Sura 17
Isro
الإِسۡرَاءِ
Al-Isra · Makkiy · 111 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
سُبْحَٰنَ ٱلَّذِىٓ أَسْرَىٰ بِعَبْدِهِۦ لَيْلًۭا مِّنَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ إِلَى ٱلْمَسْجِدِ ٱلْأَقْصَا ٱلَّذِى بَٰرَكْنَا حَوْلَهُۥ لِنُرِيَهُۥ مِنْ ءَايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ
Subhaanal lazeee asraa bi'abdihee lailam minal Masjidil Haraami ilal Masjidil Aqsal-lazee baaraknaa haw lahoo linuriyahoo min aayaatinaa;innahoo Huwas Samee'ul-Baseer
Oʻz bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga moʻjizalarimizni koʻrsatish uchun sayr qildirgan Zot pok boʻldi. Albatta, U eshitguvchi va koʻrguvchi Zotdir.
- 2
وَءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَجَعَلْنَٰهُ هُدًۭى لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَلَّا تَتَّخِذُوا۟ مِن دُونِى وَكِيلًۭا
Wa aatainaa Moosal-Kitaaba wa ja'alnaahu hudal-liBaneee Israaa'eel;
Va Biz Musoga kitobni berdik va u(kitob)ni Bani Isroilga hidoyat qilib: «Mendan oʻzgani vakil tutmanglar!» dedik.
- 3
ذُرِّيَّةَ مَنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَبْدًۭا شَكُورًۭا
Zurriyyata man hamalnaa ma'a Nooh innahoo kaana 'abdan shakooraa
(Ey) Nuh bilan birga koʻtarganlarimizning zurriyotlari! Albatta, u oʻta shukrli banda edi. [1]
[1] (Nuh alayhissalom oʻta shukrli banda edi. Unga iymon keltirganlar ham oʻta shukrli bandalar edilar. Sizlar ham shukrli boʻlinglar.)
- 4
وَقَضَيْنَآ إِلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ فِى ٱلْكِتَٰبِ لَتُفْسِدُنَّ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَّتَيْنِ وَلَتَعْلُنَّ عُلُوًّۭا كَبِيرًۭا
Wa qadainaaa ilaa Baneee Israaa'eela fil Kitaabi latufsidunna fil ardi marratain; wa lata'lunna'uluwwan kabeeraa
Biz u kitobda Bani Isroilga, yer yuzida ikki marta buzgʻunchilik qilursizlar va katta tugʻyonga ketursizlar, deb bildirdik.
- 5
فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ أُولَىٰهُمَا بَعَثْنَا عَلَيْكُمْ عِبَادًۭا لَّنَآ أُو۟لِى بَأْسٍۢ شَدِيدٍۢ فَجَاسُوا۟ خِلَٰلَ ٱلدِّيَارِ ۚ وَكَانَ وَعْدًۭا مَّفْعُولًۭا
Fa-izaa jaaa'a wa'duoolaahumaa ba'asnaaa 'alykurr 'ibaadai-lanaaa ulee baasin shadeedin fajaasoo khilaalad diyaar; wa kaana wa'dam maf'oolaa
Bas, oʻsha ikki(buzgʻunchilik)dan birinchisining vaʼda vaqti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-qudratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, ular hovli-joylarni oralab kezadilar. Bu, qilinishi lozim vaʼda edi. [2]
[2] (Turli imkonlarga ega boʻlib, muqaddas yerda yuksaladilar. Soʻngra buzgʻunchilikka oʻtadilar. Sizga qilmishingizning jazosini kuch-quvvatga ega bandalarimiz beradi, sizlarni topib, azoblab oʻldiradilar. Ulardan qochib qutula olmaysiz.)
- 6
ثُمَّ رَدَدْنَا لَكُمُ ٱلْكَرَّةَ عَلَيْهِمْ وَأَمْدَدْنَٰكُم بِأَمْوَٰلٍۢ وَبَنِينَ وَجَعَلْنَٰكُمْ أَكْثَرَ نَفِيرًا
Summa radadnaa lakumul karrata 'alaihim wa amdad-naakum-bi amwaalinuw wa baneen; wa ja'alnaakum aksara nafeeraa
Soʻngra, sizga ular ustidan gʻalabani qaytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va sizlarning adadingizni koʻp qilib qoʻydik.
- 7
إِنْ أَحْسَنتُمْ أَحْسَنتُمْ لِأَنفُسِكُمْ ۖ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا ۚ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ ٱلْءَاخِرَةِ لِيَسُۥٓـُٔوا۟ وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُوا۟ ٱلْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ وَلِيُتَبِّرُوا۟ مَا عَلَوْا۟ تَتْبِيرًا
In ahsantum ahsantum li anfusikum wa in asaatum falahaa; fa izaa jaaa'a wa'dul aakhirati liyasooo'oo wujoo hakum wa liyadkhulul masjida kamaa dakhaloohu awwala marratinw wa liyutabbiroo mass'alaw tatbeera
Agar yaxshilik qilsangiz, oʻzingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, oʻzingiz uchundir. Bas, keyingi(buzgʻunchilik)ning vaʼda vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz). [3]
[3] (Siz oʻzingizning qilmishingiz ila oʻsha vaʼdaning yuzaga chiqishiga sabab boʻlganingizda... U bandalarimiz shiddatli kuch-quvvat egalari boʻladilar. Ular masjidga — Baytul Maqdisga avval qanday kirgan boʻlsalar, shunday kiradilar va oʻzlari egallagan narsalarni tamoman parchalab yoʻq qilib tashlaydilar.)
- 8
عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يَرْحَمَكُمْ ۚ وَإِنْ عُدتُّمْ عُدْنَا ۘ وَجَعَلْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَٰفِرِينَ حَصِيرًا
'Asaa rabbukum anyyarhamakum; wa in 'uttum 'udnaa; wa ja'alnaa jahannama lilkaafireena haseera
Shoyad, Robbingiz sizga rahim qilsa. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz.
- 9
إِنَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ يَهْدِى لِلَّتِى هِىَ أَقْوَمُ وَيُبَشِّرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًۭا كَبِيرًۭا
Inna haazal Quraana yahdee lillatee hiya aqwamu wa yubashshirul mu'mineenal lazeena ya'maloonas saalihaati anna lahum ajran kabeeraa
Albatta, bu Qurʼon eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiluvchi moʻminlarga, albatta oʻshalarga, ulugʻ ajr borligi xushxabarini berur.
- 10
وَأَنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا
Wa annal lazeena laa yu'minoona bil aakhirati a'tadnaa lahum 'azaaban aleemaa
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga, oʻshalarga, alamli azobni tayyorlab qoʻydik.
- 11
وَيَدْعُ ٱلْإِنسَٰنُ بِٱلشَّرِّ دُعَآءَهُۥ بِٱلْخَيْرِ ۖ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ عَجُولًۭا
Wa yad'ul insaanu bishsharri du'aaa 'ahoo bilkhayr; wa kaanal insaanu 'ajoola
Inson yaxshilikka duo qilganidek, yomonlikka ham duo qilur. Inson shoshqaloq boʻlgandir. [4]
[4] (Yaʼni, iymonsiz, Qurʼon hidoyatidan mahrum boʻlgan har bir inson oʻzini yaxshilikka urganidek, yomonlikka ham uraveradi. Chunki u nima yaxshi va nima yomon — ajrata olmaydi. Shuningdek, yaxshilik tilab duo qilganidek, yomonlik tilab ham duo qilaveradi. U avval yomonlikni anglab yetmaydi, anglagan chogʻida ham undan oʻzini toʻxtata olmaydi.)
- 12
وَجَعَلْنَا ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ءَايَتَيْنِ ۖ فَمَحَوْنَآ ءَايَةَ ٱلَّيْلِ وَجَعَلْنَآ ءَايَةَ ٱلنَّهَارِ مُبْصِرَةًۭ لِّتَبْتَغُوا۟ فَضْلًۭا مِّن رَّبِّكُمْ وَلِتَعْلَمُوا۟ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَٱلْحِسَابَ ۚ وَكُلَّ شَىْءٍۢ فَصَّلْنَٰهُ تَفْصِيلًۭا
Wa ja'alnal laila wannahaara Aayatayni famahawnaaa Aayatal laili wa ja'alnaaa Aayatan nahaari mubsiratal litabtaghoo fadlam mir Rabbikum wa lita'lamoo 'adadas sineena walhisaab; wa kulla shai'in fassalnaahu tafseelaa
Kecha va kunduzni ikki belgi — alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini koʻrsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz.
- 13
وَكُلَّ إِنسَٰنٍ أَلْزَمْنَٰهُ طَٰٓئِرَهُۥ فِى عُنُقِهِۦ ۖ وَنُخْرِجُ لَهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ كِتَٰبًۭا يَلْقَىٰهُ مَنشُورًا
Wa kulla insaanin alzamnaahu taaa'irahoo fe 'unuqihee wa nukhriji lahoo Yawmal Qiyaamati kitaabany yalqaahu manshooraa
Biz har bir insonning amalini boʻyniga bogʻlab qoʻyganmiz va qiyomat kuni unga kitob chiqaramizki, u unga ochilgan holda roʻbaroʻ boʻlur.
- 14
ٱقْرَأْ كِتَٰبَكَ كَفَىٰ بِنَفْسِكَ ٱلْيَوْمَ عَلَيْكَ حَسِيبًۭا
Iqra kitaabak kafaa binafsikal Yawma 'alaika haseebaa
Kitobingni oʻqi, bugungi kunda sen oʻzingga oʻzing hisobchilikka kifoya qilursan (deyilur). [5]
[5] (Boshqa hisobchining keragi yoʻq. Hamma ishlaring shu kitobda yozilgan, oʻqib olsang boʻldi. Oʻzing oʻzingga hisobchisan, guvohsan.)
- 15
مَّنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّىٰ نَبْعَثَ رَسُولًۭا
Manihtadaa fa innamaa yahtadee linafsihee wa man dalla fa innamaa yadillu 'alaihaa; wa laa taziru waaziratunw wizra ukhraa; wa maa kunnaa mu'azzibeena hatta nab'asa Rasoola
Kim hidoyatga yursa, faqat oʻzi uchungina hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, faqat oʻzi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir jon oʻzganing ogʻirligini koʻtaruvchi boʻlmas. Toki Paygʻambar yubormagunimizcha, azoblovchi boʻlgan emasmiz.
