Sura 21
Anbiyo
الأَنبِيَاءِ
Al-Anbya · Makkiy · 112 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
ٱقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِى غَفْلَةٍۢ مُّعْرِضُونَ
Iqtaraba linnaasi hisaa buhum wa hum fee ghaflatim mu'ridoon
Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, gʻaflatda, yuz oʻgiruvchi boʻlgan hollarida.
- 2
مَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍۢ مِّن رَّبِّهِم مُّحْدَثٍ إِلَّا ٱسْتَمَعُوهُ وَهُمْ يَلْعَبُونَ
Maa yaateehim min zikrim mir Rabbihim muhdasin illas tama'oohu wa hum yal'aboon
Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat oʻynayotgan hollarida tinglarlar.
- 3
لَاهِيَةًۭ قُلُوبُهُمْ ۗ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّجْوَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ هَلْ هَٰذَآ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ ۖ أَفَتَأْتُونَ ٱلسِّحْرَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ
Laahiyatan quloobuhum; wa asarrun najwal lazeena zalamoo hal haazaa illaa basharum mislukum afataa toonas sihra wa antum tubsiroon
Qalblari gʻofil boʻlib. Zulm qilganlar oʻzaro: «Bu oʻzimizga oʻxshagan bashardan oʻzga emas-ku. Oʻzingiz koʻrib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar.
- 4
قَالَ رَبِّى يَعْلَمُ ٱلْقَوْلَ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Qaala Rabbee ya'lamul qawla fis samaaa'i wal ardi wa Huwas Samee'ul Aleem
U: «Robbim osmonu yerdagi soʻzni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dedi.
- 5
بَلْ قَالُوٓا۟ أَضْغَٰثُ أَحْلَٰمٍۭ بَلِ ٱفْتَرَىٰهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌۭ فَلْيَأْتِنَا بِـَٔايَةٍۢ كَمَآ أُرْسِلَ ٱلْأَوَّلُونَ
Bal qaalooo adghaasu ahlaamim balif taraahu bal huwa shaa'irun falyaatinaa bi Aayatin kamaa ursilal awwaloon
Ular: «Balki, algʻov-dalgʻov tushlardir, balki, oʻzi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek moʻjiza keltirsin», dedilar.
- 6
مَآ ءَامَنَتْ قَبْلَهُم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَآ ۖ أَفَهُمْ يُؤْمِنُونَ
Maaa aaamanat qablahum min qaryatin ahlaknaahaa a-fahum yu'minoon
Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?! [1]
[1] (Ulardan oldin lol qoldiruvchi moʻjiza keltirishni talab qilganlardan birortasi ham iymonga kelmadi. Shuning uchun hammasini halok qildik. Endi ular iymonga kelarmidilar?!)
- 7
وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ إِلَّا رِجَالًۭا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ۖ فَسْـَٔلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
Wa maaa arsalnaa qablaka illaa rijaalan nooheee ilaihim fas'aloo ahlaz zikri in kuntum laa ta'lamoon
Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Paygʻambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan soʻrang. [2]
[2] (Bashar paygʻambar boʻlmaydi, deb daʼvo qilayotgan, ey kofir-mushriklar, agar paygʻambarlar bashar ekanini bilmasangiz zikr-ilm egalaridan, ahli kitoblardan soʻrang.)
- 8
وَمَا جَعَلْنَٰهُمْ جَسَدًۭا لَّا يَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَمَا كَانُوا۟ خَٰلِدِينَ
Wa maa ja'alnaahum jasadal laa yaakuloonat ta'aama wa maa kaanoo khaalideen
Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yoʻq. Ular abadiy qolguvchi ham boʻlgan emaslar.
- 9
ثُمَّ صَدَقْنَٰهُمُ ٱلْوَعْدَ فَأَنجَيْنَٰهُمْ وَمَن نَّشَآءُ وَأَهْلَكْنَا ٱلْمُسْرِفِينَ
summa sadaqnaa humul wa'da fa-anjainaahum wa man nashaaa'u wa ahlaknal musrifeen
Soʻngra, ularga (bergan) vaʼdamiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda Oʻzimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik. [3]
[3] (Keyin paygʻambarlarga bergan vaʼdamiz ustidan chiqdik, ularga ergashgan moʻminlarga najot va fathu nusrat berdik. Isrofchilarni, kofir boʻlganlarni halok etdik. Odat shu. Hozirgi kofirlar ibrat olsinlar.)
- 10
لَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ كِتَٰبًۭا فِيهِ ذِكْرُكُمْ ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Laqad anzalnaaa ilaikum Kitaaban feehi zikrukum afalaa ta'qiloon
Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?! [4]
[4] (Zikringiz-sharafingiz bor. Odamlar aqlnini ishlatishlari lozim. Yana Qurʼonga qaytib, unga amal qilmoqlari shart.)
- 11
وَكَمْ قَصَمْنَا مِن قَرْيَةٍۢ كَانَتْ ظَالِمَةًۭ وَأَنشَأْنَا بَعْدَهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ
Wa kam qasamnaa min qaryatin kannat zaalimatanw wa anshadnaa ba'dahaa qawman aakhareen
Biz zolim boʻlgan shahar-qishloqlardan qanchasini (belini) sindirdik va ulardan keyin boshqa qavmlarni paydo etdik.
- 12
فَلَمَّآ أَحَسُّوا۟ بَأْسَنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَرْكُضُونَ
Falammaaa ahassoo baasanaaa izaaa hum minhaa yarkudoon
Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.
- 13
لَا تَرْكُضُوا۟ وَٱرْجِعُوٓا۟ إِلَىٰ مَآ أُتْرِفْتُمْ فِيهِ وَمَسَٰكِنِكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْـَٔلُونَ
Laa tarkudoo warji'ooo ilaa maaa utriftum feehe wa masaakinikum la'allakum tus'aloon
Qochmanglar! maishatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali, ehtimol, soʻralursizlar.
- 14
قَالُوا۟ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ
Qaaloo yaa wailanaaa innaa kunnaa zaalimeen
Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim boʻlgan ekanmiz», dedilar.
- 15
فَمَا زَالَت تِّلْكَ دَعْوَىٰهُمْ حَتَّىٰ جَعَلْنَٰهُمْ حَصِيدًا خَٰمِدِينَ
Famaa zaalat tilka da'waahum hattaa ja'alnaahum haseedan khaamideen
Ularning oʻsha dod-voylari biz ularni oʻrilgan oʻtday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom boʻldi.
- 16
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَٰعِبِينَ
Wa maa khalaqnas samaaa'a wal arda wa maa bainahumaa laa'ibeen
Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oʻyin uchun yaratganimiz yoʻq. [5]
[5] (Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, oʻyin uchun yaratilmaydi. Behudaga shunchalik urinishning keragi yoʻq. Maqsad oʻyin boʻlsa, shunga mosroq narsa yaratilar edi.)
