa'ibeen
Va qushlarni tekshirdi-da: «Nega Hudhudni koʻrmayotirman yoki gʻoyiblardan boʻldimi?» dedi.
- 21
لَأُعَذِّبَنَّهُۥ عَذَابًۭا شَدِيدًا أَوْ لَأَا۟ذْبَحَنَّهُۥٓ أَوْ لَيَأْتِيَنِّى بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ
La-u'azzibanahoo 'azaaban shadeedan aw la azbahannahoo aw layaatiyannee bisultaanim mubeen
«Albatta, uni shiddatli azob-la azoblarman yoki soʻyib yuborurman yoxud menga, albatta, ochiq-oydin hujjat keltirajak.»
- 22
فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍۢ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِۦ وَجِئْتُكَ مِن سَبَإٍۭ بِنَبَإٍۢ يَقِينٍ
Famakasa ghaira ba'eedin faqaala ahattu bimaa lam tuhit bihee wa ji'tuka min Sabaim binaba iny-yaqeen
Koʻp oʻtmasdan u kelib: «Sen bilmagan narsani bildim va senga Sabaʼdan ishonchli bir xabar olib keldim. [6]
[6] (Sabaʼ Arabiston yarim orolining janubida, Yamanda joylashgan bir mamlakat edi. Ana oʻsha mamlakatdan oʻta muhim bir xabar keltirganini aytdi.)
- 23
إِنِّى وَجَدتُّ ٱمْرَأَةًۭ تَمْلِكُهُمْ وَأُوتِيَتْ مِن كُلِّ شَىْءٍۢ وَلَهَا عَرْشٌ عَظِيمٌۭ
Innee wajattum ra atan tamlikuhum wa ootiyat min kulli shai'inw wa lahaa 'arshun 'azeem
Darhaqiqat, men bir ayolni koʻrdim. U ularning malikasi ekan. Unga har narsa berilgan ekan. Hamda uning ulugʻ taxti bor ekan. [7]
[7] (Oʻsha Sabaʼ yurtida bir ayolni koʻrdim. U ayol xalqqa podshoh ekan. Ayolga har narsa berilgan ekan. Hamda oʻsha malikaning katta taxti bor ekan.)
- 24
وَجَدتُّهَا وَقَوْمَهَا يَسْجُدُونَ لِلشَّمْسِ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ فَهُمْ لَا يَهْتَدُونَ
Wajattuhaa wa qawmahaa yasjudoona lishshamsi min doonil laahi wa zaiyana lahumush Shaitaanu a'maalahum fasaddahum 'anis sabeeli fahum laa yahtadoon
Men u(ayol)ning va qavmining Allohni qoʻyib, quyoshga sajda qilayotganlarini va shayton ularga amallarini ziynatlab, yoʻldan toʻsayotganini koʻrdim. Bas, ular hidoyat topmaslar. [8]
[8] (Gap shu yerga kelganda, eng muhim xabar chiqdi. Oʻsha Sabaʼ mamlakatiga podshoh boʻlgan ayol va uning qavmi Allohga emas, quyoshga sajda qilayotgan ekan. Bu notoʻgʻri yoʻl. Allohning Paygʻambari Sulaymon alayhissalom ularning bu xatolarini tuzatishlari zarur. Shayton laʼnati ular qilayotgan gunoh amallarni oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻyibdi. Agar shu hollarida yuraversalar, hidoyat topmaydilar.)
- 25
أَلَّا يَسْجُدُوا۟ لِلَّهِ ٱلَّذِى يُخْرِجُ ٱلْخَبْءَ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُخْفُونَ وَمَا تُعْلِنُونَ
Allaa yasjudoo lillaahil lazee yukhrijul khab'a fis samaawaati wal ardi wa ya'lamu maa tukhfoona wa maa tu'linoon
Osmonlaru yerdagi sirlarni oshkor qiladigan, maxfiy va oshkor qilgan narsalaringizni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!
- 26
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ ۩
Allaahu laaa ilaaha illaa Huwa Rabbul 'Arshil Azeem
Alloh — Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻq Zotdir. U ulugʻ arshning Robbidir», dedi.
- 27
۞ قَالَ سَنَنظُرُ أَصَدَقْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ
Qaala sananzuru asadaqta am kunta minal kaazibeen
U: «Koʻramiz, rost soʻzladingmi yoki yolgʻonchilardan boʻldingmi?
- 28
ٱذْهَب بِّكِتَٰبِى هَٰذَا فَأَلْقِهْ إِلَيْهِمْ ثُمَّ تَوَلَّ عَنْهُمْ فَٱنظُرْ مَاذَا يَرْجِعُونَ
Izhab bikitaabee haaza fa alqih ilaihim summma tawalla 'anhum fanzur maazaa yarji'oon
Bu maktubimni olib borib, ularga tashla, soʻngra chetga chiqib nazar sol-chi, nima qaytarurlar», dedi.
- 29
قَالَتْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُا۟ إِنِّىٓ أُلْقِىَ إِلَىَّ كِتَٰبٌۭ كَرِيمٌ
Qaalat yaaa aiyuhal mala'u innee ulqiya ilaiya kitaabun kareem
U (Malika): «Ey, aʼyonlar! Menga karomatli bir maktub tashlandi. [9]
[9] (Malika aʼyonlariga maktub haqida xabar berishi uning oʻz odamlari bilan maslahatlashib ish koʻrishiga dalolat qiladi. Shu bilan birga, malika oʻzi sezgan belgilar asosida maktubning karomatli ekanini aytmoqda.)
