Sura 25

Furqon

الفُرۡقَانِ

Al-Furqan · Makkiy · 77 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    تَبَارَكَ ٱلَّذِى نَزَّلَ ٱلْفُرْقَانَ عَلَىٰ عَبْدِهِۦ لِيَكُونَ لِلْعَٰلَمِينَ نَذِيرًا

    Tabaarakal lazee nazzalal Furqaana 'alaa 'abdihee li yakoona lil'aalameena nazeera

    Olamlarga ogohlantiruvchi boʻlsin uchun bandasiga Furqonni nozil qilgan Zot barakotli, ulugʻdir.

  2. 2

    ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًۭا وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٌۭ فِى ٱلْمُلْكِ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍۢ فَقَدَّرَهُۥ تَقْدِيرًۭا

    Allazee lahoo mulkus samaawaati wal ardi wa lam yattakhiz waladanw wa lam yakul lahoo shareekun filmulki wa khalaqa kulla shai'in faqaddarahoo taqdeeraa

    U, osmonlaru yerning mulki Unga xos boʻlgan, Oʻziga farzand tutmagan, mulkida sherigi boʻlmagan, har bir narsani oʻlchov ila oʻlchab yaratgan Zotdir.

  3. 3

    وَٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةًۭ لَّا يَخْلُقُونَ شَيْـًۭٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ وَلَا يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ ضَرًّۭا وَلَا نَفْعًۭا وَلَا يَمْلِكُونَ مَوْتًۭا وَلَا حَيَوٰةًۭ وَلَا نُشُورًۭا

    Wattakhazoo min dooniheee aahihatal laa yakhluqoona shai'anw wa hum yukhlaqoona wa laa yamlikoona li anfusihim darranw wa laa naf'anw wa laa yamlikoona mawtanw wa laa hayaatanw wa laa nushooraa

    U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, oʻzlari yaratiladigan, oʻzlari uchun zararga ham, nafga ham ega boʻlmaydigan, oʻlimga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik boʻlmaydigan «xudo»lar tutdilar.

  4. 4

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌ ٱفْتَرَىٰهُ وَأَعَانَهُۥ عَلَيْهِ قَوْمٌ ءَاخَرُونَ ۖ فَقَدْ جَآءُو ظُلْمًۭا وَزُورًۭا

    Wa qaalal lazeena kafarooo in haazaaa illaaa ifkunif taraahu wa a'aanahoo 'alaihi qawmun aakharoona faqad jaaa'oo zulmanw wa zooraa

    Kufr keltirganlar: «Bu (Qurʼon) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni oʻzi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar koʻmak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolgʻon guvohlik keltirdilar.

  5. 5

    وَقَالُوٓا۟ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ ٱكْتَتَبَهَا فَهِىَ تُمْلَىٰ عَلَيْهِ بُكْرَةًۭ وَأَصِيلًۭا

    Wa qaalooo asaateerul awwaleenak tatabahaa fahiya tumlaa 'alaihi bukratanw wa aseelaa

    Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar. [1]

    [1] (Avvalgi mushriklar har qancha johil boʻlsalar ham, hozirgilarga qaraganda bir oz insofli boʻlgan ekan. Ular hozirgi mushriklarga oʻxshab, «yozib olgan», demasdan, «yozdirib olgan», demoqdalar. Chunki ular Muhammad alayhissalotu vassalomning oʻqish va yozishni bilmasliklarini yaxshi biladilar. Shuning uchun afsonalarni boshqalarga yozdirib olgan, dedilar. Yaʼni, oʻsha afsonalar Muhammad alayhissalotu vassalomga ertayu kech aytib turiladi, deydilar.)

  6. 6

    قُلْ أَنزَلَهُ ٱلَّذِى يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Qul anzalhul lazee ya'lamus sirra fis samaawaati wal-ard; innahoo kaana Ghafoorar Raheemaa

    Sen: «Uni osmonlaru yerdagi sirni biladigan Zot nozil qildi. Albatta, U magʻfiratli va rahimli Zotdir», degin. [2]

    [2] (Qurʼonni hamma narsani bilguvchi zot — Alloh nozil qilgandir. Hamma narsani bilguvchi Zot oʻtgan ummatlarning tarixini ham juda yaxshi biladi. Oʻtganlarning afsonalarini birovdan yozdirib olishga hojat yoʻq. Balki bu afsonalar yolgʻon, bidʼat va xurofotlarga toʻliqdir. Qurʼoni Karimda esa, oʻtgan ummatlarning qissalari eng rost va toʻgʻri ravishda keltiriladi. Kishilarni ulardan oʻrnak olishga chaqiriladi. Vaqt oʻtib, ilm rivojlanishi bilan bu haqiqat yana ham ravshanlashib bormoqda.)

  7. 7

    وَقَالُوا۟ مَالِ هَٰذَا ٱلرَّسُولِ يَأْكُلُ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشِى فِى ٱلْأَسْوَاقِ ۙ لَوْلَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مَلَكٌۭ فَيَكُونَ مَعَهُۥ نَذِيرًا

    Wa qaaloo maa li haazar Rasooli yaakulut ta'aama wa yamshee fil aswaaq; law laaa unzila ilaihi malakun fa yakoona ma'ahoo nazeeraa

    Ular: «Bu ne Paygʻambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi boʻlar edi.

  8. 8

    أَوْ يُلْقَىٰٓ إِلَيْهِ كَنزٌ أَوْ تَكُونُ لَهُۥ جَنَّةٌۭ يَأْكُلُ مِنْهَا ۚ وَقَالَ ٱلظَّٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًۭا مَّسْحُورًا

    Aw yulqaaa ilaihi kanzun aw takoonu lahoo jannatuny yaakulu minhaa; wa qaalaz zaalimoona in tattabi'oona illaa rajulam mas hooraa

    Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bogʻi boʻlsa-yu, undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar.

