Sura 23
Moʻminun
المُؤۡمِنُونَ
Al-Mu'minun · Makkiy · 118 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
قَدْ أَفْلَحَ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Qad aflahal mu'minoon
Batahqiq, moʻminlar najot topdilar.
- 2
ٱلَّذِينَ هُمْ فِى صَلَاتِهِمْ خَٰشِعُونَ
Allazeena hum fee Salaatihim khaashi'oon
Ular namozlarida xushuʼ qiluvchilardir.
- 3
وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنِ ٱللَّغْوِ مُعْرِضُونَ
Wallazeena hum 'anillaghwimu'ridoon
Ular behuda narsalardan yuz oʻgirguvchilardir.
- 4
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِلزَّكَوٰةِ فَٰعِلُونَ
Wallazeena hum liz Zakaati faa'iloon
Ular zakotni ado qilguvchilardir.
- 5
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَٰفِظُونَ
Wallazeena hum lifuroo jihim haafizoon
Ular farjlarini saqlovchilardir.
- 6
إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ
Illaa 'alaaa azwaajihim aw maa malakat aimaanuhum fa innahum ghairu maloomeen
Magar oʻz jufti halollari va qoʻllarida mulk boʻlganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinguvchi emaslar.
- 7
فَمَنِ ٱبْتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْعَادُونَ
Famanib taghaa waraaa'a zaalika fa ulaaa'ika humul 'aadoon
Kim ana shundan boshqani talab qilsa, bas, ana oʻshalar tajovuzkorlardir.
- 8
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَٰنَٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ
Wallazeena hum li amaanaatihim wa 'ahdihim raa'oon
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir.
- 9
وَٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَوَٰتِهِمْ يُحَافِظُونَ
Wallazeena hum 'alaa Salawaatihim yuhaafizoon
Ular namozlarini muhofaza qilguvchilardir.
- 10
أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْوَٰرِثُونَ
Ulaaa'ika humul waarisoon
Ana oʻshalar voris boʻlguvchilardir.
- 11
ٱلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْفِرْدَوْسَ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Allazeena yarisoonal Firdawsa hum feehaa khaalidoon
Ular Firdavs (jannati)ni meros olurlar, ular unda abadiy qolguvchilardir.
- 12
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِن سُلَٰلَةٍۢ مِّن طِينٍۢ
Wa laqad khalaqnal insaana min sulaalatim minteen
Qasamki, batahqiq, insonni loy sulolasidan yaratdik.
- 13
ثُمَّ جَعَلْنَٰهُ نُطْفَةًۭ فِى قَرَارٍۢ مَّكِينٍۢ
Summa ja'alnaahu nutfatan fee qaraarim makeen
Soʻngra uni mustahkam qarorgohda nutfa qildik.
- 14
ثُمَّ خَلَقْنَا ٱلنُّطْفَةَ عَلَقَةًۭ فَخَلَقْنَا ٱلْعَلَقَةَ مُضْغَةًۭ فَخَلَقْنَا ٱلْمُضْغَةَ عِظَٰمًۭا فَكَسَوْنَا ٱلْعِظَٰمَ لَحْمًۭا ثُمَّ أَنشَأْنَٰهُ خَلْقًا ءَاخَرَ ۚ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ أَحْسَنُ ٱلْخَٰلِقِينَ
Summa khalaqnan nutfata 'alaqatan fakhalaqnal 'alaqata mudghatan fakhalaq nal mudghata 'izaaman fakasawnal 'izaama lahman summa anshaanaahu khalqan aakhar; fatabaarakal laahu ahsanul khaaliqeen
Soʻngra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan goʻsht yaratdik, chaynalgan parcha goʻshtdan suyak yaratdik, bas, suyakka goʻsht qopladik, soʻngra uni boshqa bir jonzot etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli va buyukdir.
- 15
ثُمَّ إِنَّكُم بَعْدَ ذَٰلِكَ لَمَيِّتُونَ
Summa innakum ba'da zaalika la maaiyitoon
Soʻngra, albatta, sizlar bundan keyin oʻlguvchilardirsiz.
- 16
ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ تُبْعَثُونَ
Summa innakum Yawmal Qiyaamati tub'asoon
Soʻngra, albatta, sizlar qiyomat kuni qayta tiriltirilursiz.
- 17
وَلَقَدْ خَلَقْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعَ طَرَآئِقَ وَمَا كُنَّا عَنِ ٱلْخَلْقِ غَٰفِلِينَ
Wa laqad khalaqnaa fawqakum sab'a taraaa'iqa wa maa kunnaa 'anil khalqi ghaafileen
Batahqiq, Biz ustingizda yetti yoʻlni yaratdik. Biz maxluqotdan gʻofil boʻlgan emasmiz. [1]
[1] (Ey odamlar, Biz ustingizga yetti tabaqa osmonni yaratib qoʻyganmiz. Shunday jonsiz, mustahkam va cheksiz narsalarda nima boʻlayotganini ham bilib turamiz.)
- 18
وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍۢ فَأَسْكَنَّٰهُ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَإِنَّا عَلَىٰ ذَهَابٍۭ بِهِۦ لَقَٰدِرُونَ
Wa anzalnaa minas samaaa'i maaa'am biqadarin fa-askannaahu fil ardi wa innaa 'alaa zahaabim bihee laqaa diroon
Biz osmondan oʻlchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz. [2]
[2] (Osmondan oʻlchov ila suv tushirib, uni yerda qarorlashtirish ham Alloh taoloning ishidir. Kim kerakli miqdorda osmondan suv tushira oladi? Yerdagi hamma suv osmondan oʻlchov bilan tushgandir. Ortiqcha ham emas, kam ham emas. Shuning oʻzini ibrat nazari bilan oʻylagan odam iymonga kelishi kerak. Suvni keltirgan zot ketkaza olmasmidi? Alloh taolo suvni ketkazishiga dalil sifatida baʼzan maʼlum joylarni suvdan bebahra qilib qoʻyadi. Oʻsha yerda qurgʻoqchilik boʻlib, hamma narsa halokatga yuz tutadi. Ana shu qurgʻoqchilik hodisalari ham Alloh taoloning qudratiga dalolat qiladi. Ular ham odamlarni iymonga chaqiradigan ibratli narsalardir.)