- 16
وَإِذَآ أَرَدْنَآ أَن نُّهْلِكَ قَرْيَةً أَمَرْنَا مُتْرَفِيهَا فَفَسَقُوا۟ فِيهَا فَحَقَّ عَلَيْهَا ٱلْقَوْلُ فَدَمَّرْنَٰهَا تَدْمِيرًۭا
Wa izaaa aradnaaa an nuhlika qaryatan amarnaa mutrafeehaa fafasaqoo feehaa fahaqqa 'alaihal qawlu fadammarnaahaa tadmeeraa
Qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maishatparastlarini (itoatga) amr qilamiz, bas, ular u(shahar)da fisq qilurlar. Shunda unga «soʻz» haq boʻlur. Bas, Biz u(shahar)ni mutlaqo vayron qilurmiz. [6]
[6] (Har bir yurtning maishatparastlari bor. Ular kattakon amaldorlar va har xil nozu neʼmatga koʻmilgan kishilar toifasidir. Fazilat, muqaddas narsa, gunoh yoki savob kabi tushunchalar ularning xayoliga ham kelmaydi. Koʻngillari tusagan ishni qilishga oʻrganib qoladilar. Koʻngillari esa, doimo fisqu fasodni, harom maishatni tilaydi. Aʼyonlari shu darajaga yetishiga tomoshabin boʻlib turgan xalqdan ham yaxshilik kutilmaydi. Bunday yurt halok boʻlishga sazovordir.)
- 17
وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِنَ ٱلْقُرُونِ مِنۢ بَعْدِ نُوحٍۢ ۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرًۢا بَصِيرًۭا
Wa kam ahlaknaa minal qurooni mim ba'di Nooh; wa kafaa bi Rabbika bizunoobi 'ibaadihee Khabeeram Baseeraa
Nuhdan soʻng qanchadan-qancha asrlarni halok qildik. Bandalarining gunohlaridan xabardor boʻlish va ularni koʻrishda Robbing Oʻzi kifoya qilur.
- 18
مَّن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعَاجِلَةَ عَجَّلْنَا لَهُۥ فِيهَا مَا نَشَآءُ لِمَن نُّرِيدُ ثُمَّ جَعَلْنَا لَهُۥ جَهَنَّمَ يَصْلَىٰهَا مَذْمُومًۭا مَّدْحُورًۭا
Man kaana yureedul 'aajilata 'ajjalnaa lahoo feehaa maa nashaaa'u liman nureedu summa ja'alnaa lahoo Jahannama yaslaahaa mazmoomammad hooraa
Kim shoshgan(dunyo)ni istasa, unga bu dunyoda iroda qilgan kishimizga nimani xohlasak, shoshilinch berurmiz. Soʻngra, unga jahannamni berurmiz. Unga xor va quvgʻinga uchragan holda kirur. [7]
[7] (Bunday kishi bu dunyoda kerak narsasiga erishib oladi. Ammo oxiratiga hech narsa qolmaydi.)
- 19
وَمَنْ أَرَادَ ٱلْءَاخِرَةَ وَسَعَىٰ لَهَا سَعْيَهَا وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَأُو۟لَٰٓئِكَ كَانَ سَعْيُهُم مَّشْكُورًۭا
Wa man araadal Aakhirata wa sa'aa lahaa sa'yahaa wa huwa mu'minun fa ulaaa'ika kaana sa'yuhum mashkooraa
Kim oxiratni istasa va unga erishish uchun moʻmin boʻlgan holida kerakli harakatini qilsa, bas, ana oʻshalarning harakatlari maqbuldir. [8]
[8] (Yaʼni, odam oxiratda yaxshi natijaga erishtiradigan ishlarni qilishi, oxiratda jahannamga duchor etadigan ishlarning yaqiniga yoʻlamasligi lozim boʻladi.)
- 20
كُلًّۭا نُّمِدُّ هَٰٓؤُلَآءِ وَهَٰٓؤُلَآءِ مِنْ عَطَآءِ رَبِّكَ ۚ وَمَا كَانَ عَطَآءُ رَبِّكَ مَحْظُورًا
Kullan numiddu haaa 'ulaaa'i wa haaa'ulaaa'i min 'ataaa'i rabbik; wa maa kaana 'ataaa'u rabbika mahzooraa
Barchaga — manavilarga ham, anavilarga ham Robbingning atoyu neʼmatlaridan choʻzamiz. Robbingning atoyu neʼmatlari cheklangan emas. [9]
[9] (Barcha bandalarga, yaʼni oxiratni istagan, iymonga kelib, ibodat qilib, kerakli saʼy-harakatlarni qilganlarga ham, dunyoni istab, iymonga kelmay, isyon qilib, gunohkor boʻlib yurganlarga ham Robingning ato-yu neʼmatlaridan beramiz.)
- 21
ٱنظُرْ كَيْفَ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۚ وَلَلْءَاخِرَةُ أَكْبَرُ دَرَجَٰتٍۢ وَأَكْبَرُ تَفْضِيلًۭا
Unzur kaifa faddalnaa ba'dahum 'alaa ba'd; wa lal Aakhiratu akbaru darajaatinw wa akbaru tafdeelaa
Baʼzilarini baʼzilaridan qanday afzal qilib qoʻyganimizga nazar sol. Albatta, oxirat darajasi va afzalligi kattaroqdir. [10]
[10] (Bu dunyoda baʼzi odamlarga koʻproq neʼmat tegsa, boshqalaridan afzal boʻlib yuraveradilar. Ammo bu hollari haqiqiy afzallik, haqiqiy yuksak martaba emas. Oxiratning daraja va afzalligi haqiqiydir. Chunki bu daraja va afzalliklar abadiy qolajakdir. Oʻzini bilgan odamlar ana oʻsha afzallik va ana oʻsha darajaga erishish uchun harakat qiladilar.)
- 22
لَّا تَجْعَلْ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتَقْعُدَ مَذْمُومًۭا مَّخْذُولًۭا
Laa taj'al ma'al laahi ilaahan aakhara fataq'uda mazoomam makhzoolaa
Alloh bilan birga oʻzga ilohni (sherik) qilma! Yana, mazammatga uchrab, chorasiz oʻtirib qolmagin.
- 23
۞ وَقَضَىٰ رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّآ إِيَّاهُ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًا ۚ إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ ٱلْكِبَرَ أَحَدُهُمَآ أَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّۢ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلًۭا كَرِيمًۭا
Wa qadaa Rabbuka allaa ta'budooo illaaa iyyaahu wa bilwaalidaini ihsaanaa; immaa yablughanna 'indakal kibara ahaduhumaaa aw kilaahumaa falaa taqul lahumaaa uffinw wa laa tanharhumaa wa qullahumaa qawlan kareemaa
Robbing faqat Uning Oʻzigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi soʻz ayt! [11]
[11] (Bu jumlaning «uff» soʻziga bogʻliq ikki xil maʼnosi bor. Bir maʼnosi — ota-onaga yomon soʻz aytib, behurmat qilma, degani boʻlsa, ikkinchi maʼnosi — ota-onang oldida «uff» dema, ular bolam ogʻir holga tushibdi, deb ozorlanadilar, deganidir.)
- 24
وَٱخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ ٱلذُّلِّ مِنَ ٱلرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ٱرْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِى صَغِيرًۭا
Wakhfid lahumaa janaahaz zulli minar rahmati wa qur Rabbir hamhumaa kamaa rabbayaanee sagheera
Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin», deb ayt.
- 25
رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا فِى نُفُوسِكُمْ ۚ إِن تَكُونُوا۟ صَٰلِحِينَ فَإِنَّهُۥ كَانَ لِلْأَوَّٰبِينَ غَفُورًۭا
Rabbukum a'lamu bimaa fee nufoosikum; in takoonoo saaliheena fa innahoo kaana lil awwaabeena Ghafoooraa
Robbingiz sizning dilingizdagi narsani ham oʻta bilguvchidir. Agar ahli solihlardan boʻlsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermagʻfiratdir.
- 26
وَءَاتِ ذَا ٱلْقُرْبَىٰ حَقَّهُۥ وَٱلْمِسْكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ وَلَا تُبَذِّرْ تَبْذِيرًا
Wa aati zal qurbaa haqqahoo walmiskeena wabnas sabeeli wa laa tubazzir tabzeeraa
Qarindoshga haqqini ber! Miskinga va yoʻl oʻgʻliga ham. Isrofgarchilikka mutlaqo yoʻl qoʻyma.
- 27
إِنَّ ٱلْمُبَذِّرِينَ كَانُوٓا۟ إِخْوَٰنَ ٱلشَّيَٰطِينِ ۖ وَكَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ لِرَبِّهِۦ كَفُورًۭا
Innal mubazzireena kaanoo ikhwaanash shayaateeni wa kaanash shaytaanu li Rabbihee kafooraa
Albatta, isrofchilar shaytonlarning birodarlari boʻlganlar. Shayton esa, Robbiga oʻta noshukr boʻlgandir.
- 28
وَإِمَّا تُعْرِضَنَّ عَنْهُمُ ٱبْتِغَآءَ رَحْمَةٍۢ مِّن رَّبِّكَ تَرْجُوهَا فَقُل لَّهُمْ قَوْلًۭا مَّيْسُورًۭا
Wa immaa turidanna 'anhumub tighaaa'a rahmatim mir rabbika tarjoohaa faqul lahum qawlam maisooraa
Agar ulardan Robbingdan rahmat talab qilgan holda yuz oʻgiradigan boʻlsang, bas, ularga muloyim soʻz aytgin. [12]
[12] (Qoʻlingda beradigan narsang boʻlmasa, ota-ona, qarindosh, miskinlarga moddiy yordam bera olmay yuz oʻgiradigan boʻlsang, Robbingdan kelajakda senga ham rizq-roʻz — rahmat talab qilgan holda ularga shirin soʻz ayt. «Oʻzimda hech vaqo yoʻq-ku, senlarga nimani berar edim! kabi qoʻpol soʻzlarni aytish yaxshi emas. «Kechirasizlar, hozir bir oz qoʻlim qisqaroq boʻlib turuvdi, Allohning rahmatidan umidvormiz, bizga ham neʼmatidan berib qolsa, insha Alloh, sizlarga ham beramiz», kabi shirin soʻzlar aytish kerak.)
