Sura 13

Raʼd

الرَّعۡدِ

Ar-Ra'd · Madaniy · 43 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ۗ وَٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ

    Alif-Laaam-Meeem-Raa; tilka Aayaatul Kitaab; wallazee unzila ilaika mir Rabbikal haqqu wa laakinna aksaran naasi laa yu'minoon

    Alif. Laam. Miym. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.

  2. 2

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى رَفَعَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍۢ تَرَوْنَهَا ۖ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّۭ يَجْرِى لِأَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۚ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ يُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُم بِلِقَآءِ رَبِّكُمْ تُوقِنُونَ

    Allaahul lazee raf'as samaawaati bighairi 'amadin tarawnahaa summas tawaa 'alal 'Arshi wa sakhkharash shamsa walqamara kulluny yajree li ajalim musammaa; yudabbirul amra yufassilil Aayaati la'allakum biliqaaa'i Rabbikum tooqinoon

    Alloh siz koʻrib turgan osmonni ustunsiz koʻtargan, soʻngra (Zoti va ulugʻligiga munosib suratda) arshga yuksalgan, quyosh va oyni Oʻziga boʻysundirgan Zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki, Robbingizga muloqot boʻlishga ishonch hosil qilsangiz. [1]

    [1] (U — Alloh dunyodagi barcha ishning tadbirini qiladi. Ha, nima hodisa roʻy bersa, hammasi Allohning tadbiri bilandir, jumladan, yuqorida zikr qilingan ishlar ham. Ana shunday ishlarga qodir Alloh Paygʻambariga haq kitobni yubora olmasmidi?! Ana oʻsha Robbingizga muloqot boʻlganingizda, yaʼni qiyomatda qayta tirilganingizda iymondan, jumladan, Allohning haq kitobiga boʻlgan iymondan ham soʻralasiz.)

  3. 3

    وَهُوَ ٱلَّذِى مَدَّ ٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنْهَٰرًۭا ۖ وَمِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ ۖ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Wa Huwal lazee maddal arda wa ja'ala feehaa rawaasiya wa anhaaraa; wa min kullis samaraati ja'ala feehaa zawjainis yaini Yughshil lailan nahaar; inna fee zaalika la aayaatil liqawminy yatafakkaroon

    U yerni choʻzib, unda baland togʻlar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga oʻratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. [2]

    [2] (Ha, u koʻz oʻngingizda yerni choʻzib qoʻygan Zotdir. Qayerdan qarasangiz, qarshingizda yer choʻzilib yotibdi. Buni kim qilgan? Albatta, Alloh qilgan.)

  4. 4

    وَفِى ٱلْأَرْضِ قِطَعٌۭ مُّتَجَٰوِرَٰتٌۭ وَجَنَّٰتٌۭ مِّنْ أَعْنَٰبٍۢ وَزَرْعٌۭ وَنَخِيلٌۭ صِنْوَانٌۭ وَغَيْرُ صِنْوَانٍۢ يُسْقَىٰ بِمَآءٍۢ وَٰحِدٍۢ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَىٰ بَعْضٍۢ فِى ٱلْأُكُلِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    Wa fil ardi qita'um muta jaawiraatunw wa jannaatum min a'naabinw wa zar'unw wa nakheelun sinwaanunw wa ghairu sinwaaniny yusqaa bimaaa'inw waahid; wa nufaddilu ba'dahaa 'alaa ba'din fil-ukul; inna fee zaalika la aayaatil liqawminy ya'qiloon

    Va yer yuzida qoʻshni boʻlaklar bor. Shuningdek, uzumlar, bogʻlar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar boʻlib, bir xil suv ila sugʻoriladilar va ularning baʼzilarining mevasini baʼzilarinikidan afzal qilurmiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. [3]

    [3] (Darhaqiqat, oʻylab koʻradigan boʻlsak. Ular bir xil yerga ekiladi, bir xil sugʻoriladi, ammo taʼmi xilma xildir. Xurmo ham shu. Yer bir, suv bir, lekin mevasining taʼmi bir-birinikiga oʻxshamaydi. Xoʻsh, buni kim qiladi? Albatta, Alloh.)

