Sura 14

Ibrohim

إِبۡرَاهِيمَ

Ibrahim · Makkiy · 52 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓر ۚ كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ ٱلنَّاسَ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ

    Alif-Laaam-Raa; Kitaabun anzalnaahu ilaika litukhrijan-naasa minaz zulumaati ilan noori bi-izni Rabbihim ilaa siraatil 'Azeezil Hameed

    Alif. Laam. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziyz va maqtalgan Zotning yoʻliga chiqarishing uchun nozil qildik.

  2. 2

    ٱللَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَوَيْلٌۭ لِّلْكَٰفِرِينَ مِنْ عَذَابٍۢ شَدِيدٍ

    Allaahil lazee lahoo maa fis samaawaati wa maa fill ard; wa wailul lilkaafireena min 'azaabin shadeed

    Alloh osmonlaru yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Zotdir. Kofirlar holiga shiddatli azobdan voy boʻlsin.

  3. 3

    ٱلَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا عَلَى ٱلْءَاخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍۭ بَعِيدٍۢ

    Allazeena yastahibboo nal hayaatad dunyaa 'alal aakhirati wa yasuddoona 'ansabeelil laahi wa yabghoonahaa 'iwajaa; ulaaa 'ika fee dalaalim ba'eed

    Ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal koʻradiganlar, Allohning yoʻlidan toʻsadiganlar va u(yoʻl)ning egri boʻlishini xohlaydiganlardir. Ana oʻshalar yiroq adashuvdadirlar. [1]

    [1] (Qattiq azobdan holiga voy boʻladigan kofirlarning shunday holatga tushishining sabablari ushbu oyatda keltiriladi. Ular dunyoni oxiratdan ustun qoʻyganlari uchun iymon yoʻliga yura olmaydilar. Faqat bu dunyoni koʻzlagan odam besh kunlik hayotida koʻproq matohga erishish uchun oʻlib-tiriladi. Harom-harishga qoʻl uradi. Odamlarning haqqini yeydi. Odamlarga zulm, xiyonat qiladi. Shuning uchun ham Paygʻambarimiz Muhammad mustafo alayhissalotu vassalom: «Dunyoning muhabbati har bir xatoning boshidir», deganlar.)

  4. 4

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِۦ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ ۖ فَيُضِلُّ ٱللَّهُ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Wa maaa arsalnaa mir Rasoolin illaa bilisaani qawmihee liyubaiyina lahum faiudillul laahu mai yashaaa'u wa yahde mai yashaaa'; wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Qaysiki Paygʻambarni yuborgan boʻlsak, bayon qilib berishi uchun, oʻz qavmi tili ila yuborganmiz. Bas, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazadi, kimni xohlasa, hidoyatga soladir. U Aziyz va hikmatli Zotdir. [2]

    [2] (Butun olamlarga va barcha qavmlarga paygʻambar boʻlgan Hazrati Muhammad alayhissalotu vassalomga ham arablar tilida vahiy keldi. Buning asosiy hikmatlarini Allohning Oʻzi biladi. Boshqa paygʻambarlar maʼlum qavmga va maʼlum muddatga kelgan boʻlsalar, Muhammad alayhissalotu vassalom qavmlarning hammasiga qiyomat kuniga qadar paygʻambar qilib yuborilganlar. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom Islom dini arablar yashab turgan yerlarga yoyilib boʻlishi bilan vafot topdilar. Islomni dunyoning qolgan qismiga u kishining qavmlari yetkazdilar.)

  5. 5

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ أَنْ أَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ وَذَكِّرْهُم بِأَيَّىٰمِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّكُلِّ صَبَّارٍۢ شَكُورٍۢ

    Wa laqad arsalnaa Moosaa bi Aayaatinaa an akhrij qawmaka minaz zulumaati ilan noori wa zak kirhum bi ayyaamil laah; inna fee zaalika la aayaatil likulli sabbaarin shakoor

    Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz ila: «Qavmingni zulmatlardan nurga chiqar va ularga Allohning kunlarini eslat! Albatta, bunda har bir sabrli va shukrli uchun ibratlar bordir», deb yubordik.

  6. 6

    وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ أَنجَىٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ وَيُذَبِّحُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌۭ

    Wa iz qaala Moosaa liqawmihiz kuroo ni'matal laahi 'alaikum iz anjaakum min Aali Fir'awna yasoomoo nakum sooo'al 'azaabi wa yuzabbihoona abnaaa'akum wa yastahyoona nisaaa'akum; wa fee zaalikum balaaa'um mir Rabbikum 'azeem

    Oʻshanda Muso qavmiga: «Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang: U sizni Oli Firʼavndan qutqardi. Ular sizga bardavom yomon azob berardilar. Oʻgʻillaringizni soʻyib tashlab, qizlaringizni tirik qoldirardilar. Ana oʻshanda Robbingizdan buyuk sinov bordir», degan edi. [3]

    [3] (Yaʼni, azob-uqubatga duchor qilish bir sinov. Undan qutulish neʼmatini berish ikkinchi bir sinovdir. Birinchisida banda sabr qilib, ikkinchisida shukr qilib sinovdan oʻtishi kerak.)

  7. 7

    وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ ۖ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِى لَشَدِيدٌۭ

    Wa iz ta azzana Rabbukum la'in shakartum la azeedannakum wa la'in kafartum inn'azaabee lashadeed

    (Yana uning): «Va Robbingiz (sizga): «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», deb bildirgan(ini eslang).