- 29
وَلَا تَجْعَلْ يَدَكَ مَغْلُولَةً إِلَىٰ عُنُقِكَ وَلَا تَبْسُطْهَا كُلَّ ٱلْبَسْطِ فَتَقْعُدَ مَلُومًۭا مَّحْسُورًا
Wa laa taj'al yadaka maghloolatan il 'unuqika wa laa tabsut haa kullal basti fataq'uda maloomam mahsooraa
Qoʻlingni boʻyningga bogʻlab olma. Uni bir yoʻla yozib ham yuborma. Yana, malomat va hasratda oʻtirib qolmagin. [13]
[13] (Baxil odam kutilmaganda hamyonimga qoʻl solib, birovga pul berib yubormay, deb qoʻlini boʻyniga bogʻlab olgan kishiga oʻxshatilmoqda. Har bir narsa tavozin ila meʼyorida qilish tavsiya etiladi. Bir narsani juda oshirib ham yuborilmaydi yoki, aksincha, juda yoʻq darajaga ham tushurib qoʻyilmaydi. Balki oʻrtacha meʼyorida ado etiladi.)
- 30
إِنَّ رَبَّكَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرًۢا بَصِيرًۭا
Inna Rabbaka yabsuturrizqa limai yashaaa'u wa yaqdir; innahoo kaana bi'ibaadihee Khabeeram Baseera
Albatta, Robbing rizqni kimga xohlasa, keng qilur yoki tor qilur. Albatta, U bandalaridan xabardor va koʻrguvchi Zotdir.
- 31
وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَوْلَٰدَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلَٰقٍۢ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُمْ ۚ إِنَّ قَتْلَهُمْ كَانَ خِطْـًۭٔا كَبِيرًۭا
Wa laa taqtulooo awlaadakum khashyata imlaaq; nahnu narzuquhum wa iyyaakum; inna qatlahum kaana khitan kabeeraa
Bolalaringizni faqirlikdan qoʻrqib oʻldirmang. Biz ularni ham, sizlarni ham rizqlantiramiz. Albatta, ularni oʻldirish katta xatodir. [14]
[14] (Johiliyat davrida arablarda faqirlik va ochlikdan qoʻrqib farzandni tiriklay koʻmib yuborish odati bor edi.)
- 32
وَلَا تَقْرَبُوا۟ ٱلزِّنَىٰٓ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةًۭ وَسَآءَ سَبِيلًۭا
Wa laa taqrabuz zinaaa innahoo kaana faahishatanw wa saaa'a sabeelaa
Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yoʻldir. [15]
[15] (Oyatda «zino qilmanglar» emas, balki «zinoga yaqinlashmanglar» deyilmoqda. Bu degani, zino qilmanglar, degandan koʻra qattiqroqdir. Moʻmin-musulmon odam zino qilish tugul, uning yaqiniga ham yoʻlamasligi kerak. Zinoga olib boruvchi narsalardan ham uzoqda boʻlishi lozim.)
- 33
وَلَا تَقْتُلُوا۟ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۗ وَمَن قُتِلَ مَظْلُومًۭا فَقَدْ جَعَلْنَا لِوَلِيِّهِۦ سُلْطَٰنًۭا فَلَا يُسْرِف فِّى ٱلْقَتْلِ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ مَنصُورًۭا
Wa laa taqtulun nafsal latee harramal laahu illaa bilhaqq; wa man qutila mazlooman faqad ja'alnaa liwaliyyihee sultaanan falaa yusrif fil qatli innahoo kaana mansooraa
Alloh (oʻldirishni) harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila boʻlsa, mayli. Kimki mazlum holida oʻldirilsa, uning valiyiga haq berganmiz. Bas, u oʻldirishda isrof qilmasin. Albatta, u nusrat berilgan odamdir.
- 34
وَلَا تَقْرَبُوا۟ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥ ۚ وَأَوْفُوا۟ بِٱلْعَهْدِ ۖ إِنَّ ٱلْعَهْدَ كَانَ مَسْـُٔولًۭا
Wa laa taqraboo maalal yateemi illaa billatee hiya ahsanu hattaa yablugha ashuddah; wa awfoo bil'ahd, innal 'ahda kaana mas'oolaa
Yetimning moliga, toki u balogʻat yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila boʻlsa, mayli. Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd masʼul boʻlgan ishdir.
- 35
وَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ إِذَا كِلْتُمْ وَزِنُوا۟ بِٱلْقِسْطَاسِ ٱلْمُسْتَقِيمِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌۭ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًۭا
Wa awful kaila izaa kiltum wa zinoo bilqistaasil mustaqeem; zaalika khairunw wa ahsanu taaweelaa
Oʻlchagan chogʻingizda toʻliq oʻlchang va toʻgʻri tarozi ila torting. Ana oʻsha yaxshidir va oqibati goʻzaldir.
- 36
وَلَا تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ ۚ إِنَّ ٱلسَّمْعَ وَٱلْبَصَرَ وَٱلْفُؤَادَ كُلُّ أُو۟لَٰٓئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْـُٔولًۭا
Wa laa taqfu maa laisa laka bihee 'ilm; innas sam'a walbasara walfu'aada kullu ulaaa'ika kaana 'anhu mas'oolaa
Oʻzing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, koʻz va dil — ana oʻshalar, masʼuldirlar.
- 37
وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا ۖ إِنَّكَ لَن تَخْرِقَ ٱلْأَرْضَ وَلَن تَبْلُغَ ٱلْجِبَالَ طُولًۭا
Wa laa tamshi fil ardi marahan innaka lan takhriqal arda wa lan tablughal jibaala toola
Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor boʻyda togʻlarga yeta olmaysan!
- 38
كُلُّ ذَٰلِكَ كَانَ سَيِّئُهُۥ عِندَ رَبِّكَ مَكْرُوهًۭا
Kullu zaalika kaana sayyi'uhoo inda Rabbika makroohaa
Bularning barcha yomoni Robbining huzurida xush koʻrilmagandir. [16]
[16] (Yaʼni, yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan narsalarning yomonlari Alloh sevmagan ishlardir.)
- 39
ذَٰلِكَ مِمَّآ أَوْحَىٰٓ إِلَيْكَ رَبُّكَ مِنَ ٱلْحِكْمَةِ ۗ وَلَا تَجْعَلْ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتُلْقَىٰ فِى جَهَنَّمَ مَلُومًۭا مَّدْحُورًا
Zaalika mimmaaa awhaaa ilaika Rabbuka minal hikmah; wa laa taj'al ma'allaahi ilaahan aakhara fatulqaa fee Jahannama maloomam mad hooraa
Ushbular Robbing senga vahiy qilgan baʼzi hikmatlardir. Alloh bilan birga oʻzga iloh qilma. Yana, jahannamga malomat qilingan va quvilgan holingda tashlanmagin.
- 40
أَفَأَصْفَىٰكُمْ رَبُّكُم بِٱلْبَنِينَ وَٱتَّخَذَ مِنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنَٰثًا ۚ إِنَّكُمْ لَتَقُولُونَ قَوْلًا عَظِيمًۭا
Afa asfaakum rabbukum bilbaneena wattakhaza minal malaaa'ikati inaasaa; innakum lataqooloona qawlan 'azeema
Robbingiz sizlarga oʻgʻillarni xos qilib berib, farishtalarni Oʻziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar zoʻr gapni aytmoqdasiz. [17]
[17] (Arab mushriklari qiz farzandni hech yoqtirmas edilar. Boshqa oyatlarda zikr qilinganidek, ulardan qiz koʻrgani qattiq xafa boʻlib, yuzi qorayib ketar edi. Qiz farzand toʻgʻrisida shunchalar salbiy eʼtiqodda boʻla turib, arab mushriklari, farishtalar Allohning qizlari, deb eʼtiqod qilishar edi. Oyati karimada ularning mazkur notoʻgʻri aqidalari inkor etilmoqa.)
- 41
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لِيَذَّكَّرُوا۟ وَمَا يَزِيدُهُمْ إِلَّا نُفُورًۭا
Wa laqad sarrafnaa fee haazal Quraani liyazzakkaroo wa maa yazeeduhum illaa nufooraa
Batahqiq, Biz bu Qurʼonda eslashlari uchun bayon qildik. Lekin bu ularga nafratdan oʻzgani ziyoda qilmas.
- 42
قُل لَّوْ كَانَ مَعَهُۥٓ ءَالِهَةٌۭ كَمَا يَقُولُونَ إِذًۭا لَّٱبْتَغَوْا۟ إِلَىٰ ذِى ٱلْعَرْشِ سَبِيلًۭا
Qul law kaana ma'ahooo aalihatun kamaa yaqooloona izal labtaghaw ilaa zil 'Arshi Sabeela
Sen: «Agar, ular aytganidek, U bilan birga boshqa ilohlar boʻlganida, ular Arsh egasi tomon yoʻl izlardilar», deb ayt. [18]
[18] (Bu oyat mushriklarning Allohdan boshqa ibodatga sazovor turli ilohlar bor, degan daʼvolariga raddiyadir. Farazan, mushriklar aytayotganidek, Alloh taolo bilan birga boshqa ilohlar boʻlsa edi, oʻsha ilohlar Arsh egasi boʻlmish Alloh tomon, unga yaqinlashaman deb yoki uning mulkiga sohib boʻlaman, deb yoʻl izlagan boʻlar edilar.)
- 43
سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوًّۭا كَبِيرًۭا
Subhaanahoo wa Ta'aalaa 'ammaa yaqooloona 'uluwwan kabeeraa
U zot ular aytayotgan narsadan pok va nihoyatda oliydir.
