Sura 12
Yusuf
يُوسُفَ
Yusuf · Makkiy · 111 oyat
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
- 1
الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ
Alif-Laaam-Raa; tilka Aayaatul Kitaabil Mubeen
Alif. Laam. Ro. Ushbular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.
- 2
إِنَّآ أَنزَلْنَٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّۭا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Innaaa anzalnaahu quraanan 'Arabiyyal la 'allakum ta'qiloon
Biz uni arabiy Qurʼon etib nozil qildik, shoyadki, aql ishlatsangiz.
- 3
نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ ٱلْقَصَصِ بِمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ وَإِن كُنتَ مِن قَبْلِهِۦ لَمِنَ ٱلْغَٰفِلِينَ
Nahnu naqussu 'alaika ahsanal qasasi bimaaa awhainaaa ilaika haazal quraana wa in kunta min qablihee laminal ghaafileen
Biz senga ushbu Qurʼonda vahiy qilgan narsamiz ila eng goʻzal qissani hikoya qilurmiz. Agarchi undan oldin sen bundan bexabarlardan boʻlsang ham.
- 4
إِذْ قَالَ يُوسُفُ لِأَبِيهِ يَٰٓأَبَتِ إِنِّى رَأَيْتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوْكَبًۭا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ رَأَيْتُهُمْ لِى سَٰجِدِينَ
Iz qaala Yoosufu li abeehi yaaa abati innee ra aytu ahada 'ashara kawkabanw wash shamsa walqamara ra aytuhum lee saajideen
Yusuf otasiga: «Ey otajonim, men oʻn bitta yulduzni ham quyosh va oyni koʻrdim, ularning menga sajda qilayotganlarini koʻrdim», deganini esla. [1]
[1] (Bu tushni koʻrganda Yusuf alayhissalom yosh bola edi. Odatda yosh bolalar bunchalar aniq va bashoratli tush koʻrmaydilar. Yaʼqub alayhissalom kichik oʻgʻli Yusufdan koʻrgan tushini eshitib, shu gaplar xayolidan oʻtdi. Bu tush ulugʻ kelajakdan bashorat ekanini angladi.)
- 5
قَالَ يَٰبُنَىَّ لَا تَقْصُصْ رُءْيَاكَ عَلَىٰٓ إِخْوَتِكَ فَيَكِيدُوا۟ لَكَ كَيْدًا ۖ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ لِلْإِنسَٰنِ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ
Qaala yaa bunaiya laa taqsus ru'yaaka 'alaaa ikhwatika fayakeedoo laka kaidaa; innash Shaitaana lil insaani 'aduwwum mubeen
U: «Ey oʻgʻilcham, tushingni akalaringga aytmagin. Yana, ular senga biror hiyla qilmasinlar. Albatta, shayton insonga ochiq-oydin dushmandir.
- 6
وَكَذَٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ ءَالِ يَعْقُوبَ كَمَآ أَتَمَّهَا عَلَىٰٓ أَبَوَيْكَ مِن قَبْلُ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ
Wa kazaalika yajtabeeka rabbuka wa yu'allimuka min taaweelil ahaadeesi wa yutimmu ni'matahoo 'alaika wa 'alaaa Aali Ya'qooba kamaaa atammahaa 'alaaa abawaika min qablu Ibraaheema wa Ishaaq; inna Rabbaka 'Aleemun hakeem
Shunday qilib, Robbing seni tanlab oladi, senga tushlarning taʼbirini oʻrgatadi va senga va Yaʼqub ahliga, xuddi otalaring Ibrohim va Isʼhoqqa batamom qilganidek, Oʻz neʼmatini batamom qilib beradi. Albatta, Robbing bilguvchi va hikmatli Zotdir», – dedi. [2]
[2] (Allohning Paygʻambari boʻlmish Yaʼqub alayhissalom oʻgʻli Yusuf koʻrgan tushni ana shunday taʼbir qilgan edi. Bu tush Yusufning kelajakda bobolari Ibrohim va Isʼhoq alayhimussalomlar kabi paygʻambar boʻlishidan darak berar edi.)
- 7
۞ لَّقَدْ كَانَ فِى يُوسُفَ وَإِخْوَتِهِۦٓ ءَايَٰتٌۭ لِّلسَّآئِلِينَ
Laqad kaana fee Yoosufa wa ikhwatiheee Aayaatul lissaaa'ileen
Batahqiq, Yusuf va uning ogʻa-inilarida soʻrovchilar uchun oyat-ibratlar bor edi. [3]
[3] (Yaʼni, Yusuf va uning aka-ukalari qissasida ajoyib ibratli alomat-belgilar juda ham koʻpdir. Kim soʻrasa, eʼtibor bersa, diqqat bilan oʻrgansa, kerakligicha vaʼz-nasihat, ibrat va oʻrnak oladi.)
- 8
إِذْ قَالُوا۟ لَيُوسُفُ وَأَخُوهُ أَحَبُّ إِلَىٰٓ أَبِينَا مِنَّا وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّ أَبَانَا لَفِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ
Iz qaaloo la Yoosufu wa akhoohu ahabbu ilaaa Abeenaa minnaa wa nahnu 'usbah; inna abaanaa lafee dalaalim mubeen
Oʻshanda ular: «Albatta, Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan koʻra mahbubroqlar, holbuki, biz koʻpchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq-oydin adashuvdadir. [4]
[4] (Yaʼni, Yusufning akalari (ular oʻn kishi boʻlib, onalari boshqa edi), otamiz bizdan koʻra ukamiz Yusuf va uning ota-ona bir ukasi ikkovini yaxshi koʻradi, aslida ulardan koʻra bizga koʻproq eʼtibor berishi kerak edi, otamiz bu ishda adashmoqda, dedilar.)
- 9
ٱقْتُلُوا۟ يُوسُفَ أَوِ ٱطْرَحُوهُ أَرْضًۭا يَخْلُ لَكُمْ وَجْهُ أَبِيكُمْ وَتَكُونُوا۟ مِنۢ بَعْدِهِۦ قَوْمًۭا صَٰلِحِينَ
Uqtuloo Yoosufa awitra hoohu ardany yakhlu lakum wajhu abeekum wa takoonoo mim ba'dihee qawman saaliheen
Yusufni oʻldiringlar yoki uzoq yerga olib borib tashlanglar, shunda otangizning yuzi sizga xoli qoladi. Bundan keyin solih qavmdan boʻlib olasizlar», – dedilar. [5]
[5] (Bu ularning oʻzaro maslahatlari edi. Ular nima qilib boʻlsa ham, Yusufni yoʻqotib, otalari faqat oʻzlariga eʼtibor berishi uchun harakatga tushib qoldilar. Shayton vasvasaga solganda shunday boʻladi.)
- 10
قَالَ قَآئِلٌۭ مِّنْهُمْ لَا تَقْتُلُوا۟ يُوسُفَ وَأَلْقُوهُ فِى غَيَٰبَتِ ٱلْجُبِّ يَلْتَقِطْهُ بَعْضُ ٱلسَّيَّارَةِ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ
Qaalaa qaaa'ilum minhum laa taqtuloo Yoosufa wa alqoohu fee ghayaabatil jubbi yaltaqithu badus sai yaarati in kuntum faa 'ileen
Ulardan bir soʻzlovchi: «Yusufni oʻldirmanglar. Agar biron ish qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduqning qaʼriga tashlanglar, baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi», dedi. [6]
[6] (Akalar gapni bir joyga qoʻyib, rejani amalga oshirish uchun harakatga tushdilar. Borib, otalarini avray boshladilar.)
- 11
قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا مَا لَكَ لَا تَأْمَ۫نَّا عَلَىٰ يُوسُفَ وَإِنَّا لَهُۥ لَنَٰصِحُونَ
Qaaloo yaaa abaanaa maa laka laa taamannaa 'alaa Yoosufa wa innaa lahoo lanaa sihoon
Ular: «Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz.
- 12
أَرْسِلْهُ مَعَنَا غَدًۭا يَرْتَعْ وَيَلْعَبْ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ
Arilhu ma'anaa ghadany yarta'wa yal'ab wa innaa lahoo lahaafizoon
Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, oʻynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», – dedilar.
- 13
قَالَ إِنِّى لَيَحْزُنُنِىٓ أَن تَذْهَبُوا۟ بِهِۦ وَأَخَافُ أَن يَأْكُلَهُ ٱلذِّئْبُ وَأَنتُمْ عَنْهُ غَٰفِلُونَ
Qaala innee la yahzununeee an tazhaboo bihee wa akhaafu anyyaakulahuz zi'bu wa antum 'anhu ghaafiloon
U: «Uni olib ketishingiz meni xafa qiladi. Siz undan gʻofil qolsangiz, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman», – dedi. [7]
[7] (Uni sizlarga ishonib, qoʻshib yubora olmayman, degan maʼnodagi soʻzni yumshoqroq qilib aytdilar.)
- 14
قَالُوا۟ لَئِنْ أَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّآ إِذًۭا لَّخَٰسِرُونَ
Qaaloo la in akalahuzzi'bu wa nahnu 'usbatun innaaa izal lakhaasiroon
Ular: «Agar biz koʻpchilik boʻlib turib, uni boʻri yeb ketsa, unda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da?!» – dedilar.
- 15
فَلَمَّا ذَهَبُوا۟ بِهِۦ وَأَجْمَعُوٓا۟ أَن يَجْعَلُوهُ فِى غَيَٰبَتِ ٱلْجُبِّ ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ لَتُنَبِّئَنَّهُم بِأَمْرِهِمْ هَٰذَا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
Falammaa zahaboo bihee wa ajma'ooo anyyaj'aloohu fee ghayaabatil jubb; wa awyainaaa ilaihi latunabbi 'annahum bi amrihim haaza wa hum laa yash'uroon
Uni olib ketib, quduq qaʼriga tashlashga qaror qilganlarida, Biz unga: «Sen, albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, oʻshanda ular seni sezmaslar ham», deb vahiy qildik. [8]
[8] (Nihoyat, Yusufning akalari oʻzlarining mashʼum niyatlariga yetdilar. Uni quduq qaʼriga tashlash haqidagi qarorlarini amalga oshirdilar. Quduq qaʼrida qalbi xavfga toʻlib, oʻlimini kutib oʻtirgan yosh Yusufga vahiy keldi: Yaʼni, sen xafa boʻlma, qoʻrqma ham, vaqti-soati kelib, akalaringga oʻzingga qilgan xiyonatlarining xabarini berasan. Oʻshanda vaziyat shu darajada oʻzgaradiki, akalaring seni tanimaydilar ham.)
