Sura 18

Kahf

الكَهۡفِ

Al-Kahf · Makkiy · 110 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ عَلَىٰ عَبْدِهِ ٱلْكِتَٰبَ وَلَمْ يَجْعَل لَّهُۥ عِوَجَا ۜ

    Alhamdu lillaahil lazeee anzala 'alaa 'abdihil kitaaba wa lam yaj'al lahoo 'iwajaa

    Oʻz bandasiga kitob nozil etgan va unda hech bir egrilik qilmagan Allohga hamd boʻlsin.

  2. 2

    قَيِّمًۭا لِّيُنذِرَ بَأْسًۭا شَدِيدًۭا مِّن لَّدُنْهُ وَيُبَشِّرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا حَسَنًۭا

    Qaiyimal liyunzira baasan shadeedam mil ladunhu wa yubashshiral mu'mineenal lazeena ya'maloonas saalihaati anna lahum ajran hasanaa

    Uni toʻgʻri qilgan; Oʻz huzuridan boʻladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan; yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga, ularga goʻzal ajr boʻlishi bashoratini beradigan qilgan Zotga.

  3. 3

    مَّٰكِثِينَ فِيهِ أَبَدًۭا

    Maakiseena feehi abadaa

    (Ular) u(ajr)da abadiy qolguvchidirlar.

  4. 4

    وَيُنذِرَ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًۭا

    Wa yunziral lazeena qaalut takhazal laahu waladaa

    Va, Alloh Oʻziga bola tutdi, deganlarni ogohlantirish uchun. [1]

    [1] (Qurʼonni nozil qilgan Allohga hamd boʻlsin.)

  5. 5

    مَّا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍۢ وَلَا لِءَابَآئِهِمْ ۚ كَبُرَتْ كَلِمَةًۭ تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَٰهِهِمْ ۚ إِن يَقُولُونَ إِلَّا كَذِبًۭا

    Maa lahum bihee min 'ilminw wa laa li aabaaa'ihim; kaburat kalimatan takhruju min afwaahihim; iny yaqooloona illaa kazibaa

    Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmi yoʻqdir. Ogʻizlaridan chiqadigan soʻz qanday ham ogʻir. Ular yolgʻondan boshqani aytmaslar. [2]

    [2] (Holbuki, oʻzlari toʻqiydilarmi yoki ota-bobolariga suyanib gapiradilarmi — baribir ularning bu daʼvolarida zarracha ilmiylik yoʻq. Bu daʼvo johilona aytilgan quruq gap, xolos. Alloh haqida bilmay turib gapirish juda ogʻir. Ayniqsa, ilmsizlarcha, johillik bilan, Alloh Oʻziga bola tutdi, deyish yana ham ogʻir.)

  6. 6

    فَلَعَلَّكَ بَٰخِعٌۭ نَّفْسَكَ عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِمْ إِن لَّمْ يُؤْمِنُوا۟ بِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَسَفًا

    Fala'allaka baakhi'un nafsaka 'alaaa aasaarihim illam yu;minoo bihaazal hadeesi asafaa

    Ular bu soʻzga iymon keltirmasalar, ehtimol, ularning ortidan taassuf ila oʻzingni halok etmoqchi boʻlarsan?! [3]

    [3] (Yaʼni, mushriklar Qurʼonga iymon keltirmasalar, ularga afsuslanib, oʻzingni oʻzing qiynarsan? Yoʻq, bunday qilma. Ular bunga arzimaydilar.)

  7. 7

    إِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى ٱلْأَرْضِ زِينَةًۭ لَّهَا لِنَبْلُوَهُمْ أَيُّهُمْ أَحْسَنُ عَمَلًۭا

    Innaa ja'alnaa ma 'alal ardi zeenatal lahaa linabluwahum ayyuhum ahsanu 'amalaa

    Biz yer yuzidagi narsalarni, ularning qaysilari goʻzalroq amal qilishini sinash uchun, zebu ziynat qilib qoʻyganmiz.

  8. 8

    وَإِنَّا لَجَٰعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًۭا جُرُزًا

    Wa innaa lajaa 'iloona maa 'alaihaa sa'aeedan juruzaa

    Albatta, Biz uning yuzidagi narsalarni qup-quruq tuproqqa aylantirguvchimiz.

  9. 9

    أَمْ حَسِبْتَ أَنَّ أَصْحَٰبَ ٱلْكَهْفِ وَٱلرَّقِيمِ كَانُوا۟ مِنْ ءَايَٰتِنَا عَجَبًا

    Am hasibta anna Ashaabal Kahfi war Raqeemi kaanoo min Aayaatinaa 'ajabaa

    Kahf va bitik egalarini Bizning ajoyib oyat — belgilarimizdan deb oʻyladingmi?! [4]

    [4] (Yaʼni, ey Paygʻambar, oʻsha kahf (gʻor) egalari va undagi ularning ismlari bitilgan bitikni Bizning eng ajoyib moʻjizalarimiz deb oʻyladingmi?)

  10. 10

    إِذْ أَوَى ٱلْفِتْيَةُ إِلَى ٱلْكَهْفِ فَقَالُوا۟ رَبَّنَآ ءَاتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةًۭ وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًۭا

    Iz awal fityatu ilal Kahfi faqaaloo Rabbanaaa aatinaa mil ladunka rahmatanw wa haiyi' lanaa min amrinaa rashadaa

    Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga Oʻz huzuringdan rahmat bergin va ishimizni oʻzing toʻgʻrilagin», dedilar. [5]

    [5] (Kahf egalari yigitlar ekan. Ular gʻordan panoh joy topibdilar. Yaʼni, birovdan qochib kelib yashirinibdilar. Demak, ishlaridan koʻngillari toʻq emas. Ularga bu borada ham Allohdan yordam kerak.)

  11. 11

    فَضَرَبْنَا عَلَىٰٓ ءَاذَانِهِمْ فِى ٱلْكَهْفِ سِنِينَ عَدَدًۭا

    Fadarabnaa 'alaaa aazaanihim fil Kahfi seneena 'adadaa

    Bas, kahfda ularning quloqlariga bir necha yillar (parda) urdik. [6]

    [6] («Quloqqa parda urdi» degani, qulogʻini eshitmaydigan qilib qoʻydi, deganidir. Yigitlar qochib kelib gʻorga joylashganlarida Alloh taolo ularning quloqlarini eshitmaydigan qilib qoʻygan, yaʼni uxlatib qoʻygan. Yaʼni, yigitlar gʻorda uzoq vaqt hech narsani eshitmay uxlab yotganlar.)

  12. 12

    ثُمَّ بَعَثْنَٰهُمْ لِنَعْلَمَ أَىُّ ٱلْحِزْبَيْنِ أَحْصَىٰ لِمَا لَبِثُوٓا۟ أَمَدًۭا

    Summa ba'asnaahum lina'lama ayyul hizbaini ahsaa limaa labisooo amadaa

    Soʻngra, ikki guruhdan qaysi biri ularning turgan muddatini hisoblovchiroq ekanini bilish uchun ularni uygʻotdik.

  13. 13

    نَّحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ نَبَأَهُم بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّهُمْ فِتْيَةٌ ءَامَنُوا۟ بِرَبِّهِمْ وَزِدْنَٰهُمْ هُدًۭى

    Nahnu naqussu 'alaika naba ahum bilhaqq; innahum fityatun aamanoo bi Rabbihim wa zidnaahum hudaa

    Biz senga ularning xabarlarini haq ila qissa etib beramiz. Albatta, ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir. Va Biz ularga yanada ziyoda hidoyat berdik.

  14. 14

    وَرَبَطْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ إِذْ قَامُوا۟ فَقَالُوا۟ رَبُّنَا رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَن نَّدْعُوَا۟ مِن دُونِهِۦٓ إِلَٰهًۭا ۖ لَّقَدْ قُلْنَآ إِذًۭا شَطَطًا

    Wa rabatnaa 'alaa quloo bihim iz qaamoo faqaaloo Rabbunaa Rabbus samaawaati wal ardi lan nad'uwa min dooniheee ilaahal laqad qulnaaa izan shatataa

    Ularning qalblarini mustahkamladik. Qachonki turdilar, bas: «Bizning Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan oʻzgani hargiz iloh deya duo qilmaymiz. Agar shunday qilsak, nohaq soʻzni aytgan boʻlurmiz.

  15. 15

    هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمُنَا ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةًۭ ۖ لَّوْلَا يَأْتُونَ عَلَيْهِم بِسُلْطَٰنٍۭ بَيِّنٍۢ ۖ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا

    Haaa'ulaaa'i qawmunat takhazoo min dooniheee aalihatal law laa yaatoona 'alaihim bisultaanim baiyin; faman azlamu mimmaniftaraa 'alal laahi kazibaa

    Ana u qavmimiz undan oʻzga xudolar tutdilar. Ularga ravshan hujjatlar keltira olarmikanlar?! Allohga yolgʻon uydirgandan ham zolimroq kim bor», dedilar.

  16. 16

    وَإِذِ ٱعْتَزَلْتُمُوهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ فَأْوُۥٓا۟ إِلَى ٱلْكَهْفِ يَنشُرْ لَكُمْ رَبُّكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَيُهَيِّئْ لَكُم مِّنْ أَمْرِكُم مِّرْفَقًۭا

    Wa izi'tazal tumoohum wa maa ya'budoona illal laaha faawooo ilal kahfi yanshur lakum Rabbukum mir rahmatihee wa yuhaiyi' lakum min amrikum mirfaqa

    «Modomiki, ulardan va ular ibodat qilayotgan, Allohdan boshqa narsadan uzoqlashmoqchi boʻlsangiz, kahfdan panoh joy olingiz. Robbingiz sizga Oʻz rahmatini taratur va sizga ishingizda osonlik yaratur», dedilar. [7]

    [7] (Robbilariga iymon keltirgan, Robbilari hidoyatlarini ziyoda qilib, qalblarini mustahkamlagan yigitlar kofirlar bilan bahslashish befoydaligi, ular yomonligidan faqat qochibgina qutulish mumkinligini anglab yetgach, iymonlari muhofazasi uchun kahf-gʻorga kirib bekinishni oʻzaro maslahat qildilar.)