- 44
تُسَبِّحُ لَهُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ ٱلسَّبْعُ وَٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ ۚ وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِۦ وَلَٰكِن لَّا تَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ ۗ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًۭا
Tusabbihu lahus samaawaatus sab'u wal ardu wa man feehinn; wa im min shai'in illaa yusabbihu bihamdihee wa laakil laa tafqahoona tasbeehahum; innahoo kaana Haleeman Ghafooraa
Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yoʻq. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermagʻfirat Zotdir. [19]
[19] (Arab tilida tasbih aytish «Allohni poklab yod etish» maʼnosini anglatadi. Ushbu oyati karima butun borliq, barcha mavjudot Alloh taoloni aybu nuqsondan poklab tasbih aytishini taʼkidlamoqda.)
- 45
وَإِذَا قَرَأْتَ ٱلْقُرْءَانَ جَعَلْنَا بَيْنَكَ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ حِجَابًۭا مَّسْتُورًۭا
Wa izaa qaraatal Quraana ja'alnaa bainaka wa bainal lazeena laa yu'minoona bil aakhirati hijaabam mastooraa
Qachon Qurʼon qiroat qilsang, sen bilan oxiratga iymon keltirmaydiganlar orasida koʻrinmas parda qilurmiz. [20]
[20] (Ana oʻsha koʻrinmas parda ularni Qurʼonga ishonishdan toʻsib turadi.)
- 46
وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًۭا ۚ وَإِذَا ذَكَرْتَ رَبَّكَ فِى ٱلْقُرْءَانِ وَحْدَهُۥ وَلَّوْا۟ عَلَىٰٓ أَدْبَٰرِهِمْ نُفُورًۭا
Wa ja'alnaa 'alaa quloo bihim akinnatan any yafqahoohu wa feee aazaanihim waqraa; wa izaa zakarta Rabbaka fil Quraani wahdahoo wallaw 'alaaa adbaarihim nufooraa
Va qalblariga, uni anglamasliklari uchun, gʻilof qildik va quloqlarini kar qildik. Qachon sen Qurʼonda Robbingning yolgʻiz Oʻzini zikr qilsang, ular ortlariga oʻgirilib qochurlar.
- 47
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَسْتَمِعُونَ بِهِۦٓ إِذْ يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ وَإِذْ هُمْ نَجْوَىٰٓ إِذْ يَقُولُ ٱلظَّٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًۭا مَّسْحُورًا
nahnu a'lamu bimaa yastami'oona biheee iz yastami'oona ilaika wa iz hum najwaaa iz yaqooluz zaalimoona in tattabi'oona illaa rajulam mas hooraa
Biz ular nima sababdan tinglayotganlarini, ular seni tinglayotganlarida oʻzaro pichirlashayotganlarini, zolimlarning: «Sizlar sehrlangan kishiga ergashyapsiz, xolos», deganlarini ham yaxshi bilurmiz. [21]
[21] (Ular Qurʼondan manfaat olish, hidoyat topish uchun emas, masxara qilish, ayb topish uchun eshitadilar.)
- 48
ٱنظُرْ كَيْفَ ضَرَبُوا۟ لَكَ ٱلْأَمْثَالَ فَضَلُّوا۟ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ سَبِيلًۭا
Unzur kaifa daraboo lakal amsaala fadalloo falaa yastatee'oona sabeelaa
Ular senga qanday misol keltirganlariga nazar sol! Bas, zalolatga ketdilar va (toʻgʻri) yoʻlga qodir boʻlmaslar.
- 49
وَقَالُوٓا۟ أَءِذَا كُنَّا عِظَٰمًۭا وَرُفَٰتًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًۭا جَدِيدًۭا
Wa qaalooo'a izaa kunnaa 'izaamanw wa rufaatan 'a innaa lamab'oosoona khalqan jadeedaa
Ular: «Suyak va titilgan tuproq boʻlganimizdan keyin ham, yana yangidan yaratilib tiriltirilamizmi?» dedilar.
- 50
۞ قُلْ كُونُوا۟ حِجَارَةً أَوْ حَدِيدًا
Qul koonoo jijaaratan aw hadeedaa
Sen:«Tosh yoki temir boʻlib olinglar.
- 51
أَوْ خَلْقًۭا مِّمَّا يَكْبُرُ فِى صُدُورِكُمْ ۚ فَسَيَقُولُونَ مَن يُعِيدُنَا ۖ قُلِ ٱلَّذِى فَطَرَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ ۚ فَسَيُنْغِضُونَ إِلَيْكَ رُءُوسَهُمْ وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هُوَ ۖ قُلْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَرِيبًۭا
aw khalqam mimmaa yakburu fee sudoorikum; fasa yaqooloona mai yu'eedunaa qulil lazee fatarakum awwala marrah; fasa yunghidoona ilaika ru'oosahum wa yaqooloona mataa huwa qul 'asaaa any yakoona qareeba
Yoki koʻngillaringizda katta koʻringan boshqa biron maxluq (boʻlib olinglar)», deb ayt. Bas, ular: «Bizni kim qayta tiriltirur», derlar. Sen:«Sizlarni birinchi marta yoʻqdan bor qilgan Zot», degin. Ular senga boshlarini qimirlaturlar va: «U qachon boʻlur?» derlar, Sen:«Shoyad yaqinda boʻlsa», degin.
- 52
يَوْمَ يَدْعُوكُمْ فَتَسْتَجِيبُونَ بِحَمْدِهِۦ وَتَظُنُّونَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًۭا
Yawma yad'ookum fatastajeeboona bihamdihee wa tazunnoona il labistum illaa qaleela
U kunda Ul zot sizni chaqirur. Bas, siz Unga hamd ila javob berursiz va (dunyoda) faqat ozgina turganligingizni gumon qilursiz.
- 53
وَقُل لِّعِبَادِى يَقُولُوا۟ ٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ۚ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ يَنزَغُ بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ كَانَ لِلْإِنسَٰنِ عَدُوًّۭا مُّبِينًۭا
Wa qul li'ibaadee yaqoolul latee hiya ahsan; innash shaitaana yanzaghu bainahum; innash shaitaana kaana lil insaani 'aduwwam mubeenaa
Bandalarimga aytgin, ular eng goʻzal boʻlgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir.
- 54
رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِكُمْ ۖ إِن يَشَأْ يَرْحَمْكُمْ أَوْ إِن يَشَأْ يُعَذِّبْكُمْ ۚ وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ وَكِيلًۭا
Rabbukum a'lamu bikum iny yashaaa yarhamkum aw iny yashaa yu'azzibkum; wa maaa arsalnaaka 'alaihim wakeelaa
Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa sizni azoblar. Va Biz seni ular ustidan qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq. [22]
[22] (Qiyomat kuni hamma bir xil boʻlib, titrab-qaqshab, faqat Allohga hamd aytishdan boshqa narsaga tili bormay turgani bilan, Alloh har bir bandaning kimligini, nima qilganini ipidan-ignasigacha yaxshi biladi. Ha, bu dunyodagi ishlarni hisob-kitob qilish, ularga yarasha mukofot yoki jazo berish Alloh taoloning ishidir. Paygʻambarga esa, Allohning taʼlimotini bandalarga yetkazish topshirilgan, xolos.)
- 55
وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِمَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَلَقَدْ فَضَّلْنَا بَعْضَ ٱلنَّبِيِّۦنَ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۖ وَءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ زَبُورًۭا
Wa Rabbuka a'lamu biman fis samaawaati wal lard; wa laqad faddalnaa ba'dan Nabiyyeena 'alaa ba'dinw wa aatainaaa Daawooda Zabooraa
Robbing osmonlaru yerdagi kimsalarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Batahqiq, Biz baʼzi Paygʻambarlarni baʼzilaridan afzal qildik. Va Dovudga Zaburni berdik. [23]
[23] (Misol uchun, baʼzilariga kitob nozil qildik, baʼzilariga nozil qilmadik. Ayrimlariga koʻp va katta moʻjizalar, ayrimlariga oz va kichik moʻjizalar berdik va hokazo. «Va Dovudga Zaburni berdik». Bu ham paygʻambarlarning birini boshqasidan afzal qilganimiz namunasidir.)
- 56
قُلِ ٱدْعُوا۟ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِهِۦ فَلَا يَمْلِكُونَ كَشْفَ ٱلضُّرِّ عَنكُمْ وَلَا تَحْوِيلًا
Qulid 'ul lazeena za'amtum min doonihee falaa yamlikoona kashfad durri'ankum wa laa tahweelaa
Sen: «Undan oʻzga oʻzingizcha gumon qilganlaringizni chaqiring. Bas, ular sizdan zararni kushoyish qila olishga yoki burib yuborishga molik emaslar», deb ayt.
- 57
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَىٰ رَبِّهِمُ ٱلْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُۥ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُۥٓ ۚ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًۭا
Ulaaa'ikal lazeena yad'oona yabtaghoona ilaa Rabbihimul waseelata ayyuhum aqrabu wa yarjoona rahmatahoo wa yakhaafoona 'azaabah; inna 'azaaba rabbika kaana mahzooraa
Ana oʻsha duo qilayotganlari Robbilariga vasiyla izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini (bilmoqchi boʻlurlar). Uning rahmatini orzu qilurlar va azobidan qoʻrqurlar. Albatta, Robbingning azobi hazir boʻlishga loyiqdir. [24]
[24] (Oʻzi Allohning rahmati orzuida yurgan kimsa qanday qilib birovni rahmat qila oladi? Oʻzi Allohning azobidan qoʻrqib turgan kimsa qanday qilib birovni azoblay oladi? Shunga qaramasdan, Allohning azobidan qoʻrqmay, bir pulga arzimaydigan narsalarni Unga sherik qilib yurganlarga hayronsan.)
- 58
وَإِن مِّن قَرْيَةٍ إِلَّا نَحْنُ مُهْلِكُوهَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ أَوْ مُعَذِّبُوهَا عَذَابًۭا شَدِيدًۭا ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْكِتَٰبِ مَسْطُورًۭا
Wa im min qaryatin illaa Nahnu muhlikoohaa qabla Yawmil Qiyaamati aw mu'az ziboohaa 'azaaban shadeedaa; kaana zaalika fil Kitaabi mastooraa
Hech bir shahar yoʻqki, Biz uni qiyomat kunidan avval halok qilguvchi boʻlmasak yoki shiddatli azob-la azoblovchi boʻlmasak. Bu, kitobda bitilgandir. [25]
[25] (Hech bir yurt qolmay azobga yoki halokatga uchrashi Allohning huzuridagi kitobda — Lavhul Mahfuzda ochiq-oydin bitilgandir.)
