Sura 19
Maryam
مَرۡيَمَ
Maryam · Makkiy · 98 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
كٓهيعٓصٓ
Kaaaf-Haa-Yaa-'Ayyyn-Saaad
Kaaf, ha, yo, ayn, sod.
- 2
ذِكْرُ رَحْمَتِ رَبِّكَ عَبْدَهُۥ زَكَرِيَّآ
Zikru rahmati Rabbika 'abdahoo Zakariyya
Bu, Robbingning bandasi Zakariyoga rahmati zikridir. [1]
[1] (Yaʼni, ey Muhammad alayhissalotu vassalom, ushbu qissa «Robbingning bandasi Zakariyoga rahmati zikridir».)
- 3
إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥ نِدَآءً خَفِيًّۭا
Iz naadaa Rabbahoo nidaaa'an khafiyyaa
U, Robbiga maxfiy nido qilgan chogʻini esla.
- 4
قَالَ رَبِّ إِنِّى وَهَنَ ٱلْعَظْمُ مِنِّى وَٱشْتَعَلَ ٱلرَّأْسُ شَيْبًۭا وَلَمْ أَكُنۢ بِدُعَآئِكَ رَبِّ شَقِيًّۭا
Qaala Rabbi innee wahanal'azmu minnee washta'alar raasu shaibanw wa lam akum bidu'aaa'ika Rabbi shaqiyyaa
U: «Ey Robbim, mening suyaklarim moʻrtlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt boʻlmaganman.
- 5
وَإِنِّى خِفْتُ ٱلْمَوَٰلِىَ مِن وَرَآءِى وَكَانَتِ ٱمْرَأَتِى عَاقِرًۭا فَهَبْ لِى مِن لَّدُنكَ وَلِيًّۭا
Wa innee khiftul mawaa liya minw waraaa'ee wa kaana tim ra atee 'aairan fahab lee mil ladunka waliyyaa
Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qoʻrqdim. Ayolim tugʻmas edi. Bas, menga Oʻz dargohingdan bir valiy — ortdan qolguvchi ato et.
- 6
يَرِثُنِى وَيَرِثُ مِنْ ءَالِ يَعْقُوبَ ۖ وَٱجْعَلْهُ رَبِّ رَضِيًّۭا
Yarisunee wa yarisu min aali Ya'qoob, waj'alhu Rabbi radiyya
U menga va Yaʼqub oilasiga merosxoʻr boʻlsin. Ey Robbim, uni Oʻzing rozi boʻladigan qil», dedi.
- 7
يَٰزَكَرِيَّآ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَٰمٍ ٱسْمُهُۥ يَحْيَىٰ لَمْ نَجْعَل لَّهُۥ مِن قَبْلُ سَمِيًّۭا
Yaa Zakariyyaaa innaa nubashshiruka bighulaami nismuhoo Yahyaa lam naj'al lahoo min qablu samiyyaa
«Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo boʻlgan bir oʻgʻilning xushxabarini beramiz. Bundan oldin unga otdosh qilgan emasmiz». [2]
[2] (Koʻrinib turibdiki, Alloh taolo Zakariyo alayhissalomga buyuk rahmat nazari bilan boqdi. Farzand beribgina qolmay, unga Oʻzi Yahyo, deb ism ham qoʻydi. Bularning bari dunyoga kelayotgan farzandining kelajagi juda qutlugʻligidan darak berar edi.)
- 8
قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَٰمٌۭ وَكَانَتِ ٱمْرَأَتِى عَاقِرًۭا وَقَدْ بَلَغْتُ مِنَ ٱلْكِبَرِ عِتِيًّۭا
Qaala Rabbi annaa yakoonu lee ghulaamunw wa kaanatim ra atee aaqiranw wa qad balaghtu minal kibari 'itiyyaa
U: «Ey Robbim, ayolim tugʻmas boʻlsa, oʻzim qarib-chirib qolgan boʻlsam, qanday qilib mening oʻgʻlim boʻlsin?!» – dedi.
- 9
قَالَ كَذَٰلِكَ قَالَ رَبُّكَ هُوَ عَلَىَّ هَيِّنٌۭ وَقَدْ خَلَقْتُكَ مِن قَبْلُ وَلَمْ تَكُ شَيْـًۭٔا
Qaala kazaalika qaala Rabbuka huwa 'alaiya haiyinunw wa qad khalaqtuka min qablu wa lam taku shai'aa
U: «Ana shunday! Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim. Holbuki, sen hech narsa emas eding», dedi.
- 10
قَالَ رَبِّ ٱجْعَل لِّىٓ ءَايَةًۭ ۚ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَٰثَ لَيَالٍۢ سَوِيًّۭا
Qaala Rabbij 'al leee Aayah; qaala Aayatuka allaa tukalliman naasa salaasa layaalin sawiyyaa
U: «Robbim, menga bir belgi ato qil», dedi. U zot: «Sening belging salomat holingda odamlarga uch kecha gapirmasligingdir», dedi.
- 11
فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ مِنَ ٱلْمِحْرَابِ فَأَوْحَىٰٓ إِلَيْهِمْ أَن سَبِّحُوا۟ بُكْرَةًۭ وَعَشِيًّۭا
Fakharaja 'alaa qawmihee minal mihraabi fa-awhaaa ilaihim an sabbihoo bukratanw wa 'ashiyyaa
Bas, oʻz qavmi huzuriga mehrobdan chiqdi va ularga, ertayu kech tasbih aytinglar, deb ishora qildi. [3]
[3] (Sogʻlom holda tildan qolgan Zakariyo alayhissalom mehrobda ibodat, tasbih va Tavrot tilovati bilan mashgʻul boʻldilar. Mehrobdan chiqib qavmlariga, ertayu kech Allohga tasbih aytinglar, deb ishora qildilar. Bu bilan qavmlarini birga ibodat qilishga, berilgan ulugʻ neʼmat shukronasini ado etishga chorladilar. Shu nuqtada Zakariyo alayhissalomga tegishli tarix xotima topadi. Yahyo alayhissalomning tavalludlari, hayotlariga taalluqli boshqa tarixlar bayon etilmay, bir yoʻla ul zotga kitob nozil etilish qissasi zikr etiladi.)