- 19
فَأَنشَأْنَا لَكُم بِهِۦ جَنَّٰتٍۢ مِّن نَّخِيلٍۢ وَأَعْنَٰبٍۢ لَّكُمْ فِيهَا فَوَٰكِهُ كَثِيرَةٌۭ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ
Fa anshaanaa lakum bihee Jannaatim min nakheelinw wa a'naab; lakum feehaa fawaakihu kaseeratunw wa minhaa taakuloon
Va u (suv) ila siz uchun xurmo va uzum bogʻlari paydo qildik, sizga u(bogʻ)larda koʻp mevalar boʻlib, ulardan yersizlar.
- 20
وَشَجَرَةًۭ تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَآءَ تَنۢبُتُ بِٱلدُّهْنِ وَصِبْغٍۢ لِّلْءَاكِلِينَ
Wa shajaratan takhruju min Toori Sainaaa'a tambutu bidduhni wa sibghil lil aakileen
Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yogʻ va yeguvchilarga nonxurish ila oʻsur. [3]
[3] (Yaʼni, ham yogʻ, ham nonxurish sifatida ishlatiladigan, koʻproq Turi Siynoda oʻsadigan zaytun ham ibratga sazovor daraxt sanaladi.)
- 21
وَإِنَّ لَكُمْ فِى ٱلْأَنْعَٰمِ لَعِبْرَةًۭ ۖ نُّسْقِيكُم مِّمَّا فِى بُطُونِهَا وَلَكُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ كَثِيرَةٌۭ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ
Wa inna lakum fil an'aami la'ibrah; nusqeekum mimmaa fee butoonihaa wa lakum feehaa manaafi'u kaseeratunw wa minhaa taakuloon
Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir. Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sugʻorurmiz va siz uchun ularda koʻpgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.
- 22
وَعَلَيْهَا وَعَلَى ٱلْفُلْكِ تُحْمَلُونَ
Wa 'alaihaa wa'alal fulki tuhmaloon
Va ularga va kemalarga yuklanursiz.
- 23
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَقَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ
Wa laqad arsalnaa Noohan ilaa qawmihee faqaala yaa qawmi'budul laaha maa lakum min ilahin ghairuhoo afalaa tattaqoon
Batahqiq, Biz Nuhni qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan oʻzga hech bir iloh yoʻqdir. Nahotki qoʻrqmasangiz?!» dedi.
- 24
فَقَالَ ٱلْمَلَؤُا۟ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ مَا هَٰذَآ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ يُرِيدُ أَن يَتَفَضَّلَ عَلَيْكُمْ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَنزَلَ مَلَٰٓئِكَةًۭ مَّا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ
Faqaalal mala'ul lazeena kafaroo min qawmihee maa haazaaa illaa basharum mislukum yureedu ai yatafaddala 'alaikum wa law shaaa'al laahu la anzala malaaa'ikatam maa sami'naa bihaazaa feee aabaaa'inal awwaleen
Bas, uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlari: «Bu, sizga oʻxshash bashar, xolos, sizdan afzal boʻlib olmoqchi. Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.
- 25
إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌۢ بِهِۦ جِنَّةٌۭ فَتَرَبَّصُوا۟ بِهِۦ حَتَّىٰ حِينٍۢ
In huwa illaa rajulum bihee jinnatun fatarabbasoo bihee hattan heen
U faqat bir jinni odam, xolos. Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.
- 26
قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى بِمَا كَذَّبُونِ
Qaala Rabbin surnee bimaa kazzaboon
U: «Ey Robbim, meni yolgʻonchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi. [4]
[4] (Nuh alayhissalom haqiqiy nusrat qayerdaligini yaxshi bilganlari uchun darhol Allohga iltijo qilib, oʻzlarini yolgʻonchi sanaganlarga qarshi yordam soʻradilar.)
- 27
فَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ أَنِ ٱصْنَعِ ٱلْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا فَإِذَا جَآءَ أَمْرُنَا وَفَارَ ٱلتَّنُّورُ ۙ فَٱسْلُكْ فِيهَا مِن كُلٍّۢ زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ ٱلْقَوْلُ مِنْهُمْ ۖ وَلَا تُخَٰطِبْنِى فِى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ ۖ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ
Fa awhainaaa ilaihi anis na'il fulka bi a'yuninaa wa wahyinaa fa izaa jaaa'a amrunaa wa faarat tannooru fasluk feehaa min kullin zawjainis naini wa ahlaka illaa man sabaqa 'alaihil qawlu minhum wa laa tukhaat ibnee fil lazeena zalamooo innaahum mughraqoon
Bas, Biz unga: «Bizning koʻz oʻngimizda va vahiyimiz ila kema yasa. Bas, Bizning amrimiz kelib, tannur favvora boʻlganda, u(kema)ga har bir turdan bir juftdan va ahlingni chiqar, magar kimning ziddiga oldin soʻzimiz oʻtgan boʻlsa (chiqarma). Zulm qilganlar haqida Menga xitob qilma. Albatta, ular gʻarq qilinguvchilardir.
- 28
فَإِذَا ٱسْتَوَيْتَ أَنتَ وَمَن مَّعَكَ عَلَى ٱلْفُلْكِ فَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى نَجَّىٰنَا مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ
Fa izas tawaita ata wa mam ma'aka 'alal fulki faqulil hamdu lillaahil lazee najjaanaa minal qawmiz zalimeen
Bas, sen oʻzing bilan birga boʻlganlar ila kemaga joylashib olgach: «Bizni zolim qavmlardan qutqargan Allohga hamdlar boʻlsin», degin.
- 29
وَقُل رَّبِّ أَنزِلْنِى مُنزَلًۭا مُّبَارَكًۭا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْمُنزِلِينَ
Wa qur Rabbi anzilnee munzalam mubaarakanw wa Anta khairul munzileen
Va: «Ey Robbim, meni muborak manzilga tushirgin, Sen Oʻzing manzilga tushirguvchilarning eng yaxshisisan», degin», dedik.
- 30
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ وَإِن كُنَّا لَمُبْتَلِينَ
Inna fee zaalika la Aayaatinw wa in kunnaa lamubtaleen
Albatta, bunda oyat-ibratlar bordir. Albatta, Biz sinovchi boʻlgan edik.
