Sura 16

Nahl

النَّحۡلِ

An-Nahl · Makkiy · 128 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    أَتَىٰٓ أَمْرُ ٱللَّهِ فَلَا تَسْتَعْجِلُوهُ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Ataaa amrullaahi falaa tasta'jilooh; Subhaanahoo wa Ta'aalaa 'ammaa yushrikoon

    Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qoʻya qoling. U zot ular keltirayotgan shirklardan pok va oliy boʻldi.

  2. 2

    يُنَزِّلُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ بِٱلرُّوحِ مِنْ أَمْرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦٓ أَنْ أَنذِرُوٓا۟ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱتَّقُونِ

    Yunazzilul malaaa 'ikata birroohi min amrihee 'alaa mai yashaaa'u min 'ibaadiheee an anzirooo annahoo laaa ilaaha illaaa ana fattaqoon

    U Oʻz amri ila farishtalarni ruh — vahiy bilan bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga: «Ogohlantiringlar. Albatta, Mendan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Menga taqvo qilinglar», deb nozil qilur.

  3. 3

    خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Khalaqas samaawaati wal arda bilhaqq; Ta'aalaa 'ammaa yushrikoon

    U osmonlaru yerni haq ila yaratdi. U ular shirk keltirayotgan narsalardan oliy boʻldi.

  4. 4

    خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِن نُّطْفَةٍۢ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌۭ مُّبِينٌۭ

    Khalaqal insaana min nutfatin fa izaa huwa khaseemum mubeen

    U insonni nutfadan yaratdi. Endi esa, u (inson) ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi.

  5. 5

    وَٱلْأَنْعَٰمَ خَلَقَهَا ۗ لَكُمْ فِيهَا دِفْءٌۭ وَمَنَٰفِعُ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ

    Wal an 'amaa khalaqahaa; lakum feehaa dif'unw wa manaafi'u wa minhaa taakuloon

    U chorva hayvonlarini ham yaratdi. Ularda siz uchun issiqlik, manfaatlar bor va ulardan yeysizlar ham.

  6. 6

    وَلَكُمْ فِيهَا جَمَالٌ حِينَ تُرِيحُونَ وَحِينَ تَسْرَحُونَ

    Wa lakum feehaa jamaalun heena tureehoona wa heena tasrahoon

    Va siz uchun ularda kechki payt (oʻtloqdan) qaytayotganlarida va ertalab (oʻtloqqa) ketayotganida jamol bor.

  7. 7

    وَتَحْمِلُ أَثْقَالَكُمْ إِلَىٰ بَلَدٍۢ لَّمْ تَكُونُوا۟ بَٰلِغِيهِ إِلَّا بِشِقِّ ٱلْأَنفُسِ ۚ إِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wa tahmilu asqaalakum ilaa baladil lam takoonoo baaligheehi illaa bishiqqil anfus; inna Rabbakum la Ra'oofur Raheem

    Va ular yuklaringizni siz jon mashaqqatisiz yeta olmaydigan yurtlargacha koʻtarib boradi. Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.

  8. 8

    وَٱلْخَيْلَ وَٱلْبِغَالَ وَٱلْحَمِيرَ لِتَرْكَبُوهَا وَزِينَةًۭ ۚ وَيَخْلُقُ مَا لَا تَعْلَمُونَ

    Walkhaila wal bighaala wal hameera litarkaboohaa wa zeenah; wa yakhluqu maa laa ta'lamoon

    Otlar, xachirlar va eshaklarni minishingiz va ziynat uchun (yaratdi) va siz bilmaydigan narsalarni yaratur. [1]

    [1] (Yaʼni, Alloh taolo kelajakda sizlar uchun tuya, ot, xachir va eshakdan boshqa siz bilmaydigan naqliyot vositalarini yaratadi. Darhaqiqat, shunday ham boʻldi. Ushbu oyatlar tushgan davrda mavjud boʻlmagan havoda, suvda va yerda yuradigan koʻplab naqliyot vositalari vujudga keldi. Bu esa, oʻz navbatida, Qurʼoni Karim mazkur: «va siz bilmaydigan narsalarni yaratadi», jumlasi ila moʻmin-musulmonlarni kelajak yangiliklaridan xabardor qilayotganiga dalolatdir.)

  9. 9

    وَعَلَى ٱللَّهِ قَصْدُ ٱلسَّبِيلِ وَمِنْهَا جَآئِرٌۭ ۚ وَلَوْ شَآءَ لَهَدَىٰكُمْ أَجْمَعِينَ

    Wa 'alal laahi qasdus sabeeli wa minhaa jaaa'ir; wa law shaaa'a lahadaakum ajma'een

    Yoʻllarning maqsaddagisi Allohga oiddir. Ulardan egrisi ham bordir. Agar xohlasa, albatta, hammangizni hidoyat qilgan boʻlardi. [2]

    [2] (Bu dunyoda hissiy yoʻllarga oʻxshab, maʼnaviy yoʻllar ham koʻpdir. Oʻsha maʼnaviy yoʻllar ichida yaxshisi ham, yomoni ham bor: Eng toʻgʻri yoʻl, yaʼni maqsadga erishtiradigan, ikki dunyo saodatiga olib boradigan yoʻl — Alloh yoʻlidir.)

  10. 10

    هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ ۖ لَّكُم مِّنْهُ شَرَابٌۭ وَمِنْهُ شَجَرٌۭ فِيهِ تُسِيمُونَ

    Huwal lazeee anzala minas samaaa'i maaa'al lakum minhu sharaabunw wa minhu shajarun feehi tuseemoon

    U osmondan suvni tushirgan Zotdir. Sizga unda sharob va (chorvalaringizni) oʻtlatadigan daraxt bordir.

  11. 11

    يُنۢبِتُ لَكُم بِهِ ٱلزَّرْعَ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلنَّخِيلَ وَٱلْأَعْنَٰبَ وَمِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Yumbitu lakum bihiz zar'a wazzaitoona wanna kheela wal-a'naaba wa min kullis samaraat, inna fee zaalika la Aayatal liqawminy yatafakkaroon

    U oʻsha (suv) ila sizga ekinlarni, zaytunni, xurmolarni, uzumlarni va turli mevalarni oʻstirur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  12. 12

    وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ وَٱلنُّجُومُ مُسَخَّرَٰتٌۢ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    Wa sakkhkhara lakumul laila wannahaara wash shamsa walqamara wannujoomu musakhkharaatum bi amrih; inna fee zaalika la Aayaatil liqawminy ya'qiloon

    U sizga kechaniyu kunduzni, quyoshniyu oyni xizmatkor qildi. Yulduzlar Uning amri ila xizmatkordir. Albatta, bunda aql yuritguvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. [3]

    [3] (Bu oyatda zikri kelgan narsalar ham Allohning buyuk neʼmatlaridir. Masalan, kecha bilan kunduzning qanchalik ulugʻ neʼmatlar ekanini anglab yetish uchun ikkovidan biri yoʻq boʻlishini tasavvur qilishning oʻzi kifoya.)

  13. 13

    وَمَا ذَرَأَ لَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهُۥٓ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَذَّكَّرُونَ

    Wa maa zara a lakum fil ardi mukhtalifan alwaanuh; inna fee zaalika la Aayatal liqawminy yazakkaroon

    Va siz uchun yerda turli rangda qilib yaratgan narsalarini ham (xizmatkor qildi). Albatta, bunda eslaydigan qavmlar uchun oyat-belgi bordir. [4]

    [4] (Alloh taolo yer osti boyliklarini ham insonga ulugʻ neʼmat oʻlaroq berdi. Ranglari xilma-xil boʻlgan bu neʼmatlarning hammasi inson uchun beminnat xizmat qiladi. Oʻsha neʼmatlarni yer ostidan topib olgan baʼzi insonlargina bir-birlariga minnat qiladilar, xolos.)

  14. 14

    وَهُوَ ٱلَّذِى سَخَّرَ ٱلْبَحْرَ لِتَأْكُلُوا۟ مِنْهُ لَحْمًۭا طَرِيًّۭا وَتَسْتَخْرِجُوا۟ مِنْهُ حِلْيَةًۭ تَلْبَسُونَهَا وَتَرَى ٱلْفُلْكَ مَوَاخِرَ فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Wa Huwal lazee sakhkharal bahra litaakuloo minhu lahman tariyyanw wa tastakhrijoo minhu hilyatan talbasoonahaa wa taral fulka mawaakhira feehi wa litabtaghoo min fadlihee wa la'allakum tashkuroon

    U dengizni siz undan toza goʻsht yeyishingiz, undan taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun, unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni koʻrasan, hamda Uning fazlini talab qilishingiz uchun xizmatkor qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz. [5]

    [5] (Alloh taoloning suvdagi neʼmatlari ham juda koʻpdir. Ushbu oyatda ulardan baʼzilari zikr qilinmoqda.)

  15. 15

    وَأَلْقَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَأَنْهَٰرًۭا وَسُبُلًۭا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

    Wa alqaa fil ardi rawaasiya an tameeda bikum wa anhaaranw wa sublulal la 'allakum tahtadoon

    U zot yer sizlarni tebratib yubormasligi uchun uning ustiga baland togʻlarni tashlab qoʻydi. Anhorlaru yoʻllarni ham. Shoyadki, toʻgʻri yoʻl topsangiz.

  16. 16

    وَعَلَٰمَٰتٍۢ ۚ وَبِٱلنَّجْمِ هُمْ يَهْتَدُونَ

    Wa 'alaamaat; wa bin najmi hum yahtadoon

    Va alomatlar hamda yulduzlar ila ular yoʻl topurlar.

  17. 17

    أَفَمَن يَخْلُقُ كَمَن لَّا يَخْلُقُ ۗ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Afamany yakhluqu kamallaa yakhluq; afalaa tazak karoon

    Yaratadigan Zot yaratmaydigan zot kabi boʻlurmi? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?

  18. 18

    وَإِن تَعُدُّوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ لَا تُحْصُوهَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Wa in ta'uddoo ni'matal laahi laa tuhsoohaa; innal laaha la Ghafoorur Raheem

    Agar Allohning neʼmatlarini sanasangizlar, sanogʻiga yeta olmassizlar. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va rahimli Zotdir. [6]

    [6] (Ha, Allohning bandalariga bergan neʼmatlari sonsiz-sanoqsizdir. Ularning baʼzilari yuqoridagi oyatlarda eslatib oʻtildi. Aslida esa, agar insonlar oʻzlariga berilgan neʼmatlarni hisoblashga urinsalar, sanab sanogʻiga yeta olmaydilar. Shunday son-sanoqsiz neʼmatning shukrini hech kim ado qila bilmaydi. Agar Alloh hamma neʼmatlari uchun toʻla-toʻkis shukrni talab etsa, bandalarga juda qiyin boʻlardi.)

  19. 19

    وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ

    Wallaahu ya'lamu maa tusirroona wa maa tu'linoon

    Alloh nimani sir tutayotganingizni va nimani oshkor qilayotganingizni biladir.

  20. 20

    وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَخْلُقُونَ شَيْـًۭٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ

    Wallazeena yad'oona min doonil laahi laa yakhluqoona shai'anw wa hum yukhlaqoon

    Ularning Allohdan oʻzga ibodat qilayotganlari hech narsani yarata olmaslar. Holbuki, oʻzlari yaratilurlar.

  21. 21

    أَمْوَٰتٌ غَيْرُ أَحْيَآءٍۢ ۖ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ

    Amwaatun ghairu ahyaaa'inw wa maa yash'uroona aiyaana yub'asoon

    Oʻliklardir, tirik emaslar va qachon qayta tiriltirilishlarini bilmaslar.