  5. 5

    ۞ وَإِن تَعْجَبْ فَعَجَبٌۭ قَوْلُهُمْ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًا أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍۢ جَدِيدٍ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ ٱلْأَغْلَٰلُ فِىٓ أَعْنَاقِهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Wa in ta'jab fa'ajabun qawluhm 'a-izaa kunna turaaban 'a-inna lafee khalqin jadeed; ulaaa 'ikal lazeena kafaroo bi Rabbihim wa ulaaa'ikal aghlaalu feee a'naaqihim wa ulaa'ika Ashaabun Naari hum feehaa khaalidoon

    Agar ajablanadigan boʻlsang, ularning: «Agar biz tuproq boʻlib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana oʻshalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana oʻshalar boʻyinlari kishanlarda boʻladiganlardir. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  6. 6

    وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ وَقَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِمُ ٱلْمَثُلَٰتُ ۗ وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍۢ لِّلنَّاسِ عَلَىٰ ظُلْمِهِمْ ۖ وَإِنَّ رَبَّكَ لَشَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Wa yasta'jiloonaka bis saiyi'ati qablal hasanati wa qad khalat min qablihimul masulaat; wa inna Rabbaka lazoo maghfiratil linnaasi 'alaa zulmihim wa inna Rabbaka lashadeedul 'iqaab

    Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar oʻtmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun magʻfiratlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir. [4]

    [4] (Ularga oʻxshagan kofir qavmlar koʻp oʻtgan. Ular ham bularga oʻxshab paygʻambarlarga qarshi chiqqan va turli talablar qoʻygan edilar. Oqibatda hammalari halok boʻlganlar. Endigilar avval oʻtgan misollardan ibrat olsalar, tavba qilsalar, yaxshi boʻlar edi.)

  7. 7

    وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۗ إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرٌۭ ۖ وَلِكُلِّ قَوْمٍ هَادٍ

    Wa yaqoolul lazeena kafaroo law laaa unzila 'alaihi Aayatum mir Rabbih; innamaaa anta munzirunw wa likulli qawmin haad

    Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir moʻjiza nozil qilinsa edi», derlar. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Va har qavmning hidoyatchisi bordir. [5]

    [5] (Ha, Paygʻambar kishilarni kufrning, isyonning va gunohkorlikning oqibatidan ogohlantiradi, xolos. U odamlar soʻragan oyat-moʻjizalarni keltirishga masʼul emas.)

  8. 8

    ٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَحْمِلُ كُلُّ أُنثَىٰ وَمَا تَغِيضُ ٱلْأَرْحَامُ وَمَا تَزْدَادُ ۖ وَكُلُّ شَىْءٍ عِندَهُۥ بِمِقْدَارٍ

    Allaahu ya'lamu maa tahmilu kullu unsaa wa maa tagheedul arhaamu wa maa tazdaad, wa kullu shai'in 'indahoo bimiqdaar

    Alloh har bir urgʻochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida oʻlchovlidir.

  9. 9

    عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْكَبِيرُ ٱلْمُتَعَالِ

    'Aalimul Ghaibi wash shahaadatil Kaabeerul Muta'aal

    U zot gʻoyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir.

  10. 10

    سَوَآءٌۭ مِّنكُم مَّنْ أَسَرَّ ٱلْقَوْلَ وَمَن جَهَرَ بِهِۦ وَمَنْ هُوَ مُسْتَخْفٍۭ بِٱلَّيْلِ وَسَارِبٌۢ بِٱلنَّهَارِ

    Sawaaa'um minkum man asarral qawla wa man jahara bihee wa man huwa mustakhfim billaili wa saaribum binnahaar

    Sizdan kim gapni sir tutsa, kim uni oshkor qilsa yoki kim kechasi berkinuvchi boʻlsayu kim kunduzi oshkor yuruvchi boʻlsa — bari bir.

  11. 11

    لَهُۥ مُعَقِّبَٰتٌۭ مِّنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦ يَحْفَظُونَهُۥ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا۟ مَا بِأَنفُسِهِمْ ۗ وَإِذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِقَوْمٍۢ سُوٓءًۭا فَلَا مَرَدَّ لَهُۥ ۚ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَالٍ

    Lahoo mu'aqqibaatum mim baini yadaihi wa min khalfihee yahfazoonahoo min amril laah; innal laaha laa yughaiyiru maa biqawmin hattaa yughaiyiroo maa bianfusihim; wa izaaa araadal laahu biqawmin sooo'an falaa maradda lah; wa maa lahum min dooniheeminw waal

    Uning oldida ham, ortida ham taʼqib qilguvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib tururlar. Albatta, to bir qavm oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini oʻzgartirmas. Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib boʻlmaydi va ular uchun undan oʻzga valiy ham yoʻq. [6]