  17. 17

    ۞ وَتَرَى ٱلشَّمْسَ إِذَا طَلَعَت تَّزَٰوَرُ عَن كَهْفِهِمْ ذَاتَ ٱلْيَمِينِ وَإِذَا غَرَبَت تَّقْرِضُهُمْ ذَاتَ ٱلشِّمَالِ وَهُمْ فِى فَجْوَةٍۢ مِّنْهُ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ ۗ مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِ ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ وَلِيًّۭا مُّرْشِدًۭا

    Wa tarash shamsa izaa tala'at tazaawaru 'an kahfihim zaatal yameeni wa izaa gharabat taqriduhum zaatash shimaali wa hum fee fajwatim minh; zaalika min Aayaatillaah; mai yahdil laahu fahuwal muhtad, wa mai yudlil falan tajida lahoo waliyyam murshidaa

    Quyosh chiqqanida ularning kahfining oʻng tomonidan moyil boʻlganini, botganda esa, chap tomonidan qiyib oʻtganini koʻrasan. Ular esa u(gʻor)ning keng joyidadirlar. Ana shu ham Allohning moʻjizalaridandir. Kimni Alloh hidoyatga boshlasa, oʻsha hidoyat topguvchidir. Kimni adashtirsa, bas, hargiz unga irshod qiluvchi biron doʻst topa olmassan. [8]

    [8] (Arab tili bilimdonlari, bu tasvir yolgʻiz Allohga xos, deydilar. Gʻorda bir guruh yigitlar bir necha yildan beri uxlab yotishibdi. Har kuni quyosh chiqadi, ularga tegmaydi. Soʻngra ogʻib botishga moyil boʻladi, yana gʻor ahliga tegmaydi.)

  18. 18

    وَتَحْسَبُهُمْ أَيْقَاظًۭا وَهُمْ رُقُودٌۭ ۚ وَنُقَلِّبُهُمْ ذَاتَ ٱلْيَمِينِ وَذَاتَ ٱلشِّمَالِ ۖ وَكَلْبُهُم بَٰسِطٌۭ ذِرَاعَيْهِ بِٱلْوَصِيدِ ۚ لَوِ ٱطَّلَعْتَ عَلَيْهِمْ لَوَلَّيْتَ مِنْهُمْ فِرَارًۭا وَلَمُلِئْتَ مِنْهُمْ رُعْبًۭا

    Wa tahsabuhum ayqaazanw wa hum ruqood; wa nuqallibuhum zaatal yameeni wa zaatash shimaali wa kalbuhum baasitun ziraa'ayhi bilwaseed; lawit tala'ta 'alaihim la wallaita minhum firaaranw wa lamuli'ta minhum rubaa

    Ularni uygʻoq deb oʻylaysan, holbuki, uxlab yoturlar. Ularni goh oʻngga, goh chapga agʻdarib tururmiz. Itlari esa, ostonada old oyoqlarini choʻzib yotur. Gar ularni koʻrsayding, ortga oʻgirilib qochar va ulardan qoʻrqinchga toʻlar eding. [9]

    [9] (Oʻzlari uygʻoqqa oʻxshaydilar, ammo uxlab yotibdilar. U yoq-bu yoqqa qimirlaydilar, ammo uygʻonib oʻrinlaridan turmaydilar. Buning ustiga, itlari ostonada old oyoqlarini choʻzib yotibdi.)

  19. 19

    وَكَذَٰلِكَ بَعَثْنَٰهُمْ لِيَتَسَآءَلُوا۟ بَيْنَهُمْ ۚ قَالَ قَآئِلٌۭ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ ۖ قَالُوا۟ لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍۢ ۚ قَالُوا۟ رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَٱبْعَثُوٓا۟ أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمْ هَٰذِهِۦٓ إِلَى ٱلْمَدِينَةِ فَلْيَنظُرْ أَيُّهَآ أَزْكَىٰ طَعَامًۭا فَلْيَأْتِكُم بِرِزْقٍۢ مِّنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا

    Wa kazaalika ba'asnaahum liyatasaaa'aloo bainahum; qaala qaaa'ilum minhum kam labistum qaaloo labisnaa yawman aw ba'da yawm; qaaloo Rabbukum a'almu bimaa labistum fab'asooo ahadakum biwariqikum haazihee ilal madeenati falyanzur ayyuhaaa azkaa ta'aaman falyaatikum birizqim minhu walyatalattaf wa laa yush'iranna bikum ahadaa

    Va shunday qilib, ularni oʻzaro soʻrashlari uchun uygʻotdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning baʼzisicha qoldik», deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli boʻlsin, sizni birovga sezdirib qoʻymasin», deyishdi.

  20. 20

    إِنَّهُمْ إِن يَظْهَرُوا۟ عَلَيْكُمْ يَرْجُمُوكُمْ أَوْ يُعِيدُوكُمْ فِى مِلَّتِهِمْ وَلَن تُفْلِحُوٓا۟ إِذًا أَبَدًۭا

    Innahum iny yazharoo 'alaikum yarjumookum aw yu'eedookum fee millatihim wa lan tuflihooo izan abadaa

    «Chunki, agar ular sizni qoʻlga olsalar, toshboʻron qiladilar yoki oʻz millatlariga qaytaradilar. Unday boʻlsa, zinhor va abadiy najot topmassiz», deyishdi. [10]

    [10] (Demak, yigitlar qattiq tahdidga uchrab, shahar aholisi ularga, dinimizga qaytasizlar yoki sizlarni toshboʻron qilib oʻldiramiz, deganlaridan keyingina qochib gʻorga bekinishgan ekan. Gʻorga kirib, uxlab turganlaridan keyin ham oʻsha tahdidni eslamoqdalar va pul olib shaharga taom uchun boruvchini ehtiyot boʻlishga, sezdirib qoʻymaslikka chorlamoqdalar. Ular oʻlimni emas, shahar aholisining johilligini, oʻz millatlari-dinlariga qaytishga majburlashini oʻylashdi. Haqiqiy moʻmin har doim, har joyda iymon tashvishida boʻladi.)

  21. 21

    وَكَذَٰلِكَ أَعْثَرْنَا عَلَيْهِمْ لِيَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ لَا رَيْبَ فِيهَآ إِذْ يَتَنَٰزَعُونَ بَيْنَهُمْ أَمْرَهُمْ ۖ فَقَالُوا۟ ٱبْنُوا۟ عَلَيْهِم بُنْيَٰنًۭا ۖ رَّبُّهُمْ أَعْلَمُ بِهِمْ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ غَلَبُوا۟ عَلَىٰٓ أَمْرِهِمْ لَنَتَّخِذَنَّ عَلَيْهِم مَّسْجِدًۭا

    Wa kazaalika a'sarnaa 'alaihim liya'lamooo anna wa'dal laahi haqqunw wa annas Saa'ata laa raiba feehaa iz yatanaaza'oona bainahum amrahum faqaalub noo 'alaihim bunyaanaa; Rabbuhum a'lamu bihim; qaalal lazeena ghalaboo 'alaaa amrihim lanat takhizanna 'alaihim masjidaa

    Shunday qilib, Allohning vaʼdasi haq ekanini va qiyomat soatida shubha yoʻq ekanini bilishlari uchun ularni (odamlarga) bildirdik. Endi esa, ular ishi haqida tortisha boshladilar: «Ularning ustlariga bino barpo qilinglar, Robbilari ularni yaxshi bilguvchidir», dedilar. Ishlariga gʻolib kelganlar esa: «Ularning ustlariga, albatta, masjid qurib olurmiz», dedilar. [11]

    [11] (Bu yerdagi «Allohning vaʼdasi» — oxir-oqibat iymon ahli gʻolib kelishi va oʻlgandan keyin qayta tirilish haqligi haqidagi vaʼdadir. Yigitlar yillar oʻtib qayta uygʻondilar va iymon ishi gʻolib boʻlganini koʻrdilar. Iymonga kelib qolgan shahar aholisi iymon yoʻlidagi jihodlari uchun Alloh tomonidan munosib taqdirlangan kahf egalarini haqiqiy oʻlimlaridan keyin qanday qilib izzat-ehtirom etish borasida tortisha boshladilar.)

  22. 22

    سَيَقُولُونَ ثَلَٰثَةٌۭ رَّابِعُهُمْ كَلْبُهُمْ وَيَقُولُونَ خَمْسَةٌۭ سَادِسُهُمْ كَلْبُهُمْ رَجْمًۢا بِٱلْغَيْبِ ۖ وَيَقُولُونَ سَبْعَةٌۭ وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ بِعِدَّتِهِم مَّا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا قَلِيلٌۭ ۗ فَلَا تُمَارِ فِيهِمْ إِلَّا مِرَآءًۭ ظَٰهِرًۭا وَلَا تَسْتَفْتِ فِيهِم مِّنْهُمْ أَحَدًۭا

    Sa yaqooloona salaasatur raabi'uhum kalbuhum wa yaqooloona khamsatun saadisuhum kalbuhum rajmam bilghaib; wa yaqooloona sab'atunw wa saaminuhum kalbuhum; qur Rabbeee a'lamu bi'iddatihim maa ya'lamuhum illaa qaleel; falaa tumaari feehim illaa miraaa'an zaahiranw wa laa tastafti feehim minhum ahadaa

    Hali ular: «Uchtadirlar, itlari toʻrtinchilaridir», derlar. Va: «Beshtadirlar, itlari oltinchilaridir», deb gʻaybga tosh otadilar. Va: «Yettitadirlar, itlari sakkizinchilaridir» ham derlar. «Robbim ularning sanogʻini yaxshi bilguvchidir. Ularni juda oz kishi bilur», degin. Bas, ular haqida tortishib yurma. Tortishsang ham, ochiq tortish. Ular haqida hech kimdan fatvo ham soʻrama.

  23. 23

    وَلَا تَقُولَنَّ لِشَا۟ىْءٍ إِنِّى فَاعِلٌۭ ذَٰلِكَ غَدًا

    Wa laa taqoolanna lishai'in innee faa'ilun zaalika ghadaa

    Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema.