- 12
يَٰيَحْيَىٰ خُذِ ٱلْكِتَٰبَ بِقُوَّةٍۢ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْحُكْمَ صَبِيًّۭا
Yaa Yahyaa khuzil Kitaaba biquwwatinw wa aatainaahul hukma saiyyaa
«Ey Yahyo, kitobni quvvat-la ol!» (dedik). Va unga goʻdakligidayoq hukmni berdik. [4]
[4] (Alloh taolo Yahyo alayhissalomga, ilohiy Tavrotni quvvat bilan ol, demoqda. Oyatdagi: «Unga goʻdakligidayoq hukmni berdik», degan jumlani ulamolarimiz ilmu hikmat mazmunida taʼvil qilganlar.)
- 13
وَحَنَانًۭا مِّن لَّدُنَّا وَزَكَوٰةًۭ ۖ وَكَانَ تَقِيًّۭا
Wa hanaanam mil ladunnaa wa zakaatanw wa kaana taqiyyaa
Va Oʻz tomonimizdan mehribonlik va poklik (berdik). Hamda u taqvodor edi.
- 14
وَبَرًّۢا بِوَٰلِدَيْهِ وَلَمْ يَكُن جَبَّارًا عَصِيًّۭا
Wa barram biwaalidayhi wa lam yakum jabbaaran 'asiyyaa
U ota-onasiga mehribon boʻlib, jabr-sitam qilguvchi va isyonchi emasdi.
- 15
وَسَلَٰمٌ عَلَيْهِ يَوْمَ وُلِدَ وَيَوْمَ يَمُوتُ وَيَوْمَ يُبْعَثُ حَيًّۭا
Wa salaamun 'alaihi yawma wulida wa yawma yamootu wa yawma yub'asu haiyaa
Unga tugʻilgan kunida ham, oʻladigan kunida ham, qayta tiriladigan kunida ham salomlar boʻlsin.
- 16
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ مَرْيَمَ إِذِ ٱنتَبَذَتْ مِنْ أَهْلِهَا مَكَانًۭا شَرْقِيًّۭا
Wazkur fil Kitaabi Marya; izin tabazat min ahlihaa makaanan shariqyyaa
Kitobda Maryamni esla. U oʻz ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda...
- 17
فَٱتَّخَذَتْ مِن دُونِهِمْ حِجَابًۭا فَأَرْسَلْنَآ إِلَيْهَا رُوحَنَا فَتَمَثَّلَ لَهَا بَشَرًۭا سَوِيًّۭا
Fattakhazat min doonihim hijaaban fa arsalnaaa ilaihaa roohanaa fatamassala lahaa basharan sawiyyaa
Va ular bilan oʻzi orasida toʻsiq olganda, Biz unga Oʻz ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam boʻlib koʻrindi. [5]
[5] (Yaʼni, ey Muhammad, bu kitobda (Qurʼonda) Maryamni esla. Baytul Maqdisda yashayotgan, bokira, taqvodor qiz Maryam, shaharning sharqiy tomoniga yolgʻiz chiqdi. Nimaga chiqqanini Alloh biladi. Qavmidan hech kim Maryamni koʻrmaydigan boʻldi. U xoli va yolgʻiz qoldi. Jabroil alayhissalom Maryamga toʻla-toʻkis odam siymosida namoyon boʻldi. Alloh uni yaratgan asl holatida koʻrinmadi. Chunki bus-butun holida koʻrinsa, Maryam butkul dahshatga tushishi mumkin edi.)
- 18
قَالَتْ إِنِّىٓ أَعُوذُ بِٱلرَّحْمَٰنِ مِنكَ إِن كُنتَ تَقِيًّۭا
Qaalat inneee a'oozu bir Rahmaani minka in kunta taqiyyaa
U: «Men Rohmandan sendan panoh berishini soʻrayman. Agar taqvodor boʻlsang...» dedi.
- 19
قَالَ إِنَّمَآ أَنَا۠ رَسُولُ رَبِّكِ لِأَهَبَ لَكِ غُلَٰمًۭا زَكِيًّۭا
Qaala innamaa ana rasoolu Rabbiki li ahaba laki ghulaaman zakiyyaa
U: «Men Robbingning elchisiman, xolos, senga bir pok oʻgʻilni hadya etish uchun keldim», dedi.
- 20
قَالَتْ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَٰمٌۭ وَلَمْ يَمْسَسْنِى بَشَرٌۭ وَلَمْ أَكُ بَغِيًّۭا
Qaalat anna yakoonu lee ghulaamunw wa lam yamsasnee bashrunw wa lam aku baghiyyaa
U: « Menda qayoqdan oʻgʻil boʻlsin, menga bashar tegmagan boʻlsa, men buzuq ham boʻlmasam?!» – dedi.
- 21
قَالَ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ هُوَ عَلَىَّ هَيِّنٌۭ ۖ وَلِنَجْعَلَهُۥٓ ءَايَةًۭ لِّلنَّاسِ وَرَحْمَةًۭ مِّنَّا ۚ وَكَانَ أَمْرًۭا مَّقْضِيًّۭا
Qaala kazaaliki qaala Rabbuki huwa 'alaiya yaiyimunw wa linaj 'alahooo Aayatal linnaasi wa rahmatam minnaa; wa kaana amram maqdiyyaa
U: «Ana shunday, Robbing aytdiki, bu Men uchun osondir va uni odamlarga belgi qilish uchun hamda Bizdan rahmat boʻlishi uchun, bu hukmi chiqib boʻlgan ishdir», dedi.
- 22
۞ فَحَمَلَتْهُ فَٱنتَبَذَتْ بِهِۦ مَكَانًۭا قَصِيًّۭا
Fahamalat hu fantabazat bihee makaanan qasiyyaa
Bas, unga homilador boʻldi. Soʻngra, u bilan uzoq makonga chetlandi. [6]
[6] (Yaʼni, Jabroil alayhissalom Maryamning yoqasidan puflaganidan keyin Iyso alayhissalomga homilador boʻldi.)
- 23
فَأَجَآءَهَا ٱلْمَخَاضُ إِلَىٰ جِذْعِ ٱلنَّخْلَةِ قَالَتْ يَٰلَيْتَنِى مِتُّ قَبْلَ هَٰذَا وَكُنتُ نَسْيًۭا مَّنسِيًّۭا
Fa ajaaa 'ahal makhaadu ilaa jiz'in nakhlati qaalat yaa laitanee mittu qabla haazaa wa kuntu nasyam mansiyyaa
Bas, toʻlgʻoq uni xurmo tanasiga olib bordi. U: «Koshki, bundan oldin oʻlsam edi va butunlay unutilib ketsam edi», dedi.