- 17
لَوْ أَرَدْنَآ أَن نَّتَّخِذَ لَهْوًۭا لَّٱتَّخَذْنَٰهُ مِن لَّدُنَّآ إِن كُنَّا فَٰعِلِينَ
Law aradnaaa an nattakhiza lahwal lat takhaznaahu mil ladunnaaa in kunnaa faa'ileen
Agar Biz koʻngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi boʻlganimizda ham, Oʻz tomonimizdan tutar edik.
- 18
بَلْ نَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَى ٱلْبَٰطِلِ فَيَدْمَغُهُۥ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌۭ ۚ وَلَكُمُ ٱلْوَيْلُ مِمَّا تَصِفُونَ
Bal naqzifu bilhaqqi 'alal baatili fa yadmaghuhoo fa izaa huwa zaahiq; wa lakumul wailu mimmaa tasifoon
Yoʻq, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Koʻribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.
- 19
وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَنْ عِندَهُۥ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَلَا يَسْتَحْسِرُونَ
Wa lahoo man fis samaawaati wal ard; wa man 'indahoo laa yastakbiroona 'an 'ibaada tihee wa laa yastahsiroon
Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.
- 20
يُسَبِّحُونَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لَا يَفْتُرُونَ
Yusabbihoona laila wannahaara laa yafturoon
Ular kechayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.
- 21
أَمِ ٱتَّخَذُوٓا۟ ءَالِهَةًۭ مِّنَ ٱلْأَرْضِ هُمْ يُنشِرُونَ
Amit takhazooo aalihatam minal ardi hum yunshiroon
Yoki ular yerdan xudolar tutdilar-u, oʻshalar tiriltiradilarmi?
- 22
لَوْ كَانَ فِيهِمَآ ءَالِهَةٌ إِلَّا ٱللَّهُ لَفَسَدَتَا ۚ فَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ
Law kaana feehimaaa aalihatun illal laahu lafasadataa; fa-Subhaanal laahi Rabbil 'Arshi 'ammaa yasifoon
Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan oʻzga xudolar boʻlganida, buzilib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir. [6]
[6] (Borliqni bir zot yaratgan, bir zot idora qilib, boshqarib turadi. Borliq shunga boʻysunadi. Shu bois ham hadsiz-hisobsiz boʻlishiga qaramay, borliqda qoyil qolarlik darajada nizom va mutanosiblik hukm suradi. Agar borliqni yaratgan, uni idora qilib turgan zot bittadan koʻp boʻlsa, oʻsha zotlarning irodasi bir-biri bilan, albatta, toʻqnashar edi. Oqibatda borliqda nomutanosiblik kelib chiqar, jipslik yoʻqolar va nizom buzilar edi. Modomiki borliq bir nizomda turibdimi, mutanosibmi, demak, uni yaratgan va tadbirini qilib turgan zot bitta.)
- 23
لَا يُسْـَٔلُ عَمَّا يَفْعَلُ وَهُمْ يُسْـَٔلُونَ
Laa yus'alu 'ammaa yaf'alu wa hum yus'aloon
U qilgan narsasidan soʻralmas. Holbuki, ular soʻralurlar.
- 24
أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةًۭ ۖ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَٰنَكُمْ ۖ هَٰذَا ذِكْرُ مَن مَّعِىَ وَذِكْرُ مَن قَبْلِى ۗ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْحَقَّ ۖ فَهُم مُّعْرِضُونَ
Amit takhazoo min doonihee aalihatan qul haatoo burhaanakum haaza zikru mam ma'iya wa zikru man qablee; bal aksaruhum laa ya'lamoonal haqqa fahum mu'ridoon
Yoki Undan oʻzga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yoʻq, ularning koʻplari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz oʻgirguvchilardir. [7]
[7] (Borliqqa nazar solib, undagi mavjudotlarni mulohaza qilib koʻrganda, Alloh taoloning sherigi boʻlishi mumkin emasligi isbotlandi. Yana nima uchun mushriklar Alloh taologa ibodat qilmayaptilar?)
- 25
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِىٓ إِلَيْهِ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعْبُدُونِ
Wa maaa arsalnaa min qablika mir Rasoolin illaa nooheee ilaihi annahoo laaa ilaaha illaaa Ana fa'budoon
Sendan ilgari yuborgan har bir Paygʻambarga: «Albatta, Mendan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻq. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.
- 26
وَقَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَلَدًۭا ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ۚ بَلْ عِبَادٌۭ مُّكْرَمُونَ
Wa qaalut takhazar Rahmaanu waladan Subhaanah; bal 'ibaadum mkkramoon
Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yoʻq! Ikrom etilgan bandalardirlar. [8]
[8] (Yaʼni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dedilar. Alloh bu nuqsondan pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridir.)
- 27
لَا يَسْبِقُونَهُۥ بِٱلْقَوْلِ وَهُم بِأَمْرِهِۦ يَعْمَلُونَ
Laa yasbiqoonahoo bil qawli wa hum bi amrihee ya'maloon
Ular Undan oldin soʻz aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.
- 28
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يَشْفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ٱرْتَضَىٰ وَهُم مِّنْ خَشْيَتِهِۦ مُشْفِقُونَ
Ya'lamu maa baina aideehim wa maa khalfahum wa laa yashfa'oona illaa limanir tadaa wa hum min khash yatihee mushfiqoon
U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi boʻlgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qoʻrqinchidan titragan holda tururlar.
- 29
۞ وَمَن يَقُلْ مِنْهُمْ إِنِّىٓ إِلَٰهٌۭ مِّن دُونِهِۦ فَذَٰلِكَ نَجْزِيهِ جَهَنَّمَ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa mai yaqul minhum inneee ilaahum min doonihee fazaalika najzeehi Jahannam; kazaalika najziz zaalimeen
Ulardan kim: «Men Undan oʻzga ilohman», desa, bas, oʻshani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.
- 30
أَوَلَمْ يَرَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ كَانَتَا رَتْقًۭا فَفَتَقْنَٰهُمَا ۖ وَجَعَلْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ ۖ أَفَلَا يُؤْمِنُونَ
Awalam yaral lazeena kafarooo annas samaawaati wal arda kaanataa ratqan faftaqnaahumaa wa ja'alnaa minal maaa'i kulla shai'in haiyin afalaa yu'minoon
Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan boʻlgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi? [9]
[9] (Oyati karima maʼnosi xususida tafsirchilar bir necha xil maʼnolar aytganlar. Birinchisi, Ibn Umar va Ibn Abbos roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan boʻlib, osmon yopiq edi, Biz uni ochdik va yomgʻir-qor yogʻdirdik, oqibatda oʻsha suv ila hamma tirik narsalar paydo boʻldi, degan maʼno chiqadi. Ikkinchisi, unga koʻra osmonlaru Yer yoʻq edi, ularni Biz yaratdik, soʻngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, maʼnosi boʻladi. Uchinchisi, Hasan, Qatoda roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan boʻlib, osmonlaru Yer bir-biriga bitishgan bir narsa edi, ularning orasini Biz ochdik, soʻngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, maʼnosi bor. Toʻrtinchisi hozirgi zamon baʼzi tafsirchilarning fikrlari boʻlib: osmonu Yer, yulduzlaru quyosh hamma-hammasi bir butun edi, Allohning irodasi ila koʻp aylanish va ichki portlashlar oqibatida parchalanib, alohida-alohida boʻlib ketdi: quyosh alohida, yer alohida, oy alohida, yulduzlar alohida va boshqa narsalar ham; suvdan esa, barcha tirik narsalar, inson, hayvon va nabototlar paydo qilindi. Bular, oyati karimaning maʼnosini tushunishga urinishdir. Oyatning haqiqiy maʼnosini Allohning Oʻzi biladi.)