  24. 24

    إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَٱذْكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِيتَ وَقُلْ عَسَىٰٓ أَن يَهْدِيَنِ رَبِّى لِأَقْرَبَ مِنْ هَٰذَا رَشَدًۭا

    Illaaa any yashaaa'al laah; wazkur Rabbaka izaa naseeta wa qul 'asaaa any yahdiyani Rabbee li aqraba min haazaa rashadaa

    Magar: «Alloh xohlasa», degin. Qachonki unutsang, Robbingni esla va: «Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin boʻlishimga hidoyat qilsa», degin. [12]

    [12] (Insonning har bir harakati, ishi, hatto nafas olib-chiqarishi ham butkul Allohning irodasiga bogʻliqdir. Alloh taolo xohlasa boʻladi, xohlamasa boʻlmaydi. Shuning uchun kelajakda biron ish qilmoqchi boʻlsang, doimo «Insha Alloh, qilaman», deb aytgin. Chunki kelajak senga nisbatan gʻaybdir. Sal oʻtib nima boʻlishini oʻzing bilmaysan. Shuning uchun kelajakdagi har bir ishni « Alloh xohlasa, qilaman», deb zikr etgin.)

  25. 25

    وَلَبِثُوا۟ فِى كَهْفِهِمْ ثَلَٰثَ مِا۟ئَةٍۢ سِنِينَ وَٱزْدَادُوا۟ تِسْعًۭا

    Wa labisoo fee kahfihim salaasa mi'atin sineena wazdaadoo tis'aa

    Va kahflarida uch yuz yil qoldilar va toʻqqiz yil ziyoda ham qildilar. [13]

    [13] (Yigitlar kahflarida shamsiy yil hisobi boʻyicha uch yuz yil, qamariy yil hisobi boʻyicha uch yuz toʻqqiz yil qoldilar. Chunki shamsiy yuz yil qamariy bir yuz uch yilga toʻgʻri keladi, degan tafsirchilarimiz ham bor. Bu xulosa ularning oʻz ijtihodlaridir. Chunki Qurʼoni Karimda ham, sunnati nabaviyada ham bu haqda, yaʼni shamsiy va qamariy yil hisobi ushbu oyatda eʼtiborga olingani haqida aniq maʼlumot yoʻq. Shuning uchun oyatda kelganini oʻz holicha qabul qilgan maʼqul.)

  26. 26

    قُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثُوا۟ ۖ لَهُۥ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ أَبْصِرْ بِهِۦ وَأَسْمِعْ ۚ مَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا يُشْرِكُ فِى حُكْمِهِۦٓ أَحَدًۭا

    Qulil laahu a'lamu bimaa labisoo lahoo ghaibus samaawaati wal ardi absir bihee wa asmi'; maa lahum min doonihee minw waliyyinw wa laa yushriku fee hukmihee ahadaa

    «Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir. Osmonlaru yerning gʻaybi Unga xosdir. U naqadar yaxshi koʻrguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir. Ularga Undan oʻzga doʻst yoʻqdir. Va U Oʻz hukmida hech kimni sherik qilmas», degin.

  27. 27

    وَٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ ۖ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦ وَلَن تَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلْتَحَدًۭا

    Watlu maaa oohiya ilaika min Kitaabi Rabbika laa mubaddila li Kalimaatihee wa lan tajida min doonihee multahadaa

    Senga Robbing kitobidan vahiy qilinganini tilovat qil. Uning kalimalarini almashtirguvchi yoʻq. Undan oʻzga hech qanday panohni topa olmassan.

  28. 28

    وَٱصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ۖ وَلَا تَعْدُ عَيْنَاكَ عَنْهُمْ تُرِيدُ زِينَةَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُۥ عَن ذِكْرِنَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ وَكَانَ أَمْرُهُۥ فُرُطًۭا

    Wasbir nafsaka ma'al lazeena yad'oona Rabbahum bilghadaati wal'ashiyyi yureedoona Wajhahoo wa laa ta'du 'aynaaka 'anhum tureedu zeenatal hayaatid dunyaa wa laa tuti' man aghfalnaa qalbahoo 'an zikrinaa wattaba'a hawaahu wa kaana amruhoo furutaa

    Oʻzingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingni burma. Qalbini Oʻz zikrimizdan gʻofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma. [14]

    [14] (Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida tafsiri Kabirda quyidagilar rivoyat qilinadi: «Quraysh rahbarlari toʻplanib Rasululloh alayhissalotu vassalomning huzurlariga borishdi va: «Agar bizning senga iymon keltirishimizni istasang, anavi faqir-fuqoralarni huzuringdan hayda», deyishdi. Ular bu gaplari bilan Bilol, Habbob, Suhayb va boshqalarni koʻzda tutgan edilar. Qurayshliklar yana: «Ular bilan bir joyda boʻlsak, koʻnglimiz ayniydi. Ular bilan birga toʻplanishga alohida vaqt tayin qilib qoʻy», deyishdi. Ana shunda Alloh taolo: «Oʻzingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut» oyatini nozil qildi».)

  29. 29

    وَقُلِ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَن شَآءَ فَلْيُؤْمِن وَمَن شَآءَ فَلْيَكْفُرْ ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلظَّٰلِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا ۚ وَإِن يَسْتَغِيثُوا۟ يُغَاثُوا۟ بِمَآءٍۢ كَٱلْمُهْلِ يَشْوِى ٱلْوُجُوهَ ۚ بِئْسَ ٱلشَّرَابُ وَسَآءَتْ مُرْتَفَقًا

    Wa qulil haqqu mir Rabbikum faman shaaa'a falyu minw wa man shaaa'a falyakfur; innaaa a'tadnaa lizzaalimeena Naaran ahaata bihim suraadiquhaa; wa iny yastagheesoo yaghaasoo bimaaa'in kalmuhli yashwil wujooh' bi'sash-sharaab; wa saaa'at murtafaqaa

    Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni oʻrab oladigan olovni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar yordam soʻrasalar, eritilgan maʼdan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!

  30. 30

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ مَنْ أَحْسَنَ عَمَلًا

    Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati innaa laa nudee'u ajra man ahsana 'amalaa

    Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, goʻzal ish qilganlarning ajrini zoye qilmasmiz.

  31. 31

    أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍۢ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًۭا مِّن سُندُسٍۢ وَإِسْتَبْرَقٍۢ مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ ۚ نِعْمَ ٱلثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًۭا

    Ulaaa'ika lahum Jannaatu 'Adnin tajree min tahtihimul anhaaru yuhallawna feehaa min asaawira min zahabinw wa yalbasoona siyaaban khudram min sundusinw wa istabraqim muttaki'eena feehaa 'alal araaa'ik; ni'mas sawaab; wa hasunat murtafaqaa

    Ana oʻshalarga adn jannatlar bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan boʻlgan bilakuzuklar ila bezanurlar, shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar. Ular u yerda soʻrilarda yonboshlagan holda boʻlurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy.

  32. 32

    ۞ وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلًۭا رَّجُلَيْنِ جَعَلْنَا لِأَحَدِهِمَا جَنَّتَيْنِ مِنْ أَعْنَٰبٍۢ وَحَفَفْنَٰهُمَا بِنَخْلٍۢ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمَا زَرْعًۭا

    Wadrib lahum masalar rajulaini ja'alnaa li ahadihimaa jannataini min a'naabinw wa hafafnaahumaa binakhilinw wa ja'alnaa bainahumaa zar'aa

    Ularga ikki kishini misol qilib keltir. Ulardan biriga uzumlardan ikki bogʻ berdik va ularni xurmo ila oʻradik va oralarida ekinzor qildik. [15]

    [15] (Demak, ikki kishi bor ekan. Ulardan biriga Alloh taolo ikkita uzumzor bogʻ ato qilibdi.)

  33. 33

    كِلْتَا ٱلْجَنَّتَيْنِ ءَاتَتْ أُكُلَهَا وَلَمْ تَظْلِم مِّنْهُ شَيْـًۭٔا ۚ وَفَجَّرْنَا خِلَٰلَهُمَا نَهَرًۭا

    Kiltal jannataini aatat ukulahaa wa lam tazlim minhu shai'anw wa fajjarnaa khi laalahumaa naharaa

    Oʻsha ikki bogʻ hosillarini bekami-koʻst berar va oralaridan anhor oqizib qoʻygan edik. [16]

    [16] (Har ikki bogʻning hosili toʻliq chiqar edi. Ikki bogʻ orasidan esa, Alloh taolo anhor oqizib qoʻygan edi.)

  34. 34

    وَكَانَ لَهُۥ ثَمَرٌۭ فَقَالَ لِصَٰحِبِهِۦ وَهُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَنَا۠ أَكْثَرُ مِنكَ مَالًۭا وَأَعَزُّ نَفَرًۭا

    Wa kaana lahoo samarun faqaala lisaahibihee wa huwa yuhaawiruhoo ana aksaru minka maalanw wa a'azzu nafaraa

    Uning mevasi bor edi. U oʻz sherigi ila gaplashar ekan: «Mening sendan molim koʻp va odamlarim quvvatliroq», dedi. [17]

    [17] (U kishining bogʻlaridan boshqa ham «mevasi» — molu dunyosi bor edi. Bir kuni sherigi ila bahslashar ekan, maqtanib qoldi. Mening sendan koʻra molu dunyom koʻp. Odamlarim, bolalarim, xizmatchilarim, yordamchilarim ham koʻp, ham kuchli, dedi. Ushbu dunyoning zebu ziynatidan faxrlanishidan bu odamning kofirligi koʻrinib turibdi.)

  35. 35

    وَدَخَلَ جَنَّتَهُۥ وَهُوَ ظَالِمٌۭ لِّنَفْسِهِۦ قَالَ مَآ أَظُنُّ أَن تَبِيدَ هَٰذِهِۦٓ أَبَدًۭا

    Wa dakhala jannatahoo wa huwa zaalimul linafsihee qaala maaa azunnu an tabeeda haaziheee abadaa

    U oʻz bogʻiga kirar ekan, oʻziga zulm qilgan holida: «Men buni hech qachon yoʻq boʻladi, deb oʻylamasman.

