Sura 24

Nur

النُّورِ

An-Nur · Madaniy · 64 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سُورَةٌ أَنزَلْنَٰهَا وَفَرَضْنَٰهَا وَأَنزَلْنَا فِيهَآ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ لَّعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Sooratun anzalnaahaa wa faradnaahaa wa anzalnaa feehaaa Aayaatim baiyinaatil la'allakum tazakkaroon

    (Bu bir) suradir. Biz uni nozil qildik. Biz uni farz qildik. Biz unda ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik. Shoyadki, eslasangiz.

  2. 2

    ٱلزَّانِيَةُ وَٱلزَّانِى فَٱجْلِدُوا۟ كُلَّ وَٰحِدٍۢ مِّنْهُمَا مِا۟ئَةَ جَلْدَةٍۢ ۖ وَلَا تَأْخُذْكُم بِهِمَا رَأْفَةٌۭ فِى دِينِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۖ وَلْيَشْهَدْ عَذَابَهُمَا طَآئِفَةٌۭ مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Azzaaniyatu wazzaanee fajlidoo kulla waahidim minhumaa mi'ata jaldatinw wa laa taakhuzkum bihimaa raafatun fee deenil laahi in kuntum tu'minoona billaahi wal Yawmil Aakhiri wal yashhad 'azaabahumaa taaa'ifatum minal mu'mineen

    Zinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan boʻlsangiz, sizlarni ularga nisbatan Allohning dinida shafqat tutmasin. Va ularning azobiga bir toifa moʻminlar guvoh boʻlsinlar. [1]

    [1] (Nikohda boʻlmay, er-xotinlik hayotini tanib olmaganlar zino qilsalar, ushbu oyatning hukmiga binoan yuz darradan uriladi.)

  3. 3

    ٱلزَّانِى لَا يَنكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةًۭ وَٱلزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَآ إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌۭ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Azzaanee laa yankihu illaa zaaniyatan aw mushrikatanw wazzaaniyatu laa yankihuhaaa illaa zaanin aw mushrik; wa hurrima zaalika 'alal mu'mineen

    Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, moʻminlarga harom qilinmishdir. [2]

    [2] (Zinokor Islom jamiyati jismidan umuman olib tashlanadi. Guvohligi qabul qilinmaydigan boʻladi, moʻminlar bilan nikohda boʻlishdan man etiladi va hokazo.)

  4. 4

    وَٱلَّذِينَ يَرْمُونَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ثُمَّ لَمْ يَأْتُوا۟ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَآءَ فَٱجْلِدُوهُمْ ثَمَٰنِينَ جَلْدَةًۭ وَلَا تَقْبَلُوا۟ لَهُمْ شَهَٰدَةً أَبَدًۭا ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Wallazeena yarmoonal muhsanaati summa lam yaatoo bi-arba'ati shuhadaaa'a fajlidoohum samaaneena jaldatanw wa laa taqbaloo lahum shahaadatan abadaa; wa ulaaa'ika humul faasiqoon

    Pokiza ayollarga (boʻhton) toshi otib, soʻngra toʻrtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana oʻshalar fosiqlardir.

  5. 5

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Illal lazeena taaboo mim ba'di zaalika wa aslahoo fa innal laaha Ghafoorur Raheem

    Magar bundan keyin tavba qilib, oʻzini isloh qilganlar (mustasnodir). Zero, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimlidir.

  6. 6

    وَٱلَّذِينَ يَرْمُونَ أَزْوَٰجَهُمْ وَلَمْ يَكُن لَّهُمْ شُهَدَآءُ إِلَّآ أَنفُسُهُمْ فَشَهَٰدَةُ أَحَدِهِمْ أَرْبَعُ شَهَٰدَٰتٍۭ بِٱللَّهِ ۙ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Wallazeena yarmoona azwaajahum wa lam yakul lahum shuhadaaa'u illaaa anfusuhum fashahaadatu ahadihim arb'u shahaadaatim billaahi innahoo laminas saadiqeen

    Oʻz juftlariga (boʻhton) toshi otib, faqat oʻzlaridan boshqa guvohlari boʻlmaganlar esa, bas, ulardan har birining guvohligi Allohning nomi ila toʻrt marta, albatta, u rostgoʻylardan ekanligi haqida shohidlik berishdir.

  7. 7

    وَٱلْخَٰمِسَةُ أَنَّ لَعْنَتَ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كَانَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Wal khaamisatu anna la'natal laahi 'alaihi in kaana minal kaazibeen

    Beshinchisida esa, agar yolgʻonchilardan boʻlsa, unga Allohning laʼnati boʻlishini (aytishlikdir).

  8. 8

    وَيَدْرَؤُا۟ عَنْهَا ٱلْعَذَابَ أَن تَشْهَدَ أَرْبَعَ شَهَٰدَٰتٍۭ بِٱللَّهِ ۙ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Wa yadra'u anhal 'azaaba an tashhada arba'a shahaa daatim billaahi innahoo laminal kaazibeen

    Va u(ayol)dan azobni qaytaradigan narsa Allohning nomi ila toʻrt marta, albatta, u(er) yolgʻonchilardandir, deb shohidlik berishidir.

  9. 9

    وَٱلْخَٰمِسَةَ أَنَّ غَضَبَ ٱللَّهِ عَلَيْهَآ إِن كَانَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Wal khaamisata anna ghadabal laahi 'alaihaaa in kaana minas saadiqeen

    Beshinchisida esa, agar u(er) rostgoʻylardan boʻlsa, oʻzi(ayol)ga Allohning gʻazabi boʻlishini (aytishlikdir).

  10. 10

    وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ وَأَنَّ ٱللَّهَ تَوَّابٌ حَكِيمٌ

    Wa law laa fadlul laahi 'alaikum wa rahmatuhoo wa annal laaha Tawwaabun Hakeem

    Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida... Albatta, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qilguvchi va oʻta hikmatli zot boʻlmaganida edi...

  11. 11

    إِنَّ ٱلَّذِينَ جَآءُو بِٱلْإِفْكِ عُصْبَةٌۭ مِّنكُمْ ۚ لَا تَحْسَبُوهُ شَرًّۭا لَّكُم ۖ بَلْ هُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۚ لِكُلِّ ٱمْرِئٍۢ مِّنْهُم مَّا ٱكْتَسَبَ مِنَ ٱلْإِثْمِ ۚ وَٱلَّذِى تَوَلَّىٰ كِبْرَهُۥ مِنْهُمْ لَهُۥ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    Innal lazeena jaaa'oo bilifki 'usbatum minkum; laa tahsaboohu sharral lakum bal huwa khairul lakum; likul limri'im minhum mak tasaba minal-ism; wallazee tawallaa kibrahoo minhum lahoo 'azaabun 'azeem

    Albatta, ifkni keltirganlar oʻzingizdan boʻlgan bir usba (toʻda)dir. Uni oʻzingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun oʻzi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini koʻtargan kimsaga buyuk azob bordir. [3]

    [3] (Islom dushmanlari aqliy tortishuvlarda, jang maydonlarida musulmonlardan ustun kela olishlariga koʻzlari yetmaganidan keyin musulmonlarning eng kuchli nuqtasini zaiflashtirish uchun ochiqdan-ochiq igʻvo, boʻhton, tuhmat va uydirma qilishga oʻtdilar. Gapni boshqa yoqqa burib, haqiqatdan chetga chiqish, yolgʻondan uydirma toʻqish, boʻhton va igʻvo qilish arab tilida «ifk» deyiladi. Munofiqlar Oyisha onamizga nisbatan ifk uyushtirdilar. Ularning ifkiga baʼzi sodda musulmonlar ham qoʻshildilar. Orada katta fitna chiqdi. Oyisha onamizni zino qilganlikda ayblay boshladilar. U kishiga nisbatan ifk — igʻvo, boʻhton, tuhmat va uydirma uyushtirildi. Bu hodisa «Ifk hodisasi» nomi bilan mashhurdir.)

