Sura 15
Hijr
الحِجۡرِ
Al-Hijr · Makkiy · 99 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ وَقُرْءَانٍۢ مُّبِينٍۢ
Alif-Laaam-Raa; tilka Aayaatul Kitaabi wa Qur-aa-nim Mubeen
Alif. Laam. Ro. Ushbular kitobning va ravshan Qurʼonning oyatlaridir.
- 2
رُّبَمَا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ كَانُوا۟ مُسْلِمِينَ
Rubamaa yawaddul lazeena kafaroo law kaanoo muslimeen
Hali, kufr keltirganlar musulmon boʻlishni ham istab qolurlar. [1]
[1] (Ushbu holat jon taslim qilish chogʻida, qiyomat kuni Alloh taolo musulmonlarni jannatga kiritayotgan paytda, baʼzi gunohlari tufayli doʻzaxga tushgan ahli qiblalar undan ozod boʻlib jannatga oʻtayotganlarida boʻladi.)
- 3
ذَرْهُمْ يَأْكُلُوا۟ وَيَتَمَتَّعُوا۟ وَيُلْهِهِمُ ٱلْأَمَلُ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ
Zarhum yaakuloo wa tatamatta'oo wa yulhihimul amalu fasawfa ya'lamoon
Ularni tek qoʻy, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashgʻul boʻlib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar.
- 4
وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا وَلَهَا كِتَابٌۭ مَّعْلُومٌۭ
Wa maaa ahlaknaa min qaryatin illaa wa lahaa kitaabum ma'loom
Biz maʼlum bitiksiz hech bir shaharni halok etganimiz yoʻq.
- 5
مَّا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَـْٔخِرُونَ
Maa tasbiqu min ummatin ajalahaa wa maa yastaakhiroon
Hech bir ummat oʻz ajalidan oʻzib keta olmas va ortda ham qola olmas.
- 6
وَقَالُوا۟ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِى نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ إِنَّكَ لَمَجْنُونٌۭ
Wa qaaloo yaaa aiyuhal lazee nuzzila 'alaihiz Zikru innaka lamajnoon
Ular: «Ey, zikr nozil qilingan kishi, albatta, sen majnunsan.
- 7
لَّوْ مَا تَأْتِينَا بِٱلْمَلَٰٓئِكَةِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ
Law maa taateenaa bil malaaa'ikati in kunta minas saadiqeen
Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga farishtalarni keltirsang-chi!» derlar. [2]
[2] (Bu gap ham, avval aytib oʻtilgandek, oʻzlariga oʻxshagan odamni paygʻambar boʻlishini aqliga sigʻdira olmaslikdan kelib chiqadi.)
- 8
مَا نُنَزِّلُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَمَا كَانُوٓا۟ إِذًۭا مُّنظَرِينَ
Maa nunazzilul malaaa'i kata illaa bilhaqqi wa maa kaanooo izam munzareen
Biz farishtalarni faqat haq ila tushiramiz, xolos. U holda ularga qarab turilmas. [3]
[3] (Farishtalarni tushirgan chogʻimizda kofirlarga qarab turilmay ular halok qilinadi.)
- 9
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا ٱلذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ
Innaa Nahnu nazalnaz Zikra wa Innaa lahoo lahaa fizoon
Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.
- 10
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِى شِيَعِ ٱلْأَوَّلِينَ
Wa laqad arsalnaa min qablika fee shiya'il awwaleen
Batahqiq, sendan oldin ham avvalgilar guruhlariga (Paygʻambar) yuborganmiz.
- 11
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Wa maa yaateehim mir Rasoolin illaa kaanoo bihee yastahzi'oon
Ularga qaysi bir Paygʻambar kelsa, uni masxara qilmasdan qoʻymas edilar.
- 12
كَذَٰلِكَ نَسْلُكُهُۥ فِى قُلُوبِ ٱلْمُجْرِمِينَ
kazaalika naslukuhoo fee quloobil mujrimeen
Shunga oʻxshash, Biz uni jinoyatchilar qalbiga solamiz.
- 13
لَا يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَقَدْ خَلَتْ سُنَّةُ ٱلْأَوَّلِينَ
Laa yu'minoona bihee wa qad khalat sunnatul awwaleen
U(Qurʼon)ga iymon keltirmaslar. Batahqiq, avvalgilarning sunnati — odati shundoq oʻtgandir.