  36. 36

    وَمَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةًۭ وَلَئِن رُّدِدتُّ إِلَىٰ رَبِّى لَأَجِدَنَّ خَيْرًۭا مِّنْهَا مُنقَلَبًۭا

    Wa maaa azunnus Saa'ata qaaa'imatanw wa la'ir rudittu ilaa Rabbee la ajidanna khairam minhaa munqalabaa

    Qiyomat qoim boʻlmasa kerak, deb oʻylayman. Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», dedi. [18]

    [18] (Kofirlar nazdida, hamma narsani mol-dunyo, boylik, mansab hal qiladi. Hatto oxirat ishi ham shunga qarab hal etilishi kerak. Ushbu qissadagi ularning tamsilchisi, ikki bogʻning egasi boʻlgan kofir ham shuni daʼvo qilmoqda.)

  37. 37

    قَالَ لَهُۥ صَاحِبُهُۥ وَهُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَكَفَرْتَ بِٱلَّذِى خَلَقَكَ مِن تُرَابٍۢ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍۢ ثُمَّ سَوَّىٰكَ رَجُلًۭا

    Qaala lahoo saahibuhoo wa huwa yuhaawiruhooo akafarta billazee khalaqaka min turaabin summa min nutfatin summa sawwaaka rajulaa

    Unga sherigi gaplasha turib: «Seni tuproqdan, soʻngra nutfadan yaratgan va inson etib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi?! [19]

    [19] (Yaʼni, molu dunyoga berilgan oʻsha kofir kishining beodobona gaplarini eshitgan moʻmin kishi, seni yoʻqdan bor qilgan, aslingni tuproqdan, soʻngra senga oʻxshagan zurriyotlarini bir tomchi nutfadan yaratgan Zotga, bekamu koʻst inson qilib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi, dedi.)

  38. 38

    لَّٰكِنَّا۠ هُوَ ٱللَّهُ رَبِّى وَلَآ أُشْرِكُ بِرَبِّىٓ أَحَدًۭا

    Laakinaa Huwal laahu Rabbee wa laa ushriku bi Rabbeee ahadaa

    Lekin men: «U Alloh mening Robbimdir va Unga hech kimni sherik qilmayman», deyman.

  39. 39

    وَلَوْلَآ إِذْ دَخَلْتَ جَنَّتَكَ قُلْتَ مَا شَآءَ ٱللَّهُ لَا قُوَّةَ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ إِن تَرَنِ أَنَا۠ أَقَلَّ مِنكَ مَالًۭا وَوَلَدًۭا

    Wa law laaa iz dakhalta jannataka qulta maa shaaa'al laahu laa quwwata illaa billaah; in tarani ana aqalla minka maalanw wa waladaa

    Bogʻingga kirganingda: «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yoʻq», desayding. Agar meni oʻzingdan molu dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang...

  40. 40

    فَعَسَىٰ رَبِّىٓ أَن يُؤْتِيَنِ خَيْرًۭا مِّن جَنَّتِكَ وَيُرْسِلَ عَلَيْهَا حُسْبَانًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَتُصْبِحَ صَعِيدًۭا زَلَقًا

    Fa'asaa Rabeee any yu'tiyani khairam min jannatika wa yursila 'alaihaa husbaanam minas samaaa'i fatusbiha sa'eedan zalaqaa

    Shoyad, Robbim menga sening bogʻingdan yaxshirogʻini bersa, sening bogʻingga osmondan ofat yuborib, u sip-silliq tuproqqa aylanib qolsa.

  41. 41

    أَوْ يُصْبِحَ مَآؤُهَا غَوْرًۭا فَلَن تَسْتَطِيعَ لَهُۥ طَلَبًۭا

    Aw yusbiha maaa'uhaaa ghawran falan tastatee'a lahoo talabaa

    Yoki suvi yerga singib ketib, sen uni talab qilishga qodir boʻlmay qolsang», dedi.

  42. 42

    وَأُحِيطَ بِثَمَرِهِۦ فَأَصْبَحَ يُقَلِّبُ كَفَّيْهِ عَلَىٰ مَآ أَنفَقَ فِيهَا وَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَيَقُولُ يَٰلَيْتَنِى لَمْ أُشْرِكْ بِرَبِّىٓ أَحَدًۭا

    Wa uheeta bisamarihee faasbaha yuqallibu kaffaihi 'alaa maaa anfaqa feehaa wa hiya khaawiyatun 'alaa 'urooshihaa wa yaqoolu yaalaitanee lam ushrik bi Rabbeee ahadaa

    Va uning mevasi (halokat-la) oʻraldi. Oʻzi esa, unga sarf qilgani hasratidan chapak chalib, bogʻida ishkomlar yiqilib yotganini koʻrib: «Qani endi Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda», deb qolaverdi.

  43. 43

    وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ فِئَةٌۭ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَمَا كَانَ مُنتَصِرًا

    Wa lam takul lahoo fi'atuny yansuroonahoo min doonil laahi wa maa kaana muntasiraa

    Unga Allohdan boshqa yordam beradigan guruh boʻlmadi, oʻzi ham nusrat qozona olmadi.

  44. 44

    هُنَالِكَ ٱلْوَلَٰيَةُ لِلَّهِ ٱلْحَقِّ ۚ هُوَ خَيْرٌۭ ثَوَابًۭا وَخَيْرٌ عُقْبًۭا

    Hunaalikal walaayatu lillaahil haqq; huwa khairun sawaabanw wa khairun 'uqbaa

    Bunday maqomda haq nusrat Allohga xosdir. U yaxshi savobli va yaxshi oqibatli Zotdir.

  45. 45

    وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ فَأَصْبَحَ هَشِيمًۭا تَذْرُوهُ ٱلرِّيَٰحُ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ مُّقْتَدِرًا

    Wadrib lahum masalal hayaatid dunyaa kamaaa'in anzalnaahu minas samaaa'i fakhtalata bihee nabaatul ardi fa asbaha hasheeman tazroo hur riyaah; wa kaanal laahu 'alaa kulli shai'im muqtadiraa

    Ularga dunyo hayotining misolini keltir. U, Biz osmondan tushirgan suvga oʻxshaydi. Uning sababi ila yer nabototlari aralashib chiqdi. Bas, xashakka aylanib, uni shamol uchirib ketdi. Alloh har bir narsaga qodir boʻlgan Zotdir. [20]

    [20] (Alloh taolo bu oyatda dunyo hayotini, yerdan unib chiqadigan nabototlarga oʻxshatmoqda. Yomgʻir yoqqanida koʻzni quvontiruvchi yam-yashil oʻsimliklar oʻsib chiqqandek, kishiga yangi hayot berilganida ham bu dunyo unga goʻzal, yosh, chiroyli va lazzatli koʻrinadi. Ammo vaqt oʻtishi bilan nabototlar qurib, xashakka aylanib, ularni shamol uchirib ketgani singari, hayotning ham oʻtkinchi ekanligi ayon boʻlib qoladi. Shuning uchun oʻtkinchi narsaga aldanib qolmaslik kerak. Qodir Allohni hech qachon unutmasdan, oxiratga, abadiy hayotga tayyorgarlik koʻrish lozim.)

  46. 46

    ٱلْمَالُ وَٱلْبَنُونَ زِينَةُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَٱلْبَٰقِيَٰتُ ٱلصَّٰلِحَٰتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًۭا وَخَيْرٌ أَمَلًۭا

    Almaalu walbanoona zeenatul hayaatid dunya wal baaqiyaatus saalihaatu khairun 'inda Rabbika sawaabanw wa khairun amalaa

    Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir. [21]

    [21] (Ha, molu mulk, bola-chaqa bu dunyoning ziynatidir, ammo qiymati emasdir. Islomda ziynatga ham halol-pok boʻlish sharti ila izn berilgan. Ammo ziynatlar hayot qadrini oʻlchovchi qiymatga aylantirilmagan. Ziynatga ziynat deb qaralgan. Islomda boqiy qoluvchi solih amallar qiymat sanaladi. Insonga uning iymoni va yaxshi amaliga qarab qiymat beriladi.)

  47. 47

    وَيَوْمَ نُسَيِّرُ ٱلْجِبَالَ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ بَارِزَةًۭ وَحَشَرْنَٰهُمْ فَلَمْ نُغَادِرْ مِنْهُمْ أَحَدًۭا

    Wa yawma nusaiyirul jibaala wa taral arda baariza tanw wa hasharnaahum falam nughaadir minhum ahadaa

    Togʻlarni yurgizadigan kunimizni va yerni yap-yalangʻoch koʻradigan kuningni esla! Oʻshanda ularni jamlaymiz va biron kishini qoʻymaymiz.

  48. 48

    وَعُرِضُوا۟ عَلَىٰ رَبِّكَ صَفًّۭا لَّقَدْ جِئْتُمُونَا كَمَا خَلَقْنَٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍۭ ۚ بَلْ زَعَمْتُمْ أَلَّن نَّجْعَلَ لَكُم مَّوْعِدًۭا

    Wa 'uridoo 'alaa Rabbika saffaa, laqad ji'tumoonaa kamaa khalaqnaakum awala marrah; bal za'amtum allannaj'ala lakum maw'idaa

    Va Robbingga safga tortilgan hollarida roʻbaroʻ qilindilar. «Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan boʻlsak, shunday Bizga keldingiz. Ammo siz Bizni hech joy va vaqt vaʼda qilganimiz yoʻq, deb oʻylar edingiz», (deyildi). [22]

    [22] (Yaʼni, onadan yangi tugʻilganday holda qayta tirilib huzurimga keldingiz. Molu dunyongiz, bola-chaqangiz, xizmatchi-mardikoringiz, mansab-amalingiz va doʻst-yoringiz u dunyoda qolib ketdi. Vaʼda qilingan qiyomat kuniga, mahshardagi toʻplanish joyiga ishonmas edingiz. Mana, vaʼda qilingan oʻsha vaqt — qiyomat kuni qoyim boʻldi. Mana, vaʼda qilingan oʻsha joyda — mahsharda saf tortib turibsiz. Endi sizga vaʼda qilingan jazolarni beramiz.)