  12. 12

    لَّوْلَآ إِذْ سَمِعْتُمُوهُ ظَنَّ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتُ بِأَنفُسِهِمْ خَيْرًۭا وَقَالُوا۟ هَٰذَآ إِفْكٌۭ مُّبِينٌۭ

    Law laaa iz sami'tumoohu zannal mu'minoona walmu'minaatu bi anfusihim khairanw wa qaaloo haazaaa ifkum mmubeen

    U(ifk)ni eshitgan vaqtingizda moʻminlar va moʻminalar oʻzlari haqida yaxshi gumonga borib: «Bu ochiq-oydin ifk-ku!» desalar boʻlmasmidi?!

  13. 13

    لَّوْلَا جَآءُو عَلَيْهِ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَآءَ ۚ فَإِذْ لَمْ يَأْتُوا۟ بِٱلشُّهَدَآءِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ عِندَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْكَٰذِبُونَ

    Law laa jaaa'oo 'alaihi bi-arba'ati shuhadaaa'; fa iz lam yaatoo bishshuhadaaa'i fa ulaaa 'ika 'indal laahi humul kaaziboon

    U(ifkchi)lar oʻsha(ifk)ga toʻrtta guvoh keltirsalar boʻlmasmidi?! Bas, guvohlarni keltira olmagan chogʻda ana oʻshalar oʻzlari Allohning huzurida yolgʻonchidirlar.

  14. 14

    وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ لَمَسَّكُمْ فِى مَآ أَفَضْتُمْ فِيهِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

    Wa law laa fadlul laahi 'alaikum wa rahmatuhoo fiddunyaa wal aakhirati lamassakum fee maaa afadtum feehi 'azaabun 'azeem

    Agar dunyoyu oxiratda sizlarga Allohning fazli, marhamati boʻlmaganida, oʻzingiz ichiga shoʻngʻigan narsa uchun sizni, albatta, buyuk azob tutar edi.

  15. 15

    إِذْ تَلَقَّوْنَهُۥ بِأَلْسِنَتِكُمْ وَتَقُولُونَ بِأَفْوَاهِكُم مَّا لَيْسَ لَكُم بِهِۦ عِلْمٌۭ وَتَحْسَبُونَهُۥ هَيِّنًۭا وَهُوَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمٌۭ

    iz talaqqawnahoo bi alsinatikum wa taqooloona bi afwaahikum maa laisa lakum bihee 'ilmunw wa tahsaboo nahoo haiyinanw wa huwa 'indl laahi 'azeem

    Oʻshanda siz u(ifk)ni tillaringiz ila ilib olar, ogʻzingiz ila oʻzingiz bilmagan narsani gapirar edingiz va u (ifk)ni oʻzingizga yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyukdir.

  16. 16

    وَلَوْلَآ إِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُم مَّا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّتَكَلَّمَ بِهَٰذَا سُبْحَٰنَكَ هَٰذَا بُهْتَٰنٌ عَظِيمٌۭ

    Wa law laaa iz sami'tu moohu qultum maa yakoonu lanaaa an natakallama bihaazaa Subhaanaka haaza buhtaanun 'azeem

    Uni eshitgan chogʻingizda: «Bizga buni gapirmogʻimiz toʻgʻri kelmas. Oʻzing poksan! Bu katta boʻhtondir!» desangiz boʻlmasmidi?!

  17. 17

    يَعِظُكُمُ ٱللَّهُ أَن تَعُودُوا۟ لِمِثْلِهِۦٓ أَبَدًا إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Ya'izukumul laahu an ta'oodoo limisliheee abadan in kuntum mu'mineen

    Agar moʻmin boʻlsangiz, hargiz u(ifk)ga oʻxshash narsaga qaytmasligingizni Alloh sizga vaʼz-nasihat qilur.

  18. 18

    وَيُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Wa yubaiyinul laahu lakumul Aayaat; wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Alloh sizga oyatlarni bayon qilur. Va Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli Zotdir.

  19. 19

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ ٱلْفَٰحِشَةُ فِى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Innal lazeena yuhibboona an tashee'al faahishatu fil lazeena aamanoo lahum 'azaabun aleemun fid dunyaa wal Aakhirah; wallaahu ya'lamu wa antum laa ta'lamoon

    Albatta, iymon keltirganlar ichida fohisha tarqalishini yaxshi koʻradiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar bilmassizlar.

  20. 20

    وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ وَأَنَّ ٱللَّهَ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wa law laa fadlul laahi 'alaikum wa rahmatuhoo wa annal laaha Ra'oofur Raheem

    Agar sizlarga Allohning fazli, marhamati boʻlmaganida... Va, albatta, Alloh oʻta shafqatli va rahimli boʻlmaganida...

  21. 21

    ۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ وَمَن يَتَّبِعْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ فَإِنَّهُۥ يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۚ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ مَا زَكَىٰ مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ أَبَدًۭا وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tattabi'oo khutuwaatish Shaitaan; wa many-yattabi' khutuwaatish Shaitaani fa innahoo yaamuru bilfahshaaa'i walmunkar; wa law laa fadlul laahi 'alaikum wa rahmatuhoo maa zakaa minkum min ahadin abadanw wa laakinnal laaha yuzakkee many-yashaaa'; wallaahu Samee'un 'Aleem

    Ey, iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fohisha va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishini poklar. Alloh oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir.

  22. 22

    وَلَا يَأْتَلِ أُو۟لُوا۟ ٱلْفَضْلِ مِنكُمْ وَٱلسَّعَةِ أَن يُؤْتُوٓا۟ أُو۟لِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينَ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَلْيَعْفُوا۟ وَلْيَصْفَحُوٓا۟ ۗ أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ

    Wa laa yaatali ulul fadli minkum wassa'ati ai yu'tooo ulil qurbaa walmasaakeena walmuhaajireena fee sabeelillaahi walya'foo walyasfahoo; alaa tuhibboona ai yaghfiral laahu lakum; wal laahu Ghafoorur Raheem

    Sizlardan fazl va boylik egasi boʻlganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yoʻlida muhojir boʻlganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, oʻtib yuborsinlar. Alloh sizlarni magʻfirat qilishini xush koʻrmaysizlarmi?! Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta rahimli Zotdir. [4]

    [4] (Oyisha onamiz quyidagilarni aytadilar: «Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr (u kishi qarindosh boʻlgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar): «Allohga qasamki, Oyisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi. Abu Bakr roziyallohu anhu darhol: «Ha! Allohga qasamki, albatta, Alloh meni magʻfirat qilishini xush koʻraman», dedilar va Mistohga berib yurgan nafaqalarini qaytadan joriy qildilar. Soʻngra: «Allohga qasamki, bu nafaqani undan hech uzmayman», dedilar».)