- 14
وَلَوْ فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَظَلُّوا۟ فِيهِ يَعْرُجُونَ
Wa law fatahnaa 'alaihim baabam minas samaaa'i fazaloo feehi ya'rujoon
Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, undan chiqib tursalar ham.
- 15
لَقَالُوٓا۟ إِنَّمَا سُكِّرَتْ أَبْصَٰرُنَا بَلْ نَحْنُ قَوْمٌۭ مَّسْحُورُونَ
Laqaaloo innamaa sukkirat absaarunaa bal nahnu qawmum mashooroon
Ular: «Albatta, koʻzlarimiz bogʻlandi, balki biz sehrlangan qavmdirmiz», derlar. [4]
[4] (Allohning haqligi haqidagi moʻjiza koʻrsatilib, qoʻliga ushlatib qoʻyilsa ham, ehtimol udir, ehtimol budir, balki tabiat qonunini men tushunmayotgandirman, deb turaveradilar.)
- 16
وَلَقَدْ جَعَلْنَا فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًۭا وَزَيَّنَّٰهَا لِلنَّٰظِرِينَ
Wa laqad ja'alnaa fissamaaa'i buroojanw wa zaiyannaahaa linnaazireen
Batahqiq, Biz osmonlarda burjlar qilib qoʻydik va uni nazar soluvchilar uchun ziynatlab qoʻydik. [5]
[5] (Osmon hammaning koʻz oʻngida turibdi. Lekin hamma ham osmonni Allohning qudratiga dalolat qiluvchi buyuk moʻjiza deb tushunavermaydi. Aslida, u moʻjizadir. Xoʻsh, shunday ulkan, bepoyon, cheksiz osmonni kim yaratgan? Yaratganda ham, yulduzlar yuradigan yoʻllar — burjlar bilan kim yaratgan? Albatta, Alloh yaratgan.)
- 17
وَحَفِظْنَٰهَا مِن كُلِّ شَيْطَٰنٍۢ رَّجِيمٍ
Wa hafiznaahaa min kulli Shaitaanir rajeem
Uni har bir quvilgan shaytondan muhofaza qildik.
- 18
إِلَّا مَنِ ٱسْتَرَقَ ٱلسَّمْعَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌۭ مُّبِينٌۭ
Illaa manis taraqas sam'a fa atba'ahoo shihaabum mubeen
Magar birortasi oʻgʻrilikcha quloq ossa, ravshan olov uning ortidan tushar.
- 19
وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ شَىْءٍۢ مَّوْزُونٍۢ
Wal arda madadnaahaa wa alqainaa feehaa rawaasiya wa ambatnaa feehaa min kulli shai'im mawzoon
Biz yerni yoyib, ustiga baland togʻlarni tashlab qoʻydik va unda oʻlchangan turli narsalarni oʻstirib qoʻydik.
- 20
وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَٰيِشَ وَمَن لَّسْتُمْ لَهُۥ بِرَٰزِقِينَ
Wa ja'alnaa lakum feehaa ma'aayisha wa mal lastum lahoo biraaziqeen
Va unda sizlar uchun maosh vositalarini va siz rizqini bera olmaydigan kimsalarni qilib qoʻydik.
- 21
وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا عِندَنَا خَزَآئِنُهُۥ وَمَا نُنَزِّلُهُۥٓ إِلَّا بِقَدَرٍۢ مَّعْلُومٍۢ
Wa im min shai'in illaa 'indanaa khazaaa 'inuhoo wa maa nunazziluhooo illaa biqadarim ma'loom
Hech bir narsa yoʻqki, uning xazinalari Bizning huzurimizda boʻlmasa. Biz uni faqat maʼlum miqdor-la nozil qilurmiz.