  8. 8

    وَقَالَ مُوسَىٰٓ إِن تَكْفُرُوٓا۟ أَنتُمْ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا فَإِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ حَمِيدٌ

    Wa qaala Moosaaa in takfurooo antum wa man fil ardi jamee'an fa innal laaha la Ghaniyyun Hameed

    Muso dedi: «Agar siz va yer yuzidagi kimsalar hammangiz kufr keltirsangizlar ham, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir. [4]

    [4] (Demak, shukr etgan kishi oʻziga foyda keltiradi. Kufr qilgan odam oʻziga zarar orttiradi. Alloh shundoq ham behojat va maqtalgan Zotdir.) Ey Muhammad ummati!

  9. 9

    أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَؤُا۟ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ قَوْمِ نُوحٍۢ وَعَادٍۢ وَثَمُودَ ۛ وَٱلَّذِينَ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۛ لَا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَرَدُّوٓا۟ أَيْدِيَهُمْ فِىٓ أَفْوَٰهِهِمْ وَقَالُوٓا۟ إِنَّا كَفَرْنَا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ وَإِنَّا لَفِى شَكٍّۢ مِّمَّا تَدْعُونَنَآ إِلَيْهِ مُرِيبٍۢ

    Alam yaatikum naba'ul lazeena min qablikum qawmi Noohinw wa 'Aadinw wa Samood, wallazeena mim ba'dihim; laa ya'lamuhum illallaah; jaaa'at hum Rusuluhum bilbaiyinaati faraddooo aydiyahum feee afwaahihim wa qaalooo innaa kafarnaa bimaaa ursiltum bihee wa innaa lafee shakkim mimmaa tad'oonanaaa ilaihi mureeb

    Sizga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyingilarning, Allohdan oʻzga hech kim bilmaydiganlarning xabari kelmadimi? Ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ular esa, qoʻllarini ogʻizlariga qoʻyib: «Biz siz bizni chaqirayotgan narsada shubhalantiruvchi shakdadirmiz!» dedilar. [5]

    [5] (Yaʼni, oʻsha nobakor qavmlar ovozlari baland chiqishi uchun qoʻllarini ogʻizlariga karnay qilib qoʻyib: «Biz siz orqali Alloh tomonidan yuborilgan dinga kufr keltirdik. Biz siz daʼvat qilayotgan narsada kuchli shak va shubhadamiz!» dedilar. Demak, ular oʻzlarini zulmatlardan nurga olib chiqish uchun Alloh tomonidan kelgan hodiy paygʻambarlarga nisbatan beodoblarcha munosabatda boʻldilar.)

  10. 10

    ۞ قَالَتْ رُسُلُهُمْ أَفِى ٱللَّهِ شَكٌّۭ فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يَدْعُوكُمْ لِيَغْفِرَ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرَكُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۚ قَالُوٓا۟ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُنَا تُرِيدُونَ أَن تَصُدُّونَا عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا فَأْتُونَا بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ

    Qaalat Rusuluhum afillaahi shakkun faatiris samaawaati wal ardi yad'ookum liyaghfira lakum min zunoobikum wa yu'akhkhirakum ilaaa ajalim musam maa; qaaloo in antum illaa basharum mislunaa tureedoona an tasuddoonaa 'ammaa kaana ya'budu aabaaa'unaa faatoonaa bisul taanim mubeen

    Paygʻambarlari ularga: «Osmonlaru yerning yaratguvchisi boʻlmish Allohga shak bormi? U sizlarni gunohlaringizni magʻfirat qilishga va oʻzingizni maʼlum muddatga qoldirishga chaqirmoqda-ku!» dedilar. Ular esa: «Siz bizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emassiz. Bizni otalarimiz ibodat qilib yurgan narsadan toʻsmoqchisiz. Bas, bizga ochiq-oydin hujjat keltiring», dedilar. [6]

    [6] (Barcha qavm kofirlari barcha paygʻambarlarga shu gapni aytganlar. Ularning oʻz otalari nimaga ibodat qilib yurgani bilan ishlari yoʻq. Otalari ibodat etgan narsa nima boʻlsa ham, baribir. U narsalar bir qiymatga arziydimi? Ularga ibodat qilish lozimligi haqida biror dalil bormi? Bu va bunga oʻxshash savollar bilan ishlari yoʻq. Ammo Alloh tomonidan ochiq hujjatlar bilan kelgan paygʻambarlardan yana hujjat-dalil soʻraydilar.)

  11. 11

    قَالَتْ لَهُمْ رُسُلُهُمْ إِن نَّحْنُ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَمُنُّ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ وَمَا كَانَ لَنَآ أَن نَّأْتِيَكُم بِسُلْطَٰنٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Qaalat lahum Rusuluhum in nahnu illaa basharum mislukum wa laakinnal laaha yamunnu 'alaa mai yashaaa'u min 'ibaadihee wa maa kaana lanaaa an naatiyakum bisul taanin illaa bi iznil laah; wa 'alal laahi falyatawakkalil mu'minonn

    Paygʻambarlari ularga: «Biz sizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emasmiz. Lekin Alloh Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga (paygʻambarlik) inʼom qilur. Biz oʻzimizcha sizga biror hujjat keltira olmaymiz, illo Allohning izni ila. Moʻminlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar. [7]

    [7] (Yaʼni, bu gapingiz toʻgʻri. Biz farishta ham yoki boshqa bir oliy maqomli alohida zot ham emasmiz. Biroq bu degani odam zotidan paygʻambar boʻlishi mumkin emas degan gap emas. Toʻgʻri, biz basharmiz.)

