Sura 22

Haj

الحَجِّ

Al-Hajj · Madaniy · 78 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ ۚ إِنَّ زَلْزَلَةَ ٱلسَّاعَةِ شَىْءٌ عَظِيمٌۭ

    Yaaa ayyuhan naasuttaqoo Rabbakum; inna zalzalatas Saa'ati shai'un 'azeem

    Ey odamlar! Robbingizdan qoʻrqing! Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir.

  2. 2

    يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّآ أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى ٱلنَّاسَ سُكَٰرَىٰ وَمَا هُم بِسُكَٰرَىٰ وَلَٰكِنَّ عَذَابَ ٱللَّهِ شَدِيدٌۭ

    Yawma tarawnahaa tazhalu kullu murdi'atin 'ammaaa arda'at wa tada'u kullu zaati hamlin hamlahaa wa tarannaasa sukaaraa wa maa hum bisukaaraa wa lakinaa 'azaabal laahi shadeed

    Uni koʻradigan kuningizda, har bir emizuvchi oʻzi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda koʻrarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.

  3. 3

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَيَتَّبِعُ كُلَّ شَيْطَٰنٍۢ مَّرِيدٍۢ

    Wa minan naasi mai yujaadilu fil laahi bighairi 'ilminw wa yattabi'u kullaa shaitaanim mareed

    Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor. [1]

    [1] (Alloh taolo haqida, «bilmasdan» tortishish johillikdir. Bunday tortishuvga jurʼat qilgan shaytonga ergashgan boʻladi.)

  4. 4

    كُتِبَ عَلَيْهِ أَنَّهُۥ مَن تَوَلَّاهُ فَأَنَّهُۥ يُضِلُّهُۥ وَيَهْدِيهِ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ

    Kutiba 'alaihi annahoo man tawallaahu fa annahoo yudil lauhoo wa yahdeehi ilaa 'azaabis sa'eer

    Unga bitilganki, albatta, unga kim doʻst boʻlsa, shubhasiz, uni adashtirur va doʻzax azobiga «hidoyat» qilur.

  5. 5

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى رَيْبٍۢ مِّنَ ٱلْبَعْثِ فَإِنَّا خَلَقْنَٰكُم مِّن تُرَابٍۢ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍۢ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍۢ ثُمَّ مِن مُّضْغَةٍۢ مُّخَلَّقَةٍۢ وَغَيْرِ مُخَلَّقَةٍۢ لِّنُبَيِّنَ لَكُمْ ۚ وَنُقِرُّ فِى ٱلْأَرْحَامِ مَا نَشَآءُ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ثُمَّ نُخْرِجُكُمْ طِفْلًۭا ثُمَّ لِتَبْلُغُوٓا۟ أَشُدَّكُمْ ۖ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرْذَلِ ٱلْعُمُرِ لِكَيْلَا يَعْلَمَ مِنۢ بَعْدِ عِلْمٍۢ شَيْـًۭٔا ۚ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ هَامِدَةًۭ فَإِذَآ أَنزَلْنَا عَلَيْهَا ٱلْمَآءَ ٱهْتَزَّتْ وَرَبَتْ وَأَنۢبَتَتْ مِن كُلِّ زَوْجٍۭ بَهِيجٍۢ

    Yaaa ayyuhan naasu in kuntum fee raibim minal ba'si fa innaa khalaqnaakum min turaabin summa min nutfatin summaa min 'alaqatin summa mim mud ghatim mukhal laqatinw wa ghairi mukhalla qatil linubaiyina lakum; wa nuqirru fil arhaami maa nashaaa'u ilaaa ajalim musam man summa nukhrijukum tiflan summa litablughooo ashud dakum wa minkum mai yutawaffa wa minkum mai yuraddu ilaaa arzalil 'umuri likailaa ya'lama mim ba'di 'ilmin shai'aa; wa taral arda haamidatan fa izaaa anzalnaa 'alaihal maaa'ah tazzat wa rabat wa ambatat min kulli zawjim baheej

    Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan boʻlsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, soʻngra nutfadan, soʻngra alaqadan, soʻngra bitgan-bitmagan bir chaynam goʻshtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni maʼlum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. Soʻngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda koʻrarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va koʻpchiydir. Hamda har xil goʻzal juftlarni oʻstiradir. [2]

    [2] (Sizning otangiz Odamni tuproqdan yaratganmiz. Inson yoʻq edi. U otasining nutfa-spermasidan dunyoga keldi. Oddiy koʻzga koʻrinmas ushbu maniy hayvonchalar bilan barkamol inson orasida qancha farq bor?! Ana shu zarradan odam yaratgan Xoliq Alloh oʻlgan odamni qayta tiriltira olmasmi?! Qurʼoni Karimda «alaqa» deb nomlangan bosqichdagi homila zulukdek bachadonga yopishib turishi maʼlum boʻldi. Alaqaning suvrati haqiqiy zuluk bilan solishtirilsa, ularni farqlab boʻlmaydi. Xoʻsh, oʻsha zulukka oʻxshash qotgan laxta qon bilan inson orasida qancha farq bor? Homila rivojlanib, alaqa-laxta qon shaklidan bir parcha chaynalgan goʻsht holiga oʻtadi. Ana oʻshanda unga shakl kiradi. Shakl kirsa, bitgan boʻladi. Shakl kirmasa, bitmagan boʻladi, bachadondan tushib ketadi. Hech kim uni eslamaydi ham. Endi, oʻsha bir parcha chaynalgan goʻshtga oʻxshash narsa bilan inson orasida qancha farq borligini bir oʻylab koʻraylik? Oʻsha goʻshtdan inson yaratgan Alloh oʻlgan odamni qayta tiriltira olmasmi?!)

  6. 6

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّهُۥ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَأَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Zaalika bi annal laaha Huwal haqqu wa annahoo yuhyil mawtaa wa annahoo 'alaakulli shai'in Qadeer

    Bu(holat)lar koʻrsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U oʻliklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir.

  7. 7

    وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌۭ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْعَثُ مَن فِى ٱلْقُبُورِ

    Wa annas Saa'ata aatiya tul laa raiba feeha wa annal laaha yab'asuman fil quboor

    Va, albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yoʻq. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.

  8. 8

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَلَا هُدًۭى وَلَا كِتَٰبٍۢ مُّنِيرٍۢ

    Wa minan naasi mai yujaadilu fil laahi bighairi 'ilminw wa laa hudanw wa laa Kitaabim Muneer

    Odamlardan Alloh haqida ilmsiz (holda), hidoyatga yoki nurli kitobga ega boʻlmasdan turib tortishadiganlari bor.