  23. 23

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَرْمُونَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ٱلْغَٰفِلَٰتِ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ لُعِنُوا۟ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    Innal lazeena yarmoonal muhsanaatil ghaafilaatil mu'minaati lu'inoo fid dunyaa wal Aakhirati wa lahum 'azaabun 'azeem

    Albatta, pokiza, gʻofila va moʻmina ayollarga (boʻhton) toshi otganlar bu dunyoyu oxiratda laʼnatlanurlar. Ularga katta azob bordur.

  24. 24

    يَوْمَ تَشْهَدُ عَلَيْهِمْ أَلْسِنَتُهُمْ وَأَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Yawma tashhhadu 'alaihim alsinatuhum wa aideehim wa arjuluhum bimaa kaanoo ya'maloon

    U kunda tillari, qoʻllari va oyoqlari qilib yurgan amallari haqida ularga qarshi guvohlik berur.

  25. 25

    يَوْمَئِذٍۢ يُوَفِّيهِمُ ٱللَّهُ دِينَهُمُ ٱلْحَقَّ وَيَعْلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ ٱلْمُبِينُ

    Yawma'iziny yuwaf feehimul laahu deenahumul haqqa wa ya'lamoona annal laaha Huwal Haqqul Mubeen

    Oʻsha kunda Alloh ularning haq jazolarini toʻliq berur va ular Allohning Oʻzi ochiq haq ekanini bilurlar.

  26. 26

    ٱلْخَبِيثَٰتُ لِلْخَبِيثِينَ وَٱلْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَٰتِ ۖ وَٱلطَّيِّبَٰتُ لِلطَّيِّبِينَ وَٱلطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَٰتِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ مُبَرَّءُونَ مِمَّا يَقُولُونَ ۖ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ

    Alkhabeesaatu lilkha beeseena walkhabeesoona lilkhabeesaati wattaiyibaatu littaiyibeena wattaiyiboona littaiyibaat; ulaaa'ika mubar ra'oona maimma yaqooloona lahum maghfiratunw wa rizqun kareem

    Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana oʻshalar u(boʻhtonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga magʻfirat va goʻzal rizq bordir. [5]

    [5] (Shu bilan ifk hodisasi — musulmonlar jamoasini katta musibatga solgan hodisa haqidagi oyatlar nihoyasiga yetdi. Bu hodisa Paygʻambar alayhissalotu vassalom oilasining pokligini va bu oilani Allohning Oʻzi saqlashini isbot etdi.)

  27. 27

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَدْخُلُوا۟ بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّىٰ تَسْتَأْنِسُوا۟ وَتُسَلِّمُوا۟ عَلَىٰٓ أَهْلِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo laa tadkhuloo buyootan ghaira buyootikum hatta tastaanisoo wa tusallimoo 'allaa ahlihaa; zaalikum khairul lakum la'allakum tazakkaroon

    Ey, iymon keltirganlar! Oʻz uylaringizdan boshqa uylarga to izn soʻramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang. Ana shunday qilmogʻingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki, eslasangiz. [6]

    [6] (Ushbu oyatga amal qilinsa, birovning xonadoniga izn soʻrab, salom berib kirilsagina, turli noqulay holatlarning oldi olinadi. Izn soʻramay kirgan odam uy egalarining noqulay holda turganlarini koʻrib qolsa, gunoh boʻladi. Ikki tomon ham hijolatga tushadi. Balki xusumat, urush-janjal chiqishi ham mumkin. Baʼzi hollarda uyda ayol kishi yolgʻiz boʻlishi, ustiga begona erkak kirib, orada igʻvo, boʻhton, fitna chiqishi mumkin.)

  28. 28

    فَإِن لَّمْ تَجِدُوا۟ فِيهَآ أَحَدًۭا فَلَا تَدْخُلُوهَا حَتَّىٰ يُؤْذَنَ لَكُمْ ۖ وَإِن قِيلَ لَكُمُ ٱرْجِعُوا۟ فَٱرْجِعُوا۟ ۖ هُوَ أَزْكَىٰ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌۭ

    Fa il lam tajidoo feehaaa ahadan falaa tadkhuloohaa hattaa yu'zana lakum wa in qeela lakumurji'oo farji'oo huwa azkaa lakum; wallaahu bimaa ta'maloona 'Aleem

    Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha, ularga kirmang. Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, oʻsha siz uchun pokdir. Alloh nima amal qilayotganingizni oʻta bilguvchidir.

  29. 29

    لَّيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَدْخُلُوا۟ بُيُوتًا غَيْرَ مَسْكُونَةٍۢ فِيهَا مَتَٰعٌۭ لَّكُمْ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ

    Laisa 'alaikum junaahun ann tadkhuloo buyootan ghaira maskoonatin feeha mataa'ul lakum; wallaahu ya'lamu maa tubdoona wa maa taktumoon

    Maskan boʻlmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yoʻqdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladir.

  30. 30

    قُل لِّلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا۟ مِنْ أَبْصَٰرِهِمْ وَيَحْفَظُوا۟ فُرُوجَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَزْكَىٰ لَهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا يَصْنَعُونَ

    Qul lilmu' mineena yaghuuddoo min absaarihim wa yahfazoo furoojahum; zaalika azkaa lahum; innallaaha khabeerum bimaa yasna'oon

    Sen moʻminlarga ayt, koʻzlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir.

  31. 31

    وَقُل لِّلْمُؤْمِنَٰتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَٰرِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا ۖ وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ ۖ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ ءَابَآئِهِنَّ أَوْ ءَابَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَآئِهِنَّ أَوْ أَبْنَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ أَخَوَٰتِهِنَّ أَوْ نِسَآئِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُنَّ أَوِ ٱلتَّٰبِعِينَ غَيْرِ أُو۟لِى ٱلْإِرْبَةِ مِنَ ٱلرِّجَالِ أَوِ ٱلطِّفْلِ ٱلَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا۟ عَلَىٰ عَوْرَٰتِ ٱلنِّسَآءِ ۖ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ ۚ وَتُوبُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

    Wa qul lilmu'minaati yaghdudna min absaarihinna wa yahfazna furoojahunna wa laa yubdeena zeenatahunna illaa maa zahara minhaa walyadribna bikhumurihinna 'alaa juyoobihinna wa laa yubdeena zeenatahunna illaa libu'oolatihinna aw aabaaa'i hinna aw aabaaa'i bu'oolati hinna aw abnaaa'ihinaa aw abnaaa'i bu'oolatihinnna aw ikhwaanihinnna aw baneee ikhwaanihinna aw banee akhawaatihinna aw nisaaa'i hinna aw maa malakat aimaanuhunna awit taabi'eena ghairi ilil irbati minar rijaali awit tiflillazeena lam yazharoo 'alaa 'awraatin nisaaa'i wala yadribnna bi arjulihinna min zeenatihinn; wa toobooo ilallaahi jammee'an aiyuhal mu'minoona la'allakum tuflihoon

    Sen moʻminalarga ayt: «Koʻzlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar zohir boʻlgan ziynatlar boʻlsa (mayli). Roʻmollarini koʻksilariga toʻsib yursinlar. Ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo oʻgʻillariga yo erlarining oʻgʻillariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining oʻgʻillariga yo opa-singillarining oʻgʻillariga yo ayollariga yo oʻz qoʻllarida mulk boʻlganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (boʻlsa, mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (yerga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey moʻminlar! Shoyadki, najot topsangizlar». [7]

