Sura 26

Shuaro

الشُّعَرَاءِ

Ash-Shu'ara · Makkiy · 227 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    طسٓمٓ

    Taa-Seeen-Meeem

    To. Siyn. Miym.

  2. 2

    تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ

    Tilka Aayaatul Kitaabil Mubeen

    Bular ochiq kitobning oyatlaridir.

  3. 3

    لَعَلَّكَ بَٰخِعٌۭ نَّفْسَكَ أَلَّا يَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ

    La'allaka baakhi'un nafsaka allaa yakoonoo mu'mineen

    Ehtimol, (ular) moʻmin boʻlmaganlari uchun sen oʻzingni halok qilmoqchidirsan?!

  4. 4

    إِن نَّشَأْ نُنَزِّلْ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ءَايَةًۭ فَظَلَّتْ أَعْنَٰقُهُمْ لَهَا خَٰضِعِينَ

    In nashaa nunazzil 'alaihim minas samaaa'i Aayatan fazallat a'naaquhum lahaa khaadi'een

    Agar xohlasak, ularga osmondan oyat-moʻjiza nozil qilamiz. Bas, ularning boʻyinlari unga egilib qoladir.

  5. 5

    وَمَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍۢ مِّنَ ٱلرَّحْمَٰنِ مُحْدَثٍ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهُ مُعْرِضِينَ

    Wa maa yaateehim min zikrim minar Rahmaani muhdasin illaa kaanoo 'anhu mu'rideen

    Ularga Rohmandan yangi eslatma kelibdiki, albatta, undan yuz oʻgirguvchi boʻlganlar.

  6. 6

    فَقَدْ كَذَّبُوا۟ فَسَيَأْتِيهِمْ أَنۢبَٰٓؤُا۟ مَا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Faqad kazzaboo fasa yaateehim ambaaa'u maa kaanoo bihee yastahzi'oon

    Bas, batahqiq, yolgʻonga chiqardilar. Yaqinda ularga oʻzlari istehzo qilgan narsaning xabari kelajakdir.

  7. 7

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلْأَرْضِ كَمْ أَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍۢ كَرِيمٍ

    Awa lam yaraw ilal ardi kam ambatnaa feehaa min kulli zawjin kareem

    Ular yerga qaramaydilarmi?! Biz unda karamli juftlardan qanchalarini undirib qoʻyibmiz.

  8. 8

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Inn fee zaalika la Aayah; wa maa kaana aksaruhum mu'mineen

    Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmaslar.

  9. 9

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la Huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.

  10. 10

    وَإِذْ نَادَىٰ رَبُّكَ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱئْتِ ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Wa iz naadaa Rabbuka Moosaaa ani'-til qawmaz zaalimeen

    Robbing Musoga: «U zolim qavmga borgin.

  11. 11

    قَوْمَ فِرْعَوْنَ ۚ أَلَا يَتَّقُونَ

    Qawma Fir'awn; alaa yattaqoon

    Firʼavn qavmiga. (Bizdan) qoʻrqmaydilarmi?!» deb nido qilganini esla.

  12. 12

    قَالَ رَبِّ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ

    Qaala Rabbi inneee akhaafu ai yukazziboon

    U: «Ey Robbim, ular meni yolgʻonchi qilishlaridan qoʻrqarman.

  13. 13

    وَيَضِيقُ صَدْرِى وَلَا يَنطَلِقُ لِسَانِى فَأَرْسِلْ إِلَىٰ هَٰرُونَ

    Wa yadeequ sadree wa laa yantaliqu lisaanee fa arsil ilaa Haaroon

    Va dilim siqilishidan hamda tilim burro boʻlmay qolishidan. Bas, Horunni elchi qil.

  14. 14

    وَلَهُمْ عَلَىَّ ذَنۢبٌۭ فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ

    Wa lahum 'alaiya zambun fa akhaafu ai yaqtuloon

    Mening zimmamda ular nazdida gunoh bor. Bas, meni oʻldirishlaridan xavfdaman», dedi.

  15. 15

    قَالَ كَلَّا ۖ فَٱذْهَبَا بِـَٔايَٰتِنَآ ۖ إِنَّا مَعَكُم مُّسْتَمِعُونَ

    Qaala kallaa fazhabaa bi Aayaatinaaa innaa ma'akum mustami'oon

    U zot: «Yoʻq! Bas, ikkingiz Bizning oyat-moʻjizalarimiz ila boringlar. Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.

  16. 16

    فَأْتِيَا فِرْعَوْنَ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Faatiyaa Fir'awna faqoolaaa innaa Rasoolu Rabbil 'aalameen

    Bas, Firʼavnga boringlar va unga: «Biz Robbul olamiynning Paygʻambarlarimiz.

  17. 17

    أَنْ أَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    An arsil ma'anaa Baneee Israaa'eel

    Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor», deb aytinglar, dedi.

  18. 18

    قَالَ أَلَمْ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدًۭا وَلَبِثْتَ فِينَا مِنْ عُمُرِكَ سِنِينَ

    Qaala alam nurabbika feenaa waleedanw wa labista feenaa min 'umurika sineen

    U (Firʼavn): «Biz seni goʻdakligingdan oʻz ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Umringning bir necha yilini bizning ichimizda oʻtkazmadingmi?!

  19. 19

    وَفَعَلْتَ فَعْلَتَكَ ٱلَّتِى فَعَلْتَ وَأَنتَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Wa fa'alta fa'latakal latee fa'alta wa anta minal kaafireen

    Va nonkoʻrlardan boʻlib, qiladigan ishingni qilib qoʻymadingmi?!» dedi. [1]

    [1] (Firʼavnning minnatlaridan asosiy maqsadi — Muso alayhissalom olib kelgan dinni inkor qilish edi. Qoʻlimizda katta boʻla turib, endi, bizga, dinimizga va mulkimizga qarshi chiqasanmi? Yangi din keltirdim, deb daʼvo qilasanmi? Bizning qavmimizdan bir kishini oʻldirib qoʻymadingmi?!)

  20. 20

    قَالَ فَعَلْتُهَآ إِذًۭا وَأَنَا۠ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ

    Qaala fa'altuhaaa izanw wa ana minad daaaleen

    U (Muso): «Oʻsha ishni qilgan boʻlsam, bilmasdan qilganman.

  21. 21

    فَفَرَرْتُ مِنكُمْ لَمَّا خِفْتُكُمْ فَوَهَبَ لِى رَبِّى حُكْمًۭا وَجَعَلَنِى مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Fafarartu minkum lam maa khiftukum fawahaba lee Rabbee hukmanw wa ja'alanee minal mursaleen

    Bas, sizlardan xavfsirab qochib ketdim. Keyin Alloh menga hikmat berdi va meni Paygʻambarlardan qildi. [2]

    [2] (Oʻsha qibtiy mening bir Bani Isroillik qabiladoshim bilan urishayotgan ekan. Qabiladoshim mendan yordam soʻradi, men unga yordam beraman deb qibtiyni bir ursam oʻlib qoldi. Soʻngra xatoni tushundim.)

  22. 22

    وَتِلْكَ نِعْمَةٌۭ تَمُنُّهَا عَلَىَّ أَنْ عَبَّدتَّ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    Wa tilka ni'matun tamun nuhaa 'alaiya an 'abbatta Baneee Israaa'eel

    Oʻsha menga qilayotgan minnating Bani Isroilni qul qilib olganingdandir», dedi.

  23. 23

    قَالَ فِرْعَوْنُ وَمَا رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Qaala Fir'awnu wa maa Rabbul 'aalameen

    Firʼavn: «Robbul olamiyn nima?» dedi.