  12. 12

    وَمَا لَنَآ أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنَا سُبُلَنَا ۚ وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَىٰ مَآ ءَاذَيْتُمُونَا ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ

    Wa maa lanaa allaa natawakkala 'alal laahi wa qad hadaanaa subulanaa; wa lanasbiranna 'alaa maaa aazaitumoonaa; wa 'alal laahi falyatawakkalil mutawakkiloon

    Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yoʻlimizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkal qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar», dedilar.

  13. 13

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِرُسُلِهِمْ لَنُخْرِجَنَّكُم مِّنْ أَرْضِنَآ أَوْ لَتَعُودُنَّ فِى مِلَّتِنَا ۖ فَأَوْحَىٰٓ إِلَيْهِمْ رَبُّهُمْ لَنُهْلِكَنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Wa qaalal lazeena kafaroo li Rusulihim lanukhrijanna kum min aardinaaa aw lata'oo dunna fee millatinaa fa awhaaa ilaihim Rabbuhum lanuhlikannaz zalimeen

    Kufr keltirganlar oʻz Paygʻambarlariga: «Albatta, biz sizlarni yerimizdan chiqarib yuborurmiz yoki, albatta, millatimizga qaytursizlar», dedilar. Bas, Robbilari ularga: «Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.

  14. 14

    وَلَنُسْكِنَنَّكُمُ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَافَ مَقَامِى وَخَافَ وَعِيدِ

    Wa lanuskinan nakumul arda mim ba'dihim; zaalika liman khaafa maqaamee wa khaafa wa'eed

    Va ulardan soʻng u yerga sizni joylashtirurmiz. Bu esa, maqomimdan xavf qilganlar va tahdidimdan qoʻrqqanlar uchundir», deb vahiy qildi. [8]

    [8] (Alloh taolo, paygʻambarlarning koʻngillarini tinchlantirib, bashorat berdi. Zolimlar albatta halok boʻlishini taʼkidladi. «Zolimlar» deganda kofirlar koʻzda tutiladi. Chunki kufr eng katta zulmdir. Oʻsha kofir zolimlarni halok etgandan soʻng, u yerga sizlarni, yaʼni paygʻambarlarni va ularga ergashgan moʻmin-musulmonlarni joylashtiramiz, dedi. U yerga kimki mening maqomimdan qoʻrqsa, oʻzidan ketib haddidan oshmasa, oʻsha joylashadi, dedi.)

  15. 15

    وَٱسْتَفْتَحُوا۟ وَخَابَ كُلُّ جَبَّارٍ عَنِيدٍۢ

    Wastaftahoo wa khaaba kullu jabbaarin 'aneed

    Fathu nusrat soʻradilar va har bir jabrchi, sarkash kimsa noumidlikka uchradi.

  16. 16

    مِّن وَرَآئِهِۦ جَهَنَّمُ وَيُسْقَىٰ مِن مَّآءٍۢ صَدِيدٍۢ

    Minw waraaa'ihee jahannamu wa yusqaa mim maaa'in sadeed

    Uning ortida jahannam bordir. Yiring suv ila sugʻoriladir.

  17. 17

    يَتَجَرَّعُهُۥ وَلَا يَكَادُ يُسِيغُهُۥ وَيَأْتِيهِ ٱلْمَوْتُ مِن كُلِّ مَكَانٍۢ وَمَا هُوَ بِمَيِّتٍۢ ۖ وَمِن وَرَآئِهِۦ عَذَابٌ غَلِيظٌۭ

    Yatajarra'uhoo wa laa yakaadu yuseeghuhoo wa yaateehil mawtu min kulli makaaninw wa maa huwa bimaiyitinw wa minw waraaa'ihee 'azaabun ghaleez

    Uni yutishga urinadi-yu, yuta olmas. Unga har tomondan oʻlim keladi-yu, oʻla olmas. Uning ortidan esa, qattiq azob bor. [9]

    [9] (Jahannamda ularga alvon-alvon azoblar beriladi. Jumladan, oʻsha jabrchi-sarkash jahannam olovida yonib-chanqab suv soʻraganida, unga yiring beriladi. Yiringni ogʻizga olishning oʻzi qattiq azob. Uni chanqoqbosdi uchun ichish ikki karra azob, uni yuta olmay qiynalish azobdir. Oʻlimni oʻylashning oʻzi bir azob. Oʻlimning kelishi battarroq azob. Endi takror va takror oʻlim kelib turib oʻla olmaslik mislsiz azobdir.)