  9. 9

    ثَانِىَ عِطْفِهِۦ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ لَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌۭ ۖ وَنُذِيقُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Saaniya 'itfihee liyudilla 'an sabeelil laahi lahoo fiddun yaa khizyunw wa nuzeequhoo Yawmal Qiyaamati 'azaabal lhareeq

    Allohning yoʻlidan adashtirish uchun, boʻynini bulqab (tortishar). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz.

  10. 10

    ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ يَدَاكَ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّٰمٍۢ لِّلْعَبِيدِ

    Zaalika bimaa qaddamat yadaaka wa annal laaha laisa bizallaamil lil'abeed

    Bunday boʻlishi oʻz qoʻllaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir.

  11. 11

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَعْبُدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ حَرْفٍۢ ۖ فَإِنْ أَصَابَهُۥ خَيْرٌ ٱطْمَأَنَّ بِهِۦ ۖ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ ٱنقَلَبَ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ خَسِرَ ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ

    Wa minan naasi mai ya'budul laaha 'alaa harfin fa in asaabahoo khairunit maanna bihee wa in asaabat hu fitnatunin qalaba 'alaa wajhihee khasirad dunyaa wal aakhirah; zaalika huwal khusraanul mubeen

    Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, koʻngli toʻlur. Agar unga balo yetsa, yuz oʻgirib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon koʻrur. Ana oʻsha ochiq-oydin ziyondir. [3]

    [3] (Islom tijorat emaski, unga oʻtkinchi foydani koʻzlab kirilsa. Islom — iymon, eʼtiqod, Allohga bandalik qilish, Uning yoʻlida jonni ham, molni ham fido etish, har xil balo-ofatlarga bardosh berish demakdir. Ana oʻsha sinovlardan oʻtganlar ikki dunyo baxtiga sazovor boʻladilar. Ammo Islomga muayyan foydani koʻzlab kirgan, oʻsha foydaga erishsa, xursand boʻlib, erishmasa, dinni tark etib, yuz oʻgirib ketadigan munofiqlar ikki dunyoda ziyon koʻrishlari muqarrar. Aslini olganda munofiq, Islomdan, Allohdan yuz oʻgirib, qayoqqa ham borardi, kimga ham topinardi?)

  12. 12

    يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُۥ وَمَا لَا يَنفَعُهُۥ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَٰلُ ٱلْبَعِيدُ

    Yad'oo min doonil laahi maa laa yadurruhoo wa maa laa yanfa'uh' zaalika huwad dalaalul ba'ed

    U, Allohni qoʻyib, oʻziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qiladir. Shuning oʻzi qattiq adashishdir.

  13. 13

    يَدْعُوا۟ لَمَن ضَرُّهُۥٓ أَقْرَبُ مِن نَّفْعِهِۦ ۚ لَبِئْسَ ٱلْمَوْلَىٰ وَلَبِئْسَ ٱلْعَشِيرُ

    Yad'oo laman darruhooo aqrabu min naf'ih; labi'salmawlaa wa labi'sal 'asheer

    U, manfaatidan koʻra zarari yaqinroq boʻlganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon doʻstdir!

  14. 14

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ

    Innal laaha yudkhilul laeena aamanoo wa 'amilus saalihaati jannaatin tajree min tahtihal anhaar; innal laaha yaf'alu maa yureed

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh Oʻzi iroda etgan narsani qiladir.

  15. 15

    مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ فَلْيَمْدُدْ بِسَبَبٍ إِلَى ٱلسَّمَآءِ ثُمَّ لْيَقْطَعْ فَلْيَنظُرْ هَلْ يُذْهِبَنَّ كَيْدُهُۥ مَا يَغِيظُ

    Man kaana yazunnu allai yansurahul laahu fid dunyaa wal aakhirati fal yamdud bisababin ilas samaaa'i summal yaqta' falyanzur hal yuzhibanna kaiduhoo maa yagheez

    Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, soʻngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi gʻam-gʻussani ketkizarmikan?! [4]

    [4] (Allohga iymoni yoʻq kishining holi shunday boʻladi. Uning balo-ofatdan, gʻam-gʻussadan qutulishga chorasi yoʻq. Allohga iymoni boʻlmagani uchun undan nusrat kelishiga ham umid qilmaydi. Shuning uchun yo osmonga chiqib, yordam topsin, yo, unday qila olmasa, oʻzini ossin. Boshqa iloji yoʻq.)

  16. 16

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ وَأَنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يُرِيدُ

    Wa kazaalika anzalnaahu aayaatim baiyinaatinw wa annal laaha yahdee mai yureed

    Mana shunday qilib, Biz u(Qurʼon)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.

  17. 17

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلصَّٰبِـِٔينَ وَٱلنَّصَٰرَىٰ وَٱلْمَجُوسَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدٌ

    Innal lazeena aamanoo wallazeena haadoo was saabi'eena wan nasaaraa wal Majoosa wallazeena ashrakooo innal laaha yafsilu bainahum yawmal qiyaamah; innal laaha 'alaa kulli shai'in shaheed

    Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida Oʻzi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.

  18. 18

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَسْجُدُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ وَٱلنُّجُومُ وَٱلْجِبَالُ وَٱلشَّجَرُ وَٱلدَّوَآبُّ وَكَثِيرٌۭ مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ ٱلْعَذَابُ ۗ وَمَن يُهِنِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّكْرِمٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ ۩

    Alam tara annal laaha yasjudu lahoo man fis samaawaati wa man fil ardi wash shamsu walqamaru wan nu joomu wal jibaalu wash shajaru wad dawaaabbu wa kaseerum minan naasi wa kaseerun haqqa 'alaihil 'azaab; wa mai yuhinil laahu famaa lahoo mim mukrim; innallaaha yaf'alu maa yashaaa

    Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, togʻlar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan koʻplari, albatta, Allohga sajda qilishini koʻrmaysanmi? Koʻplariga esa, azob haq boʻldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi boʻlmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir. [5]

    [5] (Demak, dunyodagi barcha mavjudot Alloh taologa sajda qiladi. Ularning qanday sajda qilishini Allohning Oʻzi biladi. «Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar Allohga sajda qiladi», deb qoʻyilsa, kifoya edi, butun borliqning sajda qilishi tushunaverilar edi. Lekin baʼzi maxluqlar alohida qayd etildi, chunki baʼzi odamlar oʻsha maxluqlarga — quyosh, oy va yulduzlarga sajda qiladilar. Oyatda oʻsha narsalarning Allohga sajda qilishini taʼkidlashdan maqsad ular xudo boʻla olmasligini yana bir bor taʼkidlashdir. Butun borliq hech bir istisnosiz Allohga sajda qilayotgani aytilgan boʻlsa ham, odamlarga kelganda, «koʻplari» sajda qilmasliklariga ishora etilmoqda. Ha, faqat odam bolasigina Allohga isyon qiladi. Allohga sajda qilmagani uchun, kofir boʻlgani uchun ularga azob haq boʻldi. Allohning azobiga duchor boʻlganlar ikki dunyoda xordir.)