- 24
فَنَادَىٰهَا مِن تَحْتِهَآ أَلَّا تَحْزَنِى قَدْ جَعَلَ رَبُّكِ تَحْتَكِ سَرِيًّۭا
Fanaadaahaa min tahtihaan allaa tahzanee qad ja'ala Rabbuki tahtaki sariyyaa
Uning ostidan: «Mahzun boʻlma, batahqiq, Robbing ostingdan oqar suv qildi.
- 25
وَهُزِّىٓ إِلَيْكِ بِجِذْعِ ٱلنَّخْلَةِ تُسَٰقِطْ عَلَيْكِ رُطَبًۭا جَنِيًّۭا
Wa huzzeee ilaiki bijiz 'in nakhlati tusaaqit 'alaiki rutaban janiyyaa
Xurmo tanasini silkit, senga yangi meva tushiradi», deb nido qildi. [7]
[7] (Tafsirchi ulamolarimiz ushbu oyati karimani ikki xil talqin qiladilar. Baʼzilar «Uning ostidan» iborasini xurmoning ostidan maʼnosida, «nido qildi» iborasini, farishta nido qildi mazmunida sharhlaganlar. Ayrim ulamolar esa, «Uning ostidan»ni «Maryamning ostidan» va «nido qildi»ni, Iyso nido qildi, deb talqin etganlar.)
- 26
فَكُلِى وَٱشْرَبِى وَقَرِّى عَيْنًۭا ۖ فَإِمَّا تَرَيِنَّ مِنَ ٱلْبَشَرِ أَحَدًۭا فَقُولِىٓ إِنِّى نَذَرْتُ لِلرَّحْمَٰنِ صَوْمًۭا فَلَنْ أُكَلِّمَ ٱلْيَوْمَ إِنسِيًّۭا
Fakulee washrabee wa qarree 'ainaa; fa immaa tarayinnna minal bashari ahadan faqooleee innee nazartu lir Rahmaani sawman falan ukallimal yawma insiyyaa
Ye, ich va koʻzing quvonsin. Bas, biror odamni koʻrar boʻlsang: «Men Rohmanga roʻza nazr qildim. Bugun inson zotiga zinhor gapirmasman», degin.
- 27
فَأَتَتْ بِهِۦ قَوْمَهَا تَحْمِلُهُۥ ۖ قَالُوا۟ يَٰمَرْيَمُ لَقَدْ جِئْتِ شَيْـًۭٔا فَرِيًّۭا
Fa atat bihee qawmahaa tahmiluhoo qaaloo yaa Maryamoo laqad ji'ti shai'an fariyyaa
Bas, uni koʻtarib qavmiga olib keldi. Ular: «Ey Maryam, sen ajoyib narsa keltirding-ku!
- 28
يَٰٓأُخْتَ هَٰرُونَ مَا كَانَ أَبُوكِ ٱمْرَأَ سَوْءٍۢ وَمَا كَانَتْ أُمُّكِ بَغِيًّۭا
Yaaa ukkhta Haaroona maa kaana abokim ra-a saw'inw wa maa kaanat ummuki baghiyyaa
Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq boʻlmagan edi-ku!» – dedilar. [8]
[8] (Bibi Maryam Iyso alayhissalomni koʻtarib qavmi huzuriga bordi. Qavm bu holni koʻrib hayratga tushdi. Darhol Maryamni tergab, dashnom bera boshladi.)
- 29
فَأَشَارَتْ إِلَيْهِ ۖ قَالُوا۟ كَيْفَ نُكَلِّمُ مَن كَانَ فِى ٱلْمَهْدِ صَبِيًّۭا
Fa ashaarat ilaih; qaaloo kaifa nukallimu man kaana fil mahdi sabiyyaa
Bas, unga ishorat qildi. Ular: «Beshikdagi yosh bola ila qanday gaplashamiz?!» – dedilar. [9]
[9] (Beshikdagi bola hech qachon gapirmaydi. Ammo Alloh har narsaga qodir. U xohlagan ish boʻladi. Beshikdagi goʻdak Iyso alayhissalom tilga kirdilar.)
- 30
قَالَ إِنِّى عَبْدُ ٱللَّهِ ءَاتَىٰنِىَ ٱلْكِتَٰبَ وَجَعَلَنِى نَبِيًّۭا
Qaala innee 'abdullaahi aataaniyal Kitaaba wa ja'alanee Nabiyyaa
U: «Albatta, men Allohning bandasiman. U menga kitob berdi va meni Paygʻambar qildi.
- 31
وَجَعَلَنِى مُبَارَكًا أَيْنَ مَا كُنتُ وَأَوْصَٰنِى بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱلزَّكَوٰةِ مَا دُمْتُ حَيًّۭا
Wa ja'alanee mubaarakan aina maa kuntu wa awsaanee bis Salaati waz Zakaati maa dumtu haiyaa
Meni qayerda boʻlsam ham, muborak qildi. Modomiki, hayot ekanman, namoz va zakotni ado etmoqni tavsiya qildi.
- 32
وَبَرًّۢا بِوَٰلِدَتِى وَلَمْ يَجْعَلْنِى جَبَّارًۭا شَقِيًّۭا
Wa barram biwaalidatee wa lam yaj'alnee jabbaaran shaqiyyaa
Meni volidamga mehribon qildi va jabr-sitam qilguvchi, badbaxt qilmadi.
- 33
وَٱلسَّلَٰمُ عَلَىَّ يَوْمَ وُلِدتُّ وَيَوْمَ أَمُوتُ وَيَوْمَ أُبْعَثُ حَيًّۭا
Wassalaamu 'alaiya yawma wulittu wa yawma amootu wa yawma ub'asu baiyaa
Menga tugʻilgan kunimda ham, oʻladigan kunimda ham va qayta tiriladigan kunimda ham salom bordir», dedi.
- 34
ذَٰلِكَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ ۚ قَوْلَ ٱلْحَقِّ ٱلَّذِى فِيهِ يَمْتَرُونَ
Zaalika 'Eesab-nu Marya; qawlal haqqil lazee feehi yamtaroon
Mana shu, shubha qilishayotgan Iyso ibn Maryam toʻgʻrisidagi haq soʻzdir. [10]
[10] (Baʼzilar uni «xudo» dedilar, baʼzilar onalari Bibi Maryamni zinokorlikda aybladilar. Bu quruq va asossiz soʻzlarga emas, Allohning haq kalomiga ishonish kerak.)