  22. 22

    إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۚ فَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ قُلُوبُهُم مُّنكِرَةٌۭ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ

    Illahukum Ilaahunw Waahid; fallazeena laa yu'minoona bil Aakhirati quloobuhum munkiratunw wa hum mustakbiroon

    Ilohingiz yagona ilohdir. Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir, oʻzlari esa mutakabbirdirlar.

  23. 23

    لَا جَرَمَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْتَكْبِرِينَ

    Laa jarama annal laaha ya'lamu maa yusirrona wa ma yu'linoon; innahoo laa yuhibbul mustakbireen

    Shubhasizki, Alloh nimani sir tutayotganlarini va nimani oshkor qilayotganlarini biladir. Albatta, U mutakabbirlarni xush koʻrmas.

  24. 24

    وَإِذَا قِيلَ لَهُم مَّاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمْ ۙ قَالُوٓا۟ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Wa izaa qeela lahum maazaaa anzala Rabbukum qaaloo asaateerul awwaleen

    Qachonki, ularga: «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilsa, ular: «Avvalgilarning afsonalarini», derlar.

  25. 25

    لِيَحْمِلُوٓا۟ أَوْزَارَهُمْ كَامِلَةًۭ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۙ وَمِنْ أَوْزَارِ ٱلَّذِينَ يُضِلُّونَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ

    Liyahmilooo awzaarahum kaamilatany Yawmal Qiyaamati wa min awzaaril lazeena yudilloonahum bighairi 'ilm; alaa saaa'a maa yaziroon

    Qiyomat kuni oʻz gunohlarini toʻlaligicha va jaholat ila yoʻldan adashtirganlarining gunohlaridan koʻtarishlari uchundir. Ogoh boʻling! Ular koʻtargan narsa qandoq ham yomon! [7]

    [7] (Mazkur kofirlar kufrlari, Qurʼonga iymon keltirmay yurganlari va odamlarni Qurʼondan toʻsganlari uchun yetarli jazo oladilar. Qiyomat kunida ular oʻz gunohlarini toʻlaligicha koʻtaradilar, yaʼni shunga yarasha jazoga yoʻliqtiriladilar. Bunga qoʻshimcha ravishda, oʻzlari jaholat ila Qurʼonga qarshi tashviqot olib borib yoʻldan adashtirgan kishilarning gunohlaridan baʼzisini ham koʻtaradilar. Unga yarasha qoʻshimcha jazo ham oladilar. Oʻz gunohlariga boshqalarning gunohlarini ham qoʻshib koʻtaradilar.)

  26. 26

    قَدْ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَى ٱللَّهُ بُنْيَٰنَهُم مِّنَ ٱلْقَوَاعِدِ فَخَرَّ عَلَيْهِمُ ٱلسَّقْفُ مِن فَوْقِهِمْ وَأَتَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ

    Qad makaral lazeena min qablihim fa atal laahu bunyaa nahum minal qawaa'idi fakharra 'alaihimus saqfu min fawqihim wa ataahumul 'azaabu min haisu laa yash'uroon

    Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qilganlar. Bas, Alloh binolarini poydevoridan yiqitdi. Shift ularning ustiga qulab tushdi. Va ularga oʻzlari sezmagan tomondan azob keldi.

  27. 27

    ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يُخْزِيهِمْ وَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تُشَٰٓقُّونَ فِيهِمْ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ إِنَّ ٱلْخِزْىَ ٱلْيَوْمَ وَٱلسُّوٓءَ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Summa Yawmal Qiyaamati yukhzeehim wa yaqoolu aina shurakaaa'iyal lazeena kuntum tushaaaqqoona feehim; qaalal lazeena ootul 'ilma innal khizyal Yawma wassooo'a 'alal kaafireen

    Soʻngra qiyomat kunida U zot ularni xor qilur va: «Sizlar ular haqida tortishib yurgan Mening «sheriklarim» qani?» der. Ilm berilganlar: «Bugungi kunda xorlik va yomonlik kofirlargadir», derlar.

  28. 28

    ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ظَالِمِىٓ أَنفُسِهِمْ ۖ فَأَلْقَوُا۟ ٱلسَّلَمَ مَا كُنَّا نَعْمَلُ مِن سُوٓءٍۭ ۚ بَلَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Allazeena tatawaf faahu mul malaaa'ikatu zaalimeee anfusihim fa alqawus salama maa kunnaa na'malu min sooo'; balaaa innal laaha 'aleemum bimaa kuntum ta'maloon

    Farishtalar ularning jonlarini oʻzlariga zulm qilgan hollarida olgandir. Ular, hech bir yomonlik qilmagan edik, deya taslim boʻlurlar. Yoʻq! Albatta, Alloh nima amal qilib yurganingizni bilguvchi Zotdir.

  29. 29

    فَٱدْخُلُوٓا۟ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَلَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ

    Fadkhulooo abwaaba jahannama khaalideena feeha falabi'sa maswal mutakab bireen

    Bas, jahannam eshiklaridan, unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring! Bas, mutakabbirlarning qaytar joyi qandoq ham yomon! [8]

    [8] (Bu dunyoda mutakabbirlik bilan dinni inkor qilganingiz, odamlarni din yoʻlidan qaytarib, adashtirganingiz uchun jahannam eshiklaridan kiring. Kirganda ham, unda abadul-abad qoladigan boʻlib kiring. Mutakabbirlarning jazosi shu boʻladi.)

  30. 30

    ۞ وَقِيلَ لِلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ مَاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمْ ۚ قَالُوا۟ خَيْرًۭا ۗ لِّلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةٌۭ ۚ وَلَدَارُ ٱلْءَاخِرَةِ خَيْرٌۭ ۚ وَلَنِعْمَ دَارُ ٱلْمُتَّقِينَ

    Wa qeela lillazeenat taqaw maazaaa anzala Rabbukum; qaaloo khairaa; lillazeena absanoo fee haazihid dunyaa hasanah; wa la Daarul Aakhirati khair; wa lani'ma daarul muttaqeen

    Va taqvo qilganlarga: «Robbingiz nimani nozil qildi?», deyildi. Ular: «Yaxshilikni», dedilar. Chiroyli amallar qilganlar uchun bu dunyoda chiroyli (mukofot) bordir. Albatta, oxirat diyori yaxshiroqdir. Robbilarining diyori naqadar yaxshi. [9]

    [9] (Mushriklarga «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilganida, «Avvalgilarning afsonalarini», deyishgan edi. Chunki ular dinga, Qurʼonga oʻtgan avlodlarning afsonasi, eskilik sarqiti, deb qaradilar. Shuning uchun yomon oqibatga uchradilar. Oʻsha mushrik va kofirlardan farqli oʻlaroq taqvodorlar yaxshi oqibatga erishdilar.)

  31. 31

    جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ يَدْخُلُونَهَا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ لَهُمْ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْزِى ٱللَّهُ ٱلْمُتَّقِينَ

    Jannaatu 'Adniny yadkhuloonahaa tajree min tahtihal anhaaru lahum feehaa maa yashaaa'oon; kazaalika yajzil laahul muttaqeen

    U adn jannatlaridir. Ularga kirganlarida ostilardan anhorlar oqib turar, ular uchun u yerda istagan narsalari bor. Alloh taqvodorlarni ana shunday mukofotlar.

  32. 32

    ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ طَيِّبِينَ ۙ يَقُولُونَ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمُ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Allazeena tatawaf faahumul malaaa'ikatu taiyibeena yaqooloona salaamun 'alai kumud khulul Jannata bimaa kuntum ta'maloon

    Farishtalar ularning jonlarini pok hollarida ola turib: «Sizlarga salom boʻlsin. Qilib yurgan ishlaringiz tufayli jannatga kiring», derlar. [10]

    [10] (Ha, oʻlim farishtalari ham taqvodorlar bilan goʻzal muomalada boʻladilar. Ularning jonlarini olishda muloyimlik bilan, pok hollarida salom berib turib, jannatga kirishlarini aytib bashorat beradilar.)

  33. 33

    هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ يَأْتِىَ أَمْرُ رَبِّكَ ۚ كَذَٰلِكَ فَعَلَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ وَمَا ظَلَمَهُمُ ٱللَّهُ وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Hal yanzuroona illaaa an taatiyahumul malaaa'ikatu aw yaatiya amru Rabbik; kazaalika fa'alal lazeena min qablihim; wa maa zalamahumul laahu wa laakin kaanoo anfusahum yazlimoon

    Ular oʻzlariga (oʻlim) farishtalari yoki Robbingning (azob) amri kelishiga intizor boʻlib turibdilarmi? Ulardan oldingilar ham shunday qilgan edilar. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular oʻzlariga zulm qilgan edilar.

  34. 34

    فَأَصَابَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا عَمِلُوا۟ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Fa asaabahum saiyi aatu maa 'amiloo wa haaqa bihim maa kaano bihee yastahzi'oon

    Bas, qilgan yomon amallari oʻzlariga yetdi va istehzo qilgan narsalari oʻzlarini oʻradi. [11]

    [11] (Yaʼni, ularga yomonlik tashqaridan kelgani yoʻq. Oʻzlari oʻzlarining boshlariga yetdilar. Qilgan yomon amallariga yarasha jazo oldilar, xolos.)

  35. 35

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا عَبَدْنَا مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍۢ نَّحْنُ وَلَآ ءَابَآؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍۢ ۚ كَذَٰلِكَ فَعَلَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ فَهَلْ عَلَى ٱلرُّسُلِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Wa qaalal lazeena ashrakoo law shaaa'al laahu ma 'abadnaa min doonihee min shai'in nahnu wa laaa aabaaa'unaa wa laa harramnaa min doonihee min shai'; kazaalika fa'alal lazeena min qablihim fahal 'alar Rusuli illal balaaghul mubeen

    Shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganida, biz ham, ota-bobolarimiz ham undan oʻzga hech narsaga ibodat qilmas edik hamda Uning hukmisiz biron narsani harom qilmagan boʻlar edik», dedilar. Ulardan oldingilar ham shunday qilganlar. Paygʻambarlar zimmasida faqat ochiq-oydin yetkazish bor, xolos. [12]

    [12] (Alloh taolo insonni hidoyatga ham, zalolatga ham qobiliyatli qilib yaratdi. Soʻngra xohlagan yoʻlini tanlashni ixtiyoriga havola etdi. Shunga yarasha ularga aql va sezgi aʼzolarini berdi. Shuningdek, paygʻambarlar yuborib, kitoblar nozil qildi va shariatlar joriy etdi.)

  36. 36

    وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِى كُلِّ أُمَّةٍۢ رَّسُولًا أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱجْتَنِبُوا۟ ٱلطَّٰغُوتَ ۖ فَمِنْهُم مَّنْ هَدَى ٱللَّهُ وَمِنْهُم مَّنْ حَقَّتْ عَلَيْهِ ٱلضَّلَٰلَةُ ۚ فَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ

    Wa laqad ba'asnaa fee kulli ummatir Rasoolan ani'budul laaha wajtanibut Taaghoota faminhum man hadal laahu wa minhum man haqqat 'alaihid dalaalah; faseeroo fil ardi fanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul mukazzibeen

    Batahqiq, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qiling va togʻutdan chetlaning», deb Paygʻambar yuborganmiz. Bas, ulardan baʼzilarini Alloh hidoyat qildi. Baʼzilariga esa, zalolat haq boʻldi. Bas, yer yuzida sayr qilib yurib, yolgʻonga chaqiruvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar soling. [13]

    [13] (Hidoyat yoʻlini ixtiyor qilib, unga intilganlarni Alloh taolo hidoyatga yoʻlladi. Zalolat-kufr yoʻlini ixtiyor etib, oʻsha tomonni koʻzlaganlarga zalolat haq boʻldi. Bu ikki toifaning hech birini Alloh majburlagani yoʻq.)