  18. 18

    مَّثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ ۖ أَعْمَٰلُهُمْ كَرَمَادٍ ٱشْتَدَّتْ بِهِ ٱلرِّيحُ فِى يَوْمٍ عَاصِفٍۢ ۖ لَّا يَقْدِرُونَ مِمَّا كَسَبُوا۟ عَلَىٰ شَىْءٍۢ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَٰلُ ٱلْبَعِيدُ

    Masalul lazeena kafaroo bi Rabbihim a'maaluhum karamaadinish taddat bihir reehu fee yawmin 'aasif; laa yaqdiroona mimmaa kasaboo 'alaa shai'; zaalika huwad dalaalul ba'eed

    Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli, xuddi boʻronli kunda shamol uchirib ketgan kulga oʻxshaydir. Ular oʻz kasblaridan biror narsaga ega boʻlmaslar. Ana oʻsha uzoq adashuvning oʻzidir. [10]

    [10] (Har qanday amal, agar egasida kofirlik boʻlsa, behudaga aylanadi. Kofirlik har qanday yaxshi amalni xuddi kulga oʻxshatib keraksiz qilib qoʻyadi. Choʻgʻi yoʻq kul befoyda narsaga aylanib, uni shamol toʻzitib uchirib ketganidek, kofirlarning amallari ham behuda ketadi. Ular turli amallarni qilishlari mumkin, ammo foyda ola bilmaydilar.)

  19. 19

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍۢ جَدِيدٍۢ

    Alam tara annal laaha khalaqas samaawaati wal arda bilhaqq; iny yashaa yuzhibkum wa yaati bikhalqin jadeed

    Alloh osmonlaru yerni haq ila yaratib qoʻyganini koʻrmadingmi? Agar istasa, sizlarni ketkazib, yangi xalq keltiradir.

  20. 20

    وَمَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزٍۢ

    Wa maa zaalika 'alal laahi bi 'azeez

    Bu esa, Alloh uchun qiyin emas.

  21. 21

    وَبَرَزُوا۟ لِلَّهِ جَمِيعًۭا فَقَالَ ٱلضُّعَفَٰٓؤُا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًۭا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا مِنْ عَذَابِ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ ۚ قَالُوا۟ لَوْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ لَهَدَيْنَٰكُمْ ۖ سَوَآءٌ عَلَيْنَآ أَجَزِعْنَآ أَمْ صَبَرْنَا مَا لَنَا مِن مَّحِيصٍۢ

    Wa barazoo lillaahi jamee'an faqaalad du'afaaa'u lillazeenas takbarooo innaa kunnaa lakum taba'an fahal antum mughnoona 'annaa min 'azaabil laahi min shai'; qaaloo law hadaanal laahu lahadai naakum sawaaa'un 'alainaaa ajazi'naa am sabarnaa maa lanaa mim mahees

    Ularning hammalari Alloh huzurida paydo boʻldilar. Bas, zaiflar mutakabbirlarga: «Albatta, biz sizlarga tobe boʻlgan edik. Endi, sizlar ustimizdagi Allohning azobidan biror narsani yengillata olasizlarmi?» dedilar. Ular: «Agar Alloh bizni hidoyat qilganida, biz ham sizlarni, albatta, hidoyat qilar edik. Biz uchun endi, dod-voy qilamizmi yoki sabr qilamizmi — bari bir. Biz uchun qochar joy yoʻq», dedilar. [11]

    [11] (Zaiflar — bu dunyoda zaifhol boʻlib oʻzidan kuchli, aqlli, yuqori mansabdorlarga ergashib gunoh etganlar qiyomat kunida Allohning huzurida ishining chatoq ekanligini anglab yetib, oʻz xoʻjayinlariga mazkur murojaatni qiladilar.)

  22. 22

    وَقَالَ ٱلشَّيْطَٰنُ لَمَّا قُضِىَ ٱلْأَمْرُ إِنَّ ٱللَّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ ٱلْحَقِّ وَوَعَدتُّكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ ۖ وَمَا كَانَ لِىَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَٰنٍ إِلَّآ أَن دَعَوْتُكُمْ فَٱسْتَجَبْتُمْ لِى ۖ فَلَا تَلُومُونِى وَلُومُوٓا۟ أَنفُسَكُم ۖ مَّآ أَنَا۠ بِمُصْرِخِكُمْ وَمَآ أَنتُم بِمُصْرِخِىَّ ۖ إِنِّى كَفَرْتُ بِمَآ أَشْرَكْتُمُونِ مِن قَبْلُ ۗ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Wa qaalash Shaitaanu lammaa qudiyal amru innal laaha wa'adakum wa'dal haqqi wa wa'attukum faakhlaftukum wa maa kaana liya 'alaikum min sultaanin illaaa an da'awtukum fastajabtum lee falaa taloomoonee wa loomooo anfusakum maaa ana bimusrikhikum wa maaa antum bimusrikhiyya innee kafartu bimaaa ashraktumooni min qabl; innaz zaalimeena lahum azaabun aleem

    Ish bitib boʻlganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq vaʼdani qilgan edi. Men esa, sizga vaʼda berdim-u, vaʼdamga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yoʻq edi. Faqat daʼvat qilsam, oʻzingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, oʻzingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», dedi. [12]

    [12] (Bu dunyoda har ishning boshida turgan, har qilmishga bosh-qosh boʻlgan laʼnati shayton u dunyoda hamma ish bitib, hukm chiqqandan soʻng paydo boʻladi. Bir-birini malomat qilib turgan kuchli-yu zaif, ergashganu ergashtirgan atboʼlariga qarab, soʻz boshlaydi.)