    [7] (Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga xitob qilib, moʻmina ayollarga kiyim kiyish va avrat berkitish borasida oʻzlarini qanday tutishlari lozimligini bayon qilib berishini buyurmoqda. Muslima ayollar ham nomahramlarga shahvat nazari bilan qaramasliklari lozimligi ushbu oyatdan tushuniladi. Ayolning ayolga nisbatan avrati kindigidan tizzasigachadir. Ayol kishining nomahram erkaklarga nisbatan avrati yuzi va ikki kaftidan boshqa butun badanidir. Moʻmina-muslima ayol sharafini saqlash uchun Allohning amriga itoat etib, avratini nomahram erkaklardan berkitmogʻi kerak. Buning uchun esa, yuzi va ikki kaftidan boshqa butun tanasini toʻsib turadigan kiyim kiymogʻi lozim. Shuningdek, kiyim yupqa, badanga yopishgan, tor boʻlmasligi ham zarur. Nomahram erkaklarning eʼtiborini jalb qilmaydigan darajada boʻlishi kerak. Ziynat deganda chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar va ayollar oʻzlarini chiroyli koʻrsatish uchun ishlatadigan turli vositalar koʻzda tutiladi. Ayol kishi ushbu oyatga amal qilib, ziynatini nomahramlardan berkitmogʻi lozim, berkitishning imkoni boʻlmay qolganda gunoh emas. Boshlariga oʻragan roʻmollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, koʻksilari va koʻkraklarini ham toʻsib tursin. Toki, ularning jamoli begona koʻzlarga moʻljal boʻlmasin, turli fitnalar keltirib chiqarmasin. Johiliyat davrida ayollar oyoqlariga ham turli taqinchoqlar, qoʻngʻiroqlar taqib olishar ekan. Keyin esa, erkaklarning eʼtiborini jalb etish uchun oyoqlarini yerga qattiq-qattiq urib yurib, haligi taqinchoqlarning ovozini chiqarishar ekan. Bu esa, oʻz navbatida, erkaklarning shahvatini qoʻzgʻagan, ayolning ortidan tushib xiralik qilishiga va oxir-oqibat zinoga olib borishi mumkin boʻlgan.)

  32. 32

    وَأَنكِحُوا۟ ٱلْأَيَٰمَىٰ مِنكُمْ وَٱلصَّٰلِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَآئِكُمْ ۚ إِن يَكُونُوا۟ فُقَرَآءَ يُغْنِهِمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌۭ

    Wa ankihul ayaamaa minkum was saaliheena min 'ibaadikum wa imaa'kum; iny-yakoonoo fuqaraaa'a yughni himul laahu min fadlih; wal laahu Waasi'un 'Aleem

    Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu choʻrilaringizdan solihlarini nikohlab qoʻying. Agar faqir boʻlsalar, Alloh ularni Oʻz fazlidan boy qilur. Alloh (fazli) keng, oʻta bilguvchi Zotdir.

  33. 33

    وَلْيَسْتَعْفِفِ ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّىٰ يُغْنِيَهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱلَّذِينَ يَبْتَغُونَ ٱلْكِتَٰبَ مِمَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ فَكَاتِبُوهُمْ إِنْ عَلِمْتُمْ فِيهِمْ خَيْرًۭا ۖ وَءَاتُوهُم مِّن مَّالِ ٱللَّهِ ٱلَّذِىٓ ءَاتَىٰكُمْ ۚ وَلَا تُكْرِهُوا۟ فَتَيَٰتِكُمْ عَلَى ٱلْبِغَآءِ إِنْ أَرَدْنَ تَحَصُّنًۭا لِّتَبْتَغُوا۟ عَرَضَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَمَن يُكْرِههُّنَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ مِنۢ بَعْدِ إِكْرَٰهِهِنَّ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wal yasta'fifil lazeena laa yajidoona nikaahan hata yughniyahumul laahu mi fadlih; wallazeena yabtaghoonal kitaaba mimmaa malakat aimaanukum fakaatiboohum in 'alimtum feehim khairanw wa aatoohum mimmaalil laahil lazeee aataakum; wa laa tukrihoo fatayaatikum 'alal bighaaa'i in aradna tahassunal litabtaghoo 'aradal hayaatid dunyaa; wa mai yukrihhunna fa innal laaha mim ba'di ikraahihinna Ghafoor Raheem

    Nikoh(imkon)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni Oʻz fazlidan boy qilgunicha, iffatlarini saqlasinlar. Qoʻllaringizda mulk boʻlganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari boʻlsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing va Allohning sizga bergan molidan ularga bering. Hayoti dunyoning oʻtkinchi matohini istab, poklikni iroda qilgan (choʻri) qizlaringizni fohishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan boʻlsa, bas, albatta, Alloh ular majbur qilganlaridan keyin oʻta magʻfiratli va rahimli Zotdir. [8]

    [8] (Ushbu oyati karimada uchta muhim masala — nikohga qodir boʻlmaganlar nima qilishligi, ozod boʻlishni istab, oʻz xojasi bilan shartnoma tuzgan, maʼlum mablagʻ evaziga ozod boʻlishga harakat qilayotgan qulu choʻrilar va fohishabozlik, yaʼni baʼzi ayollarni zinoga majburlab pul topishga urinish masalalari muolaja etilmoqda.)

  34. 34

    وَلَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ ءَايَٰتٍۢ مُّبَيِّنَٰتٍۢ وَمَثَلًۭا مِّنَ ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلِكُمْ وَمَوْعِظَةًۭ لِّلْمُتَّقِينَ

    Wa laqad anzalnaaa ilaikum Aayaatim mubaiyinaatinw wa masalam minnal lazeena khalaw min qablikum wa maw'izatal lilmuttaqeen

    Batahqiq, Biz sizlarga ochiq-oydin oyatlarni, sizdan oldin oʻtganlardan misolni va taqvodorlar uchun vaʼzni nozil qildik.

  35. 35

    ۞ ٱللَّهُ نُورُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ مَثَلُ نُورِهِۦ كَمِشْكَوٰةٍۢ فِيهَا مِصْبَاحٌ ۖ ٱلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ ۖ ٱلزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌۭ دُرِّىٌّۭ يُوقَدُ مِن شَجَرَةٍۢ مُّبَٰرَكَةٍۢ زَيْتُونَةٍۢ لَّا شَرْقِيَّةٍۢ وَلَا غَرْبِيَّةٍۢ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىٓءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌۭ ۚ نُّورٌ عَلَىٰ نُورٍۢ ۗ يَهْدِى ٱللَّهُ لِنُورِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَيَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَٰلَ لِلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ

    Allaahu noorus samaawaati wal ard; masalu noorihee kamishkaatin feehaa misbaah; almisbaahu fee zujaajatin azzujaajatu ka annahaa kawkabun durriyyuny yooqadu min shajaratim mubaarakatin zaitoonatil laa shariqiyyatinw wa laa gharbiyyatiny yakaadu zaituhaa yudeee'u wa law alm tamsashu naar; noorun 'alaa noor; yahdil laahu linoorihee mai yashaaa'; wa yadribul laahul amsaala linnaas; wallaahu bikulli shai'in Aleem

    Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qoʻyilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, goʻyo durdan boʻlgan bir yulduz boʻlib, sharqiy ham, gʻarbiy ham boʻlmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi oʻziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchidir. [9]