- 31
ثُمَّ أَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قَرْنًا ءَاخَرِينَ
Summaa anshaana mim ba'dihim qarnan aakhareen
Soʻngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik. [5]
[5] (Yaʼni, Nuh va uning qavmidan keyin boshqa xalqlarni paydo qildik.)
- 32
فَأَرْسَلْنَا فِيهِمْ رَسُولًۭا مِّنْهُمْ أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ
Fa arsalnaa feehim Rasoolam minhum ani'budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo afalaa tattaqoon
Bas, ularning ichiga oʻzlaridan boʻlgan Paygʻambarni: «Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan oʻzga iloh yoʻqdir, nahotki, qoʻrqmasangiz», deb yubordik. [6]
[6] (Eʼtibor beradigan boʻlsak, bu paygʻambar ham Nuh alayhissalomning soʻzlarining aynan oʻzini takrorlamoqda. Allohdan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻqligini taʼriflamoqda va Allohga iymon keltirmay yurish qoʻrqinchli ekanini uqtirmoqda.)
- 33
وَقَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱلْءَاخِرَةِ وَأَتْرَفْنَٰهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا مَا هَٰذَآ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ يَأْكُلُ مِمَّا تَأْكُلُونَ مِنْهُ وَيَشْرَبُ مِمَّا تَشْرَبُونَ
Wa qaalal mala-u min qawmihil lazeena kafaroo wa kazzaboo bi liqaaa'il Aakhirati wa atrafnaahum fil hayaatid dunyaa maa haazaaa illaa basharum mislukum yaakulu mimmaa taakuloona minhu wa yashrabu mimmaa tashraboon
Uning qavmidan kufr keltirgan, oxiratga roʻbaroʻ boʻlishini yolgʻonga chiqargan va Biz ularni hayoti dunyoda maishatparast qilib qoʻygan zodagonlari: «Bu, sizga oʻxshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydir, siz ichgan narsadan ichadir.
- 34
وَلَئِنْ أَطَعْتُم بَشَرًۭا مِّثْلَكُمْ إِنَّكُمْ إِذًۭا لَّخَٰسِرُونَ
Wa la'in at'atum basharam mislakum innakum izal lakhaasiroon
Agar oʻzingizga oʻxshagan basharga itoat qilsangiz, unda, albatta, siz ziyonkorlardandirsiz.
- 35
أَيَعِدُكُمْ أَنَّكُمْ إِذَا مِتُّمْ وَكُنتُمْ تُرَابًۭا وَعِظَٰمًا أَنَّكُم مُّخْرَجُونَ
A-Ya'idukum annakum izaa mittum wa kuntum turaabanw wa izaaman annakum mukhrajoon
U sizga, oʻlsangiz, tuproq va suyak boʻlsangiz ham, albatta, chiqarilguvchi boʻlishingizni vaʼda qilmoqdami?!
- 36
۞ هَيْهَاتَ هَيْهَاتَ لِمَا تُوعَدُونَ
Haihaata haihaata limaa too'adoon
Hayhot! Hayhot! Sizga vaʼda qilingan narsa naqadar uzoq!
- 37
إِنْ هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ
In hiya illaa hayaatunad dunyaa namootu wa nahyaa wa maa nahnu bimab'ooseen
Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoʻqdir. Oʻlamiz, tirilamiz va biz qayta tirilguvchi emasmiz.
- 38
إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا وَمَا نَحْنُ لَهُۥ بِمُؤْمِنِينَ
In huwa illaa rajulunif taraa 'alal laahi kazibanw wa maa nahnuu lahoo bimu'mineen
U faqat Allohga nisbatan yolgʻon uydirgan odam, xolos. Biz unga iymon keltirguvchi emasmiz», dedilar. [7]
[7] (Bu qavmning javobi ham mohiyatan Nuh qavmi javobining aynan oʻzi. Bu safar ham qavm nomidan zodagonlari javob bermoqda.)
- 39
قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى بِمَا كَذَّبُونِ
Qaala Rabbin surnee bimaa kazzaboon
U: «Ey Robbim, meni yolgʻonchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.
- 40
قَالَ عَمَّا قَلِيلٍۢ لَّيُصْبِحُنَّ نَٰدِمِينَ
Qaala 'ammaa qaleelil la yusbihunna naadimeen
U zot: «Ozginadan soʻng ular nadomat chekuvchi boʻlurlar», dedi. [8]
[8] (Yaʼni, Alloh taolo u Paygʻambar alayhissalomning duolarini qubul qildi. U zot alayhissalomga nusrat beradigan boʻldi. Va sabr qil, ozgina vaqtdan soʻng u kofirlar pushaymon qiluvchi boʻladilar, dedi.)
- 41
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ بِٱلْحَقِّ فَجَعَلْنَٰهُمْ غُثَآءًۭ ۚ فَبُعْدًۭا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ
Fa akhazat humus saihatu bilhaqqi faja'alnaahum ghusaaa'aa; fabu;dal lilqaw miz zaalimeen
Bas, ularni haq ila qichqiriq oldi. Bas, Biz ularni xasu choʻpga aylantirdik. Dafʼ boʻlsin zolim qavmlar!
- 42
ثُمَّ أَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قُرُونًا ءَاخَرِينَ
Summa anshaanaa mim ba'dihim quroonan aakhareen
Soʻngra ulardan keyin boshqa asr avlodlarini paydo qildik. [9]
[9] (Yaʼni, qissasi keltirilgan oʻsha qavmdan keyin boshqa turli qavmlarni dunyoga keltirdik.)
- 43
مَا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَـْٔخِرُونَ
Maa tasbiqu min ummatin ajalahaa wa maa yastaakhiroon
Hech bir ummat oʻz ajalidan oldin ham ketmas, ortda ham qolmas.