  19. 19

    ۞ هَٰذَانِ خَصْمَانِ ٱخْتَصَمُوا۟ فِى رَبِّهِمْ ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ قُطِّعَتْ لَهُمْ ثِيَابٌۭ مِّن نَّارٍۢ يُصَبُّ مِن فَوْقِ رُءُوسِهِمُ ٱلْحَمِيمُ

    Haazaani khasmaanikh tasamoo fee Rabbihim fal lazeena kafaroo qutti'at lahum siyaabum min naar; yusabbu min fawqi ru'oosihimul hameem

    Mana bu ikki gʻanim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan oʻta qaynoq suv quyilar.

  20. 20

    يُصْهَرُ بِهِۦ مَا فِى بُطُونِهِمْ وَٱلْجُلُودُ

    Yusharu bihee maa fee butoonihim waljulood

    U bilan qorinlaridagi narsalar va terilari eritilur.

  21. 21

    وَلَهُم مَّقَٰمِعُ مِنْ حَدِيدٍۢ

    Wa lahum maqaami'u min hadeed

    Ular uchun temir gurzilar bor.

  22. 22

    كُلَّمَآ أَرَادُوٓا۟ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَا مِنْ غَمٍّ أُعِيدُوا۟ فِيهَا وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Kullamaa araadooo any yakhrujoo minhaa min ghammin u'eedoo feeha wa zooqoo 'azaabal hareeq

    Ular har qachon undagi gʻamdan chiqmoqchi boʻlsalar, unga qaytarilurlar va «Yonish azobini toting!» deyilur.

  23. 23

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍۢ وَلُؤْلُؤًۭا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌۭ

    Innal laaha yudkhilul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati jannaatin tajree min tahtihal anhaaru yuhallawna feehaa min asaawira min zahabinw wa lu'lu'aa; wa libaasuhum feehaa hareer

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir. [6]

    [6] (Bir-biriga qarama-qarshi ikki narsani bir joyda, bir xil saviyada vasf qilishlik Qurʼoni Karimga xos xususiyatlardan biridir. Jahannamda olovning azobiga qoʻshimcha qilib, oʻta qaynoq suv quyilsa, jannatda soya-salqin bogʻlar ostidan muzdek zilol, huzurbaxsh suvlar oqib turibdi. Jahannamda azob ustiga azob kelsa, jannatda huzur ustiga huzur. Doʻzaxilarga olovdan kiyim kiydirilsa, jannatilarga ipakdan koʻylak kiydiriladi. Doʻzaxilar boshiga temir gurzi bilan urilsa, jannatilarga oltin va injulardan bezak taqilgan.)

  24. 24

    وَهُدُوٓا۟ إِلَى ٱلطَّيِّبِ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَهُدُوٓا۟ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْحَمِيدِ

    Wa hudooo ilat taiyibi minal qawli wa hudooo ilaaa siraatil hameed

    Ular shirin soʻzga hidoyat qilinurlar va maqtalgan Zotning yoʻliga hidoyat qilinurlar. [7]

    [7] (Jahannam ahliga «Yonish azobini toting!» deb gurzi bilan urilsa, jannat ahliga shirin soʻzlar aytilib, Alloh taoloning yoʻliga hidoyat qilib qoʻyiladi.)

  25. 25

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ٱلَّذِى جَعَلْنَٰهُ لِلنَّاسِ سَوَآءً ٱلْعَٰكِفُ فِيهِ وَٱلْبَادِ ۚ وَمَن يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍۭ بِظُلْمٍۢ نُّذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Innal lazeena kafaroo wa yasuddoona 'an sabeelil laahi wal Masjidil Haraamil lazee ja'alnaahu linnaasi sawaaa'anil 'aakifu feehi walbaad; wa mai yurid feehi bi ilhaadim bizulmin nuziqhu min 'azaabin aleem

    Kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qoʻyganimiz Masjidul Haromdan toʻsganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yoʻlga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.

  26. 26

    وَإِذْ بَوَّأْنَا لِإِبْرَٰهِيمَ مَكَانَ ٱلْبَيْتِ أَن لَّا تُشْرِكْ بِى شَيْـًۭٔا وَطَهِّرْ بَيْتِىَ لِلطَّآئِفِينَ وَٱلْقَآئِمِينَ وَٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ

    Wa iz bawwaanaa li Ibraaheema makaanal Baiti allaa tushrik bee shai'anw wa tahhir Baitiya litaaa'ifeena walqaaa' imeena warrukka 'is sujood

    Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda rukuʼ, sujud qilguvchilar uchun poklagin.

  27. 27

    وَأَذِّن فِى ٱلنَّاسِ بِٱلْحَجِّ يَأْتُوكَ رِجَالًۭا وَعَلَىٰ كُلِّ ضَامِرٍۢ يَأْتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍۢ

    Wa azzin fin naasi bil Hajji yaatooka rijaalanw wa 'alaa kulli daamiriny yaateena min kulli fajjin 'ameeq

    Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yoʻllardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.

  28. 28

    لِّيَشْهَدُوا۟ مَنَٰفِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ فِىٓ أَيَّامٍۢ مَّعْلُومَٰتٍ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَٰمِ ۖ فَكُلُوا۟ مِنْهَا وَأَطْعِمُوا۟ ٱلْبَآئِسَ ٱلْفَقِيرَ

    Li yashhadoo manaafi'a lahum wa yazkurus mal laahi feee ayyaamimma'loomaatin 'alaa maa razaqahum mim baheematil an'aami fakuloo minhaa wa at'imul baaa'isal faqeer

    Va oʻzlariga boʻladigan manfaatlarga shohid boʻlsinlar. Maʼlum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (soʻyishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.