  37. 37

    إِن تَحْرِصْ عَلَىٰ هُدَىٰهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَن يُضِلُّ ۖ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ

    In tahris 'alaa hudaahum fa innal laaha laa yahdee mai yudillu wa maa lahum min naasireen

    Agar sen ularning hidoyatiga oʻta qiziqsang ham, Alloh zalolatga ketkazgan kimsalarni hidoyat qilmas. Ularga nusrat berguvchilardan boʻlmas.

  38. 38

    وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ ۙ لَا يَبْعَثُ ٱللَّهُ مَن يَمُوتُ ۚ بَلَىٰ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّۭا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Wa aqsamoo billaahi jahda aimaanihim laa yab'asul laahu mai yamoot; balaa wa'dan 'alaihi haqqanw wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon

    Ular jon-jahdlari bilan: «Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmas», deb Alloh nomi ila qasam ichdilar. Yoʻq! Bu, U zotning zimmasidagi haq vaʼdadir. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar. [14]

    [14] (Yoʻq! Ey mushriklar, siz aytayotgan gaplar behuda gaplardir. Oʻlganlarni qayta tiriltirish, Allohning zimmasidagi haq vaʼdadir. Alloh vaʼdasiga xilof qilmaydi. Oʻlganlarni albatta qayta tiriltiradi.)

  39. 39

    لِيُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِى يَخْتَلِفُونَ فِيهِ وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَٰذِبِينَ

    Liyubaiyina lahumul lazee yakhtalifoona feehi wa liya'lamal lazeena kafarooo annahum kaanoo kaazibeen

    Ularga ixtilof qilib yurgan narsalarini bayon qilib berish uchun, kufr keltirganlar oʻzlarining shubhasiz yolgʻonchi ekanlarini bilishlari uchun (qayta tiriltirur).

  40. 40

    إِنَّمَا قَوْلُنَا لِشَىْءٍ إِذَآ أَرَدْنَٰهُ أَن نَّقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

    Innamaa qawlunaa lisha y'in izaa aradnaahu an naqoola lahoo kun fa yakoon

    Agar Biz bir narsaning boʻlishini iroda qilsak, unga «boʻl» demogʻimiz kifoya. Bas, oʻsha narsa boʻlur.

  41. 41

    وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ فِى ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا۟ لَنُبَوِّئَنَّهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةًۭ ۖ وَلَأَجْرُ ٱلْءَاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Wallazeena haajaroo fil laahi mim ba'di maa zulimoo lanubawwi' annahum fiddunyaa hasanatanw wa la ajrul Aakhirati akbar; law kaanoo ya'lamoon

    Zulmga duchor boʻlganlaridan soʻng Allohning yoʻlida hijrat qilganlarni bu dunyoda, albatta, goʻzal(joy)ga joylashtiramiz. Va oxirat ajri kattaroqdir, agar biladigan boʻlsalar.

  42. 42

    ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

    Allazeena sabaroo wa 'alaa Rabbihim yatawak kaloon

    Ular sabr qilgan va Robbilariga tavakkal qilganlardir. [15]

    [15] (Muhojirlar ana oʻsha qiyinchiliklarga, mashaqqatlarga, azob-uqubatlarga sabr qilgan ulugʻ kishilardir. Ular Allohning roziligi uchun sabr qilgan va bu asnoda faqat Robbilariga tavakkal etgan hamda faqat Ungagina suyangan zotlardir.)

  43. 43

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًۭا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ۚ فَسْـَٔلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Wa maaa arsalnaa min qablika illaa rijaalan nooheee ilaihim; fas'alooo ahlaz zikri in kuntum laa ta'lamoon

    Biz sendan oldin ham faqat er kishilarni yuborib, ularga vahiy qilganmiz. Agar bilmaydigan boʻlsangiz, zikr ahllaridan soʻranglar.

  44. 44

    بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلزُّبُرِ ۗ وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

    Bilbaiyinaati waz Zubur; wa anzalnaaa ilaikaz Zikra litubaiyina linnaasi maa nuzzila ilaihim wa la'allahum yatafakkaroon

    Ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar ila (yubordik). Va senga odamlarga nozil qilingan narsani oʻzlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik. Shoyadki, tafakkur qilsalar. [16]

    [16] (Qurʼoni Karimning ismlaridan biri «zikr» ekanini boshqa joylarda ham aytib oʻtgan edik. Ushbu oyat ham uni «zikr» deb atamoqda. Yaʼni, paygʻambarlarni oʻz qavmlariga turli ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar bilan yubordik. Seni esa, ey Muhammad, odamlarga nozil qilingan narsani oʻzlariga bayon qilib berishing uchun zikr — Qurʼon ila yubordik.)

  45. 45

    أَفَأَمِنَ ٱلَّذِينَ مَكَرُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَخْسِفَ ٱللَّهُ بِهِمُ ٱلْأَرْضَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ

    Afa aminal lazeena makarus saiyi aati ai yakhsifal laahu bihimul arda aw yaaa tiyahumul 'azaabu min haisu laa yash'uroon

    Makr ila yomonliklar qilganlar Alloh ularni yerga yutqazib yuborishidan yoki ularga kutmagan tomonlaridan azob kelib qolishidan xotirjam boʻldilarmi?!

  46. 46

    أَوْ يَأْخُذَهُمْ فِى تَقَلُّبِهِمْ فَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ

    Aw yaakhuzahum fee taqallubihim famaa hum bi mu'jizeen

    Yoxud ularni harakatlari asnosida olishidan, ular U zotni ojiz qoldiruvchi boʻla olmasliklaridan (xotirjammilar)? [17]

    [17] (Agar Alloh xohlasa, ularni harakatda boʻlib, shaharma-shahar kezib, sayru sayohat yoki boshqa ishlar bilan mashgʻul boʻlib yurganlarida ham olaveradi. Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula bilmaydilar. Nimaga ishonib kofir holida yuribdilar?)

  47. 47

    أَوْ يَأْخُذَهُمْ عَلَىٰ تَخَوُّفٍۢ فَإِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌۭ رَّحِيمٌ

    Aw yaakhuzahum 'alaa takhawwuf; fa inna Rabbakum la Ra'oofur Raheem

    Yoki U zot ularni xavfsirab turgan hollarida olishidan ham (xotirjammilar)? Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.

  48. 48

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَىٰ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍۢ يَتَفَيَّؤُا۟ ظِلَٰلُهُۥ عَنِ ٱلْيَمِينِ وَٱلشَّمَآئِلِ سُجَّدًۭا لِّلَّهِ وَهُمْ دَٰخِرُونَ

    Awa lam yaraw ilaa maa khalaqal laahu min shai'iny-yatafaiya'u zilaaluhoo 'anil yameeni washshamaaa' ili sujjadal lillaahi wa hum daakhiroon

    Axir ular Alloh yaratgan har bir narsaning soyalari oʻngga, chapga moyil boʻlib, Allohga sajda qilib yotganini va ular boʻysunuvchi ekanini koʻrmaydilarmi?! [18]

    [18] (Barcha mavjudotlarning Alloh joriy etgan qonun-qoidalarga boʻysunishlarini ushbu oyati karima, Allohga sajda qilish, deb taʼriflamoqda.)

  49. 49

    وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ مِن دَآبَّةٍۢ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ

    Wa lillaahi yasjudu maa fis samaawaati wa maa fil ardi min daaabbatinw walma laaa'ikatu wa hum laa yastakbiroon

    Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar va farishtalar faqat Allohga sajda qilurlar. Ular mutakabbirlik qilmaslar.

  50. 50

    يَخَافُونَ رَبَّهُم مِّن فَوْقِهِمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ ۩

    yakhaafoona Rabbahum min fawqihim wa yaf'aloona maa yu'maroon

    Ular ustilaridagi Robbilaridan qoʻrqurlar va oʻzlariga amr qilingan narsalarni qilurlar.

  51. 51

    ۞ وَقَالَ ٱللَّهُ لَا تَتَّخِذُوٓا۟ إِلَٰهَيْنِ ٱثْنَيْنِ ۖ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۖ فَإِيَّٰىَ فَٱرْهَبُونِ

    Wa qaalal laahu laa tatta khizooo ilaahainis naini innamaa Huwa Ilaahunw Waahid; fa iyyaaya farhaboon

    Alloh: «Ikkita iloh tutmangiz. Haqiqatda, U yolgʻiz ilohdir. Bas, Mendangina qoʻrqingiz», dedi.

  52. 52

    وَلَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَهُ ٱلدِّينُ وَاصِبًا ۚ أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ تَتَّقُونَ

    Wa lahoo maa fis samaawaati wal ardi wa lahud deenu waasibaa; afaghairal laahi tattaqoon

    Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Din ham bardavom Unikidir. Allohdan oʻzgadan qoʻrqasizlarmi?

  53. 53

    وَمَا بِكُم مِّن نِّعْمَةٍۢ فَمِنَ ٱللَّهِ ۖ ثُمَّ إِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فَإِلَيْهِ تَجْـَٔرُونَ

    Wa maa bikum minni'matin faminal laahi summa izaa massakumud durru fa ilaihi taj'aroon

    Sizda qaysiki neʼmat boʻlsa, Allohdandir. Soʻngra, qachonki sizga yomonlik yetsa, Ungagina yolvorasiz.

  54. 54

    ثُمَّ إِذَا كَشَفَ ٱلضُّرَّ عَنكُمْ إِذَا فَرِيقٌۭ مِّنكُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ

    Summaa izaa kashafad durra 'ankum izaa fareequm minkum bi Rabbihim yushrikoon

    Soʻngra, U sizdan yomonlikni kushoyish qilgan chogʻda, koʻribsizki, sizdan bir guruh oʻz Robbilariga shirk keltirurlar. [19]

    [19] (Yomonlik yetgan paytida faqat Allohga yolborib turgan odamlardan baʼzilari Alloh taolo ularga yetgan yomonlikni ketkazgandan soʻng yana Allohga shirk keltirishga oʻtadilar.)

  55. 55

    لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا۟ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Liyakfuroo bimaa aatainaahum; fatamatta'oo, faswfa ta'lamoon

    Ularga bergan narsalarimizga kufr keltirurlar. Bas, huzurlanib turinglar, tezda bilursiz.

  56. 56

    وَيَجْعَلُونَ لِمَا لَا يَعْلَمُونَ نَصِيبًۭا مِّمَّا رَزَقْنَٰهُمْ ۗ تَٱللَّهِ لَتُسْـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَفْتَرُونَ

    Wa yaj'aloona limaa laa ya'lamoona naseebam mimmaa razaqnnaahum; tallaahi latus'alunaa 'ammaa kuntum taftaroon

    Va ular oʻzlari (mohiyatini) bilmagan narsaga Biz ularga bergan rizqdan nasiba ajraturlar. Allohga qasamki, oʻzingiz uydirgan yolgʻon narsa haqida albatta soʻralursiz. [20]

    [20] (Yaʼni, mushriklar oʻzlari asl mohiyatini bilmaydigan butlariga Biz bergan rizqdan nasiba ajratadilar. Johiliyat paytida mushriklar baʼzi hayvonlarni maʼlum bir butlarga atab qoʻyar edilar. Oʻsha hayvon atalgandan soʻng, bu falon xudoning nasibasi, deb unga alohida ehtirom ila muomala qilinardi. Oʻsha hayvon minilmas, ustiga yuk yuklanmas, suti ichilmas, goʻshti ham yeyilmas edi.)