- 16
وَجَآءُوٓ أَبَاهُمْ عِشَآءًۭ يَبْكُونَ
Wa jaaa'ooo abaahum 'ishaaa 'any yabkoon
Kechqurun yigʻlagan hollarida otalariga kelib:
- 17
قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّا ذَهَبْنَا نَسْتَبِقُ وَتَرَكْنَا يُوسُفَ عِندَ مَتَٰعِنَا فَأَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُؤْمِنٍۢ لَّنَا وَلَوْ كُنَّا صَٰدِقِينَ
Qaaloo yaaa abaanaaa innaa zahabnaa nastabiqu wa taraknaa Yoosufa 'inda mataa'inaa fa akhalahuz zi'b, wa maaa anta bimu'minil lanaa wa law kunnaa saadiqeen
«Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, oʻzimiz quvlashib ketsak, uni boʻri yeb qoʻyibdi. Agar rostgoʻy boʻlsak ham, sen bizga ishonmassan», – dedilar.
- 18
وَجَآءُو عَلَىٰ قَمِيصِهِۦ بِدَمٍۢ كَذِبٍۢ ۚ قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًۭا ۖ فَصَبْرٌۭ جَمِيلٌۭ ۖ وَٱللَّهُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ
Wa jaaa'oo 'alaa qamee shihee bidamin kazi' qaala bal sawwalat lakum anfusukum amraa; fasabrun jameel; wallaahul musta'aanu 'alaa man tasifoon
Va uning yolgʻon qonga boʻyalgan koʻylagini keltirdilar. U: «Yoʻq! Sizga havoyi nafsingiz biror ishni ziynatlab koʻrsatibdi. Endi chiroyli sabr(dan boshqa choram yoʻq). Siz vasf qilayotgan narsada yordam soʻraladigan Zot yolgʻiz Allohning Oʻzi», – dedi. [9]
[9] (Oʻgʻillar otalarini ishontirish maqsadida Yusufning koʻylagini yolgʻondan qonga boʻyab olib kelishdi. Ammo Allohning Paygʻambari Yaʼqub alayhissalom gap nimada ekanini tushundilar. Yusufni boʻri yemagani ham u kishiga ayon boʻldi.)
- 19
وَجَآءَتْ سَيَّارَةٌۭ فَأَرْسَلُوا۟ وَارِدَهُمْ فَأَدْلَىٰ دَلْوَهُۥ ۖ قَالَ يَٰبُشْرَىٰ هَٰذَا غُلَٰمٌۭ ۚ وَأَسَرُّوهُ بِضَٰعَةًۭ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ
Wa jaaa'at saiyaaratun fa-arsaloo waaridahum fa adlaa dalwah; qaala yaa bushraa haaza ghulaam; wa asarroohu bi-daa'ah; wallaahu 'aleemum bimaa ya'maloon
Va yoʻlovchilar kelib (quduqqa) suvchilarini yubordilar. Bas, u chelagini tashladi va: «Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!» – dedi. Uni tijorat moli sifatida yashirib qoʻydilar. Zotan, Alloh ularning nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.
- 20
وَشَرَوْهُ بِثَمَنٍۭ بَخْسٍۢ دَرَٰهِمَ مَعْدُودَةٍۢ وَكَانُوا۟ فِيهِ مِنَ ٱلزَّٰهِدِينَ
Wa sharawhu bisamanim bakhsin daraahima ma'doo datinw wa kaanoo feehi minaz zaahideen
Va uni arzon bahoga, sanoqli dirhamlarga sotdilar. Ular unga qiziqmagan edilar. [10]
[10] (Yusufning hur inson ekanligi, nasli oshkor boʻlib qolsa, boshlariga nimalar kelishini yaxshi bilardilar. Shuning uchun tezroq sotishga harakat qildilar.)
- 21
وَقَالَ ٱلَّذِى ٱشْتَرَىٰهُ مِن مِّصْرَ لِٱمْرَأَتِهِۦٓ أَكْرِمِى مَثْوَىٰهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًۭا ۚ وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلِنُعَلِّمَهُۥ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ وَٱللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰٓ أَمْرِهِۦ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Wa qaalal lazish taraahu mim Misra limra atiheee akrimee maswaahu 'asaaa any-yanfa'anaaa aw nattakhizahoo waladaa; wa kazaalika mak-kannaa li-Yoosufa fil ardi wa linu'allimahoo min taaweelil ahaadees; wallaahu ghaalibun 'alaaa amrihee wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon
Va uni Misrda sotib olgan (odam) oʻz xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad, bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», – dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning taʼbirini oʻrgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qoʻydik. Alloh Oʻz ishida gʻolibdir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar. [11]
[11] (Allohning tadbiri boʻlmasa, karvon qayoqdayu quduq qaʼrida oʻtirgan Yusuf qayoqda? Karvon toʻxtamay, oʻtib ketsa ham boʻlaverardi. Ammo toʻxtadi. Yusufni koʻrdi. Uni sotib, foyda qilishmoqchi ham boʻldilar. Berkitib qoʻyishmasa, birorta mahalliy odam uni koʻrib, Misrga bormay qolib ketishi ham mumkin edi. Lekin Alloh ularning koʻngliga berkitib qoʻyishni soldi. Uni Misrda sotib olgan kishining qalbida esa, mehr-shafqat uygʻotdi. Mana shunday qilib, uni eng yaxshi joyga joylashtirdi. Bu ham kelajakda boʻladigan ulugʻ ishlar tomon bir qadam siljish edi.)
- 22
وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥٓ ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa lammaa balagha ashuddahooo aatainaahu bukmanw wa 'ilmaa; wa kazaa lika najzil muhsineen
Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Goʻzal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.
- 23
وَرَٰوَدَتْهُ ٱلَّتِى هُوَ فِى بَيْتِهَا عَن نَّفْسِهِۦ وَغَلَّقَتِ ٱلْأَبْوَٰبَ وَقَالَتْ هَيْتَ لَكَ ۚ قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ رَبِّىٓ أَحْسَنَ مَثْوَاىَ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ
Wa raawadat hul latee huwa fee baitihaa 'an nafsihee wa ghallaqatil abwaaba wa qaalat haita lak; qaala ma'aazal laahi innahoo rabbeee ahsana maswaay; innahoo laa yuflihuz-zaalimoon
U uyida boʻlgan ayol undan nafsini xohladi. Eshiklarni berkitib: «Bu yoqqa kel!» – dedi. U: «Alloh saqlasin! Axir, u joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta, zolimlar najot topmaslar», – dedi. [12]
[12] (Yaʼni, bunday harom ishni qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Shuning uchun ham, axir u, yaʼni uy egasi — xotinning eri, joyimni yaxshilab bergan xoʻjam-ku, dedi. Menga shuncha yaxshilik qilgan insonga xiyonat etib, xotinining gapiga kirib, fahsh ish qilamanmi? Agar shunday qiladigan boʻlsam, zolimlardan boʻlaman.)
- 24
وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِۦ ۖ وَهَمَّ بِهَا لَوْلَآ أَن رَّءَا بُرْهَٰنَ رَبِّهِۦ ۚ كَذَٰلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ ٱلسُّوٓءَ وَٱلْفَحْشَآءَ ۚ إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُخْلَصِينَ
Wa laqad hammat bihee wa hamma bihaa law laaa ar ra-aa burhaana rabbih;; kazaalika linasrifa 'anhu sooo'a walfa hshaaa'; innahoo min 'ibaadi nal mukhlaseen
Batahqiq, xotin unga intildi. U ham, agar Robbining burhon(hujjat)ini koʻrmaganida, u(xotin)ga intilar edi. Undan yomonlik va fahsh ishlarni uzoqlashtirish uchun shunday qildik. Albatta, u Bizning muxlis bandalarimizdandir.
- 25
وَٱسْتَبَقَا ٱلْبَابَ وَقَدَّتْ قَمِيصَهُۥ مِن دُبُرٍۢ وَأَلْفَيَا سَيِّدَهَا لَدَا ٱلْبَابِ ۚ قَالَتْ مَا جَزَآءُ مَنْ أَرَادَ بِأَهْلِكَ سُوٓءًا إِلَّآ أَن يُسْجَنَ أَوْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ
Wastabaqal baaba wa qaddat qameesahoo min dubu rinw wa alfayaa saiyidahaa ladal baab; qaalat maa jazaaa'u man araada bi ahlika sooo'an illaaa any-yusjana aw azaabun aleem
Eshik tomon chopishdi. Xotin uning koʻylagini orqasidan yulib oldi. Eshik oldida u(xotin)ning xojasiga duch kelishdi. U(xotin): «Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi faqatgina qamalmoq yoki alamli azobdir», – dedi. [13]
[13] (Xotinning eri kelib qoldi. Nima qilish kerak? Makkor xotin oʻzini yoʻqotmay, darhol hujumga oʻtdi: «Yusuf menga — sening ahlingga yomon niyat bilan hamla etdi, buzuqlik qilishni xohladi. Endi uning jazosi yoki qamoq, yoki alamli azob boʻlishi kerak», dedi.)
- 26
قَالَ هِىَ رَٰوَدَتْنِى عَن نَّفْسِى ۚ وَشَهِدَ شَاهِدٌۭ مِّنْ أَهْلِهَآ إِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن قُبُلٍۢ فَصَدَقَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ
Qaala hiya raawadatnee 'an nafsee wa shahida shaahidum min ahlihaa in kaana qameesuhoo qudda min qubulin fasadaqat wa huwa minal kaazibeen
U: «Uning oʻzi mening nafsimni xohladi», – dedi. U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin rost aytibdir, u yolgʻonchilardandir.
- 27
وَإِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍۢ فَكَذَبَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ
Wa in kaana qameesuhoo qudda min duburin fakazabat wa huwa minas saadiqeen
Agar uning koʻylagi ort tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin yolgʻon gapiribdir, u rostgoʻylardandir», – dedi. [14]
[14] (Voqeani hech kim koʻrmagan. Faqatgina koʻylak yirtilgan. Shunga qarab aniqlash mumkin. Agar koʻylak old tomondan yirtilgan boʻlsa, Yusuf hamla qilgan, xotin esa, himoyalanish chogʻida koʻylakning oldidan yirtib olgan boʻladi. U holda xotinning daʼvosi toʻgʻri, Yusuf yolgʻonchi boʻladi. Agar koʻylak ort tomondan yirtilgan boʻlsa, xotin hamla qilgan boʻladi va qochayotgan Yusufni tutish uchun ortidan tashlanib, koʻylakni yirtgan boʻladi. U holda xotin yolgʻon gapirgan, Yusuf esa, rostgoʻy boʻladi. Oqilona gap, odilona hukm.)
- 28
فَلَمَّا رَءَا قَمِيصَهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍۢ قَالَ إِنَّهُۥ مِن كَيْدِكُنَّ ۖ إِنَّ كَيْدَكُنَّ عَظِيمٌۭ
Falammaa ra-aa qamee sahoo qudda min duburin qaala innahoo min kaidikunna inna kaidakunna 'azeem
Er uning koʻylagining ort tomonidan yirtilganini koʻrgan paytda: «Albatta, bu (ish) siz xotinlarning makringizdir. Albatta, siz xotinlarning makri juda zoʻrdir», – dedi.