  23. 23

    وَأُدْخِلَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ ۖ تَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَٰمٌ

    Wa udkhilal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati Jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa bi izni Rabbihim tahiyyatuhum feeha salaam

    Va iymon keltirib, amali solih qilganlar ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritildi. Unda Robbilari izni ila abadiy qolurlar. Ularning undagi soʻrashishlari «Salom»dir. [13]

    [13] (Demak, har bir narsa oʻz joyini topdi. Mantiqiy va adolatli nihoyaga yetdi. Shayton va unga ergashganlar doʻzaxning dahshatli azobiga mahkum boʻldilar. paygʻambarlar va ularning moʻmin ummatlari jannat va uning moddiy-maʼnaviy neʼmatlariga erishdilar.)

  24. 24

    أَلَمْ تَرَ كَيْفَ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا كَلِمَةًۭ طَيِّبَةًۭ كَشَجَرَةٍۢ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌۭ وَفَرْعُهَا فِى ٱلسَّمَآءِ

    Alam tara kaifa darabal laahu masalan kalimatan taiyibatan kashajaratin taiyibatin asluhaa saabitunw wa far'uhaa fis samaaa'

    Alloh yaxshi soʻzga qanday misol keltirganini koʻrmaysanmi? U xuddi bir yaxshi daraxtga oʻxshaydir. Uning asli sobit turadir. Shoxlari esa, osmonda. [14]

    [14] (Yaxshi soʻz, haq soʻz iymon soʻzidir. U soʻzni Alloh taolo bir yaxshi, sogʻlom daraxtga oʻxshatmoqda. Bu daraxtning asli sobitdir. Uning tomirlari yerga chuqur ildiz otgani uchun mustahkamdir. Turli shamollar, boʻronlar va boshqa omillar uni joyidan qimirlata olmaydi. Ayni choqda, bu daraxtning shoxlari osmonda, yuksaklikdadir. U doimo meva berib turadi. Iymon ham xuddi shu yaxshi daraxtga oʻxshaydi. Asli mustahkam. Hech narsadan taʼsirlanmaydi. Martabasi oliy. Doimo samarasini ham berib turadi.)

  25. 25

    تُؤْتِىٓ أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍۭ بِإِذْنِ رَبِّهَا ۗ وَيَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Tu'teee ukulahaa kulla heenim bi izni Rabbihaa; wa yadribul laahul amsaala linnaasi la'allahum yatazak karoon

    Robbi izni ila har doim mevalarini berib turadir. Alloh, shoyad eslasalar deb, odamlarga misollar keltiradir.

  26. 26

    وَمَثَلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةٍۢ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ ٱجْتُثَّتْ مِن فَوْقِ ٱلْأَرْضِ مَا لَهَا مِن قَرَارٍۢ

    Wa masalu kalimatin khabeesatin kashajaratin khabee satinij tussat min fawqil ardi maa lahaa min qaraar

    Yomon soʻzning misoli, xuddi yomon daraxtga oʻxshaydir. U yerdan uzilib qolgan, uning qarori yoʻqdir. [15]

    [15] (Yomon soʻz, kufr soʻzdir. U ildizi yerdan uzilgan, qoʻporilgan, beqaror bir daraxtga oʻxshaydi. Suvrati, shakli daraxtni eslatadi. Ammo uning na yerga chuqur ildiz otgan tomiri, na osmonga koʻtarilgan shoxlari va na mevasi bor. Shunga oʻxshab, kufrning ham asli mustahkam emas. Sal narsaga qulaydi. Maqtashga arzimaydi. Beradigan samarasi ham yoʻq.)

  27. 27

    يُثَبِّتُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱلْقَوْلِ ٱلثَّابِتِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَيُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلظَّٰلِمِينَ ۚ وَيَفْعَلُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ

    Yusabbitul laahul lazeena aamanoo bilqawlis saabiti fil hayaatid dunyaa wa fil Aakhirati wa yudillul laahuz zaalimeen; wa yaf'alul laahu maa yashaaa'

    Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit soʻz ila sobitqadam qilur. Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur. Alloh xohlaganini qilur.

  28. 28

    ۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ بَدَّلُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ كُفْرًۭا وَأَحَلُّوا۟ قَوْمَهُمْ دَارَ ٱلْبَوَارِ

    Alam tara ilal lazeena baddaloo ni'matal laahi kufranw wa ahalloo qawmahum daaral bawaar

    Allohning neʼmatini kufrga almashtirgan va qavmlarini halokat diyoriga tushirganlarni koʻrmadingmi? [16]

    [16] (Oʻylab koʻrgin, bu narsa taajjublanarli emasmi? Alloh bir qavmga oʻzlaridan paygʻambar yuborib, ularni iymonga, Islomga daʼvat qilsa, oxirgi ilohiy kitobi Qurʼonni indirib, hech kimga bermagan ulugʻ neʼmatini ato etsa-yu, gumroh qavm bu neʼmat oʻrniga kufrni ixtiyor qilsa! Iymonni kufrga almashtirib olsa! Oʻzlariga qoʻshib qavmlarini ham halokat diyoriga tushirsalar!)

  29. 29

    جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا ۖ وَبِئْسَ ٱلْقَرَارُ

    Jahannama yaslawnahaa wa bi'sal qaraar

    Jahannamga kirurlar. Bu qandoq ham yomon qarorgoh! [17]

    [17] (Ha, halokat diyori deyilganidan murod jahannamdir. Ular oʻsha jahannamga kiradilar. Jahannam qanday ham yomon joy.)