  57. 57

    وَيَجْعَلُونَ لِلَّهِ ٱلْبَنَٰتِ سُبْحَٰنَهُۥ ۙ وَلَهُم مَّا يَشْتَهُونَ

    Wa yaj'aloona lillaahil banaati Subhaanahoo wa lahum maa yashtahoon

    Ular qizlarni Allohniki qilishur. U (bundan) pokdir. Ularga esa, koʻngillari tusagani (emish). [21]

    [21] (Alloh «qizi bor» degan aybdan pokdir. Chunki farzandga muhtoj boʻlish nuqsondir. Allohning hech qanday nuqsoni yoʻqdir. Mushriklarga koʻngillari tusagan oʻgʻil farzandlar emish. Johiliyat davrida qiz farzand or-nomus hisoblanar edi. Shuning uchun mushriklardan hech kim qiz farzand koʻrishni xohlamas edi.)

  58. 58

    وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِٱلْأُنثَىٰ ظَلَّ وَجْهُهُۥ مُسْوَدًّۭا وَهُوَ كَظِيمٌۭ

    Wa izaa bushshira ahaduhum bil unsaa zalla wajhuhoo muswaddanw wa huwa kazeem

    Qachonki ulardan biriga qizning xushxabari berilsa, gʻam-alamga toʻlib, yuzi qorayib ketur.

  59. 59

    يَتَوَٰرَىٰ مِنَ ٱلْقَوْمِ مِن سُوٓءِ مَا بُشِّرَ بِهِۦٓ ۚ أَيُمْسِكُهُۥ عَلَىٰ هُونٍ أَمْ يَدُسُّهُۥ فِى ٱلتُّرَابِ ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ

    yatawaaraa minal qawmimin sooo'i maa bushshira bih; a-yumsikuhoo 'alaa hoonin am yadussuhoo fit turaab; alaa saaa'a maa yahkumoon

    Unga berilgan xushxabarning yomonligidan (uyalib) qavmidan berkinur. U(qiz)ni xorlik-la olib qolsamikin yoki tuproqqa koʻmsamikin? Ogoh boʻling! Ular qilgan hukm naqadar yomon.

  60. 60

    لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ مَثَلُ ٱلسَّوْءِ ۖ وَلِلَّهِ ٱلْمَثَلُ ٱلْأَعْلَىٰ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Lillazeena laa yu'minoona bil Aakhirati masalus saw'i wa lillaahil masalul a'laa; wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning misoli yomon misoldir. Aʼlo misol Allohnikidir. U Aziyz va Hakiymdir.

  61. 61

    وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِظُلْمِهِم مَّا تَرَكَ عَلَيْهَا مِن دَآبَّةٍۢ وَلَٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَـْٔخِرُونَ سَاعَةًۭ ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ

    Wa law yu'aakhizul laahun naasa bizulminhim maa taraka 'alaihaa min daaabbatinw wa laakiny yu'akhkhiruhum ilaaa ajalim musamman fa izaa jaaa'a ajaluhum laa yastaakhiroona saa'atanw wa laa yastaqdimoon

    Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlariga binoan tutganida, yer yuzida bitta ham jonzotni qoʻymas edi. Lekin ularni belgilangan ajaliga qoʻyib qoʻyur. Qachonki, ajallari kelsa, uni bir soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar.

  62. 62

    وَيَجْعَلُونَ لِلَّهِ مَا يَكْرَهُونَ وَتَصِفُ أَلْسِنَتُهُمُ ٱلْكَذِبَ أَنَّ لَهُمُ ٱلْحُسْنَىٰ ۖ لَا جَرَمَ أَنَّ لَهُمُ ٱلنَّارَ وَأَنَّهُم مُّفْرَطُونَ

    Wa yaj'aloona lillaahi maa yakrahoona wa tasifu alsinatuhumul kaziba anna lahumul husnaa laa jarama anna lahumun Naara wa annahum mufratoon

    Ular oʻzlari yoqtirmagan narsani Allohniki qilurlar. Ularning tillari esa, yolgʻondan oʻzlariga goʻzal (oqibat) boʻlishini vasf qilur. Hech shubha yoʻqki, ularga, albatta, doʻzax boʻlur va, albatta, ular unutilganlardir.

  63. 63

    تَٱللَّهِ لَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ فَهُوَ وَلِيُّهُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Tallaahi laqad arsalnaaa ilaaa umamim min qablika fazayyana lahumush Shaitaanu a'maalahum fahuwa waliyyuhumul yawma wa lahum 'azaabun aleem

    Allohga qasamki, Biz sendan oldingi ummatlarga ham (Paygʻambar) yuborganmiz. Bas, shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatdi. U bugun ularning doʻstidir. Ularga alamli azob boʻlur.

  64. 64

    وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّا لِتُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِى ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ ۙ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Wa maaa anzalnaa 'alaikal Kitaaba illaa litubaiyina lahumul lazikh talafoo feehi wa hudanw wa rahmatal liqawminy yu'minoon

    Biz senga kitobni, faqat, ularga oʻzlari ixtilof qilgan narsalarni bayon qilishing uchun, iymon keltiradigan qavmlarga hidoyat va rahmat etib nozil etdik, xolos. [22]

    [22] (Ha, Alloh taolo Muhammad alayhissalotu vassalomga Qurʼoni Karimni turli xalqlarning haq va botil, iymon va kufr, yaxshilik va yomonlik hamda boshqa narsalar ustidagi ixtiloflarini bayon etib berish uchun nozil qildi.)

  65. 65

    وَٱللَّهُ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَسْمَعُونَ

    Wallaahu anzala minas samaaa'i maaa'an fa ahyaa bihil arda ba'da mawtihaa; inna fee zaalika la aayatal liqaw miny yasma'oon

    Alloh osmondan suv tushirib, u ila yerni oʻlimidan keyin tiriltirdi. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir. [23]

    [23] (Yer oʻlik boʻlsa, Yer yuzidagi narsalar ham jonsiz boʻladi. Yer tirilishi bilan uning ustidagi hamma narsalarga jon kiradi. Demak, suv hamma narsaga hayot bagʻishlaydi. Suvni esa, faqatgina Alloh taolo tushira oladi. Hamma narsaga hayotni faqat Allohgina bera oladi. Demak, hamma narsaga maʼbud boʻlishga faqat Allohgina haqlidir.)

  66. 66

    وَإِنَّ لَكُمْ فِى ٱلْأَنْعَٰمِ لَعِبْرَةًۭ ۖ نُّسْقِيكُم مِّمَّا فِى بُطُونِهِۦ مِنۢ بَيْنِ فَرْثٍۢ وَدَمٍۢ لَّبَنًا خَالِصًۭا سَآئِغًۭا لِّلشَّٰرِبِينَ

    Wa inna lakum fil an'aami la'ibrah; nusqeekum mimmmaa fee butoonihee mim baini farsinw wa damil labanann khaalisan saaa'ighallish shaaribeen

    Chorva hayvonlarida ham siz uchun, albatta, ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidan, goʻng va qon orasidan ichuvchilar(tomogʻi)dan oson oʻtuvchi sof sut ila sugʻoramiz.

  67. 67

    وَمِن ثَمَرَٰتِ ٱلنَّخِيلِ وَٱلْأَعْنَٰبِ تَتَّخِذُونَ مِنْهُ سَكَرًۭا وَرِزْقًا حَسَنًا ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    Wa min samaraatin nakheeli wal a'nnaabi tattakhizoona minhu sakaranw wa rizqann hasanaa; inna fee zaalika la Aayatal liqawminy ya'qiloon

    Va xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va goʻzal rizq olursiz. Albatta, bunda aql yuritguvchilar uchun oyat — belgi bordir. [24]

    [24] (Ushbu oyati karima Qurʼoni Karimda mast qiluvchi ichimlik haqida nozil boʻlgan toʻrt oyatning birinchisidir, bu oyatda mast qiluvchi ichimlik haqida bir hukm yoʻq. Ammo uning yaxshi rizqqa qiyosan yomon ekaniga ishora bor. Bu ishora mast qiluvchi ichimlikka qarshi qurʼoniy targʻibotning boshlanishidir.)

  68. 68

    وَأَوْحَىٰ رَبُّكَ إِلَى ٱلنَّحْلِ أَنِ ٱتَّخِذِى مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًۭا وَمِنَ ٱلشَّجَرِ وَمِمَّا يَعْرِشُونَ

    Wa awhaa Rabbuka ilannnabli anit takhizee minal jabaali buyootanw wa minash shajari wa mimmaa ya'rishoon

    Robbing asalariga: «Togʻlardan, daraxtlardan va koʻtarilgan soʻritoklardan uy tutgin.

  69. 69

    ثُمَّ كُلِى مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ فَٱسْلُكِى سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلًۭا ۚ يَخْرُجُ مِنۢ بُطُونِهَا شَرَابٌۭ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ فِيهِ شِفَآءٌۭ لِّلنَّاسِ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Summma kulee min kullis samaraati faslukee subula Rabbiki zululaa; yakhruju mim butoonihaa sharaabum mukh talifun alwaanuhoo feehi shifaaa'ul linnaas, innna fee zaalika la Aayatal liqawminy yatafakkaroon

    Soʻngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin», deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat — belgi bordir. [25]

    [25] (Alloh taoloning hayvonotlarga, jumladan, asalariga vahiy qilishi unga ilhom berishi hisoblanadi. Alloh taolo asalarini yaratganda unga his-tuygʻu va ilhomni qoʻshib yaratgani uchun u koʻpgina aqlli insonlar ham qila olmaydigan aniqlik bilan oʻziga topshirilgan ishni bajaradi.)

  70. 70

    وَٱللَّهُ خَلَقَكُمْ ثُمَّ يَتَوَفَّىٰكُمْ ۚ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرْذَلِ ٱلْعُمُرِ لِكَىْ لَا يَعْلَمَ بَعْدَ عِلْمٍۢ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۭ قَدِيرٌۭ

    Wallaahu khalaqakum suma tatawaffaakum; wa minkum many-yuradu ilaaa arzalil 'umuri likai laa ya'lama ba'da 'ilmin shai'aa; innal laaha 'Aleemun Qadeer

    Alloh sizlarni yaratgandir. Soʻngra, U sizlarni vafot ettiradir. Sizlardan baʼzilar bilimli boʻlgandan soʻng, hech narsa bilmasligi uchun, umrning eng zaifligiga qaytariladir. Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir.

  71. 71

    وَٱللَّهُ فَضَّلَ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ فِى ٱلرِّزْقِ ۚ فَمَا ٱلَّذِينَ فُضِّلُوا۟ بِرَآدِّى رِزْقِهِمْ عَلَىٰ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ فَهُمْ فِيهِ سَوَآءٌ ۚ أَفَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ

    Wallaahu faddala ba'dakum 'alaa ba'din fir rizq; famal lazeena fuddiloo biraaaddee rizqihim 'alaa maa malakat aimaanuhum fahum feehi sawaaa'; afabini'matil laahi yajhadoon

    Alloh rizqda baʼzingizni baʼzingizdan afzal qildi. Bas, afzal qilinganlar oʻz rizqlarini qoʻllarida mulk boʻlganlarga, hamma teng boʻlsin deb, beruvchi emaslar-ku. Allohning neʼmatini inkor qiladilarmi?!