- 31
وَجَعَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِهِمْ وَجَعَلْنَا فِيهَا فِجَاجًۭا سُبُلًۭا لَّعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ
Wa ja'alnaa fil ardi rawaasiya an tameeda bihim wa ja'alnaa feehaa fijaajan subulal la'allahum yahtadoon
Biz yerda ularning tebranmasliklari uchun togʻlar qildik va shoyadki, toʻgʻri yoʻl topsalar, deb unda daralar, yoʻllar qildik.
- 32
وَجَعَلْنَا ٱلسَّمَآءَ سَقْفًۭا مَّحْفُوظًۭا ۖ وَهُمْ عَنْ ءَايَٰتِهَا مُعْرِضُونَ
Wa ja'alnas samaaa'a saqfam mahfoozanw wa hum 'an Aayaatihaa mu'ridoon
Va osmonni saqlangan shift qilib qoʻydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz oʻgirguvchi boʻlmoqdalar.
- 33
وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّۭ فِى فَلَكٍۢ يَسْبَحُونَ
Wa Huwal lazee khalaqal laila wannahaara washshamsa wal qamara kullun fee falakiny yashbahoon
U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.
- 34
وَمَا جَعَلْنَا لِبَشَرٍۢ مِّن قَبْلِكَ ٱلْخُلْدَ ۖ أَفَإِي۟ن مِّتَّ فَهُمُ ٱلْخَٰلِدُونَ
Wa maa ja'alnaa libasharim min qablikal khuld; afaimmitta fahumul khaalidoon
Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yoʻq. Agar sen oʻlsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?
- 35
كُلُّ نَفْسٍۢ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۗ وَنَبْلُوكُم بِٱلشَّرِّ وَٱلْخَيْرِ فِتْنَةًۭ ۖ وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ
Kullu nafsin zaaa'iqatul mawt; wa nablookum bishsharri walkhairi fitnatanw wa ilainaa turja'oon
Har bir jon oʻlimni tatib koʻrguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.
- 36
وَإِذَا رَءَاكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِى يَذْكُرُ ءَالِهَتَكُمْ وَهُم بِذِكْرِ ٱلرَّحْمَٰنِ هُمْ كَٰفِرُونَ
Wa izaa ra aakal lazeena kafarooo iny-yattakhizoonaka illa huzuwaa; ahaazal lazee yazkuru aalihatakum wa hum bi zikrir Rahmaani hum kaafiroon
Kufr keltirganlar seni koʻrganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga oʻzlari kofirdirlar.
- 37
خُلِقَ ٱلْإِنسَٰنُ مِنْ عَجَلٍۢ ۚ سَأُو۟رِيكُمْ ءَايَٰتِى فَلَا تَسْتَعْجِلُونِ
Khuliqal insaanu min 'ajal; sa ureekum Aayaatee falaa tasta'jiloon
Inson shoshqaloq oʻlaroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga Oʻz oyat-alomatlarimni koʻrsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.
- 38
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Wa yaqooloona mataa haazal wa'du in kuntum saadiqeen
Ular: «Agar sodiq boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur», derlar.
- 39
لَوْ يَعْلَمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ حِينَ لَا يَكُفُّونَ عَن وُجُوهِهِمُ ٱلنَّارَ وَلَا عَن ظُهُورِهِمْ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Law ya'lamul lazeena kafaroo heena laa yakuffoona 'anw wujoohihimun Naara wa laa 'an zuhoorihim wa laa hum yunsaroon
Kufr keltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni toʻsa olmaydigan va oʻzlariga yordam berilmaydigan vaqtni bilsalar edi.
- 40
بَلْ تَأْتِيهِم بَغْتَةًۭ فَتَبْهَتُهُمْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ رَدَّهَا وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ
Bal taateehim baghtatan fatabhatuhum falaa yastatee'oona raddahaa wa laa hum yunzaroon
Yoʻq! U ularga toʻsatdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir boʻlmaslar va ularga muhlat ham berilmas.
- 41
وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Wa laqadis tuhzi'a bi-Rusulim min qablika fahaaqa billazeena sakhiroo minhum maa kaanoo bihee yastahzi'oon
Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga oʻzlari masxara etib yurgan narsa tushdi.
- 42
قُلْ مَن يَكْلَؤُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ مِنَ ٱلرَّحْمَٰنِ ۗ بَلْ هُمْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِم مُّعْرِضُونَ
Qul mai yakla 'ukum billaili wannahaari minar Rahmaan; bal hum 'an zikri Rabbihim mu'ridoon
Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qoʻriydi?» – degin. Yoʻq! Ular Robbilari zikridan yuz oʻgirguvchilardir!
- 43
أَمْ لَهُمْ ءَالِهَةٌۭ تَمْنَعُهُم مِّن دُونِنَا ۚ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَ أَنفُسِهِمْ وَلَا هُم مِّنَّا يُصْحَبُونَ
Am lahum aalihatun tamna'ulum min dooninaa; laa yastatee'oona nasra anfusihim wa laa hum minnna yus-haboon
Yoki ularning Bizdan oʻzga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular oʻzlariga ham yordam berishga qodir boʻla olmaslar va Bizdan doʻstlik topmaslar. [10]
[10] (Doʻstlik topganlarida himoyamizga oʻtishlari mumkin edi. Lekin zinhor bizdan doʻstlik topmaslar. Chunki ular bunga munosib emaslar. Kofirlar esa, buni oʻylab ham koʻrmaydilar. Qachon va qayerda soxta xudolari ularga homiy boʻlibdi, biror yordam qilibdi, yaxshilik yetkazibdi?)