  49. 49

    وَوُضِعَ ٱلْكِتَٰبُ فَتَرَى ٱلْمُجْرِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَيَقُولُونَ يَٰوَيْلَتَنَا مَالِ هَٰذَا ٱلْكِتَٰبِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةًۭ وَلَا كَبِيرَةً إِلَّآ أَحْصَىٰهَا ۚ وَوَجَدُوا۟ مَا عَمِلُوا۟ حَاضِرًۭا ۗ وَلَا يَظْلِمُ رَبُّكَ أَحَدًۭا

    Wa wudi'al kitaabu fataral mujrimeena mushfiqeena mimmaa feehi wa yaqooloona yaa wailatanaa maa lihaazal kitaabi laa yughaadiru saghee ratanw wa laa kabeeratan illaaa ahsaahaa; wa wajadoo maa 'amiloo haadiraa; wa laa yazlimu Rabbuka ahadaa

    Va kitob qoʻyildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qoʻrqqan hollarida koʻrasan. Ular: «Voy, shoʻrimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qoʻymay hisob qilibdi-ya», derlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hech kimga zulm qilmas.

  50. 50

    وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِءَادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ كَانَ مِنَ ٱلْجِنِّ فَفَسَقَ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِۦٓ ۗ أَفَتَتَّخِذُونَهُۥ وَذُرِّيَّتَهُۥٓ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِى وَهُمْ لَكُمْ عَدُوٌّۢ ۚ بِئْسَ لِلظَّٰلِمِينَ بَدَلًۭا

    Wa iz qulnaa lilma laaa'ikatis judoo li Aadama fasajadooo illaaa Ibleesa kaana minal jinni fafasaqa 'an amri Rabbih; afatattakhizoonahoo wa zurriyatahooo awliyaaa'a min doonee wa hum lakum 'aduww; bi'sa lizzaalimeena badalaa

    Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, oʻshanda ular sajda qildilar. Magar iblis qilmadi. U jindan boʻlgan edi. U oʻz Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar meni qoʻyib uni va uning zurriyotlarini doʻst qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir.

  51. 51

    ۞ مَّآ أَشْهَدتُّهُمْ خَلْقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَا خَلْقَ أَنفُسِهِمْ وَمَا كُنتُ مُتَّخِذَ ٱلْمُضِلِّينَ عَضُدًۭا

    Maaa ash hattuhum khalqas samaawaati wal ardi wa laa khalqa anfusihim wa maa kuntu muttakizal mudilleena 'adudaa

    Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na oʻzlarini yaratishga guvoh qilganman va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman.

  52. 52

    وَيَوْمَ يَقُولُ نَادُوا۟ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُمْ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُم مَّوْبِقًۭا

    Wa Yawma yaqoolu naadoo shurakaaa'i yal lazeena za'amtum fada'awhum falam yastajeeboo lahum wa ja'alnaa bainahum maw biqaa

    U zot: «Sizlar Mening «sheriklarim» deb oʻylaganlaringizni chaqiring», degan kunida ularni chaqirdilar. Bas, ular javob bermadilar va ularning orasiga halokatgoh qilmishmiz.

  53. 53

    وَرَءَا ٱلْمُجْرِمُونَ ٱلنَّارَ فَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُم مُّوَاقِعُوهَا وَلَمْ يَجِدُوا۟ عَنْهَا مَصْرِفًۭا

    Wa ra al mujrimoonan Naara fazannooo annahum muwaaqi'oohaa wa lam yajidoo 'anhaa masrifaa

    Jinoyatchilar doʻzaxni koʻrurlar va, albatta, unga tushuvchi ekanlariga ishonarlar va undan qochar joy topmaslar. [23]

    [23] (Allohning tayyorlab qoʻygan doʻzaxidan qochib boʻladimi? Bu joydan qochish fursatini u dunyoda boy berganlar. Yorugʻ dunyoda iymon va Islomda yashaganlarida, bu joydan najot topardilar. Yorugʻ dunyoda Qurʼonga ergashganlarida, doʻzaxdan saqlangan boʻlardilar.)

  54. 54

    وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لِلنَّاسِ مِن كُلِّ مَثَلٍۢ ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ أَكْثَرَ شَىْءٍۢ جَدَلًۭا

    Wa laqad sarrafnaa fee haazal quraani linnaasi mn kulli masal; wa kaanal insaanu aksara shai'in jadalaa

    Batahqiq, bu Qurʼonda odamlar uchun turli masallar bayon qildik. Inson, oʻzi, koʻp tortishuvchi boʻlgan edi.

  55. 55

    وَمَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤْمِنُوٓا۟ إِذْ جَآءَهُمُ ٱلْهُدَىٰ وَيَسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّهُمْ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمْ سُنَّةُ ٱلْأَوَّلِينَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ ٱلْعَذَابُ قُبُلًۭا

    Wa maa mana'an naasa any yu'minooo iz jaaa'ahumul hudaa wa yastaghfiroo Rabbahum illaaa an taatiyahum sunnatul awwaleena aw yaatiyahumul 'azaabu qubulaa

    Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilariga istigʻfor aytishlaridan faqatgina avvalgilarning sunnati kelishini yoki ochiq azob kelishini kutishlari toʻsdi, xolos.

  56. 56

    وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۚ وَيُجَٰدِلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِٱلْبَٰطِلِ لِيُدْحِضُوا۟ بِهِ ٱلْحَقَّ ۖ وَٱتَّخَذُوٓا۟ ءَايَٰتِى وَمَآ أُنذِرُوا۟ هُزُوًۭا

    Wa maa nursilul mursaleena illaa mubashshireena wa munzireen; wa yujaadilul lazeena kafaroo bilbaatili liyudhidoo bihil haqqa wattakhazooo Aayaatee wa maaa unziroo huzuwaa

    Biz Paygʻambarlarni bashorat berguvchi va ogohlantirguvchi qilib yuborurmiz, xolos. Kufr keltirganlar esa, botil ila munozara qilib, u bilan haqni yengmoqchi boʻlurlar. Hamda Mening oyatlarimdan va oʻzlari ogohlantirilgan narsadan istehzo qilurlar.

  57. 57

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ فَأَعْرَضَ عَنْهَا وَنَسِىَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ ۚ إِنَّا جَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًۭا ۖ وَإِن تَدْعُهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ فَلَن يَهْتَدُوٓا۟ إِذًا أَبَدًۭا

    Wa man azlamu mimman zukkira bi ayaati Rabbihee fa-a'rada 'anhaa wa nasiya maa qaddamat yadaah; innaa ja'alnaa 'alaa quloobihim akinnatan any yafqahoohu wa feee aazaanihim waqraa; wa in tad'uhum ilal hudaa falany yahtadooo izan abadaa

    Robbining oyatlari ila eslatilganda, ulardan yuz oʻgirib, oʻzi qilgan(gunoh)larni unutgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz u(Qurʼon)ni anglamasliklari uchun ularning dillariga pardalar va quloqlariga ogʻirlik qilib qoʻydik. Agar ularni hidoyatga chaqirsang ham, hargiz hidoyat topmaslar.

  58. 58

    وَرَبُّكَ ٱلْغَفُورُ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ۖ لَوْ يُؤَاخِذُهُم بِمَا كَسَبُوا۟ لَعَجَّلَ لَهُمُ ٱلْعَذَابَ ۚ بَل لَّهُم مَّوْعِدٌۭ لَّن يَجِدُوا۟ مِن دُونِهِۦ مَوْئِلًۭا

    Wa Rabbukal Ghafooru zur rahmati law yu'aakhi zuhum bimaa kasaboo la'ajala lahumul 'azaab; bal lahum maw'idul lany yajidoo min doonihee maw'ilaa

    Va Robbing sermagʻfirat va rahim-shafqat sohibi Zotdir. Agar ularni qilgan kasblariga binoan olganida, azoblarini tezlashtirgan boʻlar edi. Lekin ularga vaʼda qilingan vaqt bor. U kelganda Undan oʻzga panohgoh topmaslar.

  59. 59

    وَتِلْكَ ٱلْقُرَىٰٓ أَهْلَكْنَٰهُمْ لَمَّا ظَلَمُوا۟ وَجَعَلْنَا لِمَهْلِكِهِم مَّوْعِدًۭا

    Wa tkal quraaa ahlak nahum lammaa zulamoo wa ja'alnaa limahlikihim maw'idaa

    Ana u shaharlarni ham zulm qilganlarida halok etganmiz va ularning halokatlariga vaqt belgilaganmiz.

  60. 60

    وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِفَتَىٰهُ لَآ أَبْرَحُ حَتَّىٰٓ أَبْلُغَ مَجْمَعَ ٱلْبَحْرَيْنِ أَوْ أَمْضِىَ حُقُبًۭا

    Wa iz qaalaa Moosaa lifataahu laaa abrahu hattaaa ablugha majma'al bahrayni aw amdiya huqubaa

    Muso oʻz yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga yetmagunimcha, yillarni oʻtkazsam ham, yuraveraman», deganini esla. [24]

    [24] («Muso Bani Isroil orasida bir kuni xutba qilib turganida, odamlarning qaysinisi eng ilmli, deb soʻraldi. U: «Men», dedi. Alloh uni ilmni oʻziga nisbat bergani uchun itob qildi. U Musoga: «Ikki dengiz qoʻshilgan joyda mening bir bandam bor. U sendan ilmliroq», dedi. Muso: «Ey Robbim, men uni qanday topaman?» dedi. Alloh: «Oʻzing bilan bir baliqni savatga solib ol. Baliqni qayerda yoʻqotsang, uni oʻsha yerda topasan», dedi». Shundan keyin Muso alayhissalom yoʻlga tayyorgarlik koʻrdilar va xizmatkor yigitlariga yuqoridagi oyatda kelgan azmu qarorni aytdilar. U kishi oʻzlaridan ilmliroq bandani topish uchun ikki dengiz jamlangan joyga borishga qaror qilgan edilar.)