- 35
مَا كَانَ لِلَّهِ أَن يَتَّخِذَ مِن وَلَدٍۢ ۖ سُبْحَٰنَهُۥٓ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًۭا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ
Maa kaana lillaahi ai yattakhiza minw waladin Subhaanah; izaa qadaaa amran fa innamaa yaqoolu lahoo kun fa yakoon
Bola tutmoq Allohga hech toʻgʻri kelmas. U bundan pokdir. U bir ishni istasa, unga «Boʻl!» deydi. Bas, boʻladi.
- 36
وَإِنَّ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ
Wa innal laaha Rabbee wa Rabbukum fa'budooh; haazaa Siraatum Mustaqeem
«Va, albatta, Alloh mening Robbimdir va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu toʻgʻri yoʻldir.»
- 37
فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن مَّشْهَدِ يَوْمٍ عَظِيمٍ
Fakhtalafal ahzaabu mim bainihim fawailul lillazeena kafaroo mim mashhadi Yawmin 'azeem
Soʻngra, firqalar oʻzaro ixtilofga tushdilar. Kufr keltirganlarga buyuk kundagi koʻrinishdan voy boʻlsin. [11]
[11] (Nasorolar hozirgacha Iyso alayhissalom xususida ixtilofdalar. Baʼzilari, Iyso Allohning oʻgʻli desa, baʼzilari Iyso ota, oʻgʻil va muqaddas ruhdan iborat uchlikning biri deydi; baʼzilari esa, Iyso ota xudo, ona xudo va bola xudodan biri — bola oʻgʻil xudo, deydilar. Ularning orasida Iyso alayhissalom Allohning bandasi, Rasuli, ruhi va kalimasi deydiganlar ham bor. Ammo hanuzgacha mazkur ixtiloflar davom etib kelmoqda.)
- 38
أَسْمِعْ بِهِمْ وَأَبْصِرْ يَوْمَ يَأْتُونَنَا ۖ لَٰكِنِ ٱلظَّٰلِمُونَ ٱلْيَوْمَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ
Asmi' bihim wa absir Yawma yaatoonanaa laakiniz zaalimoonal yawma fee dalaalim mubeen
Bizga keladigan kuni qanday ham yaxshi eshitarlar, qanday ham yaxshi koʻrarlar. Lekin zolimlar bugungi kunda ochiq zalolatdadirlar.
- 39
وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ ٱلْحَسْرَةِ إِذْ قُضِىَ ٱلْأَمْرُ وَهُمْ فِى غَفْلَةٍۢ وَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Wa anzirhum Yawmal hasrati iz qudiyal amr; wa hum fee ghaflatinw wa hum laa yu'minoon
Ularni hasrat kunidan, ish bitmish paytidan ogoh qil. Ular gʻaflatdadirlar, ular iymon keltirmaslar.
- 40
إِنَّا نَحْنُ نَرِثُ ٱلْأَرْضَ وَمَنْ عَلَيْهَا وَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ
Innaa NNahnu narisul arda wa man 'alaihaa wa ilainaa yurja'oon
Albatta, Biz yerga va uning ustidagi kimsalarga merosxoʻr boʻlamiz va Bizgagina qayturlar.
- 41
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ إِبْرَٰهِيمَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقًۭا نَّبِيًّا
Wazkur fil Kitaabi Ibraaheem; innahoo kaana siddeeqan Nabiyyaa
Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy boʻlgan edi.
- 42
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ يَٰٓأَبَتِ لِمَ تَعْبُدُ مَا لَا يَسْمَعُ وَلَا يُبْصِرُ وَلَا يُغْنِى عَنكَ شَيْـًۭٔا
Iz qaala li abeehi yaaa abati lima ta'budu maa laa yasma'u wa laa yubsiru wa laa yughnee 'anka shai'aa
Qachonki u otasiga: «Ey otajon, nima uchun eshitmaydigan, koʻrmaydigan va senga biron foyda bermaydigan narsaga ibodat qilasan?
- 43
يَٰٓأَبَتِ إِنِّى قَدْ جَآءَنِى مِنَ ٱلْعِلْمِ مَا لَمْ يَأْتِكَ فَٱتَّبِعْنِىٓ أَهْدِكَ صِرَٰطًۭا سَوِيًّۭا
Yaaa abati innee qad jaaa'anee minal 'ilmi maa lam yaatika fattabi'neee ahdika siraatan Sawiyyaa
Ey otajon, albatta, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergash, seni toʻgʻri yoʻlga boshlayman.
- 44
يَٰٓأَبَتِ لَا تَعْبُدِ ٱلشَّيْطَٰنَ ۖ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ كَانَ لِلرَّحْمَٰنِ عَصِيًّۭا
Yaaa abati laa ta'budish Shaitaana innash Shaitaana kaana lir Rahmaani 'asiyyaa
Ey otajon, shaytonga ibodat qilma. Albatta, shayton Rohmanga osiy boʻlgandir.
- 45
يَٰٓأَبَتِ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يَمَسَّكَ عَذَابٌۭ مِّنَ ٱلرَّحْمَٰنِ فَتَكُونَ لِلشَّيْطَٰنِ وَلِيًّۭا
Yaaa abati innee akhaafu ai yamssaka 'azaabum minar Rahmaani fatakoona lish Shaitaani waliyyaa
Ey otajon, albatta, men seni Rohman tomonidan azob tutishidan va shaytonga doʻst boʻlib qolishingdan qoʻrqaman», degan edi.
- 46
قَالَ أَرَاغِبٌ أَنتَ عَنْ ءَالِهَتِى يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ ۖ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ لَأَرْجُمَنَّكَ ۖ وَٱهْجُرْنِى مَلِيًّۭا
Qaala araaghibun anta 'an aalihatee yaaa Ibraaheemu la 'il lam tantahi la arjumannaka wahjumee maliyyaa
U: «Ey Ibrohim, sen mening xudolarimdan yuz oʻgiruvchimisan?! Qasamki, agar toʻxtamasang, seni, albatta, toshboʻron qilaman! Mendan uzoq ket!» – dedi.
- 47
قَالَ سَلَٰمٌ عَلَيْكَ ۖ سَأَسْتَغْفِرُ لَكَ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ بِى حَفِيًّۭا
Qaala salaamun 'alaika sa astaghfiru laka Rabbeee innahoo kaana bee hafiyyaa
U: «Omon boʻl. Endi Robbimdan seni magʻfirat qilishini soʻrayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir.
- 48
وَأَعْتَزِلُكُمْ وَمَا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَأَدْعُوا۟ رَبِّى عَسَىٰٓ أَلَّآ أَكُونَ بِدُعَآءِ رَبِّى شَقِيًّۭا
Wa a'tazilukum wa maa tad'oona min doonil laahi wa ad'o Rabbee 'asaaa allaaa akoona bidu'aaa'i Rabbee shaqiyyaa
Men sizlardan ham, Allohdan oʻzga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt boʻlmasam», dedi.