- 29
يُوسُفُ أَعْرِضْ عَنْ هَٰذَا ۚ وَٱسْتَغْفِرِى لِذَنۢبِكِ ۖ إِنَّكِ كُنتِ مِنَ ٱلْخَاطِـِٔينَ
Yoosofu a'rid 'an haaza wastaghfiree lizambiki innaki kunti minal khaati'een
«Ey Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istigʻfor ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan boʻlding», – dedi.
- 30
۞ وَقَالَ نِسْوَةٌۭ فِى ٱلْمَدِينَةِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ تُرَٰوِدُ فَتَىٰهَا عَن نَّفْسِهِۦ ۖ قَدْ شَغَفَهَا حُبًّا ۖ إِنَّا لَنَرَىٰهَا فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ
Wa qaala niswatun filma deenatim ra atul'Azeezi turaawidu fataahaa 'an nafsihee qad shaghafahaa bubbaa; innaa lana raahaa fee dalaalim mubeen
Shahardagi ayollar: «Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qoʻyib qolgan ekan-da! Biz u(ayol)ni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz», – deyishdi.
- 31
فَلَمَّا سَمِعَتْ بِمَكْرِهِنَّ أَرْسَلَتْ إِلَيْهِنَّ وَأَعْتَدَتْ لَهُنَّ مُتَّكَـًۭٔا وَءَاتَتْ كُلَّ وَٰحِدَةٍۢ مِّنْهُنَّ سِكِّينًۭا وَقَالَتِ ٱخْرُجْ عَلَيْهِنَّ ۖ فَلَمَّا رَأَيْنَهُۥٓ أَكْبَرْنَهُۥ وَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ وَقُلْنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا هَٰذَا بَشَرًا إِنْ هَٰذَآ إِلَّا مَلَكٌۭ كَرِيمٌۭ
Falammaa sami'at bimak rihinna arsalat ilaihinna wa a'tadat lahunna muttaka anw wa aatat kulla waahidatim min hunna sikkeenanw wa qaala tikh ruj 'alaihinna falammaa ra aynahooo akbarnahoo wa qatta'na aydiyahunna wa qulna haasha lillaahi maa haaza basharaa; in haazaaa illaa malakun kareem
U ularning makri haqida eshitgan vaqtda, ularga odam yuborib chaqirdi. Ularga suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi. Va har birlariga pichoq berdi. Soʻngra (Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» – dedi. Uni koʻrgan chogʻlarida lol qoldilar, qoʻllarini kesdilar. Va: «Alloh saqlasin!! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning oʻzi-ku!» – deyishdi. [15]
[15] (Yusuf mehmonlarning huzuriga chiqdi. Ayollar uning husnu jamolini koʻrib, boshlari aylanib, lol qoldilar, hayratga tushdilar va beixtiyor: «Qoʻllarini kesdilar». Ana shunda Azizning xotini ularni, Yusufning husnu jamoli oldida taajjub va hayrat ila lol boʻlganlarini koʻrib, oʻzini gʻolib sezdi. Endi u oʻzini malomat qilgan ayollar ustidan kula boshladi.)
- 32
قَالَتْ فَذَٰلِكُنَّ ٱلَّذِى لُمْتُنَّنِى فِيهِ ۖ وَلَقَدْ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ فَٱسْتَعْصَمَ ۖ وَلَئِن لَّمْ يَفْعَلْ مَآ ءَامُرُهُۥ لَيُسْجَنَنَّ وَلَيَكُونًۭا مِّنَ ٱلصَّٰغِرِينَ
Qaalat fazaalikunnal lazee lumtunnanee feeh; wa laqad raawattuhoo 'an nafsihee fasta'sam; wa la'il lam yaf'al maaa aamuruhoo la yusjananna wa la yakoonam minas saaghireen
U: «Siz meni malomat qilgan narsa — shu. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u oʻzini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta qamalur va xor boʻlguvchilardan boʻlur», – dedi.
- 33
قَالَ رَبِّ ٱلسِّجْنُ أَحَبُّ إِلَىَّ مِمَّا يَدْعُونَنِىٓ إِلَيْهِ ۖ وَإِلَّا تَصْرِفْ عَنِّى كَيْدَهُنَّ أَصْبُ إِلَيْهِنَّ وَأَكُن مِّنَ ٱلْجَٰهِلِينَ
Qaala rabbis sijnu ahabbu ilaiya mimma yad'oo naneee 'ilaihi wa illaa tasrif 'annee kaidahunna asbu ilaihinna wa akum minal jaahileen
U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan koʻra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan Oʻzing nari qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman», – dedi.
- 34
فَٱسْتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ فَصَرَفَ عَنْهُ كَيْدَهُنَّ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Fastajaaba lahoo rabbuhoo fasarafa 'anhu kaidahunn; innahoo Huswas_Samee'ul 'Aleem
Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Uning Oʻzi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
- 35
ثُمَّ بَدَا لَهُم مِّنۢ بَعْدِ مَا رَأَوُا۟ ٱلْءَايَٰتِ لَيَسْجُنُنَّهُۥ حَتَّىٰ حِينٍۢ
Summa badaa lahum mim ba'di maa ra-awul Aayaati layasjununnahoo hatta heen
Soʻngra, oyat-alomatlarni koʻrganlaridan keyin, ularga uni bir muddat qamashlari ayon boʻldi. [16]
[16] (Boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng, Aziz va uning atrofidagilarga, xotinning ahliga Yusufning beayb ekanligi alomatlari zohir boʻlib, koʻzlari bilan koʻrganlaridan keyin, uni bir muddat qamashlari ayon boʻldi. Yusuf alayhissalomning boshlariga yangi sinov keldi. U kishi qamoqqa tushdi.)
- 36
وَدَخَلَ مَعَهُ ٱلسِّجْنَ فَتَيَانِ ۖ قَالَ أَحَدُهُمَآ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَعْصِرُ خَمْرًۭا ۖ وَقَالَ ٱلْءَاخَرُ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَحْمِلُ فَوْقَ رَأْسِى خُبْزًۭا تَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِنْهُ ۖ نَبِّئْنَا بِتَأْوِيلِهِۦٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa dakhala ma'ahussijna fata yaan; qaala ahaduhumaaa inneee araaneee a'siru khamranw wa qaalal aakharu inneee khubzan taakulut tairu minh; nabbi 'naa bitaaweelihee innaa naraaka minal muhsineen
U bilan qamoqqa ikkita yigit ham kirdi. Ulardan biri: «Men tushimda sharob tayyorlab yuribman», – dedi. Boshqasi esa: «Men boshimda non koʻtarib yuribman, qush undan yemoqda», – dedi. «Bizga buning taʼbirini xabar qil. Biz seni, shubhasiz, yaxshi amal qilguvchilardan, deb bilmoqdamiz».
- 37
قَالَ لَا يَأْتِيكُمَا طَعَامٌۭ تُرْزَقَانِهِۦٓ إِلَّا نَبَّأْتُكُمَا بِتَأْوِيلِهِۦ قَبْلَ أَن يَأْتِيَكُمَا ۚ ذَٰلِكُمَا مِمَّا عَلَّمَنِى رَبِّىٓ ۚ إِنِّى تَرَكْتُ مِلَّةَ قَوْمٍۢ لَّا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ كَٰفِرُونَ
Qaala laa yaateekumaa ta'aamun turzaqaaniheee illaa nabbaatukumaa bitaaweelihee qabla any yaatiyakumaa; zaali kumaa mimmaa 'allamanee rabbee; innee taraktu millata qawmil laa yu'minoona billaahi wahum bil aakhirati hum kaafiroon
U: «Men sizlarga rizq boʻladigan taom kelguniga qadar uning qanday ekanining xabarini berurman. Bu ish menga Robbim taʼlim bergan narsalardandir. Chunki, men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir boʻlgan qavmning millati(dini)ni tark etgan odamman. [17]
[17] (Yusuf alayhissalom oʻzlariga umid bilan qarab turgan ikki yigitga latofat bilan javob berdilar. Dastlab, ular tushunolmay qiynalayotgan jumboqni yechish oson ish ekanligiga ishora qildilar. Soʻngra din haqida soʻz ochdilar. U kishining aqidalari va daʼvat qilayotgan dinlari boshqa dinlar qatori Allohga va oxirat kuniga iymon keltirishga asoslangan. Bu ikki unsur hamma paygʻambarlarning aqidasidir.)
- 38
وَٱتَّبَعْتُ مِلَّةَ ءَابَآءِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ۚ مَا كَانَ لَنَآ أَن نُّشْرِكَ بِٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ ۚ ذَٰلِكَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ عَلَيْنَا وَعَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ
Wattab'tu millata aabaaa'eee Ibraaheema wa Ishaaqa wa Ya'qoob; maa kaana lanaaa an nushrika billaahi min shai' zaalikamin fadlil laahi 'alainaa wa 'alan naasi wa laakinna aksaran naasi laa yashkuroon
Va otalarim Ibrohim, Isʼhoq va Yaʼqubning millati (dini)ga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaslar. [18]
[18] (Yusuf alayhissalom bu soʻzlari bilan kufrni tark etibgina qolmay, hidoyat, iymon yoʻliga yurish zarurligini ham qamoqdagi sheriklariga anglatmoqdalar. Ularni kufr millatini tashlab, iymon millatiga ergashishga daʼvat qilmoqdalar.)
- 39
يَٰصَىٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ ءَأَرْبَابٌۭ مُّتَفَرِّقُونَ خَيْرٌ أَمِ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ
Yaa saahibayis sijni 'a-arbaabum mutafarriqoona khayrun amil laahul waahidul qahhaar
Ey, hamzindon doʻstlarim, turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolgʻizu Qahhor Allohmi?
- 40
مَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ أَسْمَآءًۭ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍ ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّآ إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Maa ta'budoona min doonihee illaaa asmaaa'an sam maitumoohaaa antum wa aabaaa'ukum maaa anzalal laahu bihaa min sultan; inilhukmu illaa lillaah; amara allaa ta'budooo illaaa iyyaah; zaalikad deenul qaiyimu wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon
Sizlar undan oʻzga, oʻzingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir, U faqat Oʻzigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana oʻsha toʻgʻri dindir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar.