    [6] (Alloh Oʻzi yuqorida zikr qilganidek, bandalar uchun oʻta maxfiy boʻlgan holatlarni ham juda aniqlik ila bilib turishiga qaramay, har bir bandaga toʻrttadan farishtani biriktirib qoʻygandir. Ulardan ikkitasi bandaning har bir qilgan amalini oʻsha vaqtning oʻzidayoq yozib qoʻyadi. Bu har bir bandaga katta masʼuliyat yuklaydi. Farishtalardan ikkitasining bandani qoʻriqlab turishi esa, Alloh uni mukarram qilganini koʻrsatadi. Demak, har bir inson oʻsha ikromga loyiq boʻlib, oʻsha masʼuliyatni his etmogʻi kerak. Oʻzini oʻnglashga, tuzatishga, Allohning roziligini qozontiradigan amallarni bajarishga urinishi lozim.)

  12. 12

    هُوَ ٱلَّذِى يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًۭا وَطَمَعًۭا وَيُنشِئُ ٱلسَّحَابَ ٱلثِّقَالَ

    Huwal lazee yureekumul barqa khawfanw wa tama'anw wa yunshi'us sahaabas siqaal

    U sizlarga chaqmoqni xavf va tamaʼ qilib koʻrsatur va ogʻir bulutlarni paydo qilur.

  13. 13

    وَيُسَبِّحُ ٱلرَّعْدُ بِحَمْدِهِۦ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ مِنْ خِيفَتِهِۦ وَيُرْسِلُ ٱلصَّوَٰعِقَ فَيُصِيبُ بِهَا مَن يَشَآءُ وَهُمْ يُجَٰدِلُونَ فِى ٱللَّهِ وَهُوَ شَدِيدُ ٱلْمِحَالِ

    Wa yusabbihur ra'du bihamdihee walmalaaa'ikatu min kheefatihee wa yursilus sawaa'iqa fa yuseebu bihaa mai yashaaa'u wa hum yujaadiloona fil laahi wa Huwa shadeedul mihaal

    Va momaqaldiroq Uning hamdi ila tasbih aytadir va farishtalar ham Undan qoʻrqqanlaridan (hamdu tasbih ayturlar). U chaqmoqlarni yuboradir va ular ila xohlagan odamlarini, ular Alloh haqida talashib turganlarida, uradir. U qattiq ushlaydigan Zotdir. [7]

    [7] (Inson momaqaldiroqning ovozidan dahshatga tushadi, bu ovoz unga qoʻrqinchli bir quvvat boʻlib tuyuladi, aslida esa, momaqaldiroq oʻzining Xoliqiga — Alloh taologa hamd va tasbeh aytayotgan boʻladi.)

  14. 14

    لَهُۥ دَعْوَةُ ٱلْحَقِّ ۖ وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسْتَجِيبُونَ لَهُم بِشَىْءٍ إِلَّا كَبَٰسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَٰلِغِهِۦ ۚ وَمَا دُعَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍۢ

    Lahoo da'watul haqq; wallazeena yad'oona min doonihee laa yastajeeboona lahum bishai'in illaa kabaasiti kaffaihi ilal maaa'i liyablugha faahu wa maa huwa bibaalighih; wa maa du'aaa'ul aafireena illaa fee dalaal

    Haq daʼvati Unikidir. Undan oʻzgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv ogʻziga yetishini kutgan odamga oʻxsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan oʻzga hech narsa emasdir.

  15. 15

    وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًۭا وَكَرْهًۭا وَظِلَٰلُهُم بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْءَاصَالِ ۩

    Wa lillaahi yasjudu man fis samaawaati wal ardi taw 'anw wa karhanw wa zilaaluhum bilghuduwwi wal aasaal

    Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar. [8]

    [8] («Osmonlardagi kimsalar» farishtalar va yana ularga oʻxshagan-oʻxshamagan yoki umuman boshqa maxluqlar boʻlishi mumkin. «Yerdagi kimsalar» deganda esa, insonlar va jinlar tushuniladi. Ularning hammasi, xohlasalar ham, xohlamasalar ham, Alloh taologa sajda qiladilar, Unga taslimdirlar, U joriy etgan qonunlarga boʻyinsunib yashaydilar. Nafaqat ularning jasadlari, balki soyalari ham Allohning amriga ertayu kech boʻyinsunadilar — sajda qiladilar. Birorta soya oʻz egasining xohishiga binoan tushmaydi, uning xohlaganicha ham boʻlmaydi.)

