Sura 20
Toha
طه
Taha · Makkiy · 135 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
طه
Taa-Haa
Toha.
- 2
مَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لِتَشْقَىٰٓ
Maaa anzalnaa 'alaikal Qur-aana litashqaaa
Senga Qurʼonni badbaxt boʻlishing uchun nozil qilganimiz yoʻq.
- 3
إِلَّا تَذْكِرَةًۭ لِّمَن يَخْشَىٰ
Illaa tazkiratal limany yakshaa
Magar qoʻrqqan kimsalarga eslatma boʻlishi uchun.
- 4
تَنزِيلًۭا مِّمَّنْ خَلَقَ ٱلْأَرْضَ وَٱلسَّمَٰوَٰتِ ٱلْعُلَى
Tanzeelam mimman khalaqal arda was samaawaatil 'ulaa
U, yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zotdan nozil boʻlgandir.
- 5
ٱلرَّحْمَٰنُ عَلَى ٱلْعَرْشِ ٱسْتَوَىٰ
Ar-Rahmaanu 'alal 'Arshis tawaa
U — Rohman (Zoti va ulugʻligiga munosib ravishda) Arshga koʻtarildi. [1]
[1] (Rohman sifatining sohibi Alloh ulugʻligiga munosib ravishda Arshga yuksaldi. Arshga koʻtarilish, oliy boʻlishning esa, oʻxshashi yoʻq, misli yoʻq, shakli ham yoʻq. Uning yuksalishi oʻziga xos.)
- 6
لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَمَا تَحْتَ ٱلثَّرَىٰ
Lahoo maa fis samaawaati wa maa fil ardi wa maa bainahumaa wa maa tahtassaraa
Osmonlardagi narsalaru yerdagi narsalar, ularning orasidagi narsalaru yer ostidagi narsalar Unikidir.
- 7
وَإِن تَجْهَرْ بِٱلْقَوْلِ فَإِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ وَأَخْفَى
Wa in tajhar bilqawli fainnahoo ya'lamus sirra wa akhfaa
Sen agar soʻzda ovozingni yuksaltirsang ham. Bas, albatta, U sirni ham, maxfiyni ham bilguvchidir.
- 8
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ
Allaahu laaa ilasha illaa Huwa lahul Asmaaa'ul Husnaa
Alloh — Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yoʻq Zotdir. Goʻzal ismlar Unikidir.
- 9
وَهَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ مُوسَىٰٓ
Wa hal ataaka hadeesu Moosa
Senga Musoning xabari keldimi?
- 10
إِذْ رَءَا نَارًۭا فَقَالَ لِأَهْلِهِ ٱمْكُثُوٓا۟ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًۭا لَّعَلِّىٓ ءَاتِيكُم مِّنْهَا بِقَبَسٍ أَوْ أَجِدُ عَلَى ٱلنَّارِ هُدًۭى
Iz ra aa naaran faqaala li alhlihim kusooo inneee aanastu naaral la'alleee aateekum minhaa biqabasin aw ajidu 'alan naari hudaa
U, olovni koʻrgan chogʻida oʻz ahliga: «Turib turinglar, men olovni koʻrdim, shoyad, sizga undan choʻgʻ keltirsam yoki olov boshida yoʻl koʻrsatuvchini topsam», dedi. [2]
[2] (Oyati karimada Muso alayhissalom Madyandan Misrga kelayotganlarida roʻy bergan hodisa bayon etilmoqda.)
- 11
فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِىَ يَٰمُوسَىٰٓ
Falammaaa ataahaa noodiya yaa Moosaa
Bas, u(olov)ga kelganida, nido qilindi: «Ey Muso.
- 12
إِنِّىٓ أَنَا۠ رَبُّكَ فَٱخْلَعْ نَعْلَيْكَ ۖ إِنَّكَ بِٱلْوَادِ ٱلْمُقَدَّسِ طُوًۭى
Inneee Ana Rabbuka fakhla' na'laika innaka bilwaadil muqaddasi Tuwaa
Albatta, Men Oʻzim sening Robbingdirman. Kavushlaringni yech. Chunki, sen muqaddas Tuvo vodiysidasan».
- 13
وَأَنَا ٱخْتَرْتُكَ فَٱسْتَمِعْ لِمَا يُوحَىٰٓ
Wa anakhtartuka fastami' limaa yoohaa
Men seni ixtiyor qilib oldim. Vahiy qilinadigan narsaga quloq os.
- 14
إِنَّنِىٓ أَنَا ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعْبُدْنِى وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِذِكْرِىٓ
Innaneee Anal laahu laaa ilaaha illaa Ana fa'budnee wa aqimis-salaata lizikree
Albatta, Men Oʻzim Allohdirman. Mendan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Menga ibodat qil va Meni zikr etish uchun namozni toʻkis ado et.
- 15
إِنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ أَكَادُ أُخْفِيهَا لِتُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍۭ بِمَا تَسْعَىٰ
Innas Saa'ata aatiyatun akaadu ukhfeehaa litujzaa kullu nafsim bimaa tas'aa
Albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir. Har bir jon saʼyi-harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tuturman.
- 16
فَلَا يَصُدَّنَّكَ عَنْهَا مَن لَّا يُؤْمِنُ بِهَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ فَتَرْدَىٰ
Falaa yasuddannnaka 'anhaa mal laa yu'minu bihaa wattaba'a hawaahu fatardaa
Unga iymon keltirmaydiganlar va havoyi nafsiga ergashganlar seni hargiz undan toʻsmasinlar. U holda halok boʻlasan.
- 17
وَمَا تِلْكَ بِيَمِينِكَ يَٰمُوسَىٰ
Wa maa tilka bi yamee nika yaa Moosaa
Ey Muso, qoʻlingdagi nima?»
- 18
قَالَ هِىَ عَصَاىَ أَتَوَكَّؤُا۟ عَلَيْهَا وَأَهُشُّ بِهَا عَلَىٰ غَنَمِى وَلِىَ فِيهَا مَـَٔارِبُ أُخْرَىٰ
Qaala hiya 'asaaya atawakka'u alaihaa wa ahushshu bihaa 'alaa ghanamee wa liya feehaa ma aaribu ukhraa
U: «Bu asoimdir, unga suyanaman, u bilan qoʻylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», dedi.
- 19
قَالَ أَلْقِهَا يَٰمُوسَىٰ
Qaala alqihaa yaa Moosaa
U: «Ey Muso, uni tashla», dedi.
- 20
فَأَلْقَىٰهَا فَإِذَا هِىَ حَيَّةٌۭ تَسْعَىٰ
Fa-alqaahaa fa -izaa hiya haiyatun tas'aa
Bas, uni tashladi. Birdan u (aso) ilon boʻlib yura boshladi.
- 21
قَالَ خُذْهَا وَلَا تَخَفْ ۖ سَنُعِيدُهَا سِيرَتَهَا ٱلْأُولَىٰ
Qaala khuzhaa wa laa ta khaf sanu'eeduhaa seeratahal oolaa
U zot: «Uni ol, qoʻrqma. Biz uni avvalgi holiga keltiramiz.
- 22
وَٱضْمُمْ يَدَكَ إِلَىٰ جَنَاحِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍ ءَايَةً أُخْرَىٰ
Wadmum yadaka ilaa janaahika takhruj baidaaa'a min ghairi sooo'in Aayatan ukhraa
Qoʻlingni qoʻltigʻingga tiq, yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadir. Bu boshqa bir moʻjizadir. [3]
[3] (Qoʻl oppoq boʻldi, ammo bu oqlikda yomonlik yoʻqdir. Yaxshilik bor. Juda chiroyli boʻlib koʻrinadi. Bunday boʻlishi sening paygʻambar ekanligingni tasdiqlovchi asodan keyingi yana bir moʻjizadir.)
- 23
لِنُرِيَكَ مِنْ ءَايَٰتِنَا ٱلْكُبْرَى
Linuriyaka min Aayaatinal Kubra
Biz senga buyuk moʻjizalarimizni koʻrsatish uchun (shunday qildik).
- 24
ٱذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ
Izhab ilaa Fir'awna innahoo taghaa
Sen Firʼavnga bor, chunki, u tugʻyonga ketdi», dedi.
- 25
قَالَ رَبِّ ٱشْرَحْ لِى صَدْرِى
Qaala Rabbish rah lee sadree
U: «Ey Robbim, mening qalbimni keng qil.
- 26
وَيَسِّرْ لِىٓ أَمْرِى
Wa yassir leee amree
Mening ishimni oson qil.
- 27
وَٱحْلُلْ عُقْدَةًۭ مِّن لِّسَانِى
Wahlul 'uqdatam milli saanee
Tilimdagi tugunni yechgin.