  72. 72

    وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًۭا وَجَعَلَ لَكُم مِّنْ أَزْوَٰجِكُم بَنِينَ وَحَفَدَةًۭ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ ۚ أَفَبِٱلْبَٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَتِ ٱللَّهِ هُمْ يَكْفُرُونَ

    Wallaahu ja'ala lakum min anfusikum azwaajanw wa ja'ala lakum min azwaajikum baneena wa hafadatanw wa razaqakum minat yaiyibaat; afabil baatili yu'minoona wa bini'matil laahi hum yakkfuroon

    Alloh sizlarga oʻzlaringizdan juft(halol)lar qildi va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi hamda sizlarga pok rizqlarni berdi. Botilga iymon keltiradilar-u, Allohning neʼmatiga kufr keltiradilarmi?! [26]

    [26] (Oyati karimada jon, jufti halol, farzand va nabira kabi neʼmatlar haqida soʻz ketmoqda. Bu orqali oʻsha ulugʻ neʼmatlarni berishga yagona Allohning oʻzi haqli ekani taʼkidlanadi. Shuningdek, Alloh taolo mazkur neʼmatlardan bahramand boʻlgan bandalarning yagona ilohi-maʼbudi boʻlishga ham haqli ekaniga ishorat qilinadi.)

  73. 73

    وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَهُمْ رِزْقًۭا مِّنَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ شَيْـًۭٔا وَلَا يَسْتَطِيعُونَ

    Wa ya'budoona min doonil laahi maa laa yamliku lahum rizqam minas samaawaati wal ardi shai'anw wa laa yastatee'oon

    Va Allohdan oʻzga — ularga osmonlaru yerdan hech bir rizqqa molik boʻla olmaydigan va hech narsaga qodir boʻla olmaydigan — narsalarga ibodat qilurlarmi? [27]

    [27] (Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan oʻsha narsasi nima ekanini oʻylab koʻrmaydimi? Nima uchun unga sigʻinyapti oʻzi? Axir, sigʻinayotgan narsasi unga biror rizqni bera olmaydi-ku?! U narsa rizq ham, neʼmat ham berishga qodir emas-ku! Xoʻsh, rizq berishga qodir boʻlmagan, hech bir rizq bera olmaydigan narsaga nima uchun ibodat qiladi?! Ey mushriklar!!!)

  74. 74

    فَلَا تَضْرِبُوا۟ لِلَّهِ ٱلْأَمْثَالَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Falaa tadriboo lillaahil amsaal; innal laaha ya'lamu wa antum laa ta'lamoon

    Allohga misol keltirmanglar! Albatta, Alloh biladir. Sizlar esa, bilmassizlar.

  75. 75

    ۞ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا عَبْدًۭا مَّمْلُوكًۭا لَّا يَقْدِرُ عَلَىٰ شَىْءٍۢ وَمَن رَّزَقْنَٰهُ مِنَّا رِزْقًا حَسَنًۭا فَهُوَ يُنفِقُ مِنْهُ سِرًّۭا وَجَهْرًا ۖ هَلْ يَسْتَوُۥنَ ۚ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Darabal laahu masalan 'abdam mammlookal laa yaqdiru 'alaa shai'inw wa marrazaqnaahu mminnaa rizqan hasanan fahuwa yunfiqu minhu sirranw wa jahra; hal yasta-woon; alhamdu lillaah; bal aksaruhum laa ya'lamoon

    Alloh hech narsaga qodir boʻlmaydigan mamluk — qul bilan Biz uni yaxshi rizq ila rizqlantirgan va oʻshandan maxfiy va oshkora infoq qiladigan kimsani misol keltiradi. Ular teng boʻlurlarmi? Hamdu sano Allohgadir. Lekin koʻplari bilmaslar. [28]

    [28] (Ushbu misol oyati karima nozil boʻlgan joydagi arab johiliy jamiyati voqeʼligidan olingandir. Islomni inkor etib, Allohga shirk keltirayotganlarning boshliqlari Qurayshning zodagon-boylari edi. U davrdagi boylarning mamluk-qullari bor edi. Bu qullar egasiga mulk, oʻzlari hech narsaga haqsiz bir jonzot edi. Koʻp rizqu roʻzga ega boʻlib, hammaga xayru ehson qilayotgan xoʻjayin bilan uning hech narsasi yoʻq mamluk quli teng boʻladimi? Albatta, teng emaslar. Demak, hammaning xoliqi va roziqi Alloh taolo bilan hech narsaga qodir boʻlmagan, mushriklar ibodat qilayotgan butlar ham teng boʻla olmaydilar.)

  76. 76

    وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا رَّجُلَيْنِ أَحَدُهُمَآ أَبْكَمُ لَا يَقْدِرُ عَلَىٰ شَىْءٍۢ وَهُوَ كَلٌّ عَلَىٰ مَوْلَىٰهُ أَيْنَمَا يُوَجِّههُّ لَا يَأْتِ بِخَيْرٍ ۖ هَلْ يَسْتَوِى هُوَ وَمَن يَأْمُرُ بِٱلْعَدْلِ ۙ وَهُوَ عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Wa darabal laahu masalar rajulaini ahaduhumaaa abkamu laa yaqdiru 'alaa shai'inw wa huwa kallun 'alaa mawlaahu ainamaa yuwajjihhu laa yaati bikhairin hal yastawee huwa wa many-yaamuru bil'adli wa huwa 'alaa Siraatim MMustaqeem

    Alloh ikki kishini zarbulmasal keltirdi. Birlari soqov, hech narsaga qodir boʻlmas. U oʻz xojasiga yukdir. Qayerga yuborsa ham, yaxshilik keltirmas. Oʻsha odam bilan oʻzi toʻgʻri yoʻlda turib, boshqalarni adolatga amr qiladigan kishi barobar boʻlurmi?

  77. 77

    وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَآ أَمْرُ ٱلسَّاعَةِ إِلَّا كَلَمْحِ ٱلْبَصَرِ أَوْ هُوَ أَقْرَبُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Wa lillaahi ghaibus samaawaati wal ard; wa maaa amrus Saa'ati illaa kalamhil basari aw huwa aqrab; innal laaha 'alaaa kulli shai'in Qadeer

    Osmonlaru yerning gʻayb(ilm)i Allohnikidir. Soat (qiyomat) ishi esa, koʻz ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.

  78. 78

    وَٱللَّهُ أَخْرَجَكُم مِّنۢ بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ لَا تَعْلَمُونَ شَيْـًۭٔا وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۙ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Wallaahu akhrajakum mim butooni ummahaatikum laa ta'lamoona shai'anw wa ja'ala lakumus sam'a wal absaara wal af'idata la'allakum tashkuroon

    Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi. U sizga quloq, koʻzlar va dillarni berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz. [29]

    [29] (Dunyoda faqat inson bolasigina juda ojiz holda tugʻiladi. Boshqa hayvonlarning bolalari tugʻilgandan bir oz oʻtib, harakatga tushadi, oʻzi yuradi, onasini emadi va boshqa hojatlarini chiqaradi. Inson bolasi esa, yigʻidan boshqa hech narsani bilmay turaveradi. Har bir narsani unga soat, kun, hafta, oy emas, balki yil davomida oʻrgatish kerak. Oʻsha oʻrganish ham Alloh bergan xususiyatlar bilan boʻladi.)

  79. 79

    أَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلطَّيْرِ مُسَخَّرَٰتٍۢ فِى جَوِّ ٱلسَّمَآءِ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا ٱللَّهُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Alam yaraw ilat tairi musakhkharaatin fee jawwis samaaa'i maa yumsikuhunna illal laah; inna fee zaalika la Aayaatil liqawminy yu'minoon

    Osmon havosidagi beminnat boʻysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi? Ularni faqatgina Alloh ushlab turadir, xolos. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  80. 80

    وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنۢ بُيُوتِكُمْ سَكَنًۭا وَجَعَلَ لَكُم مِّن جُلُودِ ٱلْأَنْعَٰمِ بُيُوتًۭا تَسْتَخِفُّونَهَا يَوْمَ ظَعْنِكُمْ وَيَوْمَ إِقَامَتِكُمْ ۙ وَمِنْ أَصْوَافِهَا وَأَوْبَارِهَا وَأَشْعَارِهَآ أَثَٰثًۭا وَمَتَٰعًا إِلَىٰ حِينٍۢ

    Wallaahu ja'ala lakum min juloodil an'aami buyootan tastakhif foonahaa yawma za'nikum wa yawma iqaamatikum wa min aswaafihaa wa awbaarihaa wa ash'aarihaaa asaasanw wa mataa'an ilaa been

    Alloh sizga uylaringizni oromgoh qildi. U sizga chorva hayvonlarining terisidan koʻchadigan va qoʻnadigan kuningizda yengil koʻtariladigan uylar qildi. Ularning junlari, yunglari va qillaridan maʼlum vaqtgacha jihoz va mato boʻladigan qildi. [30]

    [30] (Insonning uyi eng qulay oromgohi hisoblanadi. Uydan boshqa joyda odam oromini yoʻqotadi. Shuning uchun ham Islom dinida uyga va uning osoyishta, xotirjamlik makoni boʻlishiga katta eʼtibor berilgan.)

  81. 81

    وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّمَّا خَلَقَ ظِلَٰلًۭا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْجِبَالِ أَكْنَٰنًۭا وَجَعَلَ لَكُمْ سَرَٰبِيلَ تَقِيكُمُ ٱلْحَرَّ وَسَرَٰبِيلَ تَقِيكُم بَأْسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُتِمُّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْلِمُونَ

    Wallaahu ja'ala lakum mimmaa khalaqa zilaalanw wa ja'ala lakum minal jibaali aknaananw wa ja'ala lakum saraabeela taqeekumul harra wa saraabeela taqeekum baasakum; kazaalika yutimmu ni'matahoo alaikum la'allakum tuslimoon

    Alloh sizga Oʻzi yaratgan narsalardan soyalar qilib qoʻydi va sizga togʻlardan boshpanalar, sizlarni issiqdan saqlaydigan kiyimlar va zarbadan saqlaydigan kiyimlar qilib qoʻydi. Shunday qilib, U sizlarga Oʻz neʼmatini batamom qilib berdi. Shoyadki, musulmon boʻlsangiz. [31]

    [31] (Bu oʻrinda inson, ayniqsa, ushbu oyati karima tushgan joy va vaqtning odami kundalik hayotida muhtoj boʻlib turadigan Allohning neʼmatlari haqida gap ketmoqda.)

  82. 82

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Fa in tawallaw fa innamaa 'alaikal balaaghul mubeen

    Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, sening zimmangda ochiq-oydin yetkazib qoʻyish, xolos.

  83. 83

    يَعْرِفُونَ نِعْمَتَ ٱللَّهِ ثُمَّ يُنكِرُونَهَا وَأَكْثَرُهُمُ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Ya'rifoona ni'matal laahi summa yunkiroonahaa wa aksaruhumul kaafiroon

    Ular Allohning neʼmatini tanirlar, keyin esa, inkor qilurlar. Ularning koʻplari kofirlardir. [32]

    [32] (Allohning neʼmatini bila turib inkor qilgan kishi aniq kofir boʻladi.)