  29. 29

    ثُمَّ لْيَقْضُوا۟ تَفَثَهُمْ وَلْيُوفُوا۟ نُذُورَهُمْ وَلْيَطَّوَّفُوا۟ بِٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ

    Summal yaqdoo tafasahum wal yoofoo nuzoorahum wal yattawwafoo bil Baitil 'Ateeq

    Soʻngra oʻzlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla. [8]

    [8] (Baytullohning egasi Alloh taolo tomonidan, uning quruvchisi Ibrohim alayhissalomga aytilayotgan bu sifatlar Quraysh kofirlarida emas, musulmonlarda mavjud. Demak, Baytullohga, Masjidul Haromga Quraysh kofirlari emas, musulmonlar haqlidirlar. Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir. Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib boʻlsa ham, kelsinlar. Yoʻl uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham, kelsinlar. Hajga keluvchilar, avvalo, Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda boʻladi, oʻzaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Haj mavsumning avji, iyd kunlari boʻlib, unda zikr qurbonlik soʻyish jarayonida yana avjlanadi. Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan oʻzi yesa ham boʻladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham boʻladi. Qurbonlik qilib boʻlganidan keyin, hojiga ehromdan chiqishga ruxsat boʻladi, ehrom vaqtida mumkin boʻlmagan soch oldirish yoki qisqartirishga, qoʻltiq ostidagi va boshqa joylardagi tuklarni, tirnoqlarni olishga izn beriladi. Hoji bu ishlarni bajarib, yuvinib-taranadi. Oyatda «... oʻzlaridagi kirlarni ketkazsinlar...» deyishdan maqsad shu. «Qadimgi uy»dan murod Kaʼbatulloh. Bu tavofni farz tavof, ifoza tavofi, deyiladi. Bu tavofsiz haj haj boʻlmaydi. Shuni ado etishlik bilan haj ibodati ham tugaydi.)

  30. 30

    ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ حُرُمَٰتِ ٱللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ ۗ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ ٱلْأَنْعَٰمُ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱجْتَنِبُوا۟ ٱلرِّجْسَ مِنَ ٱلْأَوْثَٰنِ وَٱجْتَنِبُوا۟ قَوْلَ ٱلزُّورِ

    Zaalika wa mai yu'azzim hurumaatil laahi fahuwa khairul lahoo 'inda Rabbih; wa uhillat lakumul an'aamu illaa maa yutlaa 'alaikum fajtanibur rijsa minal awsaani wajtaniboo qawlaz zoor

    Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning oʻzi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq boʻling va yolgʻon soʻzdan yiroq boʻling.

  31. 31

    حُنَفَآءَ لِلَّهِ غَيْرَ مُشْرِكِينَ بِهِۦ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَتَخْطَفُهُ ٱلطَّيْرُ أَوْ تَهْوِى بِهِ ٱلرِّيحُ فِى مَكَانٍۢ سَحِيقٍۢ

    Hunafaaa'a lillaahi ghaira mushrikeena bih; wa mai yushrik billaahi faka annamaa kharra minas samaaa'i fatakh tafuhut tairu aw tahwee bihir reehu bee makaanin saheeq

    Allohga boʻlgan iymondan ogʻmang, unga shirk keltirguvchi boʻlmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u goʻyoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir. [9]

    [9] (Inson iymonga erishganda, yuqori martabalarga erishgan boʻladi, kimki oʻsha yuksak martabani xohlamay, Allohga shirk keltirsa, xuddi osmondan qulab tushgan kabi boʻladi.)

  32. 32

    ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَٰٓئِرَ ٱللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى ٱلْقُلُوبِ

    Zaalika wa mai yu'azzim sha'aaa'iral laahi fa innahaa min taqwal quloob

    Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulugʻlasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir. [10]

    [10] (Ushbu oyat maʼnosida «nishonlar» deb tarjima qilgan ibora Qurʼoni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «shaʼiyra» soʻzining jami — koʻpligi, nishon, belgi, alomat maʼnolarini bildiradi. Bu soʻz Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh — Allohning nishonlari», deyilganda esa, Allohning dini, Islomning koʻzga koʻringan, shon-shavkati alomati boʻlgan ibodatlar koʻzda tutiladi. Ushbu oyati karimada esa, qurbonlikka soʻyiladigan katta hayvonlar koʻzda tutilmoqda.)

  33. 33

    لَكُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ثُمَّ مَحِلُّهَآ إِلَى ٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ

    Lakum feehaa manaafi'u ilaaa ajalim musamman summa mahilluhaaa ilal Baitil 'Ateeq

    Sizga u(nishon)larda maʼlum vaqtgacha manfaatlar bordir. Soʻngra ularni (soʻyish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.

  34. 34

    وَلِكُلِّ أُمَّةٍۢ جَعَلْنَا مَنسَكًۭا لِّيَذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَٰمِ ۗ فَإِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ فَلَهُۥٓ أَسْلِمُوا۟ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُخْبِتِينَ

    Wa likulli ummatin ja'alnaa mansakal liyazkurus mal laahi 'alaa maa razaqahum mim baheematil an'aam; failaahukum ilaahunw Waahidun falahooo aslimoo; wa bashshiril mukhbiteen

    Har bir ummatga, ularga chorva hayvonlarini rizq qilib bergan Allohning ismini eslashlari uchun, qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon boʻling. Itoatli, mutavozeʼlarga bashorat ber.

  35. 35

    ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَٱلصَّٰبِرِينَ عَلَىٰ مَآ أَصَابَهُمْ وَٱلْمُقِيمِى ٱلصَّلَوٰةِ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Allazeena izaa zukiral laahu wajilat quloobuhum wassaabireena 'alaa maaa asaabahum walmuqeemis Salaati wa mimmaa razaqnaahum yunfiqoon

    Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va oʻzlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni toʻkis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.

  36. 36

    وَٱلْبُدْنَ جَعَلْنَٰهَا لَكُم مِّن شَعَٰٓئِرِ ٱللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌۭ ۖ فَٱذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا صَوَآفَّ ۖ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا۟ مِنْهَا وَأَطْعِمُوا۟ ٱلْقَانِعَ وَٱلْمُعْتَرَّ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرْنَٰهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Walbudna ja'alnaahaa lakum min sha'aaa'iril laahi lakum feehaa khairun fazkurusmal laahi 'alaihaa sawaaff; fa izaa wajabat junoobuhaa fakuloo minhaa wa at'imul qaani'a walmu'tarr; kazaalika sakhkharnaahaa lakum la'allakum tashkuroon

    Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bogʻliq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambagʻallarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydik. Shoyadki, shukr qilsangiz.

  37. 37

    لَن يَنَالَ ٱللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَآؤُهَا وَلَٰكِن يَنَالُهُ ٱلتَّقْوَىٰ مِنكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُوا۟ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Lany yanaalal laaha luhoo muhaa wa laa dimaaa'uhaa wa laakiny yanaaluhut taqwaa minkum; kazaalika sakhkharhaa lakum litukabbirul laaha 'alaa ma hadaakum; wa bashshirul muhsineen

    Ularning goʻshtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber. [11]

    [11] (Qurbonlik qilishdan maqsad bandaning Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir. Banda Allohni qancha ulugʻlasa, shuncha oz. Birgina hidoyatga boshlab qoʻygani uchun qancha takbir aytsa, oz. Qurbonlik qilish ham, Allohning yoʻlida har qanday qurbonlik berishga tayyor ekanini koʻrsatish ham oʻsha hidoyat uchun Alloh taoloni ulugʻlashdir.)