- 28
يَفْقَهُوا۟ قَوْلِى
Yafqahoo qawlee
Soʻzimni anglasinlar.
- 29
وَٱجْعَل لِّى وَزِيرًۭا مِّنْ أَهْلِى
Waj'al lee wazeeram min ahlee
Menga oʻz ahlimdan bir vazir qilib ber.
- 30
هَٰرُونَ أَخِى
Haaroona akhee
Ogʻam Horunni.
- 31
ٱشْدُدْ بِهِۦٓ أَزْرِى
Ushdud biheee azree
U bilan belimni quvvatla.
- 32
وَأَشْرِكْهُ فِىٓ أَمْرِى
Wa ashrik hu feee amree
Uni ishimga sherik ayla.
- 33
كَىْ نُسَبِّحَكَ كَثِيرًۭا
Kai nusabbihaka kaseeraa
Senga koʻp tasbih aytishimiz uchun.
- 34
وَنَذْكُرَكَ كَثِيرًا
Wa nazkuraka kaseeraa
Va Seni koʻp zikr qilishimiz uchun.
- 35
إِنَّكَ كُنتَ بِنَا بَصِيرًۭا
Innaka kunta binaa baseeraa
Albatta, Sen Oʻzing bizni koʻrib turuvchi eding», dedi.
- 36
قَالَ قَدْ أُوتِيتَ سُؤْلَكَ يَٰمُوسَىٰ
Qaala qad ooteeta su'laka yaa Moosaa
U zot: «Ey Muso, senga soʻraganing berildi. [4]
[4] (Bir ogʻiz gap bilan hal qilib qoʻydi. Nimani soʻragan boʻlsalar, berdi.)
- 37
وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَيْكَ مَرَّةً أُخْرَىٰٓ
Wa laqad manannaa 'alaika marratan ukhraaa
Batahqiq, Biz senga boshqa marta ham neʼmat bergan edik. [5]
[5] (Yaʼni, hozir bergan neʼmatlarimizdan boshqa ham neʼmat bergan edik.)
- 38
إِذْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ أُمِّكَ مَا يُوحَىٰٓ
Iz awhainaaa ilaaa ummika maa yoohaaa
Oʻshanda onangga ilhom qilinadigan narsani ilhom qilib.
- 39
أَنِ ٱقْذِفِيهِ فِى ٱلتَّابُوتِ فَٱقْذِفِيهِ فِى ٱلْيَمِّ فَلْيُلْقِهِ ٱلْيَمُّ بِٱلسَّاحِلِ يَأْخُذْهُ عَدُوٌّۭ لِّى وَعَدُوٌّۭ لَّهُۥ ۚ وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةًۭ مِّنِّى وَلِتُصْنَعَ عَلَىٰ عَيْنِىٓ
Aniqzifeehi fit Taabooti faqzifeehi fil yammi fal yul qihil yammu bis saahili yaakhuzhu 'aduwwul lee wa 'aduwwul lah; wa alqaitu 'alaika mahabbatam minnee wa litusna'a 'alaa 'ainee
«Uni tobutga sol, uni esa, daryoga tashla. Daryo uni sohilga otsin. Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladi», dedik. Va senga Oʻzimdan muhabbat soldim. Buni Mening koʻz oldimda yetishtirilishing uchun (qildim). [6]
[6] (Musoning onasi Alloh bergan ilhom bilan uni sandiqqa solib, suvga oqizib yuboradi. Musoning oʻz koʻzi ostida voyaga yetishi uchun dushman Firʼavnning uyiga uni joylashtirgan, qalbiga uning muhabbatini solgan Zot onaning farzand firoqida qiynalishiga ham barham berdi. Murgʻak Muso ayollarning bittasini ham emmay qoʻydi. Musoning opasini Firʼavn saroyiga yuborib, shu bolani emizadigan ayol bor, deb aytishni buyuradi.)
- 40
إِذْ تَمْشِىٓ أُخْتُكَ فَتَقُولُ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ مَن يَكْفُلُهُۥ ۖ فَرَجَعْنَٰكَ إِلَىٰٓ أُمِّكَ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ ۚ وَقَتَلْتَ نَفْسًۭا فَنَجَّيْنَٰكَ مِنَ ٱلْغَمِّ وَفَتَنَّٰكَ فُتُونًۭا ۚ فَلَبِثْتَ سِنِينَ فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ ثُمَّ جِئْتَ عَلَىٰ قَدَرٍۢ يَٰمُوسَىٰ
Iz tamsheee ukhtuka fataqoolu hal adullukum 'alaa mai yakfuluhoo faraja 'naaka ilaaa ummika kai taqarra 'ainuhaa wa laa tahzan; wa qatalta nafsan fanajjainaaka minal ghammi wa fatannaaka futoonaa; falabista sineena feee ahli Madyana summa ji'ta 'alaa qadariny yaa Moosa
Oʻshanda opang yurib borib: «Uni kafillikka oladiganlarga dalolat qilaymi?» – degan edi. Bas, Biz seni koʻzi quvonishi va xafa boʻlmasligi uchun onangga qaytardik. Va bir jonni oʻldirding. Bas, Biz seni gʻamdan qutqardik va turli sinovlar ila sinadik. Soʻngra, Madyan ahli ila yillarcha qolding va taqdirga binoan kelding, ey Muso!
- 41
وَٱصْطَنَعْتُكَ لِنَفْسِى
Wastana' tuka linafsee
Men seni Oʻzim uchun tanladim. [7]
[7] (Yaʼni, paygʻambar qilib oldim. Keyin esa, paygʻambarlik vazifasiga oid topshiriqlar berildi:)
- 42
ٱذْهَبْ أَنتَ وَأَخُوكَ بِـَٔايَٰتِى وَلَا تَنِيَا فِى ذِكْرِى
Izhab anta wa akhooka bi Aayaatee wa laa taniyaa fee zikree
Sen va ogʻang moʻjizalarimni olib boringlar va Meni zikr etishda sustkashlik qilmanglar.
- 43
ٱذْهَبَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ
Izhabaaa ilaa Fir'awna innahoo taghaa
Firʼavnga boringlar! Chunki, u tugʻyonga ketdi.
- 44
فَقُولَا لَهُۥ قَوْلًۭا لَّيِّنًۭا لَّعَلَّهُۥ يَتَذَكَّرُ أَوْ يَخْشَىٰ
Faqoolaa lahoo qawlal laiyinal la allahoo yatazakkkaru 'aw yakhshaa
Bas, unga yumshoq soʻz aytinglar. Shoyad, eslasa yoki qoʻrqsa». [8]
[8] (Yumshoq soʻz taʼsir qilishi mumkin. Yumshoq soʻz kofirni va tugʻyonga ketgan shaxsni ham muloyim qilib qoʻyishi mumkin. Shoyad Firʼavn ham oʻziga kelib, insof qilsa.)
- 45
قَالَا رَبَّنَآ إِنَّنَا نَخَافُ أَن يَفْرُطَ عَلَيْنَآ أَوْ أَن يَطْغَىٰ
Qaalaa Rabbanaaa innanaa nakhaafu ai yafruta 'alainaaa aw ai yatghaa
Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz uning tezda bizga yomonlik qilishidan yoki haddan oshishidan qoʻrqamiz», dedilar.
- 46
قَالَ لَا تَخَافَآ ۖ إِنَّنِى مَعَكُمَآ أَسْمَعُ وَأَرَىٰ
Qaala laa takhaafaaa innanee ma'akumaa asma'u wa araa
U zot: «Qoʻrqmanglar! Albatta, Men sizlar bilanman, eshitaman va koʻraman.
- 47
فَأْتِيَاهُ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولَا رَبِّكَ فَأَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَا تُعَذِّبْهُمْ ۖ قَدْ جِئْنَٰكَ بِـَٔايَةٍۢ مِّن رَّبِّكَ ۖ وَٱلسَّلَٰمُ عَلَىٰ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلْهُدَىٰٓ
Faatiyaahu faqoolaaa innaa Rasoolaa Rabbika fa arsil ma'anaa Banee Israaa'eela wa laa tu'azzibhum qad ji'naaka bi Aayatim mir Rabbika wassa laamu 'alaa manit taba'al hudaa
Bas, uning oldiga boringlar va unga: «Albatta, biz Robbingning Paygʻambarlarimiz, Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor. Ularni azoblama. Batahqiq, biz senga Robbingdan moʻjiza keltirdik. Hidoyatga ergashgan kimsaga salom boʻlur.