  84. 84

    وَيَوْمَ نَبْعَثُ مِن كُلِّ أُمَّةٍۢ شَهِيدًۭا ثُمَّ لَا يُؤْذَنُ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ

    Wa yawma nab'asu min kulli ummatin shaheedan summa laa yu'zanu lillazeena kafaroo wa laa hum yusta'taboon

    U kunda barcha ummatlardan guvoh keltirurmiz, soʻngra, kufr keltirganlarga (uzr uchun) izn ham berilmas va ular itobga ham qaytarilmaslar. [33]

    [33] (Qiyomatda Alloh taolo oʻtgan ummatlardan har biriga oʻzining paygʻambarini guvoh qilib keltiradi. Koʻpchilik oldida hamma narsa ayon boʻladi. Sharmandasi chiqqan kofirlar, uzr aytmoqchi boʻladilar. Ammo uzr aytishga izn berilmaydi. Ular hayoti dunyoga yana qaytarilishlarini, itobdan soʻng yaxshi ishlari qilishlariga imkon berilishini soʻraydilar. Unga ham izn berilmaydi.)

  85. 85

    وَإِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلْعَذَابَ فَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ

    Wa izaa ra al lazeena zalamul 'azaaba falaa yukhaf fafu 'anhum wa laa hum yunzaroon

    Zulm qilganlar azobni koʻrgan vaqtlarida, ulardan u yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas.

  86. 86

    وَإِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ شُرَكَآءَهُمْ قَالُوا۟ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ شُرَكَآؤُنَا ٱلَّذِينَ كُنَّا نَدْعُوا۟ مِن دُونِكَ ۖ فَأَلْقَوْا۟ إِلَيْهِمُ ٱلْقَوْلَ إِنَّكُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Wa izaa ra al lazeena ashrakoo shurakaaa'ahum qaaloo Rabbana haaa'ulaaa'i shurakaaa'unal lazeena kunnaa nad'oo min doonika fa alqaw ilaihimul qawla innakum lakaaziboon

    Va shirk keltirganlar oʻzlarining «sherik»larini koʻrgan chogʻlarida: «Ey Robbimiz, anavilar bizning Sendan oʻzga ibodat qilgan «sherik»larimiz», derlar. Bas, u(sherik)lar bularga: «Albatta, sizlar yolgʻonchidirsizlar», deb soʻz tashlarlar. [34]

    [34] (Bu dunyoda Allohni tan olmasdan qiyomatga kelib, Allohga «Ey Robbimiz» deb murojaat, iltijo qiladigan boʻlib qolibdilar. Avvallar boshqani Robbimiz deb yurganlar endi oʻsha Robbilarini «anavilar» deydigan boʻlib qolishibdi. Oʻsha «anavilar» ularni adashtirib oʻziga ibodat qildirganligini yuzlariga soldilar.)

  87. 87

    وَأَلْقَوْا۟ إِلَى ٱللَّهِ يَوْمَئِذٍ ٱلسَّلَمَ ۖ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Wa alqaw ilal laahi yawma'izinis salama wa dalla 'anhum maa kaanoo yaftaroon

    Oʻshal kunda u(mushrik)lar Allohga taslim boʻlurlar va uydirib yurgan narsalari botil boʻlur. [35]

    [35] (Oxiratda butu sanamlarimiz bizga shafoatchi boʻlur, deya oʻzlaricha toʻqib chiqargan umidlari botil boʻladi.)

  88. 88

    ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ زِدْنَٰهُمْ عَذَابًۭا فَوْقَ ٱلْعَذَابِ بِمَا كَانُوا۟ يُفْسِدُونَ

    Allazeena kafaroo wa saddoo 'an sabeelil laahi zidnaahum 'azaaban fawqal 'azaabi bimaa kaanoo yufsidoon

    Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlarga fasod qilganlari uchun azob ustiga azob ziyoda qildik. [36]

    [36] (Kofirlik yomon fasoddir. Odamlarni Allohning dinidan toʻsish undan ham yomonroq fasod sanaladi.)

  89. 89

    وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِى كُلِّ أُمَّةٍۢ شَهِيدًا عَلَيْهِم مِّنْ أَنفُسِهِمْ ۖ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ تِبْيَٰنًۭا لِّكُلِّ شَىْءٍۢ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ

    Wa yawma nab'asu fee kulli ummmatin shaheedan 'alaihim min anfusihim wa ji'naa bika shaheedan 'alaa haaa'ulaaa'; wa nazzalnaa 'alaikal Kitaaba tibyaanal likulli shai'inw wa hudanw wa rahmatanw wa bushraa lilmuslimeen

    Har bir ummatga oʻzidan guvoh olib kelgan kunimizda seni anavilarga (ummatingga) guvoh qilib keltiramiz. Senga Kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik. [37]

    [37] (Yaʼni, qiyomat kuni har bir ummatga paygʻambarini guvoh etganimizdek, seni ham ummatingga guvoh qilib keltiramiz. Senga Qurʼoni Karimni nozil qilishdan maqsad har bir narsani bayon qilib berishdir. Qurʼon moʻminlar uchun Allohning rahmatidir, musulmonlar uchun hidoyatdir. Qurʼoni Karim moʻminlar uchun xushxabardir, ularga iymonlari orqasidan keladigan yaxshiliklar xushxabarini beradi.)

  90. 90

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُ بِٱلْعَدْلِ وَٱلْإِحْسَٰنِ وَإِيتَآئِ ذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَيَنْهَىٰ عَنِ ٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ وَٱلْبَغْىِ ۚ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Innal laaha yaamaru bil 'adli wal ihsaani wa eetaaa'i zil qurbaa wa yanhaa 'anil fahshaaa'i wal munkari walbagh-i' ya'izukum la'allakum tazakkkaroon

    Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar (ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur. U sizlarga vaʼz qilur. Shoyadki, eslasangiz. [38]

    [38] (Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u kishi: «Qurʼondagi eng jamlovchi oyat shu oyatdir. Ergashiladigan yaxshilikni ham, chetlanishi lozim boʻlgan yomonlikni ham jamlab zikr qilgan», deydilar. Alloh buyurgan adolat — islomiy mutlaq adolatdir. Bu adolatga koʻra, har bir shaxs, jamoat va har bir qavmga odilona muomalada boʻlinadi. Hamma uchun oʻlchov bir. «Ehson» — yaxshilik qilish maʼnosini anglatadi. Islomda uning eshigi keng ochilgan. «Fahsh» soʻzining lugʻaviy maʼnosi haddan oshishlikdir. Lekin urfda kishilar nomusiga taalluqli jinoyatlar tushuniladi. «Munkar» deganda, insonning sof tabiati inkor qiladigan ishlar koʻzda tutiladi. Buni, albatta, shariat ham inkor etadi. «Zulmkorlik» esa, haqqa tajovuz qilish va adolatni buzishdir. Darhaqiqat, bular eslashga arzigulik vaʼz-nasihatdir.)

  91. 91

    وَأَوْفُوا۟ بِعَهْدِ ٱللَّهِ إِذَا عَٰهَدتُّمْ وَلَا تَنقُضُوا۟ ٱلْأَيْمَٰنَ بَعْدَ تَوْكِيدِهَا وَقَدْ جَعَلْتُمُ ٱللَّهَ عَلَيْكُمْ كَفِيلًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ

    Wa awfoo bi Ahdil laahi izaa 'aahattum wa laa tanqudul aimaana ba'da tawkeedihaa wa qad ja'altumul laaha 'alaikum kafeelaa; innal laaha ya'lamu maa taf'aloon

    Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling. Qasamlarni taʼkid qilinganidan soʻng buzmang. Batahqiq, Allohni oʻzingizga kafil qilgansiz-a! Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur.

  92. 92

    وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّتِى نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِنۢ بَعْدِ قُوَّةٍ أَنكَٰثًۭا تَتَّخِذُونَ أَيْمَٰنَكُمْ دَخَلًۢا بَيْنَكُمْ أَن تَكُونَ أُمَّةٌ هِىَ أَرْبَىٰ مِنْ أُمَّةٍ ۚ إِنَّمَا يَبْلُوكُمُ ٱللَّهُ بِهِۦ ۚ وَلَيُبَيِّنَنَّ لَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ مَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

    Wa laa takoonoo kallatee naqadat ghazlahaa mim ba'di quwwatin ankaasaa; tattakhizoona aimaanakum dakhlalam bainakum an takoona ummatun hiya arbaa min ummah; innnamaa yablookumul laahu bih; wa la yubaiyinanna lakum yawmal Qiyaamati maa kuntum fee takhtalifoon

    Toʻqigani kuchli boʻlgandan soʻng uni soʻkib yuborgan xotinga oʻxshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq boʻlgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang. Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamoqda, xolos. Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur. [39]

    [39] (Ahdni buzish, asosan, oʻz manfaatlarini koʻzlab, koʻproq kuchli tomonga yaltoqlanish maqsadida boʻladi.)

  93. 93

    وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَلَٰكِن يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَلَتُسْـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa law shaaa'al laahu laja'alakum ummmatanw waahidatanw wa laakiny yudillu many-yashaaa'u wa yahdee many-yashaaa'; wa latus'alunna 'ammaa kuntum ta'maloon

    Agar Alloh xohlasa, sizlarni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadi va xohlagan kimsani hidoyat qiladir. Va, albatta, qilib yurgan amallaringizdan soʻralursiz.

  94. 94

    وَلَا تَتَّخِذُوٓا۟ أَيْمَٰنَكُمْ دَخَلًۢا بَيْنَكُمْ فَتَزِلَّ قَدَمٌۢ بَعْدَ ثُبُوتِهَا وَتَذُوقُوا۟ ٱلسُّوٓءَ بِمَا صَدَدتُّمْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَلَكُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    Wa laa tattakhizooo aimaanakum dakhalam bainakum ftazilla qadamum ba'da subootihaa wa tazooqus sooo'a bimmaa sadattum 'an sabeelil laahi wa lakum 'azaabun 'azeem

    Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmang. Bas, qadam sobit boʻlganidan soʻng toymasin va Allohning yoʻlidan toʻsganingiz uchun yomonlikni tatib yurmang. Sizga ulkan azob boʻlmasin.

  95. 95

    وَلَا تَشْتَرُوا۟ بِعَهْدِ ٱللَّهِ ثَمَنًۭا قَلِيلًا ۚ إِنَّمَا عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Wa laa tashtaroo bi 'ahdil laahi samanan qaleelaa; innamaa 'indal laahi huwa khairul lakum in kuntum ta'lamoon

    Allohning ahdini oz bahoga sotib yubormang. Agar bilsangiz, siz uchun, albatta, Allohning huzuridagi narsa yaxshiroqdir.

  96. 96

    مَا عِندَكُمْ يَنفَدُ ۖ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ بَاقٍۢ ۗ وَلَنَجْزِيَنَّ ٱلَّذِينَ صَبَرُوٓا۟ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    maa 'indakum yanfadu wa maa 'indal laahi baaq; wa lanajziyannal lazeena sabarooo ajjrahum bi ahsani maa kaanoo ya'maloon

    Sizning huzuringizdagi narsa tugaydir. Allohning huzuridagi narsa esa, boqiydir. Albatta, Biz sabr etganlarni qilib yurgan amallarining eng goʻzaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.

  97. 97

    مَنْ عَمِلَ صَٰلِحًۭا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَلَنُحْيِيَنَّهُۥ حَيَوٰةًۭ طَيِّبَةًۭ ۖ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Man 'amila saaliham min zakarin aw unsaa wa huwa mu'minun falanuhyiyannahoo hayaatan taiiyibatanw wa lanajzi yannnahum ajrahum bi ahsani maa kaanoo ya'maloon

    Erkagu ayol, kim moʻmin holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va, albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng goʻzaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.