- 44
بَلْ مَتَّعْنَا هَٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ طَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۗ أَفَلَا يَرَوْنَ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَآ ۚ أَفَهُمُ ٱلْغَٰلِبُونَ
Bal matta'naa haaa'ulaaa'i wa aabaaa'ahum hattaa taala 'alaihimul 'umur; afalaa yarawna anna naatil arda nanqusuhaa min atraafihaa; afahumul ghaaliboon
Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun koʻrindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni koʻrmaydilarmi?! Gʻolib kelguvchi ularmi? [11]
[11] (Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi ushbu jumla maʼnosi haqida bir necha xil fikr bildirganlar. Qadimgi tafsirchilarimiz, Yerning atrofidan qisqartirilishi — kufr yerlari qisqarib Islom yerlari kengayib borishi, deganlar. Mujohid va Ikrima roziyallohu anhum, yerning atrofidan qisqarishi — xarob boʻlishi, deyishgan. Al-Afviy Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa, barakasining qisqarishi, deyilgan. Ash-Shaʼbiy, agar Yer qisqaradigan boʻlsa, unga sigʻmay qolar eding, lekin jonlar va meva-cheva, hosillar qisqaradi, degan. Ikrima roziyallohu anhu ham, agar Yer qisqarganida, oʻtirgani joy topa olmay qolar eding, qisqarish oʻlimdir, deb aytgan. Keyingi davr tafsirchilari esa, rohat-farogʻatda yashagan, Yerning turli atroflarida gʻolib boʻlib, oʻzining soʻzini oʻtkazib turgan davlatlar va xalqlar bahramandlikdan hovliqib ketib, hadlaridan oshganlarida, nuqsonga duchor qilinishlari — qisqartirilishlaridir, deydilar. Ushbu maʼnolar bir-birini toʻldirib keladi. Har bir tafsirchi olim oʻz zamonasidagi voqelikdan, oʻz tushunchasidan kelib chiqib maʼno aytgan boʻladi.)
- 45
قُلْ إِنَّمَآ أُنذِرُكُم بِٱلْوَحْىِ ۚ وَلَا يَسْمَعُ ٱلصُّمُّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا مَا يُنذَرُونَ
Qul innamaaa unzirukum bilwahyi; wa laa yasma'us summud du'aaa'a izaa maa yunzaroon
Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman. Gunglar ogohlantirilganlarida daʼvatni eshitmaslar», degin.
- 46
وَلَئِن مَّسَّتْهُمْ نَفْحَةٌۭ مِّنْ عَذَابِ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ
Wa la'im massat hum nafhatum min 'azaabi Rabbika la yaqoolunna yaawailanaaa innnaa kunnaa zaalimeen
Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatan, biz zolimlar boʻlgan ekanmiz», derlar.
- 47
وَنَضَعُ ٱلْمَوَٰزِينَ ٱلْقِسْطَ لِيَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌۭ شَيْـًۭٔا ۖ وَإِن كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍۢ مِّنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَٰسِبِينَ
Wa nada'ul mawaazeenal qista li Yawmil Qiyaamati falaa tuzlamu nafsun shai'aa; wa in kaana misqaala habbatim min khardalin atainaa bihaa; wa kafaa binaa haasibeen
Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qoʻyurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi ogʻirligicha boʻlsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda Oʻzimiz kifoya qilurmiz.
- 48
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ ٱلْفُرْقَانَ وَضِيَآءًۭ وَذِكْرًۭا لِّلْمُتَّقِينَ
Wa laqad aatainaa Moosa wa haaroonal Furqaana wa diyaa'anw wa zikral lilmuttaqeen
Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik. [12]
[12] (Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horun alayhissalomlarga berganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand boʻlish va undagi eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor boʻlish kerak. Betavfiq va taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand boʻla olmaydilar.)
- 49
ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَهُم مِّنَ ٱلسَّاعَةِ مُشْفِقُونَ
Allazeena yakhshawna Rabbahum bilghaibi wa hum minas Saa'ati mushfiqoon
Ular Robbilaridan gʻoyibona qoʻrqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.
- 50
وَهَٰذَا ذِكْرٌۭ مُّبَارَكٌ أَنزَلْنَٰهُ ۚ أَفَأَنتُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ
Wa haazaa Zikrum Mubaarakun anzalnaah; afa antum lahoo munkiroon
Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi boʻlasizlarmi?!
- 51
۞ وَلَقَدْ ءَاتَيْنَآ إِبْرَٰهِيمَ رُشْدَهُۥ مِن قَبْلُ وَكُنَّا بِهِۦ عَٰلِمِينَ
Wa laqad aatainaaa Ibraaheema rushdahoo min qablu wa kunnaa bihee 'aalimeen
Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik. [13]
[13] (Ibrohim Alloh tomonidan rushdi hidoyat berilgan zotlar ichida avvalgilaridan biri edi. Biz unga rushdni bexosdan berganimiz yoʻq. Biz Ibrohimning rushdi hidoyatga, paygʻambar boʻlishga loyiq zotligini yaxshi bilar edik.)
- 52
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَا هَٰذِهِ ٱلتَّمَاثِيلُ ٱلَّتِىٓ أَنتُمْ لَهَا عَٰكِفُونَ
Iz qaala li abeehi wa qawmihee maa haazihit tamaaseelul lateee antum lahee 'aakifoon
Oʻshanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga berilayotgan haykallar nima?» – degan edi.
- 53
قَالُوا۟ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا لَهَا عَٰبِدِينَ
Qaaloo wajadnaaa aabaaa'anaa lahaa 'aabideen
Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.
- 54
قَالَ لَقَدْ كُنتُمْ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُمْ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ
Qaala laqad kuntum antum wa aabaaa'ukum fee dalaalim mubeen
U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dedi.
- 55
قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا بِٱلْحَقِّ أَمْ أَنتَ مِنَ ٱللَّٰعِبِينَ
Qaalooo aji'tanaa bil haqqi am anta minal laa'ibeen
Ular: «Sen bizga haq ila keldingmi yoki oʻyin qilguvchilardanmisan?» – dedilar.
- 56
قَالَ بَل رَّبُّكُمْ رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلَّذِى فَطَرَهُنَّ وَأَنَا۠ عَلَىٰ ذَٰلِكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ
Qaala bar Rabbukum Rabbus samaawaati wal ardil lazee fatarahunna wa ana 'alaa zaalikum minash shaahideen
U: «Yoʻq! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.
- 57
وَتَٱللَّهِ لَأَكِيدَنَّ أَصْنَٰمَكُم بَعْدَ أَن تُوَلُّوا۟ مُدْبِرِينَ
Wa tallaahi la akeedanna asnaamakum ba'da an tuwalloo mudbireen
Allohga qasamki, sizlar ortga oʻgirilib ketganingizdan keyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dedi. [14]
[14] (Yaʼni, Ibrohim alayhissalom oʻzlari bilan tortishayotgan qavmlariga, ularning sanamlariga bir yomonlik yetkazishlari aniqligini qasam ila taʼkidlab aytdilar. Ammo nima qilishlarini ochiq-oydin aytmadilar. Arab tilida «sanam» deb bosh qismi inson shakliga oʻxshatib ishlangan butlarga aytiladi.)