  16. 16

    قُلْ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ قُلِ ٱللَّهُ ۚ قُلْ أَفَٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ لَا يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ نَفْعًۭا وَلَا ضَرًّۭا ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ أَمْ هَلْ تَسْتَوِى ٱلظُّلُمَٰتُ وَٱلنُّورُ ۗ أَمْ جَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ خَلَقُوا۟ كَخَلْقِهِۦ فَتَشَٰبَهَ ٱلْخَلْقُ عَلَيْهِمْ ۚ قُلِ ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍۢ وَهُوَ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّٰرُ

    Wul mar Rabbus samaawaati wal ard; qulillaah; qul afattakhaztum min dooniheee awliyaaa'a laa yamlikoona li anfusihim naf'anw wa laa darraa; qul hal yastawil a'maa wal baseeru am hal tastawiz zulumaatu wannoor; am ja'aloo lillaahi shurakaaa'a khalaqoo kakhalqihee fatashaa bahal khalqu 'alaihim; qulil laahu Khaaliqu kulli shai'inw wa Huwal Waahidul Qahhar

    Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «Oʻzingizga Undan oʻzga, oʻzlariga foyda yoki zararga ega boʻlmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Koʻzi koʻr bilan koʻruvchi barobar boʻlurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar boʻlurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga oʻxshash maxluqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilar-u, ularga yaratilgan maxluqotlarga oʻxshash koʻrinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U Birdir, Qahhordir», degin.

  17. 17

    أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَسَالَتْ أَوْدِيَةٌۢ بِقَدَرِهَا فَٱحْتَمَلَ ٱلسَّيْلُ زَبَدًۭا رَّابِيًۭا ۚ وَمِمَّا يُوقِدُونَ عَلَيْهِ فِى ٱلنَّارِ ٱبْتِغَآءَ حِلْيَةٍ أَوْ مَتَٰعٍۢ زَبَدٌۭ مِّثْلُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْحَقَّ وَٱلْبَٰطِلَ ۚ فَأَمَّا ٱلزَّبَدُ فَيَذْهَبُ جُفَآءًۭ ۖ وَأَمَّا مَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ فَيَمْكُثُ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَالَ

    Anzala minas samaaa'i maaa'an fasaalat awdiyatum biqadarihaa fahtamalas sailu zabadar raabiyaa; wa mimmmaa yooqidoona 'alaihi fin naarib tighaaa'a bilyatin aw mataa'in zabadum misluh; kazaalika yadribul laahul haqqa wal baatil; fa ammaz zabadu fa yazhabu jufaaa'aa; wa ammaa maa yanfa'un naasa fa yamkusu fil ard; kazaalika yadribul laahul amsaal

    U osmondan suv tushirdi. Soʻngra vodiylarda oʻz miqdoricha sel oqdi. Bas, sel oʻz ustiga chiqqan koʻpikni koʻtarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida oʻtda toblanadigan narsalarda ham shunga oʻxshash koʻpik boʻlur. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo koʻpik oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketur. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qolur. Alloh misollarni ana shunday keltirur. [9]

    [9] (Alloh taolo osmondan suv tushirib, yomgʻir yogʻdirsa, sel oqadi. Shu bilan birga, sel oʻzining ustida koʻpikni ham oqizib keladi. Bunda suv haqqa, koʻpik botilga oʻxshatilmoqda. Zeb-ziynat yasaladigan oltin va kumush, asbob-uskuna yasaladigan temir va mis kabi maʼdanlar ustida ham zang va keraksiz moddalar boʻladi. Bu masalda haqqa asl maʼdanlar, botilga zang va koʻpik qiyos qilinmoqda. Koʻpik, garchand suvning ustiga chiqib turgan boʻlsa ham, baribir u koʻpikdir. Maʼdanlardagi zang va boshqa moddalar ularni oʻrab turgan boʻlsalar ham, toblanish vaqti kelganda, birpasda yoʻq boʻlib ketadilar. Botil ham shunday: oʻzidan-oʻzi yoʻq boʻlib ketadi.)

  18. 18

    لِلَّذِينَ ٱسْتَجَابُوا۟ لِرَبِّهِمُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُۥ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْا۟ بِهِۦٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْحِسَابِ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

    Lillazeenas tajaaboo lirabbihimul husnaa; wallazeena lam yastajeeboo lahoo law anna lahum maa fil ardi jamee'anw wa mislahoo ma'ahoo laftadaw bih; ulaaa'ika lahum sooo'ul hisaab; wa maawaahum Jahannamu wa bi'sal mihaad

    Robbilariga ijobat etganlarga goʻzallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega boʻlsalar-u, uni fido qilsalar ham, ana oʻshalarga yomon hisob boʻlur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir.