  24. 24

    قَالَ رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ

    Qaala Rabbus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa in kuntum mooqineen

    U (Muso): «Agar anglamoqchi boʻlsangiz, U, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalarning Robbidir», dedi.

  25. 25

    قَالَ لِمَنْ حَوْلَهُۥٓ أَلَا تَسْتَمِعُونَ

    Qaala liman hawlahooo alaa tastami'oon

    U (Firʼavn) atrofidagi kishilarga: «Eshitmayapsizlarmi?!» dedi.

  26. 26

    قَالَ رَبُّكُمْ وَرَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Qaala Rabbukum wa Rabbu aabaaa'ikumul awwaleen

    U: «Sizning Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning Robbidir», dedi.

  27. 27

    قَالَ إِنَّ رَسُولَكُمُ ٱلَّذِىٓ أُرْسِلَ إِلَيْكُمْ لَمَجْنُونٌۭ

    Qaala inna Rasoolakumul lazee ursila ilaikum lamajnoon

    U: «Albatta, sizga yuborilgan Paygʻambaringiz jinnidir», dedi.

  28. 28

    قَالَ رَبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ

    Qaala Rabbul mashriqi wal maghribi wa maa baina humaa in kuntum ta'qiloon

    U: «U zot, agar aql yuritsangiz, mashriqu magʻribning va ular oʻrtasidagi narsalarning Robbidir», dedi.

  29. 29

    قَالَ لَئِنِ ٱتَّخَذْتَ إِلَٰهًا غَيْرِى لَأَجْعَلَنَّكَ مِنَ ٱلْمَسْجُونِينَ

    Qaala la'init takhazta ilaahan ghairee la aj'alannaka minal masjooneen

    U: «Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman», dedi.

  30. 30

    قَالَ أَوَلَوْ جِئْتُكَ بِشَىْءٍۢ مُّبِينٍۢ

    Qaala awalw ji'tuka bishai'im mubeen

    U: «Agar men senga ochiq-oydin narsa keltirsam ham-a?» dedi.

  31. 31

    قَالَ فَأْتِ بِهِۦٓ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Qaala faati biheee in kunta minas saadiqeen

    U: «Agar rostgoʻylardan boʻlsang, keltir uni!» dedi.

  32. 32

    فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ ثُعْبَانٌۭ مُّبِينٌۭ

    Fa alqaa 'asaahu fa izaaa hiya su'baanum mubeen

    Bas, u (Muso) asosini tashladi. Banogoh u aniq ajdarga aylandi.

  33. 33

    وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّٰظِرِينَ

    Wa naza'a yadahoo faizaa hiya baidaaa'u linnaa zireen

    Va qoʻlini chiqardi. Banogoh u nazar qilguvchilarga oppoq koʻrindi.

  34. 34

    قَالَ لِلْمَلَإِ حَوْلَهُۥٓ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌ عَلِيمٌۭ

    Qaala lilmala-i hawlahooo inna haazaa lasaahirun 'aleem

    U (Firʼavn) atrofidagi aʼyonlariga: «Albatta, bu oʻta bilimdon sehrgardir.

  35. 35

    يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِۦ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ

    Yureedu ai yukhrijakum min ardikum bisihrihee famaazaa taamuroon

    U oʻz sehri bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?» dedi. [3]

    [3] (Xudoning diniga qarshi chiqqan, Allohning yoʻlidagi daʼvatchilarni oʻziga dushman bilgan tugʻyonkorlarning doimiy gaplaridan biri. Atrofidagi gumashtalariga va sodda xalqqa daʼvatchini xavfli qilib koʻrsatadi va ularni qoʻrqitadi.)

  36. 36

    قَالُوٓا۟ أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَٱبْعَثْ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ

    Qaalooo arjih wa akhaahu wab'as filmadaaa'ini haashireen

    Ular: «Uni va akasini qoʻyib turgin-da, shaharlarga toʻplovchilarni yubor.

  37. 37

    يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَحَّارٍ عَلِيمٍۢ

    Yaatooka bikulli sah haarin 'aleem

    Senga barcha oʻta bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar», dedilar. [4]

    [4] (Bu taklif Firʼavnga maʼqul tushdi. Zotan, u atrofidagilardan aynan shu javobni kutgan edi. Boshqa sura va oyatlardan bilamizki, Muso alayhissalom bilan sehrgarlarning musobaqalashadigan joyi, vaqti va boshqa shartlari kelishib olinadi. Fiʼravn shaharlarga odamlarini yuborib, sehrgarlarni toʻplatib keladi.)

  38. 38

    فَجُمِعَ ٱلسَّحَرَةُ لِمِيقَٰتِ يَوْمٍۢ مَّعْلُومٍۢ

    Fa jumi'as saharatu limeeqaati Yawmim ma'loom

    Bas, sehrgarlar maʼlum kuni kelishilgan vaqtda jamlandilar.

  39. 39

    وَقِيلَ لِلنَّاسِ هَلْ أَنتُم مُّجْتَمِعُونَ

    Wa qeela linnaasi hal antum mujtami'oon

    Va odamlarga: «Sizlar toʻplanib boʻldingizmi?

  40. 40

    لَعَلَّنَا نَتَّبِعُ ٱلسَّحَرَةَ إِن كَانُوا۟ هُمُ ٱلْغَٰلِبِينَ

    La'allanaa nattabi'us saharata in kaanoo humul ghaalibeen

    Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi. [5]

    [5] (Turli munosabatlar ila odamlarni toʻplash bilan ularni chalgʻitish va oʻziga mahliyo etish ham tugʻyonkor hokimlarning odati. Sehrgarlar bilan Muso alayhissalom tortishuvini gʻanimat bilib rosa odam yigʻdilar.)

  41. 41

    فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالُوا۟ لِفِرْعَوْنَ أَئِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ ٱلْغَٰلِبِينَ

    Falammaa jaaa'as saharatu qaaloo li Fir'awna a'inna lanaa la ajjran in kunnaa nahnul ghaalibeen

    Sehrgarlar kelgan chogʻlarida Firʼavnga: «Agar biz gʻolib kelguvchi boʻlsak, bizga, albatta, haq beriladimi?» dedilar.

  42. 42

    قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ إِذًۭا لَّمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ

    Qaala na'am wa innakum izal laminal muqarrabeen

    U: «Ha! U holda siz, albatta, eng yaqinlarimdan boʻlasiz», dedi.

  43. 43

    قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلْقُوا۟ مَآ أَنتُم مُّلْقُونَ

    Qaala lahum Moosaaa alqoo maaa antum mulqoon

    Muso ularga: «Siz tashlaydigan narsangizni tashlang», dedi.

  44. 44

    فَأَلْقَوْا۟ حِبَالَهُمْ وَعِصِيَّهُمْ وَقَالُوا۟ بِعِزَّةِ فِرْعَوْنَ إِنَّا لَنَحْنُ ٱلْغَٰلِبُونَ

    Fa alqaw hibaalahum wa 'isiyyahum wa qaaloo bi'izzati Fir'awna innaa lanahnul ghaaliboon

    Bas, ular arqonlari va asolarini tashladilar va «Firʼavnning izzati bilan qasamki, albatta, biz gʻoliblarmiz», dedilar.

  45. 45

    فَأَلْقَىٰ مُوسَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ

    Fa alqaa Moosaa 'asaahu fa izaa hiya talqafu maa yaafikoon

    Soʻngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi. [6]

    [6] (Sehrgarlar arqonlarini tashlaganida, ilonga aylanmagan, ularning nayrangi tufayligina kishilar koʻziga shunday koʻringan edi, xolos. Keyin Muso alayhissalom asolarini tashladilar va u ajdarga aylanib, Firʼavn sehrgarlarining aso va arqonlarini yuta boshladi.)