    [9] (Suraning nomi ushbu oyati karimadan olingan. Bu oyati karima «Nur» oyati deb ham nomlanadi. Oyatda Alloh taoloning Oʻzi Oʻz zoti oliysini «Nur» deb atamoqda. Lekin bu nur siz bilan bizning tushunchamizdagi moddiy, koʻzga taʼsir oʻtkazadigan yorugʻlik nuri emas. Alloh taoloning hech bir sifati siz bilan bizning tasavvurimizga toʻgʻri kelmaydi. Bu jumlani baʼzi ulamolarimiz, «Alloh osmonlar va Yerni munavvar qilguvchidir», deb tushuntirganlar. Boshqa birlari esa, «Alloh osmonlaru Yerni vujudga keltirguvchidir», deganlar. Yana boshqalari, Alloh taolo osmonlar va Yerni, yaʼni borliqni Oʻz nuridan yaratgandir, degan maʼnoda tafsir qilganlar. Bu tushunchalarning hammasi arab tilida «nur» soʻzi ifoda etadigan maʼnolardan olingandir. «Nur» soʻzi aslida oʻzi zohir boʻlib, oʻzgalarni ham zohir etuvchi vujudga nisbatan ishlatiladi. Misol uchun, qorongʻulikda yorugʻlik zohir boʻlib, avval oʻzi koʻrinadi va shuning barobarida atrofni ham yoritadi-koʻrsatadi.)

  36. 36

    فِى بُيُوتٍ أَذِنَ ٱللَّهُ أَن تُرْفَعَ وَيُذْكَرَ فِيهَا ٱسْمُهُۥ يُسَبِّحُ لَهُۥ فِيهَا بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْءَاصَالِ

    Fee buyootin azinal laahu an turfa'a wa yuzkara feehasmuhoo yusabbihu lahoo feehaa bilghuduwwi wal aasaal

    (U) bir uylardaki, Alloh ularning koʻtarilishiga va ularda Oʻz ismi zikr qilinishiga izn bergandir. Ularda Unga ertayu kech tasbih ayturlar

  37. 37

    رِجَالٌۭ لَّا تُلْهِيهِمْ تِجَٰرَةٌۭ وَلَا بَيْعٌ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ وَإِقَامِ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءِ ٱلزَّكَوٰةِ ۙ يَخَافُونَ يَوْمًۭا تَتَقَلَّبُ فِيهِ ٱلْقُلُوبُ وَٱلْأَبْصَٰرُ

    Rinjaalul laa tulheehim tijaaratunw wa laa bai'un 'an zikril laahi wa iqaamis Salaati wa eetaaa'iz Zakaati yakkhaafoona Yawman tataqallabu feehil quloobu wal absaar

    Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni toʻkis ado etishdan va zakot berishdan mashgʻul qila olmas. Ular qalblar va koʻzlar iztirobga tushadigan kundan qoʻrqarlar.

  38. 38

    لِيَجْزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا۟ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Liyajziyahumul laahu ahsana maa 'amiloo wa yazeedahum min fadlih; wal laahu yarzuqu mai yashaaa'u bighairi hisaab

    Alloh ularni qilgan amallarining eng goʻzali ila mukofotlashi va fazli karamidan ziyoda qilib berishi uchundir. Alloh xohlagan kishiga behisob rizq berur.

  39. 39

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَعْمَٰلُهُمْ كَسَرَابٍۭ بِقِيعَةٍۢ يَحْسَبُهُ ٱلظَّمْـَٔانُ مَآءً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَهُۥ لَمْ يَجِدْهُ شَيْـًۭٔا وَوَجَدَ ٱللَّهَ عِندَهُۥ فَوَفَّىٰهُ حِسَابَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Wallazeena kafarooo a'maaluhum kasaraabim biqee'atiny yahsabuhuz zamaanu maaa'an hattaaa izaa jaaa'ahoo lam yajid hu shai'anw wa wajadal laaha 'indahoo fa waffaahu hisaabah; wallaahu saree'ul hisaab

    Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga oʻxshar. Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini toʻliq qilur. Alloh oʻta tez hisob qilguvchidir. [10]

    [10] (Ushbu oyati karimada Alloh taoloning nuridan mahrum boʻlgan kofir va munofiqlarning holi ajoyib uslub ila vasf etilmoqda. Oʻzlari chanqoq odamga, amallari esa, sahrodagi sarobga oʻxshatilmoqda. Munofiqlar ham bu dunyoda oʻzlaricha, u qildim-bu qildim, deb amallarini sanab, «yaxshi-yaxshi» umidlar bilan oxirat tomon ketaveradilar. Qiyomat qoim boʻlib, «manzil»ga yetganlarida esa, hech narsa topmaydilar. Qilgan amalimizning savobini topamiz, deb borgan joylarida Allohni topadilar va Alloh ularni bekamu koʻst hisob-kitob qiladi.)

  40. 40

    أَوْ كَظُلُمَٰتٍۢ فِى بَحْرٍۢ لُّجِّىٍّۢ يَغْشَىٰهُ مَوْجٌۭ مِّن فَوْقِهِۦ مَوْجٌۭ مِّن فَوْقِهِۦ سَحَابٌۭ ۚ ظُلُمَٰتٌۢ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ إِذَآ أَخْرَجَ يَدَهُۥ لَمْ يَكَدْ يَرَىٰهَا ۗ وَمَن لَّمْ يَجْعَلِ ٱللَّهُ لَهُۥ نُورًۭا فَمَا لَهُۥ مِن نُّورٍ

    Aw kazulumaatin fee bahril lujjiyyiny yaghshaahu mawjum min fawqihee mawjum min fawqihee mawjum min fawqihee sahaab; zulumatum ba'duhaa fawqa ba'din izaaa akhraja yadahoo lam yakad yaraahaa wa mal lam yaj'alil laahu lahoo noora famaa lahoo min noor

    Yoki xuddi qaʼrsiz dengizdagi zulmatlarga oʻxshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qoʻlini chiqarsa, koʻra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur boʻlmas. [11]

    [11] (Ushbu oyati karimada ham Allohning nuridan mahrum boʻlgan kofir va munofiqlarning holati ajoyib uslub ila vasf qilinmoqda. Yaʼni, dengizni katta toʻlqin qoplab olgandir. Bu toʻlqin esa, zulmat ustiga zulmatdir. Ammo bu hali hammasi emas. Oʻsha qop-qora toʻlqinning ustidan qop-qora bulut qoplab turibdi. Bu zulmatlar ostida kofir va munofiq qanday qilib Allohning nurini koʻrsin. U oʻz qoʻlini koʻra olmagandan keyin, Allohning nurini koʻra olmasligi turgan gap.)

  41. 41

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱلطَّيْرُ صَٰٓفَّٰتٍۢ ۖ كُلٌّۭ قَدْ عَلِمَ صَلَاتَهُۥ وَتَسْبِيحَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِمَا يَفْعَلُونَ

    Alam tara annal laaha yusabbihu lahoo man fissamaawaati wal ardi wat tairu saaaffaatim kullun qad 'alima Salaatahoo wa tasbeehah; wallaahu 'aleemum bimaa yaf'aloon

    Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham koʻrmaysanmi?! Har biri oʻz duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini oʻta bilguvchidir.

  42. 42

    وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ

    Wa lillaahi mulkus samaawaati wal ardi wa ilal laahil maseer

    Osmonlar va yerning mulki Allohnikidir va qaytish ham faqat Allohgadir.