- 30
إِنَّهُۥ مِن سُلَيْمَٰنَ وَإِنَّهُۥ بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
Innahoo min Sulaimaana wa innahoo bismil laahir Rahmaanir Raheem
Albatta, u Sulaymondandir, albatta, unda: «Bismillahir rohmanir rohiym.
- 31
أَلَّا تَعْلُوا۟ عَلَىَّ وَأْتُونِى مُسْلِمِينَ
Allaa ta'loo 'alaiya waa toonee muslimeen
Menga qarshi bosh koʻtarmay, taslim boʻlgan holingizda keling», deyilmishdir», dedi.
- 32
قَالَتْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُا۟ أَفْتُونِى فِىٓ أَمْرِى مَا كُنتُ قَاطِعَةً أَمْرًا حَتَّىٰ تَشْهَدُونِ
Qaalat yaaa aiyuhal mala'u aftoonee fee amree maa kuntu qaati'atan amran hattaa tashhhaddon
U (Malika): «Ey, aʼyonlar! Menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Sizlar shohid boʻlmaguningizcha, men bir ishga qatʼiy qaror qilmasman», dedi.
- 33
قَالُوا۟ نَحْنُ أُو۟لُوا۟ قُوَّةٍۢ وَأُو۟لُوا۟ بَأْسٍۢ شَدِيدٍۢ وَٱلْأَمْرُ إِلَيْكِ فَٱنظُرِى مَاذَا تَأْمُرِينَ
Qaaloo nahnu uloo quwwatinw wa uloo baasin shadeed; wal amru ilaiki fanzuree maazaa taamureen
Ular: «Biz kuch-quvvat egalarimiz va shiddatli azmu shijoat egalarimiz. Ish oʻzingga havola. Nima amr qilishingni oʻylab koʻr», dedilar.
- 34
قَالَتْ إِنَّ ٱلْمُلُوكَ إِذَا دَخَلُوا۟ قَرْيَةً أَفْسَدُوهَا وَجَعَلُوٓا۟ أَعِزَّةَ أَهْلِهَآ أَذِلَّةًۭ ۖ وَكَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ
Qaalat innal mulooka izaa dakhaloo qaryatan afsadoohaa wa ja'alooo a'izzata ahlihaaa azillah; wa kazaalika yaf'aloon
U: «Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar va uning aziz ahllarini xor qilurlar. Ana shunday qilurlar.
- 35
وَإِنِّى مُرْسِلَةٌ إِلَيْهِم بِهَدِيَّةٍۢ فَنَاظِرَةٌۢ بِمَ يَرْجِعُ ٱلْمُرْسَلُونَ
Wa innee mursilatun ilaihim bihadiyyatin fanaaziratum bima yarji'ul mursaloon
Men ularga bir hadya yuborurman, koʻray-chi, elchilar nima bilan qaytar ekanlar», dedi.
- 36
فَلَمَّا جَآءَ سُلَيْمَٰنَ قَالَ أَتُمِدُّونَنِ بِمَالٍۢ فَمَآ ءَاتَىٰنِۦَ ٱللَّهُ خَيْرٌۭ مِّمَّآ ءَاتَىٰكُم بَلْ أَنتُم بِهَدِيَّتِكُمْ تَفْرَحُونَ
Falammaa jaaa'a Sulaimaana qaala atumiddoonani bimaalin famaaa aataakum bal antum bihadiy yatikum tafrahoon
Qachonki, (elchisi) Sulaymonga kelganida, u: «Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz.
- 37
ٱرْجِعْ إِلَيْهِمْ فَلَنَأْتِيَنَّهُم بِجُنُودٍۢ لَّا قِبَلَ لَهُم بِهَا وَلَنُخْرِجَنَّهُم مِّنْهَآ أَذِلَّةًۭ وَهُمْ صَٰغِرُونَ
Irji' ilaihim falanaatiyan nahum bijunoodil laa qibala lahum bihaa wa lanukhri jannahum minhaaa azillatanw wa hum saaghiroon
(Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor. Bas, albatta, biz ular bas kela olmaydigan qoʻshin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz», dedi.
- 38
قَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُا۟ أَيُّكُمْ يَأْتِينِى بِعَرْشِهَا قَبْلَ أَن يَأْتُونِى مُسْلِمِينَ
Qaala yaaa aiyuhal mala'u aiyukum yaateenee bi'arshihaa qabla ai yaatoonee muslimeen
U (Sulaymon): «Ey aʼyonlar! Ular menga taslim boʻlib kelishlaridan oldin qaysingiz huzurimga u(malika)ning taxtini keltira oladi?» dedi.
- 39
قَالَ عِفْرِيتٌۭ مِّنَ ٱلْجِنِّ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن تَقُومَ مِن مَّقَامِكَ ۖ وَإِنِّى عَلَيْهِ لَقَوِىٌّ أَمِينٌۭ
Qaala 'ifreetum minal jinni ana aateeka bihee qabla an taqooma mim maqaamika wa innee 'alaihi laqawiyyun ameen
Jinlardan boʻlgan Ifrit: «Men uni senga maqomingdan turguningcha keltirurman. Albatta, bunga quvvatim va ishonchim bor», dedi. [10]
[10] (Arab tilida yomonlikda uchiga chiqqan va quvvatli jin-shayton «ifrit» deyiladi. Bu soʻz shaytonga oʻxshash odamga ham ishlatiladi.)