- 59
وَمَا مَنَعَنَآ أَن نُّرْسِلَ بِٱلْءَايَٰتِ إِلَّآ أَن كَذَّبَ بِهَا ٱلْأَوَّلُونَ ۚ وَءَاتَيْنَا ثَمُودَ ٱلنَّاقَةَ مُبْصِرَةًۭ فَظَلَمُوا۟ بِهَا ۚ وَمَا نُرْسِلُ بِٱلْءَايَٰتِ إِلَّا تَخْوِيفًۭا
Wa maa mana'anaaa an nursila bil aayaati illaaa an kazzaba bihal awwaloon; wa aatainaa Samoodan naaqata mubsiratan fazalamoo bihaa; wa maa nursilu bil aayaati illaa takhweefaa
Bizni oyat-moʻjizalarni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolgʻonga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani koʻz ochuvchi (moʻjiza) qilib berdik. Bas, uning sababidan (oʻzlariga) zulm qildilar. Biz oyat-moʻjizalarni faqat qoʻrqitish uchungina yuboramiz. [26]
[26] (Quraysh kofirlari ham xuddi oʻzlaridan oldingi kofirlarga oʻxshab, oyat-moʻjizalarni koʻrsa ham, iymonga kelmasliklari turgan gap. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa, talabga binoan moʻjiza keltirilgandan keyin ham iymonga kelmagan qavmni Alloh taolo tag-tomiri bilan yoʻq qilib yuborishi kerak. Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatlari oxirgi ummat boʻlganlari uchun ularni butunlay halok etishni Alloh iroda qilmagan. Bu ummat qiyomatgacha turishi kerak.)
- 60
وَإِذْ قُلْنَا لَكَ إِنَّ رَبَّكَ أَحَاطَ بِٱلنَّاسِ ۚ وَمَا جَعَلْنَا ٱلرُّءْيَا ٱلَّتِىٓ أَرَيْنَٰكَ إِلَّا فِتْنَةًۭ لِّلنَّاسِ وَٱلشَّجَرَةَ ٱلْمَلْعُونَةَ فِى ٱلْقُرْءَانِ ۚ وَنُخَوِّفُهُمْ فَمَا يَزِيدُهُمْ إِلَّا طُغْيَٰنًۭا كَبِيرًۭا
Wa iz qulnaa laka inna rabbaka ahaata binnaas; wa maa ja'alnar ru'yal lateee arainaaka illaa fitnatal linnaasi washshajaratal mal'oonata fil quraan; wa nukhaw wifuhum famaa yazeeduhum illa tughyaanan kabeeraa
Biz senga: «Albatta, Robbing odamlarni ihota qilib oʻrab olgandir», deganimizni esla. Biz senga koʻrsatgan narsalarni va Qurʼonda laʼnatlangan daraxtni faqat odamlar uchun sinov qildik, xolos. Va ularni qoʻrqitamiz. Bas, bu ular uchun katta tugʻyondan boshqani ziyoda qilmas. [27]
[27] (Paygʻambar alayhissalotu vassalomning Isro va Meʼrojda koʻrgan narsalari odamlar uchun sinov boʻlganidek, Qurʼonda laʼnatlangan daraxt ham sinov boʻldi. Qurʼonda laʼnatlangan daraxtdan maqsad Zaqqum daraxtidir. Ushbu Zaqqum daraxti haqida as-Soffat surasida: «... yoki Zaqqum daraxtimi? Darhaqiqat, Biz uni zolimlar uchun fitna qilib qoʻydik. Albatta, u doʻzax qaʼridan chiqadigan daraxtdir. Uning shingillari xuddi shaytonlarning boshlariga oʻxshaydi. Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir va undan qorinlarini toʻldirguvchilardir. Soʻngra, albatta, ular uchun uning ustidan qaynoq suvli ichimlik boʻlur», deyilgan. Ushbu oyatdan ham Zaqqum daraxti nima uchun Qurʼonda laʼnatlangani aniq koʻrinib turibdi.)
- 61
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِءَادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ قَالَ ءَأَسْجُدُ لِمَنْ خَلَقْتَ طِينًۭا
Wa iz qulnaa lilma laaa'ikatis judoo li Aadama fasajadooo illaaa Ibleesa qaala 'a-asjudu liman khalaqta teena
Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizda sajda qilganlarini, magar iblis qilmaganini, «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?» deganini esla.
- 62
قَالَ أَرَءَيْتَكَ هَٰذَا ٱلَّذِى كَرَّمْتَ عَلَىَّ لَئِنْ أَخَّرْتَنِ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَأَحْتَنِكَنَّ ذُرِّيَّتَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلًۭا
Qaala ara'aytaka haazal lazee karramta 'alaiya la'in akhhartani ilaa Yawmil Qiyaamati la-ah tanikanna zurriyyatahooo illaa qaleelaa
U: «Menga xabar ber-chi, mendan ustun qilganing shumi? Agar meni qiyomat kunigacha qoʻyib qoʻysang, uning zurriyotining ozginasidan boshqasini jilovlab olaman», dedi.
- 63
قَالَ ٱذْهَبْ فَمَن تَبِعَكَ مِنْهُمْ فَإِنَّ جَهَنَّمَ جَزَآؤُكُمْ جَزَآءًۭ مَّوْفُورًۭا
Qaalaz hab faman tabi'aka minhum fa inna Jahannama jazaaa'ukum jazaaa'am mawfooraa
U zot: «Boraver, ulardan kim senga ergashsa, bas, albatta, jahannam toʻliq jazoingiz boʻlur.
- 64
وَٱسْتَفْزِزْ مَنِ ٱسْتَطَعْتَ مِنْهُم بِصَوْتِكَ وَأَجْلِبْ عَلَيْهِم بِخَيْلِكَ وَرَجِلِكَ وَشَارِكْهُمْ فِى ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَوْلَٰدِ وَعِدْهُمْ ۚ وَمَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ إِلَّا غُرُورًا
Wastafziz manis tat'ta minhum bisawtika wa ajlib 'alaihim bikhailika wa rajilika wa shaarik hum fil amwaali wal awlaadi wa 'idhum; wa maa ya'iduhumush Shaitaanu illaa ghurooraa
Ulardan kimiga kuching yetsa, ovozing ila qoʻzgʻat, ularning ustiga otliq va piyoda askaringni tort, ularga mollarda va bolalarda sherik boʻl va vaʼdalar qil», dedi. Shayton ularga gʻururdan boshqani vaʼda qilmas.
- 65
إِنَّ عِبَادِى لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنٌۭ ۚ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ وَكِيلًۭا
Inna 'ibaadee laisa laka 'alaihim sultaan; wa kafaa bi Rabbika Wakeelaa
Albatta, Mening bandalarim ustidan sening sultoning yoʻq. Robbing Oʻzi vakillikka kifoyadir.
- 66
رَّبُّكُمُ ٱلَّذِى يُزْجِى لَكُمُ ٱلْفُلْكَ فِى ٱلْبَحْرِ لِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًۭا
Rabbukumul lazee yuzjee lakumul fulka fil bahri litabtaghoo min fadlih; innahoo kaana bikum Raheemaa
Robbingiz, Uning fazlidan talab qilishingiz uchun dengizda kemani yurgizib qoʻygan Zotdir. Albatta, u sizga rahimlidir.
- 67
وَإِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فِى ٱلْبَحْرِ ضَلَّ مَن تَدْعُونَ إِلَّآ إِيَّاهُ ۖ فَلَمَّا نَجَّىٰكُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ أَعْرَضْتُمْ ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ كَفُورًا
Wa izaa massakumuddurru fil bahri dalla man tad'oona illaaa iyyaahu falammaa najjaakum ilal barri a'radtum; wa kaanal insaanu kafooraa
Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan oʻzga iltijo qiladiganlaringiz gʻoyib boʻlur. Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz oʻgirasiz. Inson oʻzi kufron(i neʼmat) qilguvchidir.
- 68
أَفَأَمِنتُمْ أَن يَخْسِفَ بِكُمْ جَانِبَ ٱلْبَرِّ أَوْ يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًۭا ثُمَّ لَا تَجِدُوا۟ لَكُمْ وَكِيلًا
Afa amintum any yakhsifa bikum jaanibal barri aw yursil 'alaikum haasiban summa laa tajidoo lakum wakeelaa
Sizni quruqlikning bir tomoniga yutqazib yuborishidan yoki ustingizdan toshli shamol yuborishidan, soʻngra oʻzingizga qutqaruvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
- 69
أَمْ أَمِنتُمْ أَن يُعِيدَكُمْ فِيهِ تَارَةً أُخْرَىٰ فَيُرْسِلَ عَلَيْكُمْ قَاصِفًۭا مِّنَ ٱلرِّيحِ فَيُغْرِقَكُم بِمَا كَفَرْتُمْ ۙ ثُمَّ لَا تَجِدُوا۟ لَكُمْ عَلَيْنَا بِهِۦ تَبِيعًۭا
Am amintum any yu'eedakum feehi taaratan ukhraa fa yursila 'alaikum qaasifam minar reehi fa yugh riqakum bimaa kafartum summa laa tajidoo lakum 'alainaa bihee tabee'aa
Yoki sizni u(dengiz)ga yana bir marta qaytarib, ustingizdan shiddatli shamol yuborib, kufr qilgan narsangiz sababli gʻarq qilib yuborishidan va siz oʻzingizga Bizdan oʻch oluvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
- 70
۞ وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِىٓ ءَادَمَ وَحَمَلْنَٰهُمْ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ وَرَزَقْنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَفَضَّلْنَٰهُمْ عَلَىٰ كَثِيرٍۢ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًۭا
Wa laqad karramnaa Baneee aadama wa hamalnaahum fil barri walbahri wa razaqnaahum minat taiyibaati wa faddalnaahum 'alaa kaseerim mimman khalaqnaa tafdeelaa
Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qoʻydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) koʻtardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni Oʻzimiz yaratgan koʻp narsalardan mutlaqo afzal qilib qoʻydik. [28]
[28] (Alloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson bolasi uchun turli ulovlarni yaratib, shunga binoan qonun-qoidalarni joriy qilib qoʻydi. Bu ham Alloh odam bolasini azizu mukarram qilganidandir. Afzallikda unga yaqin kela oladigan maxluqot olamda yoʻqdir. Barcha maxluqotlar odam bolasi uchun beminnat xizmatkordir. Lekin bu afzallikning javobgariligi ham bor. Qiyomat kuni har bir berilgan afzallik va neʼmatlardan soʻraladi. Hisob-kitob qilinadi.)