  19. 19

    ۞ أَفَمَن يَعْلَمُ أَنَّمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ كَمَنْ هُوَ أَعْمَىٰٓ ۚ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Afamai ya'lamu annamaaa unzila ilaika mir Rabbikal haqqu kaman huwa a'maa; innamaa yatazakkaru ulul albaab

    Senga Robbingdan nozil qilingan narsa albatta haq ekanini biladigan kimsa koʻr odamga oʻxsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar.

  20. 20

    ٱلَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهْدِ ٱللَّهِ وَلَا يَنقُضُونَ ٱلْمِيثَٰقَ

    Allazeena yoofoona bi'ahdil laahi wa laa yanqu doonal meesaaq

    Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir. [10]

    [10] (Bu oyati karimadagi ahd barcha ahdlarni oʻz ichiga oladi, bu ahdlarning avvalida iymon ahdi turadi. Bu oyati karimadagi miysoq ham barcha miysoqlarini oʻz ichiga oladi.)

  21. 21

    وَٱلَّذِينَ يَصِلُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوٓءَ ٱلْحِسَابِ

    Wallazeena yasiloona maaa amaral laahu bihee an yoosala wa yakhshawna Rabbahum wa yakhaafoona sooo'al hisaab

    Ular Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsani bogʻlarlar, Robbilaridan choʻchirlar va yomon hisobdan qoʻrqarlar. [11]

    [11] (Bu ishlarning boshida «silayi rahm» — qarindoshlik aloqalarini bogʻlash, ularga yaxshilik qilish turadi. Shuningdek, beva-bechora, yetim-yesir va barcha muhtojlarga, butun mavjudodga yaxshilik qilishlik musulmon insonga vazifa qilib yuklatilgandir.)

  22. 22

    وَٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ سِرًّۭا وَعَلَانِيَةًۭ وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عُقْبَى ٱلدَّارِ

    Wallazeena sabarub tighaaa'a Wajhi Rabbihim wa aqaamus Salaata wa anfaqoo mimmaa razaqnaahum sirranw wa 'alaaniyatanw wa yadra'oona bilhasanatis saiyi'ata ulaaa'ika lahum 'uqbad daar

    Ular Robbilari yuzini koʻzlab, sabr qilarlar. Namozni toʻkis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana oʻshalarga oqibat diyori bordir.

  23. 23

    جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ يَدْخُلُونَهَا وَمَن صَلَحَ مِنْ ءَابَآئِهِمْ وَأَزْوَٰجِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِم مِّن كُلِّ بَابٍۢ

    jannaatu 'adiny yadkhu loonahaa wa man salaha min aabaaa'ihim wa man salaha min aabaaa'ihim wa azwaajihim wa zurriyyaatihim walmalaaa'i katu yadkhuloona 'alaihim min kulli baab

    Adn jannatlaridir. Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih boʻlganlari kirarlar. Soʻngra, ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib:

  24. 24

    سَلَٰمٌ عَلَيْكُم بِمَا صَبَرْتُمْ ۚ فَنِعْمَ عُقْبَى ٱلدَّارِ

    Salaamun 'alaikum bimaa sabartum; fani'ma 'uqbad daar

    «Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom boʻlsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!» (derlar). [12]

    [12] (Mazkur jannatga huzur-halovatlari yanada toʻliq boʻlsin uchun ota-onalari, er yoki xotinlari va oʻgʻil-qizlari ham qoʻshilib kiradilar. Ammo sharti bor. Oʻsha ota-onalar, jufti halollar va zurriyotlar ahli solih boʻlishlari kerak. Ahli solih boʻlmasalar, kira olmaydilar. Adn jannatlari katta neʼmat, unga kirganlar ulugʻ maqomga erishadilar.)

  25. 25

    وَٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مِيثَٰقِهِۦ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ۙ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوٓءُ ٱلدَّارِ

    Wallazeena yanqudoona 'Ahdal laahi mim ba'di meesaaqihee wa yaqta'oona maaa amaral laahu biheee ai yoosala wa yufsidoona fil ardi ulaaa'ika lahumul la'natu wa lahum sooo'ud daar

    Allohning ahdini miysoqdan keyin buzadiganlar, Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsalarni uzadiganlar va yer yuzida buzgʻunchilik qiladiganlarga, ana oʻshalarga laʼnat va ularga yomon diyor bor.