- 48
إِنَّا قَدْ أُوحِىَ إِلَيْنَآ أَنَّ ٱلْعَذَابَ عَلَىٰ مَن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ
Innaa qad oohiya ilainaaa annnal 'azaaba 'alaa man kaz zaba wa tawalla
Albatta, bizga vahiy qilindiki, «Yolgʻonga chiqarganlarga va yuz oʻgirib ketganlarga, shubhasiz, azob boʻlur», denglar», dedi.
- 49
قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَٰمُوسَىٰ
Qaala famar Rabbu kumaa yaa Moosa
U: «Ey Muso, ikkovingizning Robbingiz kim?» – dedi.
- 50
قَالَ رَبُّنَا ٱلَّذِىٓ أَعْطَىٰ كُلَّ شَىْءٍ خَلْقَهُۥ ثُمَّ هَدَىٰ
Qaala Rabbunal lazeee a'taa kulla shai'in khalqahoo summa hadaa
U: «Bizning Robbimiz har narsaga oʻz yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan Zotdir», dedi.
- 51
قَالَ فَمَا بَالُ ٱلْقُرُونِ ٱلْأُولَىٰ
Qaala famaa baalul quroonil oolaa
U: «Oʻtgan asrlarning holi nedir?» – dedi.
- 52
قَالَ عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى فِى كِتَٰبٍۢ ۖ لَّا يَضِلُّ رَبِّى وَلَا يَنسَى
Qaala 'ilmuhaa 'inda Rabee fee kitaab, laa yadillu Rabbee wa laa yansaa
U: «Ularning ilmi Robbim huzurida, kitobdadir. Robbim adashmas va unutmas», dedi. [9]
[9] (Yaʼni, oʻtgan asrlar haqidagi barcha ilm Robbim huzuridagi kitobda yozilgandir. Qancha asrlar oʻtib, qancha odamlar yashab, nima ishlar qilgan boʻlsalar, hamma-hammasi Robbim huzurida turibdi, kitobda yozilgan. Shunga qarab jazolaydi yoki mukofotlaydi.)
- 53
ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًۭا وَسَلَكَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًۭا وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًۭا مِّن نَّبَاتٍۢ شَتَّىٰ
Allazee ja'ala lakumul arda mahdanw wa salaka lakum feehaa subulanw wa anzala minas samaaa'i maaa'an fa akhrajnaa biheee azwaajam min nabaatin shatta
«U sizga yerni beshik qilgan, sizga unda yoʻllar ochgan va osmondan suv tushirgan Zotdir». Bas, oʻsha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik.
- 54
كُلُوا۟ وَٱرْعَوْا۟ أَنْعَٰمَكُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّأُو۟لِى ٱلنُّهَىٰ
Kuloo war'aw an'aamakum; inna fee zaalika la Aayaatil li ulin nuhaa
Yenglar va chorvalaringizni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
- 55
۞ مِنْهَا خَلَقْنَٰكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَىٰ
Minhaa khalaqnaakum wa feehaa nu'eedukum wa minhaa nukhrijukum taaratan ukhraa
Sizlarni undan yaratdik, unga qaytaramiz va yana bir bor undan chiqarib olamiz. [10]
[10] (Yaʼni, Biz sizlarni yerdan yaratdik, oʻlganingizdan soʻng yana unga qaytaramiz. Qiyomat kuni esa, sizlarni qayta tiriltirib, yerdan chiqarib olamiz. Ey Firʼavn, sen ham odamsan, sening ham boshingga shu kun tushadi.)
- 56
وَلَقَدْ أَرَيْنَٰهُ ءَايَٰتِنَا كُلَّهَا فَكَذَّبَ وَأَبَىٰ
Wa laqad arainaahu Aayaatinaa kullahaa fakaz zaba wa abaa
Batahqiq, Biz unga oyat-moʻjizalarimizning hammasini koʻrsatdik. Bas, u yolgʻonga chiqardi va bosh tortdi.
- 57
قَالَ أَجِئْتَنَا لِتُخْرِجَنَا مِنْ أَرْضِنَا بِسِحْرِكَ يَٰمُوسَىٰ
Qaala aji'tanaa litukhri janaa min ardinaa bisihrika yaa Moosa
U: «Ey Muso, bizni yerimizdan chiqarish uchun sehring ila keldingmi?!
- 58
فَلَنَأْتِيَنَّكَ بِسِحْرٍۢ مِّثْلِهِۦ فَٱجْعَلْ بَيْنَنَا وَبَيْنَكَ مَوْعِدًۭا لَّا نُخْلِفُهُۥ نَحْنُ وَلَآ أَنتَ مَكَانًۭا سُوًۭى
Falanaatiyannaka bisihrim mislihee faj'al bainanaa wa bainaka maw'idal laa nukhlifuhoo nahnu wa laaa anta makaanan suwaa
Bas, albatta, biz ham unga oʻxshash sehr keltiramiz, biz bilan oʻzing orangda vaʼda vaqti tayin qil, unga biz ham, sen ham xilof qilmaydigan boʻlaylik, oʻrta joy boʻlsin», dedi.
- 59
قَالَ مَوْعِدُكُمْ يَوْمُ ٱلزِّينَةِ وَأَن يُحْشَرَ ٱلنَّاسُ ضُحًۭى
Qaala maw'idukum yawmuz zeenati wa ai yuhsharan naasu duhaa
U: «Vaʼda vaqtingiz ziynat kuni. Odamlarning choshtgohda toʻplanishi», dedi. [11]
[11] (Misrliklarning «ziynat kuni» katta bayrami boʻlib, unda barcha xaloyiq ziynatli kiyimlar kiyib chiqar edilar. Muso alayhissalom hamma guvoh boʻlsin deb ziynat kunini tanladilar.)
- 60
فَتَوَلَّىٰ فِرْعَوْنُ فَجَمَعَ كَيْدَهُۥ ثُمَّ أَتَىٰ
Fatawallaa Fir'awnu fajjama'a kaidahoo summa ataa
Bas, Firʼavn qaytib ketdi, soʻngra, hiylasini yigʻib keldi. [12]
[12] (Oyati karima, uchta holatni tasvir etmoqda. Firʼavn Muso alayhissalom bilan boʻlgan uchrashuvdan qaytib ketdi. Keyin hiylasini yigʻdi — hamma kuchli sehrgarlarini toʻpladi. Soʻngra yana qaytib keldi. Tortishuv, musobaqaga tayyorgarlik nihoyasiga yetdi.)
- 61
قَالَ لَهُم مُّوسَىٰ وَيْلَكُمْ لَا تَفْتَرُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا فَيُسْحِتَكُم بِعَذَابٍۢ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنِ ٱفْتَرَىٰ
Qaala lahum Moosaa wailakum laa taftaroo 'alal laahi kaziban fa yus hitakum bi 'azaab, wa qad khaaba manif taraa
Ularga Muso: «Holingizga voy! Allohga nisbatan yolgʻon uydirmang, bas, sizni azob ila butunlay halok qilur. Batahqiq, kim yolgʻon uydirsa, noumid boʻlur», dedi.
- 62
فَتَنَٰزَعُوٓا۟ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّجْوَىٰ
Fatanaaza'ooo amrahum bainahum wa asarrun najwaa
Bas, ular ishlari haqida oʻzaro asta shivirlashib, munozara qila boshladilar.
- 63
قَالُوٓا۟ إِنْ هَٰذَٰنِ لَسَٰحِرَٰنِ يُرِيدَانِ أَن يُخْرِجَاكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِمَا وَيَذْهَبَا بِطَرِيقَتِكُمُ ٱلْمُثْلَىٰ
Qaalooo in haaazaani lasaahiraani yureedaani ai yukhrijaakum min ardikum bisihrihimaa wa yazhabaa bitareeqatikumul muslaa
Ular: «Albatta, bu ikkovi sehrgardirlar. Sizni sehrlari bilan yerlaringizdan chiqarishni va sizning afzal yoʻlingizni yoʻqotishni xohlarlar.
- 64
فَأَجْمِعُوا۟ كَيْدَكُمْ ثُمَّ ٱئْتُوا۟ صَفًّۭا ۚ وَقَدْ أَفْلَحَ ٱلْيَوْمَ مَنِ ٱسْتَعْلَىٰ
Fa ajmi'oo kaidakum summma'too saffaa; wa qad aflahal yawma manis ta'laa
Bas, makr-hiylangizni jamlab, bir saf boʻlib keling. Batahqiq, bugungi kunda kim ustun kelsa, oʻsha gʻolib boʻlur», dedilar.