- 41
يَٰصَىٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ أَمَّآ أَحَدُكُمَا فَيَسْقِى رَبَّهُۥ خَمْرًۭا ۖ وَأَمَّا ٱلْءَاخَرُ فَيُصْلَبُ فَتَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِن رَّأْسِهِۦ ۚ قُضِىَ ٱلْأَمْرُ ٱلَّذِى فِيهِ تَسْتَفْتِيَانِ
Yaa saahibayis sijni ammaaa ahadukumaa fa yasqee rabbahoo khamranw wa ammal aakharu fa yuslabu fataakulut tairu mir raasih; qudiyal amrul lazee feehi tastaftiyaan
Ey, hamzindon doʻstlarim, sizlardan biringiz xoʻjasiga xamr soqiyligi qiladir. Boshqasi boʻlsa, osiladi va qushlar uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi boʻlgan ish bitdi», – dedi. [19]
[19] (Yusuf alayhissalom tush taʼbirini aytishda juda rioya bilan, odob bilan ish tutdilar. Albatta, shuning oʻzi ham ochiq-oydin koʻrsatib turibdiki, tushida sharob siqayotgan yigit yana borib, xoʻjasi — podshoh saroyida soqiy boʻlib xizmat qilar ekan. Tushida boshida non koʻtarib yurgan, oʻsha nondan qushlar kelib choʻqib yeyayotganini koʻrgan shaxs esa, osiladi va qushlar kelib, boshini yeydi.)
- 42
وَقَالَ لِلَّذِى ظَنَّ أَنَّهُۥ نَاجٍۢ مِّنْهُمَا ٱذْكُرْنِى عِندَ رَبِّكَ فَأَنسَىٰهُ ٱلشَّيْطَٰنُ ذِكْرَ رَبِّهِۦ فَلَبِثَ فِى ٱلسِّجْنِ بِضْعَ سِنِينَ
Wa qaala lillazee zanna annahoo najim minhumaz kurnee 'inda rabbika fa-ansaahush Shaitaanu zikra Rabbihee falabisa fis sijni bad'a sineen
Va u oʻzi ikkovlaridan najot topguvchi deb bilgan shaxsga: «Xoʻjang huzurida meni esga ol», – dedi. Shayton unga xoʻjasiga eslatishni unuttirdi. Bas, u qamoqda bir necha yil qoldi. [20]
[20] (Yusuf alayhissalom ikki hamzindon doʻstlariga tushlarining taʼbirini aytib boʻlganlaridan soʻng, ulardan najot topadi, deb bilgan shaxsga, yaʼni soqiyga: «Xoʻjang huzurida meni esga ol», dedilar. Darhaqiqat, tushning taʼbiri toʻgʻri chiqdi. Haligi yigit qamoqdan ozod boʻlib, yana podshohga soqiylik qila boshladi. Ammo Yusuf alayhissalomning iltimosini bajo keltirmadi.)
- 43
وَقَالَ ٱلْمَلِكُ إِنِّىٓ أَرَىٰ سَبْعَ بَقَرَٰتٍۢ سِمَانٍۢ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌۭ وَسَبْعَ سُنۢبُلَٰتٍ خُضْرٍۢ وَأُخَرَ يَابِسَٰتٍۢ ۖ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَأُ أَفْتُونِى فِى رُءْيَٰىَ إِن كُنتُمْ لِلرُّءْيَا تَعْبُرُونَ
Wa qaalal maliku inneee araa sab'a baqaraatin simaaniny yaakuluhunna sab'un 'ijaafunw wa sab'a sumbulaatinkhudrinw wa ukhara yaabisaat; yaaa ayuhal mala-u aftoonee fee nu'yaaya in kuntum lirru'yaa ta'buroon
Podshoh: «Men tushimda yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻini koʻrmoqdaman. Ey aʼyonlar, agar tush taʼbirini qiladigan boʻlsangiz, menga tushimning fatvosini bering», – dedi. [21]
[21] (Misr podshohining «koʻrmoqdaman» deb aytishidan mazkur tushni bir emas, bir necha marta koʻrganligi maʼlum boʻladi. U faqat shu tushni koʻraverganidan keyin aʼyonlarini toʻplab, ularga tushini aytgan va taʼbir qilishlarini soʻragan.)
- 44
قَالُوٓا۟ أَضْغَٰثُ أَحْلَٰمٍۢ ۖ وَمَا نَحْنُ بِتَأْوِيلِ ٱلْأَحْلَٰمِ بِعَٰلِمِينَ
Qaalooo adghaasu ahlaa minw wa maa nahnu bitaaweelil ahlaami bi'aalimeen
Ular: «Bu algʻov-dalgʻov tushdir. Biz bunday tushlarning taʼbirini biluvchi emasmiz», – dedilar.
- 45
وَقَالَ ٱلَّذِى نَجَا مِنْهُمَا وَٱدَّكَرَ بَعْدَ أُمَّةٍ أَنَا۠ أُنَبِّئُكُم بِتَأْوِيلِهِۦ فَأَرْسِلُونِ
Wa qaalal lazee najaa minhumaa waddakara ba'da ummatin ana unabbi'ukum bitalweelihee fa-arsiloon
Va ikkisidan najot topgani ancha muddat oʻtgandan soʻng xotirlab: «Buning taʼbirining xabarini sizga men beraman. Meni yuboring», – dedi. [22]
[22] (Yaʼni, Yusuf alayhissalom bilan qamoqda boʻlgan yigit bir necha yillar oʻtgandan soʻng Yusufni va uning tush taʼbiri bilimdoni ekanini xotirlab, meni Yusufning huzuriga yuboring, dedi.)
- 46
يُوسُفُ أَيُّهَا ٱلصِّدِّيقُ أَفْتِنَا فِى سَبْعِ بَقَرَٰتٍۢ سِمَانٍۢ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌۭ وَسَبْعِ سُنۢبُلَٰتٍ خُضْرٍۢ وَأُخَرَ يَابِسَٰتٍۢ لَّعَلِّىٓ أَرْجِعُ إِلَى ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَعْلَمُونَ
Yoosufu ayyuhas siddee qu aftinaa fee sab'i baqaraatin simaaniny yaakuluhunna sab'un 'ijaafunw wa sabi'i sumbulaatin khudrinw wa ukhara yaabisaatil la'alleee arj'u ilan naasi la'allahum ya'lamoon
U: «Yusuf, ey, rostgoʻy zot, bizga yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganining va yettita yashil boshoqning va shuncha qurugʻining taʼbirini ayt. Shoyadki, odamlarga qaytib borsam, ular ham bilsalar», – dedi.
- 47
قَالَ تَزْرَعُونَ سَبْعَ سِنِينَ دَأَبًۭا فَمَا حَصَدتُّمْ فَذَرُوهُ فِى سُنۢبُلِهِۦٓ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّمَّا تَأْكُلُونَ
Qaala tazra'oona sab'a sineena da aban famaa basattum fazaroohu fee sumbu liheee illaa qaleelam mimmaa taakuloon
U: «Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yigʻishtirib olgan hosilingizni boshogʻida qoldiring. Magar ozgina yeydiganingizni (qoldirmasangiz ham boʻlur). [23]
[23] (Yaʼni, podshoh tushida koʻrgan yettita semiz sigir va yashil boshoqning taʼbiri shulki, yetti yil juda serhosil keladi. Hosil toʻplaysizlar. Oʻshanda toʻplagan hosillaringizni boshogʻida qoldiring. Yaxshi saqlanadi. Chirimaydi, qurt-qumursqalar teshib ketolmaydi. Faqat oʻzingiz uchun yeyishga yarashasini olsangiz, boʻlaveradi.)
- 48
ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ سَبْعٌۭ شِدَادٌۭ يَأْكُلْنَ مَا قَدَّمْتُمْ لَهُنَّ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّمَّا تُحْصِنُونَ
Summa yaatee mim ba'di zaalika sab'un shidaaduny yaa kulna maa qaddamtum lahunna illaa qaleelam mimma tuhsinoon
Soʻngra, undan keyin yettita shiddatli (yil) kelur, ular oldindan tayyorlab qoʻyganingizni yeydilar. Magar, ozgina asrab qoʻyganingizgina qolur. [24]
[24] (Serhosil yetti yildan keyin qahatchilik yillari keladi. Podshohning tushidagi yetti oriq sigir va quruq boshoq shunga ishorat. Oʻsha yetti shiddatli, qahatchilik yili oʻzidan oldingi yetti serobchilik yilini yeydi.)
- 49
ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ عَامٌۭ فِيهِ يُغَاثُ ٱلنَّاسُ وَفِيهِ يَعْصِرُونَ
Summa yadtee mim ba'di zaalika 'aamun feehi yughaa sun naasu wa feehi ya'siroon
Soʻngra, undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinurlar va unda (mevalarni) siqurlar», – dedi. [25]
[25] (Bu oyatda kelayotgan bashorat podshohning tushidan tashqaridadir. Yaʼni, Misr podshohi koʻrgan tushda bunday yilga taʼbir qilinadigan ishora yoʻq. Bu keyingisi Yusuf alayhissalomning paygʻambarlik moʻjizalaridir.)
- 50
وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُ ٱلرَّسُولُ قَالَ ٱرْجِعْ إِلَىٰ رَبِّكَ فَسْـَٔلْهُ مَا بَالُ ٱلنِّسْوَةِ ٱلَّٰتِى قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ ۚ إِنَّ رَبِّى بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌۭ
Wa qaalal maliku'toonee bihee falammaa jaaa'ahur rasoolu qaalar-ji ilaa rabbika fas'alhu maa baalun niswatil laatee qatta'na aydiyahunn; inna Rabbee bikaidihinna 'Aleem
Podshoh: «Uni menga keltiringlar», – dedi. Unga elchi kelgan paytda: «Xoʻjang huzuriga qaytib bor va undan qoʻllarini kesgan xotinlarning holi nima boʻlganini soʻra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir», – dedi.
- 51
قَالَ مَا خَطْبُكُنَّ إِذْ رَٰوَدتُّنَّ يُوسُفَ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ قُلْنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا عَلِمْنَا عَلَيْهِ مِن سُوٓءٍۢ ۚ قَالَتِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْـَٰٔنَ حَصْحَصَ ٱلْحَقُّ أَنَا۠ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ
Qaala maa khatbukunna iz raawattunna Yoosufa 'annafsih; qulna haasha lillaahi maa 'alimnaa 'alaihi min sooo'; qaalatim ra atul 'Azeezil 'aana hashasal haqq, ana raawat tuhoo 'an nafsihee wa innahoo laminas saadiqeen
U: «Yusufning nafsini xohlagan vaqtingizdagi ishingiz nima edi?» – dedi. Ular: «Alloh saqlasin! Biz unda biron yomonlik sezmadik», – dedilar. Azizning xotini: «Endi haqiqat zohir boʻldi. Men uning nafsini xohladim. Albatta, u sodiqlardandir», – dedi.