- 44
ثُمَّ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا تَتْرَا ۖ كُلَّ مَا جَآءَ أُمَّةًۭ رَّسُولُهَا كَذَّبُوهُ ۚ فَأَتْبَعْنَا بَعْضَهُم بَعْضًۭا وَجَعَلْنَٰهُمْ أَحَادِيثَ ۚ فَبُعْدًۭا لِّقَوْمٍۢ لَّا يُؤْمِنُونَ
Summa arsalnaa Rusulanaa tatraa kulla maa jaaa'a ummatar Rasooluhaa kazzabooh; fa atba'naa ba'dahum ba'danw wa ja'alnaahum ahaadees; fabu'dal liqawmil laa yu'minoon
Soʻngra Paygʻambarlarimizni ketma-ket yubordik. Har qachon bir ummatga oʻz Paygʻambari kelsa, uni yolgʻonchi qildilar. Bas, Biz ham ularni baʼzilari ortidan baʼzilarini (halokatga) ergashtiraverdik va ularni gapu soʻzga aylantirdik. Bas, dafʼ boʻlsin iymon keltirmaydigan qavmlar!
- 45
ثُمَّ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ وَأَخَاهُ هَٰرُونَ بِـَٔايَٰتِنَا وَسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍ
Summa arsalnaa Moosaa wa akhaahu Haaroona bi Aayaatinaa wa sultaanim mubeen
Soʻngra Biz Muso va birodari Horunni oyatlarimiz va ochiq hujjat ila.
- 46
إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ وَكَانُوا۟ قَوْمًا عَالِينَ
Ilaa Fir'awna wa mala'ihee fastakbaroo wa kaanoo qawman 'aaleem
Firʼavn va uning aʼyonlariga yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va oʻzini yuqori qoʻygan qavm boʻldilar.
- 47
فَقَالُوٓا۟ أَنُؤْمِنُ لِبَشَرَيْنِ مِثْلِنَا وَقَوْمُهُمَا لَنَا عَٰبِدُونَ
Faqaaloo annu'minu libasharaini mislinaa wa qawmuhumaa lanaa 'aabidoon
Bas, ular: «Oʻzimizga oʻxshagan ikki basharga iymon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi bizga qullik qilguvchi boʻlib turibdi-ku?!» dedilar. [10]
[10] (Yaʼni, qanday qilib oʻzimizga oʻxshagan, qoʻlimizda qul boʻlib turgan Bani Isroil qavmining ikki odamiga paygʻambar deb iymon keltiramiz, dedilar.)
- 48
فَكَذَّبُوهُمَا فَكَانُوا۟ مِنَ ٱلْمُهْلَكِينَ
Fakazzaboohumaa fakaanoo minal mmuhlakeen
Bas, ikkovlarini yolgʻonchi qildilar va halok qilinganlardan boʻldilar.
- 49
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ
Wa laqad aatainaa Moosal Kitaaba la'allahum yahtadoon
Batahqiq, Biz, shoyadki, hidoyat topsalar deb, Musoga Kitobni bergan edik.
- 50
وَجَعَلْنَا ٱبْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُۥٓ ءَايَةًۭ وَءَاوَيْنَٰهُمَآ إِلَىٰ رَبْوَةٍۢ ذَاتِ قَرَارٍۢ وَمَعِينٍۢ
Wa ja'alnab na Maryama wa ummahooo aayatannw wa aawainaahumaaa ilaa rabwatin zaati qaraarinw wa ma'een
Ibn Maryamni va uning onasini oyat-alomat qildik va ikkovlarini oqar suvli qarorgoh tepalikka joyladik. [11]
[11] (Iyso ibn Maryam alayhissalomni va u kishining onalari Bibi Maryamni Alloh Oʻz qudratiga dalolat qiluvchi moʻjiza-alomat oʻlaroq yubordi va Baytul Maqdis yeridan oqar suvi bor, bir tepalikka joyladi.)
- 51
يَٰٓأَيُّهَا ٱلرُّسُلُ كُلُوا۟ مِنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَٱعْمَلُوا۟ صَٰلِحًا ۖ إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌۭ
Yaaa aiyuhar Rusulu kuloo minat taiyibaati wa'maloo saalihan innee bimaa ta'maloona 'Aleem
Ey Paygʻambarlar! Pok narsalardan yenglar va solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni oʻta bilguvchiman.
- 52
وَإِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱتَّقُونِ
Wa inna haaziheee ummatukum ummatanw waahidatanw wa Ana Rabbukum fattaqoon
Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Menga taqvo qiling. [12]
[12] (Ey paygʻambarlar, sizning diningiz Islomdir. Robbingiz boʻlgan Allohga taqvo qiling.)
- 53
فَتَقَطَّعُوٓا۟ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ زُبُرًۭا ۖ كُلُّ حِزْبٍۭ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ
Fataqatta'ooo amrahum bainahum zuburaa; kullu hizbim bimaa ladaihim farihoon
Bas, ular ishlarini oʻz oralarida pora-pora qilib boʻlib yubordilar. Har firqa oʻz huzurlaridagi narsa ila xursanddirlar. [13]
[13] (Paygʻambarlar bir dinda boʻlgan edilar. Ammo ulardan keyingilar yagona dinni turli firqalarga parchalab yubordilar.)
- 54
فَذَرْهُمْ فِى غَمْرَتِهِمْ حَتَّىٰ حِينٍ
Fazarhum fee ghamratihim hattaa heen
Bas, sen ularni gʻaflatlarida bir muddat qoʻyib qoʻy.
- 55
أَيَحْسَبُونَ أَنَّمَا نُمِدُّهُم بِهِۦ مِن مَّالٍۢ وَبَنِينَ
A-yahsaboona annnamaa numiduhum bihee mimmaalinw wa baneen
Ular Bizning oʻzlariga molu dunyo va farzandlar ila madad berayotganimizni.
- 56
نُسَارِعُ لَهُمْ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ بَل لَّا يَشْعُرُونَ
Nusaari'u lahum fil khairaat; bal laa yash'uroon
Ularga yaxshiliklarni tezlatishimiz, deb hisoblaydilarmi? Yoʻq! Ular sezmaslar.
- 57
إِنَّ ٱلَّذِينَ هُم مِّنْ خَشْيَةِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَ
Innal lazeena hum min khashyati Rabbihim mushfiqoon
Albatta, Robbilaridan qoʻrqib xavfda turuvchilar.
- 58
وَٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ
Wallazeena hum bi Aayaati Rabbihim yu'minoon
Va Robbilari oyatlariga iymon keltiradiganlar.