  26. 26

    ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ وَفَرِحُوا۟ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا فِى ٱلْءَاخِرَةِ إِلَّا مَتَٰعٌۭ

    Allaahu yabsutur rizqa limai yashaaa'u wa yaqdir; wa farihoo bilhayaatid dunyaa wa mal hayaatud dunya fil Aakhirati illaa mataa'

    Alloh xohlagan kishisining rizqini keng qilur va (xohlagannikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila shod boʻldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos.

  27. 27

    وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ

    Wa yaqoolul lazeena kafaroo law laaa unzila 'alaihi Aayatum mir Rabbih; qul innal laaha yudillu mai yashaa'u wa yahdeee ilaihi man anaab

    Va kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir moʻjiza tushsa edi», derlar. Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazur va oʻziga yoʻnalganlarini hidoyat qilur», deb ayt.

  28. 28

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ ٱللَّهِ ۗ أَلَا بِذِكْرِ ٱللَّهِ تَطْمَئِنُّ ٱلْقُلُوبُ

    Allazeena aamanoo wa tatma'innu quloobuhum bizikril laah; alaa bizikril laahi tatma'innul quloob

    Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi? [13]

    [13] (Ha, iymon keltirganlarning qalblari Allohning zikri ila orom topadi. Chunki u qalblar oʻzlarining Allohga doimiy bogʻliq ekanlarini his etadilar. Chunki bu qalblar dunyodagi hamma narsa Allohdan ekanligini yaxshi biladilar.)

  29. 29

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ طُوبَىٰ لَهُمْ وَحُسْنُ مَـَٔابٍۢ

    Allazeena aamanoo w a'amilus saalihaati toobaa lahum wa husnu ma aab

    Iymon keltirganlar va yaxshi amallarni qilganlarga xushnudlik va goʻzal maskan bor.

  30. 30

    كَذَٰلِكَ أَرْسَلْنَٰكَ فِىٓ أُمَّةٍۢ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهَآ أُمَمٌۭ لِّتَتْلُوَا۟ عَلَيْهِمُ ٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِٱلرَّحْمَٰنِ ۚ قُلْ هُوَ رَبِّى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ مَتَابِ

    Kazaalika arsalnaaka feee ummatin qad khalat min qablihaaa umamul litatluwa 'alaihimul lazeee awhainaaa ilaika wa hum yakfuroona bir Rahmaaan; qul Huwa Rabbee laaa ilaaha illaa Huwa Rabbee laaa ilaaha illaa Huwa 'alaihi tawakkaltu wa ilaihi mataab

    Shunday qilib, seni oʻzlaridan oldin ham ummatlar oʻtgan bir ummatga ularga oʻzingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Uning Oʻzigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning Oʻzigadir», deb ayt.

  31. 31

    وَلَوْ أَنَّ قُرْءَانًۭا سُيِّرَتْ بِهِ ٱلْجِبَالُ أَوْ قُطِّعَتْ بِهِ ٱلْأَرْضُ أَوْ كُلِّمَ بِهِ ٱلْمَوْتَىٰ ۗ بَل لِّلَّهِ ٱلْأَمْرُ جَمِيعًا ۗ أَفَلَمْ يَا۟يْـَٔسِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَهَدَى ٱلنَّاسَ جَمِيعًۭا ۗ وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ تُصِيبُهُم بِمَا صَنَعُوا۟ قَارِعَةٌ أَوْ تَحُلُّ قَرِيبًۭا مِّن دَارِهِمْ حَتَّىٰ يَأْتِىَ وَعْدُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ

    Wa law anna Quraanan suyyirat bihil jibaalu aw qutti'at bihil ardu aw kullima bihil mawtaa; bal lillaahil amru jamee'aa; afalam yai'asil lazeena aamanooo al law yashaaa 'ullaahu lahadan naasa jamee'aa; wa laa yazaalul lazeena kafaroo tuseebuhum bimaa sana'oo qaari'atun aw tahullu qareebam min daarihim hatta yaatiya wa'dul laah; innal laaha laa yukhliful mee'aad

    Agar Qurʼon ila togʻlar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki oʻliklar tilga kiritiladigan boʻlganida (imkoni bor edi). Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga, to Allohning vaʼdasi kelguncha, oʻz ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh vaʼdaga xilof qilmas. [14]

    [14] (Qurʼonning ishi ham Allohga xosdir. Alloh Qurʼonni odamlarga xitob etish uchun, ularning qalblariga taʼsir oʻtkazish uchun nozil etdi. Bu bilan esa, togʻlarni joyidan jildirishdan, yerni parchalashdan yoki oʻliklarni tilga kiritishdan koʻra ulkanroq ishlar qilindi. Butun dunyo xalqlarining tarixi joyidan jildirildi, qalblaridagi, fikrlardagi toshlar, muzlar parchalandi va xalqlarning ruhiga jon kirdi.)