  38. 38

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُدَٰفِعُ عَنِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ خَوَّانٍۢ كَفُورٍ

    Innal laaha yudaafi' 'anil lazeena aamanoo; innal laaha laa yuhibbu kulla khawwaanin kafoor

    Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush koʻrmas.

  39. 39

    أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَٰتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا۟ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ

    Uzina lillazeena yuqaataloona bi annahum zulimoo; wa innal laaha 'alaa nasrihim la Qaderr

    Oʻzlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir. [12]

    [12] (Demak, kofirlar avval musulmonlarga qarshi urush ochgan. Musulmonlar hujumga va zulmga uchraganlar. Endi ular oʻzlarini himoya qilmasalar, boʻlmaydi. Kofirlar ularni yoʻq qilib yuborishlari mumkin. Musulmonlar urushga kirsalar, Alloh ularga yordam berishga qodirdir.)

  40. 40

    ٱلَّذِينَ أُخْرِجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِم بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّآ أَن يَقُولُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍۢ لَّهُدِّمَتْ صَوَٰمِعُ وَبِيَعٌۭ وَصَلَوَٰتٌۭ وَمَسَٰجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا ٱسْمُ ٱللَّهِ كَثِيرًۭا ۗ وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ

    Allazeena ukhrijoo min diyaarihim bighairi haqqin illaaa any yaqooloo rabbunallaah; wa law laa daf'ul laahin naasa ba'dahum biba'dil lahuddimat sawaami'u wa biya'unw wa salawaatunw wa masaajidu yuzkaru feehasmul laahi kaseeraa; wa layansurannal laahu mai yansuruh; innal laaha la qawiyyun 'Azeez

    Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun oʻz diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan dafʼ qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi koʻplab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan boʻlur edi. Albatta, Alloh Oʻziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va gʻolibdir.

  41. 41

    ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُوا۟ بِٱلْمَعْرُوفِ وَنَهَوْا۟ عَنِ ٱلْمُنكَرِ ۗ وَلِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ

    Allazeena im makkan naahum fil ardi aqaamus Salaata wa aatawuz Zakaata wa amaroo bilma'roofi wa nahaw 'anil munkar; wa lillaahi 'aaqibatul umoor

    Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni toʻkis ado eturlar, zakotni berurlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarurlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir. [13]

    [13] (Oyati karimadagi «Ularga Yer yuzida imkon bersak» jumlasidan «makon bersak» maʼnosi ham tushuniladi. Bunga qoʻshimcha «Yer yuzida nusrat, gʻalaba bersak» maʼnolari ham chiqadi. Diyorlaridan «Robbimiz Alloh» deganlari uchun chiqarilgan musulmonlarga Yer yuzida makon, nusrat, gʻalaba — imkon bersak: Xovliqib ketmaydilar, balki Alloh taologa ixlos bilan ibodat qiladilar, u bilan bogʻlanishni kuchaytiradilar. Alloh xohlagan oqibatini keltirib chiqaradi. Xohlasa, magʻlubiyatni ham gʻalabaga aylantirib yuboradi.)

  42. 42

    وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍۢ وَعَادٌۭ وَثَمُودُ

    Wa iny yukazzibooka faqad kazzabat qablahum qawmu Nooinw wa Aadunw wa Samood

    Agar seni yolgʻonchi qilayotgan boʻlsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolgʻonchi qilgan edilar.

  43. 43

    وَقَوْمُ إِبْرَٰهِيمَ وَقَوْمُ لُوطٍۢ

    Wa qawmu Ibraaheema wa qawmu Loot

    Ibrohim qavmi, Lut qavmi.

  44. 44

    وَأَصْحَٰبُ مَدْيَنَ ۖ وَكُذِّبَ مُوسَىٰ فَأَمْلَيْتُ لِلْكَٰفِرِينَ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

    Wa as haabu Madyana wa kuzziba Moosaa fa amlaitu lilkaafireena summa akhaztuhum fakaifa kaana nakeer

    Madyan egalari ham. Va Muso ham yolgʻonchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, soʻngra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?! [14]

    [14] (Albatta, oʻta shiddatli boʻldi. Oʻta qoʻrqinchli boʻldi. Oʻsha kofir, jinoyatchi, paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqargan qavmlarning baʼzilarini toʻfon azobi tutdi. Baʼzilarini yer yutdi, zilzila va boshqa azoblarga duchor boʻldilar.)

  45. 45

    فَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌۭ فَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَبِئْرٍۢ مُّعَطَّلَةٍۢ وَقَصْرٍۢ مَّشِيدٍ

    Faka ayyim min qaryatin ahlaknaahaa wa hiya zaalimatun fahiya khaawiyatun 'alaa 'urooshihaa wa bi'rim mu'at talatinw wa qasrim masheed

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi boʻlgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).

  46. 46

    أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌۭ يَعْقِلُونَ بِهَآ أَوْ ءَاذَانٌۭ يَسْمَعُونَ بِهَا ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى ٱلْأَبْصَٰرُ وَلَٰكِن تَعْمَى ٱلْقُلُوبُ ٱلَّتِى فِى ٱلصُّدُورِ

    Afalam yaseeroo fil ardi fatakoona lahum quloobuny ya'qiloona bihaaa aw aazaanuny yasm'oona bihaa fa innahaa laa ta'mal absaaru wa laakin ta'mal quloobul latee fissudoor

    Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, koʻzlar koʻr boʻlmas, siynalardagi qalblar koʻr boʻlur. [15]

    [15] (Oʻsha kofirlar Yer yuzida aylanib yurganlarida, oʻtgan kofirlardan qolgan asarlarni koʻrar edilar. Ularni koʻrib, tafakkur qilganlarida qalblari taʼsirlanib, aqllari kirar edi. Odamlardan oʻtgan zolim kofir qavmlar nima uchun va qanday qilib halokatga uchraganlari haqidagi rivoyatlarni eshitar, ulardan ibrat olar edilar.)

  47. 47

    وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ ۚ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍۢ مِّمَّا تَعُدُّونَ

    Wa yasta'juloonaka bil'azaabi wa lany yukhlifal laahu wa'dah; wa inna yawman 'inda Rabbika ka'alfi sanatim mimmaa ta'uddoon

    Ular sendan azobning tezroq kelishini soʻrarlar. Holbuki, Alloh vaʼdasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. [16]

    [16] (Modomiki kofirlarga azob yuborishni vaʼda qildimi, ularga Allohning azobi, albatta, keladi. Shoshilmay tursinlar. Azobni qachon yuborishni Allohning Oʻzi biladi. Alloh taolo hech shoshilmaydi. «Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir». Shuning uchun ham U zot shoshilmaydi.)