- 59
وَٱلَّذِينَ هُم بِرَبِّهِمْ لَا يُشْرِكُونَ
Wallazeena hum bi Rabbihim laa yushrikoon
Va Robbilariga shirk keltirmaydiganlar.
- 60
وَٱلَّذِينَ يُؤْتُونَ مَآ ءَاتَوا۟ وَّقُلُوبُهُمْ وَجِلَةٌ أَنَّهُمْ إِلَىٰ رَبِّهِمْ رَٰجِعُونَ
Wallazeena yu'toona maaa aataw wa quloobuhum wajilatun annahum ilaa Rabbihim raaji'oon
Va beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar.
- 61
أُو۟لَٰٓئِكَ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَهُمْ لَهَا سَٰبِقُونَ
Ulaaa'ika yusaari'oona fil khairaati wa hum lahaa saabiqoon
Ana oʻshalar yaxshiliklarga shoshilurlar va ular oʻsha (yaxshilik)lar uchun musobaqa qilurlar.
- 62
وَلَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَلَدَيْنَا كِتَٰبٌۭ يَنطِقُ بِٱلْحَقِّ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Wa laa nukallifu nafsan illaa wus'ahaa wa ladainaa kitaabuny yantiqu bilhaqqi w ahum la yuzlamoon
Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz. Huzurimizda kitob bor. U haqni soʻzlaydir. Ularga zulm qilinmas.
- 63
بَلْ قُلُوبُهُمْ فِى غَمْرَةٍۢ مِّنْ هَٰذَا وَلَهُمْ أَعْمَٰلٌۭ مِّن دُونِ ذَٰلِكَ هُمْ لَهَا عَٰمِلُونَ
Bal quloobuhum fee ghamratim min haazaa wa lahum a'maalum min dooni zaalika hum lahaa 'aamiloon
Yoʻq! Ularning qalblari bundan gʻaflatdadir. Ularning bundan boshqa amallari bordir. Ular oʻshalarni qilguvchilardir.
- 64
حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذْنَا مُتْرَفِيهِم بِٱلْعَذَابِ إِذَا هُمْ يَجْـَٔرُونَ
Hattaaa izaaa akhznaa mutrafeehim bil'azaabi izaa hum yaj'aroon
Toki ularning maishatparastlarini azob ila tutganimizda, birdan faryod solurlar.
- 65
لَا تَجْـَٔرُوا۟ ٱلْيَوْمَ ۖ إِنَّكُم مِّنَّا لَا تُنصَرُونَ
Laa taj'arul yawma innakum minnaa laa tunsaroon
«Endi, bugun faryod solmang! Albatta, Biz tomonimizdan sizga nusrat qilinmas.
- 66
قَدْ كَانَتْ ءَايَٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَكُنتُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَٰبِكُمْ تَنكِصُونَ
Qad kaanat Aayaatee tutlaa 'alaikum fakuntum 'alaaa a'qaabikum tankisoon
Batahqiq, Mening oyatlarim sizga tilovat qilinar edi. Siz esa, ortingizga qochar edingiz.
- 67
مُسْتَكْبِرِينَ بِهِۦ سَٰمِرًۭا تَهْجُرُونَ
Mustakbireena bihee saamiran tahjuroon
U bilan kibrlanar, tungi suhbatingizda behuda soʻzlar aytar edingiz», deymiz.
- 68
أَفَلَمْ يَدَّبَّرُوا۟ ٱلْقَوْلَ أَمْ جَآءَهُم مَّا لَمْ يَأْتِ ءَابَآءَهُمُ ٱلْأَوَّلِينَ
Afalam yaddabbarrul qawla am jaaa'ahum maa lam yaati aabaaa'ahumul awwaleen
Nahotki ular bu soʻzni tadabbur qilib koʻrmadilar? Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi?
- 69
أَمْ لَمْ يَعْرِفُوا۟ رَسُولَهُمْ فَهُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ
Am lam ya'rifoo Rasoolahum fahum lahoo munkiroon
Yoki oʻz Paygʻambarlarini tanimasdan ular unga inkor qilguvchi boʻlmoqdalarmi?
- 70
أَمْ يَقُولُونَ بِهِۦ جِنَّةٌۢ ۚ بَلْ جَآءَهُم بِٱلْحَقِّ وَأَكْثَرُهُمْ لِلْحَقِّ كَٰرِهُونَ
Am yaqooloona bihee jinnnah; bal jaaa'ahum bilhaqqi wa aksaruhum lil haqqi kaarihoon
Yoki, unda jinnilik bor, derlarmi? Yoʻq! U ularga haq ila keldi. Ularning koʻplari esa, haqni yomon koʻrguvchidirlar. [14]
[14] (Muhammad alayhissalotu vassalom ularga haq din ila keldi. Shuning uchun ular Islomdan yuz oʻgirmoqdalar. Ular haqni yomon koʻradilar.)
- 71
وَلَوِ ٱتَّبَعَ ٱلْحَقُّ أَهْوَآءَهُمْ لَفَسَدَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ ۚ بَلْ أَتَيْنَٰهُم بِذِكْرِهِمْ فَهُمْ عَن ذِكْرِهِم مُّعْرِضُونَ
Wa lawit taba'al haqqu ahwaaa'ahum lafasadatis samaawaatu wal ardu wa man feehinnn; bal atainaahum bizikrihim fahum 'an zikrihim mu'ridon
Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yoʻq! Biz ularga oʻz sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz oʻgirmoqdalar. [15]
[15] (Haq bitta, yaʼni Allohning dinidir. Hamma haqqa ergashmogʻi lozim. Chunki haq bitta, odamlarning havoyi nafslari esa, cheksizdir. Inchunin, havoyi nafs ila haqiqatga erishib boʻlmaydi. Qachon havoyi nafsning koʻyiga tushilsa, fasodga uchraladi. Allohdan kelgan haq — Islom odamlarni yoʻlga solishi kerak. Ammo odamlar u haqdan — Islomdan yuz oʻgirmoqdalar. Haqni — Islomni havoyi nafslariga ergashtirishni istaydilar. Biz keltirgan Qurʼon — Islom — haq ular uchun sharafdir. Kim haqqa ergashsa, amal qilsa, shon-sharafga ega boʻladi.)