- 58
فَجَعَلَهُمْ جُذَٰذًا إِلَّا كَبِيرًۭا لَّهُمْ لَعَلَّهُمْ إِلَيْهِ يَرْجِعُونَ
Faja'alahum juzaazan illaa kabeeral lahum la'allahum ilaihi yarji'oon
Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki, unga qaytsalar, deb qoldirdi. [15]
[15] (Mushrik qavm yillik bayramlarida shahardan tashqariga chiqar edi. Ular navbatdagi yillik bayramni nishonlash uchun ketganlarida Ibrohim alayhissalom hamma butlarni parcha-parcha qilib tashladilar va eng katta butga tegmasdan qoldirib qoʻydilar.)
- 59
قَالُوا۟ مَن فَعَلَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَآ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Qaaloo man fa'ala haazaa bi aalihatinaaa innahoo laminaz zaalimeen
Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» – dedilar.
- 60
قَالُوا۟ سَمِعْنَا فَتًۭى يَذْكُرُهُمْ يُقَالُ لَهُۥٓ إِبْرَٰهِيمُ
Qaaloo sami'naa fatany yazkuruhum yuqaalu lahooo Ibraaheem
Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deb aytilardi», dedilar.
- 61
قَالُوا۟ فَأْتُوا۟ بِهِۦ عَلَىٰٓ أَعْيُنِ ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَشْهَدُونَ
Qaaloo faatoo bihee 'alaaa a'yunin naasi la'allahum yash hadoon
Ular: «Uni odamlar koʻzi oldiga olib kelinglar. Shoyadki, guvoh boʻlsalar», dedilar.
- 62
قَالُوٓا۟ ءَأَنتَ فَعَلْتَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَا يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ
Qaalooo 'a-anta fa'alta haazaa bi aalihatinaa yaaa Ibraaheem
Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» – dedilar.
- 63
قَالَ بَلْ فَعَلَهُۥ كَبِيرُهُمْ هَٰذَا فَسْـَٔلُوهُمْ إِن كَانُوا۟ يَنطِقُونَ
Qaala bal fa'alahoo kabeeruhum haazaa fas'aloohum in kaanoo yantiqoon
U: «Yoʻq, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan boʻlsalar, ulardan soʻrab koʻringlar», dedi.
- 64
فَرَجَعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ فَقَالُوٓا۟ إِنَّكُمْ أَنتُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Faraja'ooo ilaaa anfusihim faqaalooo innakum antumuz zaalimoon
Bas, ular oʻzlariga keldilar va: «Albatta, sizlar oʻzingiz zolimdirsizlar», dedilar. [16]
[16] (Ibrohim alayhissalomning mantiqli savollaridan keyin mushriklar oʻzlariga keldilar.)
- 65
ثُمَّ نُكِسُوا۟ عَلَىٰ رُءُوسِهِمْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا هَٰٓؤُلَآءِ يَنطِقُونَ
Summa nukisoo 'alaa ru'oosihim laqad 'alimta maa haaa'ulaaa'i yantiqoon
Soʻngra, yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.
- 66
قَالَ أَفَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمْ شَيْـًۭٔا وَلَا يَضُرُّكُمْ
Qaala afata'budoona min doonil laahi maa laa yanfa'ukum shai'anw wa laa yadurrukum
U: «Siz, Allohni qoʻyib, hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!
- 67
أُفٍّۢ لَّكُمْ وَلِمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Uffil lakum wa limaa ta'budoona min doonil laah; afalaa ta'qiloon
Sizga ham, Allohni qoʻyib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib koʻrmaysizlarmi?!» – dedi.
- 68
قَالُوا۟ حَرِّقُوهُ وَٱنصُرُوٓا۟ ءَالِهَتَكُمْ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ
Qaaloo harriqooho wansurooo aalihatakum in kuntum faa'ileen
Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan boʻlsangiz, xudolaringizga yordam bering!» – dedilar. [17]
[17] (Yaʼni, Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam boʻladi, dedilar. Xullas, mushriklar katta gulxan yoqib, Ibrohim alayhissalomni oʻsha gulxanga otdilar.)
- 69
قُلْنَا يَٰنَارُ كُونِى بَرْدًۭا وَسَلَٰمًا عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ
Qulnaa yaa naaru koonee bardanw wa salaaman 'alaaa Ibraaheem
Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik boʻl!» – dedik.
- 70
وَأَرَادُوا۟ بِهِۦ كَيْدًۭا فَجَعَلْنَٰهُمُ ٱلْأَخْسَرِينَ
Wa araadoo bihee kaidan faja'alnaahumul akhsareen
Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qoʻydik.
- 71
وَنَجَّيْنَٰهُ وَلُوطًا إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا لِلْعَٰلَمِينَ
Wa najjainaahu wa Lootan ilal ardil latee baaraknaa feehaa lil 'aalameen
Unga va Lutga najot berib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik. [18]
[18] (Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga va u kishining jiyanlari Lut alayhissalomga najot berdi. Qavmlariga yetgan balodan ularni sogʻ-salomat olib qolib, «olamlar uchun barakali qilgan yer»ga — Shomga yubordi. Darhaqiqat, Shom yeri eng barakali yerlardan hisoblanadi. Barcha paygʻambarlar oʻsha joydan chiqqan. U yer muqaddas joy. U yurtda Baytul Maqdis joylashgan.)
- 72
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ نَافِلَةًۭ ۖ وَكُلًّۭا جَعَلْنَا صَٰلِحِينَ
Wa wahabnaa lahooo Ishaaq; wa Ya'qooba naafilah; wa kullan ja'alnaa saaliheen
Unga Isʼhoqni hadya etdik va Yaʼqubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.
- 73
وَجَعَلْنَٰهُمْ أَئِمَّةًۭ يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِمْ فِعْلَ ٱلْخَيْرَٰتِ وَإِقَامَ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءَ ٱلزَّكَوٰةِ ۖ وَكَانُوا۟ لَنَا عَٰبِدِينَ
Wa ja'alnaahum a'immatany yahdoona bi amrinaa wa awhainaaa ilaihim fi'lal khairaati wa iqaamas Salaati wa eetaaa'az Zakaati wa kaanoo lanaa 'aabideen
Va ularni amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar boʻldilar.
- 74
وَلُوطًا ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا وَنَجَّيْنَٰهُ مِنَ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَت تَّعْمَلُ ٱلْخَبَٰٓئِثَ ۗ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍۢ فَٰسِقِينَ
Wa Lootan aatainaahu hukmanw wa 'ilmanw wa najjainaahu minal qaryatil latee kaanat ta'malul khabaaa'is; innahum kaanoo qawma saw'in faasiqeen
Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzgʻunchi qavm edilar.