- 49
فَلَمَّا ٱعْتَزَلَهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ۖ وَكُلًّۭا جَعَلْنَا نَبِيًّۭا
Falamma' tazalahum wa maa ya'budoona min doonil laahi wahabnaa lahoo is-haaqa wa ya'qoob, wa kullan ja'alnaa Nabiyyaa
Bas, ulardan va ular Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsadan chetlanganida, Biz unga Isʼhoq va Yaʼqubni hadya etdik va barchalarini Paygʻambar qildik. [12]
[12] (Ibrohim alayhissalom Allohni, Uning dinini deb oʻz vatanlari, qavm-qarindoshlarini tark etib, hijrat qilgan edilar. Alloh taolo u zotni yolgʻiz qoʻymadi. Qarib qolgan boʻlsalar ham, Isʼhoq va Yaʼqubni berdi. Ibrohim alayhissalom nasabini bardavom ayladi. Eng muhimi, ularning hammasini paygʻambar qildi.)
- 50
وَوَهَبْنَا لَهُم مِّن رَّحْمَتِنَا وَجَعَلْنَا لَهُمْ لِسَانَ صِدْقٍ عَلِيًّۭا
Wa wahabnaa lahum mirrahmatinaa wa ja'alnaa lahum lisaana sidqin 'aliyyaa
Va ularga Oʻz rahmatimizdan hadya etdik hamda ularga rostgoʻy va oliy til berdik.
- 51
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ مُوسَىٰٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مُخْلَصًۭا وَكَانَ رَسُولًۭا نَّبِيًّۭا
Wazkur fil Kitaabi Moosaaa; innahoo kaana mukhlasanw wa kaana Rasoolan Nabiyyaa
Kitobda Musoni esla. Albatta, u tanlab olingan Nabiy va Rasul edi. [13]
[13] (Ey Muhammad, ilohiy Kitob — Qurʼonda Muso alayhissalom qissasini esla. U Alloh taolo tomonidan tanlab olingan banda: ham Nabiy va ham Rasul edi. Biz Alloh tomonidan bandalarga yetkazish uchun koʻrsatmalar olgan shaxsni paygʻambar deb odatlanib qolganmiz. Aslida esa, paygʻambarlik mohiyat jihatidan ikki turlidir. Bir turlariga «Nabiy», boshqalariga «Rasul» deyiladi. Nabiylar Allohdan vahiy kelgan, biroq kitob berilmagan, shuningdek, daʼvatlari keng ommaga emas, oʻzlari uchungina kifoya qilgan zotlardir. Rasul Alloh tomonidan vahiy berilgan, daʼvatlari keng ommaga moʻljallangan zot hisoblanadilar. Muso alayhissalom ushbu ikki sifatni oʻzlarida mujassam qilgan paygʻambarlardan biridir.)
- 52
وَنَٰدَيْنَٰهُ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ ٱلْأَيْمَنِ وَقَرَّبْنَٰهُ نَجِيًّۭا
Wa naadainaahu min jaanibit Tooril aimani wa qarrabnaahu najiyyaa
Biz unga Turning oʻng tomonidan nido qildik va munojot uchun Oʻzimizni yaqinlashtirdik.
- 53
وَوَهَبْنَا لَهُۥ مِن رَّحْمَتِنَآ أَخَاهُ هَٰرُونَ نَبِيًّۭا
Wa wahabnaa lahoo mir rahmatinaaa akhaahu Haaroona Nabiyyaa
Va unga Oʻz rahmatimizdan ogʻasi Horunni Paygʻambar qilib hadya etdik. [14]
[14] (Ogʻalari Horunning paygʻambar boʻlishini Muso alayhissalomning oʻzlari Alloh taologa duo qilib soʻragan edilar.)
- 54
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ إِسْمَٰعِيلَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صَادِقَ ٱلْوَعْدِ وَكَانَ رَسُولًۭا نَّبِيًّۭا
Wazkur fil Kitaabi ismaa'eel; innahoo kaana saadiqal wa'di wa kaana Rasoolan Nabiyyaa
Va kitobda Ismoilni esla. Albatta, u vaʼdasiga sodiq hamda Rasul va Nabiy boʻlgan edi.
- 55
وَكَانَ يَأْمُرُ أَهْلَهُۥ بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱلزَّكَوٰةِ وَكَانَ عِندَ رَبِّهِۦ مَرْضِيًّۭا
Wa kaana yaamuru ahlahoo bis Salaati waz zakaati wa kaana 'inda Rabbihee mardiyyaa
U ahlini namozga va zakotga buyurar edi va Robbi huzurida rozi boʻlingan edi.
- 56
وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَٰبِ إِدْرِيسَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقًۭا نَّبِيًّۭا
Wazkur fil Kitaabi Idrees; innahoo kaana siddeeqan Nabiyyaa
Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy boʻlgan edi.
- 57
وَرَفَعْنَٰهُ مَكَانًا عَلِيًّا
Wa rafa'naahu makaanan 'aliyyaa
Va uni oliy maqomga koʻtardik. [15]
[15] (Uning qadrini yuksak, zikrini oliy qildik. Dunyoda shunday oliymaqom zotlar oʻtgan.)
- 58
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّۦنَ مِن ذُرِّيَّةِ ءَادَمَ وَمِمَّنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍۢ وَمِن ذُرِّيَّةِ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْرَٰٓءِيلَ وَمِمَّنْ هَدَيْنَا وَٱجْتَبَيْنَآ ۚ إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُ ٱلرَّحْمَٰنِ خَرُّوا۟ سُجَّدًۭا وَبُكِيًّۭا ۩
Ulaaa'ikal lazeena an'amal laahu 'alaihim minan Nabiyyeena min zurriyyati Aadama wa mimman hamalnaa ma'a Noohinw wa min zurriyyati Ibraaheema wa Israaa'eela wa mimman hadainaa wajta bainaaa; izaa tutlaa 'alaihim Aayaatur Rahmaani kharroo sujjadanw wa bukiyyaa
Ana oʻshalar, Alloh neʼmat bergan zotlar Paygʻambarlardan, Odam zurriyotidan, Nuh bilan birga (kemada) koʻtarganlarimizdan, Ibrohim va Isroilning zurriyotidan, oʻzimiz hidoyat qilgan va tanlab olganlardandir. Ularga Rohmanning oyati tilovat qilinsa, yigʻlab sajdaga yiqilardilar.