  30. 30

    وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ أَندَادًۭا لِّيُضِلُّوا۟ عَن سَبِيلِهِۦ ۗ قُلْ تَمَتَّعُوا۟ فَإِنَّ مَصِيرَكُمْ إِلَى ٱلنَّارِ

    Wa ja'aloo lillaahi andaadal liyudilloo 'an sabeelih; qul tamatta'oo fa innaa maseerakum ilan Naar

    Ular Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlar qildilar. Sen ularga: «Huzurlanib qoling! Bas, albatta, boradigan joyingiz doʻzaxdir», deb ayt! [18]

    [18] (Odamlarni Allohning yoʻlidan adashtirib, oʻzingiz aytgan yoʻlga yurgizib, gapingizni qildirib, oʻzingizcha huzurlanyapsizmi? Mayli, hozircha huzurlanib turavering. Ammo bilib qoʻyingki, albatta, oxir-oqibat boradigan joyingiz jahannamdir.)

  31. 31

    قُل لِّعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ سِرًّۭا وَعَلَانِيَةًۭ مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌۭ لَّا بَيْعٌۭ فِيهِ وَلَا خِلَٰلٌ

    Qul li'ibaadiyal lazeena aamanoo yuqeemus Salaata wa yunfiqoo mimmaa razaqnaahum sirranw wa 'alaaniyatam min qabli any yaatiya Yawmul laa bai'un feehi wa laa khilaal

    Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni toʻla-toʻkis ado etsinlar. Savdo-sotiq, ogʻaynigarchilik yoʻq boʻlgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar.

  32. 32

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزْقًۭا لَّكُمْ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلْأَنْهَٰرَ

    Allaahul lazee khalaqas samaawaati wal arda wa anzala minas samaaa'i maaa'an faakhraja bihee minas samaraati rizqal lakum wa sakhkhara lakumul fulka litajriya fil bahri bi amrihee wa sakhkhara lakumul anhaar

    Alloh osmonlaru yerni yaratgan, osmondan suv tushirib, u ila mevalarni sizga rizq qilib chiqargan, Oʻz amri ila dengizda suzmogʻi uchun kemalarni sizga boʻysundirgan va anhorlarni sizga boʻysundirgan Zotdir.

  33. 33

    وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ دَآئِبَيْنِ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ

    Wa sakhkhara lakumush shamsa walqamara daaa'ibaini wa sakhkhara lakumul laila wannahaar

    U sizga doimiy harakatdagi quyosh va oyni ham, shuningdek, kecha ila kunduzni ham xizmatchi qilib qoʻydi.

  34. 34

    وَءَاتَىٰكُم مِّن كُلِّ مَا سَأَلْتُمُوهُ ۚ وَإِن تَعُدُّوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ لَا تُحْصُوهَآ ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَظَلُومٌۭ كَفَّارٌۭ

    Wa aataakum min kulli maa sa altumooh; wa in ta'uddoo ni'matal laahi laa tuhsoohaa; innal insaana lazaloo mun kaffaar

    Va U sizga barcha soʻragan narsalaringizdan berdi. Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmassizlar. Albatta, inson oʻta zolim va oʻta noshukrdir.

  35. 35

    وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ رَبِّ ٱجْعَلْ هَٰذَا ٱلْبَلَدَ ءَامِنًۭا وَٱجْنُبْنِى وَبَنِىَّ أَن نَّعْبُدَ ٱلْأَصْنَامَ

    Wa iz qaala Ibraaheemu Rabbij 'al haazal balada aaminanw wajnubnee wa baniyya an na'budal asnaam

    Esla, Ibrohim shunday demishdi: «Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin.

  36. 36

    رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ فَمَن تَبِعَنِى فَإِنَّهُۥ مِنِّى ۖ وَمَنْ عَصَانِى فَإِنَّكَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Rabbi innahunna adlalna kaseeram minan naasi faman tabi'anee fa innahoo minnee wa man 'asaanee fa innaka Ghafoorur Raheem

    Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan koʻpini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy boʻlsa, albatta, Oʻzing magʻfirat qilguvchi va rahimlisan. [19]

    [19] (Ibrohim alayhissalom oʻz davrlarida va undan oldingi zamonlarda but-sanamlar koʻplab kishilarning zalolatga ketishiga sabab boʻlganini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham ushbu maʼnodagi duoni qildilar.)

  37. 37

    رَّبَّنَآ إِنِّىٓ أَسْكَنتُ مِن ذُرِّيَّتِى بِوَادٍ غَيْرِ ذِى زَرْعٍ عِندَ بَيْتِكَ ٱلْمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱجْعَلْ أَفْـِٔدَةًۭ مِّنَ ٱلنَّاسِ تَهْوِىٓ إِلَيْهِمْ وَٱرْزُقْهُم مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَشْكُرُونَ

    Rabbanaaa inneee askantu min zurriyyatee biwaadin ghairi zee zar'in 'inda Baitikal Muharrami Rabbanaa liyuqeemus Salaata faj'al af'idatam minan naasi tahweee ilaihim warzuqhum minas samaraati la'allahum yashkuroon

    Ey Robbimiz, haqiqatda men oʻz zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni toʻkis ado etishlari uchun. Bas, Oʻzing odamlardan baʼzilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar. [20]

    [20] (Alloh taolo Ibrohim alayhissalomning bu duolarini qabul etdi. Mazkur yurtni, Harami Sharifni omonlik yurti qilib qoʻydi. Uning omonligiga tahdid soladiganlarni halok qildi. U yerdagilar Allohga ibodatni toʻgʻri qilib, namozni toʻkis ado etganlarida, omonlikka qoʻshib toʻqchilikni ham berdi. Musulmon boʻlgan odamlar qalbini oʻsha tomonga talpinib turadigan etib qoʻydi. U joyniyu aholisini, yerlarida hech narsa oʻsmasligiga qaramasdan, turli mevalar bilan rizqlantirib qoʻydi. Faqat, oʻsha yer aholisining shukr qilishi qoldi, xolos.)