  46. 46

    فَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سَٰجِدِينَ

    Fa ulqiyas saharatu saajideen

    Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida yiqildilar.

  47. 47

    قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Qaalooo aamannaa bi Rabbil 'aalameen

    Ular: «Robbul olamiynga iymon keltirdik.

  48. 48

    رَبِّ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ

    Rabbi Moosaa wa Haaroon

    Muso va Horunning Robbiga», dedilar.

  49. 49

    قَالَ ءَامَنتُمْ لَهُۥ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِى عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحْرَ فَلَسَوْفَ تَعْلَمُونَ ۚ لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَٰفٍۢ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ

    Qaala aamantum lahoo qabla an aazana lakum innahoo lakabeerukumul lazee 'alla makumus sihra falasawfa ta'lamoon; la uqatti'anna aidiyakum wa arjulakum min khilaafinw wa la usallibanna kum ajma'een

    U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr oʻrgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qoʻl-oyogʻingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.

  50. 50

    قَالُوا۟ لَا ضَيْرَ ۖ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ

    Qaaloo la daira innaaa ilaa Rabbinaa munqalliboon

    Ular: «Zarari yoʻq. Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.

  51. 51

    إِنَّا نَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لَنَا رَبُّنَا خَطَٰيَٰنَآ أَن كُنَّآ أَوَّلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Innaa natma'u ai yaghfira lanaa Rabbunna khataa yaanaaa an kunnaaa awwalal mu'mineen

    Moʻminlarning avvalgisi boʻlganimiz uchun Robbimiz xatolarimizni kechirishidan umid qilamiz», dedilar.

  52. 52

    ۞ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِىٓ إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ

    Wa awhainaaa ilaa Moosaaa an asri bi'ibaadeee innakum muttaba'oon

    Va Musoga: «Bandalarim bilan kechasi yoʻlga chiq. Albatta, taʼqib etilursiz», deb vahiy yubordik.

  53. 53

    فَأَرْسَلَ فِرْعَوْنُ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ

    Fa arsala Fir'awnu filmadaaa'ini haashireen

    Bas, Firʼavn shaharlarga toʻplovchilar yubordi:

  54. 54

    إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَشِرْذِمَةٌۭ قَلِيلُونَ

    Inna haaa'ulaaa'i lashir zimatun qaleeloon

    «Shubhasiz, anavilar ozgina toifadirlar.

  55. 55

    وَإِنَّهُمْ لَنَا لَغَآئِظُونَ

    Wa innahum lanaa laghaaa'izoon

    Albatta, ular bizni gʻazablantirguvchilardir.

  56. 56

    وَإِنَّا لَجَمِيعٌ حَٰذِرُونَ

    Wa innaa lajamee'un haaziroon

    Albatta, biz hammamiz hushyormiz», deb.

  57. 57

    فَأَخْرَجْنَٰهُم مِّن جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍۢ

    Fa akhrajnaahum min Jannaatinw wa 'uyoon

    Bas, Biz ularni chiqardik, bogʻ-rogʻlar va buloqlardan.

  58. 58

    وَكُنُوزٍۢ وَمَقَامٍۢ كَرِيمٍۢ

    Wa kunoozinw wa ma qaamin kareem

    Xazinalar va muhtaram maskandan. [7]

    [7] (Yaʼni, Firʼavn va uning qavmini bogʻ-rogʻlaridan va buloqlaridan, xazinalaridan va hashamatli maskanlaridan chiqardik.)

  59. 59

    كَذَٰلِكَ وَأَوْرَثْنَٰهَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    Kazaalika wa awrasnaahaa Baneee Israaa'eel

    Ana shunday. Oʻsha(narsa)larni Bani Isroilga meros qilib berdik.

  60. 60

    فَأَتْبَعُوهُم مُّشْرِقِينَ

    Fa atba'oohum mushriqeen

    Bas, ularni quyosh chiqish paytida quvib yetdilar.

  61. 61

    فَلَمَّا تَرَٰٓءَا ٱلْجَمْعَانِ قَالَ أَصْحَٰبُ مُوسَىٰٓ إِنَّا لَمُدْرَكُونَ

    Falammaa taraaa'al jam'aani qaala as haabu Moosaaa innaa lamudrakoon

    Ikki jamoat bir-birlarini koʻrgan chogʻida, Musoning odamlari: «Endi qoʻlga tushdik», dedilar.

  62. 62

    قَالَ كَلَّآ ۖ إِنَّ مَعِىَ رَبِّى سَيَهْدِينِ

    Qaala kallaaa inna ma'iya Rabbee sa yahdeen

    U (Muso): «Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur», dedi.

  63. 63

    فَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْبَحْرَ ۖ فَٱنفَلَقَ فَكَانَ كُلُّ فِرْقٍۢ كَٱلطَّوْدِ ٱلْعَظِيمِ

    Fa awhainaaa ilaa Moosaaa anidrib bi'asaakal bahra fanfalaqa fakaana kullu firqin kattawdil 'azeem

    Bas, Biz Musoga: «Asoing bilan dengizni ur», deb vahiy qildik. Bas, u (dengiz) boʻlinib, har boʻlagi ulkan togʻdek boʻldi.

  64. 64

    وَأَزْلَفْنَا ثَمَّ ٱلْءَاخَرِينَ

    Wa azlafnaa sammal aakhareen

    Va keyin boshqalarni ham yaqinlashtirdik. [8]

    [8] (Yaʼni, Firʼavn va uning askarlarini ham dengizga yaqinlashtirdik.)

  65. 65

    وَأَنجَيْنَا مُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُۥٓ أَجْمَعِينَ

    Wa anjainaa Moosaa wa mam ma'ahooo ajma'een

    Muso va unga ergashganlarga, hammalariga najot berdik.

  66. 66

    ثُمَّ أَغْرَقْنَا ٱلْءَاخَرِينَ

    Summa aghraqnal aakhareen

    Soʻngra boshqalarni gʻarq qildik. [9]

    [9] (Firʼavn va uning askarlari dengiz bagʻriga toʻliq tushib boʻlganlaridan keyin, ulkan togʻdek haybat-la toʻxtab turgan dengiz yana harakatga kelib, hammalarini halok qildi.)

  67. 67

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Inna fee zaalika la Aayaah; wa maa kaana aksaru hu mu'mineen

    Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.

  68. 68

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la Huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.

  69. 69

    وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ إِبْرَٰهِيمَ

    Watlu 'alaihim naba-a Ibraaheem

    Va ularga Ibrohimning xabarini tilovat qilib ber.

  70. 70

    إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَا تَعْبُدُونَ

    Iz qaala li abeehi wa qawmihee maa ta'budoon

    Oʻshanda u otasi va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?» degan edi.

  71. 71

    قَالُوا۟ نَعْبُدُ أَصْنَامًۭا فَنَظَلُّ لَهَا عَٰكِفِينَ

    Qaaloo na'budu asnaaman fanazallu lahaa 'aakifeen

    Ular: «Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Va ularga ixlos ila ibodat qilishda bardavom boʻlurmiz», dedilar. [10]

    [10] (Tosh yoki boshqa narsadan yuzi inson yuziga oʻxshatib ishlangan butga «sanam» deyiladi.)

  72. 72

    قَالَ هَلْ يَسْمَعُونَكُمْ إِذْ تَدْعُونَ

    Qaala hal yasma'oona kum iz tad'oon

    U: «Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi?