- 72
أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ خَرْجًۭا فَخَرَاجُ رَبِّكَ خَيْرٌۭ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ
Am tas'aluhum kharjan fakharaaju Rabbika khairunw wa Huwa khairur raaziqeen
Yoki sen ulardan xaroj soʻrayapsanmi?! Bas, Robbingning xaroji yaxshiroqdir. U zot eng yaxshi rizq berguvchidir.
- 73
وَإِنَّكَ لَتَدْعُوهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ
Wa innaka latad'oohum ilaa Siraatim Mustaqeem
Albatta, sen ularni toʻgʻri yoʻlga chaqirasan.
- 74
وَإِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ عَنِ ٱلصِّرَٰطِ لَنَٰكِبُونَ
Wa innnal lazeena laa yu'minoona bil Aakhirati 'anis siraati lanaakiboon
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlar bu yoʻldan ozguvchidirlar.
- 75
۞ وَلَوْ رَحِمْنَٰهُمْ وَكَشَفْنَا مَا بِهِم مِّن ضُرٍّۢ لَّلَجُّوا۟ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ
Wa law rahimnaahum wa kashafnaa maa bihim min durril lalajjoo fee tughyaanihim ya'mahoon
Agar ularga rahim qilib, ularga yetgan zararni kushoyish qilsak ham, tugʻyonlarida bardavom boʻlib, adashib-uloqib yuraveradilar.
- 76
وَلَقَدْ أَخَذْنَٰهُم بِٱلْعَذَابِ فَمَا ٱسْتَكَانُوا۟ لِرَبِّهِمْ وَمَا يَتَضَرَّعُونَ
Wa laqad akhaznaahum bil'azaabi famastakaanoo li Rabbihim wa maa yatadarra'oon
Batahqiq, Biz ularni azob ila tutdik, bas, ular Robbilariga boʻyin ham egmadilar, tazarruʼ ham qilmadilar.
- 77
حَتَّىٰٓ إِذَا فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًۭا ذَا عَذَابٍۢ شَدِيدٍ إِذَا هُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ
Hattaaa izaa fatahnaa 'alaihim baaban zaa 'azaabin shadeedin izaa hum feehi mublisoon
Toki qachon ularga shiddatli azob eshigini ochganimizda, toʻsatdan noumid boʻlguvchilardir.
- 78
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تَشْكُرُونَ
Wa Huwal lazeee ansha a-lakumus sam'a wal absaara wal af'idah; qaleelam maa tashkuroon
U zot sizga quloqni, koʻzlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz!
- 79
وَهُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Wa Huwal lazee zara akum fil ardi wa ilaihi tuhsharoon
U zot sizlarni yer yuzida yaratib, taratgandir. Va Ungagina toʻplanursizlar.
- 80
وَهُوَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ وَلَهُ ٱخْتِلَٰفُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Wa Huwal lazee yuhyee wa yumeetu wa lahukh tilaaful laili wannahaar; afalaa ta'qiloon
U zot tiriltirur va oʻldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz?
- 81
بَلْ قَالُوا۟ مِثْلَ مَا قَالَ ٱلْأَوَّلُونَ
Bal qaaloo misla maa qaalal awwaloon
Yoʻq! Ular avvalgilar aytgan narsaga oʻxshash narsani aytdilar.
- 82
قَالُوٓا۟ أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًۭا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ
Qaalooo 'a-izaa mitnaa wa kunnaa turaabanw wa 'izaaman 'a-innaa lamab 'oosoon
Ular: «Biz oʻlib, tuproq va suyak boʻlganimizdan keyin ham-a? Biz, albatta, qayta tiriltiriluvchimizmi-a?
- 83
لَقَدْ وُعِدْنَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا هَٰذَا مِن قَبْلُ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Laqad wu'idnaa nahnu wa aabaaa'unaa haazaa min qablu in haazaaa illaaa asaateerul awwaleen
Batahqiq, bizga ham, bundan oldin ota-bobolarimizga ham bu vaʼda qilingan edi. Bu avvalgilarning afsonasidan boshqa narsa emas», dedilar.
- 84
قُل لِّمَنِ ٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهَآ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Qul limanil ardu wa man feehaaa in kuntum ta'lamoon
Sen: «Agar bilsangiz, yer va undagi kimsalar kimnikidir?» deb ayt.
- 85
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ
Sa-yaqooloona lillaah; qul afalaa tazakkkaroon
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki eslatma olmasangiz?!» degin.
- 86
قُلْ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ ٱلسَّبْعِ وَرَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ
Qul mar Rabbus samaawaatis sab'i wa Rabbul 'Arshil 'Azeem
Sen: «Yetti osmonning Robbi kim? Ulugʻ arshning Robbi kim?» deb ayt.
- 87
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ
Sa yaqooloona lillaah; qul afalaa tattaqoon
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki qoʻrqmasangiz?!» deb ayt.
- 88
قُلْ مَنۢ بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍۢ وَهُوَ يُجِيرُ وَلَا يُجَارُ عَلَيْهِ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Qul mam bi yadihee malakootu kulli shai'inw wa Huwa yujeeru wa laa yujaaru 'alaihi in kuntum ta'lamoon
Sen: «Agar bilsangiz (ayting-chi), har bir narsaning mulki qoʻlida boʻlgan, Oʻzi himoya qiladigan va Undan himoya qilinmaydigan zot kim?!» deb ayt. [16]
[16] (Yaʼni, xohlagan kishisini Oʻz himoyasiga ola biladigan, boshqalar Undan himoyalana olmaydigan zot kim?)
- 89
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ فَأَنَّىٰ تُسْحَرُونَ
Sa yaqooloona lillaah; qul fa annaa tus haroon
Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Qandoq ham sehrlanmoqdasiz-a?!» deb ayt. [17]
[17] (Agar oʻsha narsalar Allohniki ekanini bilsangiz, nima uchun Allohga iymon keltirmayapsiz?! Kofir holingizda yuribsiz? Buni faqat sehrlangan odam qilishi mumkin, xolos. Siz qandoq ham sehrlangansiz-a?! Ushbu savollar mushriklarga, Allohga shirk keltiradiganlarga berilmoqda. Bunda Allohga turli-tuman but-sanamlarni shirk keltiradiganlar ham, ahli kitob boʻla turib, Allohga baʼzi shaxslarni shirk keltiradiganlar ham barobardirlar. Chunki ularning hammasi Allohdan boshqa hech bir zot biror narsani yarata olmasligini, biror narsaga molik boʻla olmasligini bilgani holda, Allohning vahdoniyatiga emas, shirkka qarab yuradilar. Ular bu ishni hujjat-dalil yoʻqligidan qiladilarmi?)