- 22
وَأَرْسَلْنَا ٱلرِّيَٰحَ لَوَٰقِحَ فَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَسْقَيْنَٰكُمُوهُ وَمَآ أَنتُمْ لَهُۥ بِخَٰزِنِينَ
Wa arsalnar riyaaha la waaqiha fa anzalnaa minas samaaa'i maaa'an fa asqai naakumoohu wa maaa antum lahoo bikhaazineen
Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni toʻplab oluvchi emassiz. [6]
[6] (Yaʼni, Biz shamollarni oʻlchov bilan bulutlarni urchituvchi, bir-biriga qoʻshib suv hosil qiluvchi etib yubordik. Asosan, yomgʻirning yogʻishiga shamollar sabab boʻladi. Ular maʼlum qoidalarga koʻra esadi. Paydo boʻlgan bulutlarning bir-birlari ila qoʻshilishlaridan suv hosil boʻladi. Ana shundan keyin osmondan suv tushadi, yomgʻir yogʻadi. Alloh taolo u suv bilan Yer yuzini, odamlarni serob qiladi. Deyarli hamma rizq osmondan tushgan shu suvga bogʻliq boʻladi. Inson esa, Alloh tayyor holda unga osmondan tushirib bergan suvni toʻplab olishga ham qodir emas. Uni toʻplashni ham buloq, quduq, anhor, yer osti koʻllari va boshqa vositalar orqali Alloh taoloning Oʻzi amalga oshiradi.)
- 23
وَإِنَّا لَنَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَنَحْنُ ٱلْوَٰرِثُونَ
Wa innnaa la nahnu nuhyee wa numeetu wa nahnul waarisoon
Albatta, Biz oʻzimiz tiriltirurmiz va Biz merosxoʻrmiz.
- 24
وَلَقَدْ عَلِمْنَا ٱلْمُسْتَقْدِمِينَ مِنكُمْ وَلَقَدْ عَلِمْنَا ٱلْمُسْتَـْٔخِرِينَ
Wa la qad 'alimnal mustaqdimeena minkum wa laqad 'alimnal mustaakhireen
Batahqiq, sizdan oldin kelganlarni bildik. Batahqiq, keyin kelganlarni ham bildik.
- 25
وَإِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَحْشُرُهُمْ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌۭ
Wa inna Rabbaka Huwa yahshuruhum; innahoo Hakeem 'Aleem
Albatta, sening Robbing Oʻzi ularni mahsharga jamlar. Albatta, U hikmatli va ilmli Zotdir.
- 26
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِن صَلْصَٰلٍۢ مِّنْ حَمَإٍۢ مَّسْنُونٍۢ
Wa laqad khalaqnal insaana min salsaalim min hama im masnoon
Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, oʻzgartirilgan qora balchiqdan yaratdik.
- 27
وَٱلْجَآنَّ خَلَقْنَٰهُ مِن قَبْلُ مِن نَّارِ ٱلسَّمُومِ
Waljaaanna khalaqnaahu min qablu min naaris samoom
Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik.
- 28
وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّى خَٰلِقٌۢ بَشَرًۭا مِّن صَلْصَٰلٍۢ مِّنْ حَمَإٍۢ مَّسْنُونٍۢ
Wa iz qaala Rabbuka lilmalaaa' ikati innee khaaliqum basharam min salsaalim min hama im masnoon
Sen Robbingning farishtalarga: «Albatta, men quruq loydan, oʻzgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman.
- 29
فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُوا۟ لَهُۥ سَٰجِدِينَ
Fa izaa sawwaituhoo wa nafakhtu feehi mir roohee faqa'oo lahoo saajideen
Bas, qachonki uni toʻgʻrilab boʻlganimda va ichiga Oʻz ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», deganini esla.
- 30
فَسَجَدَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ
Fasajadal malaaa'ikatu kulluhum ajma'oon
Bas, farishtalar barchalari sajda qildilar.
- 31
إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰٓ أَن يَكُونَ مَعَ ٱلسَّٰجِدِينَ
Illaaa ibleesa abaaa ai yakoona ma'as saajideen
Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortdi.
- 32
قَالَ يَٰٓإِبْلِيسُ مَا لَكَ أَلَّا تَكُونَ مَعَ ٱلسَّٰجِدِينَ
Qaala yaaa Ibleesu maa laka allaa takoona ma'as saajideen
U zot: «Ey, iblis! Senga ne boʻldi, sajda qiluvchilar bilan birga boʻlmading?» dedi.
- 33
قَالَ لَمْ أَكُن لِّأَسْجُدَ لِبَشَرٍ خَلَقْتَهُۥ مِن صَلْصَٰلٍۢ مِّنْ حَمَإٍۢ مَّسْنُونٍۢ
Qaala lam akul li asjuda libasharin khalaqtahoo min salsaalim min hama im masnoon
U: «Sen quruq loydan, oʻzgartirilgan qora balchiqdan yaratgan basharga sajda qila olmasdim», dedi.
- 34
قَالَ فَٱخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌۭ
Qaala fakhruj minhaa fa innaka rajeem
U zot: «Bas, sen undan chiq! Albatta, sen quvilgansan!