  38. 38

    رَبَّنَآ إِنَّكَ تَعْلَمُ مَا نُخْفِى وَمَا نُعْلِنُ ۗ وَمَا يَخْفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ

    Rabbanaaa innaka ta'lamu maa nukhfee wa maa nu'lin; wa maa yakhfaa 'alal laahi min shai'in fil ardi wa laa fis samaaa'

    Ey Robbimiz, albatta, Sening Oʻzing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham yaxshi bilursan. Alloh uchun na yerdayu na osmonda biror narsa maxfiy qolmas.

  39. 39

    ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى وَهَبَ لِى عَلَى ٱلْكِبَرِ إِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ ۚ إِنَّ رَبِّى لَسَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ

    Alhamdu lillaahil lazee wahaba lee 'alal kibari Ismaa'eela wa Ishaaq; inna Rabbee lasamee'ud du'aaa

    Keksalik paytimda menga Ismoil va Isʼhoqni ato qilgan Allohga hamd boʻlsin. Albatta, Robbim duoni eshitguvchidir. [21]

    [21] (Maʼlumki, Ibrohim alayhissalom uzoq vaqt farzand koʻrmaganlar. Toʻqson yoshlarida Ismoil alayhissalom, soʻngra Isʼhoq alayhissalom dunyoga kelgan. Keksa kishiga farzand berish Allohning ulugʻ neʼmatidir.)

  40. 40

    رَبِّ ٱجْعَلْنِى مُقِيمَ ٱلصَّلَوٰةِ وَمِن ذُرِّيَّتِى ۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَآءِ

    Rabbij 'alnee muqeemas Salaati wa min zurriyyatee Rabbanaa wa taqabbal du'aaa'

    Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni toʻkis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin.

  41. 41

    رَبَّنَا ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ ٱلْحِسَابُ

    Rabbanagh fir lee wa liwaalidaiya wa lilmu'mineena Yawma yaqoomul hisaab

    Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va moʻminlarni hisob qilinadigan kuni magʻfirat aylagin».

  42. 42

    وَلَا تَحْسَبَنَّ ٱللَّهَ غَٰفِلًا عَمَّا يَعْمَلُ ٱلظَّٰلِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍۢ تَشْخَصُ فِيهِ ٱلْأَبْصَٰرُ

    Wa laa tahsabannal laaha ghaafilan 'ammaa ya'maluz zaalimoon; innamaa yu'akh khiruhum li Yawmin tashkhasu feehil absaar

    Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan gʻofil, deb gumon qilma. Faqatgina, ularni koʻzlar qotib qoladigan kungacha qoʻyib qoʻyadir, xolos.

  43. 43

    مُهْطِعِينَ مُقْنِعِى رُءُوسِهِمْ لَا يَرْتَدُّ إِلَيْهِمْ طَرْفُهُمْ ۖ وَأَفْـِٔدَتُهُمْ هَوَآءٌۭ

    Muhti'eena muqni'ee ru'oosihim laa yartaddu ilaihim tarfuhum wa af'idatuhum hawaaa'

    Ular boshlarini koʻtargan holda yugururlar. Koʻzlari oʻzlariga qaytmas. Koʻngillari esa, boʻm-boʻsh boʻlur. [22]

    [22] (Ularning koʻzlari dahshatdan qotib qolgan. Atroflaridagi dahshatli narsalardan uzilmaydi. Oʻzlariga qaytmaydi. Qoʻrquv tufayli boʻm-boʻsh boʻlib qolgan koʻngillariga biron narsa sigʻmaydi.)

  44. 44

    وَأَنذِرِ ٱلنَّاسَ يَوْمَ يَأْتِيهِمُ ٱلْعَذَابُ فَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ رَبَّنَآ أَخِّرْنَآ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ قَرِيبٍۢ نُّجِبْ دَعْوَتَكَ وَنَتَّبِعِ ٱلرُّسُلَ ۗ أَوَلَمْ تَكُونُوٓا۟ أَقْسَمْتُم مِّن قَبْلُ مَا لَكُم مِّن زَوَالٍۢ

    Wa anzirin naasa Yawma yaateehimul 'azaabu fa yaqoolul lazeena zalamoo Rabbanaaa akhkhirnaaa ilaaa ajalin qareebin nujib da'wataka wa nattabi 'ir Rusul; awalam takoonooo aqsamtum min qablu maa lakum min zawaal

    Sen odamlarni ularga azob keladigan Kundan ogohlantir. Oʻshanda zulm qilganlar: «Ey Robbimiz, bizni ozgina vaqt qoʻyib turgin, Sening daʼvatingni qabul qilamiz va Paygʻambarlarga ergashamiz», derlar. Bundan oldin sizlarga zavol yoʻqligiga qasam ichmagan edingizmi?!