  9. 9

    ٱنظُرْ كَيْفَ ضَرَبُوا۟ لَكَ ٱلْأَمْثَٰلَ فَضَلُّوا۟ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ سَبِيلًۭا

    Unzur kaifa daraboo lakal amsaala fadalloo falaa yastatee'oona sabeelaa

    Senga qanday misollar keltirganiga nazar sol! Bas, ular yoʻldan ozdilar. Endi yoʻl topishga qodir emaslar.

  10. 10

    تَبَارَكَ ٱلَّذِىٓ إِن شَآءَ جَعَلَ لَكَ خَيْرًۭا مِّن ذَٰلِكَ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ وَيَجْعَل لَّكَ قُصُورًۢا

    Tabaarakal lazeee in shaaa'a ja'ala laka khairam min zaalika jannaatin tajree min tahtihal anhaaru wa yaj'al laka qusooraa

    Agar xohlasa, senga oʻshandan yaxshirogʻini — ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻlarni va qasrlarni qilib beradigan Zot barakotli va ulugʻ boʻldi. [3]

    [3] (Alloh xohlasa, bu narsalarni istagan lahzada paygʻambariga ato etishi hech gap emas. Lekin maqsad bogʻu rogʻ va qasrlar emas. Maqsad hamma narsaning xoliqi Alloh taoloning roziligiga erishishdir.)

  11. 11

    بَلْ كَذَّبُوا۟ بِٱلسَّاعَةِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لِمَن كَذَّبَ بِٱلسَّاعَةِ سَعِيرًا

    Bal kazzaboo bis Saa'ati wa a'tadnaa liman kazzaba bis Saa'ati sa'eeraa

    Yoʻq! Ular soatni (qiyomatni) ham yolgʻonga chiqardilar. Va Biz soatni (qiyomatni) yolgʻonga chiqarganlarga doʻzaxni tayyorlab qoʻydik. [4]

    [4] (Kofirlar, qiyomat boʻlmaydi, dedilar. Qiyomat boʻladi, deyayotganlarning gapi yolgʻon, dedilar. Holbuki, doʻzax ularni kutib turibdi. Ushbu mushriklar toʻppa-toʻgʻri oʻsha tayyor doʻzaxga ravona boʻladilar.)

  12. 12

    إِذَا رَأَتْهُم مِّن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍۢ سَمِعُوا۟ لَهَا تَغَيُّظًۭا وَزَفِيرًۭا

    Izaa ra'at hum mim ma kaanim ba'eedin sami'oo lahaa taghaiyuzanw wa zafeeraa

    Vaqtiki u ularni uzoq joydan koʻrganida, uning gʻazabnok qaynashini va boʻkirishini eshiturlar. [5]

    [5] (Qiyomat soatini yolgʻonga chiqarganlarga Alloh taolo tomonidan tayyorlab qoʻyilgan doʻzax shu darajada dahshatliki, u kofirlarni uzoqdan koʻrishi bilan gʻazabi toʻlib-toshib, qaynab oʻkira boshlaydi.)

  13. 13

    وَإِذَآ أُلْقُوا۟ مِنْهَا مَكَانًۭا ضَيِّقًۭا مُّقَرَّنِينَ دَعَوْا۟ هُنَالِكَ ثُبُورًۭا

    Wa izaaa ulqoo minhaa makaanan daiyiqam muqar raneena da'aw hunaalika subooraa

    Uning tor joyiga kishanlangan hollarida tashlanganlarida esa, oʻsha joyda (oʻzlariga) halokat tilarlar.

  14. 14

    لَّا تَدْعُوا۟ ٱلْيَوْمَ ثُبُورًۭا وَٰحِدًۭا وَٱدْعُوا۟ ثُبُورًۭا كَثِيرًۭا

    Laa tad'ul yawma subooranw waahidanw wad'oo subooran kaseeraa

    «Bugungi kunda bir halokatni emas, koʻp halokatni tilanglar!» [6]

    [6] (Bir marta halok boʻlib qutulib keta olmaysizlar. Hali koʻp halok boʻlasizlar. Oʻzingizcha, halok boʻlsak, bu azoblardan qutularmiz, deb oʻylamanglar.)

  15. 15

    قُلْ أَذَٰلِكَ خَيْرٌ أَمْ جَنَّةُ ٱلْخُلْدِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۚ كَانَتْ لَهُمْ جَزَآءًۭ وَمَصِيرًۭا

    Qul azaalika khairun am Jannatul khuldil latee wu'idal muttaqoon; kaanat lahum jazaaa'anw wa maseeraa

    «Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qoʻyilgan mangulik jannati yaxshimi?» U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir.

  16. 16

    لَّهُمْ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ خَٰلِدِينَ ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ وَعْدًۭا مَّسْـُٔولًۭا

    Lahum feehaa maa yashaaa'oona khaalideen; kaana 'alaa Rabbika wa'dam mas'oolaa

    Ularga u yerda xohlagan narsalari bor, abadiy holda qolurlar. Bu, Robbing zimmasidagi masʼuliyatli vaʼdadir. [7]

    [7] (Jannatda taqvodor moʻminlarga istagan narsalari bor. Jannatda nimalar borligini sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Shuning uchun osongina, istagan narsalari bor, deb qoʻyildi.)

  17. 17

    وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَقُولُ ءَأَنتُمْ أَضْلَلْتُمْ عِبَادِى هَٰٓؤُلَآءِ أَمْ هُمْ ضَلُّوا۟ ٱلسَّبِيلَ

    Wa Yawma yahshuruhum wa maa ya'budoona min doonil lahi fa yaqoolu 'a-antum adlaltum 'ibaadee haaa'ulaaa'i am hum dallus sabeel

    U(mushrik)larni va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalarini toʻplagan kunda, U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular oʻzlari yoʻldan ozdilarmi?!» deydir. [8]

    [8] (Bu dunyoda mushrik boʻlib, Allohdan oʻzga narsalarga ibodat etib, oʻshalarning «aytgani»ni qilib, oʻshalarning «roziligi»ni tilab oʻtgan manavi bandalarning mushrik boʻlishlari sababi nima? Ularni oʻsha «xudo»lari adashtirdimi? Yoki oʻzlari yoʻldan ogʻdilarmi?)