- 35
وَإِنَّ عَلَيْكَ ٱللَّعْنَةَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلدِّينِ
Wa inna 'alikal la'nata ilaa Yawmid Deen
Va, albatta, senga to jazo kunigacha laʼnat boʻlur!» dedi.
- 36
قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
Qaala Rabbi fa anzirneee ilaa Yawmi yub'asoon
U: «Ey Robbim, meni ular qayta tiriladigan kungacha qoʻyib qoʻygin», dedi.
- 37
قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ
Qaala fa innaka minal munzareen
U zot: «Albatta, sen qoʻyib qoʻyilganlardansan.
- 38
إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْوَقْتِ ٱلْمَعْلُومِ
Ilaa Yawmil waqtil ma'loom
Maʼlum vaqt kunigacha», dedi.
- 39
قَالَ رَبِّ بِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأُزَيِّنَنَّ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ
Qaala Rabbi bimaaa aghwaitanee la uzayyinaana lahum fil ardi wa la ughwiyan nahum ajma'een
U: «Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan, albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab koʻrsataman va, albatta, ularning hammasini igʻvo qilaman.
- 40
إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ
Illaa 'ibaadaka minhumul mukhlaseen
Magar, ulardan tanlangan bandalaringni (adashtira olmasman)», dedi.
- 41
قَالَ هَٰذَا صِرَٰطٌ عَلَىَّ مُسْتَقِيمٌ
Qaala haaza Siraatun 'alaiya Mustaqeem
U zot: «Ushbu zimmamdagi toʻgʻri yoʻldir:
- 42
إِنَّ عِبَادِى لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنٌ إِلَّا مَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْغَاوِينَ
Inna 'ibaadee laisa laka 'alaihim sultaanun illaa manittaba'aka minal ghaaween
Albatta, Mening bandalarim ustida sening sultoning yoʻqdir, magar senga ergashgan gumrohlargagina bordir.
- 43
وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمَوْعِدُهُمْ أَجْمَعِينَ
Wa inna jahannama lamaw'iduhum ajma'een
Albatta, jahannam ularning barchasining vaʼda qilingan joyidir.
- 44
لَهَا سَبْعَةُ أَبْوَٰبٍۢ لِّكُلِّ بَابٍۢ مِّنْهُمْ جُزْءٌۭ مَّقْسُومٌ
Lahaa sab'atu abwaab; likulli baabim minhum juz'um maqsoom
Uning yetti eshigi bordir. Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan boʻlagi bordir», dedi. [7]
[7] (Baʼzi rivoyatlarda kelishicha, jahannam yetti qavatdan iborat boʻlib, har qavatining alohida eshigi boʻlar ekan. Har qavati bir-biridan ashaddiyroq boʻlar ekan. Chunki gumrohlik, xatokorlik ham har xil boʻladi. Qilgan gunohi darajasiga qarab kofirlar turli qavatlarga kiritiladi. Shaytonga ergashgan gumrohlar taqsimlab, boʻlib-boʻlib, guruhlarga ajratib qoʻyilgan boʻladi. Oʻsha mazkur yetti eshikdan gunohining koʻp-ozligiga qarab birin-ketin kiritilaveradilar.)
- 45
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍ
Innal muttaqeena fee Jannaatinw wa 'uyoon
Albatta, taqvodorlar jannatlar va chashmalardadir.
- 46
ٱدْخُلُوهَا بِسَلَٰمٍ ءَامِنِينَ
Udkhuloohaa bisalaamin aamineen
Ularga tinchlik, omonlik ila kiringlar, (deyilur).
- 47
وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ إِخْوَٰنًا عَلَىٰ سُرُرٍۢ مُّتَقَٰبِلِينَ
Wa naza'naa ma fee sudoorihim min ghillin ikhwaanan 'alaa sururim mutaqaabileen
Ularning dillaridagi gʻilli-gʻishtlarni chiqarib tashladik. Soʻrilarda bir-birlariga boqib, doʻst boʻlgan hollarida oʻltirurlar. [8]
[8] (Inson qanchalik moddiy rohat-farogʻatga erishmasin, koʻnglida bir oz gʻashlik boʻlsa, unga oʻsha rohat-farogʻat tatimaydi. Shuning uchun Alloh taolo Oʻz rahmati ila jannatga sazovor qilgan taqvodor bandalarining dillarida gʻashliklar, yaʼni hiqdu hasad, koʻra olmaslik kabi baʼzi bir illatlar boʻlsa, chiqarib tashlaydi.)