  43. 43

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُزْجِى سَحَابًۭا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُۥ ثُمَّ يَجْعَلُهُۥ رُكَامًۭا فَتَرَى ٱلْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَٰلِهِۦ وَيُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن جِبَالٍۢ فِيهَا مِنۢ بَرَدٍۢ فَيُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ وَيَصْرِفُهُۥ عَن مَّن يَشَآءُ ۖ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِۦ يَذْهَبُ بِٱلْأَبْصَٰرِ

    Alam tara annal laaha yuzjee sahaaban summa yu'allifu bainahoo summa yaj'aluhoo rukaaman fataral wadqa yakhruju min khilaalihee wa yunazzilu minas samaaa'i min jibaalin feehaa mim barain fa yuseebu bihee mai yashaaa'u wa yasrifuhoo 'am mai yashaaa'u yakkaadu sanaa barqihee yazhabu bil absaar

    Alloh bulutlarni haydashini, soʻngra birga toʻplashini, soʻngra uyib qoʻyishini koʻrmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrursan. U zot osmondan, undagi togʻlardan doʻl tushirib, u bilan Oʻzi xohlagan kishilarga musiybat yetkazur va uni Oʻzi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmogʻining yarqirashi koʻzlarni ketkazgudek boʻlur.

  44. 44

    يُقَلِّبُ ٱللَّهُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةًۭ لِّأُو۟لِى ٱلْأَبْصَٰرِ

    Yuqallibul laahul laila wannahaar; inna fee zaalika la'ibratal li ulil absaar

    Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta, bunda koʻzi ochiqlar uchun ibrat bordir.

  45. 45

    وَٱللَّهُ خَلَقَ كُلَّ دَآبَّةٍۢ مِّن مَّآءٍۢ ۖ فَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ بَطْنِهِۦ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ رِجْلَيْنِ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰٓ أَرْبَعٍۢ ۚ يَخْلُقُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Wallaahu khalaqa kulla daaabbatim mim maaa'in faminhum mai yamshee 'alaa batnihee wa minhum mai yamshee 'alaa rijlaine wa minhum mai yamshee 'alaaa arba'; yakhluqul laahu maa yashaaa'; innal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi. Bas, ulardan baʼzilari qorni bilan yuradir, baʼzilari ikki oyoq bilan yuradir va baʼzilari toʻrt (oyoq) bilan. Alloh Oʻzi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.

  46. 46

    لَّقَدْ أَنزَلْنَآ ءَايَٰتٍۢ مُّبَيِّنَٰتٍۢ ۚ وَٱللَّهُ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Laqad anzalnaaa Aayaatim mubaiyinaat; wallaahu yahdee mai yashaaa'u ilaa Siraatim Mustaqeem

    Batahqiq, Biz ochiq-oydin bayon qilguvchi oyatlarni tushirdik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsani toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladir.

  47. 47

    وَيَقُولُونَ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلرَّسُولِ وَأَطَعْنَا ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌۭ مِّنْهُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۚ وَمَآ أُو۟لَٰٓئِكَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ

    Wa yaqooloona aamannaa billaahi wa bir Rasooli wa ata'naa summa yatawallaa fareequm minhum mim ba'di zaalik; wa maaa ulaaa'ika bilmu'mineen

    Ular: «Allohga va Paygʻambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. Soʻngra ulardan bir guruhi yuz oʻgirib keturlar. Ana oʻshalar moʻmin emaslar. [12]

    [12] (U guruh — munofiqlardir. Ular tillari bilan: «Allohga va Paygʻambarga iymon keltirdik va itoat qildik», deydilar. Lekin iymonga amalni qoʻshmaydilar. Ogʻizlari bilan iymonli ekanlari haqida safsata sotsalar ham, hayotda iymon taqozosi ila amal qilmay, Islom shariatiga yurishni istamay, boshqa qonun-qoidalar asosida yashashga urinadilar. Allohga va Paygʻambar alayhissalotu vassalomga iymonlari borligini aytsalar ham, ularga itoat etishlari haqida ogʻiz koʻpirtirib soʻzlasalar ham, amal qilmaydilar. Ularga, ayniqsa, Nur surasi oʻqilganda yuraklari siqilib ketadi. Chunki bu sura ularga zinoni, ochiq-sochiqlikni, axloqiy buzuqlik boʻlmish havoyi nafsning xohishlarini man qilib, odob-axloq doirasida halol-pok yashashni taklif etadi. «Soʻngra ulardan bir guruhi yuz oʻgirib keturlar». Tillari bilan aytgan gaplariga amal qilish kerak boʻlganda yuz oʻgirib, boshqa tomonga qarab ketadilar.)

  48. 48

    وَإِذَا دُعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ إِذَا فَرِيقٌۭ مِّنْهُم مُّعْرِضُونَ

    Wa izaa du'ooo ilal laahi wa Rasoolihee li yahkuma bainahum izaa fareequm minhum mu'ridoon

    Ularni qachonki Allohga va Uning Paygʻambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlansa, banogoh, ulardan bir guruhi yuz oʻgirguvchilardir.

  49. 49

    وَإِن يَكُن لَّهُمُ ٱلْحَقُّ يَأْتُوٓا۟ إِلَيْهِ مُذْعِنِينَ

    Wa iny-yakul lahumul haqqu yaatooo ilaihi muz'ineen

    Agar haq ular (tarafda) boʻlsa, u(Paygʻambar)ga boʻyin egib kelurlar.

  50. 50

    أَفِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَمِ ٱرْتَابُوٓا۟ أَمْ يَخَافُونَ أَن يَحِيفَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَرَسُولُهُۥ ۚ بَلْ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Afee quloobihim ma radun amirtaabooo am yakhaafoona ani yaheefallaahu 'alaihim wa Rasooluh; bal ulaaa'ika humuz zaalimoon

    Ularning qalblarida maraz bormi?! Yoki shubha qildilarmi?! Yoxud Alloh va Uning Paygʻambari ularga zulm qilishidan qoʻrqadilarmi?! Yoʻq! Ularning oʻzlari zolimlardir.

  51. 51

    إِنَّمَا كَانَ قَوْلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذَا دُعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ أَن يَقُولُوا۟ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Innamaa kaana qawlal mu'mineena izaa du'ooo ilal laahi wa Rasoolihee li yahkuma bainahum ai yaqooloo sami'naa wa ata'naa; wa ulaaa'ika humul muflihoon

    Albatta, moʻminlarning Allohga va Uning Paygʻambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlanganlaridagi gaplari: «Eshitdik va itoat qildik», demoqlaridir. Ana oʻshalarning oʻzlarigina najot topguvchilardir.

  52. 52

    وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَخْشَ ٱللَّهَ وَيَتَّقْهِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

    Wa mai yuti'il laaha wa Rasoolahoo wa yakhshal laaha wa yattaqhi fa ulaaa'ika humul faaa'izoon

    Kim Allohga va Uning Paygʻambariga itoat etsa hamda Allohdan qoʻrqib, Unga taqvo qilsa, bas, ana oʻshalargina yutuqqa erishguvchilardir.

  53. 53

    ۞ وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِنْ أَمَرْتَهُمْ لَيَخْرُجُنَّ ۖ قُل لَّا تُقْسِمُوا۟ ۖ طَاعَةٌۭ مَّعْرُوفَةٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Wa aqsamoo billaahi jahda aimaanihim la'in amartahum la yakhrujunna qul laa tuqsimoo taa'atum ma'roofah innal laaha khabeerum bimaa ta'maloon

    Ular agar amr qilsang, albatta (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) maʼlum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt.