- 71
يَوْمَ نَدْعُوا۟ كُلَّ أُنَاسٍۭ بِإِمَٰمِهِمْ ۖ فَمَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَأُو۟لَٰٓئِكَ يَقْرَءُونَ كِتَٰبَهُمْ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًۭا
Yawma nad'oo kulla unaasim bi imaamihim faman ootiya kitaabahoo bi yameenihee fa ulaaa'ika yaqra'oona kitaabahum wa laa yuzlamoona fateelaa
Biz barcha odamlarni oʻz imomlari ila chaqiradigan kunni (esla). Kimga kitobi oʻng tomonidan berilsa, bas, ana oʻshalar kitoblarini oʻqirlar va ularga qilchalik zulm qilinmas. [29]
[29] (Ahli jannatlarning, yaʼni jannatga eltuvchi amal qilib oʻtganlarning nomai aʼmol kitobi oʻng tomonidan beriladi. Ana oʻshanda ular amallari bitilgan kitoblarini maroq bilan oʻqiydilar. Yorugʻ dunyoda ana shunday ishlar qilib yashaganlaridan mamnun boʻladilar. Ularga ajru savoblar toʻlaligicha beriladi, zarracha zulm qilinmaydi.)
- 72
وَمَن كَانَ فِى هَٰذِهِۦٓ أَعْمَىٰ فَهُوَ فِى ٱلْءَاخِرَةِ أَعْمَىٰ وَأَضَلُّ سَبِيلًۭا
Wa man kaana fee haaziheee a'maa fahuwa fil aakhirati a'maa wa adallu sabeelaa
Kim bu dunyoda koʻr-gumroh boʻlsa, u oxiratda yanada koʻr-gumroh va yanada yoʻldan adashganroq boʻladir.
- 73
وَإِن كَادُوا۟ لَيَفْتِنُونَكَ عَنِ ٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ لِتَفْتَرِىَ عَلَيْنَا غَيْرَهُۥ ۖ وَإِذًۭا لَّٱتَّخَذُوكَ خَلِيلًۭا
Wa in kaadoo la yaftinoonaka 'anil lazeee awhainaaa ilaika litaftariya 'alainaaa ghairahoo wa izallat takhazooka khaleelaa
Seni Biz vahiy qilgan narsadan fitna orqali burib, Bizning shaʼnimizga boshqasini uydirishingga undashlariga oz qoldi. Shunday boʻlgan taqdirda, albatta, seni doʻst tutar edilar. [30]
[30] (Mushriklar turli yoʻllar bilan Muhammad alayhissalotu vassalomni Alloh yuborgan vahiydan burib yuborishga koʻp urinib koʻrganlar.)
- 74
وَلَوْلَآ أَن ثَبَّتْنَٰكَ لَقَدْ كِدتَّ تَرْكَنُ إِلَيْهِمْ شَيْـًۭٔا قَلِيلًا
Wa law laaa an sabbatnaaka laqad kitta tarkanu ilaihim sha'an qaleela
Agar Biz seni sobit qilmaganimizda, batahqiq, ularga bir oz boʻlsa-da, moyil boʻlishingga oz qolar edi.
- 75
إِذًۭا لَّأَذَقْنَٰكَ ضِعْفَ ٱلْحَيَوٰةِ وَضِعْفَ ٱلْمَمَاتِ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ عَلَيْنَا نَصِيرًۭا
Izal la azaqnaaka di'falhayaati wa di'fal mamaati summa laa tajidu laka 'alainaa naseeraa
Shunday boʻlgan taqdirda Biz senga hayot (azobini) ham ikki hissa, mamot (azobini) ham ikki hissa tottirgan boʻlardik. Soʻngra, oʻzing uchun Bizga qarshi yordamchi topa olmas eding.
- 76
وَإِن كَادُوا۟ لَيَسْتَفِزُّونَكَ مِنَ ٱلْأَرْضِ لِيُخْرِجُوكَ مِنْهَا ۖ وَإِذًۭا لَّا يَلْبَثُونَ خِلَٰفَكَ إِلَّا قَلِيلًۭا
Wa in kaadoo la yastafizzoonaka minal ardi liyukhri jooka minhaa wa izal laa yalbasoona khilaafaka illaa qaleelaa
Ular seni bu yerda bezovta qilib, undan seni chiqarib yuborishlariga oz qoldi. Shunday boʻlgan taqdirda, sendan keyin ular ozgina muddatdan boshqa tura olmaslar. [31]
[31] (Bu qilmishlari uchun Alloh taolo ularni halok qilgan boʻlardi. Alloh ularni halok qilishni istamagani uchun Paygʻambar alayhissalotu vassalomni Makkadan chiqarishlariga yoʻl qoʻymadi. Balki Paygʻambar alayhissalotu vassalomning oʻzlariga chiqib ketishni amr qildi.)
- 77
سُنَّةَ مَن قَدْ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِن رُّسُلِنَا ۖ وَلَا تَجِدُ لِسُنَّتِنَا تَحْوِيلًا
Sunnata man qad arsalnaa qablakamir Rusulinaa wa laa tajidu lisunnatinaa tahhweelaa
Bu sendan oldin yuborgan Paygʻambarlarimizning sunnatidir. Bizning sunnatimizga oʻzgartirish topa olmaysan.
- 78
أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِدُلُوكِ ٱلشَّمْسِ إِلَىٰ غَسَقِ ٱلَّيْلِ وَقُرْءَانَ ٱلْفَجْرِ ۖ إِنَّ قُرْءَانَ ٱلْفَجْرِ كَانَ مَشْهُودًۭا
Aqimis Salaata liduloo kish shamsi ilaa ghasaqil laili wa quraanal Fajri inna quraa nal Fajri kaana mashhoodaa
Quyosh ogʻishidan to tun qorongʻusigacha namozni toʻkis ado qil. «Fajr Qurʼoni»ni ham. Albatta, «fajr Qurʼoni» guvohlantirilgandir. [32]
[32] (Ulamolarimiz, bu oyatda besh vaqt namozni ado etishga ishora bor, deydilar. Quyosh qiyomdan ogʻishi bilan Peshin vaqti kiradi. Har bir narsaning soyasi oʻziga ikki baravar boʻlishi bilan Asr vaqti kiradi. Quyosh botishi bilan Shom va tun qorongʻusida Xufton vaqti boʻladi. «Fajr qurʼoni», Bomdoddir.)
- 79
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِۦ نَافِلَةًۭ لَّكَ عَسَىٰٓ أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًۭا مَّحْمُودًۭا
Wa minal laili fatahajjad bihee naafilatal laka 'asaaa any yab'asaka Rabbuka Maqaamam Mahmoodaa
Kechaning baʼzisida u ila bedor boʻl. Senga nofila boʻlsin. Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa.
- 80
وَقُل رَّبِّ أَدْخِلْنِى مُدْخَلَ صِدْقٍۢ وَأَخْرِجْنِى مُخْرَجَ صِدْقٍۢ وَٱجْعَل لِّى مِن لَّدُنكَ سُلْطَٰنًۭا نَّصِيرًۭا
Wa qur Rabbi adkhilnee mudkhala sidqinw wa akhrijnee mukhraja sidqinw waj'al lee milladunka sultaanan naseeraa
Va: «Ey Robbim, meni kiradigan joyimga sodiqlik ila kiritib, chiqadigan joyimga sodiqlik bilan chiqargin va menga Oʻz huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato et», degin.
- 81
وَقُلْ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَزَهَقَ ٱلْبَٰطِلُ ۚ إِنَّ ٱلْبَٰطِلَ كَانَ زَهُوقًۭا
Wa qul jaaa'al haqqu wa zahaqal baatil; innal baatila kaana zahooqaa
Va: «Haq keldi, botil yoʻq boʻldi. Zotan, botil doimo yoʻq boʻlguvchidir».
- 82
وَنُنَزِّلُ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ مَا هُوَ شِفَآءٌۭ وَرَحْمَةٌۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ ۙ وَلَا يَزِيدُ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا خَسَارًۭا
Wa nunazzilu minal quraani maa huwa shifaaa'unw wa rahmatul lilmu;mineena wa laa yazeeduz zaalimeena illaa khasaaraa
Biz Qurʼonni moʻminlar uchun shifo va rahmat oʻlaroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas. [33]
[33] (Darhaqiqat, Qurʼoni Karim shifodir, Qurʼoni Karim rahmatdir. Qurʼoni Karim kufr, shirk va munofiqlik kabi eng zararli aqidaviy xastaliklarni davolaydi.)
- 83
وَإِذَآ أَنْعَمْنَا عَلَى ٱلْإِنسَٰنِ أَعْرَضَ وَنَـَٔا بِجَانِبِهِۦ ۖ وَإِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ كَانَ يَـُٔوسًۭا
Wa izaaa an'amnaa 'alal insaani a'rada wa na-aa bijaani bihee wa izaa massahush sharru kaana ya'oosaa
Qachon Biz insonga neʼmat ato etsak, yuz oʻgirur va chetga burilib, uzoqlashur. Qachon uni yomonlik tutsa, noumid boʻlur.
- 84
قُلْ كُلٌّۭ يَعْمَلُ عَلَىٰ شَاكِلَتِهِۦ فَرَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَنْ هُوَ أَهْدَىٰ سَبِيلًۭا
Qul kulluny ya'malu 'alaa shaakilatihee fa rabbukum a'lamu biman huwa ahdaa sabeelaa
Sen: «Har kim oʻz holicha amal qilur. Bas, Robbingiz kim toʻgʻri yoʻldaligini yaxshi bilguvchidir», deb ayt.