- 59
۞ فَخَلَفَ مِنۢ بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّبَعُوا۟ ٱلشَّهَوَٰتِ ۖ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيًّا
Fakhalafa mim ba'dihim khalfun adaa'us Salaata wattaba'ush shahawaati fasawfa yalqawna ghaiyaa
Bas, ularning ortidan bir oʻrinbosarlar qoldiki, ular namozni zoye qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda ular yomonlikka yoʻliqdilar. [16]
[16] (Rohmanning oyati tilovat qilinganda yigʻlab, sajdaga otiladigan hassos zotlar ortidan, nobakor, fosiq va betavfiq oʻrinbosarlar keldi. Bu betavfiq kimsalar namozni zoye qildilar, shahvatga ergashadilar. Shahvatga ergashgan zalolatga yuz buradi. Zalolatga ketganga esa, halokat yetadi.)
- 60
إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَأُو۟لَٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْـًۭٔا
Illaa man taaba wa aamana wa 'amila saalihan fa ulaaa'ika yadkhuloonal jannata wa laa yuzlamoona shai'aa
Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, amali solih qilsa, bas, ana oʻshalar jannatga kirurlar va hech zulm qilinmaslar. [17]
[17] (Kim tavba qilsa, noshoyista amalidan afsus-nadomat chekib, toʻgʻri yoʻlga qaytsa, soʻngra iymon keltirib, moʻmin boʻlsa va yaxshi amallarni ado etsa, yomonlikka uchramaydi.)
- 61
جَنَّٰتِ عَدْنٍ ٱلَّتِى وَعَدَ ٱلرَّحْمَٰنُ عِبَادَهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ وَعْدُهُۥ مَأْتِيًّۭا
Jannaati 'adninil latee wa'adar Rahmaanu ibaadahoo bilghaib; innahoo kaana wa'duhoo maatiyyaa
Rohman Oʻz bandalariga gʻaybdan vaʼda qilgan adn jannatlaridir. Albatta, Uning vaʼdasi kelgusidir.
- 62
لَّا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا إِلَّا سَلَٰمًۭا ۖ وَلَهُمْ رِزْقُهُمْ فِيهَا بُكْرَةًۭ وَعَشِيًّۭا
Laa yasma'oona feehaa laghwan illaa salaamaa; wa lahum rizquhum feehaa bukratanw wa 'ashiyyaa
Ular unda behuda soʻz eshitmaslar, illo, salom eshiturlar. Ularga u yerda ertayu kech rizqlari kelib turur.
- 63
تِلْكَ ٱلْجَنَّةُ ٱلَّتِى نُورِثُ مِنْ عِبَادِنَا مَن كَانَ تَقِيًّۭا
Tilkal jannatul latee oorisu min 'ibaadinaa man kaana taqiyyaa
U, bandalarimizdan taqvodor boʻlganlariga meros qilib beradigan jannatimizdir.
- 64
وَمَا نَتَنَزَّلُ إِلَّا بِأَمْرِ رَبِّكَ ۖ لَهُۥ مَا بَيْنَ أَيْدِينَا وَمَا خَلْفَنَا وَمَا بَيْنَ ذَٰلِكَ ۚ وَمَا كَانَ رَبُّكَ نَسِيًّۭا
Wa maa natanazzalu illaa bi amri Rabbika lahoo maa baina aideenaa wa maa khalfanaa wa maa baina zaalik; wa maa kaana Rabbuka nasiyyaa
Biz faqat Robbingning amri bilangina tushamiz. Bizning oldimizdagi narsalar va ortimizdagi narsalar hamda ularning orasidagi narsalar ham Unikidir. Robbing unutguvchi boʻlmagan. [18]
[18] (Yaʼni, ey Muhammad, bizda oʻzimizcha tushaverish ixtiyori yoʻq. Qachonki amr qilsagina, huzuringga tushamiz. Aks holda, amrni kutib turaveramiz. Jamiki narsa Allohning izmida. Bizning oldimizdagi va ortimizdagi hamda har ikkisining orasidagi narsalar Unikidir.)
- 65
رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَٱعْبُدْهُ وَٱصْطَبِرْ لِعِبَٰدَتِهِۦ ۚ هَلْ تَعْلَمُ لَهُۥ سَمِيًّۭا
Rabbus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa fa'bud hu wastabir li'ibaadatih; hal ta'lamu lahoo samiyyaa
U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli boʻl. Unga tengdoshni bilurmisan? [19]
[19] (Inson sabr-matonat ila Allohga ibodat qilib, butun hayotini uning koʻrsatmasiga mos etib yashagandagina maqsadga noil boʻladi.)
- 66
وَيَقُولُ ٱلْإِنسَٰنُ أَءِذَا مَا مِتُّ لَسَوْفَ أُخْرَجُ حَيًّا
Wa yaqoolul insaanu 'aizaa maa mittu lasawfa ukhraju haiyaa
Inson: «Agar oʻlsam, yana qayta tirik holda chiqarilamanmi?!» – deydi.
- 67
أَوَلَا يَذْكُرُ ٱلْإِنسَٰنُ أَنَّا خَلَقْنَٰهُ مِن قَبْلُ وَلَمْ يَكُ شَيْـًۭٔا
awalaa yazkurul insaanu annaa khalaqnaahu min qablu wa lam yaku shai'aa
Oʻsha inson Biz uni bundan oldin hech narsa boʻlmay turganida yaratganimizni eslamaydimi?!
- 68
فَوَرَبِّكَ لَنَحْشُرَنَّهُمْ وَٱلشَّيَٰطِينَ ثُمَّ لَنُحْضِرَنَّهُمْ حَوْلَ جَهَنَّمَ جِثِيًّۭا
Fawa Rabbika lanahshu rannahum wash shayaateena summa lanuhdirannahum hawla jahannama jisiyyaa
Robbingga qasamki, Biz ularni va shaytonlarni, albatta, mahsharga toʻplaymiz, soʻngra, ularni jahannam atrofiga tiz choʻkkan hollarida hozir qilamiz.