- 75
وَأَدْخَلْنَٰهُ فِى رَحْمَتِنَآ ۖ إِنَّهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ
Wa adkhalnaahu fee rahmatinaa innahoo minas saalihee
Va Biz uni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.
- 76
وَنُوحًا إِذْ نَادَىٰ مِن قَبْلُ فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَنَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ
Wa noohan iz naadaa min qablu fastajabnaa lahoo fanajjainaahu wa ahlahoo minal karbil 'azeem
Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulugʻ gʻamdan najot berdik.
- 77
وَنَصَرْنَٰهُ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍۢ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ أَجْمَعِينَ
Wa nasarnaahu minal qawmil lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa; innahum kkaanoo qawma saw'in fa-aghraq naahum ajma'een
Unga oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini gʻarq qildik. [19]
[19] (Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kelgan. Bu surada siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.)
- 78
وَدَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ إِذْ يَحْكُمَانِ فِى ٱلْحَرْثِ إِذْ نَفَشَتْ فِيهِ غَنَمُ ٱلْقَوْمِ وَكُنَّا لِحُكْمِهِمْ شَٰهِدِينَ
Wa Daawooda wa Sulaimaana iz yahkumaani fil harsi iz nafashat feehi ghanamul qawmi wa kunnaa lihukmihim shaahideen
Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). Oʻshanda u(ekinzor)ga qavmning qoʻyi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid boʻlgan edik. [20]
[20] (Oʻz davrining paygʻambari va podshohi boʻlmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni soʻrab kelishibdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qoʻylar egasi ekan. «Oʻshanda u (ekinzor)ga qavmning qoʻyi kechasi tarqalib ketgan edi». Kechasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom ikki tomonning gapini eshitib boʻlib, qoʻylarni ekinzor egasiga berilishiga hukm chiqardilar. Payhon boʻlib yoʻqolgan ekinzor oʻrniga uni payhon qilgan qoʻylarni olib berish ayni adolat edi. Bu hukmdan keyin qaytib ketayotgan qoʻy egasi Sulaymon alayhissalomni koʻrib qolib, boʻlgan hodisani u kishiga aytib berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom oldilariga kirdilar va «Ey Allohning Nabiyi, hukm siz chiqargan hukmdek boʻlmasligi kerak edi», dedilar. Dovud alayhissalom: «Qanday boʻlishi kerak edi», dedilar. Sulaymon alayhissalom: «Qoʻyni ekinzor egasiga bering, u foydalanib tursin. Ekinzorni esa, qoʻy egasiga bering, uni tuzatib asl holiga keltirsin. Soʻngra har kim oʻz narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini eski holiga kelgandan soʻngra qaytarib oladi. Qoʻy egasi ham qoʻylarini qaytarib oladi», dedilar. Shunda Dovud alayhissalom: «Hukm sen chiqargan hukmdir», dedilar.)
- 79
فَفَهَّمْنَٰهَا سُلَيْمَٰنَ ۚ وَكُلًّا ءَاتَيْنَا حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا ۚ وَسَخَّرْنَا مَعَ دَاوُۥدَ ٱلْجِبَالَ يُسَبِّحْنَ وَٱلطَّيْرَ ۚ وَكُنَّا فَٰعِلِينَ
Fafahhamnaahaa sulaimaan; wa kullan aatainaa hukmanw wa'ilmanw wa sakh kharnaa ma'a Daawoodal jibaala yusabbihna wattayr; wa kunnaa faa'ileen
Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, togʻlarni va qushlarni boʻyinsundirib qoʻydik. Shularni qilguvchi boʻlgan Bizmiz.
- 80
وَعَلَّمْنَٰهُ صَنْعَةَ لَبُوسٍۢ لَّكُمْ لِتُحْصِنَكُم مِّنۢ بَأْسِكُمْ ۖ فَهَلْ أَنتُمْ شَٰكِرُونَ
Wa 'allamanaahu san'ata laboosil lakum lituhsinakum mim baasikum fahal antum shaakiroon
Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish sanʼatini oʻrgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!
- 81
وَلِسُلَيْمَٰنَ ٱلرِّيحَ عَاصِفَةًۭ تَجْرِى بِأَمْرِهِۦٓ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا ۚ وَكُنَّا بِكُلِّ شَىْءٍ عَٰلِمِينَ
Wa li Sulaimaanar reeha 'aasifatan tajree bi amriheee ilal ardil latee baaraknaa feehaa; wa kunnaa bikulli shai'in 'aalimeen
Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qoʻydik. Barcha narsani bilguvchi boʻldik.
- 82
وَمِنَ ٱلشَّيَٰطِينِ مَن يَغُوصُونَ لَهُۥ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًۭا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَكُنَّا لَهُمْ حَٰفِظِينَ
Wa minash Shayaateeni mai yaghoosoona lahoo wa ya'maloona 'amalan doona zaalika wa kunna lahum baafizeen
Va shaytonlardan unga gʻavvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni boʻysundirib qoʻydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi boʻldik.
- 83
۞ وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلضُّرُّ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ
Wa Ayyooba iz naadaa Rabbahooo annee massaniyad durru wa Anta arhamur raahimeen
Va Ayyubning Oʻz Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening Oʻzing rahimlilarning rahimligisan!» deganini esla. [21]
[21] (Ayyub alayhissalomga juda katta zarar yetgani maʼlum. Lekin oʻsha zararning aynan nomini Qurʼoni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham Ayyub alayhissalomning Allohga yolborib nido qilayotganlari kelyapti, xolos.)
- 84
فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَكَشَفْنَا مَا بِهِۦ مِن ضُرٍّۢ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةًۭ مِّنْ عِندِنَا وَذِكْرَىٰ لِلْعَٰبِدِينَ
Fastajabnaa lahoo fakashaf naa maa bihee min durrinw wa aatainaahu ahlahoo wa mislahum ma'ahum rahmatam min 'indinaa wa zikraa lil'aabideen
Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni Oʻz rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma boʻlsin», deb qildik.
- 85
وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ۖ كُلٌّۭ مِّنَ ٱلصَّٰبِرِينَ
Wa Ismaa'eela wa Idreesa wa Zal Kifli kullum minas saabireen
Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.
- 86
وَأَدْخَلْنَٰهُمْ فِى رَحْمَتِنَآ ۖ إِنَّهُم مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ
Wa adkhalnaahum fee rahmatinaa innahum minas saaliheen
Va ularni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.
- 87
وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَٰضِبًۭا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَىٰ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
Wa Zan Nooni iz zahaba mughaadiban fazaanna al lan naqdira 'alaihi fanaanna al lan naqdira 'alaihi fanaadaa fiz zulumaati al laaa ilaaha illaaa Anta Subhaanaka innee kuntu minaz zaalimeen
Zunnunni esla. Oʻshanda u gʻazablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni oʻziga (yer yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan oʻzga iloh yoʻq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʻldim», deb nido qildi. [22]
[22] (Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq degani, Zunnun esa, baliq egasi degani. Yunus alayhissalomni dengizda baliq yutib yuborgan, keyin qirgʻoqqa kelib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun — baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida keladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan gʻazablanib, yurtlarini tashlab chiqib ketdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa paygʻambarlarga oʻxshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kerak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib ketdilar. Soʻngra Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana oʻshanda, «zulmatlarda turib», yaʼni kecha zulmati, dengiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib: «Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi».)