  73. 73

    أَوْ يَنفَعُونَكُمْ أَوْ يَضُرُّونَ

    Aw yanfa'oonakum aw yadurroon

    Yoxud naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?» dedi.

  74. 74

    قَالُوا۟ بَلْ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا كَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ

    Qaaloo bal wajadnaaa aabaaa 'anaa kazaalika yaf'aloon

    Ular: «Yoʻq, biz ota-bobolarimizning shunday qilayotganlarini koʻrdik», dedilar.

  75. 75

    قَالَ أَفَرَءَيْتُم مَّا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ

    Qaala afara 'aitum maa kuntum ta'budoon

    U: «Nimaga ibodat qilayotganingizni bildingizmi?!

  76. 76

    أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُمُ ٱلْأَقْدَمُونَ

    Antum wa aabaaa'ukumul aqdamoon

    Siz va qadimgi otalaringiz?!

  77. 77

    فَإِنَّهُمْ عَدُوٌّۭ لِّىٓ إِلَّا رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Fa innahum 'aduwwwul leee illaa Rabbal 'aalameen

    Albatta, Robbul olamiyndan boshqa ularning barchasi menga dushmandir», dedi.

  78. 78

    ٱلَّذِى خَلَقَنِى فَهُوَ يَهْدِينِ

    Allazee khalaqanee fa Huwa yahdeen

    U meni yaratgan Zotdir. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning Oʻzi.

  79. 79

    وَٱلَّذِى هُوَ يُطْعِمُنِى وَيَسْقِينِ

    Wallazee Huwa yut'imunee wa yasqeen

    Va meni taomlantiradigan va sugʻoradigan ham Uning Oʻzi.

  80. 80

    وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

    Wa izaa mardtu fahuwa yashfeen

    Bemor boʻlganimda menga shifo beradigan ham Uning Oʻzi.

  81. 81

    وَٱلَّذِى يُمِيتُنِى ثُمَّ يُحْيِينِ

    Wallazee yumeetunee summa yuhyeen

    Meni oʻldiradigan, soʻngra tiriltiradigan ham Uning Oʻzi.

  82. 82

    وَٱلَّذِىٓ أَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لِى خَطِيٓـَٔتِى يَوْمَ ٱلدِّينِ

    Wallazeee atma'u ai yaghfira lee khateee' atee Yawmad Deen

    Va mening xatoimni qiyomat kuni magʻfirat qilishidan umidvor boʻlganim ham Uning Oʻzi.

  83. 83

    رَبِّ هَبْ لِى حُكْمًۭا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّٰلِحِينَ

    Rabbi hab lee hukmanw wa alhiqnee bis saaliheen

    Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qoʻshgin.

  84. 84

    وَٱجْعَل لِّى لِسَانَ صِدْقٍۢ فِى ٱلْءَاخِرِينَ

    Waj'al lee lisaana sidqin fil aakhireen

    Va menga keyin kelguvchilar ichida sodiq maqtovlar boʻladigan qilgin. [11]

    [11] (Yaʼni, oʻtib ketganimdan keyin ham odamlar meni qiyomatgacha yaxshilik bilan eslab yuradigan qilgin.)

  85. 85

    وَٱجْعَلْنِى مِن وَرَثَةِ جَنَّةِ ٱلنَّعِيمِ

    Waj'alnee minw warasati Jannnatin Na'eem

    Va meni naʼiym jannati vorislaridan qilgin.

  86. 86

    وَٱغْفِرْ لِأَبِىٓ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ

    Waghfir li abeee innahoo kaana mind daalleen

    Va otamni magʻfirat qil. Albatta, u adashganlardan boʻldi.

  87. 87

    وَلَا تُخْزِنِى يَوْمَ يُبْعَثُونَ

    Wa laa tukhzinee Yawma yub'asoon

    Va qayta tiriltiriladigan kunda meni sharmanda qilmagin.

  88. 88

    يَوْمَ لَا يَنفَعُ مَالٌۭ وَلَا بَنُونَ

    Yawma laa yanfa'u maalunw wa laa banoon

    U kunda na mol manfaat berar va na bolalar.

  89. 89

    إِلَّا مَنْ أَتَى ٱللَّهَ بِقَلْبٍۢ سَلِيمٍۢ

    Illaa man atal laaha biqalbin saleem

    Magar, kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelsa, (manfaat topar).

  90. 90

    وَأُزْلِفَتِ ٱلْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ

    Wa uzlifatil Jannatu lilmuttaqeen

    Va jannat taqvodorlarga yaqinlashtirildi.

  91. 91

    وَبُرِّزَتِ ٱلْجَحِيمُ لِلْغَاوِينَ

    Wa burrizatil Jaheemu lilghaaween

    Jahiym igʻvoga uchganlarga zohir qilindi.

  92. 92

    وَقِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ

    Wa qeela lahum aina maa kuntum ta'budoon

    Va ularga: «Ibodat qilib yurgan narsalaringiz qani?!

  93. 93

    مِن دُونِ ٱللَّهِ هَلْ يَنصُرُونَكُمْ أَوْ يَنتَصِرُونَ

    Min doonil laahi hal yansuroonakum aw yantasiroon

    Allohdan oʻzga. Ular sizga yordam bera olurlarmi yoki oʻzlarini qutqara olurlarmi?!» deyildi.

  94. 94

    فَكُبْكِبُوا۟ فِيهَا هُمْ وَٱلْغَاوُۥنَ

    Fakubkiboo feehaa hum walghaawoon

    Bas, ular, igʻvoga uchganlar unga yuztuban tashlandilar.

  95. 95

    وَجُنُودُ إِبْلِيسَ أَجْمَعُونَ

    Wa junoodu Ibleesa ajma'oon

    Va iblisning askarlari hammalari birgalikda.

  96. 96

    قَالُوا۟ وَهُمْ فِيهَا يَخْتَصِمُونَ

    Qaaloo wa hum feehaa yakkhtasimoon

    Ular uning ichida bir-birlari ila xusumat qilar ekanlar, dedilar:

  97. 97

    تَٱللَّهِ إِن كُنَّا لَفِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Tallaahi in kunnaa lafee dalaalim mubeen

    «Allohga qasamki, albatta, biz ochiq-oydin adashuvda ekanmiz.

  98. 98

    إِذْ نُسَوِّيكُم بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Iz nusawweekum bi Rabbil 'aalameen

    Chunki, sizlarni Robbul olamiynga tenglashtirardik.

  99. 99

    وَمَآ أَضَلَّنَآ إِلَّا ٱلْمُجْرِمُونَ

    Wa maaa adallanaaa illal mujrimoon

    Bizni faqat jinoyatchilar yoʻldan ozdirdilar.

  100. 100

    فَمَا لَنَا مِن شَٰفِعِينَ

    Famaa lanaa min shaa fi'een

    Mana endi biz uchun shafoatchilar ham yoʻq.

  101. 101

    وَلَا صَدِيقٍ حَمِيمٍۢ

    Wa laa sadeeqin hameem

    Biron qadrdon doʻst ham yoʻq.

  102. 102

    فَلَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةًۭ فَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Falaw anna lanaa karratan fanakoona minal mu'mineen

    Qani endi ortga qaytsagu moʻminlardan boʻlsak.»

  103. 103

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Inna fee zaalika la Aayatanw wa maa kaana aksaruhum mu'mineen

    Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.

  104. 104

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la Huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi azizu mehribondir.

  105. 105

    كَذَّبَتْ قَوْمُ نُوحٍ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Kazzabat qawmu Noohinil Mursaleen

    Nuh qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.