  18. 18

    قَالُوا۟ سُبْحَٰنَكَ مَا كَانَ يَنۢبَغِى لَنَآ أَن نَّتَّخِذَ مِن دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَآءَ وَلَٰكِن مَّتَّعْتَهُمْ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ نَسُوا۟ ٱلذِّكْرَ وَكَانُوا۟ قَوْمًۢا بُورًۭا

    Qaaloo Subhaanaka maa kaana yambaghee lanaaa an nattakhiza min doonika min awliyaaa'a wa laakim matta'tahum wa aabaaa'ahum hattaa nasuz zikra wa kaanoo qawmam booraa

    Ular: «Oʻzing poksan! Sendan oʻzgani doʻst tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi boʻlib qoldilar», derlar.

  19. 19

    فَقَدْ كَذَّبُوكُم بِمَا تَقُولُونَ فَمَا تَسْتَطِيعُونَ صَرْفًۭا وَلَا نَصْرًۭا ۚ وَمَن يَظْلِم مِّنكُمْ نُذِقْهُ عَذَابًۭا كَبِيرًۭا

    Faqad kazzabookum bimaa taqooloona famaa tastatee'oona sarfanw wa laa nasraa; wa mai yazlim minkum nuziqhu 'azaaban kabeeraa

    Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolgʻonchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir boʻlmassiz. Sizdan kim zulm qilgan boʻlsa, unga azobni torttiramiz.

  20. 20

    وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّآ إِنَّهُمْ لَيَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشُونَ فِى ٱلْأَسْوَاقِ ۗ وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍۢ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ ۗ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًۭا

    Wa maaa arsalnaa qablaka minal mursaleena illaaa innahum la yaakuloonat ta'aama wa yamshoona fil aswaaq; wa ja'alnaa ba'dakum liba'din fitnatan atasbiroon; wa kaana Rabbuka Baseera

    Biz sendan oldin yuborgan Paygʻambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Baʼzilaringizni baʼzilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing koʻrguvchi boʻlgan Zotdir. [9]

    [9] (Oddiy bashardan paygʻambar yuborib odamlarni sinovga uchratdik, baʼzilari sinovdan oʻta olmay, oddiy bashar ham paygʻambar boʻladimi, deb yoʻldan adashdi. Ularning bu tasarruflari esa, iymonlilar uchun sinov boʻldi.)

  21. 21

    ۞ وَقَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ نَرَىٰ رَبَّنَا ۗ لَقَدِ ٱسْتَكْبَرُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ وَعَتَوْ عُتُوًّۭا كَبِيرًۭا

    Wa qaalal lazeena laa yarjoona liqaaa'anaa law laaa unzila 'alainal malaaa'ikatu awnaraa Rabbanaa; laqadistakbaroo feee anfusihim wa 'ataw 'utuwwan kabeeraa

    Bizga uchrashdan umidsiz boʻlganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni koʻrsak edi, derlar. Batahqiq, ular oʻzlaridan ketdilar va katta tugʻyon-la tugʻyon qildilar.

  22. 22

    يَوْمَ يَرَوْنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ لَا بُشْرَىٰ يَوْمَئِذٍۢ لِّلْمُجْرِمِينَ وَيَقُولُونَ حِجْرًۭا مَّحْجُورًۭا

    Yawma yarawnal malaaa 'ikata laa bushraa Yawma'izil lilmujrimeena wa yaqooloona hijram mahjooraa

    Ular farishtalarni koʻradigan kunda, ha, oʻsha kunda jinoyatchilarga xushxabar boʻlmas. Va (farishtalar): «Harom, harom», derlar. [10]

    [10] (Ey kofir-mushriklar, sizlarga xushxabar harom, jannat harom, magʻfirat harom, mehr-shafqat harom, osoyishtalik harom... derlar.)

  23. 23

    وَقَدِمْنَآ إِلَىٰ مَا عَمِلُوا۟ مِنْ عَمَلٍۢ فَجَعَلْنَٰهُ هَبَآءًۭ مَّنثُورًا

    Wa qadimnaaa ilaa maa 'amiloo min 'amalin faja'alnaahu habaaa'am mansooraa

    Va qilgan amaliga kelib, ularni toʻzon kabi sochib yuboramiz. [11]

    [11] (Kofirlarning bu dunyoda qilgan baʼzi bir yaxshi amalaridan umidlari boʻlishi mumkin. Ammo iymon boʻlmaganidan keyin u ishlar hech foyda bera olmaydi. Qiyomat kuni Alloh taolo u amallarni ham toʻzon kabi sochib yuboradi.)

  24. 24

    أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌۭ مُّسْتَقَرًّۭا وَأَحْسَنُ مَقِيلًۭا

    As haabul jannati yawma'izin khairum mustaqar ranw wa ahsanu maqeela

    Oʻsha kunda jannat egalarining qarorgohlari va oromgohlari gʻoyat yaxshidir.

  25. 25

    وَيَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلسَّمَآءُ بِٱلْغَمَٰمِ وَنُزِّلَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ تَنزِيلًا

    Wa Yawma tashaqqaqus samaaa'u bilghamaami wa nuzzilal malaaa'ikatu tanzeela

    U kunda bulutli osmon yorilib, farishtalar boʻlak-boʻlak tushirilurlar.

  26. 26

    ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ ٱلْحَقُّ لِلرَّحْمَٰنِ ۚ وَكَانَ يَوْمًا عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ عَسِيرًۭا

    Almulku Yawma'izinil haqqu lir Rahmaan; wa kaana Yawman'alal kaafireena 'aseeraa

    U kunda hukmronlik Rohmanga haq boʻlur. U kun kofirlar uchun koʻp qiyin kun boʻlur.

  27. 27

    وَيَوْمَ يَعَضُّ ٱلظَّالِمُ عَلَىٰ يَدَيْهِ يَقُولُ يَٰلَيْتَنِى ٱتَّخَذْتُ مَعَ ٱلرَّسُولِ سَبِيلًۭا

    Wa Yawma ya'adduz zaalimu 'alaa yadaihi yaqoolu yaa laitanit takhaztu ma'ar Rasooli sabeelaa

    U kunda zolim ikki qoʻlini tishlab: «Ey voh!!! Paygʻambar ila bir yoʻlni tutganimda edi!» der.