- 40
قَالَ ٱلَّذِى عِندَهُۥ عِلْمٌۭ مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن يَرْتَدَّ إِلَيْكَ طَرْفُكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهُ مُسْتَقِرًّا عِندَهُۥ قَالَ هَٰذَا مِن فَضْلِ رَبِّى لِيَبْلُوَنِىٓ ءَأَشْكُرُ أَمْ أَكْفُرُ ۖ وَمَن شَكَرَ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ رَبِّى غَنِىٌّۭ كَرِيمٌۭ
Qaalal lazee indahoo 'ilmum minal Kitaabi ana aateeka bihee qabla ai yartadda ilaika tarfuk; falammaa ra aahu mustaqirran 'indahoo qaala haazaa min fadli Rabbee li yabluwaneee 'a-ashkuru am akfuru wa man shakara fa innamaa yashkuru linafsihee wa man kafara fa inna Rabbee Ghaniyyun Kareem
Kitobdan ilmi bor shaxs: «Men uni senga koʻzingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi. Qachonki (Sulaymon) u(taxt)ning oʻz huzurida qaror topganini koʻrgach: «Bu Robbimning fazlidandir. Men shukr qilamanmi yoki kufroni neʼmat qilamanmi, sinash uchundir. Kim shukr keltirsa, oʻzi uchungina shukr qilur. Kim kufroni neʼmat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli Zotdir», dedi. [11]
[11] (Ulamolar «kitobdan ilmi bor shaxs»ning kimligi haqida koʻp fikrlar aytganlar. U Tavrotni, Ismul Aʼzamni biladigan, Lavhul Mahfuzdan xabardor edi, degan gaplarni aytishgan. Lekin Qurʼoni Karim yoki Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom aytmaganlaridan keyin, ishonchli ilmiy dalil boʻlmagach, Qurʼon iborasi bilan kifoyalanib, Alloh oʻsha shaxsni «kitobdan ilmi bor», deb aytibdi, u yogʻini Oʻzi biladi, deyishimiz toʻgʻridir.)
- 41
قَالَ نَكِّرُوا۟ لَهَا عَرْشَهَا نَنظُرْ أَتَهْتَدِىٓ أَمْ تَكُونُ مِنَ ٱلَّذِينَ لَا يَهْتَدُونَ
Qaala nakkiroo lahaa 'arshahaa nanzur atahtadeee am takoonu minal lazeena laa yahtadoon
U (Sulaymon): «Uning taxtini tanimaydigan qilib qoʻying. Koʻraylik-chi, u(malika) uni tanirmi yoki tanimaydiganlardan boʻlurmi?» dedi.
- 42
فَلَمَّا جَآءَتْ قِيلَ أَهَٰكَذَا عَرْشُكِ ۖ قَالَتْ كَأَنَّهُۥ هُوَ ۚ وَأُوتِينَا ٱلْعِلْمَ مِن قَبْلِهَا وَكُنَّا مُسْلِمِينَ
Falammaa jaaa'at qeela ahaakaza 'arshuki qaalat kaanna hoo; wa ooteenal 'ilma min qablihaa wa kunnaa muslimeen
Qachonki u kelganida: «Sening taxting shundaymi?» deyildi. U: «Xuddi oʻshaning oʻzi», dedi. «Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon boʻlgan edik».
- 43
وَصَدَّهَا مَا كَانَت تَّعْبُدُ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهَا كَانَتْ مِن قَوْمٍۢ كَٰفِرِينَ
Wa saddahaa maa kaanat ta'budu min doonil laahi innahaa kaanat min qawmin kaafireen
Va u(malika)ni Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsa toʻsdi. Albatta, u kofir qavmlardan boʻlgan edi.
- 44
قِيلَ لَهَا ٱدْخُلِى ٱلصَّرْحَ ۖ فَلَمَّا رَأَتْهُ حَسِبَتْهُ لُجَّةًۭ وَكَشَفَتْ عَن سَاقَيْهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ صَرْحٌۭ مُّمَرَّدٌۭ مِّن قَوَارِيرَ ۗ قَالَتْ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى وَأَسْلَمْتُ مَعَ سُلَيْمَٰنَ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Qeela lahad khulis sarha falammaa ra at hu hasibat hu lujjatanw wa khashafat 'an saaqaihaa; qaala innahoo sarhum mumarradum min qawaareer; qaalat Rabbi innee zalamtu nafsee wa aslamtu ma'a Sulaimaana lillaahi Rabbil 'aalameen
U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi. Qachonki uni koʻrganida, suv deb oʻylab, poychalarini ochdi. U(Sulaymon): «Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi. U(malika): «Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi — Allohga musulmon boʻldim!» dedi. [12]
[12] (Saroy oldidagi maydon ham billurdan yasalgan, juda silliq, uni suv deb oʻylab, kiyimingni koʻtarma. Ana shunda malika roʻy berayotgan hodisalar oddiy emasligiga, balki Alloh yuborgan Paygʻambarning moʻjizalari ekaniga ishonch hosil qildi. Alloh taoloning qudratiga tan berdi.)