  54. 54

    قُلْ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا عَلَيْهِ مَا حُمِّلَ وَعَلَيْكُم مَّا حُمِّلْتُمْ ۖ وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُوا۟ ۚ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Qul atee'ul laaha wa atee'ur Rasoola fa in tawallaw fa innamaa 'alaihi maa hummila wa 'alaikum maa hummiltum wa in tutee'oohu tahtadoo; wa maa'alar Rasooli illal balaaghul mubeen

    Sen: «Allohga itoat qilinglar, Paygʻambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz oʻgirib ketsangiz, u(Paygʻambar)ga oʻziga yuklatilgan narsa, sizga oʻzingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Paygʻambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq», deb ayt.

  55. 55

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ كَمَا ٱسْتَخْلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ ٱلَّذِى ٱرْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًۭا ۚ يَعْبُدُونَنِى لَا يُشْرِكُونَ بِى شَيْـًۭٔا ۚ وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Wa'adal laahul lazeena aamanoo minkum wa 'amilus saalihaati la yastakhlifan nahum fil ardi kamastakh lafal lazeena min qablihim wa la yumakkinanna lahum deenahumul lazir tadaa lahum wa la yubaddilannahum mim ba'di khawfihim amnaa; ya'budoonanee laayushrikoona bee shai'aa; wa man kafara ba'da zaalika fa ulaaa'ika humul faasiqoon

    Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin oʻtganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan soʻng omonlikni badal qilib berishni vaʼda qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari fosiqlardir. [13]

    [13] (Oldingi oʻtgan ummatlardan qaysi biri Alloh taologa iymon keltirgan va bu iymoni haqiqiy boʻlib, butun vujudini qamrab olgan hamda oʻsha haqiqiy iymonlari taqozosi ila solih amallar qilib hayot kechirgan boʻlsa, Alloh taolo ularni Yer yuziga Oʻzining xalifasi etib tayinlab qoʻygan edi. Yer yuzida hukmi yuritilishi uchun ularni Oʻziga oʻrinbosar qilib qoʻygan edi. Endi oʻshalar kabi Yer yuzida xalifa boʻlish imkoniyati faqat Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatlarida bordir. Ularning mazkur xalifalikka erishishlari uchun asosiy shart — iymon keltirib, amali solih qilishdir. Islom ummati qachon ushbu shartni bajarganida, Alloh taolo vaʼdasining ustidan chiqqan.)

  56. 56

    وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    Wa aqeemus Salaata wa aatuz Zakaata wa atee'ur Rasoola la'allakum turhamoon

    Namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar va Paygʻambarga itoat qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangiz.

  57. 57

    لَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ وَلَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Laa tahsabannal lazeena kafaroo mu'jizeena fil ard; wa maawaahumun Naaru wa labi'sal maseer

    Sen kufr keltirganlarni yer yuzida qochib qutula olguvchilardir, deb hisoblama! Ularning joyi doʻzaxdir. U naqadar yomon borar joydir!

  58. 58

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِيَسْتَـْٔذِنكُمُ ٱلَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُوا۟ ٱلْحُلُمَ مِنكُمْ ثَلَٰثَ مَرَّٰتٍۢ ۚ مِّن قَبْلِ صَلَوٰةِ ٱلْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ ٱلظَّهِيرَةِ وَمِنۢ بَعْدِ صَلَوٰةِ ٱلْعِشَآءِ ۚ ثَلَٰثُ عَوْرَٰتٍۢ لَّكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحٌۢ بَعْدَهُنَّ ۚ طَوَّٰفُونَ عَلَيْكُم بَعْضُكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Yaaa aiyuhal lazeena aamanoo li yastaazinkumul lazeena malakat aimaanukum wallazeena lam yablughul huluma minkum salaasa marraat; min qabli Salaatil Fajri wa heena tada'oona siyaa bakum minaz zaheerati wa mim ba'di Salaatil Ishaaa'; salaasu 'awraatil lakum; laisa 'alaikum wa laa 'alaihim junaahum ba'dahunn; tawwaafoona 'alaikum ba'dukum 'alaa ba'd; kazaalika yubaiyinul laahu lakumul aayaat wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Ey, iymon keltirganlar! Qoʻlingizda mulk boʻlganlar va oʻzingizdan balogʻatga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn soʻrasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan soʻng. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yoʻq. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli Zotdir. [14]

    [14] (Ushbu oyati karimada zikri kelagan shaxslar uch vaqtda, albatta izn soʻrashlari kerak: «... bomdod namozidan oldin...» Chunki bu vaqtda odam hali oʻrnida yotgan boʻladi. «... peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda...» Qurʼon nozil boʻlgan issiq oʻlkalarda peshin vaqtida yechinib, salqinlab, dam olmaslikning hech iloji yoʻq. «... xufton namozidan soʻng». Bu vaqtda ham kishilar yechinib, dam olayotgan boʻladi. «(Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir». Yaʼni, avratlar ochiladigan vaqtdir. Shuning uchun qul va choʻrilar ham, balogʻatga yetmagan yosh bolalar ham izn soʻrab kirsinlar. Odatda xizmatchilar va yosh bolalarning kirib chiqishlari koʻp boʻladi. Shuning uchun mazkur avrat vaqtlaridan boshqasida izn soʻramay kirishlariga ruxsat berildi.)

  59. 59

    وَإِذَا بَلَغَ ٱلْأَطْفَٰلُ مِنكُمُ ٱلْحُلُمَ فَلْيَسْتَـْٔذِنُوا۟ كَمَا ٱسْتَـْٔذَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Wa izaa balaghal atfaalu minkumul huluma fal yastaazinoo kamas taazanal lazeena min qablihim; kazaalika yubaiyinul laahu lakum Aayaatih; wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Qachon sizning yosh bolalaringiz balogʻatga yetsalar, ulardan oldingilar izn soʻraganidek, izn soʻrasinlar. Alloh Oʻz oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli Zotdir.

  60. 60

    وَٱلْقَوَٰعِدُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِى لَا يَرْجُونَ نِكَاحًۭا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَٰتٍۭ بِزِينَةٍۢ ۖ وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌۭ لَّهُنَّ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Walqawaa'idu minan nisaaa'il laatee laa yarjoona nikaahan falisa 'alaihinna junaahun ai yada'na siyaabahunna ghaira mutabar rijaatim bizeenah; wa ai yasta'fifna khairul lahunn; wallaahu Samee'un 'Aleem

    Ayollardan (keksayib) oʻtirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini koʻz-koʻz qilmagan holda kiyimlarini qoʻyishlarida gunoh yoʻqdir. Iffat talabida boʻlsalar, oʻzlari uchun yaxshidir. Alloh oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir. [15]

    [15] (Ushbu oyatdagi «kiyimlari»dan murod katta yopinchiq va hamda ustdan kiyiladigan ridodir. Ayol kishi oʻta qarib, nikohdan umuman umidsiz boʻlib qolganda paranji-chimmat qilmaslikka ruxsat bor. Lekin, shunday boʻlsa ham, iffatlarini saqlaganlari oʻzlari uchun yaxshidir. Ammo voqelikda qari ayollarning oʻranib-chirmanib, yoshlarning ochilib-sochilib yurgani koʻriladi. Bu ham, yaʼni yoshlarning bu holati shariatga boʻyinsunmaslikning bir koʻrinishidir.)