- 88
فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَنَجَّيْنَٰهُ مِنَ ٱلْغَمِّ ۚ وَكَذَٰلِكَ نُۨجِى ٱلْمُؤْمِنِينَ
Fastajabnaa lahoo wa najjainaahu minal ghamm; wa kazaalika nunjil mu'mineen
Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik. Unga gʻamdan najot berdik. Moʻminlarga shunday najot berurmiz.
- 89
وَزَكَرِيَّآ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥ رَبِّ لَا تَذَرْنِى فَرْدًۭا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْوَٰرِثِينَ
Wa Zakariyyaaa iz naadaa Rabbahoo Rabbi laa tazarnee fardanw wa Anta khairul waariseen
Va Zakariyoni esla. Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolgʻiz tashlab qoʻyma, Sen Oʻzing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.
- 90
فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَوَهَبْنَا لَهُۥ يَحْيَىٰ وَأَصْلَحْنَا لَهُۥ زَوْجَهُۥٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًۭا وَرَهَبًۭا ۖ وَكَانُوا۟ لَنَا خَٰشِعِينَ
Fastajabnaa lahoo wa wahabnaa lahoo Yahyaa Wa aslahnaa lahoo zawjah; innahum kaanoo yusaari'oona fil khairaati wa yad'oonanaa raghabanw wa rahabaa; wa kaanoo lanaa khaashi'een
Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini oʻnglab qoʻydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga ragʻbat ila va qoʻrqib duo qilishar edi. Ular Bizga taʼzim ila boʻyinsunuvchi edilar.
- 91
وَٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهَا مِن رُّوحِنَا وَجَعَلْنَٰهَا وَٱبْنَهَآ ءَايَةًۭ لِّلْعَٰلَمِينَ
Wallateee ahsanat farjahaa fanafakhnaa feehaa mir roohinaa wa ja'alnaahaa wabnahaaa Aayatal lil'aalameen
Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga Oʻz ruhimizdan pufladik. Uni va uning oʻgʻlini olamlarga oyat-belgi qildik. [23]
[23] («Farjini pok saqlagan» ayol deganda, Bibi Maryam nazarda tutilgan.)
- 92
إِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُونِ
Inna haaziheee ummatukum ummatanw waahidatanw wa Ana Rabbukum fa'budoon
Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Men sizning Robbingizman. Bas, Mengagina ibodat qiling.
- 93
وَتَقَطَّعُوٓا۟ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ ۖ كُلٌّ إِلَيْنَا رَٰجِعُونَ
Wa taqatta'ooo amrahum bainahum kullun ilainaaa raaji'oon
Ular esa, ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar. [24]
[24] (Aslida, hamma bir ummat boʻlib, bir dinga ishonib, yagona Allohga ibodat qilishi kerak edi. Ammo odamlar bu yoʻldan yurmay, oʻzlaricha yoʻllarini, dinlari va ishlarini boʻlak-boʻlak qilib oldilar. Ularning hammasi baribir oxir-oqibat bizga qaytadilar. Oʻshanda biz oʻzimiz bilib hisob-kitob qilamiz.)
- 94
فَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَلَا كُفْرَانَ لِسَعْيِهِۦ وَإِنَّا لَهُۥ كَٰتِبُونَ
Famai ya'mal minas saalihaati wa huwa mu'minun falaa kufraana lisa'yihee wa innaa lahoo kaatiboon
Kim moʻmin holida solih amallardan qilsa, saʼyi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qoʻyguvchidirmiz.
- 95
وَحَرَٰمٌ عَلَىٰ قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَآ أَنَّهُمْ لَا يَرْجِعُونَ
Wa haraamun 'alaa qaryatin ahlaknaahaaa annahum laa yarji'oon
Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir. [25]
[25] (Bu dunyodagi gunohlari uchun yoʻqotib yuborilgan shahar-qishloqlarning aholisi qiyomat kuni jazolarini olish uchun qaytariladilar. Ularning qaytmasliklari mumkin emas.)
- 96
حَتَّىٰٓ إِذَا فُتِحَتْ يَأْجُوجُ وَمَأْجُوجُ وَهُم مِّن كُلِّ حَدَبٍۢ يَنسِلُونَ
Hattaaa izaa futihat Yaajooju wa Maajooju wa hum min kulli hadabiny yansiloon
Nihoyat, Yaʼjuj va Maʼjuj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.
- 97
وَٱقْتَرَبَ ٱلْوَعْدُ ٱلْحَقُّ فَإِذَا هِىَ شَٰخِصَةٌ أَبْصَٰرُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَٰوَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِى غَفْلَةٍۢ مِّنْ هَٰذَا بَلْ كُنَّا ظَٰلِمِينَ
Waqtarabal wa'dul haqqu fa-izaa hiya shaakhisatun absaarul lazeena kafaroo yaawailanaa qad kunna fee ghaflatim min haaza bal kunnaa zaalimeen
Va haq vaʼda yaqinlashgandagi holni koʻrsang, kufr keltirganlarning koʻzlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan gʻaflatda edik. Yoʻq! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar. [26]
[26] (Kahf surasida aytib oʻtilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri — Zulqarnayn qurgan sadd-toʻgʻon ochilib, Yaʼjuj va Maʼjujlar chiqib ketishidir, ular juda koʻp boʻlib, koʻpliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar. Qiyomat qoyim boʻlgandagi holni koʻrsang, unda «... kufr keltirganlarning koʻzlari chaqchayib», yaʼni qotib qoladi. Shunday, gʻaflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik koʻrmagan edik. Ishonmay, zulm qilgan edik, deydilar.)
- 98
إِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ حَصَبُ جَهَنَّمَ أَنتُمْ لَهَا وَٰرِدُونَ
Innakum wa maa ta'budoona min doonil laahi hasabu Jahannama antum lahaa waaridoon
Albatta, sizlar va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilgʻisidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.
- 99
لَوْ كَانَ هَٰٓؤُلَآءِ ءَالِهَةًۭ مَّا وَرَدُوهَا ۖ وَكُلٌّۭ فِيهَا خَٰلِدُونَ
Law kaana haaa'ulaaa'i aalihatam maa waradoohaa wa kullun feehaa khaalidoon
Agar anavilar xudolar boʻlganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar. [27]
[27] (Sizlar Allohdan oʻzga sigʻingan narsalar haqiqatda xudolar boʻlganida, jahannamga kirmas edilar. Ammo ular hech qachon xudo boʻlgan emas, ularni sizlar xudo deb olgansiz, shuning uchun jahannamga tushmoqdalar.)