  106. 106

    إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ نُوحٌ أَلَا تَتَّقُونَ

    Iz qaala lahum akhoohum Noohun alaa tattaqoon

    Oʻshanda ularga birodarlari Nuh dedi: «Qoʻrqmaysizmi?!

  107. 107

    إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌۭ

    Innee lakum Rasoolun ameen

    Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.

  108. 108

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqullaaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.

  109. 109

    وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa maaa as'alukum 'alaihi min ajrin in ajriya illaa 'alaa Rabbil 'aalameen

    Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiynning zimmasidadir.

  110. 110

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqul laaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar».

  111. 111

    ۞ قَالُوٓا۟ أَنُؤْمِنُ لَكَ وَٱتَّبَعَكَ ٱلْأَرْذَلُونَ

    Qaalooo anu'minu laka wattaba 'akal arzaloon

    Ular: «Senga pastkashlar ergashib turgan holda, biz senga iymon keltirarmidik?!» dedilar.

  112. 112

    قَالَ وَمَا عِلْمِى بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Qaala wa maa 'ilmee bimaa kaanoo ya'maloon

    U dedi: «Mening ular nima qilayotganlari haqida ilmim yoʻq.

  113. 113

    إِنْ حِسَابُهُمْ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّى ۖ لَوْ تَشْعُرُونَ

    In hisaabuhum illaa 'alaa Rabbee law tash'uroon

    Agar sezsangiz, ularning hisobi faqat Allohning zimmasidadir.

  114. 114

    وَمَآ أَنَا۠ بِطَارِدِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa maaa ana bitaaridil mu'mineen

    Va men moʻminlarni haydab yuborguvchi emasman.

  115. 115

    إِنْ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    In ana illaa nazeerum mubeen

    Men faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos».

  116. 116

    قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَٰنُوحُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمَرْجُومِينَ

    Qaaloo la'il lam tantahi yaa Noohu latakoonanna minal marjoomeen

    Ular: «Ey Nuh, agar toʻxtamasang, albatta, toshboʻron qilinganlardan boʻlasan», dedilar.

  117. 117

    قَالَ رَبِّ إِنَّ قَوْمِى كَذَّبُونِ

    Qaala Rabbi inna qawmee kazzaboon

    U: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolgʻonchi qildilar.

  118. 118

    فَٱفْتَحْ بَيْنِى وَبَيْنَهُمْ فَتْحًۭا وَنَجِّنِى وَمَن مَّعِىَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Faftab bainee wa bai nahum fat hanw wa najjinee wa mam ma'iya minal mu'mineen

    Bas, Oʻzing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot bergin», dedi.

  119. 119

    فَأَنجَيْنَٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ

    Fa anjainaahu wa mamma'ahoo fil fulkil mashhoon

    Bas, Biz unga va u bilan birga boʻlganlarga toʻlgan kemada najot berdik.

  120. 120

    ثُمَّ أَغْرَقْنَا بَعْدُ ٱلْبَاقِينَ

    Summa aghraqnaa ba'dul baaqeen

    Soʻngra, qolganlarni gʻarq qildik.

  121. 121

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Inna fee zaalika la Aayaah; wa maa kaana aksaruhum mu'mineen

    Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.

  122. 122

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.

  123. 123

    كَذَّبَتْ عَادٌ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Kazzabat 'Aadunil mursaleen

    Od qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.

  124. 124

    إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ هُودٌ أَلَا تَتَّقُونَ

    Iz qaala lahum akhoohum Hoodun alaa tattaqoon

    Oʻshanda ularga birodarlari Hud dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!

  125. 125

    إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌۭ

    Innee lakum Rasoolun ameen

    Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.

  126. 126

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqullaaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.

  127. 127

    وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa maa as'alukum 'alaihi min ajrin in ajriya illaa 'alaa Rabbil 'aalameen

    Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

  128. 128

    أَتَبْنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ ءَايَةًۭ تَعْبَثُونَ

    Atabnoona bikulli ree'in aayatan ta'basoon

    Har tepalikka bir belgi boʻladigan bino qurib, behuda oʻyin qilaverasizmi?

  129. 129

    وَتَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمْ تَخْلُدُونَ

    Wa tattakhizoona masaani'a la'allakum takhludoon

    Va xuddi mangu turajakdek «masnaʼlar» tutasiz. [12]

    [12] (Oyatdagi «masnaʼlar» soʻzi hozirgi arab tilida zavod-fabrikalar maʼnosida ishlatilmoqda. Od qavmi ulkan qasrlar qurish, togʻlarni oʻyib ishlash va boshqa faxr uchun koʻtaradigan binolarida foydalanadigan asbob-uskunalarni ishlab chiqaradigan ishxonalarga ega edi, «masoneʼlar»dan murod oʻshalar, oyatda qurilishlarga doir ochiq-oydin maʼno bor.)

  130. 130

    وَإِذَا بَطَشْتُم بَطَشْتُمْ جَبَّارِينَ

    Wa izaa batashtum batashtum jabbaareen

    Tutganingizda oʻta jabrchi boʻlib tutdingiz.

  131. 131

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqul laaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqing va menga itoat qiling.

  132. 132

    وَٱتَّقُوا۟ ٱلَّذِىٓ أَمَدَّكُم بِمَا تَعْلَمُونَ

    Wattaqul lazeee amad dakum bimaa ta'lamoon

    Sizga oʻzingiz bilgan narsa ila madad bergan Zotdan qoʻrqing.

  133. 133

    أَمَدَّكُم بِأَنْعَٰمٍۢ وَبَنِينَ

    Amaddakum bi an'aa minw wa baneen

    U sizlarga chorva hayvonlari va farzandlar ila madad berdi.

  134. 134

    وَجَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍ

    Wa jannaatinw wa 'uyoon

    Bogʻ-rogʻlar va buloqlar ila.

  135. 135

    إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Innee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmin 'azeem

    Men, albatta, sizga ulugʻ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman».

  136. 136

    قَالُوا۟ سَوَآءٌ عَلَيْنَآ أَوَعَظْتَ أَمْ لَمْ تَكُن مِّنَ ٱلْوَٰعِظِينَ

    Qaaloo sawaaa'un 'alainaaa awa 'azta am lam takum minal waa'izeen

    Ular: «Biz uchun vaʼz qilsang ham yoki vaʼz qilguvchilardan boʻlmasang ham — bari bir.

  137. 137

    إِنْ هَٰذَآ إِلَّا خُلُقُ ٱلْأَوَّلِينَ

    In haazaaa illaa khuluqul awwaleen

    Bu eskilarning odati, xolos.

  138. 138

    وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ

    Wa maa nahnu bimu 'azzabeen

    Biz azoblanguvchi emasmiz», dedilar. [13]

    [13] (Yaʼni, bizga qancha gapirsang ham, baribir sen aytgan yoʻldan yurmaymiz. Bu qilmishimiz uchun, sen aytayotganingdek, azoblanmaymiz ham, dedilar.)

  139. 139

    فَكَذَّبُوهُ فَأَهْلَكْنَٰهُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Fakazzaboohu fa ahlaknaahum; inna fee zaalika la aayah; wa maa kaana aksaruhum mu'mineen

    Ular u(Hud)ni yolgʻonchi qildilar. Bas, Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.

  140. 140

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.

  141. 141

    كَذَّبَتْ ثَمُودُ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Kazzabat Samoodul mursaleen

    Samud (qavmi) Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.

  142. 142

    إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ صَٰلِحٌ أَلَا تَتَّقُونَ

    Iz qaala lahum akhoohum Saalihun alaa tattaqoon

    Oʻshanda ularga birodarlari Solih dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!