  61. 61

    فَلَمَّا بَلَغَا مَجْمَعَ بَيْنِهِمَا نَسِيَا حُوتَهُمَا فَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِى ٱلْبَحْرِ سَرَبًۭا

    Falammaa balaghaa majma'a bainihimaa nasiyaa hootahumaa fattakhaza sabeelahoo fil bahri sarabaa

    Ikkovlon ikki (dengiz) jamlangan joyga yetganlarida, baliqlarni unutdilar. Bas, u dengizni teshib yoʻl oldi. [25]

    [25] (Muso alayhissalom xizmatkor yigit bilan yurib-yurib, ikki dengiz qoʻshiladigan joyga yetib keldilar. Oʻsha joyda savatda olib kelgan baliqlarini unutib qoʻydilar. Baliq eslariga kelmadi. Yana yurib ketaverdilar. Yaʼni, baliq dengizni teshib suzib ketdi. Yaʼni, baliq suzib ketgan joy teshik boʻlib suvsiz holga kelib qoldi. Uni koʻrgan odam, bu yerdan bir baliq suzib oʻtibdi, degan xulosaga keladigan boʻldi.)

  62. 62

    فَلَمَّا جَاوَزَا قَالَ لِفَتَىٰهُ ءَاتِنَا غَدَآءَنَا لَقَدْ لَقِينَا مِن سَفَرِنَا هَٰذَا نَصَبًۭا

    Falammaa jaawazaa qaala lifataahu aatinaa ghadaaa'anaa laqad laqeena min safarinaa haazaa nasabaa

    U(yer)dan oʻtganlari zamon u yigitiga: «Tushligimizni keltir. Bu safarimizda charchoqqa uchradik», dedi.

  63. 63

    قَالَ أَرَءَيْتَ إِذْ أَوَيْنَآ إِلَى ٱلصَّخْرَةِ فَإِنِّى نَسِيتُ ٱلْحُوتَ وَمَآ أَنسَىٰنِيهُ إِلَّا ٱلشَّيْطَٰنُ أَنْ أَذْكُرَهُۥ ۚ وَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِى ٱلْبَحْرِ عَجَبًۭا

    Qaala ara'ayta iz awainaaa ilas sakhrati fa innee naseetul hoota wa maaa ansaaneehu illash Shaitaanu an azkurah; wattakhaza sabeelahoo fil bahri'ajabaa

    U: «Buni qara, xarsangga (suyanib) joylashganimizda, men baliqni unutibman. Faqat shaytongina uni eslashimni unuttiribdi. Ajabo, u dengizga yoʻl olibdi», dedi. [26]

    [26] (Tushlik payti baliq yodlariga kelsa, uni tushirib qoʻyishgani maʼlum boʻladi. Bilʼaks, uning dengizga yoʻl olishidan yigit ajablanmas ham edi. Muso alayhissalom tushlik soʻraganlaridan soʻng baliqning yoʻqligini bildi. Avvalgi xarsang toshga suyanib dam olgan joylarida baliq suvga tushib, suzib ketganini payqab qoldi. Hamda bu ishdan gʻoyatda ajablanganini bayon qildi.)

  64. 64

    قَالَ ذَٰلِكَ مَا كُنَّا نَبْغِ ۚ فَٱرْتَدَّا عَلَىٰٓ ءَاثَارِهِمَا قَصَصًۭا

    Qaala zaalika maa kunnaa nabgh; fartaddaa 'alaa aasaari him maa qasasaa

    «Ana shu biz istagan narsa», dedi. Bas, kelgan yoʻllaridan izlariga qaytdilar.

  65. 65

    فَوَجَدَا عَبْدًۭا مِّنْ عِبَادِنَآ ءَاتَيْنَٰهُ رَحْمَةًۭ مِّنْ عِندِنَا وَعَلَّمْنَٰهُ مِن لَّدُنَّا عِلْمًۭا

    Fa wajadaa 'abdam min 'ibaadinaaa aatainaahu Rahmatam min 'indinaa wa 'allamnaahu mil ladunnaa 'ilmaa

    Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga Oʻz dargohimizdan rahmat va Oʻz tarafimizdan ilm oʻrgatgan edik.

  66. 66

    قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰ هَلْ أَتَّبِعُكَ عَلَىٰٓ أَن تُعَلِّمَنِ مِمَّا عُلِّمْتَ رُشْدًۭا

    Qaala lahoo Moosaa hal attabi'uka 'alaaa an tu'allimani mimmaa 'ullimta rushdaa

    Muso unga: «Senga oʻrgatilgan rushddan menga ham oʻrgatmogʻing uchun senga ergashsam maylimi?» – dedi. [27]

    [27] (Muso alayhissalom ulkan paygʻambar boʻlishlariga qaramay, oʻzlaridan koʻra ilmliroq, oʻzlariga ustoz boʻlishi mumkin boʻlgan kishiga oʻta odob bilan murojaat qilib, unga shogird tushishni soʻradilar.)

  67. 67

    قَالَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًۭا

    Qaalaa innaka lan tastatee'a ma'iya sabraa

    U: «Sen men bilan birga boʻlishga sabr qila olmassan.

  68. 68

    وَكَيْفَ تَصْبِرُ عَلَىٰ مَا لَمْ تُحِطْ بِهِۦ خُبْرًۭا

    Wa kaifa tasbiru 'alaa maa lam tuhit bihee khubraa

    Oʻzing xabarini ihota qilmagan narsaga qanday sabr qilasan», dedi. [28]

    [28] (Boʻlayotgan hodisani ihota eta olmagan odam unga sabr qilib, indamay qarab tura olishi qiyin ekanini eslatdi.)

  69. 69

    قَالَ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ صَابِرًۭا وَلَآ أَعْصِى لَكَ أَمْرًۭا

    Qaala satajiduneee in shaa 'al laahu saabiranw wa laaa a'see laka amraa

    U: «Inshoalloh, mening sabrli ekanimni koʻrursan va senga hech bir ishda osiy boʻlmasman», dedi.

  70. 70

    قَالَ فَإِنِ ٱتَّبَعْتَنِى فَلَا تَسْـَٔلْنِى عَن شَىْءٍ حَتَّىٰٓ أُحْدِثَ لَكَ مِنْهُ ذِكْرًۭا

    Qaala fa init taba'tanee falaa tas'alnee 'an shai'in hattaaa uhdisa laka minhu zikraa

    U: «Agar menga ergashadigan boʻlsang, to oʻzim zikr qilib aytmagunimcha, bir narsa haqida soʻramagin», dedi.

  71. 71

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا رَكِبَا فِى ٱلسَّفِينَةِ خَرَقَهَا ۖ قَالَ أَخَرَقْتَهَا لِتُغْرِقَ أَهْلَهَا لَقَدْ جِئْتَ شَيْـًٔا إِمْرًۭا

    Fantalaqaa hattaaa izaa rakibaa fis safeenati kharaqahaa qaala akharaqtahaa litughriqa ahlahaa laqad ji'ta shai'an imraa

    Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qoʻydi. U (Muso): «Buni uning ahlini gʻarq qilish uchun teshdingmi?! Juda gʻalati narsa qilding-ku?!» – dedi.

  72. 72

    قَالَ أَلَمْ أَقُلْ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًۭا

    Qaala alam aqul innaka lan tastatee'a ma'iya sabraa

    U: «Senga, men bilan birga boʻlishga albatta sabr qila olmassan demabmidim?!» – dedi.

  73. 73

    قَالَ لَا تُؤَاخِذْنِى بِمَا نَسِيتُ وَلَا تُرْهِقْنِى مِنْ أَمْرِى عُسْرًۭا

    Qaala laa tu'aakhiznee bimaa naseetu wa laa turhiqnee min amree 'usraa

    U: «Esimdan chiqqan narsa uchun meni jazolama, bu ishim uchun meni qiynama», dedi.

  74. 74

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا لَقِيَا غُلَٰمًۭا فَقَتَلَهُۥ قَالَ أَقَتَلْتَ نَفْسًۭا زَكِيَّةًۢ بِغَيْرِ نَفْسٍۢ لَّقَدْ جِئْتَ شَيْـًۭٔا نُّكْرًۭا

    Fantalaqaa hattaa izaa laqiyaa ghulaaman faqatalahoo qaala aqatalta nafsan zakiy yatam bighairi nafs; laqad ji'ta shai'an nukraa

    Bas, ular yurib ketdilar. To bir bolani uchratganida, uni oʻldirdi. U (Muso): «Birovni oʻldirmagan begunoh jonni oʻldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» – dedi. [29]

    [29] (Bu ishi kemani teshgandan ham battar tuyuldi. Chunki koʻrib bilib turib bir maʼsum goʻdakni qasddan oʻldirish hazilakam ish emas edi.)

  75. 75

    ۞ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًۭا

    Qaala alam aqul laka innaka lan tastatee'a ma'iya sabraa

    U: «Senga, sen men bilan birga albatta sabr qila olmaysan demabmidim?!» – dedi.

  76. 76

    قَالَ إِن سَأَلْتُكَ عَن شَىْءٍۭ بَعْدَهَا فَلَا تُصَٰحِبْنِى ۖ قَدْ بَلَغْتَ مِن لَّدُنِّى عُذْرًۭا

    Qaala in sa altuka 'an shai'im ba'dahaa falaa tusaahibnee qad balaghta mil ladunnee 'uzraa

    U: «Agar bundan keyin sendan yana bir narsani soʻrasam, men bilan birodarlik qilmay qoʻyaver. Batahqiq, men tarafimdan uzr(qabuli)ni oxiriga yetkazding», dedi.

  77. 77

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَيَآ أَهْلَ قَرْيَةٍ ٱسْتَطْعَمَآ أَهْلَهَا فَأَبَوْا۟ أَن يُضَيِّفُوهُمَا فَوَجَدَا فِيهَا جِدَارًۭا يُرِيدُ أَن يَنقَضَّ فَأَقَامَهُۥ ۖ قَالَ لَوْ شِئْتَ لَتَّخَذْتَ عَلَيْهِ أَجْرًۭا

    Fantalaqaa hattaaa izaaa atayaaa ahla qaryatinis tat'amaaa ahlahaa fa abaw any yudaiyifoohumaa fawajadaa feehaa jidaarany yureedu any yanqadda fa aqaamah; qaala law shi'ta lattakhazta 'alaihi ajraa

    Bas, yurib ketdilar. Qachonki, bir shahar aholisiga kelganlarida, uning ahlidan taom soʻradilar. Ular ikkovlarini ziyofat qilishdan bosh tortdilar. Ikkovlari u yerda yiqilib ketay deb turgan bir devorni koʻrishdi. Bas, uni turgʻizib qoʻydi. U (Muso): «Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedi.