- 48
لَا يَمَسُّهُمْ فِيهَا نَصَبٌۭ وَمَا هُم مِّنْهَا بِمُخْرَجِينَ
Laa yamas suhum feehaa nasabunw wa maa hum minhaa bimukhrajeen
Ularni u joyda charchoq tutmas va ular undan chiqariluvchi ham emaslar.
- 49
۞ نَبِّئْ عِبَادِىٓ أَنِّىٓ أَنَا ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Nabbi' 'ibaadeee annneee anal Ghafoorur Raheem
Bandalarimga xabar bergil: «Albatta, Mening Oʻzim gʻofuru rohiymdirman».
- 50
وَأَنَّ عَذَابِى هُوَ ٱلْعَذَابُ ٱلْأَلِيمُ
Wa anna 'azaabee uwal 'azaabul aleem
Va, albatta, azobim alamli azobdir.
- 51
وَنَبِّئْهُمْ عَن ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ
Wa nabbi'hum 'an daifi Ibraaheem
Ularga Ibrohimning mehmonlari xabarini ber.
- 52
إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَقَالُوا۟ سَلَٰمًۭا قَالَ إِنَّا مِنكُمْ وَجِلُونَ
Iz dakhaloo 'alaihi faqaaloo salaaman qaala innaa minkum wajiloon
Ular uning huzuriga kirganlarida: «Salom», dedilar. U: «Albatta, biz sizlardan qoʻrqmoqdamiz», dedi.
- 53
قَالُوا۟ لَا تَوْجَلْ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَٰمٍ عَلِيمٍۢ
Qaaloo la tawjal innaa nubashshiruka bighulaamin 'aleem
Ular: «Qoʻrqma, biz senga oʻta bilimdon oʻgʻilning xushxabarini beramiz», dedilar.
- 54
قَالَ أَبَشَّرْتُمُونِى عَلَىٰٓ أَن مَّسَّنِىَ ٱلْكِبَرُ فَبِمَ تُبَشِّرُونَ
Qaala abashshartumoonee 'alaaa am massaniyal kibaru fabima tubashshiroon
U: «Meni keksalik tutganida, xushxabar berasizlarmi? Nimaning xushxabarini beryapsizlar, oʻzi?» dedi.
- 55
قَالُوا۟ بَشَّرْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْقَٰنِطِينَ
Qaaloo bashsharnaaka bilhaqqi falaa takum minal qaaniteen
Ular: «Biz senga haq ila bashorat berdik. Bas, sen noumid boʻluvchilardan boʻlma», dedilar.
- 56
قَالَ وَمَن يَقْنَطُ مِن رَّحْمَةِ رَبِّهِۦٓ إِلَّا ٱلضَّآلُّونَ
Qaala wa mai yaqnatu mir rahmati Rabbiheee illad daaaloon
U: «Faqat zalolatga ketgan kishilargina oʻz Robbisining rahmatidan noumid boʻlurlar», dedi. [9]
[9] (Allohning rahmatidan noumid boʻlish faqat bir toifaga — yoʻldan adashgan, gumroh toifaga xos. Allohning rahmatidan yuz oʻgirib, zalolat yoʻliga kirib ketgan kimsagina noumid boʻladi, xolos.)
- 57
قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ
Qaala famaa khatbukum aiyuhal mursaloon
U: «Ey elchilar, nima ish ila yuborildingiz?» dedi. [10]
[10] (Yaʼni, menga juda bilimdon oʻgʻil xushxabarini berishdan boshqa yana nima ish bilan yuborildingiz, dedi.)
- 58
قَالُوٓا۟ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍۢ مُّجْرِمِينَ
Qaaloo innaaa ursilnaaa ilaa qawmim mujrimeen
Ular: «Biz jinoyatchi qavmlarga yuborildik.
- 59
إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ إِنَّا لَمُنَجُّوهُمْ أَجْمَعِينَ
Illaaa Aala Loot; innaa lamunajjoohum ajma'een
Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.
- 60
إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ قَدَّرْنَآ ۙ إِنَّهَا لَمِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ
Illam ra atahoo qaddarnaaa innahaa laminal ghaabireen
Faqat uning xotinigina istisnodir. Uning albatta qoluvchilardan boʻlishini taqdir qildik», dedilar.