- 52
ذَٰلِكَ لِيَعْلَمَ أَنِّى لَمْ أَخُنْهُ بِٱلْغَيْبِ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى كَيْدَ ٱلْخَآئِنِينَ
Zaalika liya'lama annee lam akhunhu bilghaibi wa annal laaha laa yahdee kaidal khaaa'ineen
Bu, men unga yoʻgʻida orqasidan xiyonat qilmaganimni, albatta, Alloh xoinlarning makrini toʻgʻrilikka yoʻllamasligini bilishi uchundir.
- 53
۞ وَمَآ أُبَرِّئُ نَفْسِىٓ ۚ إِنَّ ٱلنَّفْسَ لَأَمَّارَةٌۢ بِٱلسُّوٓءِ إِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّىٓ ۚ إِنَّ رَبِّى غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ
Wa maa ubarri'u nafsee; innan nafsa la ammaaratum bissooo'i illaa maa rahima Rabbee; inna Rabbee Ghafoorur Raheem
Va oʻz nafsimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahim qilmasa, yomonlikka undovchidir. Albatta, Robbim magʻfiratli va bilguvchi Zotdir», – dedi.
- 54
وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦٓ أَسْتَخْلِصْهُ لِنَفْسِى ۖ فَلَمَّا كَلَّمَهُۥ قَالَ إِنَّكَ ٱلْيَوْمَ لَدَيْنَا مَكِينٌ أَمِينٌۭ
Wa qaalal maliku' toonee biheee astakhlishu linafsee falammaa kallamahoo qaala innakal yawma ladainaa makeenun ameen
Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni oʻzimga xos kishilardan qilib olaman», – dedi. U bilan gaplashganda esa: «Albatta, sen bugungi kunda huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardansan», – dedi. [26]
[26] (Podshohga Yusuf alayhissalomning pok ekanliklari maʼlum boʻlganidan soʻng, uni qamoqdan chiqarib olib kelishni va u zotni oʻziga xos kishilardan qilib olishini aytdi.)
- 55
قَالَ ٱجْعَلْنِى عَلَىٰ خَزَآئِنِ ٱلْأَرْضِ ۖ إِنِّى حَفِيظٌ عَلِيمٌۭ
Qaalaj 'alnee 'alaa khazaaa'inil ardi innee hafeezun 'aleem
U: «Meni yerning xazinalari ustiga qoʻy. Albatta, men muhofaza qiluvchi va biluvchiman», – dedi. [27]
[27] (Yusuf alayhissalom podshohga, men xazinani qanday muhofaza qilish — saqlash va uni qanday tasarruf qilishni biluvchiman, dedilar. Tush taʼbiriga koʻra, Misr oʻlkasi kelajakda xuddi shunday sifatlarni mujassam qilgan odamga muhtoj edi.)
- 56
وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ يَتَبَوَّأُ مِنْهَا حَيْثُ يَشَآءُ ۚ نُصِيبُ بِرَحْمَتِنَا مَن نَّشَآءُ ۖ وَلَا نُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa kazaalika makkannaa li Yoosufa fil ardi yatabawwa'u minhaa haisu yashaaaa'; nuseebu birahmatinaa man nashaaa'u wa laa nudee'u ajral muhsineen
Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni oʻzi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. Oʻz rahmatimizni, kimni xohlasak, oʻshanga muyassar eturmiz va goʻzal amal qiluvchilarning ajrini zoye qilmasmiz.
- 57
وَلَأَجْرُ ٱلْءَاخِرَةِ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ
Wa la ajrul Aakhirati khairul lillazeena aamanoo wa kaanoo yattaqoon
Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq boʻlur.
- 58
وَجَآءَ إِخْوَةُ يُوسُفَ فَدَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَعَرَفَهُمْ وَهُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ
Wa jaaa'a ikhwatu Yoosufa fadakhaloo 'alaihi fa'arafahum wa hum lahoo munkiroon
Yusufning ogʻa-inilari keldilar va uning huzuriga kirdilar. Bas, u ularni tanidi. Ular esa, uni tanimadilar. [28]
[28] (Yusuf alayhissalomning husni tadbirlari va Alloh bergan imkonlarni ishga solishlari Misr ahli qahatchilikdan katta zarar koʻrmadi. Hatto boshqa oʻlkalar ulardan oziq-ovqat soʻrab kela boshladi. Misrda oziq-ovqat serobligini eshitib, Yusuf alayhissalomning ogʻa-inilari ham shu yoqqa kelishdi.)
- 59
وَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ قَالَ ٱئْتُونِى بِأَخٍۢ لَّكُم مِّنْ أَبِيكُمْ ۚ أَلَا تَرَوْنَ أَنِّىٓ أُوفِى ٱلْكَيْلَ وَأَنَا۠ خَيْرُ ٱلْمُنزِلِينَ
Wa lammaa jahhazahum bijahaazihim qaala' toonee bi akhil lakum min abeekum; alaa tarawna anneee oofil kaila wa ana khairul munzileen
Ularning jihozlarini yuklagan vaqtda: «Mening huzurimga ota bir iningizni olib keling. Koʻrayapsizlarmi? Men oʻlchovni toʻla qilmoqdaman va men eng yaxshi mezbonman.
- 60
فَإِن لَّمْ تَأْتُونِى بِهِۦ فَلَا كَيْلَ لَكُمْ عِندِى وَلَا تَقْرَبُونِ
Fa il lam taatoonee bihee falaa kaila lakum 'indee wa laa taqraboon
Agar uni huzurimga olib kelmasangiz, unda sizga mening dargohimda oʻlchab berish yoʻq va menga yaqin ham kelmanglar», – dedi. [29]
[29] (Yusuf alayhissalom ularga soʻragan narsalarini — oziq-ovqatni ham berdilar. Joʻnab ketishlaridan oldin mollarini yuklash, yoʻlga tayyorgarlik koʻrish paytida, yanagi safar ota bir inilarini ham olib kelishni tayinladilar.)
- 61
قَالُوا۟ سَنُرَٰوِدُ عَنْهُ أَبَاهُ وَإِنَّا لَفَٰعِلُونَ
Qaaloo sanuraawidu 'anhu abaahu wa innaa lafaa'iloon
Ular: «Uni otasidan soʻrab olib kelishga urinamiz. Biz buni, albatta, qiluvchimiz», – dedilar.
- 62
وَقَالَ لِفِتْيَٰنِهِ ٱجْعَلُوا۟ بِضَٰعَتَهُمْ فِى رِحَالِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَعْرِفُونَهَآ إِذَا ٱنقَلَبُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa qaala lifityaanihij 'aloo bidaa'atahum fee rihaalihim la'allahum ya'rifoonahaaa izan qalabooo ilaaa ahlihim la'allahum yarji'oon
U oʻz yigitlariga: «Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qoʻyinglar. Shoyad, ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar», – dedi.
- 63
فَلَمَّا رَجَعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَبِيهِمْ قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا مُنِعَ مِنَّا ٱلْكَيْلُ فَأَرْسِلْ مَعَنَآ أَخَانَا نَكْتَلْ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ
Falammaa raja'ooo ilaaa abeehim qaaloo yaaa abaanaa muni'a minnal kailu fa arsil ma'anaaa akhaanaa naktal wa innaa lahoo lahaafizoon
Otalari huzuriga qaytib borganlarida: «Ey otamiz, bizga oʻlchab berish man etildi. Biz bilan inimizni yubor, oʻlchab olamiz va, albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», – dedilar.
- 64
قَالَ هَلْ ءَامَنُكُمْ عَلَيْهِ إِلَّا كَمَآ أَمِنتُكُمْ عَلَىٰٓ أَخِيهِ مِن قَبْلُ ۖ فَٱللَّهُ خَيْرٌ حَٰفِظًۭا ۖ وَهُوَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ
Qaala hal aamanukum 'alihi illaa kamaa amintukum 'alaaa akheehimin qabl; fal laahu khairun haafizanw wa Huwa arhamur Raahimeen
U: «Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi? Allohning Oʻzi eng yaxshi muhofazachi va Uning Oʻzi rahimlilarning eng rahimligidir», – dedi.
- 65
وَلَمَّا فَتَحُوا۟ مَتَٰعَهُمْ وَجَدُوا۟ بِضَٰعَتَهُمْ رُدَّتْ إِلَيْهِمْ ۖ قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا مَا نَبْغِى ۖ هَٰذِهِۦ بِضَٰعَتُنَا رُدَّتْ إِلَيْنَا ۖ وَنَمِيرُ أَهْلَنَا وَنَحْفَظُ أَخَانَا وَنَزْدَادُ كَيْلَ بَعِيرٍۢ ۖ ذَٰلِكَ كَيْلٌۭ يَسِيرٌۭ
Wa lammaa fatahoo mataa 'ahum wajadoo bidaa'atahum ruddat ilaihim qaaloo yaaa abaanaa maa nabghee; haazihee bida 'atunaa ruddat ilainaa wa nameeru ahlanaa wa nahfazu akhaanaa wa nazdaadu kaila ba'eer; zaalika kailuny yaseer
Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining oʻzlariga qaytarilganini bildilar. «Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz oʻzimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) oʻlchovi olamiz. Bu ozgina oʻlchovdir», – dedilar.
- 66
قَالَ لَنْ أُرْسِلَهُۥ مَعَكُمْ حَتَّىٰ تُؤْتُونِ مَوْثِقًۭا مِّنَ ٱللَّهِ لَتَأْتُنَّنِى بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يُحَاطَ بِكُمْ ۖ فَلَمَّآ ءَاتَوْهُ مَوْثِقَهُمْ قَالَ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌۭ
Qaala lan ursilahoo ma'akum hattaa tu'tooni mawsiqam minal laahis lataa tunnanee biheee illaaa nay yuhaata bikum falammaaa aatawhu mawsiqahum qaalal laahu 'alaa maa naqoolu Wakeel
U: «Toki menga, albatta huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa bermaguningizcha, uni zinhor siz ila yubormasman. Magar (halokatga) oʻralib qolsangiz, boshqa gap», – dedi. Unga vasiyqalarini berganlarida, u: «Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir», – dedi.
- 67
وَقَالَ يَٰبَنِىَّ لَا تَدْخُلُوا۟ مِنۢ بَابٍۢ وَٰحِدٍۢ وَٱدْخُلُوا۟ مِنْ أَبْوَٰبٍۢ مُّتَفَرِّقَةٍۢ ۖ وَمَآ أُغْنِى عَنكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَعَلَيْهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ
Wa qaala yaa baniyya laa tadkhuloo mim baabinw waa hidinw wadkhuloo min abwaabim mutafarriqah; wa maaa ughnee 'ankum minal laahi min shai'in; inil hukmu illaa lillaahi 'alaihi tawakkaltu wa 'alaihi fal yatawakkalil Mutawakkiloon
U: «Ey oʻgʻillarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmayman. Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar», – dedi. [30]
[30] (Yaʼqub alayhissalom oʻgʻillariga manzilga yetganlarida shaharga bir eshikdan emas, boʻlinib, turli eshiklardan kirishlarini nasihat qildilar. U zot Allohning belgilagan taqdirini oʻzgartirib boʻlmasligini yaxshi bilar edilar.)