  78. 78

    قَالَ هَٰذَا فِرَاقُ بَيْنِى وَبَيْنِكَ ۚ سَأُنَبِّئُكَ بِتَأْوِيلِ مَا لَمْ تَسْتَطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا

    Qaala haazaa firaaqu bainee wa bainik; sa unabi 'uka bitaaweeli maa lam tastati' 'alaihi sabraa

    U: «Bu men bilan sening oramizdagi ajrashishdir. Endi senga sabr qila olmagan narsa(lar)ning taʼviylini aytib beraman», dedi.

  79. 79

    أَمَّا ٱلسَّفِينَةُ فَكَانَتْ لِمَسَٰكِينَ يَعْمَلُونَ فِى ٱلْبَحْرِ فَأَرَدتُّ أَنْ أَعِيبَهَا وَكَانَ وَرَآءَهُم مَّلِكٌۭ يَأْخُذُ كُلَّ سَفِينَةٍ غَصْبًۭا

    Ammas safeenatu fakaanat limasaakeena ya'maloona fil bahri fa arattu an a'eebahaa wa kaana waraaa' ahum malikuny yaakhuzu kulla safeenatin ghasbaa

    «Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilishni iroda qildim. Chunki, ortlarida bir podshoh boʻlib, barcha kemani tortib olayotgan edi. [30]

    [30] (Kemani aybli qilib, kema egalariga zarar yetkazdim. Ammo aslini olganda, ularga foyda qildim. Podshoh odamlari aybli kemani tashlab ketadilar. Kambagʻallar kemasiz qolgandan koʻra, aybli boʻlsa ham, uni ishlatib kun oʻtkaza beradilar.)

  80. 80

    وَأَمَّا ٱلْغُلَٰمُ فَكَانَ أَبَوَاهُ مُؤْمِنَيْنِ فَخَشِينَآ أَن يُرْهِقَهُمَا طُغْيَٰنًۭا وَكُفْرًۭا

    Wa aammal ghulaamu fakaana abawaahu mu'minaini fakhasheenaaa any yurhiqa humaa tughyaananw wa kufraa

    Endi bolaga kelsak, ota-onasi moʻmin kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tugʻyon va kufr ila ezishidan qoʻrqdik. [31]

    [31] (Bolaning ota-onasi moʻmin kishilar edilar. Ammo bola ulgʻaysa, kofir boʻlib, tugʻyonga ketib, ota-onasini ezar edi. Oʻsha ota-onani kelajakdagi yomonlikdan asrash uchun bolalari voyaga yetmasdan, kufr va tugʻyon sodir etmasdan oʻldirib qoʻyishni lozim topdik.)

  81. 81

    فَأَرَدْنَآ أَن يُبْدِلَهُمَا رَبُّهُمَا خَيْرًۭا مِّنْهُ زَكَوٰةًۭ وَأَقْرَبَ رُحْمًۭا

    Faradnaa any yubdila humaa Rabbuhumaa khairam minhu zakaatanw wa aqraba ruhmaa

    Bas, Robbilari ularga uning badaliga undan koʻra yaxshirogʻini, ahli solihroq va mehribonrogʻini berishni iroda qildi.

  82. 82

    وَأَمَّا ٱلْجِدَارُ فَكَانَ لِغُلَٰمَيْنِ يَتِيمَيْنِ فِى ٱلْمَدِينَةِ وَكَانَ تَحْتَهُۥ كَنزٌۭ لَّهُمَا وَكَانَ أَبُوهُمَا صَٰلِحًۭا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَن يَبْلُغَآ أَشُدَّهُمَا وَيَسْتَخْرِجَا كَنزَهُمَا رَحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ ۚ وَمَا فَعَلْتُهُۥ عَنْ أَمْرِى ۚ ذَٰلِكَ تَأْوِيلُ مَا لَمْ تَسْطِع عَّلَيْهِ صَبْرًۭا

    Wa ammal jidaaru fakaana lighulaamaini yateemaini fil madeenati wa kaana tahtahoo kanzul lahumaa wa kaana aboohumaa saalihan fa araada Rabbuka any yablughaaa ashuddahumaa wa yastakhrijaa kanzahumaa rahmatam mir Rabbik; wa maa fa'altuhoo 'an amree; zaalika taaweelu maa lam tasti' 'alaihi sabra

    Devorga kelsak, u shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ikkovlarining xazinasi bor edi. Ularning otalari solih odam edi. Bas, Robbing ikkovlarining voyaga yetishini va xazinalarini chiqarib olishini iroda qildi. Bu, Allohning rahmati ila boʻldi. Men oʻzimcha qilganim yoʻq. Mana shu, sen sabr qila olmagan narsaning taʼviylidir».

  83. 83

    وَيَسْـَٔلُونَكَ عَن ذِى ٱلْقَرْنَيْنِ ۖ قُلْ سَأَتْلُوا۟ عَلَيْكُم مِّنْهُ ذِكْرًا

    Wa yas'aloonaka 'an Zil Qarnaini qul sa atloo 'alaikum minhu zikraa

    Sendan Zulqarnayn haqida soʻrarlar. «Sizga uning haqidagi zikrni tilovat qilurman», degin. [32]

    [32] (Baʼzi rivoyatlarda yahudiylar soʻragan, deyilsa, boshqalarida yahudiylar oʻrgatgan, qurayshliklar soʻragan, ham deyishadi. Umuman olganda, odamlar Paygʻambar alayhissalotu vassalomdan Zulqarnayn haqida soʻrashgan. Qurʼonning xabar berishi shunday. Alloh Paygʻambariga savol haqida xabar berib, unga qanday javob berishni ham oʻzi oʻrgatmoqda: Oʻsha zikr-xabarga nazar solinsa, soʻrov Zulqarnaynning shaxsi, yashagan joyi yoki zamoni haqida emas, balki boshqa narsalar, yaʼni qilgan ishlari haqida ekani oydinlashadi.)

  84. 84

    إِنَّا مَكَّنَّا لَهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ وَءَاتَيْنَٰهُ مِن كُلِّ شَىْءٍۢ سَبَبًۭا

    Innaa makkannaa lahoo fil ardi wa aatainaahu min kulli shai'in sababaa

    Albatta, Biz unga yer yuzida imkoniyat berdik va har bir narsaga (erishish) sababini ato qildik. [33]

    [33] (Alloh taolo Zulqarnaynga Yer yuzida hukmronlik va boshqa katta imkoniyatlarni bergan edi.)

  85. 85

    فَأَتْبَعَ سَبَبًا

    Fa atba'a sababaa

    Bas, sababga ergashdi. [34]

    [34] (Yaʼni, oʻziga oson qilingan yoʻldan yurdi.)

  86. 86

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍۢ وَوَجَدَ عِندَهَا قَوْمًۭا ۗ قُلْنَا يَٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِمَّآ أَن تُعَذِّبَ وَإِمَّآ أَن تَتَّخِذَ فِيهِمْ حُسْنًۭا

    Hattaaa izaa balagha maghribash shamsi wajadahaaa taghrubu fee 'aynin hami'a tinw wa wajada 'indahaa qawmaa; qulnaa yaa Zal Qarnaini immaaa an tu'az ziba wa immaaa an tattakhiza feehim husnaa

    To quyosh botish joyiga yetganida, uning qora balchiq buloqqa botayotganini koʻrdi va uning oldida bir qavmni koʻrdi. Biz: «Ey Zul-qarnayn, yo ularni azoblaysan, yoki goʻzallik-la tutarsan», dedik. [35]

    [35] (Alloh bu gapni Zulqarnaynga qanday aytganini Oʻzi biladi. Vahiy orqalimi, ilhom qildimi? Lekin oʻsha qavm boʻyicha qaror qabul qilishni — xohlasa, azoblab, xohlasa, yaxshilik etishni ixtiyoriga qoʻydi.)

  87. 87

    قَالَ أَمَّا مَن ظَلَمَ فَسَوْفَ نُعَذِّبُهُۥ ثُمَّ يُرَدُّ إِلَىٰ رَبِّهِۦ فَيُعَذِّبُهُۥ عَذَابًۭا نُّكْرًۭا

    Qaala amaa man zalama fasawfa nu'azzibuhoo summa yuraddu ilaa Rabbihee fa yu 'azzibuhoo azaaban nukraa

    U: «Kim zulm qilgan boʻlsa, tezda uni azoblarmiz, soʻngra, Robbiga qaytarilar, bas, U zot ham uni munkar azob ila azoblar.

  88. 88

    وَأَمَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَلَهُۥ جَزَآءً ٱلْحُسْنَىٰ ۖ وَسَنَقُولُ لَهُۥ مِنْ أَمْرِنَا يُسْرًۭا

    Wa ammaa man aamana wa 'amila saalihan falahoo jazaaa'anil husnaa wa sanaqoolu lahoo min amrinaa yusraa

    Ammo, iymon keltirib yaxshi amallar qilganlarga esa, ularga goʻzal mukofot bordir va unga oʻz ishimizdan osonini ayturmiz», dedi.

  89. 89

    ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا

    Summa atba'a sababaa

    Soʻngra, u yana sababga ergashdi.

  90. 90

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَطْلِعَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَطْلُعُ عَلَىٰ قَوْمٍۢ لَّمْ نَجْعَل لَّهُم مِّن دُونِهَا سِتْرًۭا

    Hattaaa izaa balagha matli'ash shamsi wajdahaa tatlu'u alaa qawmil lam naj'al lahum min doonihaa sitraa

    To quyosh chiqish joyiga yetganida, uning bir qavm ustidan chiqayotganini koʻrdi. Ularga u(quyosh)dan toʻsiq boʻladigan narsa qilmagan edik.

  91. 91

    كَذَٰلِكَ وَقَدْ أَحَطْنَا بِمَا لَدَيْهِ خُبْرًۭا

    Kazaalika wa qad ahatnaa bimaa ladaihi khubraa

    Ana shunday, batahqiq, Biz uning oldidagi narsaning xabarini ihota qildik. [36]

    [36] (Yaʼni, magʻribdagi haq soʻzlar va ishlar mashriqda ham joriy qilindi. Zulqarnayn magʻribda hukmronlik qilganidek, mashriqda ham hukmronlik qildi. Biz, shubhasiz, Zulqarnaynning huzuridagi hamma narsaning xabarini toʻliq bilamiz.)