- 65
قَالُوا۟ يَٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلْقِىَ وَإِمَّآ أَن نَّكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَلْقَىٰ
Qaaloo yaa Moosaaa immaaa an tulqiya wa immaaa an nakoona awala man alqaa
Ular: «Ey Muso, sen tashlaysanmi yoki biz avval tashlovchi boʻlaylikmi?» – dedilar.
- 66
قَالَ بَلْ أَلْقُوا۟ ۖ فَإِذَا حِبَالُهُمْ وَعِصِيُّهُمْ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ مِن سِحْرِهِمْ أَنَّهَا تَسْعَىٰ
Qaala bal alqoo fa izaa hibaaluhum wa 'isiyyuhum yuhaiyalu ilaihi min sihrihim annahaa tas'aa
U: «Yoʻq. Sizlar tashlang», dedi. Birdan ularning arqonlari va asolari unga sehrlaridan xuddi harakatlanayotgandek boʻlib koʻrindi.
- 67
فَأَوْجَسَ فِى نَفْسِهِۦ خِيفَةًۭ مُّوسَىٰ
Fa awjasa fee nafsihee kheefatam Moosa
Bas, Muso ichida xavf his etdi.
- 68
قُلْنَا لَا تَخَفْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْأَعْلَىٰ
Qulnaa laa takhaf innaka antal a'laa
Biz: «Qoʻrqma, albatta, sen ustunsan.
- 69
وَأَلْقِ مَا فِى يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوٓا۟ ۖ إِنَّمَا صَنَعُوا۟ كَيْدُ سَٰحِرٍۢ ۖ وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّاحِرُ حَيْثُ أَتَىٰ
Wa alqi maa fee yamee nika talqaf maa sana'oo; innamaa sana'oo kaidu saahir; wa laa yuflihus saahiru haisu ataa
Qoʻlingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur. Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos. Sehrgar qayerda boʻlsa ham, zafar topmas», dedik. [13]
[13] (Firʼavnlar va ularning gumashtalari-sehrgarlari doimo hiyla-nayranglar ila xalqning koʻzini boʻyab kelganlar. Ularning botili haq koʻrinmagan paytda oʻtadi, xolos. Haq kelganida, botil yoʻq boʻladi. Sen Robbingdan haq keltirding, endi ularning botili yoʻqoladi. Alloh taoloning amri ila Muso alayhissalom qoʻllaridagi asoni yerga tashladilar. U sehrgarlarning hunarini yutib yubordi.)
- 70
فَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سُجَّدًۭا قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ هَٰرُونَ وَمُوسَىٰ
Fa ulqiyas saharatu sujjadan qaalooo aamannaa bi Rabbi Haaroona wa Moosa
Bas, sehrgarlar: «Horun va Musoning Robbiga iymon keltirdik», deb sajdaga tashlandilar.
- 71
قَالَ ءَامَنتُمْ لَهُۥ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِى عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحْرَ ۖ فَلَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَٰفٍۢ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ فِى جُذُوعِ ٱلنَّخْلِ وَلَتَعْلَمُنَّ أَيُّنَآ أَشَدُّ عَذَابًۭا وَأَبْقَىٰ
Qaala aamantum lahoo qabla an aazana lakum; innahoo lakabeerukumul lazee 'allama kumus sihra fala uqatti'anna aidiyakum wa arjulakum min khilaafinw wa la usallibannakum fee juzoo'in nakhli wa lata'lamunna aiyunaaa ashaddu 'azaabanw wa abqaa
U: «Sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, u sizga sehr oʻrgatgan kattangizdir! Bas, albatta, qoʻl-oyoqlaringizni qarama-qarshisidan kesurman va, albatta, sizlarni xurmo tanasiga osurman, albatta, qaysi birimizning azobimiz shiddatliroq va boqiyroq ekanini bilursiz», dedi. [14]
[14] (Firʼavn oʻz qarichi bilan oʻlchar edi. U tahdid, azob-uqubat, qiynash, chopish-kesish, oʻldirish bilan odamlarni izmimda ushlab turaman, deb xayol qilardi. Ammo insonning qalbiga haqiqiy iymon kirganida, uning bu choralari zarracha ham taʼsir qilmay qolishini anglamasdi. Uning sobiq sehrgarlari qalbiga ana shunday iymon jo boʻlgan edi. Endi ular Firʼavnning hech qanday doʻq-poʻpisalaridan qoʻrqmasdilar.)
- 72
قَالُوا۟ لَن نُّؤْثِرَكَ عَلَىٰ مَا جَآءَنَا مِنَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلَّذِى فَطَرَنَا ۖ فَٱقْضِ مَآ أَنتَ قَاضٍ ۖ إِنَّمَا تَقْضِى هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَآ
Qaaloo lan nu'siraka 'alaa maa jaaa'anaa minal baiyinaati wallazee fataranaa faqdi maaa anta qaad; innamaa taqdee haazihil hayaatad dunyaa
Ular: «Biz seni zinhor oʻzimizga kelgan ochiq-oydin (moʻjiza)lardan va bizni yaratgan Zotdan ustun qoʻymasmiz. Bas, nima hukm qilsang, qilaver. Sen faqat hayoti dunyoda hukm chiqarasan, xolos.
- 73
إِنَّآ ءَامَنَّا بِرَبِّنَا لِيَغْفِرَ لَنَا خَطَٰيَٰنَا وَمَآ أَكْرَهْتَنَا عَلَيْهِ مِنَ ٱلسِّحْرِ ۗ وَٱللَّهُ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰٓ
Innaaa aamannaa bi Rabbinaa liyaghfira lanaa khataayaanaa wa maaa akrahtanaa 'alaihi minas sihr; wallaahu khairunw waabqaa
Albatta, biz Robbimiz xatolarimizni va sen bizni majbur qilgan sehrni magʻfirat qilishi uchun iymon keltirdik. Alloh yaxshi va boqiydir», dedilar.
- 74
إِنَّهُۥ مَن يَأْتِ رَبَّهُۥ مُجْرِمًۭا فَإِنَّ لَهُۥ جَهَنَّمَ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ
Innahoo mai yaati Rabbahoo mujriman fa inna lahoo Jahannama laa yamotu feehaa wa laa yahyaa
Shubhasiz, kim Robbiga jinoyatchi boʻlgan holida kelsa, unga albatta jahannam bordir. U yerda u oʻlib oʻlmas, yashab yashamas.
- 75
وَمَن يَأْتِهِۦ مُؤْمِنًۭا قَدْ عَمِلَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلدَّرَجَٰتُ ٱلْعُلَىٰ
Wa mai yaatihee mu'minan qad 'amilas saalihaati fa ulaaa'ika lahumud dara jaatul 'ulaa
Kim Unga moʻmin oʻlaroq, yaxshi amallar qilgan holida kelsa, bas, ana oʻshalarga oliy darajalar.
- 76
جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ مَن تَزَكَّىٰ
Jannaatu 'Adnin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa; wa zaalika jazaaa'ua man tazakka
Ostidan anhorlar oqib turgan adn jannatlari bor. Unda abadiy qolurlar. Ana shu, pok boʻlganning mukofotidir.
- 77
وَلَقَدْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِى فَٱضْرِبْ لَهُمْ طَرِيقًۭا فِى ٱلْبَحْرِ يَبَسًۭا لَّا تَخَٰفُ دَرَكًۭا وَلَا تَخْشَىٰ
Wa laqad awhainaaa ilaa Moosaaa an asri bi'ibaadee fadrib lahum tareeqan fil bahri yabasal laa takhaafu darakanw wa laa takhshaa
Batahqiq, Biz Musoga: «Sen bandalarim ila kechasi yoʻlga tush, ularga dengizdan quruq yoʻl och, yetib olishlaridan xavf qilma va qoʻrqma», deb vahiy qildik. [15]
[15] (Muso alayhissalom Alloh taoloning amrini amalga oshirdi. Bani Isroil bilan kechasi yoʻlga chiqdilar. Dengizga bordilar, asolari bilan urib, yoʻl ochdilar. Allohning amri ila dengiz ikkiga yorilib, quruq yer — yoʻl ochildi. Bani Isroil eson-omon oʻtib oldi.)
- 78
فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ بِجُنُودِهِۦ فَغَشِيَهُم مِّنَ ٱلْيَمِّ مَا غَشِيَهُمْ
Fa atba'ahum Fir'awnu bijunoodihee faghashiyahum minal yammmi maa ghashi yahum
Bas, Firʼavn askarlari ila ularning ortidan taʼqib etdi. Dengiz ularni oʻraganicha oʻrab oldi.