  98. 98

    فَإِذَا قَرَأْتَ ٱلْقُرْءَانَ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ

    Fa izaa qara tal Quraana fasta'iz billaahi minashh Shai taanir rajeem

    Qurʼon oʻqigan chogʻingda, Allohdan quvilgan shayton (sharri)dan panoh soʻragin. [40]

    [40] (Yaʼni, avval «Aʼuzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytib turib, keyin Qurʼon qiroatini boshlagin. «Aʼuzu billahi»ni aytish Qurʼoni Karim tilovati uchun tilni poklaydi. Kishini Allohning kitobi Qurʼoni Karimni oʻqishga tayyorlaydi. Shaytonning vasvasasidan saqlaydi. Butun vujudi va shuurini Alloh tomon buradi. Ushbu oyati karimadan ulamolarimiz Qurʼon oʻqishni boshlamoqchi boʻlgan har bir insonga «Aʼuzu billahi»ni aytish vojibligi hukmini chiqarganlar. Chunki Alloh shunga amr qilmoqda. Allohning amri har bir moʻminga vojib. Uni qilmagan odam gunohkor boʻladi.)

  99. 99

    إِنَّهُۥ لَيْسَ لَهُۥ سُلْطَٰنٌ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

    Innahoo laisa lahoo sultaanun 'alal lazeena aamanoo wa 'alaa Rabbihim yatawakkaloon

    Albatta, iymon keltirganlarga va oʻz Robbilariga tavakkal qilganlarga u(shayton)ning sultoni yoʻq.

  100. 100

    إِنَّمَا سُلْطَٰنُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَوَلَّوْنَهُۥ وَٱلَّذِينَ هُم بِهِۦ مُشْرِكُونَ

    Innnamaa sultaanuhoo 'alal lazeena yatawallawnahoo wallazeena hum bihee mushrikoon

    Uning sultoni faqat uni doʻst tutadiganlarga va u sababli mushrik boʻlganlarga, xolos.

  101. 101

    وَإِذَا بَدَّلْنَآ ءَايَةًۭ مَّكَانَ ءَايَةٍۢ ۙ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُنَزِّلُ قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مُفْتَرٍۭ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Wa izaa baddalnaaa Aayatam makaana Aayatinw wal laahu a'lamu bimaa yunazzilu qaalooo innamaa anta muftar; bal aksaruhum laa ya'lamoon

    Qachonki, Biz bir oyat oʻrnini boshqa bir oyat ila almashtirsak, — holbuki, Alloh nimani nozil qilishni Oʻzi yaxshi bilguvchidir — ular: «Shubhasiz, sen uydirmachisan!» derlar. Yoʻq! Ularning koʻplari bilmaslar. [41]

    [41] (Avvalgi oʻrgangan suralarimizda Qurʼondagi baʼzi oyatlar kezi kelganda maʼlum sabablarga koʻra nasx etilib, Alloh ularning hukmi oʻrniga boshqa oyat ila boshqa hukm joriy qilishini bilgan edik. Ushbu oyatda Qurʼondagi baʼzi oyatlarning nasx boʻlishiga mushriklarning munosabatlari bildirilmoqda.)

  102. 102

    قُلْ نَزَّلَهُۥ رُوحُ ٱلْقُدُسِ مِن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّ لِيُثَبِّتَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهُدًۭى وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ

    Qul nazzalahoo Roohul Qudusi mir Rabbika bilhaqqi liyusabbital lazeena aamanoo wa hudanw wa bushraa lilmuslimeen

    Sen uni ruhul qudus Robbingdan iymon keltirganlarni sobitqadam qilish uchun va musulmonlarga hidoyat va xushxabar etib haq ila tushirganini ayt. [42]

    [42] (Ey Muhammad! Sen ularga Qurʼonni Alloh taolo huzuridan ruhul qudus unvoniga ega boʻlgan farishta Jabroil alayhissalom olib tushganini ayt.)

  103. 103

    وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُۥ بَشَرٌۭ ۗ لِّسَانُ ٱلَّذِى يُلْحِدُونَ إِلَيْهِ أَعْجَمِىٌّۭ وَهَٰذَا لِسَانٌ عَرَبِىٌّۭ مُّبِينٌ

    Wa laqad na'lamu annahum yaqooloona innamaa yu'allimuhoo bashar; lisaanul lazee yulhidoona ilaihi a'ja miyyunw wa haaza lisaanun 'Arabiyyum mubeen

    Batahqiq, bilamizki, albatta, ular: «Unga faqat bashar taʼlim bermoqda, xolos», derlar. Ular gumon qilayotganning tili ajamiydir. Bu esa, ochiq-oydin arab tilidadir. [43]

    [43] (Qadimgi Quraysh kofirlari, Muhammadga Qurʼonni Jabr, Balzot yoki Yaʼiysh oʻrgatdi, deb ajam qullarning ismlarini aytganlar. Ulardan bir ming toʻrt yuz yil soʻnggi kofirlar, Muhammad katta olimlarni toʻplab Qurʼonni yozdirdi, soʻngra ularning hammasini oʻldirib yuborib, kitobni bedapoyaga tashlab qoʻydi-da, odamlarni chaqirib kelib, mana menga osmondan kitob tushdi, deb daʼvo qildi, deyishdi. Ushbu uydirmani uyalmay-netmay dars qilib oʻtishdi. Ularning bu uydirmasi oʻzlarining aqlsizliklariga dalolat ekanini tushunib yetishmas edi. Kofir boʻlgandan keyin shu ekan-da!)

  104. 104

    إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ لَا يَهْدِيهِمُ ٱللَّهُ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

    Innal lazeena laa yu'minoona bi Aayaatil laahi laa yahdehimul laahu wa lahum 'azaabun aleem

    Albatta, Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlarni Alloh hidoyatga solmaydi va ularga alamli azob bordir.

  105. 105

    إِنَّمَا يَفْتَرِى ٱلْكَذِبَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَٰذِبُونَ

    Innamaa yaftaril kazibal lazeena laa yu'minoona bi Aayaatil laahi wa ulaaa'ika humul kaaziboon

    Yolgʻonni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlargina toʻqirlar. Ana oʻshalar oʻzlari yolgʻonchilardir.

  106. 106

    مَن كَفَرَ بِٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ إِيمَٰنِهِۦٓ إِلَّا مَنْ أُكْرِهَ وَقَلْبُهُۥ مُطْمَئِنٌّۢ بِٱلْإِيمَٰنِ وَلَٰكِن مَّن شَرَحَ بِٱلْكُفْرِ صَدْرًۭا فَعَلَيْهِمْ غَضَبٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    man kafara billaahi mim ba'di eemaanihee illaa man ukriha wa qalbuhoo mutmma'innum bil eemaani wa laakim man sharaha bilkufri sadran fa'alaihim ghadabum minal laahi wa lahum 'azaabun 'azeem

    Kim iymondan soʻng Allohga kufr keltirsa, — qalbi iymon ila orom topa turib zoʻrlanganlar bundan mustasno — kim koʻksini kufrga ochsa, bas, ularga Allohdan gʻazab bor. Ularga ulkan azob bor. [44]

    [44] (Mushriklar sahobalardan Ammor ibn Yosir roziyallohu anhu va u kishining otalari Yosir roziyallohu anhu hamda onalari Sumayya roziyallohu anholarni ham tutib kelib, dindan qaytarish uchun qattiq azobladilar. Ular azoblarga chidam bilan sabr qilib, iymonlaridan qaytishga koʻnmadilar. Sumayya roziyallohu anhoning ikki oyoqlarini qoziqqa bogʻlab, avrat joylariga nayza sanchdilar. Soʻngra Ammorning otasi Yosir roziyallohu anhuni ham oʻldirdilar. Bu ikki ulugʻ inson — eru xotin Islom yoʻlida, iymon uchun birinchi shahidlar boʻlish sharafiga erishdilar. Ammorning koʻz oʻngida ham onasini, ham otasini oʻldirgan mushriklar uni ham oʻldirishga qasd qilganlarida uning ogʻzidan kofirlarni rozi etadigan gap chiqdi. Shunda mushriklar uni oʻldirmadilar. Odamlar Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, Ammor murtad boʻldi», dedilar. Bunga javoban Rasululloh alayhissalotu vassalom: «Yoʻq! Ammor boshidan tovonigacha iymonga toʻliqdir. Iymon uning etiga ham, qoniga ham singib ketgandir», dedilar. Soʻng ushbu oyat nozil boʻldi.)

  107. 107

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱسْتَحَبُّوا۟ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا عَلَى ٱلْءَاخِرَةِ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Zaalika bi annahumus tahabbul hayaatad dunyaa 'alal Aakhirati wa annal laaha laa yahdil qawmal kaafireen

    Bu, ularning dunyo hayotini oxiratdan ustun qoʻyganlari sababidandir. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat etmas.

  108. 108

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَسَمْعِهِمْ وَأَبْصَٰرِهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْغَٰفِلُونَ

    Ulaaa'ikal lazeena taba'al laahu 'alaa quloobihim wa sam'ihim wa absaarihim wa ulaaa'ika humul ghaafiloon

    Ana oʻshalarning qalblari, quloqlari va koʻzlariga Alloh muhr bosgandir. Ana oʻshalar gʻofillardir.

  109. 109

    لَا جَرَمَ أَنَّهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Laa jarama annnahum fil Aakhirati humul khassiroon

    Hech shubha yoʻqki, oxiratda ular ziyon koʻrguvchilardir.

  110. 110

    ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ مِنۢ بَعْدِ مَا فُتِنُوا۟ ثُمَّ جَٰهَدُوا۟ وَصَبَرُوٓا۟ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Summa inna Rabbaka lillazeena haajaroo mim ba'dimaa futinoo summma jaahadoo wa sabaroo inna Rabbaka mim ba'dihaa la Ghafoorur Raheem

    Soʻngra, albatta, Robbing fitnaga uchraganlaridan keyin hijrat etib, jihod qilgan va sabr etganlari uchun, albatta, Robbing shulardan keyin magʻfiratli va rahimlidir.

  111. 111

    ۞ يَوْمَ تَأْتِى كُلُّ نَفْسٍۢ تُجَٰدِلُ عَن نَّفْسِهَا وَتُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّا عَمِلَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Yawma taatee kullu nafsin tujaadilu 'an nafsihaa wa tuwaffaa kullu nafsim maa 'amilat wa hum laa yuzlamoon

    U kunda har jon oʻzi haqida tortishish uchun kelur va har bir jonga amaliga yarasha vafo qilinur hamda ularga zulm etilmas. [45]

    [45] (Yaʼni, qiyomat kunida har kim oʻzini oʻylab, oʻzini azobdan qutqazish payida boʻlib qoladi. Boshqalarni tamoman unutadi.)