  143. 143

    إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌۭ

    Innee lakum Rasoolun ameen

    Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.

  144. 144

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqul laaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.

  145. 145

    وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa maaa as'alukum 'alaihi min ajrin in ajriya illaa 'alaa Rabbil 'aalameen

    Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

  146. 146

    أَتُتْرَكُونَ فِى مَا هَٰهُنَآ ءَامِنِينَ

    Atutrakoona fee maa haahunnaaa aamineen

    Siz bu joydagi narsalarda omon holda tark qilinasizmi?!

  147. 147

    فِى جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍۢ

    Fee jannaatinw wa 'uyoon

    Bogʻ-rogʻlarda, buloqlarda?!

  148. 148

    وَزُرُوعٍۢ وَنَخْلٍۢ طَلْعُهَا هَضِيمٌۭ

    Wa zuroo inw wa nakhlin tal 'uhaa hadeem

    Ekinzorlaru mayin xurmozor ichlarida-ya?!

  149. 149

    وَتَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًۭا فَٰرِهِينَ

    Wa tanhitoona minal jibaali buyootan faariheen

    Va togʻlardan manmanlik-la uylar yoʻnaverasizmi?!

  150. 150

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqul laaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.

  151. 151

    وَلَا تُطِيعُوٓا۟ أَمْرَ ٱلْمُسْرِفِينَ

    Wa laa tutee'ooo amral musrifeen

    Va yer yuzida isrofchilarning ishiga itoat qilmanglar.

  152. 152

    ٱلَّذِينَ يُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ

    Allazeena yufsidoona fil ardi wa laa yuslihoon

    Yer yuzida buzgʻunchilik qiladigan, isloh etmaydiganlarning».

  153. 153

    قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ

    Qaalooo innamaa anta minal musahhareen

    Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.

  154. 154

    مَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُنَا فَأْتِ بِـَٔايَةٍ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Maaa anta illaa basharum mislunaa faati bi Aayatin in kunta minas saadiqeen

    Sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa hech narsa emassan. Agar rostgoʻylardan boʻlsang, moʻjiza keltir», dedilar. [14]

    [14] (Samud qavmi ularga Allohning gapini yetkazgan paygʻambarlari Solih alayhissalomga, algʻov-dalgʻov gapirmoqdasan, aniq sehrlangansan, deb tuhmat qildilar. Kofirlar nazdida, Allohning yoʻliga chaqiruvchilar doimo majnun yoki sehrlangan boʻlib koʻrinadi.)

  155. 155

    قَالَ هَٰذِهِۦ نَاقَةٌۭ لَّهَا شِرْبٌۭ وَلَكُمْ شِرْبُ يَوْمٍۢ مَّعْلُومٍۢ

    Qaala haazihee naaqatul lahaa shirbunw w alakum shirbu yawmim ma'loom

    U: «Mana bu tuya. Unga (bir kun) suv ichish va sizga maʼlum bir kun suv ichish.

  156. 156

    وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍۢ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Wa laa tamassoohaa bisooo'in fa yaakhuzakum 'azaabu Yawmin 'Azeem

    Va unga yomonlik yetkazmanglar, unda, sizni ulugʻ kunning azobi tutadir», dedi. [15]

    [15] (Boshqa oyatlarda bayon etilganidek, tuyaning toshdan chiqarilishining oʻzi moʻjiza boʻlgan edi. Endi oʻsha moʻjiza tuyaning Samud qavmi ichida turish sharti qoʻyildi.)

  157. 157

    فَعَقَرُوهَا فَأَصْبَحُوا۟ نَٰدِمِينَ

    Fa'aqaroohaa fa asbahoo naadimeen

    Bas, u(tuya)ni soʻydilaru nadomat chekuvchiga aylandilar.

  158. 158

    فَأَخَذَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Fa akhazahumul 'azaab; inna fee zaalika la Aayah; wa maa kaana aksaruhum m'mineen

    Bas, ularni azob tutdi. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.

  159. 159

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la Huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.

  160. 160

    كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ ٱلْمُرْسَلِينَ

    kazzabat qawmu Lootinil mursaleen

    Lut qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildi.

  161. 161

    إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ لُوطٌ أَلَا تَتَّقُونَ

    Iz qaala lahum akhoohum Lootun alaa tattaqoon

    Oʻshanda ularga birodarlari Lut dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!

  162. 162

    إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌۭ

    Innee lakum rasoolun ameen

    Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.

  163. 163

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqul laaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.

  164. 164

    وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa maaa as'alukum 'alaihi min ajrin in ajriya illaa 'alaa Rabbil 'aalameen

    Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

  165. 165

    أَتَأْتُونَ ٱلذُّكْرَانَ مِنَ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Ataatoonaz zukraana minal 'aalameen

    Olamlar ichidan erkaklarga borasizmi?!

  166. 166

    وَتَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمْ رَبُّكُم مِّنْ أَزْوَٰجِكُم ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ عَادُونَ

    Wa tazaroona maa khalaqa lakum Rabbukum min azwaajikum; bal antum qawmun 'aadoon

    Va Robbingiz siz uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilasizmi?! Yoʻq!!! Siz haddan oshgan qavmsiz.

  167. 167

    قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَٰلُوطُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُخْرَجِينَ

    Qaloo la'il lam tantahi yaa Lootu latakoonanna minal mukhrajeen

    Ular: «Ey Lut, agar toʻxtamasang, albatta, haydab chiqarilganlardan boʻlasan!» dedilar.

  168. 168

    قَالَ إِنِّى لِعَمَلِكُم مِّنَ ٱلْقَالِينَ

    Qaala innee li'amalikum minal qaaleen

    U: «Albatta, men bu ishingizni oʻta yomon koʻrguvchilardanman.

  169. 169

    رَبِّ نَجِّنِى وَأَهْلِى مِمَّا يَعْمَلُونَ

    Rabbi najjjinee wa ahlee mimmmaa ya'maloon

    Ey Robbim, menga va ahlimga qilayotgan narsalaridan najot bergin!» dedi.

  170. 170

    فَنَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ أَجْمَعِينَ

    Fanajjainaahu wa ahlahooo ajma'een

    Bas, unga va ahliga, hammalariga najot berdik.

  171. 171

    إِلَّا عَجُوزًۭا فِى ٱلْغَٰبِرِينَ

    Illaa 'ajoozan filghaabireen

    Magar (azobda) qolguvchilardan boʻlgan bir kampirga (najot bermadik).

  172. 172

    ثُمَّ دَمَّرْنَا ٱلْءَاخَرِينَ

    Summa dammarnal aa khareen

    Soʻngra qolganlarini yer bilan yakson qildik.

  173. 173

    وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًۭا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلْمُنذَرِينَ

    Wa amtarnaa 'alaihim mataran fasaaa'a matarul munzareen

    Va ularning ustiga bir yomgʻir yogʻdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning yomgʻiri qandoq ham yomon boʻldi. [16]

    [16] (Shuning uchun ham hanafiy mazhabidagi baʼzi faqihlar, Lut alayhissalom qavmi kirdikorini qilgan bachchavozlarni, toshboʻron qilib oʻldirish kerak, deydilar.)

  174. 174

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Inna fee zaalika la Aayah; wa maa kaana aksaruhum mu'mineen

    Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.

  175. 175

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la Huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.