- 45
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَٰلِحًا أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ فَإِذَا هُمْ فَرِيقَانِ يَخْتَصِمُونَ
Wa laqad arsalnaaa ilaa Samoda akhaahum Saalihan ani'budul lahha fa izaa hum fareeqaani yakhtasimoon
Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik. Bas, banogoh, ular ikki guruh boʻlib tortisha boshladilar.
- 46
قَالَ يَٰقَوْمِ لِمَ تَسْتَعْجِلُونَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ ۖ لَوْلَا تَسْتَغْفِرُونَ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Qaala yaa qawmi lima tasta'jiloona bissaiyi'ati qablal hasanati law laa tas taghfiroonal laaha la'allakum turhamoon
U (Solih): «Ey qavmim, nima uchun yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqasiz?! Allohdan magʻfirat soʻrasangiz-chi?! Shoyad rahim qilinsangiz», dedi. [13]
[13] (Oʻzingizga azob soʻrash oʻrniga, Allohdan gunohlaringizni kechirishini tilasangiz boʻlmaydimi? Ana oʻshanda shoyad gunohingiz kechirilib, Allohning rahmatiga erishsangiz, dedilar.)
- 47
قَالُوا۟ ٱطَّيَّرْنَا بِكَ وَبِمَن مَّعَكَ ۚ قَالَ طَٰٓئِرُكُمْ عِندَ ٱللَّهِ ۖ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌۭ تُفْتَنُونَ
Qaalut taiyarnaa bika wa bimam ma'ak; qaala taaa'irukum 'indal laahi bal antum qawmun tuftanoon
Ular: «Sendan va sen bilan boʻlganlardan shumlandik», dedilar. U: «Shumlanishingiz Allohning huzuridadir. Balki sizlar sinalayotgan qavmsiz», dedi. [14]
[14] (Biz «shumlanish» deb tarjima qilgan maʼno oyati karima matnida «toir», «toyyar» kabi iboralar bilan kelgan. Bu ibora qush, qush uchirish maʼnolarini beradi. Oʻsha paytlar mushriklar biror ish qilmoqchi boʻlsalar, qush uchirib koʻrar edilar. Agar qush oʻng tomonidan uchsa, xursand boʻlar va oʻsha ishni boshlar edi. Agar qush chap tomoniga uchsa, shumqadamlik deb oʻylar, xafa boʻlar, shumlanar va u ishni qilmas edi. Keyin borib-borib bu ibora qush uchirmasa ham, biror narsaning shumqadamligini anglatish uchun ishlatiladigan boʻlib ketgan. Samud qavmi ham oʻzlariga «Allohga ibodat qiling» shiorini olib kelgan, ularni Allohga istigʻfor aytishga, undan rahmatini soʻrashga chaqirgan paygʻambarlari Solih alayhissalomdan shumlanganlarini aytishdi.)
- 48
وَكَانَ فِى ٱلْمَدِينَةِ تِسْعَةُ رَهْطٍۢ يُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ
Wa kaana fil madeenati tis'atu rahtiny yufsidoona fil ardi wa laa yuslihoon
U shaharda toʻqqiz nafarli guruh bor boʻlib, yer yuzida buzgʻunchilik qilishar, isloh qilmas edilar. [15]
[15] (Yaʼni, Solih alayhissalom shaharlari Hijrda toʻqqiz kishidan iborat bir guruh boʻlib, oʻsha guruh aʼzolari buzgʻunchilik, fasod ishlar bilan shugʻullanishardi.)
- 49
قَالُوا۟ تَقَاسَمُوا۟ بِٱللَّهِ لَنُبَيِّتَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥ ثُمَّ لَنَقُولَنَّ لِوَلِيِّهِۦ مَا شَهِدْنَا مَهْلِكَ أَهْلِهِۦ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ
Qaaloo taqaasamoo billaahi lanubaiyitannahoo wa ahlahoo summaa lanaqoolana liwaliy yihee maa shahidnaa mahlika ahliee wa innaa lasaadiqoon
Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar! Albatta, u (Solih)ni va uning ahlini tunda oʻldiramiz, soʻngra valiyiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgoʻylarmiz, deymiz», dedilar.
- 50
وَمَكَرُوا۟ مَكْرًۭا وَمَكَرْنَا مَكْرًۭا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
Wa makaroo makranw wa makarnaa makranw wa hum laa yash'uroon
Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan holda bir «makr» qildik.
- 51
فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ مَكْرِهِمْ أَنَّا دَمَّرْنَٰهُمْ وَقَوْمَهُمْ أَجْمَعِينَ
Fanzur kaifa kaana 'aaqibatu makrihim annaa dammar naahum wa qawmahum ajma'een
Nazar sol! Ularning makri oqibati nima boʻldi?! Biz, albatta, ularni va qavmlarini, hammalarini yer bilan yakson qildik.
- 52
فَتِلْكَ بُيُوتُهُمْ خَاوِيَةًۢ بِمَا ظَلَمُوٓا۟ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ
Fatilka buyootuhum khaa wiyatam bimaa zalamoo; inna fee zaalika la Aayatal liqaw miny-ya'lamoon
Ana, zulmlari sababli uylari huvillab yotibdi! Albatta, bunda biladigan qavmlar uchun ibrat bordir.