  112. 112

    وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا قَرْيَةًۭ كَانَتْ ءَامِنَةًۭ مُّطْمَئِنَّةًۭ يَأْتِيهَا رِزْقُهَا رَغَدًۭا مِّن كُلِّ مَكَانٍۢ فَكَفَرَتْ بِأَنْعُمِ ٱللَّهِ فَأَذَٰقَهَا ٱللَّهُ لِبَاسَ ٱلْجُوعِ وَٱلْخَوْفِ بِمَا كَانُوا۟ يَصْنَعُونَ

    Wa darabal laahu masalan qaryatan kaanat aaminatam mutma'innatany yaaateehaa rizquhaa rghadam min kulli makaanin fakafarat bi an'umil laahi fa azaaqahal laahu libaasal joo'i walkhawfi bimaa kaanoo yasna'oon

    Alloh bir shaharni zarbulmasal qiladi: u omonlik va xotirjamlikda edi. Rizqi har makondan serob holda kelib turardi. Soʻng, u Allohning neʼmatlariga kufr keltirdi. Bas, Alloh unga, qilgan ishlari uchun, ochlik va xavf kiyimini tottirdi. [46]

    [46] (Yaʼni, qilgan noshukrchiliklari, keltirgan kufrlari uchun ularga ochlik va xavfni kiyim qilib kiygazib qoʻydi. Allohning amri bilan Makkaga yetti yil qahatchilik kelgani, uning aholisi oʻlimtiklar, tuyaning yungi va odatda yeb boʻlmaydigan boshqa narsalarni yeganlari hammaga maʼlum. Shunday qilib, Alloh ularni toʻqlikdan ochlikka chiqardi. Musulmonlar Madinai Munavvaraga hijrat etib, oʻsha yerda oʻz jamiyatlarini qurganlaridan soʻng esa, ahli Makkadan xotirjamlik neʼmatini ham olib, ularni xavf-xatarda yashaydigan qilib qoʻydi. Ular musulmonlar Makkani fath etishi uchun kelib qolarmikan, degan xavfda yashardilar.)

  113. 113

    وَلَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌۭ مِّنْهُمْ فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَهُمْ ظَٰلِمُونَ

    Wa laqad jaaa'ahum Rasoolum minhum fakazzaboohu fa akhazahumul 'azaabu wa hum zaalimoon

    Batahqiq, ularga oʻzlaridan Paygʻambar keldi. Bas, ular uni yolgʻonchiga chiqardilar. Keyin, zolim boʻlganlari uchun, ularni azob tutdi. [47]

    [47] (Ahli Makka bu paygʻambarga iymon keltirish, u bilan faxrlanish oʻrniga, uni yolgʻonchiga chiqardi, unga turli boʻhtonlar qildi va ozorlar berdi.)

  114. 114

    فَكُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَٰلًۭا طَيِّبًۭا وَٱشْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ

    Fakuloo mimmaa razaqa kumul laahu halaalan taiyibanw washkuroo ni'matal laahi in kuntum iyyaahu ta'budoon

    Bas, Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar unga ibodat qiladigan boʻlsangiz, Allohning neʼmatiga shukr qiling.

  115. 115

    إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ ٱلْمَيْتَةَ وَٱلدَّمَ وَلَحْمَ ٱلْخِنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ۖ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍۢ وَلَا عَادٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Innamaa harrma 'alai kumul maitata waddama wa lahmal khinzeeri wa maaa uhilla lighairil laahi bihee famanid turra ghaira baaghinw wa laa 'aadin fa innal laaha Ghafoorur Raheem

    Sizlarga faqat oʻlimtikni, qonni, choʻchqa goʻshtini va Allohdan oʻzgaga atab soʻyilgan narsalarnigina harom qildi. Kim zolim va haddan oshuvchi boʻlmagan holida majbur boʻlib qolsa, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimlidir. [48]

    [48] (Insonni yaratgan va unga neʼmatlarini bergan zot — Alloh taoloning Oʻzigina insonga nima halol va nima harom ekanini ham belgilab beradi.)

  116. 116

    وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ ٱلْكَذِبَ هَٰذَا حَلَٰلٌۭ وَهَٰذَا حَرَامٌۭ لِّتَفْتَرُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ

    Wa laa taqooloo limaa tasifu alsinatukumul kaziba haaza halaalunw wa haazaa haraamul litaftaroo 'alal laahil kazib; innal lazeena yaftaroona 'alal laahil kaziba laa yuflihoon

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqish uchun tillaringiz vasf qilgan yolgʻonni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolgʻon toʻquvchilar najot topmaslar. [49]

    [49] (Inson neʼmatni roziq Allohdan oladi. Shuning uchun insonning halol yoki harom haqida hukm chiqarishga haqqi yoʻqdir. Kimki oʻzi haqsiz boʻlgan narsaga aralashib, «Bu halol, bu harom», desa, Alloh taologa nisbatan yolgʻon toʻqigan boʻladi.)

  117. 117

    مَتَٰعٌۭ قَلِيلٌۭ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Mata'un qaleelunw wa lahum 'azaabun aleem

    Ozgina matoh va alamli azob bor.

  118. 118

    وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا مَا قَصَصْنَا عَلَيْكَ مِن قَبْلُ ۖ وَمَا ظَلَمْنَٰهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Wa 'alal lazeena haadoo harramnaa ma qasasnaa 'alaika min qablu wa maa zalamanaahum wa laakin kaanoo anfusahum wa laakin kaanoo anfusahum yazlimoon

    Yahudiy boʻlganlarga esa, senga bundan oldin aytib bergan narsalarimizni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik. Lekin ular oʻzlariga zulm qilgan edilar. [50]

    [50] (Ushbu oyatda ishora etilayotgan, — Alloh yahudiylarga harom qilgan narsalar Anʼom surasida kelgan.)

  119. 119

    ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَٰلَةٍۢ ثُمَّ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُوٓا۟ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌ

    Summma inna Rabbaka lillazeena 'amilus sooo'a bijahaalatin summa taaboo mim ba'di zaaalika wa aslahoo inna Rabbaka mim ba'dihaa la Ghafoorur Raheem

    Soʻngra, albatta, Robbing bilmasdan yomon amal qilganlarga, undan keyin esa, tavba qilib yaxshi amallarni qilganlarga, albatta, Robbing shulardan soʻng magʻfiratli va rahimlidir.

  120. 120

    إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ كَانَ أُمَّةًۭ قَانِتًۭا لِّلَّهِ حَنِيفًۭا وَلَمْ يَكُ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Inna Ibraaheema kaana ummatan qaanital lillaahi Haneefanw wa lam yakuminal mushrikeen

    Albatta, Ibrohim Allohning itoat qilguvchi, haqqa moyil ummati edi. Mushriklardan boʻlgan emas.

  121. 121

    شَاكِرًۭا لِّأَنْعُمِهِ ۚ ٱجْتَبَىٰهُ وَهَدَىٰهُ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Shaakiral li an'umih; ijtabaahu wa hadaahu ilaa Siraatim Muustaqeem

    Uning neʼmatlariga shukr qilguvchi edi. U zot uni tanlab oldi va sirotul mustaqiymga hidoyat qildi.

  122. 122

    وَءَاتَيْنَٰهُ فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةًۭ ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْءَاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Wa aatainaahu fid dunyaa hasanah; wa innahoo fil Aakhirati laminas saaliheen

    Unga bu dunyoda yaxshi (hayot) berdik. Oxiratda esa, u, albatta, solihlardandir.

  123. 123

    ثُمَّ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ أَنِ ٱتَّبِعْ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًۭا ۖ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Summma awhainaa ilaika anit tabi' Millata Ibraaheema haneefaa; wa maa kaana minal mushrikeen

    Soʻngra, senga: «Ibrohimning haqqa moyil millatiga ergash. U mushriklardan boʻlmagan edi», deb vahiy qildik.

  124. 124

    إِنَّمَا جُعِلَ ٱلسَّبْتُ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ ۚ وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Innnamaa ju'ilas Sabtu 'alal lazeenakhtalafoo feeh; wa inna Rabbaka la yahkumu bainahum Yawmal Qiyaamati feemaa kaanoo feehi yakhtalifoon

    Shanba, faqat, u toʻgʻrisida ixtilof qilganlar zimmasiga yuklandi, xolos. Albatta, Robbing qiyomat kunida ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur. [51]

    [51] (Yahudiylarga farz qilingan shanba kunini ulugʻlash ham Ibrohim alayhissalomning millatlarida yoʻq narsa. Alloh yahudiylar ixtilof qilganlari uchun jazo sifatida joriy etgandir.)

  125. 125

    ٱدْعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِٱلْحِكْمَةِ وَٱلْمَوْعِظَةِ ٱلْحَسَنَةِ ۖ وَجَٰدِلْهُم بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ

    Ud'u ilaa sabeeli Rabbika bilhikmati walmaw 'izatil hasanati wa jaadilhum billatee hiya ahsan; inna Rabbaka huwa a'almu biman dalla 'an sabeelihee wa Huwa a'lamu bilmuhtadeen

    Robbingning yoʻliga hikmat va yaxshi mavʼiza ila daʼvat qil. Va ular ila goʻzal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing Oʻz yoʻlidan adashganlarni oʻta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham oʻta bilguvchidir. [52]

    [52] (Avvalo, daʼvat «Allohning yoʻliga» boʻlmogʻi kerak. Baʼzi shaxslarga, guruhlarga emas, xolis Allohning yoʻliga boʻlishi kerak. Ikkinchidan, daʼvat hikmat bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda daʼvat qilinayotganlarning ijtimoiy, madaniy saviyasini eʼtiborga olib, ogʻir kelmaydigan yoʻsinda daʼvat qilish lozim. Uchinchidan, daʼvat yaxshi mavʼiza orqali yoʻlga qoʻyilmogʻi kerak. Kishilarni qiziqtirish uchun chiroyli gaplarni topib gapirish zarur. Ularni nafratlantirmaslik lozim. Toʻrtinchidan, kishilar bilan «goʻzal uslubda munozara qilish» kerak. Allohning yoʻliga daʼvat, avvalo, fikriy harakatdir. Fikriy harakat bor joyda munozara boʻlishi turgan gap. Islom daʼvatchisi munozarani gʻoyatda goʻzal uslubda olib borishi kerak. U raqibi bilan talashib, tortishib, baqir-chaqir, urush-janjal etmasdan, uning tabʼiga yoʻl topib, unga qanoat hosil qildirib, oʻzi sezmagan holda Islomga moyil boʻlib qoladigan ustalik bilan munozara olib borishi lozim. Beshinchidan, daʼvatchi oʻz vazifasi daʼvat qilish ekanini, hidoyat va zalolat Allohga bogʻliqligini hech qachon unutmasligi kerak.)

  126. 126

    وَإِنْ عَاقَبْتُمْ فَعَاقِبُوا۟ بِمِثْلِ مَا عُوقِبْتُم بِهِۦ ۖ وَلَئِن صَبَرْتُمْ لَهُوَ خَيْرٌۭ لِّلصَّٰبِرِينَ

    Wa in 'aaqabtum fa'aaqiboo bimisli maa 'ooqibtum bihee wa la'in sabartum lahuwa khairul lissaabireen

    Agar iqob qiladigan boʻlsangiz, oʻzingizga qilingan iqobga oʻxshash iqob qiling. Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir. [53]

    [53] (Oʻrni kelganda sabr qilib oʻch olmaslik ham, xayr boʻlib, Islom daʼvatiga foyda keltirishi mumkin.)

  127. 127

    وَٱصْبِرْ وَمَا صَبْرُكَ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلَا تَكُ فِى ضَيْقٍۢ مِّمَّا يَمْكُرُونَ

    Wasbir wa maa sabruka illaa billaah; wa laa tahzan 'alaihim wa laa taku fee daiqim mimmaa yamkuroon

    Sabr qil, sening sabring faqat Alloh ila boʻlur. Ular (holi)ga xafa boʻlma. Ular qilayotgan makrdan siqilma.

  128. 128

    إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوا۟ وَّٱلَّذِينَ هُم مُّحْسِنُونَ

    Innal laaha ma'al lazeenat taqaw wal lazeena hum muhsinoon

    Albatta, Alloh taqvo qilganlar va goʻzal ishlar qilganlar bilandir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com