- 68
وَلَمَّا دَخَلُوا۟ مِنْ حَيْثُ أَمَرَهُمْ أَبُوهُم مَّا كَانَ يُغْنِى عَنْهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ إِلَّا حَاجَةًۭ فِى نَفْسِ يَعْقُوبَ قَضَىٰهَا ۚ وَإِنَّهُۥ لَذُو عِلْمٍۢ لِّمَا عَلَّمْنَٰهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Wa lammaa dakhaloo min haisu amarahum aboohum maa kaana yughnee 'anhum minal laahi min shai'in illaa haajatan fee nafsi Ya'qooba qadaahaa; wa innahoo lazoo 'ilmil limaa 'allamnaahu wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon
Otalari amr etgan tomondan kirdilar. Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi. Magar, Yaʼqubning koʻnglidagi ehtiyoj boʻlib, uni qondirdi, xolos. Albatta, u Biz taʼlim berganimiz tufayli bilim sohibi edi. Lekin koʻpchilik odamlar bilmaslar. [31]
[31] (Yaʼni, oʻgʻillar koʻzlagan manzilga yetib borganlarida otalari nasihatiga amal qilib, hammalari bir eshikdan emas, turli-turli eshiklardan kirdilar. Alloh taqdir qilgan narsa bir eshikdan kirsalar ham, turli eshikdan kirsalar ham, albatta, boʻlardi. Buni Yaʼqub alayhissalomning oʻzlari ham yaxshi bilardilar. Ammo shunga qaramay, oʻgʻillariga turli eshiklardan kirishni nasihat qilishlari «Yaʼqubning koʻnglidagi ehtiyoj boʻlib, uni qondirdi, xolos». Yaʼni, koʻngliga bir aytib qoʻyish tushib, aytib qoʻydi, xolos. Bu yerda boshqa hech qanday sir-asror yoʻq. Gapni koʻpaytirishning ham hojati yoʻq. Bu haqiqatlarni Yaʼqub alayhissalomning oʻzi juda yaxshi biladi.)
- 69
وَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيْهِ أَخَاهُ ۖ قَالَ إِنِّىٓ أَنَا۠ أَخُوكَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Wa lammaa dakhaloo 'alaa Yoosufa aawaaa ilaihi akhaahu qaala inneee ana akhooka falaa tabta'is bimaa kaanoo ya'maloon
Yusufning oldiga kirganlarida, u inisini oʻziga yaqin joylashtirdi va: «Men akangman, ular qilgan narsalardan xafa boʻlma», – dedi. [32]
[32] (Ular Yusuf alayhissalomning huzurlariga kirgan vaqtlarida, u zot mehmonlarni yana yaxshi kutib oldilar. Kichik ukalarini yonlariga olib, boshqalariga bildirmay, «Men akangman», deb oʻzlarini tanitdilar.)
- 70
فَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ جَعَلَ ٱلسِّقَايَةَ فِى رَحْلِ أَخِيهِ ثُمَّ أَذَّنَ مُؤَذِّنٌ أَيَّتُهَا ٱلْعِيرُ إِنَّكُمْ لَسَٰرِقُونَ
Falammaa jahhazahum bijahaazihim ja'alas siqaayata fee rahli akheehi summa azzana mu'azzinun ayyatuhal'eeru innakum lasaariqoon
Ularning jihozlarini hozirlagan paytda, inisining yukiga bir suv idishni solib qoʻydi. Soʻngra, jarchi: «Ey, karvondagilar, sizlar oʻgʻridirsizlar», deb jar soldi. [33]
[33] (Yaʼni, Yusuf alayhissalom ogʻa-inilarining jihozlarini hozirlayotgan xodimlariga aytib, kichik ukasining yukiga bir suv idish qoʻshtirib qoʻydilar. Ular joʻnab ketganlaridan soʻng, orqalaridan bir odam yuborib, ularni oʻgʻrilikda aybladi.)
- 71
قَالُوا۟ وَأَقْبَلُوا۟ عَلَيْهِم مَّاذَا تَفْقِدُونَ
Qaaloo wa aqbaloo 'alaihim maazaa tafqidoon
Ular (ortlaridan kelganlarga) qarab: «Nima yoʻqotdingiz?» – dedilar. [34]
[34] (Demak, karvon ortidan faqat ovoz chiqarib jar solgan kishi emas, boshqalar ham borgan ekan. Ogʻa-inilar ularga qarab turib: «Nima yoʻqotdingiz?» dedilar.)
- 72
قَالُوا۟ نَفْقِدُ صُوَاعَ ٱلْمَلِكِ وَلِمَن جَآءَ بِهِۦ حِمْلُ بَعِيرٍۢ وَأَنَا۠ بِهِۦ زَعِيمٌۭ
Qaaloo nafqidu suwaa'al maliki wa liman jaaa'a bihee himlu ba'eerinw wa ana bihee za'eem
Ular: «Podshohning idishini yoʻqotdik. Uni keltirgan kishiga bir tuya yuk. Men unga kafilman», – dedi. [35]
[35] (Yaʼni, xizmatkorlardan biri hammaning nomidan yuqoridagi gaplarni aytdi. Lekin karvondagilar oʻzlarining aybsiz ekanliklariga ishonchlari komil edi.)
- 73
قَالُوا۟ تَٱللَّهِ لَقَدْ عَلِمْتُم مَّا جِئْنَا لِنُفْسِدَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كُنَّا سَٰرِقِينَ
Qaaloo tallaahi laqad 'alimtum maa ji'na linufsida fil ardi wa maa kunnaa saariqeen
Ular: «Allohga qasamki, oʻzingiz bilasiz, biz yer yuzida fasod uchun kelgan emasmiz, biz oʻgʻrilar boʻlgan emasmiz», – dedilar.
- 74
قَالُوا۟ فَمَا جَزَٰٓؤُهُۥٓ إِن كُنتُمْ كَٰذِبِينَ
Qaaloo famaa jazaaa'u hooo in kuntum kaazibeen
Ular: «Agar yolgʻonchi boʻlib chiqsangiz, jazosi nima?» – dedilar.
- 75
قَالُوا۟ جَزَٰٓؤُهُۥ مَن وُجِدَ فِى رَحْلِهِۦ فَهُوَ جَزَٰٓؤُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ
Qaaloo jazaaa'uhoo manw wujida fee rahlihee fahuwa jazaaa'uh; kazaalika najziz zaalimeen
Ular: «Uning jazosi, kimning yukida topilsa, oʻshadir. Bas, uning jazosi oʻshadir. Zolimni shunday jazolaymiz», – dedilar. [36]
[36] (Yaʼni, bizning qonun-qoidamiz boʻyicha, oʻgʻirlangan narsa kimning yukidan chiqsa, oʻsha odam jazolanadi, dedilar.)
- 76
فَبَدَأَ بِأَوْعِيَتِهِمْ قَبْلَ وِعَآءِ أَخِيهِ ثُمَّ ٱسْتَخْرَجَهَا مِن وِعَآءِ أَخِيهِ ۚ كَذَٰلِكَ كِدْنَا لِيُوسُفَ ۖ مَا كَانَ لِيَأْخُذَ أَخَاهُ فِى دِينِ ٱلْمَلِكِ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَٰتٍۢ مَّن نَّشَآءُ ۗ وَفَوْقَ كُلِّ ذِى عِلْمٍ عَلِيمٌۭ
Fabada-a bi-aw'iyatihim qabla wi'aaa'i akheehi summas takhrajahaa minw wi 'aaa'i akheeh; kazaalika kidnaa li Yoosuf; maa kaana liyaakhuza akhaahu fee deenil maliki illaaa any yashaaa'al laah; narfa'u darajaatim man nashaaa'; wa fawqa kulli zee 'ilmin 'Aleem
U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi. Soʻngra, u(suv idish)ni uning yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik. U, podshohning dini boʻyicha inisini olib qola olmas edi. Magar, Alloh xohlasagina, boʻlishi mumkin edi. Kimni xohlasak, oʻshaning darajasini koʻtaramiz. Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor. [37]
[37] (Misr podshohining qonuni oʻgʻriga boshqa jazo berardi, uni olib qolish mumkin emas edi. Shuning uchun ogʻa-inilarning eʼtirof qildirib, Yaʼqub alayhissalom dini hukmi boʻyicha amal qilishga — oʻgʻrini olib qolishga yoʻl ochildi.)
- 77
۞ قَالُوٓا۟ إِن يَسْرِقْ فَقَدْ سَرَقَ أَخٌۭ لَّهُۥ مِن قَبْلُ ۚ فَأَسَرَّهَا يُوسُفُ فِى نَفْسِهِۦ وَلَمْ يُبْدِهَا لَهُمْ ۚ قَالَ أَنتُمْ شَرٌّۭ مَّكَانًۭا ۖ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَصِفُونَ
Qaaloo iny yasriq faqad saraqa akhul lahoo min qabl; fa asarrahaa Yoosufu fee nafsihee wa lam yubdihaa lahum; qaala antum sharrum makaananw wallaahu a'lamu bimaa tasifoon
Ular: «Agar bu oʻgʻirlagan boʻlsa, bundan oldin uning akasi ham oʻgʻirlagan edi», – dedilar. Yusuf buni koʻngliga tugib qoʻydi, ularga oshkor qilmadi. U: «Oʻzingiz yomonroq turumdasiz. Alloh siz vasf qilayotgan narsani yaxshi bilguvchi Zotdir», – dedi. [38]
[38] (Ular oʻzlarini oqlash uchun navbatdagi yolgʻonni gapirdilar. Endi Yusuf alayhissalomning oʻzlariga u kishi va ukalari haqida yolgʻon toʻqimoqdalar. Ular, kichik oʻgay uka oʻgʻrilik qilgan boʻlsa, bu ajablanarli emas, uning tugʻishgan akasi ham oldin oʻgʻrilik qilgan edi, bu ish ularning tabiatida bor oʻzi, deyishmoqchi.)
- 78
قَالُوا۟ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْعَزِيزُ إِنَّ لَهُۥٓ أَبًۭا شَيْخًۭا كَبِيرًۭا فَخُذْ أَحَدَنَا مَكَانَهُۥٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Qaaloo yaaa ayyuhal 'Azeezu inna lahooo aban shaikhan kabeeran fakhuz ahadanaa makaanahoo innaa naraaka minal muhsineen
Ular: «Ey Aziz, buning katta yoshli chol otasi bor. Bas, birimizni uning oʻrniga ol. Biz sening yaxshilik qiluvchilardan ekanligingni koʻrmoqdamiz», – dedilar.