- 79
وَأَضَلَّ فِرْعَوْنُ قَوْمَهُۥ وَمَا هَدَىٰ
wa adalla fir'awnu qawmahoo wa maa hadaa
Firʼavn oʻz qavmini adashtirdi, toʻgʻri yoʻlga boshlamadi. [16]
[16] (Xudoga emas, firʼavnlarga ergashganlar doimo shunday oqibat topadilar. Alloh taolo Firʼavn va askarlarini gʻarq etib, Bani Isroilni zulm, jabr-sitamdan ozod qildi.)
- 80
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ قَدْ أَنجَيْنَٰكُم مِّنْ عَدُوِّكُمْ وَوَٰعَدْنَٰكُمْ جَانِبَ ٱلطُّورِ ٱلْأَيْمَنَ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ
Yaa Baneee Israaa'eela qad anjainaakum min 'aduw wikum wa wa'adnaakum jaanibat Tooril aimana wa nazzalnaa 'alaikumul Manna was Salwaa
Ey, Bani Isroil, batahqiq, Biz sizni dushmaningizdan qutqardik va siz bilan Turning oʻng tomonini vaʼdalashdik hamda sizlarga mann va bedana tushirdik. [17]
[17] (Alloh taolo ushbu oyati karimada Bani Isroilga uch turlik neʼmatini eslatmoqda.)
- 81
كُلُوا۟ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ وَلَا تَطْغَوْا۟ فِيهِ فَيَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبِى ۖ وَمَن يَحْلِلْ عَلَيْهِ غَضَبِى فَقَدْ هَوَىٰ
Kuloo min taiyibaati maa razaqnaakum wa laa tatghaw feehi fa yahilla 'alaikum ghadabee wa mai yahlil 'alaihi ghadabee faqad hawaa
Biz sizga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar, unda haddingizdan oshmang, yana, boshingizga gʻazabim tushib qolmasin. Kimning boshiga gʻazabim tushsa, bas, batahqiq, halok boʻlibdi.
- 82
وَإِنِّى لَغَفَّارٌۭ لِّمَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا ثُمَّ ٱهْتَدَىٰ
Wa innee la Ghaffaarul liman taaba wa aamana wa 'amila saalihan summah tadaa
Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirib, yaxshi amal qilgan, soʻngra toʻgʻri yurganlarni koʻplab magʻfirat qilguvchiman.
- 83
۞ وَمَآ أَعْجَلَكَ عَن قَوْمِكَ يَٰمُوسَىٰ
Wa maaa a'jalaka 'an qawmika yaa Moosa
Ey Muso, seni qavmingdan nima ilgarilatdi?
- 84
قَالَ هُمْ أُو۟لَآءِ عَلَىٰٓ أَثَرِى وَعَجِلْتُ إِلَيْكَ رَبِّ لِتَرْضَىٰ
Qaala hum ulaaa'i 'alaaa asaree wa 'ajiltu ilaika Rabbi litardaa
U: «Ular ana izimdalar. Rozi boʻlishing uchun men Senga shoshdim, ey Robbim», dedi.
- 85
قَالَ فَإِنَّا قَدْ فَتَنَّا قَوْمَكَ مِنۢ بَعْدِكَ وَأَضَلَّهُمُ ٱلسَّامِرِىُّ
Qaala fa innaa qad fatannaa qawmaka mim ba'dika wa adallahumus Saamiriyy
U zot: «Batahqiq, Biz qavmingni sendan keyin fitnaga duchor qildik. Somiriy ularni adashtirdi», dedi. [18]
[18] (Bani Isroilga hurlik ogʻir keldi, uni koʻtara olmadi. Jumladan, eng nozik va ahamiyatli masala — iymon-eʼtiqod masalasida ham. Muso alayhissalom ilk bor tark etishlari bilanoq zalolatga ketdilar. Somiriyga ergashib, buzoqning haykalini xudo qilib oldilar.)
- 86
فَرَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَٰنَ أَسِفًۭا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ أَلَمْ يَعِدْكُمْ رَبُّكُمْ وَعْدًا حَسَنًا ۚ أَفَطَالَ عَلَيْكُمُ ٱلْعَهْدُ أَمْ أَرَدتُّمْ أَن يَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَخْلَفْتُم مَّوْعِدِى
Faraja's Moosaaa ilaa qawmihee ghadbaana asifaa; qaala yaa qawmi alam ya'idkum Rabbukum wa'dan hasanaa; afataala 'alaikumul 'ahdu am arattum ai yahilla 'alaikum ghadabum mir Rabbikum fa akhlaftum maw'idee
Bas, Muso qavmiga gʻazablangan, afsuslangan holda qaytdi. U: «Ey qavmim, Robbingiz sizga yaxshi vaʼda qilmaganmidi?! Sizlarga zamon uzoq koʻrindimi yoki boshingizga Robbingizdan gʻazab tushishini xohladingizmi?! Menga bergan vaʼdaga xilof qilibsiz?!» – dedi.
- 87
قَالُوا۟ مَآ أَخْلَفْنَا مَوْعِدَكَ بِمَلْكِنَا وَلَٰكِنَّا حُمِّلْنَآ أَوْزَارًۭا مِّن زِينَةِ ٱلْقَوْمِ فَقَذَفْنَٰهَا فَكَذَٰلِكَ أَلْقَى ٱلسَّامِرِىُّ
Qaaloo maaa akhlafnaa maw'idaka bimalkinna wa laakinna hummilnaaa awzaaram min zeenatil qawmi faqazafnaahaa fakazaalika alqas Saamiriyy
Ular: «Biz senga bergan vaʼdaga oʻz ixtiyorimiz ila xilof qilmadik. Lekin bizga u qavmning ziynatidan ogʻirliklar yuklangan edi. Bas, ularni tashladik, Somiriy ana shunday ilqo qildi», dedilar. [19]
[19] (Taqinchoqlarni olovli chuqurga tashlashgan ekan, Somiriy ularni eritib, buzoq shakliga solib, mana shu sizlarning xudoingiz, unga ibodat qilinglar, desa, ibodat qilib ketaverishibdi. Ularning fikricha, bu ixtiyorlaridan tashqari ish emish!)
- 88
فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلًۭا جَسَدًۭا لَّهُۥ خُوَارٌۭ فَقَالُوا۟ هَٰذَآ إِلَٰهُكُمْ وَإِلَٰهُ مُوسَىٰ فَنَسِىَ
Fa akhraja lahum 'ijlan jasadal lahoo khuwaarun faqaaloo haazaaa ilaahukum wa ilaahu Moosaa fanasee
Bas, u (Somiriy) ularga boʻkiradigan buzoq shaklini chiqarib berdi. Ular: «Mana shu sizning ilohingiz va Musoning ham ilohi, faqat u unutdi», dedilar. [20]
[20] (Somiriy ularga tilla taqinchoqlardan ovoz chiqaradigan buzoq haykali yasab, shu haykal sizning ilohingiz, Paygʻambarimiz Muso bizga buni aytmadi, degan xayolga bormang. Musoning ilohi ham shu buzoq. Ammo, Muso buni unutib qoʻyib, toqqa izlab chiqib ketdi, dedi. Ular bu gapni takrorladilar.)
- 89
أَفَلَا يَرَوْنَ أَلَّا يَرْجِعُ إِلَيْهِمْ قَوْلًۭا وَلَا يَمْلِكُ لَهُمْ ضَرًّۭا وَلَا نَفْعًۭا
Afalaa yarawna allaa yarji'u ilaihim qawlanw wa laa yamliku lahum darranw wa laa naf'aa
Uning oʻzlariga biron soʻz qaytara olmayotganini, na zarar va na foydaga molik boʻla olmayotganini koʻrmayaptilarmi?!
- 90
وَلَقَدْ قَالَ لَهُمْ هَٰرُونُ مِن قَبْلُ يَٰقَوْمِ إِنَّمَا فُتِنتُم بِهِۦ ۖ وَإِنَّ رَبَّكُمُ ٱلرَّحْمَٰنُ فَٱتَّبِعُونِى وَأَطِيعُوٓا۟ أَمْرِى
Wa laqad qaala lahum Haaroonu min qablu yaa qawmi innamaa futintum bihee wa inna Rabbakumur Rahmaanu fattabi'oonee wa atee'ooo amree
Batahqiq, ilgari Horun ularga: «Ey qavmim, bu bilan fitnaga duchor qilindingiz, xolos. Shubhasiz, Robbingiz Rohmandir. Bas, menga ergashing. Mening amrimga itoat qiling», degan edi.
- 91
قَالُوا۟ لَن نَّبْرَحَ عَلَيْهِ عَٰكِفِينَ حَتَّىٰ يَرْجِعَ إِلَيْنَا مُوسَىٰ
Qaaloo lan nabraha 'alaihi 'aakifeena hattaa yarji'a ilainaa Moosaa
Ular: «To Muso bizga qaytgunicha, unga ibodat qilishda bardavom boʻlamiz», dedilar.