  48. 48

    وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَمْلَيْتُ لَهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌۭ ثُمَّ أَخَذْتُهَا وَإِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ

    Wa ka ayyim min qaryatin amlaitu lahaa wa hiya zaalimatun summa akhaztuhaa wa ilaiyal maseer

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi boʻlgan holida ham muhlat berdim. Soʻngra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat Mengaginadir.

  49. 49

    قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَآ أَنَا۠ لَكُمْ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Qul yaaa ayyuhan naasu innamaaa ana lakum nazeerum mubeen

    Sen: «Ey odamlar! Men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.

  50. 50

    فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ

    Fallazeena aamanoo wa 'amilu saalihaati lahum maghfiratunw wa rizqun kareem

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga magʻfirat va ikromli rizq bordir.

  51. 51

    وَٱلَّذِينَ سَعَوْا۟ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ

    Wallazeena sa'aw feee Aayaatinaa mu'aajizeena ulaaa ika As-haabul jaheem

    Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi boʻlib, saʼyi-harakat qilganlar, ana oʻshalar jahiym egalaridir.

  52. 52

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍۢ وَلَا نَبِىٍّ إِلَّآ إِذَا تَمَنَّىٰٓ أَلْقَى ٱلشَّيْطَٰنُ فِىٓ أُمْنِيَّتِهِۦ فَيَنسَخُ ٱللَّهُ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَٰنُ ثُمَّ يُحْكِمُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Wa maaa arsalnaa min qablika mir Rasoolinnw wa laa Nabiyyin illaaa izaaa tamannaaa alqash Shaitaanu feee umniy yatihee fa yansakhul laahu maa yulqish Shaitaanu summa yuhkimul laahu aayaatih; wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan boʻlsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. Soʻngra, Alloh Oʻz oyatlarini mustahkam qilur. Alloh oʻta bilguvchi va hikmatli Zotdir. [17]

    [17] (Lugʻat jihatidan qaraydigan boʻlsak «Tamanniy» soʻzi arab tilida «oliy orzu» (ajnabiy tildagi «ideal») maʼnosini anglatadi. Shuning uchun ham oyati karima maʼnosini tarjima qilishda bu soʻzni shu holda qoldirishni ravo koʻrdik. Ushbu oyati karimada, bu oliy orzu boshqa Rasul va Nabiylarda ham boʻlganligi, bu koʻproq shayton tomonidan notoʻgʻri fikr yoki holatlarga olib borishi mumkinligi, ammo Alloh doimo Oʻzi paygʻambarlarni bundan saqlab kelganligi aytilmoqda. Ushbu holat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam hayotlarida bir necha marta koʻrilgan.)

  53. 53

    لِّيَجْعَلَ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَٰنُ فِتْنَةًۭ لِّلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ وَٱلْقَاسِيَةِ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَفِى شِقَاقٍۭ بَعِيدٍۢ

    Liyaj'ala maa yulqish Shaitaanu fitnatal lillazeena fee quloobihim maradunw walqaasiyati quloobuhum; wa innaz zaalimeena lafee shiqaaqim ba'eed

    Shayton tashlaydigan narsa qalblarida kasali borlarga va qalblari toshlarga fitna boʻlishi uchundir. Albatta, zolimlar (haqdan) uzoq tortishuvdadirlar.

  54. 54

    وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَيُؤْمِنُوا۟ بِهِۦ فَتُخْبِتَ لَهُۥ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Wa liya'lamal lazeena ootul 'ilma annahul haqqu mir Rabbika fa yu'minoo bihee fatukhbita ahoo quloobuhum; wa innal laaha lahaadil lazeena aamanoo ilaa Siraatim Mustaqeem

    Ilm berilganlar u(Qurʼon) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bogʻlanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilguvchidir.

  55. 55

    وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى مِرْيَةٍۢ مِّنْهُ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً أَوْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَقِيمٍ

    Wa laa yazaalul lazeena kafaroo fee miryatim minhu hattaa taatiyahumus Saa'atu baghtatan aw yaatiyahum 'azaabu Yawmin 'aqeem

    Kufr keltirganlar ularga soat (qiyomat) toʻsatdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qurʼon)dan shubhada boʻlishda davom etadilar. [18]

    [18] (Kofirlar qiyomatgacha Qurʼoni Karim Allohdan kelgan haq ekaniga shubhada boʻladilar. Shuning uchun iymon keltirmaydilar. Lekin bu bilan faqat oʻzlariga ziyon qiladilar, xolos.)

  56. 56

    ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍۢ لِّلَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ

    Almulku Yawma'izil lillaahi yahkumu bainahum; fallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati fee jannaatin Na'eem

    Oʻsha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu neʼmat jannatlaridadirlar.

  57. 57

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا فَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ

    Wallazeena kafaroo wa kazzaboo bi Aayaatinaa fa ulaaa'ika lahum 'azaabum muheen

    Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar esa, bas, ana oʻshalarga xorlovchi azob bordir.

  58. 58

    وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ قُتِلُوٓا۟ أَوْ مَاتُوا۟ لَيَرْزُقَنَّهُمُ ٱللَّهُ رِزْقًا حَسَنًۭا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

    Wallazeena haajaroo fee sabeelil laahi summa qutilooo law maatoo la yarzuqan nahumul laahu rizqan hasanaa; wa innal laaha la Huwa khairur raaziqeen

    Alloh yoʻlida hijrat qilganlar, soʻngra oʻldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh goʻzal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir. [19]

    [19] (Hijrat Alloh yoʻlida vatandan, qarindosh-urugʻdan, molu dunyodan, turli qulayliklardan uzoqda boʻlishdir. Hijrat barcha paygʻambarlar, ulugʻ zotlar boshidan oʻtkazgan holatdir. Islomda esa, Islom Paygʻambari Muhammad alayhissalotu vassalom va u kishining safdoshlari — sahobalarning bir qismi hayotidagi katta sinovdir. Alloh taolo ularning Makkadan Madinaga qilgan hijratlaridan soʻng Islomga fathu futuh, shonu shavkat berdi.)

  59. 59

    لَيُدْخِلَنَّهُم مُّدْخَلًۭا يَرْضَوْنَهُۥ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَلِيمٌ حَلِيمٌۭ

    La yudkhilan nahum mud khalany yardawnah; wa innal laaha la 'Aleemun Haleem

    Albatta, U zot ularni oʻzlari rozi boʻladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh oʻta bilguvchi va haliym Zotdir.