- 61
فَلَمَّا جَآءَ ءَالَ لُوطٍ ٱلْمُرْسَلُونَ
Falamma jaaa'a Aala Lootinil mursaloon
Elchilar Lut ahliga kelganlarida...
- 62
قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌۭ مُّنكَرُونَ
Qaala innakum qawmum munkaroon
U: «Albatta, siz notanish qavmsiz», dedi.
- 63
قَالُوا۟ بَلْ جِئْنَٰكَ بِمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَمْتَرُونَ
Qaaloo bal ji'naaka bimaa kaanoo feehi yamtaroon
Ular: «Yoʻq! Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.
- 64
وَأَتَيْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ
Wa atainaaka bilhaqqi wa innaa lasaadiqoon
Senga haq ila keldik va albatta, bizlar rostgoʻylardurmiz.
- 65
فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍۢ مِّنَ ٱلَّيْلِ وَٱتَّبِعْ أَدْبَٰرَهُمْ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌۭ وَٱمْضُوا۟ حَيْثُ تُؤْمَرُونَ
Fa asri bi ahlika biqit'im minal laili wattabi' adbaarahum wa laa yaltafit minkum ahadunw wamdoo haisu tu'maroon
Ahling ila kechaning bir boʻlagida yoʻlga chiq, sen ularning ortidan kuzatib bor. Sizlardan hech birlaringiz ortga qaramasin. Amr qilingan tomoningizga ketaveringlar», dedilar.
- 66
وَقَضَيْنَآ إِلَيْهِ ذَٰلِكَ ٱلْأَمْرَ أَنَّ دَابِرَ هَٰٓؤُلَآءِ مَقْطُوعٌۭ مُّصْبِحِينَ
Wa qadainaaa ilaihi zaalikal amra anna daabira haaa'ulaaa'i maqtoo'um musbiheen
Va unga ushbu amrni vahiy qildik: «Albatta, anavilarning orqasi subh chogʻi kesilajakdir».
- 67
وَجَآءَ أَهْلُ ٱلْمَدِينَةِ يَسْتَبْشِرُونَ
Wa jaaa'a ahlul madeenati yastabshiroon
Va shahar ahli sevinib, yetib keldilar. [11]
[11] (Lut alayhissalom qavmi yashaydigan Sadum shahrining jinoyatkor aholisi, Lutning uyiga chiroyli, yosh yigitlar kelgan emish, ular bilan fohisha ish qiladigan boʻlibmiz, deb sevingan hollarida yetib keldilar.)
- 68
قَالَ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ ضَيْفِى فَلَا تَفْضَحُونِ
Qaala inna haaa'ulaaa'i daifee falaa tafdahoon
U: «Bular mening mehmonlarim, axir. Meni sharmanda qilmanglar», dedi.
- 69
وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُخْزُونِ
Wattaqul laaha wa laa tukhzoon
Va: «Allohdan qoʻrqinglar! Meni xor qilmanglar», dedi.
- 70
قَالُوٓا۟ أَوَلَمْ نَنْهَكَ عَنِ ٱلْعَٰلَمِينَ
Qaalooo awalam nanhaka 'anil 'aalameen
Ular: «Biz seni olamlardan qaytarmaganmidik?!» dedilar. [12]
[12] (Lut alayhissalom ularni oʻtaketgan fahsh ish boʻlmish bachchabozlikdan qaytarganlar, kimlarnidir himoya qilganlar va jinoyatchi qavm u kishiga olamda hech kimni himoya qilmaslikni aytib tahdid solgan. Ular hozir Lut alayhissalomga oralarida avval boʻlib oʻtgan oʻsha gap-soʻzlarni eslatmoqdalar.)
- 71
قَالَ هَٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِىٓ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ
Qaala haaa'ulaaa'i banaateee in kuntum faa'ileen
U: «Agar (bu ishni) qiluvchi boʻlsangiz, anavu qizlarim bor», dedi.
- 72
لَعَمْرُكَ إِنَّهُمْ لَفِى سَكْرَتِهِمْ يَعْمَهُونَ
La'amruka innahum lafee sakratihim ya'mahoon
Sening umring ila qasamki, albatta, ular oʻz sarxushliklarida tentiramoqdalar.