- 90
بَلْ أَتَيْنَٰهُم بِٱلْحَقِّ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ
Bal atainaahum bil haqqi wa innahum lakaaziboon
Yoʻq! Biz ularga haqni keltirdik. Ular esa yolgʻonchilardir.
- 91
مَا ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ مِن وَلَدٍۢ وَمَا كَانَ مَعَهُۥ مِنْ إِلَٰهٍ ۚ إِذًۭا لَّذَهَبَ كُلُّ إِلَٰهٍۭ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلَا بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ
Mat takhazal laahu minw waladinw wa maa kaana ma'ahoo min ilaah; izal lazahaba kullu ilaahim bimaa khalaqa wa la'alaa ba'duhum 'alaa ba'd; Subhaannal laahi 'ammaa yasifoon
Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh boʻlmagan. Shundoq boʻlganida, har bir iloh oʻzi yaratgan narsasi bilan ketib, baʼzilari baʼzilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok boʻldi. [18]
[18] (Yaʼni, Allohdan boshqa yana iloh boʻlganida, u ham oʻziga biror narsalarni yaratgan boʻlar edi. Oqibatda har bir iloh oʻzi yaratgan narsani oʻzicha tasarruf qilaverib, dunyoning nizomi buzilar edi. Har bir iloh oʻzinikini oʻtkazaman deb urinishi natijasida oralarida nizo chiqar, baʼzilari baʼzilaridan ustun kelar edi. Dunyo nizomi buzilar edi. Bu aqida Allohdek zotga ayb, nuqsonni vasf qilishdir.)
- 92
عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ
'Aalimil Ghaibi wash shahhaadati fata'aalaa 'ammaa yushrikoon
U zot gʻaybni va hozirni bilguvchidir. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan oliydir. [19]
[19] (Alloh taolo hamma narsani — gʻaybni ham, hozirni ham bilguvchi Zotdir. U zot mushriklar shirk keltirayotgan narsadan oliydir.)
- 93
قُل رَّبِّ إِمَّا تُرِيَنِّى مَا يُوعَدُونَ
Qur Rabbi immmaa turiyannee maa yoo'adoon
Sen: «Ey Robbim, agar menga ularga vaʼda qilingan narsani koʻrsatadigan boʻlsang...
- 94
رَبِّ فَلَا تَجْعَلْنِى فِى ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ
Rabbi falaa taj'alnee fil qawmiz zaalimeen
Ey Robbim, meni zolim qavmlar ichida qilmagin», deb ayt.
- 95
وَإِنَّا عَلَىٰٓ أَن نُّرِيَكَ مَا نَعِدُهُمْ لَقَٰدِرُونَ
Wa innaa 'alaaa an nuriyaka maa na'iduhum laqaadiroon
Albatta, Biz ularga vaʼda qilayotgan narsamizni senga koʻrsatishga qodirmiz.
- 96
ٱدْفَعْ بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ٱلسَّيِّئَةَ ۚ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَصِفُونَ
Idfa' billate hiya ahsanus saiyi'ah; nahnu a'lamu bimaa yasifoon
Sen esa, yomonlikni goʻzal narsa ila dafʼ qil. Biz nima vasf qilayotganlarini yaxshi bilguvchimiz.
- 97
وَقُل رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَٰتِ ٱلشَّيَٰطِينِ
Wa qur Rabbi a'oozu bika min hamazaatish Shayaateen
Sen: «Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh soʻrayman!
- 98
وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ
Wa a'oozu bika Rabbi ai-yahduroon
Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir boʻlishlaridan panoh soʻrayman», deb ayt.
- 99
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ٱرْجِعُونِ
Hattaaa izaa jaaa'a ahada humul mawtu qaala Rabbir ji'oon
Toki ulardan biriga oʻlim kelgan chogʻda: «Ey Robbim, meni qaytargin.
- 100
لَعَلِّىٓ أَعْمَلُ صَٰلِحًۭا فِيمَا تَرَكْتُ ۚ كَلَّآ ۚ إِنَّهَا كَلِمَةٌ هُوَ قَآئِلُهَا ۖ وَمِن وَرَآئِهِم بَرْزَخٌ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
La'alleee a'malu saalihan feemaa taraktu kallaa; innahaa kalimatun huwa qaaa'iluhaa wa minw waraaa'him barzakhun ilaa Yawmi yub'asoon
Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der. Yoʻq! Albatta, bu (quruq) soʻz boʻlib, u aytguvchi, xolos. Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha toʻsiq bordir.
- 101
فَإِذَا نُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَلَآ أَنسَابَ بَيْنَهُمْ يَوْمَئِذٍۢ وَلَا يَتَسَآءَلُونَ
Fa izaa nufikha fis Soori falaaa ansaaba bainahum yawma'izinw wa laa yatasaaa'aloon
Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar. [20]
[20] (Yaʼni, qiyomatdan darak berguvchi surga puflangan paytda har kim oʻzi bilan ovora boʻlib, odamlar orasida naslu nasab aloqalari qolmas. Balki hamma otasi, onasi, aka-ukasi, bola-chaqasidan qochadigan boʻlib qoladi.)
- 102
فَمَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Faman saqulat mawaazee nuhoo fa ulaaa'ika humul muflihoon
Kimning mezonlari ogʻir kelsa, bas, ana oʻshalar oʻzlari najot topguvchilardir.
- 103
وَمَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فِى جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ
Wa man khaffat mawaa zeenuhoo fa ulaaa'ikal lazeena khasiroon anfusahum fee Jahannnama khaalidoon
Kimning mezoni yengil kelsa, bas, ana oʻshalar oʻzlariga ziyon qilibdilar. Jahannamda abadiy qolguvchi boʻlibdilar.