- 53
وَأَنجَيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ
Wa anjainal lazeena aamanoo wa kaanoo yattaqoon
Va iymon keltirib, taqvo qilib yurganlarga najot berdik.
- 54
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَتَأْتُونَ ٱلْفَٰحِشَةَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ
Wa lootan iz qaala liqawmiheee ataatoonal faa hishata wa antum qawmun tajjhaloon
Va Lutni ham (Paygʻambar qilib yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Siz koʻrib-bilib turib, fohisha ish qilasizmi?!
- 55
أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةًۭ مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌۭ تَجْهَلُونَ
A'innakum lataatoonar rijaala shahwatam min doonin nisaaa'; bal antum qawmun tajhaloon
Siz, albatta, ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizmi?! Yoʻq! Siz johillik qilayotgan qavmdirsiz!» dedi.
- 56
۞ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ أَخْرِجُوٓا۟ ءَالَ لُوطٍۢ مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌۭ يَتَطَهَّرُونَ
Fammaa kaana jawaaba qawmiheee illaaa an qaalooo akrijoon aalaa Lootim min qaryatikum innahum unaasuny yatatahharoon
Uning qavmining javobi: «Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza boʻlishni xohlagan kishilardir», deyishdan boshqa narsa boʻlmadi. [16]
[16] (Ifloslikka botib qolgan bu qavm poklikni masxara qilib, pokiza odamlarni kamsitish yoʻliga oʻtdi. Ularni dunyoda hech kim qilmagan ifloslikdan qaytarib, poklanishga, inson nomiga dogʻ tushirmaslikka chorlagan Allohning Paygʻambari Lut alayhissalomni va u kishiga ergashgan moʻminlarni aynan pokliklari uchun yurtlaridan haydab chiqarmoqdalar.)
- 57
فَأَنجَيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ قَدَّرْنَٰهَا مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ
Fa anjainaahu wa ahlahooo illam ra atahoo qaddarnaahaa minal ghaabireen
Bas, Biz unga va xotinidan boshqa ahliga najot berdik. U(xotin)ning azobda qolguvchilar ichida boʻlishini taqdir qildik.
- 58
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًۭا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلْمُنذَرِينَ
Wa amtarnaa 'alaihimm mataran fasaaa'a matarul munzareen
Va ularning ustlariga bir yomgʻir yogʻdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon boʻldi. [17]
[17] (Va jinoyatchi Lut qavmining ustidan tosh yogʻdirdik. Hammalari halok boʻldilar. Ogohlantirishlarga qaramay, jinoyatda bardavom boʻlganlarning oqibati shunday boʻladi.)
- 59
قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ وَسَلَٰمٌ عَلَىٰ عِبَادِهِ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَىٰٓ ۗ ءَآللَّهُ خَيْرٌ أَمَّا يُشْرِكُونَ
Qulil hamdu lillaahi wa salaamun 'alaa 'ibaadihil lazeenas tafaa; aaallaahu khairun ammmaa yushrikoon
Sen: «Allohga hamd boʻlsin va U tanlab olgan bandalariga salom boʻlsin. Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?» degin.
- 60
أَمَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَنۢبَتْنَا بِهِۦ حَدَآئِقَ ذَاتَ بَهْجَةٍۢ مَّا كَانَ لَكُمْ أَن تُنۢبِتُوا۟ شَجَرَهَآ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌۭ يَعْدِلُونَ
Amman khalaqas samaawaati wal arda wa anzala lakum minas samaaa'i maaa'an fa ambatnaa bihee hadaaa'iqa zaata bahjjah; maa kanna lakum an tumbitoo shajarahaa; 'a-ilaahum ma'al laah; bal hum qawmuny ya'diloon
Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan Zotmi? Bas, Biz u(suv) bilan goʻzal bogʻlar oʻstirdik. Siz oʻzingiz uning daraxtini oʻstira olmas edingiz. Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoʻq, ular oʻzlari tenglashtiradigan qavmdirlar.
- 61
أَمَّن جَعَلَ ٱلْأَرْضَ قَرَارًۭا وَجَعَلَ خِلَٰلَهَآ أَنْهَٰرًۭا وَجَعَلَ لَهَا رَوَٰسِىَ وَجَعَلَ بَيْنَ ٱلْبَحْرَيْنِ حَاجِزًا ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Ammann ja'alal arda qaraaranw wa ja'ala khilaalahaaa anhaaranw wa ja'ala lahaa rawaasiya wa ja'ala bainal bahraini haajizaa; 'a-ilaahumma'allah; bal aksaruhum la ya'lamoon
Yoki yerni qarorgoh etgan, uning uzra anhorlar qilgan, unga togʻlar qilgan va ikki dengiz oʻrtasida toʻsiq qilgan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoʻq, ularning koʻplari bilmaslar. [18]
[18] (Ikki dengiz — dengiz va daryodir. Birining suvi ikkinchisiga quyiladi, ammo aralashib ketmaydi: daryoning chuchuk suvi shoʻr, dengizning shoʻr suvi chuchuk boʻlib qolmaydi. Chunki Alloh ularning oʻrtasiga tabiiy toʻsiq tortib qoʻygan.)