  176. 176

    كَذَّبَ أَصْحَٰبُ لْـَٔيْكَةِ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Kazzaba As haabul Aykatil mursaleen

    Qalin daraxtzor egalari Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar. [17]

    [17] (Bu oyatda zikri kelayotgan «qalin daraxtzor» Madyan oʻlkasidir. Alloh taolo Shuayb alayhissalomni shu yerga paygʻambar etib yubordi. Shuayb alayhissalom qissasini, Hijr surasida oʻrganganmiz.)

  177. 177

    إِذْ قَالَ لَهُمْ شُعَيْبٌ أَلَا تَتَّقُونَ

    Iz qaala lahum Shu'aybun alaa tattaqoon

    Oʻshanda ularga Shuʼayb dedi: «Qoʻrqmaysizlarmi?!

  178. 178

    إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌۭ

    Innee lakum Rasoolun ameen

    Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.

  179. 179

    فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Fattaqul laaha wa atee'oon

    Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.

  180. 180

    وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa maaa as'alukum 'alaihi min ajrin in ajriya illaa 'alaa Rabbil 'aalameen

    Men sizlardan buning uchun haq — ajr soʻramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

  181. 181

    ۞ أَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَلَا تَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُخْسِرِينَ

    Awful kaila wa laa takoonoo minal mukhsireen

    Bas, oʻlchovni toʻliq oʻlchanglar va kamaytirguvchilardan boʻlmanglar.

  182. 182

    وَزِنُوا۟ بِٱلْقِسْطَاسِ ٱلْمُسْتَقِيمِ

    Wa zinoo bilqistaasil mustaqeem

    Va toʻgʻri tarozi ila torting.

  183. 183

    وَلَا تَبْخَسُوا۟ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ

    Wa laa tabkhasun naasa ashyaaa 'ahum wa laa ta'saw fil ardi mufsideen

    Odamlarning narsalarini kamaytirib bermang. Yer yuzida turli buzgʻunchiliklar qilmang.

  184. 184

    وَٱتَّقُوا۟ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلْجِبِلَّةَ ٱلْأَوَّلِينَ

    Wattaqul lazee khalaqakum waljibillatal awwaleen

    Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qoʻrqing».

  185. 185

    قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ

    Qaalooo innamaa anta minal musahhareen

    Ular: «Albatta, sen sehrlanganlardansan.

  186. 186

    وَمَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُنَا وَإِن نَّظُنُّكَ لَمِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Wa maaa anta illaa basharum mislunaa wa innazunnuka laminal kaazibeen

    Va sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassan. Biz seni, albatta, yolgʻonchilardan, deb bilamiz.

  187. 187

    فَأَسْقِطْ عَلَيْنَا كِسَفًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Fa asqit 'alainaa kisafam minas samaaa'i in kunta minas saadiqeen

    Agar rostgoʻylardan boʻlsang, ustimizdan osmonning bir boʻlagini tashlavor», dedilar.

  188. 188

    قَالَ رَبِّىٓ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Qaala Rabbeee a'lamu bimaa ta'maloon

    U : «Robbim qilayotgan ishingizni oʻta yaxshi bilguvchidir», dedi.

  189. 189

    فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمْ عَذَابُ يَوْمِ ٱلظُّلَّةِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ

    Fakazzaboohu fa akhazahum 'azaabu Yawmiz zullah; innahoo kaana 'azaaba Yawmin 'Azeem

    Bas, ular u(Shuʼayb)ni yolgʻonchi qildilar. Bas, ularni «soyabon» kuni azobi tutdi. Albatta, u ulugʻ kunning azobi edi. [18]

    [18] (Alloh taolo Ayka xalqini azobga duchor etishni iroda qilganida havoni oʻta isitib yubordi. Shunda pastlab kelayotgan bulut paydo boʻldi. Bulut ularga soyabon boʻlib koʻrindi. Hammalari oʻzlarini bulut soyasiga urdilar. Jinoyatchi qavmning hammasi bulut soyasiga kirib boʻlgandan soʻng, birdan chaqmoq chaqib, bulutdan oʻt-olov chiqib ularni halok etdi.)

  190. 190

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

    Inna fee zaalika la Aayah; wa maa kaana aksaruhum mu'mineen

    Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin koʻplari moʻmin boʻlmadilar.

  191. 191

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Wa inna Rabbaka la huwal 'Azeezur Raheem

    Albatta, Robbing Oʻzi aziyzu mehribondir.

  192. 192

    وَإِنَّهُۥ لَتَنزِيلُ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa innahoo latanzeelu Rabbil 'aalameen

    Albatta, u(Qurʼon) Robbul olamiynning tushirganidir.

  193. 193

    نَزَلَ بِهِ ٱلرُّوحُ ٱلْأَمِينُ

    Nazala bihir Roohul Ameen

    Uni Ruhul Amiyn olib tushdi.

  194. 194

    عَلَىٰ قَلْبِكَ لِتَكُونَ مِنَ ٱلْمُنذِرِينَ

    'Alaa qalbika litakoona minal munzireen

    Sening qalbingga, ogohlantirguvchilardan boʻlishing uchun.

  195. 195

    بِلِسَانٍ عَرَبِىٍّۢ مُّبِينٍۢ

    Bilisaanin 'Arabiyyim mubeen

    Ochiq-oydin arab tilida. [19]

    [19] («Ruhul Amiyn»dan murod Jabroil farishta alayhissalom; «ogohlantirguvchilardan» degani paygʻambarlardan degan maʼnoni bildiradi. Yaʼni, Qurʼonni Jabroil sening qalbingda paygʻambarlardan boʻlishing uchun ravshan arab tilida olib tushdi.)

  196. 196

    وَإِنَّهُۥ لَفِى زُبُرِ ٱلْأَوَّلِينَ

    Wa innahoo lafee Zuburil awwaleen

    Albatta, u(Qurʼon) avvalgilarning kitoblarida ham bordir. [20]

    [20] (Qurʼonning zikri, avvalgi ummatlarning ilohiy kitoblarida ham bordir.)

  197. 197

    أَوَلَمْ يَكُن لَّهُمْ ءَايَةً أَن يَعْلَمَهُۥ عُلَمَٰٓؤُا۟ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    Awalam yakul lahum Aayatan ai ya'lamahoo 'ulamaaa'u Baneee Israaa'eel

    Uni Bani Isroil ulamolarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!

  198. 198

    وَلَوْ نَزَّلْنَٰهُ عَلَىٰ بَعْضِ ٱلْأَعْجَمِينَ

    Wa law nazzalnaahu 'alaa ba'dil a'jameen

    Agar Biz uni baʼzi ajamiylarga nozil qilsak.

  199. 199

    فَقَرَأَهُۥ عَلَيْهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ مُؤْمِنِينَ

    Faqara ahoo 'alaihim maa kaanoo bihee mu'mineen

    Bas, u ularga uni oʻqib bersa ham, unga moʻmin boʻlmas edilar.

  200. 200

    كَذَٰلِكَ سَلَكْنَٰهُ فِى قُلُوبِ ٱلْمُجْرِمِينَ

    Kazaalika salaknaahu fee quloobil mujrimeen

    Biz u(Qurʼon)ni jinoyatchilar qalblariga ana shunday yoʻlladik. [21]

    [21] (Ular uni eshitadilar, maʼnolarini tushunadilar, ammo iymon keltirmaydilar.)

  201. 201

    لَا يُؤْمِنُونَ بِهِۦ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ

    Laa yu'minoona bihee hattaa yarawul 'azaabal aleem

    Ular unga to alamli azobni koʻrmagunlaricha iymon keltirmaslar.