- 69
ثُمَّ لَنَنزِعَنَّ مِن كُلِّ شِيعَةٍ أَيُّهُمْ أَشَدُّ عَلَى ٱلرَّحْمَٰنِ عِتِيًّۭا
Summa lananzi 'anna min kulli shee'atin aiyuhum ashaddu 'alar Rahmaani 'itiyyaa
Soʻngra, har bir guruhdan Rohmanga ashaddiy osiy boʻlganini sugʻurib olamiz. [20]
[20] (Anchayin chorlab yoxud taklif qilib emas, shiddat bilan sugʻurib olinadi. Demak, kofirlar shaytonlari bilan jahannam atrofiga oʻtqazib qoʻyilib, qilgan gunohlariga qarab birin-ketin doʻzaxga tashlanadilar. Qolganlari navbat kutib, kuzatib turadilar.)
- 70
ثُمَّ لَنَحْنُ أَعْلَمُ بِٱلَّذِينَ هُمْ أَوْلَىٰ بِهَا صِلِيًّۭا
Summa lanahnu a'lamu billazeena hum awlaa bihaa siliyyaa
Keyin, albatta, Biz u(jahannam)ga kirishga kimlar loyiqroq ekanini yaxshi bilguvchimiz.
- 71
وَإِن مِّنكُمْ إِلَّا وَارِدُهَا ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ حَتْمًۭا مَّقْضِيًّۭا
Wa im minkum illaa waa riduhaa; kaana 'alaa Rabbika hatmam maqdiyyaa
Sizdan unga yaqinlashuvchi boʻlmagan hech kim yoʻq. Bu, Robbing huzuridagi keskin hukmdir. [21]
[21] (Alloh taolo Anbiyo surasida moʻminlar haqida: «Ana oʻshalar u (jahannam)dan uzoqlashtirilganlar, uning ovozini ham eshitmaydilar» degan, shuning uchun ham bu oyatga «Sizdan unga yaqinlashuvchi boʻlmagan hech kim yoʻq», deb maʼno bersak asliga muvofiq boʻladi. Binobarin, moʻminlar jahannamga, xususan, sirotdan oʻtayotganlarida yaqinlashadilar, biroq tushmay oʻtib ketadilar. Kofirlar esa, yaqinlashib, jahannam atrofida tiz choʻkib oʻtiradilar va gunohlariga mos ravishda ketma-ket doʻzaxga tashlanadilar.)
- 72
ثُمَّ نُنَجِّى ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوا۟ وَّنَذَرُ ٱلظَّٰلِمِينَ فِيهَا جِثِيًّۭا
Summa nunajjil lazeenat taqaw wa nazaruz zaalimeena feehaa jisiyyaa
Soʻngra, taqvo qilganlarga najot beramiz va zolimlarni unda tiz choʻkkan hollarida qoldiramiz.
- 73
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَىُّ ٱلْفَرِيقَيْنِ خَيْرٌۭ مَّقَامًۭا وَأَحْسَنُ نَدِيًّۭا
Wa izaa tutlaa 'alaihim Aayaatunaa baiyinaatin qaalal lazeena kafaroo lillazeena aamanooo aiyul fareeqaini khairum maqaamanw wa ahsanu nadiyyaa
Qachonki ularga Bizning ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Ikki guruhning qaysi biri maqom va majlis jihatidan yaxshiroqdir?» – derlar.
- 74
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَحْسَنُ أَثَٰثًۭا وَرِءْيًۭا
Wa kam ahlaknaa qablahum min qarnin hum ahsanu asaasanw wa ri'yaa
Holbuki, Biz ulardan oldin mol va koʻrinish jihatidan yaxshiroq boʻlgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganmiz.
- 75
قُلْ مَن كَانَ فِى ٱلضَّلَٰلَةِ فَلْيَمْدُدْ لَهُ ٱلرَّحْمَٰنُ مَدًّا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوْا۟ مَا يُوعَدُونَ إِمَّا ٱلْعَذَابَ وَإِمَّا ٱلسَّاعَةَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ شَرٌّۭ مَّكَانًۭا وَأَضْعَفُ جُندًۭا
Qul man kaana fidda laalati falyamdud lahur Rahmaanu maddaa; hattaaa izaa ra aw maa yoo'adoona immal 'azaaba wa immas Saa'ata fasa ya'lamoona man huwa sharrum makaananw wa ad'afu jundaa
Sen: «Kim zalolatda boʻlsa, Rohman unga muhlat berib qoʻysin. Toki oʻzlariga vaʼda qilingan narsani — azobni yoki qiyomatni koʻrganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar», degin.
- 76
وَيَزِيدُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱهْتَدَوْا۟ هُدًۭى ۗ وَٱلْبَٰقِيَٰتُ ٱلصَّٰلِحَٰتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًۭا وَخَيْرٌۭ مَّرَدًّا
Wa yazeedul laahul lazeenah tadaw hudaa; wal baaqiyaatus saalihaatu khairun 'inda Rabbika sawaabanw wa khairum maraddaa
Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir.
- 77
أَفَرَءَيْتَ ٱلَّذِى كَفَرَ بِـَٔايَٰتِنَا وَقَالَ لَأُوتَيَنَّ مَالًۭا وَوَلَدًا
Afara'aytal lazee kafara bi Aayaatinaa wa qaala la oota yanna maalanw wa waladaa
Oyatlarimizga kufr keltirgan va: «Albatta, (oxiratda) menga molu dunyo hamda bola-chaqa berilajak», deganni koʻrdingmi?!
- 78
أَطَّلَعَ ٱلْغَيْبَ أَمِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحْمَٰنِ عَهْدًۭا
Attala'al ghaiba amitta khaza'indar Rahmaani 'ahdaa
U gʻoyibni bilarmikan yoki Rohmanning huzuridan ahdu paymon oldimikan?! [22]
[22] (Gʻoyibda unga oxiratda albatta molu dunyo hamda bola-chaqa berilishi muqarrar ekanligi haqida alomat bormikan?)
- 79
كَلَّا ۚ سَنَكْتُبُ مَا يَقُولُ وَنَمُدُّ لَهُۥ مِنَ ٱلْعَذَابِ مَدًّۭا
Kallaa; sanaktubu maa yaqoolu wa namuddu lahoo minal 'azaabi maddaa
Yoʻq! Nima deganini albatta yozib qoʻyamiz va unga azobni uzundan-uzoq qilamiz.
- 80
وَنَرِثُهُۥ مَا يَقُولُ وَيَأْتِينَا فَرْدًۭا
Wa narisuhoo maa yaqoolu wa yaateenaa fardaa
U aytayotgan narsaga merosxoʻr boʻlurmiz va u Bizga yolgʻiz holida kelur. [23]
[23] (Kofir molu mulk, bola-chaqa va boshqa dunyoviy narsalaridan judo boʻlgan yolgʻiz holida bizga — huzurimizga keladi. Oʻsha payt u bilan qanday muomala qilishni oʻzimiz bilamiz.)