- 85
وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلرُّوحِ ۖ قُلِ ٱلرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّى وَمَآ أُوتِيتُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ إِلَّا قَلِيلًۭا
Wa yas'aloonaka 'anirrooh; qulir roohu min amri rabbee wa maaa ooteetum minal 'ilmi illaa qaleelaa
Va sendan ruh haqida soʻrarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt. [34]
[34] (Yahudiylar ruh haqidagi savolga Allohdan boshqa hech kim javob bera olmasligini avvaldan bilganlar. Tavrotda shu haqda maʼlumot boʻlgan. Ular qurayshliklarga Paygʻambar alayhissalotu vassalomdan ruh haqida soʻrashni oʻrgatishlari bilan barobar, agar javob bersa, Paygʻambar emas, javob bermasa, haqiqiy Paygʻambar boʻladi, deyishgan. Muhammad alayhissalotu vassalom haqiqiy paygʻambar boʻlganlari uchun ham, ruh va uning mohiyati haqidagi savollarga javob bermadilar. Alloh taolo bergan javobni ularga oʻqib berdilar.)
- 86
وَلَئِن شِئْنَا لَنَذْهَبَنَّ بِٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ ثُمَّ لَا تَجِدُ لَكَ بِهِۦ عَلَيْنَا وَكِيلًا
Wa la'in shi'naa lanaz habanna billazeee awhainaaa ilaika summa laa tajidu laka bihee 'alainaa wakeelaa
Agar xohlasak, senga vahiy qilgan narsalarimizni ketkazamiz. Soʻngra, Bizga qarshi oʻzingga vakil topa olmassan.
- 87
إِلَّا رَحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ ۚ إِنَّ فَضْلَهُۥ كَانَ عَلَيْكَ كَبِيرًۭا
Illaa rahmatam mir Rabbik; inna fadlahoo kaana 'alaika kabeeraa
Magar Allohdan marhamat boʻlsagina. Albatta, Uning fazlu karami sen uchun kattadir.
- 88
قُل لَّئِنِ ٱجْتَمَعَتِ ٱلْإِنسُ وَٱلْجِنُّ عَلَىٰٓ أَن يَأْتُوا۟ بِمِثْلِ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لَا يَأْتُونَ بِمِثْلِهِۦ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍۢ ظَهِيرًۭا
Qul la'inij tama'atil insu waljinnu 'alaaa any yaatoo bimisli haazal quraani laa yaatoona bimislihee wa law kaana ba'duhum liba 'din zaheeraa
«Agar insu jinlar toʻplanib, ushbu Qurʼonga oʻxshash narsa keltirmoqchi boʻlsalar, bunda baʼzilari baʼzilariga yordamchi boʻlsalar ham, unga oʻxshashini keltira olmaslar», deb ayt.
- 89
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا لِلنَّاسِ فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍۢ فَأَبَىٰٓ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورًۭا
Qa laqad sarrafnaa linnaasi fee haazal quraani min kulli masalin fa abaaa aksarun naasi illaa kufooraa
Batahqiq, ushbu Qurʼonda odamlarga turli misollarni bayon qildik. Bas, odamlarning koʻplari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar. [35]
[35] (Alloh taolo Qurʼoni Karimda odamlarni iymonga chorlovchi, hidoyatga yoʻllovchi, ularning qalblarini, his-tuygʻularini, aqllarini ishga soluvchi turli misollarni bayon qildi. Ammo buni idrok eta olmagan insonlar hamma narsadan bosh tortdilar.)
- 90
وَقَالُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ لَكَ حَتَّىٰ تَفْجُرَ لَنَا مِنَ ٱلْأَرْضِ يَنۢبُوعًا
Wa qaaloo lan nu'mina laka hattaa tafjura lanaa minal ardi yamboo'aa
Ular: «Toki bizga yerdan chashma otiltirmaguningcha, zinhor senga iymon keltirmasmiz», dedilar.
- 91
أَوْ تَكُونَ لَكَ جَنَّةٌۭ مِّن نَّخِيلٍۢ وَعِنَبٍۢ فَتُفَجِّرَ ٱلْأَنْهَٰرَ خِلَٰلَهَا تَفْجِيرًا
Aw takoona laka jannatum min nakheelinw wa 'inabin fatufajjiral anhaara khilaalahaa tafjeeraa
«Yoki sening xurmo va uzum bogʻing boʻlib va ularning orasidan anhorlarni otiltirib chiqarmaguningcha.
- 92
أَوْ تُسْقِطَ ٱلسَّمَآءَ كَمَا زَعَمْتَ عَلَيْنَا كِسَفًا أَوْ تَأْتِىَ بِٱللَّهِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ قَبِيلًا
Aw tusqitas samaaa'a kamaa za'amta 'alainaa kisafan aw taatiya billaahi walma laaa'ikati qabeelaa
Yoki oʻzing daʼvo qilganingdek, ustimizdan osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha yoxud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirmaguningcha» (senga iymon keltirmasmiz, dedilar). [36]
[36] (Bu taklifda ochiq tajovuzkorlik, Allohning qudratidan qoʻrqmaslik koʻrinib turibdi.)
- 93
أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌۭ مِّن زُخْرُفٍ أَوْ تَرْقَىٰ فِى ٱلسَّمَآءِ وَلَن نُّؤْمِنَ لِرُقِيِّكَ حَتَّىٰ تُنَزِّلَ عَلَيْنَا كِتَٰبًۭا نَّقْرَؤُهُۥ ۗ قُلْ سُبْحَانَ رَبِّى هَلْ كُنتُ إِلَّا بَشَرًۭا رَّسُولًۭا
Aw yakoona laka baitum min zukhrufin aw tarqaa fis samaaa'i wa lan nu'mina liruqiyyika hatta tunazzila 'alainaa kitaaban naqra'uh; qul Subhaana Rabbee hal kuntu illaa basharar Rasoolaa
«Yoki sening oltindan bezalgan uying boʻlmagunicha, yoxud osmonga koʻtarilmaguning-cha, oʻsha koʻtarilishingga ham toki biz oʻqishimiz uchun kitob keltirmaguningcha, ishonmaymiz», (dedilar). Sen: «Robbim pok boʻldi. Men faqat bashar Paygʻambardan boshqa narsa emasman», degin.
- 94
وَمَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤْمِنُوٓا۟ إِذْ جَآءَهُمُ ٱلْهُدَىٰٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ أَبَعَثَ ٱللَّهُ بَشَرًۭا رَّسُولًۭا
Wa maa mana'an naasa any yu'minooo iz jaaa'ahumul hudaaa illaaa an qaalooo aba'asal laahu basharar Rasoolaa
Odamlarga hidoyat kelgan paytda iymon keltirishlaridan man qilgan narsa, faqat, Alloh bashardan Paygʻambar yuboradimi, deyishlari boʻldi. [37]
[37] (Ular farishtadan koʻra, Alloh odamni azizu mukarram qilib qoʻyganini anglab yetmas edilar. Agar odam Allohning yoʻlida yurib, buyurgan ishlarini qilib, qaytarganlaridan qaytsa, farishtadan afzal boʻlishini idrok etmas edilar.)
- 95
قُل لَّوْ كَانَ فِى ٱلْأَرْضِ مَلَٰٓئِكَةٌۭ يَمْشُونَ مُطْمَئِنِّينَ لَنَزَّلْنَا عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَلَكًۭا رَّسُولًۭا
Qul law kaana fil ardi malaaa 'ikatuny yamshoona mutma'inneena lanazzalnaa 'alaihim minas samaaa'i malakar Rasoolaa
Sen: «Agar yer yuzida farishtalar xotirjam yurganlarida, ularga osmondan farishta Paygʻambar tushirgan boʻlar edik», deb ayt. [38]
[38] (Yer yuzida yashab yurganlar odamlar boʻlgani uchun ularga odamlarni paygʻambar qildi. Agar Yer yuzida xotirjam yashab yurganlar farishtalar boʻlganida, ularga osmondan farishta paygʻambar tushirgan boʻlar edi.)
- 96
قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرًۢا بَصِيرًۭا
Qul kafaa billaahi shaheedam bainee wa bainakum; innahoo kaana bi'ibaadihee Khabeeram Baseeraa
Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. Albatta, U Oʻz bandalaridan xabardor va ularni koʻrib turguvchi Zotdir», deb ayt. [39]
[39] (Odamlar haqiqatni, paygʻambarlik nima ekanini anglashni xohlamasalar, ular bilan tortishishning hojati yoʻq, ularni Allohning oʻziga havola qilib qoʻyish kerak.)
- 97
وَمَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِ ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُمْ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِهِۦ ۖ وَنَحْشُرُهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ عُمْيًۭا وَبُكْمًۭا وَصُمًّۭا ۖ مَّأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ كُلَّمَا خَبَتْ زِدْنَٰهُمْ سَعِيرًۭا
Wa mai yahdil laahu fahuwal muhtad; wa mai yudlil falan tajida lahum awliyaaa'a min doonih; wa nahshuruhum Yawmal Qiyaamati 'alaa wujoohihim umyanw wa bukmanw wa summaa; maa waahum Jahannamu kullamaa khabat zidnaahum sa'eeraa
Alloh kimni hidoyat qilsa, oʻsha hidoyat topguvchidir. U kimni adashtirsa, ularga Undan oʻzga zinhor valiylar topa olmassan. Ularni qiyomat kuni yuztuban, koʻr, kar, soqov hollarida toʻplaymiz. Ularning turar joylari jahannamdir. U qachon sokin boʻlsa, ularga olovni ziyoda qilamiz. [40]
[40] (Alloh taolo, aqlini ishlatib hidoyat yoʻlini ixtiyor etgan bandalarini hidoyatga boshlaydi. Ana oʻsha odam haqiqiy hidoyat topgan odam boʻladi. Havoi nafsining gapiga kirib, zalolat yoʻlini ixtiyor etganlarni esa, zalolatga ketkazadi.)