  202. 202

    فَيَأْتِيَهُم بَغْتَةًۭ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Fayaatiyahum baghtatanw wa hum laa yash'uroon

    Bas, ularga u(azob) toʻsatdan kelur. Ular sezmay qolurlar.

  203. 203

    فَيَقُولُوا۟ هَلْ نَحْنُ مُنظَرُونَ

    Fa yaqooloo hal nahnu munzaroon

    Shunda ular: «Bizga muhlat berilarmikan?!» deydilar.

  204. 204

    أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ

    Aafabi 'azaabinaa yasta'jiloon

    Bizning azobimizning tezroq kelishini istaydilarmi-ya?!

  205. 205

    أَفَرَءَيْتَ إِن مَّتَّعْنَٰهُمْ سِنِينَ

    Aara'aita im matta'naahum sineen

    Aytging-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da.

  206. 206

    ثُمَّ جَآءَهُم مَّا كَانُوا۟ يُوعَدُونَ

    Summa jaaa'ahum maa kaanoo yoo'adoon

    Soʻngra ularga vaʼda qilingan narsa kelsa.

  207. 207

    مَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يُمَتَّعُونَ

    Maaa aghnaaa 'anhum maa kaanoo yumaatoo'oon

    Oʻsha huzurlanib yurgan narsalari nimaga asqotur?!

  208. 208

    وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا لَهَا مُنذِرُونَ

    Wa maaa ahlaknaa min qaryatin illaa lahaa munziroon

    Biz biron shahar-qishloqni halok qilgan boʻlsak, albatta, uning ogohlantirguvchilari boʻlgan.

  209. 209

    ذِكْرَىٰ وَمَا كُنَّا ظَٰلِمِينَ

    Zikraa wa maa kunnaa zaalimeen

    Eslatma boʻlishi uchundir. Biz zulm qilguvchi boʻlmagandik.

  210. 210

    وَمَا تَنَزَّلَتْ بِهِ ٱلشَّيَٰطِينُ

    Wa maa tanazzalat bihish Shayaateen

    U(Qurʼon)ni shaytonlar olib tushganlari yoʻq. [22]

    [22] (Mushriklar daʼvo qilayotganlaridek, Qurʼonni shaytonlar olib tushganlari yoʻq. Ularning bu gaplari boʻhtondan iborat.)

  211. 211

    وَمَا يَنۢبَغِى لَهُمْ وَمَا يَسْتَطِيعُونَ

    Wa maa yambaghee lahum wa maa yastatee'oon

    Bunga ularning imkonlari yoʻq va unga qodir ham emaslar.

  212. 212

    إِنَّهُمْ عَنِ ٱلسَّمْعِ لَمَعْزُولُونَ

    Innahum 'anis sam'i lama'zooloon

    Albatta, ular eshitishdan chetlatilgandirlar.

  213. 213

    فَلَا تَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتَكُونَ مِنَ ٱلْمُعَذَّبِينَ

    Falaa tad'u ma'al laahi ilaahan aakhara fatakoona minal mu'azzabeen

    Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yoʻqsa, azoblanganlardan boʻlasan. [23]

    [23] (Paygʻambar alayhissalotu vassalomning Allohga shirk keltirishlari mutlaqo mumkin emas. Ammo bu oyatda shirkning naqadar ulkan gunoh ekanligini anglatish uchun farazan shu maʼno keltirilgan. Paygʻambar alayhissalotu vassalomdek zot shirk keltirib, azobdan qutula bilmasa, boshqalarning holi nima boʻlishini bilib olish qiyin emas.)

  214. 214

    وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ ٱلْأَقْرَبِينَ

    Wa anzir 'asheeratakal aqrabeen

    Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir.

  215. 215

    وَٱخْفِضْ جَنَاحَكَ لِمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wakhfid janaahaka limanit taba 'aka minal mu'mineen

    Va senga ergashgan moʻminlarga qanotingni pastlat.

  216. 216

    فَإِنْ عَصَوْكَ فَقُلْ إِنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تَعْمَلُونَ

    Fa in asawka faqul innee bareee'um mimmmaa ta'maloon

    Bas, agar ular senga isyon qilsalar: «Men siz qilayotgan amallardan bezorman», degin.

  217. 217

    وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱلْعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ

    Wa tawakkal alal 'Azeezir Raheem

    Va aziyz va mehribon Zotga tavakkal qil:

  218. 218

    ٱلَّذِى يَرَىٰكَ حِينَ تَقُومُ

    Allazee yaraaka heena taqoom

    Seni qoim boʻlganingda koʻradigan.

  219. 219

    وَتَقَلُّبَكَ فِى ٱلسَّٰجِدِينَ

    Wa taqallubaka fis saajideen

    Va sajda qilguvchilar ichida harakatlanishingni (koʻradigan) Zotga. [24]

    [24] (Yaʼni, yolgʻizligingni ham, namozda qoim boʻlganingni, shuningdek, moʻminlar ichida turli ishlarga bosh boʻlib yurganingni ham koʻrib turadigan Zotga — Allohga tavakkal qil.)

  220. 220

    إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Innahoo Huwas Samee'ul 'Aleem

    Albatta, Uning Oʻzi oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchi Zotdir.

  221. 221

    هَلْ أُنَبِّئُكُمْ عَلَىٰ مَن تَنَزَّلُ ٱلشَّيَٰطِينُ

    Hal unabbi'ukum 'alaa man tanazzalush Shayaateen

    Sizlarga shaytonlar kimga tushishini aytib beraymi?

  222. 222

    تَنَزَّلُ عَلَىٰ كُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍۢ

    Tanazzalu 'alaa kulli affaakin aseem

    Ular oʻta uydirmachi va oʻta gunohkorlarga tushurlar.

  223. 223

    يُلْقُونَ ٱلسَّمْعَ وَأَكْثَرُهُمْ كَٰذِبُونَ

    Yulqoonas sam'a wa aksaruhum aaziboon

    Ular (shaytonlarga) quloq osarlar. Va ularning koʻplari yolgʻonchilardir.

  224. 224

    وَٱلشُّعَرَآءُ يَتَّبِعُهُمُ ٱلْغَاوُۥنَ

    Washshu 'araaa'u yattabi 'uhumul ghaawoon

    Va shoirlarga gumrohlar ergashur.

  225. 225

    أَلَمْ تَرَ أَنَّهُمْ فِى كُلِّ وَادٍۢ يَهِيمُونَ

    Alam tara annahum fee kulli waadiny yaheemoon

    Ularning har vodiyda daydishini.

  226. 226

    وَأَنَّهُمْ يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ

    Wa annahum yaqooloona ma laa yaf'aloon

    Va oʻzlari qilmaydigan ishlarni aytishini koʻrmadingmi?

  227. 227

    إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَذَكَرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًۭا وَٱنتَصَرُوا۟ مِنۢ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا۟ ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَىَّ مُنقَلَبٍۢ يَنقَلِبُونَ

    Illal lazeena aamanoo w a'amilus saalihaati wa zakarul laaha kaseeranw wantasaroo mim ba'di maa zulimoo; wa saya'lamul lazeena zalamooo aiya munqalbiny yanqaliboon

    Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni koʻp zikr etganlar va mazlum boʻlganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi agʻdarilish joyiga agʻdarilishlarini bilurlar. [25]

    [25] (Hamma shoir ham har vodiyda daydiydigan, beamal gapiradigan boʻlavermas ekan. Agar shoir iymonli, yaxshi amalli, Allohni koʻp esga oladigan, oʻzini xor qilmay, haqqini tanigan, zolimlar ustidan gʻolib keladigan boʻlsa, Allohning roziligini topgan shoir boʻlishi mumkin.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com