- 73
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ مُشْرِقِينَ
Fa akhazat humus saihatu mushriqeen
Bas, ularni quyosh chiqish paytida dahshatli qichqiriq tutdi.
- 74
فَجَعَلْنَا عَٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِمْ حِجَارَةًۭ مِّن سِجِّيلٍ
Faja'alnaa 'aaliyahaa saafilahaa wa amtamaa 'alaihim hijaaratam min sjijjeel
Bas, Biz bu(shahar)ning ostini ustin qildik va ular ustiga loyi qotgan toshlar yogʻdirdik.
- 75
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّلْمُتَوَسِّمِينَ
Inna fee zaalika la Aayaatil lilmutawassimeen
Albatta, bunda farosatli kishilar uchun oyat-belgilar bordir.
- 76
وَإِنَّهَا لَبِسَبِيلٍۢ مُّقِيمٍ
Wa innahaa labi sabeelim muqeem
Albatta, u (shahar) boqiy yoʻl ustidadir. [13]
[13] (Yaʼni, Lut alayhissalom qavmi halokatga uchragan shaharning vayronalari hozirgacha boqiy yoʻl ustidadir. U orqali odamlar Hijoz bilan Shom oʻrtasida qatnaydilar. Jumladan, Makka ahli ham Shomga borganlarida va u yerdan qaytganlarida, shu yoʻldan yuradilar.)
- 77
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ
Inna fee zaalika la Aayatal lilmu'mineen
Albatta, bunda moʻminlar uchun ibrat bordir.
- 78
وَإِن كَانَ أَصْحَٰبُ ٱلْأَيْكَةِ لَظَٰلِمِينَ
Wa in kaana Ashaabul Aikati lazaalimeen
Albatta, bir-biriga kirishib ketgan daraxtzor egalari zolimlardan boʻlganlar.
- 79
فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ وَإِنَّهُمَا لَبِإِمَامٍۢ مُّبِينٍۢ
Fantaqamnaa minhum wa innahumaa labi imaamim mubeen
Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Albatta, ularning ikkovlari ham ochiq yoʻl ustidadir.
- 80
وَلَقَدْ كَذَّبَ أَصْحَٰبُ ٱلْحِجْرِ ٱلْمُرْسَلِينَ
Wa laqad kazzaba ashaabul Hijril mursaleen
Batahqiq, Hijr egalari Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqardilar.
- 81
وَءَاتَيْنَٰهُمْ ءَايَٰتِنَا فَكَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ
Wa aatainaahum Aayaatinaa fakaanoo 'anhaa mu'rideen
Va ularga oyatlarimizni berdik. Bas, yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
- 82
وَكَانُوا۟ يَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا ءَامِنِينَ
Wa kaanoo yanhitoona minal jibaali buyootan aamineen
Ular togʻdan oʻyib uy yasab, omonlikda yurar edilar.
- 83
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ مُصْبِحِينَ
Fa akhazat humus saihatu musbiheen
Bas, subhidam chogʻida ularni qattiq qichqiriq tutdi.
- 84
فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Famaaa aghnaa 'anhum maa kaanoo yaksiboon
Qilgan kasblari ularga biron foyda bermadi.
- 85
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۗ وَإِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَءَاتِيَةٌۭ ۖ فَٱصْفَحِ ٱلصَّفْحَ ٱلْجَمِيلَ
Wa maa khalaqnas samaawaati wal arda wa maa bainahumaaa illaa bilhaqq; wa innas Saa'ata la aatiyatun fasfahis safhal jameel
Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen goʻzal shaklda yuz oʻgir.
- 86
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلْخَلَّٰقُ ٱلْعَلِيمُ
Inna Rabbaka Huwal khallaaqul 'aleem
Albatta, Robbing yaratguvchi va bilguvchi Zotdir.
- 87
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَٰكَ سَبْعًۭا مِّنَ ٱلْمَثَانِى وَٱلْقُرْءَانَ ٱلْعَظِيمَ
Wa laqad aatainaaka sab'am mnal masaanee wal Qur-aanal 'azeem
Va, batahqiq, senga yetti takrorlanuvchini va Ulugʻ Qurʼonni berdik. [14]
[14] (Oyatdagi «yetti takrorlanuvchi»dan murod Fotiha surasidir. Chunki bu surai karima yetti oyatdan iborat boʻlib, juda koʻp takrorlanadi. Namozning har rakaatida qayta-qayta oʻqiladi.)