  32. 32

    وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَأَمْلَيْتُ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ

    Wa laqadis tuhzi'a bi Rusulim min qablika fa amlaitu lillazeena kafaroo summa akhaztuhum fakaifa kaana 'iqaab

    Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. Soʻngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq boʻlgan edi?!

  33. 33

    أَفَمَنْ هُوَ قَآئِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفْسٍۭ بِمَا كَسَبَتْ ۗ وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ قُلْ سَمُّوهُمْ ۚ أَمْ تُنَبِّـُٔونَهُۥ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلْأَرْضِ أَم بِظَٰهِرٍۢ مِّنَ ٱلْقَوْلِ ۗ بَلْ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مَكْرُهُمْ وَصُدُّوا۟ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍۢ

    Afaman Huwa qaaa'imun 'alaa kulli nafsim bimaa kasabat; wa ja'aloo illlaahi shurakaaa'a qul samoohum; am tunabbi'oona hoo bimaa laa ya'lamu fil ardi; am bizaahirim minal qawl; bal zuyyina lillazeena kafaroo makruhum wa suddoo 'anis sabeel; wa mai yudlilil laaahu famaa lahoo min haad;

    Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yoʻq, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab koʻrsatildi va ular yoʻldan toʻsdilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi boʻlmas. [15]

    [15] (Demak, gap boshqa yoqda ekan. Kofirlarning dinu diyonatga qarshi qilayotgan makr-hiylalari ularga ziynatlab koʻrsatilibdi. Ular, bu qilayotgan ishimiz toʻgʻri va goʻzaldir, deb oʻyladilar. Makr-hiylalarida davom etaverdilar. Oqibatda esa, Allohning yoʻlidan toʻsildilar. Zalolatga ketdilar.)

  34. 34

    لَّهُمْ عَذَابٌۭ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَشَقُّ ۖ وَمَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍۢ

    Lahum 'azaabun fil hayaatid dunyaa wa la'azaabul Aakhirati ashaaq, wa maa lahum minal laahi min-waaq

    Ularga bu dunyo hayotida azob bor. Albatta, oxirat azobi mashaqqatliroq. Ular uchun Allohdan saqlovchi boʻlmas.

  35. 35

    ۞ مَّثَلُ ٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۖ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ أُكُلُهَا دَآئِمٌۭ وَظِلُّهَا ۚ تِلْكَ عُقْبَى ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوا۟ ۖ وَّعُقْبَى ٱلْكَٰفِرِينَ ٱلنَّارُ

    Masalul Jannatil latee wu'idal muttaqoona tajree min tahtihal anhaaru ukuluhaa daaa'imunw wa zilluhaa; tilka uqbal lazeenat taqaw wa 'uqbal kafireenan Naar

    Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannatning misoli (budir): ostidan anhorlar oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu, taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, doʻzaxdir.

  36. 36

    وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَفْرَحُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ ۖ وَمِنَ ٱلْأَحْزَابِ مَن يُنكِرُ بَعْضَهُۥ ۚ قُلْ إِنَّمَآ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ وَلَآ أُشْرِكَ بِهِۦٓ ۚ إِلَيْهِ أَدْعُوا۟ وَإِلَيْهِ مَـَٔابِ

    Wallazeena aatainaa humul Kitaaba yafrahoona bimaa unzila ilaika wa minal Ahzaabi mai yunkiru ba'dah; qul innamaa umirtu an a'budal laaha wa laaa ushrika bih; ilaihi ad'oo wa ilaihi maab

    Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand boʻlurlar. Guruhlar ichida uning baʼzisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina daʼvat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt.

  37. 37

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ حُكْمًا عَرَبِيًّۭا ۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم بَعْدَمَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا وَاقٍۢ

    Wa kazaalika anzalnaahu hukman 'Arabiyyaa; wa la'init taba'ta ahwaaa 'ahum ba'da maa jaaa'aka minal 'ilmi maa laka minal laahi minw waliyinw wa laa waaq

    Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen oʻzingga kelgan ilmdan soʻng ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir doʻst va na bir saqlovchi boʻlmas.