  28. 28

    يَٰوَيْلَتَىٰ لَيْتَنِى لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًۭا

    Yaa wailataa laitanee lam attakhiz fulaanan khaleelaa

    «Ey voh!!! Koshki falonchini doʻst tutmasam edi», der.

  29. 29

    لَّقَدْ أَضَلَّنِى عَنِ ٱلذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَآءَنِى ۗ وَكَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ لِلْإِنسَٰنِ خَذُولًۭا

    Laqad adallanee 'aniz zikri ba'da iz jaaa'anee; wa kaanash Shaitaanu lil insaani khazoolaa

    «Batahqiq, menga Zikr (Qurʼon) kelgandan soʻng u (doʻst) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir». [12]

    [12] (Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan boshqaga ergashganlarning barchasining holi shu boʻladi. Qurʼon yoʻlidan boshqa yoʻlga yurgan, Qurʼondan boshqa dasturga amal qilganlarning barchasining holi shu boʻladi. Qiyomat kuni ularning hammasining bu dunyodagi «doʻst»lari yordamsiz tashlab ketadi.)

  30. 30

    وَقَالَ ٱلرَّسُولُ يَٰرَبِّ إِنَّ قَوْمِى ٱتَّخَذُوا۟ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ مَهْجُورًۭا

    Wa qaalar Rasoolu yaa Rabbi inna qawmit takhazoo haazal Qur-aana mahjooraa

    Va Paygʻambar: «Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qurʼonni tark etdilar», dedi. [13]

    [13] (Muhammad alayhissalotu vassalom Robbilariga shikoyat qilib, ey Robbim, mening qavmim — Quraysh ushbu Qurʼonni tark etdi, dedilar. Alloh taolo ularning qilmishlarini juda yaxshi biladi. Ammo Paygʻambar alayhissalotu vassalom oʻzlarining dardlarini toʻkib solish uchun, Allohning amrini toʻla bajarganliklarini bildirish uchun aytmoqdalar.)

  31. 31

    وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّۭا مِّنَ ٱلْمُجْرِمِينَ ۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ هَادِيًۭا وَنَصِيرًۭا

    Wa kazaalika ja'alnaa likulli Nabiyyin 'aduwwam minal mujrimeen; wa kafaa bi Rabbika haadiyanw wa naseeraa

    Ana shunday. Har Paygʻambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing Oʻzi kifoya qilur.

  32. 32

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلْقُرْءَانُ جُمْلَةًۭ وَٰحِدَةًۭ ۚ كَذَٰلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۖ وَرَتَّلْنَٰهُ تَرْتِيلًۭا

    Wa qaalal lazeena kafaroo law laa nuzzila 'alaihil Quraanu jumlatanw waahidah; kazaalika linusabbita bihee fu'aadaka wa rattalnaahu tarteelaa

    Kufr keltirganlar: «Unga Qurʼon bir yoʻla nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib oʻqidik. [14]

    [14] (Yaʼni, ey Muhammad, Biz sening qalbingni Qurʼon bilan sobit qilish, quvvatlash uchun uni boʻlak-boʻlak holda nozil etdik va goʻzal ravishda dona-dona qilib oʻqib berdik. Qurʼon birdaniga tushmasdan, boʻlak-boʻlak boʻlib tushar, har vahiy kelganida Paygʻambar alayhissalotu vassalomning qalblari quvvatlanar, kuchlariga kuch, gʻayratlariga gʻayrat qoʻshilar edi.)

  33. 33

    وَلَا يَأْتُونَكَ بِمَثَلٍ إِلَّا جِئْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ وَأَحْسَنَ تَفْسِيرًا

    Wa laa yaatoonaka bimasainn illaa ji'naaka bilhaqqi wa ahsana tafseeraa

    Ular senga biror masal keltirsalar, Biz, albatta, senga haqni va goʻzal sharhini keltirurmiz.

  34. 34

    ٱلَّذِينَ يُحْشَرُونَ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ أُو۟لَٰٓئِكَ شَرٌّۭ مَّكَانًۭا وَأَضَلُّ سَبِيلًۭا

    Allazeena yuhsharoona 'alaa wujoohim ilaa jahannama ulaaa'ika sharrum makaananw wa adallu sabeelaa )section 3)

    Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana oʻshalar, makonlari eng yomon, yoʻllari eng adashgan kimsalardir.

  35. 35

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَجَعَلْنَا مَعَهُۥٓ أَخَاهُ هَٰرُونَ وَزِيرًۭا

    Wa laqad aatainaa Moosal Kitaaba wa ja'alnaa ma'ahooo akhaahu Haaroona wazeeraa

    Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik va unga akasi Horunni vazir qildik.

  36. 36

    فَقُلْنَا ٱذْهَبَآ إِلَى ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا فَدَمَّرْنَٰهُمْ تَدْمِيرًۭا

    Faqulnaz habaaa ilal qawmil lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa fadammarnaahum tadmeeraa

    Bas: «Ikkingiz Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga boring», dedik. Soʻng ularni yer bilan yakson qildik.

  37. 37

    وَقَوْمَ نُوحٍۢ لَّمَّا كَذَّبُوا۟ ٱلرُّسُلَ أَغْرَقْنَٰهُمْ وَجَعَلْنَٰهُمْ لِلنَّاسِ ءَايَةًۭ ۖ وَأَعْتَدْنَا لِلظَّٰلِمِينَ عَذَابًا أَلِيمًۭا

    Wa qawma Noohil lammaa kazzabur Rusula aghraqnaahum wa ja'alnaahum linnaasi Aayatanw wa a'tadnaa lizzaalimeena 'azaaban aleemaa

    Va Nuh qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlarida gʻarq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qoʻydik.