- 98
ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُم بِأَنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَقَالُوٓا۟ أَءِذَا كُنَّا عِظَٰمًۭا وَرُفَٰتًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًۭا جَدِيدًا
Zaalika jazaa'uhum biannahum kafaroo bi aayaatinaa wa qaalooo 'a izaa kunnaa 'izaamanw wa rufaatan'a innaa lamaboosoona khalqan jadeedaa
Ana oʻsha, Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlari va «Agar suyak va titilgan tuproq boʻlsak ham, albatta yangitdan yaratilib, qayta tiriltirilurmizmi?!» deganlari uchun jazolaridir.
- 99
۞ أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يَخْلُقَ مِثْلَهُمْ وَجَعَلَ لَهُمْ أَجَلًۭا لَّا رَيْبَ فِيهِ فَأَبَى ٱلظَّٰلِمُونَ إِلَّا كُفُورًۭا
Awalam yaraw annal laahal lazee khalaqas samaawaati wal arda qaadirun 'alaaa any yakhluqa mislahum wa ja'ala lahum ajalal laa raiba fee; fa abaz zaalimoona illaa kufooraa
Ular osmonlaru yerni yaratgan Alloh ularga oʻxshashini yaratishga qodir ekanini va ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilaganini bilmadilarmi?! Bas, zolimlar kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.
- 100
قُل لَّوْ أَنتُمْ تَمْلِكُونَ خَزَآئِنَ رَحْمَةِ رَبِّىٓ إِذًۭا لَّأَمْسَكْتُمْ خَشْيَةَ ٱلْإِنفَاقِ ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَٰنُ قَتُورًۭا
Qul law antum tamlikoona khazaaa'ina rahmati Rabbeee izal la amsaktum khash yatal infaaq; wa kaanal insaanu qatooraa
Sen: «Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega boʻlsangiz ham, uni sarflashdan qoʻrqib, mumsiklik qilgan boʻlar edingiz. Inson zoti, oʻzi, baxil boʻlur», deb ayt.
- 101
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ تِسْعَ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ ۖ فَسْـَٔلْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِذْ جَآءَهُمْ فَقَالَ لَهُۥ فِرْعَوْنُ إِنِّى لَأَظُنُّكَ يَٰمُوسَىٰ مَسْحُورًۭا
Wa laqad aatainaa Moosaa tis'a Aayaatim baiyinaatin fas'al Baneee Israaa'eela iz jaaa'ahum faqaala lahoo Fir'awnu inee la azunnuka yaa Moosaa mas hooraa
Batahqiq, Biz Musoga toʻqqizta ochiq-oydin oyat-moʻjiza berdik. Bani Isroildan ularga u (Muso) kelgan payti(nima boʻlgani)ni soʻragin. Bas, Firʼavn unga: «Albatta, men seni, ey Muso, sehrlangansan deb oʻylayman», dedi. [41]
[41] (Mazkur toʻqqiz moʻjiza — qoʻl, aso, toʻfon, chigirtka, bit, baqalar, qon, ocharchilik yillari va mevalarning kamchil boʻlishi edi. Bu moʻjizalar haqida Aʼrof surasida va boshqa suralarda soʻz ketgan.)
- 102
قَالَ لَقَدْ عَلِمْتَ مَآ أَنزَلَ هَٰٓؤُلَآءِ إِلَّا رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ بَصَآئِرَ وَإِنِّى لَأَظُنُّكَ يَٰفِرْعَوْنُ مَثْبُورًۭا
Qaala laqad 'alimta maaa anzala haaa'ulaaa'i illaa Rabbus samaawaati wal ardi basaaa'ira wa innee la azun nuka yaa Fir'awnu masbooraa
U: «Anavilarni koʻzni ochguvchi qilib osmonlaru yerning Robbidan oʻzga hech bir Zot tushirmaganini yaxshi bilasan. Albatta, men seni, ey Firʼavn, halok boʻlguvchisan deb oʻylayman», dedi. [42]
[42] (Anavi toʻqqiz ochiq-oydin moʻjizalarni gʻaflat uyqusida qolganlar uchun koʻzini ochuvchi qilib osmonlaru Yerning Robbi tushirganini, undan oʻzga hech kim tushira olmasligini yaxshi bilasan. Lekin shunday boʻlsa ham, inkor qilmoqdasan.)
- 103
فَأَرَادَ أَن يَسْتَفِزَّهُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ فَأَغْرَقْنَٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ جَمِيعًۭا
Fa araada any yastafizzahum minal ardi fa aghraqnaahu wa mam ma'ahoo jamee'aa
Bas, ularni yerdan qoʻzgʻatib chiqarmoqchi boʻldi. Shunda, Biz uni va u bilan birga boʻlganlarni jamlab gʻarq qildik. [43]
[43] (Firʼavn Muso alayhissalomni va u kishining qavmlari Bani Isroilni Misr yeridan qoʻzgʻatib chiqarmoqchi boʻldi. Shunda Alloh taolo Firʼavnni va uning qavmini jamlab dengizga gʻarq qildi. Hammalari halok boʻldilar.)
- 104
وَقُلْنَا مِنۢ بَعْدِهِۦ لِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱسْكُنُوا۟ ٱلْأَرْضَ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ ٱلْءَاخِرَةِ جِئْنَا بِكُمْ لَفِيفًۭا
Wa qulnaa mim ba'dihee li Baneee Israaa'eelas kunul arda faizaa jaaa'a wa'dulaakhirati ji'naa bikum lafeefaa
U(Firʼavn)dan soʻng Bani Isroilga: «Mana shu yerni maskan tutinglar. Bas, oxirat vaʼdasi kelgan chogʻida, hammangizni toʻplab keltiramiz», dedik. [44]
[44] (Qiyomat qoim boʻlganida, hammangizni — sizni ham, Firʼavn va uning qavmini ham toʻplab keltiramiz. Oʻshanda hisob-kitob boʻlaveradi.)
- 105
وَبِٱلْحَقِّ أَنزَلْنَٰهُ وَبِٱلْحَقِّ نَزَلَ ۗ وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا مُبَشِّرًۭا وَنَذِيرًۭا
Wa bilhaqqi anzalnaahu wa bilhaqqi nazal; wa maaa arsalnaaka illaa mubash shiranw wa nazeeraa
Uni haq ila nozil qildik va haq ila nozil boʻldi. Biz seni faqat xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi etib yubordik, xolos.
- 106
وَقُرْءَانًۭا فَرَقْنَٰهُ لِتَقْرَأَهُۥ عَلَى ٱلنَّاسِ عَلَىٰ مُكْثٍۢ وَنَزَّلْنَٰهُ تَنزِيلًۭا
Wa quraanan faraqnaahu litaqra ahoo 'alan naasi 'alaa muksinw wa nazzalnaahu tanzeelaa
Va Qurʼonni odamlarga asta-sekin oʻqib berishing uchun boʻlib qoʻydik va boʻlak-boʻlak qilib tushirdik.
- 107
قُلْ ءَامِنُوا۟ بِهِۦٓ أَوْ لَا تُؤْمِنُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ مِن قَبْلِهِۦٓ إِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ يَخِرُّونَ لِلْأَذْقَانِ سُجَّدًۭا
Qul aaaniminoo biheee aw laa tu'minoo; innal lazeena ootul 'ilma min qabliheee izaa yutlaa 'alaihim yakhirroona lil azqaani sujjadaa
Sen: «Unga iymon keltiringlar yoki iymon keltirmanglar — bari bir. Albatta, undan oldin ilm berilganlar u ularga tilovat qilinganda yuzlari ila sajdaga yiqilurlar», deb ayt. [45]
[45] (Ushbu oyat sajda oyati boʻlib uni oʻqigan yoki eshitgan odamga qiroat sajdasi qilishlik vojib boʻladi. Qurʼondan oldin ilm berilganlar deganda Tavrot va Injil berilganlar tushuniladi. Allohni taniganlar, din-diyonat, paygʻambar, ilohiy kitob, vahiy, farishta kabi narsalar nima ekanini biladiganlar ularga Qurʼoni Karim tilovat qilinishi bilan oʻzlarini tuta olmay sajdaga yiqiladilar.)
- 108
وَيَقُولُونَ سُبْحَٰنَ رَبِّنَآ إِن كَانَ وَعْدُ رَبِّنَا لَمَفْعُولًۭا
Wa yaqooloona Subhaana Rabbinaaa in kaana wa'du Rabbinaa lamaf'oolaa
Va: «Robbimiz mutlaqo pok boʻldi. Shubhasiz, Robbimizning vaʼdasi amalga oshajak», derlar.
- 109
وَيَخِرُّونَ لِلْأَذْقَانِ يَبْكُونَ وَيَزِيدُهُمْ خُشُوعًۭا ۩
Wa yakhirroona lil azqaani yabkoona wa yazeeduhum khushoo'aa
Va yuzlari ila yiqilib yigʻlarlar va u xokisorliklarini ziyoda qilur.
- 110
قُلِ ٱدْعُوا۟ ٱللَّهَ أَوِ ٱدْعُوا۟ ٱلرَّحْمَٰنَ ۖ أَيًّۭا مَّا تَدْعُوا۟ فَلَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَلَا تَجْهَرْ بِصَلَاتِكَ وَلَا تُخَافِتْ بِهَا وَٱبْتَغِ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًۭا
Qulid'ul laaha awid'ur Rahmaana ayyam maa tad'oo falahul asmaaa'ul Husnaa; wa laa tajhar bi Salaatika wa laa tukhaafit bihaa wabtaghi baina zaalika sabeela
Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Goʻzal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila oʻqima, uni juda maxfiy ham oʻqima, buning orasida bir yoʻl tut.
- 111
وَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًۭا وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٌۭ فِى ٱلْمُلْكِ وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ وَلِىٌّۭ مِّنَ ٱلذُّلِّ ۖ وَكَبِّرْهُ تَكْبِيرًۢا
Wa qulil hamdu lillaahil lazee lam yattakhiz waladanw wa lam yakul lahoo shareekun fil mulki wa lam yakul lahoo waliyyum minaz zulli wa kabbirhu takbeeraa
Sen: «Hamd boʻlsin, farzand tutmagan, mulkda sherigi boʻlmagan va xorlikdan qutqarguvchi doʻstga zor boʻlmagan Allohga», degin. Va Uni mutlaqo ulugʻla!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