- 62
أَمَّن يُجِيبُ ٱلْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ ٱلسُّوٓءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَآءَ ٱلْأَرْضِ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تَذَكَّرُونَ
Ammany-yujeebul mud tarra izaa da'aahu wa yakshifussooo'a wa yaj'alukum khula faaa'al ardi 'a-ilaahum ma'al laahi qaleelam maa tazak karoon
Yoki muztar(nochor) odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan Zot yaxshimi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi? Qanchalik oz eslaysizlar-a?!
- 63
أَمَّن يَهْدِيكُمْ فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ وَمَن يُرْسِلُ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦٓ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ تَعَٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Ammany-yahdeekum fee zulumaatil barri wal bahri wa many yursilu riyaaha bushram baina yadai rahmatih; 'a-ilaahum ma'al laah; Ta'aalal laahu 'ammaa yushrikoon
Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida toʻgʻri yoʻlga soladigan hamda Oʻz rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir. [19]
[19] (Odamlar doimo quruqlik va dengizda safar qilib keladi. Koʻzlangan manzillarga yetish uchun turli yoʻllardan yurishadi. Ilojini qilib, oʻsha joyni topib borishadi. Xoʻsh, oʻsha safarlarda yoʻl topish qobiliyatini insonga kim berdi? Yoʻlni aniqlashda yordam beradigan aql, koʻz, quloqni-chi? Turli belgilarga, yulduzlarga, asboblarga qarab yoʻl topishni unga kim oʻrgatdi? Soxta xudolarmi? Yoki Alloh taolomi? Albatta, Alloh taolo.)
- 64
أَمَّن يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَمَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَٰنَكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Ammmany-yabda'ul khalqa summa yu'eeduhoo wa many-yarzuqukum minas sammaaa'i wal ard; 'a-ilaahum ma'allah; qul haatoo burhaanakum in kuntum saadiqeen
Yoki avval boshdan yaratadigan, soʻngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, hujjatingizni keltiring», degin. [20]
[20] (Aslida, yoʻq insonni bor qilib, avval-boshda yaratgan kim? But-sanamlarmi, jin va farishtalarmi, mushriklar xudo deb yurgan boshqa maxluqlarmi? Insonni oxiratda qaytadan yaratadigan ham faqat Alloh taoloning Oʻzi.)
- 65
قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلْغَيْبَ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ
Qul laa ya'lamu mman fis sammaawaati wal ardil ghaiba illal laah; wa maa yash'uroona aiyaana yub'asoon
Sen: «Osmonlaru yerda Allohdan boshqa hech kim gʻaybni bilmas», deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar. [21]
[21] (Gʻaybni bilish faqat Alloh taoloning Oʻziga xosdir. Allohdan boshqa hech kim — na inson, na farishtalar, na jinlar gʻaybni bilmaydi.)
- 66
بَلِ ٱدَّٰرَكَ عِلْمُهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ ۚ بَلْ هُمْ فِى شَكٍّۢ مِّنْهَا ۖ بَلْ هُم مِّنْهَا عَمُونَ
Balid daaraka 'ilmuhum fil Aakhirah; bal hum fee shakkim minhaa bal hum minhaa 'amoon
Balki ilmlari oxiratni idrok qilgandir? Yoʻq, ular undan shak-shubhadadirlar. Yoʻq, ular undan koʻrdirlar. [22]
[22] (Kofirlar oxirat ilmidan xabardormikin? Yoʻq, bila olmaydilar. Ular oxirat nima ekanini bilish u yoqda tursin, oxiratning boʻlish-boʻlmasligiga aniq ishonmaydilar. Balki u xususdagi masalada koʻrdirlar, hech narsani koʻrmaslar.)
- 67
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًۭا وَءَابَآؤُنَآ أَئِنَّا لَمُخْرَجُونَ
Wa qaalal lazeena kafarooo 'a-izaa kunnaa turaabanw wa aabaaa'unaaa a'innaa lamukhrajoon
Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq boʻlganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!
- 68
لَقَدْ وُعِدْنَا هَٰذَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Laqad wu'idnaa haazaa nahnu wa aabaaa'unaa min qablu in haazaaa illaaa asaateerul awwaleen
Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarimizga-da oldin ham vaʼda qilingan edi. Bu, avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.
- 69
قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُجْرِمِينَ
Qul seeroo fil ardi fanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul mujremeen
Sen: «Yer yuzida sayr qilinglar va jinoyatchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar», deb ayt.
- 70
وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلَا تَكُن فِى ضَيْقٍۢ مِّمَّا يَمْكُرُونَ
Wa laa tahzan 'alaihim wa laa takun fee daiqim mimmaa yamkuroon
Sen ular haqida gʻam chekma va qilayotgan makrlaridan ham siqilma.
- 71
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Wa yaqooloona mataa haazal wa'du in kuntum saadiqeen
Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?» derlar.
- 72
قُلْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ رَدِفَ لَكُم بَعْضُ ٱلَّذِى تَسْتَعْجِلُونَ
Qul 'asaaa any-yakoona radifa lakum ba'dul lazee tasta'jiloon
Sen: «Siz kelishiga oshiqayotgan narsaning baʼzisi ortingizga mingashib olgan boʻlsa, ajab emas», deb ayt. [23]
[23] (Yaʼni, oʻsha vaʼdalar shundoqqina ortingizda turibdi, ammo siz sezmayapsiz, xolos. Darhaqiqat, gʻaybni kim biladi? Ehtimol, besh daqiqadan soʻng azob, qiyomat yoki qayta tirilish roʻy berar, ehtimol, undan koʻproq yoki ozroq vaqt qolgandir. Kim biladi buni?! Alloh taolo bu ishlarni xohlagan lahzasida sodir etishga qodir.)