  38. 38

    وَعَادًۭا وَثَمُودَا۟ وَأَصْحَٰبَ ٱلرَّسِّ وَقُرُونًۢا بَيْنَ ذَٰلِكَ كَثِيرًۭا

    Wa 'Aadanw Samooda wa As haabar Rassi wa quroonam baina zaalika kaseeraa

    Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla. [15]

    [15] (Biz «quduq» deb tarjima qilgan soʻz oyati karimada «rass» iborasi ila ifodalangan boʻlib, ichi mahkamlanmagan, nurab turgan quduqqa aytiladi. Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha jinoyatchi qavm quduq atrofida oʻtirganlarida, u qulab, hammalari ichiga tushib halok boʻlgan ekanlar. Baʼzi tafsirchilarimiz, bu qavm Solih alayhissalom qavmi, desalar, boshqalari Shuayb alayhissalom qavmidir, deydilar. Ibn Jarir Tabariy esa, ular Uxdud egalaridir, degan ekanlar. Ular haqida Buruj surasida soʻz yuritilgan.)

  39. 39

    وَكُلًّۭا ضَرَبْنَا لَهُ ٱلْأَمْثَٰلَ ۖ وَكُلًّۭا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًۭا

    Wa kullandarabnaa lahul amsaala wa kullan tabbarnaa tatbeera

    Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik. [16]

    [16] (Yaʼni, oʻsha oʻtmish asrlardagi barcha jinoyatchi qavmlarning har biriga oʻrnak boʻlsin uchun misollar keltirdik. Ular ibrat olmadilar, oʻzlarini oʻnglamadilar.)

  40. 40

    وَلَقَدْ أَتَوْا۟ عَلَى ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِىٓ أُمْطِرَتْ مَطَرَ ٱلسَّوْءِ ۚ أَفَلَمْ يَكُونُوا۟ يَرَوْنَهَا ۚ بَلْ كَانُوا۟ لَا يَرْجُونَ نُشُورًۭا

    Wa laqad ataw 'alal qaryatil lateee umtirat mataras saw'; afalam yakoonoo yarawnahaa; bal kaanoo laa yarjoona nushooraa

    Batahqiq, ular yomonlik yomgʻiri yogʻdirilgan shaharga kelgan edilar. Uni koʻrmagan edilarmi?! Yoʻq! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar. [17]

    [17] (Ushbu oyati karimadagi «yomonlik yomgʻiri yogʻdirilgan shahar»dan murod Lut alayhissalom qavmi yashagan shahardir. Maʼlumki, bu shaharni Alloh taolo tosh yogʻdirib halok qilgandir. Oyatdagi «Ular»dan murod esa, Makka kofirlari. Ular Shomga qilgan safarlarida Lut alayhissalom qavmi shahri xarobalari yonidan oʻtar edilar. Agar ularda insof boʻlganida, zarracha tafakkur boʻlganida, koʻrganlaridan ibrat olardilar.)

  41. 41

    وَإِذَا رَأَوْكَ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِى بَعَثَ ٱللَّهُ رَسُولًا

    Wa izaa ra awka iny yattakhizoonaka illaa huzuwan ahaazal lazee ba'asal laahu Rasoolaa

    Ular seni koʻrgan vaqtlarida masxaraga olurlar: «Alloh Paygʻambar qilib yuborgan shumi?!

  42. 42

    إِن كَادَ لَيُضِلُّنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا لَوْلَآ أَن صَبَرْنَا عَلَيْهَا ۚ وَسَوْفَ يَعْلَمُونَ حِينَ يَرَوْنَ ٱلْعَذَابَ مَنْ أَضَلُّ سَبِيلًا

    In kaada la yudillunaa 'an aalihatinaa law laaa an sabarnaa 'alaihaa; wa sawfa ya'lamoona heena yarawnal 'azaaba man adallu sabeela

    Agar sabr qilmaganimizda, albatta, u bizni, sal boʻlmasa, xudolarimizdan ozdirardi-ya!» deb. Yaqinda — azobni koʻrgan chogʻlarida — kim yoʻldan ozganroq ekanini bilurlar.

  43. 43

    أَرَءَيْتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا

    Ara'aita manit takhaza ilaahahoo hawaahu afa anta takoonu 'alaihi wakeelaa

    Havoyi nafsini oʻziga xudo qilib olganni koʻrdingmi?! Endi sen unga vakil boʻlasanmi?! [18]

    [18] (Yoʻq, albatta. Paygʻambarning vazifasi havoi nafsini oʻziga xudo qilib olganlarga vakil boʻlish emas, balki Allohdan kelgan amrlarni kishilarga yetkazishdir.)

  44. 44

    أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ ۚ إِنْ هُمْ إِلَّا كَٱلْأَنْعَٰمِ ۖ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا

    Am tahsabu annna aksarahum yasma'oona aw ya''qiloon; in hum illaa kal an'aami bal hum adallu sabeelan

    Yoki sen ularning koʻplari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yoʻq. Balki yana ham yoʻldan ozganroqdirlar. [19]

    [19] (Ushbu oyati karimada Paygʻambar alayhissalotu vassalomga tasalli va havoi nafslarini xudo qilib olgan kofirlarni yerga urish bor.)

  45. 45

    أَلَمْ تَرَ إِلَىٰ رَبِّكَ كَيْفَ مَدَّ ٱلظِّلَّ وَلَوْ شَآءَ لَجَعَلَهُۥ سَاكِنًۭا ثُمَّ جَعَلْنَا ٱلشَّمْسَ عَلَيْهِ دَلِيلًۭا

    Alam tara ilaa Rabbika kaifa maddaz zilla wa law shaaa'a laja'alahoo saakinan summa ja'alnash shamsa 'alaihe daleelaa

    Robbingning soyani qanday yoyib qoʻyganini koʻrmadingmi? Agar xohlasa, uni jilmas qilardi. Soʻngra quyoshni Biz unga dalil qildik. [20]

    [20] (Ha, agar Alloh xohlasa, soyani jilmas qilib, bir xilda, yaʼni uzaymay ham, qisqarmay ham turadigan qilib qoʻyar edi. Misol uchun yerni aylanmaydigan qilib qoʻysa, soya jilmay turaverar edi, biz eʼtibor bermaydigan soyaning yoyilishi hodisasi ortida Allohning ulkan qudrati turibdi.)