- 100
لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌۭ وَهُمْ فِيهَا لَا يَسْمَعُونَ
Lahum feehaa zafeerunw wa hum feehaa laa yasma'oon
U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.
- 101
إِنَّ ٱلَّذِينَ سَبَقَتْ لَهُم مِّنَّا ٱلْحُسْنَىٰٓ أُو۟لَٰٓئِكَ عَنْهَا مُبْعَدُونَ
Innal lazeena sabaqat lahum minnal husnaaa ulaaa'ika 'anhaa mub'adoon
Albatta, Bizdan oʻzlari uchun yaxshilik qilinganlar, ana oʻshalar undan(jahannamdan) uzoqlashtirilgandirlar. [28]
[28] (Yaʼni, Allohning moʻmin bandalari, Alloh ularga yaxshilikni ravo koʻrgan bandalar jahannamdan uzoqda boʻladilar. Uning yaqiniga ham kelmaydilar.)
- 102
لَا يَسْمَعُونَ حَسِيسَهَا ۖ وَهُمْ فِى مَا ٱشْتَهَتْ أَنفُسُهُمْ خَٰلِدُونَ
Laa yasma'oona hasee sahaa wa hum fee mash tahat anfusuhum khaalidoon
Ular uning chisirlashini(ovozini ham) eshitmaslar. Ular oʻz nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.
- 103
لَا يَحْزُنُهُمُ ٱلْفَزَعُ ٱلْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ هَٰذَا يَوْمُكُمُ ٱلَّذِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ
Laa yahzunuhumul faza'ul akbaru wa tatalaq qaahumul malaaa'ikatu haazaa Yawmukumul lazee kuntum too'adoon
Ularni buyuk dahshat gʻami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga vaʼda qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.
- 104
يَوْمَ نَطْوِى ٱلسَّمَآءَ كَطَىِّ ٱلسِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ۚ كَمَا بَدَأْنَآ أَوَّلَ خَلْقٍۢ نُّعِيدُهُۥ ۚ وَعْدًا عَلَيْنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا فَٰعِلِينَ
Yawma natwis samaaa'a kataiyis sijilli lilkutub; kamaa badaanaa awwala khalqin nu'eeduh; wa'dan 'alainaa; innaa kunna faa'ileen
Oʻsha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan boʻlsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi vaʼdadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz. [29]
[29] (Xuddi hisob-kitob yozib boruvchi shaxs ishini tugatib daftarini yopganidek, qiyomat kunida osmon shunday yopiladi. Demak, dunyodagi ishlar hammasi bitgan, oxiriga yetgan boʻladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba qilishga fursat qolmaydi.)
- 105
وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِى ٱلزَّبُورِ مِنۢ بَعْدِ ٱلذِّكْرِ أَنَّ ٱلْأَرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِىَ ٱلصَّٰلِحُونَ
Wa laqad katabnaa fiz Zaboori mim ba'diz zikri annal arda yarisuhaa 'ibaadi yas saalihoon
Batahqiq, Biz Zikrdan soʻng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxoʻr boʻlurlar», deb yozgan edik. [30]
[30] (Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «yer» soʻzlaridan koʻzlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Baʼzilari, «zikr»dan murod — Tavrotdir, shunga koʻra, oyatning maʼnosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan soʻng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxoʻr boʻlurlar», deb yozgan edik» boʻladi, deydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod — Lavhul Mahfuz, binobarin, avval oʻsha maʼnoni Lavhul Mahfuzga yozib, keyin Zaburga ham yozgan edik, maʼnosi chiqadi, deganlar. «Yer» haqida esa, baʼzi ulamolarimiz oddiy yer koʻzda tutilgan desalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan, deydilar. Ushbu ikki xil maʼnoni qoʻshib, har ikkisi koʻzda tutilgan, desa ham boʻladi.)
- 106
إِنَّ فِى هَٰذَا لَبَلَٰغًۭا لِّقَوْمٍ عَٰبِدِينَ
Inna fee haaza labalaa ghal liqawmin 'aabideen
Albatta, bu(Qurʼon)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli oʻgit bordir.
- 107
وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا رَحْمَةًۭ لِّلْعَٰلَمِينَ
Wa maaa arsalnaaka illaa rahmatal lil'aalameen
Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik.
- 108
قُلْ إِنَّمَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ
Qul innamaa yoohaa ilaiya annamaaa ilaahukum illaahunw Waahid, fahal antum muslimoon
Sen: «Menga faqat, sizning ilohingiz albatta bitta ilohdir, deb vahiy etilur. Bas, sizlar musulmon boʻlasizlarmi?!» – deb ayt.
- 109
فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُلْ ءَاذَنتُكُمْ عَلَىٰ سَوَآءٍۢ ۖ وَإِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌ أَم بَعِيدٌۭ مَّا تُوعَدُونَ
Fa in tawallaw faqul aazantukum 'alaa sawaaa'; wa in adreee aqareebun am ba'eedum maa too'adoon
Agar ular yuz oʻgirib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik boʻlishi uchun eʼlon qildim. Sizga vaʼda qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi — bilmasman. [31]
[31] (Yaʼni, iymon masalasida hamma barobar boʻlishi uchun, menga tushgan vahiyni eʼlon qildim. Keyin bexabar edik, degan daʼvo boʻlmasligi uchun eshittirdim.)
- 110
إِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلْجَهْرَ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَيَعْلَمُ مَا تَكْتُمُونَ
Innahoo ya'lamul jahra minal qawli wa ya'lamu maa taktumoon
Albatta, U soʻzning oshkorasini ham biladir va nimani berkitayotgan boʻlsangiz ham biladir.
- 111
وَإِنْ أَدْرِى لَعَلَّهُۥ فِتْنَةٌۭ لَّكُمْ وَمَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينٍۢ
Wa in adree la'allahoo fitnatul lakum wa mataa'un ilaaheen
Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir», deb ayt. [32]
[32] (Azobning kelmay turishi ehtimol sinovdir, ehtimol bu dunyoning huzur-halovatidan foydalanib olishingiz uchun muhlatdir.)
- 112
قَٰلَ رَبِّ ٱحْكُم بِٱلْحَقِّ ۗ وَرَبُّنَا ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ
Qaala Rabbih kum bil haqq; wa Rabbunar Rahmaa nul musta'aanu 'alaa maa tasifoon
U: «Ey Robbim, Oʻzing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad soʻraladigan Zotdir», dedi. [33]
[33] (Yaʼni, Paygʻambar alayhissalom, ey Robbim, men omonatingni ado etdim. Kishilarga taʼlimotlaringni yetkazdim. Endi oʻzing haq ila hukm qilaver, dedilar.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