- 73
وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ
Wa innna Rabbaka lazoo fadlin 'alan naasi wa laakina aksarahum laa yashkuroon
Albatta, Robbing odamlarga nisbatan fazlu marhamat sohibidir. Lekin ularning koʻplari shukr qilmaslar.
- 74
وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ
Wa inna Rabbaka la ya'lamu maa tukinnu sudooruhum wa maa yu'linoon
Va, albatta, Robbing ularning dillari berkitgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilur.
- 75
وَمَا مِنْ غَآئِبَةٍۢ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍ
Wa maa min ghaaa'ibatin fis samaaa'i wal ardi illaa fee kitaabimm mubeen
Osmonu yerda hech bir gʻayb narsa yoʻq, illo u ochiq-oydin kitobda bordir.
- 76
إِنَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ يَقُصُّ عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَكْثَرَ ٱلَّذِى هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
Inna haazal Qur-aana yaqussu 'alaa Baneee israaa'eela aksaral lazee hum feehi yakhtalifoon
Albatta, ushbu Qurʼon Bani Isroilga ular ixtilof qilayotgan narsalarning koʻpini aytib beradir.
- 77
وَإِنَّهُۥ لَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ
Wa innahoo lahudanw wa rahmatul lilmu'mineen
Albatta, u (Qurʼon) moʻminlar uchun hidoyat va rahmatdir.
- 78
إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُم بِحُكْمِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْعَلِيمُ
Inna Rabbaka yaqdee bainahum bihukmih; wa Huwal 'Azeezul 'Aleem
Albatta, Robbing ular oʻrtasida Oʻz hukmi ila ajrim chiqaradi. U aziyz va bilguvchidir.
- 79
فَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنَّكَ عَلَى ٱلْحَقِّ ٱلْمُبِينِ
Fatawakkal 'alal laahi innaka 'alal haqqil mubeen
Bas, sen Allohga tavakkal qil. Albatta, sen ochiq-oydin haqdadirsan.
- 80
إِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْا۟ مُدْبِرِينَ
Innaka laa tusmi'ul mawtaa wa laa tusmi'us summad du'aaa izaa wallaw mudbireen
Albatta, sen oʻliklarga eshittira olmaysan, ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmaysan.
- 81
وَمَآ أَنتَ بِهَٰدِى ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَٰلَتِهِمْ ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ
Wa maaa anta bihaadil 'umyi 'an dalaalatihim in tusmi'u illaa mai yu'minu bi aayaatinaa fahum muslimoon
Sen koʻrlarni zalolatdan hidoyatga solguvchi emassan. Sen faqat musulmon boʻlgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan. [24]
[24] (Kofirlar oʻlik, kar boʻlish bilan birga, koʻr hamdir. Sen, ey Paygʻambar, u koʻrlarni adashib yurgan yoʻllaridan qaytarib, toʻgʻri yoʻlga hidoyat qila olmassan.)
- 82
۞ وَإِذَا وَقَعَ ٱلْقَوْلُ عَلَيْهِمْ أَخْرَجْنَا لَهُمْ دَآبَّةًۭ مِّنَ ٱلْأَرْضِ تُكَلِّمُهُمْ أَنَّ ٱلنَّاسَ كَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا لَا يُوقِنُونَ
Wa izaa waqa'al qawhu 'alaihim akhrajnaa lahum daabbatam minal ardi tukal limuhum annan naasa kaanoo bi aayaatinaa laa yooqinoon
Qachonki ularning boshiga soʻz(langan azob) tushganida, Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan boʻlganlarini aytib beradi. [25]
[25] (Bu hodisa qiyomatning alomatlaridan biridir. Alloh taolo ushbu oyati karimada kofirlar boshiga vaʼda qilingan soʻz — qiyomat azobi tushish chogʻida yerdan bir hayvon chiqarishi haqida xabar bermoqda. Demak, bu ishning boʻlishi muqarrarligida hech qanday shubha yoʻq. Sahih hadisi shariflarda bu hayvon qiyomatning alomatlaridan biri ekanligi, tavba qilsa, foyda bermaydigan vaqt boʻlib qolganda chiqishi haqida xabarlar kelgan.)
- 83
وَيَوْمَ نَحْشُرُ مِن كُلِّ أُمَّةٍۢ فَوْجًۭا مِّمَّن يُكَذِّبُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُمْ يُوزَعُونَ
Wa Yawma nahshuru min kulli ummmatin fawjam mim many-yukazzibu bi Aayaatinaa fahum yooza'oon
Biz har ummatning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlaridan bir guruhini toʻplagan kunda ular jamlanib-tizilib turishar.
- 84
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُو قَالَ أَكَذَّبْتُم بِـَٔايَٰتِى وَلَمْ تُحِيطُوا۟ بِهَا عِلْمًا أَمَّاذَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Hattaaa izaa jaaa'oo qaala akazzabtum bi Aayaatee wa lam tuheetoo bihaa 'ilman ammaazaa kuntum ta'maloon
Toki ular kelib boʻlgach, U zot: «Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqardingizmi?! Ularni puxta anglamay turib-a? Yoʻqsa, nima qilgan edingiz?» der.