  46. 46

    ثُمَّ قَبَضْنَٰهُ إِلَيْنَا قَبْضًۭا يَسِيرًۭا

    Summa qabadnaahu ilainaa qabdany yaseeraa

    Soʻngra Biz uni Oʻzimizga asta-sekin tortib oldik.

  47. 47

    وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِبَاسًۭا وَٱلنَّوْمَ سُبَاتًۭا وَجَعَلَ ٱلنَّهَارَ نُشُورًۭا

    Wa Huwal lazee ja'ala lakumul laila libaasanw wannawma subaatanw wa ja'alan nahaara nushooraa

    U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir.

  48. 48

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ طَهُورًۭا

    Wa Huwal lazeee arsalar riyaaha bushram baina yadai rahmatih; wa anzalnaa minas samaaa'i maaa'an tahooraa

    U Oʻz rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik.

  49. 49

    لِّنُحْۦِىَ بِهِۦ بَلْدَةًۭ مَّيْتًۭا وَنُسْقِيَهُۥ مِمَّا خَلَقْنَآ أَنْعَٰمًۭا وَأَنَاسِىَّ كَثِيرًۭا

    Linuhyiya bihee balda tam maitanw wa nusqiyahoo mimmaa khalaqnaaa an'aa manw wa anaasiyya kaseeraa

    U ila oʻlik yurtni tiriltirishimiz va oʻzimiz yaratgan koʻplab chorva hayvonlari hamda insonlarni sugʻorishimiz uchun.

  50. 50

    وَلَقَدْ صَرَّفْنَٰهُ بَيْنَهُمْ لِيَذَّكَّرُوا۟ فَأَبَىٰٓ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورًۭا

    Wa laqad sarrafnaahu bainahum li yazzakkaroo fa abaaa aksarun naasi illaa kufooraa

    Batahqiq, Biz u(Qurʼon)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib koʻrdik. Odamlarning koʻplari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar. [21]

    [21] (Alloh osmondan pok suv tushiradi. Alloh osmondan pok soʻz (Qurʼon) tushiradi. Alloh osmondan tushirgan pok suvi ila oʻlik diyorlarni tiriltiradi, chanqoq hayvon va odamlarni sugʻoradi. Alloh osmondan tushirgan pok soʻzi bilan maʼnaviy oʻlik xalqlarni tiriltiradi, ruhiy chanqoqlarni, tashnalarni ruhiy-maʼnaviy taʼlimotlar ila sugʻoradi. Qurʼonni ularga turli uslublar ila taqdim qildik. Lekin ular bundan oʻzlariga eslatma olmadilar.)

  51. 51

    وَلَوْ شِئْنَا لَبَعَثْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍۢ نَّذِيرًۭا

    Wa law shi'naa laba'asnaa fee kulli qar yatin nazeeraa

    Agar xohlasak, har shaharga bitta ogohlantirguvchi yuborar edik.

  52. 52

    فَلَا تُطِعِ ٱلْكَٰفِرِينَ وَجَٰهِدْهُم بِهِۦ جِهَادًۭا كَبِيرًۭا

    Falaa tuti'il kaafireena wa jaahidhum bihee jihaadan kabeeraa

    Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qurʼon) bilan katta jiddu jahd qil!

  53. 53

    ۞ وَهُوَ ٱلَّذِى مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ هَٰذَا عَذْبٌۭ فُرَاتٌۭ وَهَٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌۭ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخًۭا وَحِجْرًۭا مَّحْجُورًۭا

    Wa Huwal lazee marajal bahraini haazaa 'azbun furaatunw wa haazaa milhun ujaaj; wa ja'ala bainahumaa barzakhanw wa hijram mahjooraa

    U, ikki dengizni — bunisi chuchuk-shirin, unisi shoʻr-achchiq qilib oqizib qoʻygan va oralariga koʻrinmas toʻsiq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir. [22]

    [22] (Barcha ummonlar va dengizlar shoʻr, daryolar chuchuk. Daryolar oqib borib suvini dengizlarga, ummonlarga quyadi. Ammo bu bilan dengiz suvi chuchuk boʻlib qolmaydi, daryo suvi shoʻr boʻlib qolmaydi. Zotan, daryolarning suvi ham dengiz va ummonlardan bugʻlanib koʻtarilgan suvdan iborat.)

  54. 54

    وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ مِنَ ٱلْمَآءِ بَشَرًۭا فَجَعَلَهُۥ نَسَبًۭا وَصِهْرًۭا ۗ وَكَانَ رَبُّكَ قَدِيرًۭا

    Wa Huwal lazee khalaqa minal maaa'i basharran fa ja'alahoo nasaban wa sihraa; wa kaana Rabbuka Qadeeraa

    U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qoʻygan Zotdir. Robbing qodir boʻlgan Zotdir.

  55. 55

    وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُهُمْ وَلَا يَضُرُّهُمْ ۗ وَكَانَ ٱلْكَافِرُ عَلَىٰ رَبِّهِۦ ظَهِيرًۭا

    Wa ya'budoona min doonil laahi maa laa yanfa'uhum wa laa yadurruhum; wa kaanal kaafiru 'alaa Rabbihee zaheeraa

    Ular Allohdan oʻzga, ularga naf ham, zarar ham yetkazmaydigan, narsalarga ibodat qiladilar. Va kofir, Robbiga qarshi yordamchi boʻlgandir.

  56. 56

    وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا مُبَشِّرًۭا وَنَذِيرًۭا

    Wa maa arsalnaaka illaa mubashshiranw wa nazeeraa

    Biz seni faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yuborganmiz, xolos.