- 92
قَالَ يَٰهَٰرُونُ مَا مَنَعَكَ إِذْ رَأَيْتَهُمْ ضَلُّوٓا۟
Qaala Yaa Haaroonu maa mana 'aka iz ra aitahum dallooo
U: «Ey Horun, ularning zalolatga ketganlarini koʻrganingda seni nima man qildi?!
- 93
أَلَّا تَتَّبِعَنِ ۖ أَفَعَصَيْتَ أَمْرِى
Allaa tattabi'ani afa'asaita amree
Menga ergashishingdan?! Mening amrimga osiy boʻldingmi?!» – dedi.
- 94
قَالَ يَبْنَؤُمَّ لَا تَأْخُذْ بِلِحْيَتِى وَلَا بِرَأْسِىٓ ۖ إِنِّى خَشِيتُ أَن تَقُولَ فَرَّقْتَ بَيْنَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَمْ تَرْقُبْ قَوْلِى
Qaala yabna'umma laa taakhuz bilihyatee wa laa biraasee innee khashetu an taqoola farraqta baina Baneee Israaa'eela wa lam tarqub qawlee
U: «Ey, onamning oʻgʻli, soch-soqolimdan tutma. Men sening: «Bani Isroilni tafriqaga solibsan, gapimga kirmabsan, deyishingdan qoʻrqdim», dedi.
- 95
قَالَ فَمَا خَطْبُكَ يَٰسَٰمِرِىُّ
Qaala famaa khatbuka yaa Saamiriyy
U: «Bu nima qilganing, ey, Somiriy?!» – dedi.
- 96
قَالَ بَصُرْتُ بِمَا لَمْ يَبْصُرُوا۟ بِهِۦ فَقَبَضْتُ قَبْضَةًۭ مِّنْ أَثَرِ ٱلرَّسُولِ فَنَبَذْتُهَا وَكَذَٰلِكَ سَوَّلَتْ لِى نَفْسِى
Qaala basurtu bimaa lam yabsuroo bihee faqabadtu qabdatam min asarir Rasooli fanabaztuhaa wa kazaalika sawwalat lee nafsee
U: «Ular koʻrmagan narsani koʻrdim. Bas, Rasulning izidan bir siqim oldim, soʻngra uni tashladim. Havoyi nafsim menga shunday qilishni xush koʻrsatdi», dedi. [21]
[21] (Somiriyning Bani Isroil koʻrmaganini koʻrgani — Jabroil alayhissalomning hayot otiga minib kelishlari. «Rasul»dan murod Jabroil alayhissalom. Izidan olingan bir siqim esa, Jabroil alayhissalom minib kelgan otning tuyogʻi tagidan olingan tuproq. U tuproqni sochgan joyi esa, Bani Isroilning zeb-ziynatlari toʻplab qoʻyilgan joy. Somiriy ana shu ishlarni qilganida ziynatlar buzoqqa aylanib, undan ovoz chiqadigan boʻlibdi. Men hech narsa qilganim yoʻq, yomon niyatim ham yoʻq edi, koʻnglimga tushgan ishni qilsam, oʻzlaridan oʻzlari ergashib ketishaverdi, demoqchi boʻldi.)
- 97
قَالَ فَٱذْهَبْ فَإِنَّ لَكَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ أَن تَقُولَ لَا مِسَاسَ ۖ وَإِنَّ لَكَ مَوْعِدًۭا لَّن تُخْلَفَهُۥ ۖ وَٱنظُرْ إِلَىٰٓ إِلَٰهِكَ ٱلَّذِى ظَلْتَ عَلَيْهِ عَاكِفًۭا ۖ لَّنُحَرِّقَنَّهُۥ ثُمَّ لَنَنسِفَنَّهُۥ فِى ٱلْيَمِّ نَسْفًا
Qaala fazhab fa inna laka fil hayaati an taqoola laa misaasa wa inna laka maw'idal lan tukhlafahoo wanzur ilaaa ilaahikal lazee zalta 'alaihi 'aakifaa; lanuharriqannnahoo summa lanansifanahoo fil yammi nasfaa
U: «Bas, joʻna! Ket! Endi senga bu hayotda «tegish yoʻq» deyishing bor, xolos. Albatta, senga xilof qilmaydigan vaʼdamiz bor. Oʻzing ibodatida bardavom boʻlgan ilohingga nazar solib qoʻy. Biz uni, albatta, kuydiramiz, soʻngra dengizga sochib yuboramiz. [22]
[22] (Bani Isroilda, «tegish yoʻq» nomli quvgʻin jazosi bor edi. Oʻsha jazoga mahkum boʻlgan shaxs bilan hech kim aloqa qilmas, hatto gaplashmas ham edi. U yolgʻizlik azobida oʻlib ketar edi.)
- 98
إِنَّمَآ إِلَٰهُكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًۭا
Innamaaa ilaahukkumul laahul lazee laa ilaaha illaa Hoo; wasi'a kulla shai'in ilmaa
Albatta, sizning ilohingiz Allohdir, xolos. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻqdir. U barcha narsani Oʻz ilmi bilan qamrab olgandir.
- 99
كَذَٰلِكَ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ مَا قَدْ سَبَقَ ۚ وَقَدْ ءَاتَيْنَٰكَ مِن لَّدُنَّا ذِكْرًۭا
Kazaalika naqussu 'alaika min ambaaa'i maa qad sabaq; wa qad aatainaaka mil ladunnaa Zikraa
Shunday qilib, senga oʻtgan narsalar xabarini qissa qilib berurmiz. Batahqiq, senga Oʻz tarafimizdan Zikrni berdik. [23]
[23] (Yaʼni, Muso qissasini aytib berganimizdek, boshqalarning xabarini ham qissa qilib beramiz.)
- 100
مَّنْ أَعْرَضَ عَنْهُ فَإِنَّهُۥ يَحْمِلُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وِزْرًا
Man a'rada 'anhu, fa innahoo yahmilu Yawmal Qiyaamati wizraa
Kim undan yuz oʻgirsa, albatta, u qiyomat kuni (gunoh) yukini koʻtarur.
- 101
خَٰلِدِينَ فِيهِ ۖ وَسَآءَ لَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ حِمْلًۭا
Khaalideena feehi wa saaa'a lahum Yawmal Qiyaamati himlaa
Unda abadiy qolurlar. Qiyomat kunida ularning yuki qanday ham yomon boʻldi.
- 102
يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ ۚ وَنَحْشُرُ ٱلْمُجْرِمِينَ يَوْمَئِذٍۢ زُرْقًۭا
Yawma yunfakhu fissoori wa nahshurul mujrimeena Yawma 'izin zurqaa
U kun surga puflanadigan kundir. Oʻsha kunda jinoyatchilarni koʻzlari koʻk boʻlgan holda toʻplarmiz. [24]
[24] (Qiyomatning kelganini bildirib, sur chalinadi. Oʻsha qiyomat kunida kofirlar-jinoyatchilarni Alloh taolo qoʻrquvdan yuzlari qorayib, koʻzlari koʻkarib ketgan ketgan hollarida mahsharga jamlaydi.)
- 103
يَتَخَٰفَتُونَ بَيْنَهُمْ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا عَشْرًۭا
Yatakhaafatoona bainahum il labistum illaa 'ashraa
Ular oʻzaro: «Oʻn kundan ortiq turganingiz yoʻq», deya shivirlashar.
- 104
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ إِذْ يَقُولُ أَمْثَلُهُمْ طَرِيقَةً إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا يَوْمًۭا
nahnu a'lamu bimaa yaqooloona iz yaqoolu amsaluhum tareeqatan illabistum illaa yawmaa
Biz nima deyayotganlarini yaxshi bilguvchimiz. Oʻshanda ularning eng toʻgʻri yoʻldagisi: «Bir kundan ortiq turganimiz yoʻq», degan edi. [25]
[25] (Demak, oxirat azoblarini koʻrgan kofirlar garchi bu dunyoda uzoq yillar rohat-farogʻatda kun kechirgan boʻlsalar ham, yashagan muddatlari oz koʻrinib ketadi.)
- 105
وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْجِبَالِ فَقُلْ يَنسِفُهَا رَبِّى نَسْفًۭا
Wa yas'aloonaka 'anil jibaali faqul yansifuhaa Rabbee nasfaa
Sendan togʻlar haqida soʻrarlar. Bas: «Robbim ularni mutlaqo sovurib yuborajak», degin.