- 104
تَلْفَحُ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ وَهُمْ فِيهَا كَٰلِحُونَ
Talfahu wujoohahumun Naaru wa hum feehaa kaalihood
Yuzlarini olov kuydirur. Ular unda badbashara holda boʻlurlar.
- 105
أَلَمْ تَكُنْ ءَايَٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَكُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ
Alam takun Aayaatee tutlaa 'alaikum fakuntum bihaa tukazziboon
Sizlarga oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, siz ularni yolgʻonga chiqargan emasmidingiz?! [21]
[21] (Shunda ular oʻz ayblariga iqror boʻladilar.)
- 106
قَالُوا۟ رَبَّنَا غَلَبَتْ عَلَيْنَا شِقْوَتُنَا وَكُنَّا قَوْمًۭا ضَآلِّينَ
Qaaloo Rabbanaa ghalabat 'alainaa shiqwatunaa wa kunnaa qawman daaalleen
Ular: «Ey Robbimiz, badbaxtligimiz oʻzimizdan ustun kelib, zalolatga ketgan qavm boʻlgan ekanmiz.
- 107
رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا مِنْهَا فَإِنْ عُدْنَا فَإِنَّا ظَٰلِمُونَ
Rabbanaa akhrijnaa minhaa fa in 'udnaa fa innaa zaalimoon
Ey Robbimiz, bizni bundan chiqargin, agar yana (eski holimizga) qaytsak, bas, albatta, zolimlardan boʻlurmiz», derlar.
- 108
قَالَ ٱخْسَـُٔوا۟ فِيهَا وَلَا تُكَلِّمُونِ
Qaalakh sa'oo feehaa wa laa tukallimoon
U zot: «U(yer)da xor boʻlib qolavering va Menga gapirmang!
- 109
إِنَّهُۥ كَانَ فَرِيقٌۭ مِّنْ عِبَادِى يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰحِمِينَ
Innahoo kaana fareequm min 'ibaadee yaqooloona Rabbanaaa aamannaa faghfir lanaa warhamnaa wa Anta khairur raahimeen
Aniqki, Mening bandalarimdan bir guruhi: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik. Bizni magʻfirat qilgin. Bizga rahim qilgin. Sening Oʻzing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar.
- 110
فَٱتَّخَذْتُمُوهُمْ سِخْرِيًّا حَتَّىٰٓ أَنسَوْكُمْ ذِكْرِى وَكُنتُم مِّنْهُمْ تَضْحَكُونَ
Fattakhaztumoohum sikhriyyan hattaaa ansawkum zikree wa kuntum minhum tadhakoon
Bas, siz ularni masxara qildingiz. Hattoki, u(ish) sizga Mening zikrimni unuttirdi. Siz ulardan kular edingiz.
- 111
إِنِّى جَزَيْتُهُمُ ٱلْيَوْمَ بِمَا صَبَرُوٓا۟ أَنَّهُمْ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ
Inee jazaituhumul Yawma bimaa sabarooo annahum humul faaa'izoon
Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular oʻzlari yutuqqa erishguvchilardir.
- 112
قَٰلَ كَمْ لَبِثْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ عَدَدَ سِنِينَ
Qaala kam labistum fil ardi 'adada sineen
U zot: «Yer yuzida necha adad yil qoldingiz?» dedi.
- 113
قَالُوا۟ لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍۢ فَسْـَٔلِ ٱلْعَآدِّينَ
Qaaloo labisnaa yawman aw ba'da yawmin fas'alil 'aaaddeen
Ular: «Bir kun yoki kunning baʼzisicha qoldik. Hisoblovchilardan soʻra», dedilar.
- 114
قَٰلَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًۭا ۖ لَّوْ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Qaala il labistum illaa qaleelal law annakum kuntum ta'lamoon
U zot: «Agar bilsangiz, juda oz qoldingiz, xolos», dedi. [22]
[22] (Endi koʻradigan kuningizga nisbatan juda oz qoldingiz.)
- 115
أَفَحَسِبْتُمْ أَنَّمَا خَلَقْنَٰكُمْ عَبَثًۭا وَأَنَّكُمْ إِلَيْنَا لَا تُرْجَعُونَ
Afahsibtum annamaa khalaqnaakum 'abasanw wa annakum ilainaa laa turja'oon
Nahotki, Bizning sizni yaratishimiz behuda boʻlgan va siz Bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz?! [23]
[23] (Ey mushriklar, nahotki Biz sizni behudaga yaratgan boʻlsak? Nahotki siz oxiratda bizga qaytarilmasangiz?!)
- 116
فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ ٱلْمَلِكُ ٱلْحَقُّ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْكَرِيمِ
Fata'aalal laahul Malikul Haqq; laaa ilaaha illaa Huwa Rabbul 'Arshil Kareem
Bas, haq podshoh Alloh yuksakdir. Hech bir iloh yoʻq. Magar U — karamli arshning Robbi bor.
- 117
وَمَن يَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ لَا بُرْهَٰنَ لَهُۥ بِهِۦ فَإِنَّمَا حِسَابُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَٰفِرُونَ
Wa mai yad'u ma'allaahi ilaahan aakhara laa burhaana lahoo bihee fa innnamaa hisaabuhoo 'inda Rabbih; innahoo laa yuflihul kaafiroon
Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu xususda hech bir dalili yoʻqdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar. [24]
[24] (Allohga boshqa ilohni sherik etganlar, hech bir dalil-hujjatsiz shirk keltirgan boʻladilar. Undoq odamlar bilan Alloh taolo Oʻzi bilib hisob-kitob qiladi. Suraning avvalida moʻminlarning, albatta, najot topishlari aytilgan edi. Suraning oxirida esa, kofirlarning najot topmasliklari taʼkidlanmoqda. Va nihoyat, oxirgi oyatda Alloh taolodan rahmat va magʻfirat soʻrash tavsiya qilinmoqda.)
- 118
وَقُل رَّبِّ ٱغْفِرْ وَٱرْحَمْ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰحِمِينَ
Wa qur Rabbigh fir warham wa Anta khairur raahimeen
Sen: «Ey Robbim, magʻfirat qil, rahim qil. Oʻzing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», deb ayt.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