- 85
وَوَقَعَ ٱلْقَوْلُ عَلَيْهِم بِمَا ظَلَمُوا۟ فَهُمْ لَا يَنطِقُونَ
Wa waqa'al qawlu 'alaihim bimaa zalamoo fahum laa yantiqoon
Va ularga, zulm qilganlari sababli, soʻz(langan azob) tushar. Bas, ular soʻzlay olmaslar.
- 86
أَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا جَعَلْنَا ٱلَّيْلَ لِيَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ
Alam yaraw annaa ja'alnal laila li yaskunoo feehi wannahaara mubsiraa; inna fee zaalika la Aayaatil liqaw miny-yu'minoon
Biz sokinlik topishlari uchun kechani, koʻrishlari uchun kunduzni qilganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
- 87
وَيَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ فَفَزِعَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَكُلٌّ أَتَوْهُ دَٰخِرِينَ
Wa Yawma yunfakhu fis Soori fafazi'a man fis samaawaati wa man fil ardi illaa man shaaa'al laah; wa kullun atawhu daakhireen
Sur chalinib, Alloh xohlaganidan boshqa osmonlardagi kimsalar va yerdagi kimsalar dahshatga tushgan kunda hamma U(zot)ga boʻyin egib kelurlar.
- 88
وَتَرَى ٱلْجِبَالَ تَحْسَبُهَا جَامِدَةًۭ وَهِىَ تَمُرُّ مَرَّ ٱلسَّحَابِ ۚ صُنْعَ ٱللَّهِ ٱلَّذِىٓ أَتْقَنَ كُلَّ شَىْءٍ ۚ إِنَّهُۥ خَبِيرٌۢ بِمَا تَفْعَلُونَ
Wa taral jibaala tahsabuhaa jaamidatanw wa hiya tamurru marras sahaab; sun'al laahil lazeee atqana kulla shai'; innahoo khabeerum bimaa taf'aloon
Togʻlarni koʻrib, qimirlamay turibdi deb hisoblaysan. Holbuki, ular bulutning oʻtishidek oʻturlar. Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning sanʼatidir. Albatta, U nima qilayotganingizdan xabardordir. [26]
[26] (Qiyomat kuni shunday dahshatliki, koʻzimizga eng salobatli, viqorli, mustahkam boʻlib koʻrinadigan ulugʻvor togʻlar ham joyidan koʻchib, titilib, bulutday suzib yuradi. Ularni koʻrgan odam, joyida turibdi, deb oʻylaydi, aslida esa, ular bulutdek suzib ketayotgan boʻladi.)
- 89
مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيْرٌۭ مِّنْهَا وَهُم مِّن فَزَعٍۢ يَوْمَئِذٍ ءَامِنُونَ
Man jaaa'a bilhasanati falahoo khairum minhaa wa hum min faza'iny Yawma'izin aaminoon
Kim yaxshilik qilsa, unga undan koʻra yaxshiroq (mukofot) boʻlur. Hamda ular oʻsha kunning dahshatidan omondadirlar.
- 90
وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَكُبَّتْ وُجُوهُهُمْ فِى ٱلنَّارِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Wa man jaaa'a bissai yi'ati fakubbat wujoohuhum fin Naari hal tujzawna illaa maa kuntum ta'maloon
Kim yomonlik qilsa, bas, yuztuban doʻzaxga tashlanurlar va (ularga): «Sizlarga faqat qilgan amallaringiz jazosi berilmoqda, xolos», (deyilur).
- 91
إِنَّمَآ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ رَبَّ هَٰذِهِ ٱلْبَلْدَةِ ٱلَّذِى حَرَّمَهَا وَلَهُۥ كُلُّ شَىْءٍۢ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ
Innamaaa umirtu an a'buda Rabba haazihil baldatil lazee harramahaa wa lahoo kullu shai'inw wa umirtu an akoona minal muslimeen
Men ushbu shaharning Robbiga, uni haram qilgan Zotga ibodat qilishga amr etildim, xolos. Hamma narsa Unikidir. Va musulmonlardan boʻlishga amr etildim.
- 92
وَأَنْ أَتْلُوَا۟ ٱلْقُرْءَانَ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَقُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُنذِرِينَ
Wa an atluwal Qur-aana famanih tadaa fa innnamaa yahtadee linafsihee wa man dalla faqul innamaaa ana minal munzireen
Va Qurʼonni tilovat qilishga (amr etildim). Kim hidoyat topsa, faqat oʻzi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, unga: «Men ogohlantirguvchilardanman, xolos», degin.
- 93
وَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ سَيُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ فَتَعْرِفُونَهَا ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Wa qulil hamdu lillaahi sa yureekum Aayaatihee fata'ri foonahaa; wa maa Rabbuka bighaaflin 'ammaa ta'maloon
Sen: «Allohga hamd boʻlsin! U sizlarga Oʻz oyat-moʻjizalarini koʻrsatur. Siz ularni koʻrib, taniysiz», deb ayt. Robbing qilayotgan amallaringizdan gʻofil emasdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