  60. 60

    ۞ ذَٰلِكَ وَمَنْ عَاقَبَ بِمِثْلِ مَا عُوقِبَ بِهِۦ ثُمَّ بُغِىَ عَلَيْهِ لَيَنصُرَنَّهُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌۭ

    Zaalika wa man 'aaqaba bimisli maa 'ooqiba bihee summa bughiya 'alaihi la yansurannahul laah; innal laaha la 'Afuwwun Ghafoor

    Ish bundoq. Kim oʻziga iqob qilinganiga oʻxshash iqob qilsa-yu, soʻngra unga yana zoʻravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va magʻfiratli Zotdir. [20]

    [20] (Birov zulmga uchrab, boshqa bir kishi tomonidan iqobga uchrasa, qasos olish tariqasida oʻsha zolimdan oʻziga qilingan iqob darajasida oʻch olsayu, soʻngra unga yana tajovuz qilinsa, oʻsha odamga Alloh yordam beradi. Chunki u zulm qilmayapti, haddidan oshmayapti, faqat oʻz haqqini talab qilyapti. Boshqa tomon esa, avval nohaqdan tajovuzkorlik qilgan edi. Tajovuziga yarasha javob kelganida, tushunib oʻzini tiyishi kerak edi. Ammo u yana tajovuzkorlik qildi.)

  61. 61

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌۭ

    Zaalika bi annal laaha yoolijul laila fin nahaari wa yoolijun nahaara fil laili wa annal laaha Samee'um Baseer

    Chunki, Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchi Zotdir. [21]

    [21] (Doimiy suvratda kecha kunduzga, kunduz kechaga kirib turadi. Buni Allohga kufr keltirib, gerdayib yurgan odamlar ham, boshqalari ham qila olmaydi. Buni faqat Alloh taologina qiladi. Allohning bu ishini birov toʻxtata olmaganidek, U zotning mazlumlarga nusrat berishini ham toʻxtata olmaydi.)

  62. 62

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ هُوَ ٱلْبَٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ

    Zaalika bi annal laaha Huwal haqqu wa anna maa yad'oona min doonihee huwal baatilu wa annal laaha Huwal 'Aliyyul kabeer

    Chunki, Allohning Oʻzigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir.

  63. 63

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَتُصْبِحُ ٱلْأَرْضُ مُخْضَرَّةً ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌۭ

    Alam tara annal laaha anzala minas samaaa'i maaa'an fatusbihul ardu mukhdarrah; innal laaha Lateefun Khabeer

    Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil boʻlishini koʻrmadingmi?! Albatta, Alloh oʻta lutfli va xabardor Zotdir.

  64. 64

    لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Lahoo ma fis samaawaati wa ma fil ard; wa innal laaha la Huwal Ghaniyyul Hameed

    Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning Oʻzigina behojat va maqtalgan Zotdir. [22]

    [22] (Alloh taolo osmonlaru Yerdagi narsalarga ega boʻlganidan, U zotning hech bir narsaga hojati yoʻq. Shunday ham maqtalgan, hamdu sano egasi boʻlgan Zotdir. Oʻzidan boshqa yordamchiga Uning hojati boʻlmaganidek, birovning maqtoviga ham hojati yoʻqdir.)

  65. 65

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ وَيُمْسِكُ ٱلسَّمَآءَ أَن تَقَعَ عَلَى ٱلْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Alam tara annal laaha sakhkhara lakum maa fil ardi wal fulka tajree fil bahri bi amrihee wa yumsikus samaaa'a an taqa'a 'alal ardi illaa biiznih; innal laaha binnaasi la Ra'oofur Raheem

    Alloh yerdagi narsalarni, dengizda Oʻz izni ila yuradigan kemani sizlarga boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir. [23]

    [23] (Insof bilan fikr ishlatib qaralsa, Alloh taolo Yer yuzidagi hamma narsalarni inson foydasi uchun, unga boʻysunadigan, unga beminnat xizmat qiladigan qilib qoʻygan. Havodan tortib, toshu toqqacha, nabototu jamodot, katta-kichik jonzotlar, hamma-hammasi inson uchun xizmatkor. Ularning evaziga insondan haq talab qilinmaydi.)

  66. 66

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَكَفُورٌۭ

    Wa Huwal lazee ahyaakum summa yumeetukum summma yuheekum; innal insaana lakafoor

    Sizlarni tiriltirgan, keyin oʻldiradigan, soʻngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning Oʻzidir. Albatta, inson oʻta noshukrdir. [24]

    [24] (Insonga hayot berib, uni yoʻqdan bor qilgan kim?! Albatta, Alloh! Ana shu Zotga shukr qilib, Unga iymon keltirib, Uning ibodatini qilsa, boʻlmasmidi?! Bu dunyoda yashab yurgan insonni oʻldiradigan kim?! Albatta, Alloh! Oʻlganlarni qiyomat kuni qayta tiriltiradigan, ularni soʻroq-savolga tutadigan, qilganiga yarasha mukofot yoki jazo beradigan kim?! Albatta, Alloh! Shunday ekan, inson oʻsha kunga tayyorgarlik koʻrsa boʻlmasmidi?! «Albatta, inson oʻta noshukrdir». Shuning uchun ham Allohga kufr keltiradi. Unga isyon qiladi. Uning koʻrsatgan yoʻlidan yurmaydi.)

  67. 67

    لِّكُلِّ أُمَّةٍۢ جَعَلْنَا مَنسَكًا هُمْ نَاسِكُوهُ ۖ فَلَا يُنَٰزِعُنَّكَ فِى ٱلْأَمْرِ ۚ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ إِنَّكَ لَعَلَىٰ هُدًۭى مُّسْتَقِيمٍۢ

    Likulli ummatin ja'alnaa mansakan hum naasikoohu falaa yunaazi 'unnaka fil amr; wad'u ilaa Rabbika innaka la 'alaa hudam mustaqeem

    Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular oʻshanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga daʼvat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.

  68. 68

    وَإِن جَٰدَلُوكَ فَقُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Wa in jaadalooka faqulil laahu a'lamu bimaa ta'maloon

    Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.

  69. 69

    ٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

    Allaahu yahkumu bainakum Yawmal Qiyaamati feemaa kuntum feehi takhtalifoon

    Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa boʻyicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.

  70. 70

    أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۗ إِنَّ ذَٰلِكَ فِى كِتَٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌۭ

    Alam ta'lam annal laaha ya'lamu maa fis samaaa'i wal ard; inna zaalika fee kitaab; inna zaalika 'alal laahi yaseer

    Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana oʻsha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?! [25]

    [25] (Ushbu oyatdagi savol iqror qildirish maʼnosidadir. Yaʼni, bilar eding-ku, deyilmoqda. Oyati karimadagi «kitob»dan murod «Lavhul mahfuz»dir. Demak, hukm qilish Alloh taolo uchun hech narsa emas.)