- 106
فَيَذَرُهَا قَاعًۭا صَفْصَفًۭا
Fa yazaruhaa qaa'an safsafaa
Soʻng ularni tep-tekis holga keltirur.
- 107
لَّا تَرَىٰ فِيهَا عِوَجًۭا وَلَآ أَمْتًۭا
Laa taraa feehaa 'iwajanw wa laaa amtaa
U yerda chuqur ham, doʻng ham koʻrmassan.
- 108
يَوْمَئِذٍۢ يَتَّبِعُونَ ٱلدَّاعِىَ لَا عِوَجَ لَهُۥ ۖ وَخَشَعَتِ ٱلْأَصْوَاتُ لِلرَّحْمَٰنِ فَلَا تَسْمَعُ إِلَّا هَمْسًۭا
Yawma iziny yattabi'oonad daa'iya laa 'iwaja lahoo wa khasha'atil aswaatu lir Rahmaani falaa tasma'u illaa hamsaa
U kunda chorlovchiga ergashurlar. Undan burilish yoʻq. Ovozlar Rohman(haybati)dan jim qolmish. Pichirlashdan boshqa narsa eshitmassan. [26]
[26] (Hammayoq tep-tekis. Hamma jim holda boʻyin egib, mahsharga chorlovchiga ergashishdan boshqa narsani bilmaydi.)
- 109
يَوْمَئِذٍۢ لَّا تَنفَعُ ٱلشَّفَٰعَةُ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحْمَٰنُ وَرَضِىَ لَهُۥ قَوْلًۭا
Yawma 'izil laa tanfa'ush shafaa'atu illaa man azina lahur Rahmaanu wa radiya lahoo qawlaa
U kunda Rohman unga izn bergan va soʻzidan rozi boʻlganlardan boshqaga shafoat foyda bermas.
- 110
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يُحِيطُونَ بِهِۦ عِلْمًۭا
Ya'lamu maa bainaa aideehim wa maa khalfahum wa laa yauheetoona bihee 'ilmaa
U ularning oldilaridagi narsalarni ham, orqalaridagi narsalarni ham bilur. Ular esa, Uni ilm ila ihota qila olmaslar. [27]
[27] (Alloh taolo bandalarning kelajagini ham oʻtmishini ham biladi. Ilmning barchasi Allohnikidir. Odamlar esa hech narsa bilmaslar.)
- 111
۞ وَعَنَتِ ٱلْوُجُوهُ لِلْحَىِّ ٱلْقَيُّومِ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنْ حَمَلَ ظُلْمًۭا
Wa 'anatil wujoohu lil Haiiyil Qaiyoomi wa qad khaaba man hamala zulmaa
Butun yuzlar tirik va doim turuvchi Zotga bosh egmish. Batahqiq, kim zulm koʻtargan boʻlsa, noumid boʻlmish.
- 112
وَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَلَا يَخَافُ ظُلْمًۭا وَلَا هَضْمًۭا
Wa mai ya'mal minas saalihaati wa huwa mu'minun falaa yakhaafu zulmanw wa laa hadmaa
Kim moʻmin holida yaxshi amallardan qilgan boʻlsa, zulmdan ham, nuqsondan ham qoʻrqmas.
- 113
وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ قُرْءَانًا عَرَبِيًّۭا وَصَرَّفْنَا فِيهِ مِنَ ٱلْوَعِيدِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ أَوْ يُحْدِثُ لَهُمْ ذِكْرًۭا
Wa kazaalika anzalnaahu Qur-aanan 'Arabiyyanw wa sarrafnaa fee hi minal wa'eedi la'allahum yattaqoona aw yuhdisu lahum zikraa
Shunday qilib, Biz uni arabiy Qurʼon etib nozil etdik. Shoyadki, taqvo qilsalar yoki ularda eslash paydo qilsa deb, unda qoʻrqinchli vaʼdalarni bayon qildik. [28]
[28] (Ushbu arabiy Qurʼonda koʻplab qoʻrqinchli vaʼdalarni ham bayon etdik. Bundan maqsadimiz, shoyad odamlar taqvo qilsalar, kufr va yomonliklardan saqlansalar, qoʻrqinchlik vaʼdalardan eslatma olsalar.)
- 114
فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ ٱلْمَلِكُ ٱلْحَقُّ ۗ وَلَا تَعْجَلْ بِٱلْقُرْءَانِ مِن قَبْلِ أَن يُقْضَىٰٓ إِلَيْكَ وَحْيُهُۥ ۖ وَقُل رَّبِّ زِدْنِى عِلْمًۭا
Fata'aalal laahul Malikul Haqq; wa laa ta'jal bil Quraani min qabli ai yuqdaaa ilaika wahyuhoo wa qur Rabbi zidnee 'ilmaa
Haq Podshoh — Alloh oliy boʻldi. Senga vahiyi bitguncha Qurʼon(tilovati)ga oshiqma va: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», degin. [29]
[29] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom unutib qoʻyishdan xavflanib, vahiy tushgan paytida Qurʼoni Karim oyatlarini Jabroil alayhissalomga qoʻshilib, oʻqib turar edilar. Bu esa, qiyinchilik tugʻdirardi. Yaʼni, ey Muhammad, Jabroil vahiyni senga oxirigacha oʻqib bermagunicha, Qurʼonni tilovat qilib, oyatlarni oʻqishga shoshilma. Oldin Jabroil toʻliq oʻqib bersin, keyin sen oʻqiysan.)
- 115
وَلَقَدْ عَهِدْنَآ إِلَىٰٓ ءَادَمَ مِن قَبْلُ فَنَسِىَ وَلَمْ نَجِدْ لَهُۥ عَزْمًۭا
Wa laqad 'ahidnaaa ilaaa Aadama min qablu fanasiya wa lam najid lahoo 'azmaa
Batahqiq, ilgari Biz Odam bilan ahdlashgan edik. Lekin u unutdi. Unda azmu qaror topmadik. [30]
[30] (Biz qadimda Odam bilan buyruqqa boʻysunish — daraxtdan yemaslik haqida ahdlashgan edik. Ammo Odam ahdni unutdi va daraxtdan yeb qoʻydi. U shaytonning igʻvosiga sabr qila olmadi. Azmu qarorida turmadi.)
- 116
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِءَادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰ
Wa iz qulnaa lilma laaa'ikatis judoo li Aadama fasajadooo illaaa Iblees; abaa
Biz farishtalarga: «Odamga sajda qiling», deganimizda, ular sajda qildilar. Magar iblis bosh tortdi.
- 117
فَقُلْنَا يَٰٓـَٔادَمُ إِنَّ هَٰذَا عَدُوٌّۭ لَّكَ وَلِزَوْجِكَ فَلَا يُخْرِجَنَّكُمَا مِنَ ٱلْجَنَّةِ فَتَشْقَىٰٓ
Faqulnaa yaaa Aadamu inna haazaa 'aduwwul laka wa lizawjika falaa yukhrijan nakumaa minal Jannati fatashqaa
Bas, Biz: «Ey Odam, albatta, bu senga va juftingga dushmandir. Yana, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, badbaxt boʻlib qolmagin.
- 118
إِنَّ لَكَ أَلَّا تَجُوعَ فِيهَا وَلَا تَعْرَىٰ
Innaa laka allaa tajoo'a feeha wa laa ta'raa
Albatta, sen u yerda och-yalangʻoch qolmassan. [31]
[31] (Yaʼni, jannatda doimo sening qorning toʻq, usting but boʻladi.)
- 119
وَأَنَّكَ لَا تَظْمَؤُا۟ فِيهَا وَلَا تَضْحَىٰ
Wa annaka laa tazma'u feehaa wa laa tadhaa
Albatta, sen u yerda tashna ham boʻlmaysan, issiqda ham qolmassan», dedik.
- 120
فَوَسْوَسَ إِلَيْهِ ٱلشَّيْطَٰنُ قَالَ يَٰٓـَٔادَمُ هَلْ أَدُلُّكَ عَلَىٰ شَجَرَةِ ٱلْخُلْدِ وَمُلْكٍۢ لَّا يَبْلَىٰ
Fa waswasa ilaihish Shaitaanu qaala yaaa Aadamu hal adulluka 'alaa shajaratil khuldi wa mulkil laa yablaa
Bas, shayton uni vasvasa qildi. U: «Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va bitmas-tuganmas mulkni koʻrsataymi?» – dedi. [32]
[32] (Robbing manavi daraxt mevasidan yeyishingni man qilgan boʻlsa, sening abadiy yashashingni, mulking bardavom boʻlishini xohlamaganidandir, bu daraxtning mevasidan yesang, hech oʻlmaysan, mulking yoʻqolmaydi, dedi.)