- 88
لَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًۭا مِّنْهُمْ وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَٱخْفِضْ جَنَاحَكَ لِلْمُؤْمِنِينَ
Laa tamuddanna 'ainaika ilaa maa matta 'naa biheee azwaajam minhum wa laa tahzan 'alaihim wakhfid janaahaka lilmu 'mineen
Biz ulardan baʼzi guruhlarni bahramand qilgan narsalarga (havas-la) nazar solma! Ular uchun xafa ham boʻlma! Moʻminlarga qanotingni pastlat!
- 89
وَقُلْ إِنِّىٓ أَنَا ٱلنَّذِيرُ ٱلْمُبِينُ
Wa qul inneee anan nazeerul mubeen
Va: «Albatta, men ochiq-oydin ogohlantirguvchiman», deb ayt.
- 90
كَمَآ أَنزَلْنَا عَلَى ٱلْمُقْتَسِمِينَ
Kamaaa anzalnaa 'alal muqtasimeen
Xuddi taqsimlovchilarga tushirganimizga oʻxshash. [15]
[15] (Ahli kitob; yahudiy va nasorolar oʻzlariga kelgan ilohiy kitoblarni taqsimlab, bir qismiga iymon keltirib, bir qismiga iymon keltirmagan edilar. Ana oʻshalarga kitob tushirganimizga oʻxshab senga ham kitob tushirdik.)
- 91
ٱلَّذِينَ جَعَلُوا۟ ٱلْقُرْءَانَ عِضِينَ
Allazeena ja'alul Quraana'ideen
Qurʼonni parcha-parcha qilganlarga. [16]
[16] («Qurʼonni parcha-parcha qilgan taqsimlovchilar» deganda ahli kitob yahudiy va nasorolar nazarda tutilgandir. Ular oʻzlariga kelgan ilohiy kitoblarni taqsimlab, bir qismiga iymon keltirib, bir qismiga iymon keltirmagan edilar. Endi Qurʼonni ham parcha-parcha qilib, oʻz fikrlariga mos kelganini olib, toʻgʻri kelmaganini tark etmoqchi boʻlmoqdalar.)
- 92
فَوَرَبِّكَ لَنَسْـَٔلَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ
Fawa Rabbika lanas'a lannahum ajma'een
Bas, Robbing ila qasamki, albatta, ularning hammasidan soʻrarmiz.
- 93
عَمَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
'Ammaa kaanoo ya'maloon
Qilib yurgan ishlari haqida.
- 94
فَٱصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ
Fasda' bimaa tu'maru wa a'rid anil mushrikeen
Bas, senga amr etilgan narsani yuzaga chiqar va mushriklardan yuz oʻgir. [17]
[17] (Ushbu oyat nozil boʻlgunga qadar Rasululloh alayhissalotu vassalom odamlarni dinga sirli-yashirin ravishda daʼvat etar edilar. Bu oyatdagi «yuzaga chiqar» degan amrga muvofiq oshkora daʼvatni boshladilar. Mushriklarning gap-soʻzlariga eʼtibor bermay qoʻydilar.)
- 95
إِنَّا كَفَيْنَٰكَ ٱلْمُسْتَهْزِءِينَ
Innaa kafainaakal mustahzi'een
Albatta, Biz senga istehzo qiluvchilardan kifoya qilurmiz.
- 96
ٱلَّذِينَ يَجْعَلُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۚ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ
Allazeena yaj'aloona ma'al laahi ilaahan aakhar; fasawfa ya'lamoon
Ular Alloh bilan birga boshqa iloh (sherik) qilurlar. Bas, tezda bilurlar.
- 97
وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدْرُكَ بِمَا يَقُولُونَ
Wa laqad na'lamu annak yadeequ sadruka bimaa yaqooloon
Albatta, Biz ularning aytayotganlaridan sening diling siqilishini yaxshi bilurmiz.
- 98
فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَكُن مِّنَ ٱلسَّٰجِدِينَ
Fasbbih bihamdi Rabbika wa kum minas saajideen
Bas, Robbing hamdi ila tasbih ayt va sajda qilguvchilardan boʻl.
- 99
وَٱعْبُدْ رَبَّكَ حَتَّىٰ يَأْتِيَكَ ٱلْيَقِينُ
Wa'bud Rabbaka hattaa yaatiyakal yaqeen
Va senga aniq narsa (oʻlim) kelgunicha Robbingga ibodat qil.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