  57. 57

    قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِلَّا مَن شَآءَ أَن يَتَّخِذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًۭا

    Qul maaa as'alukum 'alaihi min ajrin illaa man shaaa'a ai yattakhiza ilaa Rabbihee sabeelaa

    Sen: «Men sizlardan buning uchun ajr soʻramayman, faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yoʻl olishini (soʻrayman)», deb ayt. [23]

    [23] (Islomda eʼtiqod-dinga kirish yoki uning aʼzolari safida boʻlish uchun toʻlanadigan badal yoki soligʻu majburiyatlar yoʻq. Xohlagan kishi Allohga tomon yoʻl olsin. Unga iymon keltirsin, ibodat qilsin. Boshqalar esa, uning yoʻlini toʻsmasin.)

  58. 58

    وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱلْحَىِّ ٱلَّذِى لَا يَمُوتُ وَسَبِّحْ بِحَمْدِهِۦ ۚ وَكَفَىٰ بِهِۦ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرًا

    Wa tawakkal 'alal Haiyil lazee laa yamootu wa sabbih bihamdih; wa kafaa bihee bizunoobi 'ibaadihee khabeeraa

    Va barhayot, oʻlmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan oʻta xabardor boʻlishda Uning Oʻzi kifoyadir.

  59. 59

    ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۚ ٱلرَّحْمَٰنُ فَسْـَٔلْ بِهِۦ خَبِيرًۭا

    Allazee khalaqas samaawaati wal arda wa maa bainahumaa fee sittati aiyaamin summmmastawaa 'alal 'Arsh; ar Rahmaanu fas'al bihee khabeeraa

    U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, oʻsha oʻta Xabardordan soʻra. [24]

    [24] (Ushbu maʼnolar eʼtiqod bobida oʻta nozik va hassos ekanligi eʼtiboridan ulamolarimiz juda ham ehtiyotkorlik bilan bayon qilishga harakat qiladilar. «Olti kun» masalasiga kelganda, baʼzilari, bu dunyoning kunlariga oʻxshash kunlar, Alloh «boʻl» desa boʻlib qolar edi-yu, lekin bandalarga shoshilmay ish qilishni oʻrgatish maqsadida shunday qildi, deydilar. Boshqalari esa, «olti kun» qanday kunlar ekanini Allohning Oʻzi biladi. Bizning kunlarimiz osmonlaru Yer yaratib boʻlingandan keyin, quyosh majmuasidagi sayyoralar nizomi yaratilgandan keyin vujudga kelgan tushunchalar, deydilar. «Soʻngra» kalimasi odatda «keyin» maʼnosidagi tartibni ifoda qiladi, bu oyatdagi «soʻngra» esa, martabani bildiradi.)

  60. 60

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱسْجُدُوا۟ لِلرَّحْمَٰنِ قَالُوا۟ وَمَا ٱلرَّحْمَٰنُ أَنَسْجُدُ لِمَا تَأْمُرُنَا وَزَادَهُمْ نُفُورًۭا ۩

    Wa izaa qeela lahumus judoo lir Rahmaani qaaloo wa mar Rahmaanu anasjudu limaa taamurunaa wa zaadahum nufooraa

    Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.

  61. 61

    تَبَارَكَ ٱلَّذِى جَعَلَ فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًۭا وَجَعَلَ فِيهَا سِرَٰجًۭا وَقَمَرًۭا مُّنِيرًۭا

    Tabaarakal lazee ja'ala fis samaaa'i buroojanw wa ja'ala feehaa siraajanw wa qamaram muneeraa

    Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli(buyuk) boʻldi.

  62. 62

    وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ خِلْفَةًۭ لِّمَنْ أَرَادَ أَن يَذَّكَّرَ أَوْ أَرَادَ شُكُورًۭا

    Wa huwal lazee ja'alal laila wannahaara khilfatal liman araada ai yazzakkara aw araadaa shookooraa

    U ibrat olmoqni iroda qilgan va shukr qilmoqni iroda qilgan kishi uchun kecha-kunduzni birin-ketin qilgan Zotdir.

  63. 63

    وَعِبَادُ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى ٱلْأَرْضِ هَوْنًۭا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ ٱلْجَٰهِلُونَ قَالُوا۟ سَلَٰمًۭا

    Wa 'ibaadur Rahmaanil lazeena yamshoona 'alal ardi hawnanw wa izaa khaata bahumul jaahiloona qaaloo salaamaa

    Rohmanning bandalari yer yuzida tavozuʼ ila yuradigan va johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir. [25]

    [25] (Rohmanning suyukli bandasi boʻlish sharafiga erishgan inson Yer yuzida kamtarlik, sodda va muloyimlik bilan yuradi. Unda takabburlik, manmanlik, vahshatu dahshat, turli soxta koʻrinishlardan asar ham boʻlmaydi. Shu bilan birga, boʻshanglik, irodasizlik, behuda qisilib-qimtinish, oʻzini pastga urishlik ham boʻlmaydi.)

  64. 64

    وَٱلَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًۭا وَقِيَٰمًۭا

    Wallazeena yabeetoona li Rabbihim sujjadanw wa qiyaamaa

    Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor oʻtkazadilar.

  65. 65

    وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ ۖ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا

    Wallazeena yaqooloona Rabbanas rif 'annnaa 'azaaba Jahannama inn 'azaabahaa kaana gharaamaa

    Ular: «Ey Robbimiz, Oʻzing bizdan jahannam azobini burgin, albatta, jahannam azobi doimiydir.

  66. 66

    إِنَّهَا سَآءَتْ مُسْتَقَرًّۭا وَمُقَامًۭا

    Innahaa saaa'at mustaqarranw wa muqaamaa

    Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir.

  67. 67

    وَٱلَّذِينَ إِذَآ أَنفَقُوا۟ لَمْ يُسْرِفُوا۟ وَلَمْ يَقْتُرُوا۟ وَكَانَ بَيْنَ ذَٰلِكَ قَوَامًۭا

    Wallazeena izaaa anfaqoo lam yusrifoo wa lam yaqturoo wa kaana baina zaalika qawaamaa

    Ular infoq qilganlarida isrof ham va xasislik ham qilmaslar. U ikkisi oʻrtasida moʻtadil boʻlurlar.