  92. 92

    ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا

    Summa atba'a sababaa

    Soʻngra u yana sababga ergashdi.

  93. 93

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ بَيْنَ ٱلسَّدَّيْنِ وَجَدَ مِن دُونِهِمَا قَوْمًۭا لَّا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ قَوْلًۭا

    Hattaaa izaa balagha bainas saddaini wajada min doonihimaa qawmal laa yakaa doona yafqahoona qawlaa

    To ikki togʻ orasiga yetganida, ularning ortida biron gapni anglamaydigan qavmni koʻrdi.

  94. 94

    قَالُوا۟ يَٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَىٰٓ أَن تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّۭا

    Qaaloo yaa Zal qarnaini inna Yaajooja wa Maajooja mufsidoona fil ardi fahal naj'alu laka kharjan 'alaaa an taj'ala bainanaa wa bainahum saddas

    Ular: «Ey Zulqarnayn, albatta, Yaʼjuj va Maʼjuj yer yuzida buzgʻunchilik qilguvchilardir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida toʻsiq qilib berurmisan?» – dedilar. [37]

    [37] (Yaʼjuj va Maʼjuj haqida ham juda koʻp gaplar bor. Bu ham taxminiy gaplardan iboratdir. Biz esa, Qurʼoni Karimdagi maʼlumotlar bilan kifoyalanamiz. Shunisi xayrli.)

  95. 95

    قَالَ مَا مَكَّنِّى فِيهِ رَبِّى خَيْرٌۭ فَأَعِينُونِى بِقُوَّةٍ أَجْعَلْ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ رَدْمًا

    Qaala maa makkannee feehi Rabbee khairun fa-a'eenoonee biquwwatin aj'al bainakum wa bainahum radmaa

    U: «Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga kuch ila yordam bering. Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman.

  96. 96

    ءَاتُونِى زُبَرَ ٱلْحَدِيدِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا سَاوَىٰ بَيْنَ ٱلصَّدَفَيْنِ قَالَ ٱنفُخُوا۟ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَعَلَهُۥ نَارًۭا قَالَ ءَاتُونِىٓ أُفْرِغْ عَلَيْهِ قِطْرًۭا

    Aatoonee zubaral hadeed, hattaaa izaa saawaa bainas sadafaini qaalan fukhoo hattaaa izaa ja'alahoo naaran qaala aatooneee ufrigh 'alaihi qitraa

    Menga temir parchalarini keltiring», dedi. Nihoyat, ikki togʻ tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», dedi. Nihoyat, u(toʻp temir)ni oʻtga aylantirgach: «Olib kelinglar, ustidan mis quyaman», dedi. [38]

    [38] (Ikki togʻ orasiga toʻplangan temirni bosqonlar bilan dam urib eritib olov holiga keltirdilar. Eritilgan mis olib kelinglar, olov boʻlib turgan temir ustidan quyaman, dedi.)

  97. 97

    فَمَا ٱسْطَٰعُوٓا۟ أَن يَظْهَرُوهُ وَمَا ٱسْتَطَٰعُوا۟ لَهُۥ نَقْبًۭا

    Famas taa'ooo any yazharoohu wa mastataa'oo lahoo naqbaa

    Bas, ular uning ustiga chiqa olmadilar, uni teshib ham oʻta olmadilar.

  98. 98

    قَالَ هَٰذَا رَحْمَةٌۭ مِّن رَّبِّى ۖ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ رَبِّى جَعَلَهُۥ دَكَّآءَ ۖ وَكَانَ وَعْدُ رَبِّى حَقًّۭا

    Qaala haaza rahmatummir Rabbee fa izaa jaaa'a wa'du Rabbee ja'alahoo dakkaaa'a; wa kaana; wa du Rabbee haqqaa

    U: «Bu, Robbim rahmatidandir. Agar Robbimning vaʼdasi kelsa, buni yer barobar qilur. Robbimning vaʼdasi haqdir», dedi.

  99. 99

    ۞ وَتَرَكْنَا بَعْضَهُمْ يَوْمَئِذٍۢ يَمُوجُ فِى بَعْضٍۢ ۖ وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَجَمَعْنَٰهُمْ جَمْعًۭا

    Wa taraknaa ba'dahum Yawma'iziny yamooju fee ba'dinw wa nufikha fis Soori fajama'naahum jam'aa

    Oʻsha kuni ularni bir-birlari ila mavj urgan hollarida tark etdik va sur chalindi. Bas, ularning hammalarini jamladik.

  100. 100

    وَعَرَضْنَا جَهَنَّمَ يَوْمَئِذٍۢ لِّلْكَٰفِرِينَ عَرْضًا

    Wa 'aradnaa jahannama Yawma'izil lilkaafireena 'ardaa

    Oʻsha kuni kofirlarga jahannamni koʻndalang qilib koʻrsatdik.

  101. 101

    ٱلَّذِينَ كَانَتْ أَعْيُنُهُمْ فِى غِطَآءٍ عَن ذِكْرِى وَكَانُوا۟ لَا يَسْتَطِيعُونَ سَمْعًا

    Allazeena kaanat a'yunuhum fee ghitaaa'in 'an zikree wa kaanoo la yastatee'oona sam'aa

    Ular koʻzlari Mening zikrimdan pardada boʻlgan va eshitishga qodir boʻla olmaydiganlar edilar.

  102. 102

    أَفَحَسِبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَن يَتَّخِذُوا۟ عِبَادِى مِن دُونِىٓ أَوْلِيَآءَ ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَٰفِرِينَ نُزُلًۭا

    Afahasibal lazeena kafarooo any yattakhizoo 'ibaadee min dooneee awliyaaa'; innaaa a'tadnaa jahannama lilkaafi reena nuzulaa

    Yoki kufr keltirganlar Meni qoʻyib bandalarimni valiy — iloh qilib olishni gumon qildilarmi?! Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz.

  103. 103

    قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُم بِٱلْأَخْسَرِينَ أَعْمَٰلًا

    Qul hal nunabbi'ukum bilakhsareena a'maalaa

    Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ziyonkorlarning xabarini beraymi?

  104. 104

    ٱلَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا

    Allazeena dalla sa'yuhum fil hayaatid dunyaa wa hum yahsaboona annahum yuhsinoona sun'aa

    Ular bu dunyo hayotidayoq saʼyi-harakatlari botil boʻlgan, oʻzlari esa, goʻzal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», degin.

  105. 105

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ وَلِقَآئِهِۦ فَحَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَزْنًۭا

    Ulaaa'ikal lazeena kafaroo bi aayaati Rabbihim wa liqaaa'ihee fahabitat a'maaluhum falaa nuqeemu lahum Yawmal Qiyaamati waznaa

    Ana oʻshalar Robbilari oyatlariga va unga roʻbaroʻ kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata boʻldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz. [39]

    [39] (Yaʼni, qiyomat kuni kofirlarning hech qanday qadr-qiymati boʻlmaydi. Ularning bu dunyoda qilgan amallarining vazni ham boʻlmaydi. Chunki Allohning nazdida hamma qadr-qiymat va amallarning vazni iymonga bogʻliq. Iymoni yoʻqning qadri ham yoʻq, qiymati ham yoʻq. Uning qilgan ishining vazni ham yoʻq.)

  106. 106

    ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُمْ جَهَنَّمُ بِمَا كَفَرُوا۟ وَٱتَّخَذُوٓا۟ ءَايَٰتِى وَرُسُلِى هُزُوًا

    Zaalika jazaaa'uhum jahannamu bimaa kafaroo wattakhazooo Aayaatee wa Rusulee huzuwaa

    Shuningdek, kufr keltirganlari va Mening oyatlarim va Paygʻambarlarimni masxara qilganlari sababli ularning jazosi jahannamdir.

  107. 107

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَانَتْ لَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلْفِرْدَوْسِ نُزُلًا

    Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati kaanat lahum Jannaatul Firdawsi nuzulaa

    Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil boʻlgandir.

  108. 108

    خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يَبْغُونَ عَنْهَا حِوَلًۭا

    Khaalideena feeha la yabghoona 'anhaa hiwalaa

    Unda abadiy qolurlar va undan koʻchishni istamaslar.

  109. 109

    قُل لَّوْ كَانَ ٱلْبَحْرُ مِدَادًۭا لِّكَلِمَٰتِ رَبِّى لَنَفِدَ ٱلْبَحْرُ قَبْلَ أَن تَنفَدَ كَلِمَٰتُ رَبِّى وَلَوْ جِئْنَا بِمِثْلِهِۦ مَدَدًۭا

    Qul law kaanal bahru midaadal lik Kalimaati Rabbee lanafidal bahru qabla an tanfada Kalimaatu Rabbee wa law ji'naa bimislihee madadaa

    Sen: «Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh boʻlsa-yu, unga oʻz mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur», degin. [40]

    [40] (Oyatdagi «dengiz» lafzi barcha dengiz jinsini oʻz ichiga oladi. Demak, dunyodagi barcha dengizlar siyoh qilib olinib, ularga yana shuncha dengiz siyohi qoʻshilsa-da, Alloh taoloning kalimalari yozilsa, oʻshancha dengiz siyoh tugab qoladi, ammo Allohning kalimalari tugamaydi. Demak, Alloh taoloning ilmi shunchalik koʻp. Buni qiyosdan tushunib olsa boʻlaveradi.)

  110. 110

    قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۖ فَمَن كَانَ يَرْجُوا۟ لِقَآءَ رَبِّهِۦ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًۭا صَٰلِحًۭا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِۦٓ أَحَدًۢا

    Qul innamaaa ana basharum mislukum yoohaaa ilaiya annamaa ilaahukum Ilaahunw Waahid; faman kaana yarjoo liqaaa'a Rabbihee falya'mal 'amalan saalihanw wa laa yushrik bi'ibaadati Rabbiheee ahadaa

    Sen: «Men ham sizlarga oʻxshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga roʻbaroʻ kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com