- 81
وَٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةًۭ لِّيَكُونُوا۟ لَهُمْ عِزًّۭا
Wattakhazoo min doonil laahi aalihatal liyakoonoo lahum 'izzaa
Ular oʻzlariga kuch-qudrat, izzat boʻlishi uchun Allohdan oʻzgalarni «xudo» qilib oldilar.
- 82
كَلَّا ۚ سَيَكْفُرُونَ بِعِبَادَتِهِمْ وَيَكُونُونَ عَلَيْهِمْ ضِدًّا
Kallaa; sa yakfuroona bi'ibaadatihim wa yakoonoona 'alaihim diddaa
Yoʻq! U(«xudo»)lar ularning ibodatlarini inkor eturlar va ularga zid boʻlurlar. [24]
[24] (Qiyomat kuni soxta xudolar mushriklarning ularga qilgan ibodatini, bandaligini inkor etadilar. Biz ularga, bizga ibodat qiling deganimiz yoʻq, deb Alloh huzurida oʻzlarini oqlaydilar.)
- 83
أَلَمْ تَرَ أَنَّآ أَرْسَلْنَا ٱلشَّيَٰطِينَ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ تَؤُزُّهُمْ أَزًّۭا
Alam tara annaaa arsalnash Shayaateena 'alal kaafireena ta'uzzuhum azzaa
Biz shaytonlarni kofirlarga ularni doimiy qoʻzgʻab turishga yuborganimizni koʻrmadingmi?
- 84
فَلَا تَعْجَلْ عَلَيْهِمْ ۖ إِنَّمَا نَعُدُّ لَهُمْ عَدًّۭا
Falaa ta'jal alaihim innamaa na 'uddu lahum 'addaa
Ularning ziddiga shoshilma! Biz ularning sanogʻini sanamoqdamiz.
- 85
يَوْمَ نَحْشُرُ ٱلْمُتَّقِينَ إِلَى ٱلرَّحْمَٰنِ وَفْدًۭا
Yawma nahshurul muttaqeena ilar Rahmaani wafdaa
Taqvodorlarni Rohman huzuriga mehmon hayʼati etib toʻplagan kunimizda.
- 86
وَنَسُوقُ ٱلْمُجْرِمِينَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ وِرْدًۭا
Wa nasooqul mujrimeena ilaa Jahannama wirdaa
Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz.
- 87
لَّا يَمْلِكُونَ ٱلشَّفَٰعَةَ إِلَّا مَنِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحْمَٰنِ عَهْدًۭا
Laa yamlikoonash shafaa'ta illaa manittakhaza 'indar Rahmaani 'ahdaa
Ular shafoatga molik boʻlmaslar. Magar kim Rohman huzurida ahdu paymon olgan boʻlsa (molik boʻlar). [25]
[25] (Shafoatga molik boʻlganlar faqat Allohning Oʻzidan bu haqda ahdu paymon olganlardir, xolos.)
- 88
وَقَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَلَدًۭا
Wa qaalut takhazar Rahmaanu waladaa
Ular: «Rohman bola tutdi», dedilar.
- 89
لَّقَدْ جِئْتُمْ شَيْـًٔا إِدًّۭا
Laqad ji'tum shai'an iddaa
Batahqiq, juda ogʻir narsa keltirdingiz.
- 90
تَكَادُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ يَتَفَطَّرْنَ مِنْهُ وَتَنشَقُّ ٱلْأَرْضُ وَتَخِرُّ ٱلْجِبَالُ هَدًّا
Takaadus samaawaatu yatafattarna minhu wa tanshaq qul ardu wa takhirrul jibaalu haddaa
Undan osmonlar parchalanib, yer yorilib, togʻlar qulab yiqilay deydi.
- 91
أَن دَعَوْا۟ لِلرَّحْمَٰنِ وَلَدًۭا
An da'aw lir Rahmaani waladaa
Rohmanning bolasi bor, deganlariga.
- 92
وَمَا يَنۢبَغِى لِلرَّحْمَٰنِ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًا
Wa maa yambaghee lir Rahmaani ai yattakhiza waladaa
Rohmanga bola tutish loyiq emasdir. [26]
[26] (Uning bola tutishga hojati yoʻq. U farzand talabida emas. Bu uning shaʼniga toʻgʻri kelmaydi. Rohman yakkadir. Vohid va Biru Bordir.)
- 93
إِن كُلُّ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ إِلَّآ ءَاتِى ٱلرَّحْمَٰنِ عَبْدًۭا
In kullu man fis samaawaati wal ardi illaaa aatir Rahmaani 'abdaa
Osmonlaru yerdagi barcha kimsalar Rohmanga banda boʻlgan hollarida kelurlar.
- 94
لَّقَدْ أَحْصَىٰهُمْ وَعَدَّهُمْ عَدًّۭا
Laqad ahsaahum wa addahum 'addaa
Batahqiq, U zot ularni ihota qilgan va sanab qoʻygandir.
- 95
وَكُلُّهُمْ ءَاتِيهِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فَرْدًا
Wa kulluhum aateehi Yawmal Qiyaamati fardaa
Ularning barchalari U zotning huzuriga qiyomat kuni yolgʻiz hollarida kelguvchidirlar.
- 96
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَيَجْعَلُ لَهُمُ ٱلرَّحْمَٰنُ وُدًّۭا
Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati sa yaj'alu lahumur Rahmaanu wuddaa
Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo qilur.
- 97
فَإِنَّمَا يَسَّرْنَٰهُ بِلِسَانِكَ لِتُبَشِّرَ بِهِ ٱلْمُتَّقِينَ وَتُنذِرَ بِهِۦ قَوْمًۭا لُّدًّۭا
Fa innamaa yassarnaahu bilisaanika litubashshira bihil muttaqeena wa tunzira bihee qawmal luddaa
Bas, albatta, taqvodorlarga xushxabar berishing va u bilan sarkash qavmlarni ogohlantirishing uchun u(Qurʼon)ni tilingga oson qildik.
- 98
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هَلْ تُحِسُّ مِنْهُم مِّنْ أَحَدٍ أَوْ تَسْمَعُ لَهُمْ رِكْزًۢا
Wa kam ahlaknaa qabla hum min qarnin hal tuhissu minhum min ahadin aw tasma'u lahum rikzaa
Ulardan oldin qanchadan-qancha asr(ahli)ni halok qildik. Ulardan birortasini his etasanmi yoki sharpasini eshitasanmi?!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