- 79
قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ أَن نَّأْخُذَ إِلَّا مَن وَجَدْنَا مَتَٰعَنَا عِندَهُۥٓ إِنَّآ إِذًۭا لَّظَٰلِمُونَ
Qaala ma'aazal laahi an naakhuza illaa manw wajadnaa mataa'anaa 'indahoo innaaa izal lazaalimoon
U: «Narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin. Aks holda, albatta, zolimlardan boʻlib qolamiz», – dedi. [39]
[39] (Boshqa oʻrinlarda boʻlgani kabi, bu safar ham Yusuf alayhissalom nozik iboralarni ishlatib, hech kimning haqqiga nojoʻya gap aytmadilar. «Oʻgʻrining» yo «aybdorning oʻrniga» demasdan, «narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin», deya marhamat qildilar.)
- 80
فَلَمَّا ٱسْتَيْـَٔسُوا۟ مِنْهُ خَلَصُوا۟ نَجِيًّۭا ۖ قَالَ كَبِيرُهُمْ أَلَمْ تَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ أَبَاكُمْ قَدْ أَخَذَ عَلَيْكُم مَّوْثِقًۭا مِّنَ ٱللَّهِ وَمِن قَبْلُ مَا فَرَّطتُمْ فِى يُوسُفَ ۖ فَلَنْ أَبْرَحَ ٱلْأَرْضَ حَتَّىٰ يَأْذَنَ لِىٓ أَبِىٓ أَوْ يَحْكُمَ ٱللَّهُ لِى ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ
Falammas tay'asoo minhu khalasoo najiyyan qaala kabeeruhum alam ta'lamoon anna abaakum qad akhaza 'alaikum mawsiqam minal laahi wa min qablu maa farrattum fee Yoosufa falan abrahal arda hattaa yaazana leee abeee aw yahkumal laahu lee wa huwa khairul lhaakimeen
Undan umidni uzgan chogʻlarida, chetga chiqib, xufyona maslahat qildilar. Kattalari: «Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?! Men toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U, hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir.
- 81
ٱرْجِعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَبِيكُمْ فَقُولُوا۟ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّ ٱبْنَكَ سَرَقَ وَمَا شَهِدْنَآ إِلَّا بِمَا عَلِمْنَا وَمَا كُنَّا لِلْغَيْبِ حَٰفِظِينَ
Irji'ooo ilaaa abeekum faqooloo yaaa abaanaaa innab naka saraq; wa maa shahidnaaa illaa bimaa 'alimnaa wa maa kunnaa lilghaibi haafizeen
Otangiz oldiga qaytinglar, bas, unga:«Ey otamiz, haqiqatda oʻgʻling oʻgʻrilik qildi. Biz faqat oʻzimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz gʻaybni biluvchi emas edik.
- 82
وَسْـَٔلِ ٱلْقَرْيَةَ ٱلَّتِى كُنَّا فِيهَا وَٱلْعِيرَ ٱلَّتِىٓ أَقْبَلْنَا فِيهَا ۖ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ
Was'alil qaryatal latee kunnaa feehaa wal'eeral lateee aqbalnaa feehaa wa innaa lasaadiqoon
Biz boʻlgan shahardan soʻra va u yerda biz uchragan karvondan soʻra, biz, albatta, rostgoʻylardanmiz, denglar», dedi. [40]
[40] (Ogʻa-inilarning kattasi boʻlib oʻtgan voqeadan keyin masʼuliyatni his etdi. Otasi oldiga qaytib borishga jurʼat qila olmadi. Otam aybimni kechib, huzuriga borishimga ruxsat bermaguncha yoki Alloh taoloning Oʻzi bu haqda biror hukm chiqarmaguncha Misrdan hech qayerga qimirlamayman. Otamga vaʼda bergan edik. U rozi boʻlib, oʻzi ruxsat bersa yo Alloh bir hukm chiqarsa, yurtimizga qaytishim mumkin. Sizlar, ey ukalarim, yurtimizga qaytib boringlar va otamizga boʻlib oʻtgan voqeani aytib beringlar, deb oyatda kelgan gaplarni oʻrgatdi.)
- 83
قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًۭا ۖ فَصَبْرٌۭ جَمِيلٌ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَأْتِيَنِى بِهِمْ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ
Qaala bal sawwalat lakum anfusukum amran fasabrun jameelun 'asal laahu any yaa tiyanee bihim jamee'aa; innahoo Huwal 'Aleemul Hakeem
U: «Yoʻq, sizga havoyi nafsingiz bir ishni yaxshi koʻrsatmish. Bas, chiroyli sabr (qilaman). Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi. [41]
[41] (Yaʼqub alayhissalom xuddi shu gapni Yusuf alayhissalomni yoʻqotgan kunlarida ham aytgan edilar. Endi yillar oʻtib, kichik oʻgʻlini yoʻqotgan kuni ham shu gapni takrorladilar, ketidan Alloh taoloning marhamatidan umid uzmaganlarini bildirib qoʻydilar.)
- 84
وَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَٰٓأَسَفَىٰ عَلَىٰ يُوسُفَ وَٱبْيَضَّتْ عَيْنَاهُ مِنَ ٱلْحُزْنِ فَهُوَ كَظِيمٌۭ
Wa tawallaa 'anhum wa qaala yaaa asafaa 'alaa Yoosufa wabyaddat 'aynaahu minal huzni fahuwa kazeem
Va ulardan yuz oʻgirdi hamda: «Oh, Yusuf!» deb koʻzlariga oq tushdi. Bas, u dardini yutuvchidir.
- 85
قَالُوا۟ تَٱللَّهِ تَفْتَؤُا۟ تَذْكُرُ يُوسُفَ حَتَّىٰ تَكُونَ حَرَضًا أَوْ تَكُونَ مِنَ ٱلْهَٰلِكِينَ
Qaaloo tallaahi tafta'u tazkuru Yoosufa hattaa takoona haradan aw takoona minal haalikeen
Ular: «Allohga qasamki, toki madordan ketguningcha yoki halok boʻluvchilardan boʻlguningcha, Yusufni zikr qilaverasan», dedilar. [42]
[42] (Yaʼni, yoʻq boʻlib ketgan Yusufni eslayverib, holdan toyasan yoki bir yoʻla halok boʻlasan, deyishdi.)
- 86
قَالَ إِنَّمَآ أَشْكُوا۟ بَثِّى وَحُزْنِىٓ إِلَى ٱللَّهِ وَأَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Qaala innamaaa ashkoo bassee wa huzneee ilal laahi wa a'lamu minal laahi maa laa ta'lamoon
U: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning Oʻziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilurman.
- 87
يَٰبَنِىَّ ٱذْهَبُوا۟ فَتَحَسَّسُوا۟ مِن يُوسُفَ وَأَخِيهِ وَلَا تَا۟يْـَٔسُوا۟ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يَا۟يْـَٔسُ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْكَٰفِرُونَ
Yaa baniyyaz haboo fatahassasoo miny Yoosufa wa akheehi wa laa tai'asoo mir rawhil laahi innahoo laa yai'asu mir rawhil laahi illal qawmul kaafiroon
Ey oʻgʻillarim, boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlanglar, Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar. Haqiqatan, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid boʻlurlar», dedi.
- 88
فَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ قَالُوا۟ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْعَزِيزُ مَسَّنَا وَأَهْلَنَا ٱلضُّرُّ وَجِئْنَا بِبِضَٰعَةٍۢ مُّزْجَىٰةٍۢ فَأَوْفِ لَنَا ٱلْكَيْلَ وَتَصَدَّقْ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَجْزِى ٱلْمُتَصَدِّقِينَ
Falammaa dakhaloo 'alaihi qaaloo yaaa ayyuhal 'Azeezu massanaa wa ahlanad durru wa ji'naa bibidaa 'timmuzjaatin fa awfi lanal kaila wa tasaddaq 'alainaa innal laaha yajzil mutasaddiqeen
Uning huzuriga kirganlarida: «Ey Aziz, bizni va ahlimizni zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga oʻlchovni toʻliq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa qiluvchilarni mukofotlaydir», dedilar. [43]
[43] (Gaplaridan koʻrinib turibdiki, ularning ahvoli ogʻir. Avvalgidek bor narsalarini oziq-ovqatga almashtirishga imkonlari ham qolmagan. Olib kelgan mollari juda arzimas. Sadaqaga muhtojlar. Avvalgi gerdayishlaridan asar ham yoʻq.)
- 89
قَالَ هَلْ عَلِمْتُم مَّا فَعَلْتُم بِيُوسُفَ وَأَخِيهِ إِذْ أَنتُمْ جَٰهِلُونَ
Qaala hal 'alimtum maa fa'altum bi Yoosufa wa akheehi iz antum jaahiloon
U: «Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» – dedi. [44]
[44] (Shunda akalarining koʻz-quloqlari yalt etib ochildi. Koʻzlari Aziz siymosida Yusufni koʻrdi, quloqlari uning ovozini eshitdi.)
- 90
قَالُوٓا۟ أَءِنَّكَ لَأَنتَ يُوسُفُ ۖ قَالَ أَنَا۠ يُوسُفُ وَهَٰذَآ أَخِى ۖ قَدْ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّهُۥ مَن يَتَّقِ وَيَصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Qaaloo 'a innaka la anta Yoosufu qaala ana Yoosufu wa haazaaa akhee qad mannal laahu 'alainaa innahoo mai yattaqi wa yasbir fa innal laaha laa yudee'u ajral muhsineen
Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» – dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat koʻrsatdi. Haqiqatan, kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, goʻzal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay», dedi.
- 91
قَالُوا۟ تَٱللَّهِ لَقَدْ ءَاثَرَكَ ٱللَّهُ عَلَيْنَا وَإِن كُنَّا لَخَٰطِـِٔينَ
Qaaloo tallaahi laqad aasarakal laahu 'alainaa wa in kunnaa lakhaati'een
Ular: «Allohga qasamki, haqiqatan, Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa, xatokorlardan boʻldik», dedilar. [45]
[45] (Ogʻalar bor haqiqatni eʼtirof qildilar, xato qilganlarini ham tan oldilar.)
- 92
قَالَ لَا تَثْرِيبَ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ ۖ يَغْفِرُ ٱللَّهُ لَكُمْ ۖ وَهُوَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ
Qaala laa tasreeba 'alaikumul yawma yaghfirul laahu lakum wa Huwa arhamur raahimeen
U: «Bugungi kunda sizlarni ayblash yoʻq. Sizlarni Alloh magʻfirat qilgay. U rahim qilguvchilarning rahimlirogʻidir», dedi. [46]
[46] (Oʻtgan ishga salovot. Bugun sizni birov ayblamoqchi emas, uyaltirmoqchi ham emas. Gunohlarni kechiruvchi Allohning Oʻzi.)