  61. 61

    لَّيْسَ عَلَى ٱلْأَعْمَىٰ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَى ٱلْأَعْرَجِ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَى ٱلْمَرِيضِ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ أَن تَأْكُلُوا۟ مِنۢ بُيُوتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ ءَابَآئِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أُمَّهَٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ إِخْوَٰنِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخَوَٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَعْمَٰمِكُمْ أَوْ بُيُوتِ عَمَّٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخْوَٰلِكُمْ أَوْ بُيُوتِ خَٰلَٰتِكُمْ أَوْ مَا مَلَكْتُم مَّفَاتِحَهُۥٓ أَوْ صَدِيقِكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَأْكُلُوا۟ جَمِيعًا أَوْ أَشْتَاتًۭا ۚ فَإِذَا دَخَلْتُم بُيُوتًۭا فَسَلِّمُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ تَحِيَّةًۭ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُبَٰرَكَةًۭ طَيِّبَةًۭ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    Laisa 'alal a'maa barajunw wa laa 'alal a'raji barajunw wa laa 'alal mareedi barajun wa laa 'alaa anfusikum an taakuloo mim buyootikum aw buyooti aabaaa'ikum aw buyooti ummahaatikum aw buyooti ikhwaanikum aw buyooti akhawaatikum aw buyooti a'maamikum aw buyooti 'ammaatikum aw buyooti akhwaalikum aw buyooti khaalaatikum aw maa malaktum mafaatihahooo aw sadeeqikum; laisa 'alaikum junaahun an taakuloo jamee'an aw ashtaata; fa izaa dakhaltum buyootan fasallimoo 'alaaa anfusikum tahiyyatam min 'indil laahi mubaarakatan taiyibah; kazaalika yubai yinul laahu lakumul Aayaati la'allakum ta'qiloon

    Koʻzi ojizga gunoh — tanglik yoʻqdir. Va, choʻloqqa gunoh — tanglik yoʻqdir. Va, bemorga gunoh — tanglik yoʻqdir. Va, Sizning oʻzingizga ham oʻz uyingizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo togʻalaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo siz kalitiga molik boʻlgan yoki doʻstingiz (uyidan) yemoqligingizda (tanglik) yoʻqdir. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda yemoqlikda ham gunoh — tanglik yoʻqdir. Uylarga kirgan chogʻingizda oʻzlaringizga Allohdan boʻlgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz. [16]

    [16] (Ushbu oyati karimaning avvalida koʻzi ojiz, choʻloq va bemor kishilarga nimada gunoh boʻlmasligi, tanglik yoʻqligi haqida mufassir ulamolarimiz ixtilof qilishgan. Bir guruhlari, ularning jihodga chiqmay qolishlarida gunoh va tanglik yoʻq, deydilar. Boshqalari, bu yerda esa, soʻz jihod haqida emas, balki aynan taom yemoq haqida ketmoqda, shuning uchun ham mazkur jumlani «taom yeyishda ularga gunoh va tanglik yoʻq», deb tushunmoq kerak, deydilar va bu fikrlarini tasdiqlovchi rivoyatlarni keltiradilar. Ikkinchi toifa mufassirlarning fikrlari kuchliroqdir. «Kalitga molik boʻlish» uy egasining kalitni ishonib topshirib qoʻyishidir. Ana shunday kishilar insof bilan, qorinlari toʻyguncha yesalar, boʻlaveradi. Oyisha onamizdan Imom az-Zuhriy qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh alayhissalotu vassalom bilan jihodga joʻnab ketayotgan musulmonlar uylari kalitlarini oʻzlari bilgan kishilarga topshirib, hojatingiz tushganda yemoqni sizga halol qildik, deb ketar ekanlar. Ammo kalitni olib qolganlar, quruq manzirat uchun aytilgan boʻlsa kerak, deb oʻzlarini tiyisharkan. Ushbu oyat bilan ularga Alloh ham izn bergan.)

  62. 62

    إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَإِذَا كَانُوا۟ مَعَهُۥ عَلَىٰٓ أَمْرٍۢ جَامِعٍۢ لَّمْ يَذْهَبُوا۟ حَتَّىٰ يَسْتَـْٔذِنُوهُ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسْتَـْٔذِنُونَكَ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ فَإِذَا ٱسْتَـْٔذَنُوكَ لِبَعْضِ شَأْنِهِمْ فَأْذَن لِّمَن شِئْتَ مِنْهُمْ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُمُ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Innamal mu'minoonal lazeena aamanoo billaahi wa Rasoolihee wa izaa kaanoo ma'ahoo 'alaaa amrin jaami'il lam yazhaboo hataa yastaazinooh; innal lazeena yastaa zinookana ulaaa'ikal lazeena yu'minoona billaahi wa Rasoolih; fa izas taazanooka liba'di shaanihim faazal liman shi'ta minhum wastaghfir lahumul laah; innal laaha Gahfoor Raheem

    Albatta, moʻminlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u(Paygʻambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda boʻlsalar, undan izn soʻramasdan turib ketib qolmaslar. Albatta, sendan izn soʻraydiganlar, ana oʻshalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular baʼzi ishlari uchun sendan izn soʻrasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istigʻfor ayt. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta rahimli Zotdir.

  63. 63

    لَّا تَجْعَلُوا۟ دُعَآءَ ٱلرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَآءِ بَعْضِكُم بَعْضًۭا ۚ قَدْ يَعْلَمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنكُمْ لِوَاذًۭا ۚ فَلْيَحْذَرِ ٱلَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِۦٓ أَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

    La taj'aloo du'aaa'ar Rasooli bainakum kadu'aaa'i badikum ba'daa; qad ya'lamul laahul lazeena yatasallaloona minkum liwaazaa; fal yahzaril lazeena yukhaalifoona 'an amriheee an tuseebahum fitnatun aw yuseebahum 'azaabun aleem

    Paygʻambarning orangizdagi daʼvatini bir-biringizning daʼvatingizga oʻxshatmang. Batahqiq, sizlardan panalab, asta-asta sugʻurilib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi bilur. Uning ishiga xilof qiladiganlar oʻzlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir boʻlsinlar. [17]

    [17] (Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi haqida ulamolar uch xil fikr aytganlar. Uchala fikr ham bir-birini toʻldirib keladi. Birinchi fikrga binoan, Paygʻambarni chaqirishda, bir-biringizni chaqirishingizdagi lafzlarni qoʻllamang, degani. Ikkinchi fikrga koʻra, Paygʻambarning chaqirigʻini, buyrugʻini boshqalarning chaqirigʻi kabi oddiy qabul qilmang, balki alohida ahamiyat va eʼtibor bilan qabul qiling, deganidir. Uchinchi fikrga koʻra esa, Paygʻambarning duosini, boshqalarning duosiga oʻxshatmang, deganidir. U zotning duosi, albatta, qabul boʻlishi muqarrardir.)

  64. 64

    أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قَدْ يَعْلَمُ مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ وَيَوْمَ يُرْجَعُونَ إِلَيْهِ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ

    Alaaa inna lillaahi maa fis samaawaati wal ardi qad ya'lamu maaa antum 'alaihi wa Yawma yurja'oona ilaihi fa yunaabi 'uhum bimaa 'amiloo; wallaahu bikulli shai'in 'Aleem

    Ogoh boʻlinglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur. Uning Oʻziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchi Zotdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com