- 121
فَأَكَلَا مِنْهَا فَبَدَتْ لَهُمَا سَوْءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ ٱلْجَنَّةِ ۚ وَعَصَىٰٓ ءَادَمُ رَبَّهُۥ فَغَوَىٰ
Fa akalaa minhaa fabadat lahumaa saw aatuhumaa wa tafiqaa yakhsifaani 'alaihimaa minw waraqil jannah; wa 'asaaa Aadamu Rabbahoo faghawaa
Bas, ikkovlari undan yedilar. Keyin, avratlari oʻzlariga ochilib qolib, oʻzlarini jannat barglari bilan toʻsa boshladilar. Odam Robbiga osiy boʻldi va yoʻldan ozdi.
- 122
ثُمَّ ٱجْتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَتَابَ عَلَيْهِ وَهَدَىٰ
Summaj tabbahu Rabbuhoo fataaba 'alaihi wa hadaa
Soʻngra, Robbi uni tanlab oldi, bas, tavbasini qabul qildi va hidoyatga boshladi.
- 123
قَالَ ٱهْبِطَا مِنْهَا جَمِيعًۢا ۖ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّۭ ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّى هُدًۭى فَمَنِ ٱتَّبَعَ هُدَاىَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَىٰ
Qaalah bita minhaa jamee'am ba'dukum liba'din 'aduww; fa immaa yaati yannakum minnee hudan famanit taba'a hudaaya falaa yadillu wa laa yashhqaa
U: «Hammangiz bir-biringizga dushman holda undan tushing. Agar men tomonimdan sizga hidoyat kelganida, kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt boʻlmas.
- 124
وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِى فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةًۭ ضَنكًۭا وَنَحْشُرُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ أَعْمَىٰ
Wa man a'rada 'an Zikree fa inna lahoo ma'eeshatan dankanw wa nahshuruhoo Yawmal Qiyaamati a'maa
Kim Mening zikrimdan yuz oʻgirsa, albatta, unga torchilik hayoti boʻlur va qiyomat kuni uni koʻr holida tiriltirurmiz», dedi.
- 125
قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِىٓ أَعْمَىٰ وَقَدْ كُنتُ بَصِيرًۭا
Qaala Rabbi lima hashar tanee a'maa wa qad kuntu baseeraa
U: «Ey Robbim, nima uchun meni koʻr holda tiriltirding. Axir, koʻruvchi edim-ku?!» – dedi.
- 126
قَالَ كَذَٰلِكَ أَتَتْكَ ءَايَٰتُنَا فَنَسِيتَهَا ۖ وَكَذَٰلِكَ ٱلْيَوْمَ تُنسَىٰ
Qaala kazaalika atatka Aayaatunaa fanaseetahaa wa kazaalikal Yawma tunsaa
U: «Shunday. Senga oyatlarimiz keldi. Sen esa, ularni unutding? Shuningdek, sen ham bugun unutilursan», dedi.
- 127
وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِنۢ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ۚ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَىٰٓ
Wa kazaalika najzee man asrafa wa lam yu'mim bi Aayaati Rabbih; wa la'azaabul Aakhirati ashaddu wa abqaa
Isrof qilgan va Robbi oyatlariga iymon keltirmaganlarni ana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi, albatta, ashaddiy va boqiydir.
- 128
أَفَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَٰكِنِهِمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّأُو۟لِى ٱلنُّهَىٰ
Afalam yahdi lahum kam ahlaknaa qablahum minal qurooni yamshoona fee masaakinihim; inna fee zaalika la Aayaatil li ulinnuhaa
Ulardan ilgari ularning maskanlarida yurgan asrlardan qanchadan-qanchasini halok qilganimiz ham hidoyat qilmadimi? Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
- 129
وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَكَانَ لِزَامًۭا وَأَجَلٌۭ مُّسَمًّۭى
Wa law laa Kalimatun sabaqat mir Rabbika lakaana lizaamanw wa ajalum musammaa
Agar Robbingdan soʻz oʻtib qolmaganida va nomlangan ajal boʻlmaganida, albatta, (azob) lozim boʻlar edi.
- 130
فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا ۖ وَمِنْ ءَانَآئِ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْ وَأَطْرَافَ ٱلنَّهَارِ لَعَلَّكَ تَرْضَىٰ
Fasbir 'alaa maa yaqooloona wa sabbih bihamdi Rabbika qabla tuloo'ish shamsi wa qabla ghuroobihaa wa min aanaaa'il laili fasbbih wa atraafan nahaari la 'allaka tardaa
Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Robbingga quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin tasbih va hamd ayt. Shuningdek, kechaning bir qismida va kunduzning atrofida ham tasbih ayt. Shoyadki, rozi boʻlsang. [33]
[33] (Ey Muhammad, shunday ekan, kofir va mushriklarning noxush gap-soʻzlariga, soʻkishlariga, igʻvo-boʻhtonlariga sabr qil. Doimo Robbingga tasbihu hamd ayt. Quyosh chiqishidan oldin ham, quyosh botishidan oldin ham Robbingga tasbih va hamd ayt. Kechaning bir qismida ham Robbingga tasbih ayt, kunduzning atrofida ham. Namoz oʻqi. Albatta, rozi boʻlasan. Robbing ham sendan rozi boʻladi.)
- 131
وَلَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًۭا مِّنْهُمْ زَهْرَةَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا لِنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ۚ وَرِزْقُ رَبِّكَ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰ
Wa laa tamuddanna 'ainaika ilaa ma matta'na biheee azwajam minhum zahratal hayaatid dunya linaftinahum feeh; wa rizqu Rabbika khairunw wa abqaa
Koʻzlaringni ularni sinash uchun ayrimlariga bahramand qilib berganimiz hayoti dunyoning turli ziynatlariga tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir.
- 132
وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱصْطَبِرْ عَلَيْهَا ۖ لَا نَسْـَٔلُكَ رِزْقًۭا ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكَ ۗ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلتَّقْوَىٰ
Waamur ahlaka bis Salaati wastabir 'alaihaa la nas'aluka rizqaa; nahnu narzuquk; wal 'aaqibatu littaqwaa
Ahlingni namozga amr et va oʻzing unga sabr qil. Biz sendan rizq soʻramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat taqvonikidir.
- 133
وَقَالُوا۟ لَوْلَا يَأْتِينَا بِـَٔايَةٍۢ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۚ أَوَلَمْ تَأْتِهِم بَيِّنَةُ مَا فِى ٱلصُّحُفِ ٱلْأُولَىٰ
Wa qaaloo law laa yaateenaa bi Aayatim mmir Rabbih; awalam taatihim baiyinatu maa fis suhufil oolaa
Ular: «U bizga Robbidan moʻjiza keltirsa edi», derlar. Axir, ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayonoti kelmadimi? [34]
[34] (Kofir va mushriklar, Muhammad Robbidan bir lol qoldiruvchi moʻjiza keltirsa edi, deydilar. Axir, Qurʼonda avvalgi ummatlarga kelgan narsalarning bayoni keldi-ku. Shu ularga kifoya qilmaydimi?)
- 134
وَلَوْ أَنَّآ أَهْلَكْنَٰهُم بِعَذَابٍۢ مِّن قَبْلِهِۦ لَقَالُوا۟ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًۭا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ مِن قَبْلِ أَن نَّذِلَّ وَنَخْزَىٰ
Wa law annaaa ahlaknaahum bi'azaabim min qablihee laqaaloo Rabbanaa law laaa arsalta ilainaa Rasoolan fanattabi's Aayaatika min qabli an nazilla wa nakhzaa
Agar Biz ularni u(kelishi)dan oldin azob-la halok qilganimizda edi, albatta: «Ey Robbimiz, bizga Paygʻambar yuborganingda edi, xoru zor va sharmanda boʻlishimizdan oldin oyatlaringga ergashgan boʻlar edik», derdilar.
- 135
قُلْ كُلٌّۭ مُّتَرَبِّصٌۭ فَتَرَبَّصُوا۟ ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ أَصْحَٰبُ ٱلصِّرَٰطِ ٱلسَّوِىِّ وَمَنِ ٱهْتَدَىٰ
Qul kullum mutarabbisun fatarabbasoo fasta'lamoona man Ashaabus Siraatis Sawiyyi wa manih tadaa
Sen: «Barcha kutguvchidir. Bas, kutinglar. Albatta, kimlar toʻgʻri yoʻl sohiblari va kimlar hidoyat topganini bilursizlar», deb ayt. [35]
[35] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga qilingan bu xitob doimo yangilanib turadi.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