  38. 38

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًۭا مِّن قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَٰجًۭا وَذُرِّيَّةًۭ ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِىَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلٍۢ كِتَابٌۭ

    Wa laqad arsalnaa Rusulam min qablika wa ja'alnaa lahum azwaajanw wa zurriyyah; wa maa kaana lirasoolin ai yaatiya bi aayatin illaa bi iznil laah; likulli ajalin kitaab

    Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Paygʻambar Allohning iznisiz oyat-moʻjiza keltirgan emas. Har bir ajalning oʻz kitobi bordir. [16]

    [16] (Yaʼni, sening oddiy bashar boʻlishingning ajablanadigan joyi yoʻq. Birov, bu oʻzimizga oʻxshagan odam ekan, unga iymon keltirmayman, agar farishta boʻlganida iymon keltirar edim, deyishga haqqi yoʻq. Biz doimo oddiy odamlarni paygʻambar qilib kelganmiz, farishtalarni emas. Oʻsha sendan oldin oʻtgan paygʻambarlarning ham senga oʻxshab oilasi, bola-chaqalari boʻlgan.)

  39. 39

    يَمْحُوا۟ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ وَيُثْبِتُ ۖ وَعِندَهُۥٓ أُمُّ ٱلْكِتَٰبِ

    Yamhul laahu maa yashaaa'u wa yusbitu wa 'indahooo ummul Kitaab

    Alloh nimani xohlasa, mahv qilur, nimani xohlasa, sobit qilur. Ona kitob Uning dargohidadir. [17]

    [17] (Dunyodagi narsalardan nimani xohlasa, foydasiz yoki muddati bitdi, deb topsa, mahv etadi, yoʻqotadi. Nimani foydali deb topsa, tursin desa, sobit qiladi, qoldiradi. Bularning hammasi va boshqa narsalar yozilgan ona kitob Allohning huzuridadir.)

  40. 40

    وَإِن مَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَٰغُ وَعَلَيْنَا ٱلْحِسَابُ

    Wa im maa nurriyannaka ba'dal lazee na'iduhum aw nata waffayannaka fa innamaa 'alaikal balaaghu wa 'alainal hisaab

    Ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini senga koʻrsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir.

  41. 41

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَا ۚ وَٱللَّهُ يَحْكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكْمِهِۦ ۚ وَهُوَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Awalam yaraw annaa naatil arda nanqusuhaa min atraafihaa; wallaahu yahkumu laa mu'aqqiba lihukmih; wa Huwa saree'ul hisaab

    Biz yerga kelib, uning atrofidan qisqartirib borayotganimizni koʻrmaslarmi?! Hukmni Alloh qiladir. Uning hukmini taʼqib qilguvchi yoʻqdir. U hisobi tez Zotdir. [18]

    [18] (Kofirlar vaqt oʻtishi bilan yerdagi hayrotlar kamayib borayotganini koʻrmaydilarmi? Boy-badavlat, hayrotlarga toʻla yurtlar aholisining kofirligi tufayli boyligi, davlati va hayrotlaridan judo boʻlayotganlarini koʻrmaydilarmi? Uni biz qilmoqdamiz. Allohdan oʻzga hech kim hukm qila olmaydi. Agar U biror yurtni tanazzulga uchrashiga hukm qilsa, oʻsha boʻladi. Agar ishonmaydigan boʻlsalar, tarixga bir nazar solsinlar.)

  42. 42

    وَقَدْ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلِلَّهِ ٱلْمَكْرُ جَمِيعًۭا ۖ يَعْلَمُ مَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍۢ ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلْكُفَّٰرُ لِمَنْ عُقْبَى ٱلدَّارِ

    Wa qad makaral lazeena min qablihim falillaahil makru jamee'aa; ya'lamu maa taksibu kullu nafs; wa sa ya'lamul kuffaaru liman 'uqbad daar

    Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar. Ammo, barcha makrlar Allohning (ilkidadir). U har bir jon nima qilishini biladir. Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga boʻlishini bilajaklar.

  43. 43

    وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَسْتَ مُرْسَلًۭا ۚ قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ وَمَنْ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْكِتَٰبِ

    Wa yaqoolul lazeena kafaroo lasta mursalaa; qul kafaa billaahi shaheedam bainee wa bainakum wa man 'indahoo 'ilmul Kitaab

    Kufr keltirganlar: «Paygʻambar emassan», derlar. Sen: «Men bilan sizning orangizda Alloh va Kitob ilmi bor kimsalar yetarli guvohdir», deb ayt.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com