  45. 45

    وَسَكَنتُمْ فِى مَسَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَتَبَيَّنَ لَكُمْ كَيْفَ فَعَلْنَا بِهِمْ وَضَرَبْنَا لَكُمُ ٱلْأَمْثَالَ

    Wa sakantum fee masaakinil lazeena zalamooo anfusahum wa tabaiyana lakum kaifa fa'alnaa bihim wa darabnaa lakumul amsaal

    Va oʻziga zulm qilganlarning maskanlariga joylashmadingizmi? Sizga ularni qanday qilganimiz ravshan boʻlmadimi? Sizga misollar keltirmadikmi? [23]

    [23] (Ushbu oyati karimada Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomga oʻzlarining asosiy ishlari — odamlarni ogohlantirishda bardavom boʻlishni amr etmoqda. Boshqa narsa bilan, yaʼni kimga iqob tez kelyapti-yu kimga kelmay turgani bilan ishing boʻlmasin. Qiyomat kuni hammaning koʻzi moshday ochilishi turgan gap.)

  46. 46

    وَقَدْ مَكَرُوا۟ مَكْرَهُمْ وَعِندَ ٱللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ ٱلْجِبَالُ

    Wa qad makaroo makrahum wa 'indal laahi makruhum wa in kaana makruhum litazoola minhul jibaal

    Darhaqiqat, ular oʻz makrlarini qildilar. Holbuki, ularning makrlari, garchi makrlaridan togʻlar zavolga uchraydigan boʻlsa ham, Allohning huzuridadir. [24]

    [24] (Kofir-mushriklar Paygʻambar alayhissalotu vassalomga, moʻminlarga, dinga qarshi qoʻllaridan kelgan barcha makrlarni qildilar. Ammo ularning makrlari har qancha kuchli hatto togʻlarni yoʻq qilib yuboradigan darajada boʻlmasin, hech narsa qila olmaydilar. Chunki ularning barcha makrlari Alloh taoloning huzuridadir, U hammasini koʻrib, bilib turadi. Oʻzi xohlaganicha tasarruf qiladi.)

  47. 47

    فَلَا تَحْسَبَنَّ ٱللَّهَ مُخْلِفَ وَعْدِهِۦ رُسُلَهُۥٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌۭ ذُو ٱنتِقَامٍۢ

    Falaa tahsabannal laaha mukhlifa wa'dihee Rusulah; innal laaha 'azeezun zuntiqaam

    Sen, Alloh Paygʻambarlariga bergan vaʼdasiga xilof qiluvchi deb, gumon qilma. Albatta, Alloh Aziyz va intiqom egasidir.

  48. 48

    يَوْمَ تُبَدَّلُ ٱلْأَرْضُ غَيْرَ ٱلْأَرْضِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُ ۖ وَبَرَزُوا۟ لِلَّهِ ٱلْوَٰحِدِ ٱلْقَهَّارِ

    Yawma tubaddalul ardu ghairal ardi wassamaawaatu wa barazoo lillaahil Waahidil Qahhaar

    Bu, yer boshqa yerga va osmonlar ham (boshqa osmonlarga) almashtiriladigan va u(odam)lar yolgʻizu qahhor Alloh huzurida paydo boʻlishadigan Kunda boʻladir. [25]

    [25] (Yaʼni, qiyomat kunining dahshatidan bizga hozir juda ham ulkan boʻlib koʻrinib turgan Yer boshqacha, umuman boshqa yerga aylanib qoladi. Shuningdek, osmonlar ham oʻzgarib ketadi. Odamlarning hammasi Alloh huzurida hisob-kitob uchun yigʻiladilar. Oʻshanday kunda Alloh paygʻambarlarga va ularga ergashgan moʻminlarga najot beradi. Zolim va kofirlardan intiqom oladi.)

  49. 49

    وَتَرَى ٱلْمُجْرِمِينَ يَوْمَئِذٍۢ مُّقَرَّنِينَ فِى ٱلْأَصْفَادِ

    Wa taral mujrimeena Yawma 'izim muqarraneena filasfaad

    Va u kunda jinoyatchilarni kishanlar ila toʻplangan hollarida koʻrasan.

  50. 50

    سَرَابِيلُهُم مِّن قَطِرَانٍۢ وَتَغْشَىٰ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ

    Saraabeeluhum min qatiraaninw wa taghshaa wujoohahumun Naar

    Ularning kiyimlari qora moydan boʻlib, yuzlarini olov qoplagandir.

  51. 51

    لِيَجْزِىَ ٱللَّهُ كُلَّ نَفْسٍۢ مَّا كَسَبَتْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Liyajziyal laahu kulla nafsim maa kasabat; innal laaha saree'ul hisaab

    Alloh har bir jonga qilgan kasbiga yarasha jazo berishi uchundir. Albatta, Alloh tez hisob qilguvchidir.

  52. 52

    هَٰذَا بَلَٰغٌۭ لِّلنَّاسِ وَلِيُنذَرُوا۟ بِهِۦ وَلِيَعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ وَلِيَذَّكَّرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Haaza balaaghul linnaasi wa liyunzaroo bihee wa liya'lamooo annamaa Huwa Illaahunw Waahidunw wa liyaz zakkara ulul albaab

    Bu (Qurʼon) odamlar uchun, ularning u ila ogohlantirilishlari, U yagona iloh ekanini bilishlari va aql egalari eslashlari uchun bayonotdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com