  71. 71

    وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَٰنًۭا وَمَا لَيْسَ لَهُم بِهِۦ عِلْمٌۭ ۗ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍۢ

    Wa ya'budoona min doonil laahi maa lam yunazzil bihee sultaananw wa maa laisa lahum bihee 'ilm; wa maa lizzaalimeena min naseer

    Ular Allohni qoʻyib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, oʻzlarida u haqda ilm boʻlmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yoʻqdir.

  72. 72

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ تَعْرِفُ فِى وُجُوهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلْمُنكَرَ ۖ يَكَادُونَ يَسْطُونَ بِٱلَّذِينَ يَتْلُونَ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا ۗ قُلْ أَفَأُنَبِّئُكُم بِشَرٍّۢ مِّن ذَٰلِكُمُ ۗ ٱلنَّارُ وَعَدَهَا ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Wa izaa tutlaa 'laihim Aayaatunaa baiyinaatin ta'rifu fee wujoohil lazeena kafarul munkara yakaadoona yastoona bil lazeena yatloona 'alaihim Aayaatinaa; qul afa unab bi'ukum bisharrim min zaalikum; an Naaru wa 'adahal laahul lazeena kafaroo wa bi'sal maseer

    Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni koʻrursan. Ular oʻzlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U doʻzaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga vaʼda qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin.

  73. 73

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌۭ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَن يَخْلُقُوا۟ ذُبَابًۭا وَلَوِ ٱجْتَمَعُوا۟ لَهُۥ ۖ وَإِن يَسْلُبْهُمُ ٱلذُّبَابُ شَيْـًۭٔا لَّا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ۚ ضَعُفَ ٱلطَّالِبُ وَٱلْمَطْلُوبُ

    Yaaa ayyuhan naasu duriba masalun fastami'oo lah; innal lazeena tad'oona min doonil laahi lai yakhluqoo zubaabanw wa lawijtama'oo lahoo wa iny yaslub humuz zubbabu shai'al laa yastan qizoohu minh; da'ufat taalibu walmatloob

    Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qoʻyib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan oʻshani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz boʻldi. [26]

    [26] (Boshqa katta jonzotlarni qoʻysinlar-u, eng kichik, eng haqir, eng ahamiyatsiz koʻringan pashshani yaratishga urinib koʻrsinlar. Yarata olmaslar. Xoʻsh, endi bir dona pashshani yarata olmagan butga qanday qilib topinish, sigʻinish, aytganini (agar aytolsa,) qilish mumkin? Aslo mumkin emas. Umuman aqlga, mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Pashsha juda zaif, haqir jon. Ammo, u sabab boʻlib baʼzi bir kasalliklarni tashib keltirsa, hammasi toʻplanib, harakat qilsa ham, oʻsha kasallikdan zarar koʻrayotganni yoki oʻlayotganni qutqarib qololmaydilar. Buni hamma hayotda koʻrgan. «Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz boʻldi». Yaʼni, Allohdan oʻzganing ibodatini talab qiluvchi ham, ibodati talab qilingan narsalar ham ojizdirlar. Biron narsa qoʻllaridan kelmas.)

  74. 74

    مَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ

    Maa qadrul laaha haqqa qadrih; innal laaha la Qawiyyun 'Azeez

    Ular Allohning qadrini joyiga qoʻymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir. [27]

    [27] (Yaʼni, ular yolgʻiz Allohning Oʻziga eʼtiqod qilishlari, faqat Ungagina ibodat qilishlari lozim edi. Ammo ular Allohning qadrini bilmadilar, unga shirk keltirdilar, Undan oʻzgalarga topindilar.)

  75. 75

    ٱللَّهُ يَصْطَفِى مِنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ رُسُلًۭا وَمِنَ ٱلنَّاسِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌۭ

    Allahu yastafee minal malaaa'ikati Rusulanw wa minan naas; innal laaha Samee'um Baseer

    Alloh farishtalardan va odamlardan Paygʻambarlar tanlar. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va koʻrguvchidir.

  76. 76

    يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    Ya'lamu maa baina aydeehim wa maa khalfahum; wa ilal laahi turja'ul umoor

    U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsani bilur. Barcha ishlar yolgʻiz Allohgagina qaytarilur.

  77. 77

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱرْكَعُوا۟ وَٱسْجُدُوا۟ وَٱعْبُدُوا۟ رَبَّكُمْ وَٱفْعَلُوا۟ ٱلْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ۩

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanur ka'oo wasjudoo wa'budoo Rabbakum waf'alul khaira la'allakum tuflihoon

    Ey, iymon keltirganlar, rukuʼ, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.

  78. 78

    وَجَٰهِدُوا۟ فِى ٱللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِۦ ۚ هُوَ ٱجْتَبَىٰكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلدِّينِ مِنْ حَرَجٍۢ ۚ مِّلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَٰهِيمَ ۚ هُوَ سَمَّىٰكُمُ ٱلْمُسْلِمِينَ مِن قَبْلُ وَفِى هَٰذَا لِيَكُونَ ٱلرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا۟ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ ۚ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱعْتَصِمُوا۟ بِٱللَّهِ هُوَ مَوْلَىٰكُمْ ۖ فَنِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ

    Wa jaahidoo fil laahi haqqa jihaadih; Huwaj tabaakum wa maa ja'ala 'alaikum fid deeni min haraj; Millata abeekum Ibraaheem; Huwa sammaakumul muslimeena min qablu wa fee haaza li yakoonar Rasoolu shaheedan 'alaikum wa takoonoo shuhadaaa'a 'alan naas; fa aqeemus salaata wa aatuz zakaata wa'tasimoo billaahi Huwa mawlaakum fani'mal mawlaa wa ni'man naseer

    Va Alloh (yoʻlida) haq jihod qilingiz. U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. Bu, otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu (Qurʼon)da Paygʻambar sizlarga guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar boʻlishingiz uchun «musulmonlar» deb nomladi. Bas, namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga bogʻlaninglar. U sizning xojangizdir. Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchidir. [28]

    [28] (Suraning oxiridagi ushbu ikki oyatda Alloh taolo Islom ummatiga nido qilmoqda. Bu nido musulmonlarga eng mahbub murojaat bilan «Ey iymon keltirganlar», deb boshlamoqda. Bu nido oʻzidan keyin keladigan amrlarni alohida koʻtarinki ruhda ado etishga undaydi. Undan keyin kelayotgan amrlar esa, rukuʼ, sajda qilmoqlikdir.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com