  68. 68

    وَٱلَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَا يَزْنُونَ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ يَلْقَ أَثَامًۭا

    Wallazeena laa yad'oona ma'al laahi ilaahan aakhara wa laa yaqtuloonan nafsal latee harramal laahu illaa bilhaqqi wa laa yaznoon; wa mai yaf'al zaalika yalqa asaamaa

    Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (oʻldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan oʻldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor boʻlur. [26]

    [26] (Allohga shirk keltirish ulkan zulmdir. Birovni nohaqdan oʻldiradigan odam Rohmanning suyukli bandasi boʻla olmaydi. Zinoda ham moddiy, ham maʼnaviy ravishda odam oʻldirish ruhi bor. Zinokorlar bola koʻrishdan qochadilar. Ular, zinodan bola boʻlib qolmasligiga urinadilar. Bu esa, oʻziga xos odam oʻldirishdir. Allohga shirk keltirsa, nohaqdan odam oʻldirsa va zino qilsa, gunohning uqubatiga duchor boʻladi.)

  69. 69

    يُضَٰعَفْ لَهُ ٱلْعَذَابُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَيَخْلُدْ فِيهِۦ مُهَانًا

    Yudaa'af lahul 'azaabu Yawmal Qiyaamati wa yakhlud feehee muhaanaa

    Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar koʻpaytirilur va u(azob)da xor boʻlib abadiy qolur.

  70. 70

    إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ عَمَلًۭا صَٰلِحًۭا فَأُو۟لَٰٓئِكَ يُبَدِّلُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِهِمْ حَسَنَٰتٍۢ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Illaa man taaba wa 'aamana wa 'amila 'amalan saalihan fa ulaaa'ika yubad dilul laahu saiyi aatihim hasanaat; wa kaanal laahu Ghafoorar Raheemaa

    Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana oʻshalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh magʻfiratli va rahimli boʻlgan Zotdir.

  71. 71

    وَمَن تَابَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَإِنَّهُۥ يَتُوبُ إِلَى ٱللَّهِ مَتَابًۭا

    Wa man taaba wa 'amila saalihan fa innnahoo yatoobu ilal laahi mataabaa

    Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytar. [27]

    [27] (Tavbaning haqiqiy yoki soxta ekanligi uning eʼlonidan keyingi amaldan bilinadi. Agar eʼlondan keyingi amal solih-yaxshi boʻlsa, tavba haqiqiy, yomon boʻlsa, tavba soxta boʻladi. Gunoh ham faqat niyat emas, balki qilingan amaldir, tavba ham amalsiz boʻlmas.)

  72. 72

    وَٱلَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ ٱلزُّورَ وَإِذَا مَرُّوا۟ بِٱللَّغْوِ مَرُّوا۟ كِرَامًۭا

    Wallazeena laa yash hadoonaz zoora wa izaa marroo billaghwi marroo kiraamaa

    Ular yolgʻon guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan oʻtsalar, hurmatlarini saqlagan holda oʻtarlar.

  73. 73

    وَٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ لَمْ يَخِرُّوا۟ عَلَيْهَا صُمًّۭا وَعُمْيَانًۭا

    Wallazeena izaa zukkiroo bi Aayaati Rabbihim lam yakhirroo 'alaihaa summanw wa'umyaanaa

    Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda, u(oyat)larga gung va koʻrlardek tashlanmaslar. [28]

    [28] (Rohmanning suyukli bandalari butparast mushriklarga oʻxshab, oʻzlari anglamagan narsaga yopishib olmaydilar. Mushriklar soxta xudolariga xuddi koʻr va karquloqdek bilib-bilmay, koʻrib-koʻrmay, eshitib-eshitmay yopishib oladilar. Agar ular «xudo»larining nima ekanligini bilganlarida, koʻrganlarida va eshitganlarida, hech qachon ularga ibodat qilmas edilar.)

  74. 74

    وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَٰجِنَا وَذُرِّيَّٰتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍۢ وَٱجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا

    Wallazeena yaqooloona Rabbanaa hab lanaa min azwaajinaa wa zurriyaatinaa qurrata a'yuninw waj 'alnaa lilmuttaqeena Imaamaa

    Ular: «Ey Robbimiz, Oʻzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan koʻzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yoʻlboshchi qil», deydiganlardir.

  75. 75

    أُو۟لَٰٓئِكَ يُجْزَوْنَ ٱلْغُرْفَةَ بِمَا صَبَرُوا۟ وَيُلَقَّوْنَ فِيهَا تَحِيَّةًۭ وَسَلَٰمًا

    Ulaaa'ika yujzawnal ghurfata bimaa sabaroo wa yulaqqawna feehaa tahiyyatanw wa salaamaa

    Ana oʻshalar sabr qilganlari uchun «gʻurfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar. [29]

    [29] (Arab tilida oliy maqom xos xonani «gʻurfa» deyiladi. Tafsirchi ulamolarimizdan baʼzilari ushbu oyatdagi «gʻurfa» soʻziga, «oliy daraja», «jannat», «jannatdagi alohida xona» maʼnolarini berishgan. Aslida, hammasini qoʻshib, jannatdagi oliy maqom xos xona, desak maqsadga muvofiq boʻlsa kerak.)

  76. 76

    خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ حَسُنَتْ مُسْتَقَرًّۭا وَمُقَامًۭا

    Khaalideena feehaa; hasunat mustaqarranw wa muqaamaa

    Ular oʻshanda abadiy qolurlar. U qanday ham goʻzal qarorgoh va manzildir.

  77. 77

    قُلْ مَا يَعْبَؤُا۟ بِكُمْ رَبِّى لَوْلَا دُعَآؤُكُمْ ۖ فَقَدْ كَذَّبْتُمْ فَسَوْفَ يَكُونُ لِزَامًۢا

    Qul maa ya'ba'u bikum Rabbee law laa du'aaa'ukum faqad kazzabtum fasawfa yakoonu lizaamaa

    Sen: «Agar duo-iltijolaringiz boʻlmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolgʻonga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim boʻlur», deb ayt.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com