- 93
ٱذْهَبُوا۟ بِقَمِيصِى هَٰذَا فَأَلْقُوهُ عَلَىٰ وَجْهِ أَبِى يَأْتِ بَصِيرًۭا وَأْتُونِى بِأَهْلِكُمْ أَجْمَعِينَ
Izhaboo biqameesee haazaa fa alqoohu 'alaa wajhi abee yaati baseeranw waatoonee bi ahlikum ajma'een
«Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, koʻzi ochilur. Soʻngra, ahlingiz ila jam boʻlib huzurimga kelinglar». [47]
[47] (Ajablanishga hech hojat yoʻq. Avvalo, Yaʼqub alayhissalom ham, Yusuf alayhissalom ham Allohning paygʻambarlari, oralarida moʻjiza boʻlib, bir koʻylak sababli dardga shifo yetishi gʻaroyib ish emas.)
- 94
وَلَمَّا فَصَلَتِ ٱلْعِيرُ قَالَ أَبُوهُمْ إِنِّى لَأَجِدُ رِيحَ يُوسُفَ ۖ لَوْلَآ أَن تُفَنِّدُونِ
Wa lammaa fasalatil 'eeru qaala aboohum innee la ajidu reeha Yoosufa law laaa an tufannidoon
Karvon yoʻlga chiqqan vaqtda otalari: «Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi. [48]
[48] (Yaʼni, Yusufning koʻylagini olgan karvon yoʻlga chiqib, Misrdan joʻnab ketgan vaqtda Yaʼqub alayhissalom huzuridagilarga yuqoridagi gaplarni aytdilar. Yusufning hidi Yaʼqub alayhissalomga qanday yetib borganini Allohning Oʻzi biladi. Lekin u kishining gaplariga oldilarida turganlar ishonmadilar.)
- 95
قَالُوا۟ تَٱللَّهِ إِنَّكَ لَفِى ضَلَٰلِكَ ٱلْقَدِيمِ
Qaaloo tallaahi innaka lafee dalaalikal qadeem
Ular: «Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasan», dedilar. [49]
[49] (Yaʼni, yoʻq boʻlib ketgan Yusufdan hali ham umidvorsan-a, dedilar. Lekin ish boshqacha boʻlib chiqdi.)
- 96
فَلَمَّآ أَن جَآءَ ٱلْبَشِيرُ أَلْقَىٰهُ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ فَٱرْتَدَّ بَصِيرًۭا ۖ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّىٓ أَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Falammaaa an jaaa'albasheeru alqaahu 'alaa wajhihee fartadda baseeran qaala alam aqul lakum inneee a'lamu minal laahi maa laa ta'lamoon
Xushxabarchi kelgan chogʻida, u(koʻylak)ni uning yuziga tashlaganida, yana koʻradigan boʻldi. U: «Sizlarga men Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?!» – dedi.
- 97
قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا ٱسْتَغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَآ إِنَّا كُنَّا خَٰطِـِٔينَ
Qaaloo yaaa abaanas taghfir lanaa zunoo =banaaa innaa kunnaa khaati'een
Ular: «Ey otamiz, gunohlarimiz uchun istigʻfor ayt. Albatta, biz xatokorlardan boʻlgan ekanmiz», dedilar.
- 98
قَالَ سَوْفَ أَسْتَغْفِرُ لَكُمْ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Qaala sawfa astaghfiru lakum Rabbeee innahoo Huwal Ghafoorur Raheem
U: «Sizlar uchun Robbimga hali istigʻfor ayturman. Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», dedi. [50]
[50] (Shundan soʻng hammalari Yaʼqub alayhissalom boshchiliklarida yurtlari Kanʼondan Misrga qarab yoʻlga tushdilar. Qurʼoni Karim ularning safarlari haqida hech narsa demaydi. Balki soʻzni ular Yusuf alayhissalom huzurlariga kirishlari sahnasidan ulab ketadi.)
- 99
فَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيْهِ أَبَوَيْهِ وَقَالَ ٱدْخُلُوا۟ مِصْرَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ
Falammaa dakhaloo 'alaa Yoosufa aawaaa ilaihi abayaihi wa qaalad khuloo Misra inshaaa'al laahu aamineen
Yusuf huzuriga kirgan chogʻlarida u otasi va onasini oʻziga yaqinlashtirdi va: «Allohning xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!» – dedi.
- 100
وَرَفَعَ أَبَوَيْهِ عَلَى ٱلْعَرْشِ وَخَرُّوا۟ لَهُۥ سُجَّدًۭا ۖ وَقَالَ يَٰٓأَبَتِ هَٰذَا تَأْوِيلُ رُءْيَٰىَ مِن قَبْلُ قَدْ جَعَلَهَا رَبِّى حَقًّۭا ۖ وَقَدْ أَحْسَنَ بِىٓ إِذْ أَخْرَجَنِى مِنَ ٱلسِّجْنِ وَجَآءَ بِكُم مِّنَ ٱلْبَدْوِ مِنۢ بَعْدِ أَن نَّزَغَ ٱلشَّيْطَٰنُ بَيْنِى وَبَيْنَ إِخْوَتِىٓ ۚ إِنَّ رَبِّى لَطِيفٌۭ لِّمَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ
Wa raf'a abawaihi 'alal 'arshi wa kharroo lahoo sujjadaa; wa qaala yaaa abati haaza taaweelu ru'yaaya min qablu qad ja'alahaa Rabbee haqqaa; wa qad ahsana beee iz akhrajanee minas sijni wa jaaa'a bikum minal badwi mim ba'di an nazaghash Shaitaanu bainee wa baina ikhwatee; inna Rabbee lateeful limaa yashaaa'; innahoo Huwal 'Aleemul Hakeem
Ota-onasini taxtga koʻtardi. Ular unga sajda qilib yiqildilar. U: «Ey otajon, bu avval koʻrgan tushimning taʼbiridir, Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan soʻng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, oʻshanga latiyfdir. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi. [51]
[51] (Bu oyati karimada uzoq ayriliqdan soʻng diydor topishib, soʻrashib boʻlganlaridan keyingi holatlarning tasviri keltirilmoqda. Bu hol qanday boʻlganini Allohning Oʻzi biladi. Ammo qadimgi tafsirchilarimiz bu haqda turli fikrlar aytganlar. Baʼzilari, salom maʼnosida boshlarini bir oz egdilar, deydilar. Boshqalari, berilgan bu neʼmat uchun Allohga shukr sajdasi qildilar, deydilar. Yana birlari, oʻsha vaqtda kattalarning oyogʻiga yiqilib sajda qilish bor edi, lekin Islom shariatida bekor qilingan, degan fikrni aytganlar.)
- 101
۞ رَبِّ قَدْ ءَاتَيْتَنِى مِنَ ٱلْمُلْكِ وَعَلَّمْتَنِى مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ أَنتَ وَلِىِّۦ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۖ تَوَفَّنِى مُسْلِمًۭا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّٰلِحِينَ
Rabbi qad aataitanee minal mulki wa 'allamtanee min taaweelil ahaadees; faati ras samaawaati wal ardi Anta waliyyee fid dunyaa wal Aakhirati tawaffanee muslimanw wa alhiqnee bissaaliheen
«Ey Robbim, haqiqatan, menga mulk berding va menga tushlarning taʼbirini oʻrgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qoʻshgin.» [52]
[52] (Ushbu oyatda Yusuf alayhissalom Alloh taologa neʼmatlarini bergani uchun shukrlar aytish bilan birga oxiratning neʼmatini ham berishini soʻramoqdalar.)
- 102
ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۖ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ أَجْمَعُوٓا۟ أَمْرَهُمْ وَهُمْ يَمْكُرُونَ
Zaalika min ambaaa'il ghaibi nooheehi ilaika wa maa kunta ladaihim iz ajma'ooo amrahum wa hum yamkuroon
Bu gʻayb xabarlardan boʻlib, uni senga vahiy qilmoqdamiz. Ular makr qilib, ishlari haqida gap biriktirganlarida oldilarida boʻlmagan eding.
- 103
وَمَآ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ وَلَوْ حَرَصْتَ بِمُؤْمِنِينَ
Wa maa aksarun naasi wa law harasta bimu'mineen
Odamlarning koʻplari, garchi sen juda qiziqsang ham, moʻmin emaslar. [53]
[53] (Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom qavmlariga yaxshilikni ravo koʻrganlaridan, iymonga kelishlarini juda qattiq istar edilar. Shunga harakat ham qilar edilar. Ammo Alloh taolo bu urinish ularning iymonga kelishlariga sabab boʻla olmasligini bildirmoqda.)
- 104
وَمَا تَسْـَٔلُهُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ لِّلْعَٰلَمِينَ
Wa maa tas'aluhum 'alaihi min ajr; in huwa illaa zikrul lil'aalameen
Sen ulardan buning uchun ajr ham soʻramaysan. U faqat olamlar uchun eslatma, xolos.
- 105
وَكَأَيِّن مِّنْ ءَايَةٍۢ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ يَمُرُّونَ عَلَيْهَا وَهُمْ عَنْهَا مُعْرِضُونَ
Wa ka ayyim min Aayatin fis samaawaati wal ardi yamurroona 'alaihaa wa hum 'anhaa mu'ridoon
Ular osmonlaru yerdagi qanchadan-qancha oyat-belgilar qarshisidan yuz oʻgirgan hollarida oʻtadilar. [54]
[54] (Yaʼni, ularga eʼtibor qilmaydilar. Ulardan ibratlanib, vaʼz-nasihat olib, iymonga kelmaydilar. Inson yashab turgan borliqning har bir qarichida Allohning borligiga, birligiga, qudratiga, tadbiriga, biluvchiligiga va boshqa kamoli sifatlariga dalolat qiluvchi oyat-belgilar, dalil-hujjatlar mavjud. Lekin odamlar oʻsha hujjatlarga, oyat-belgilarga eʼtibor bilan qaramaydilar. Shuning uchun ham iymonga kelmaydilar.)
- 106
وَمَا يُؤْمِنُ أَكْثَرُهُم بِٱللَّهِ إِلَّا وَهُم مُّشْرِكُونَ
Wa maa yu'minu aksaru hum billaahi illaa wa hum mushrikoon
Koʻplari esa, Allohga mushrik boʻlgan hollaridagina iymon keltiradilar, xolos. [55]
[55] (Yaʼni, iymon keltirsalar ham, Unga shirk keltirgan hollarida iymon keltiradilar. Xolis tavhid ila iymon keltirmaydilar. Chunki xolis tavhid masalasi nozik masala, shirkning turlari esa, juda ham koʻp.)
- 107
أَفَأَمِنُوٓا۟ أَن تَأْتِيَهُمْ غَٰشِيَةٌۭ مِّنْ عَذَابِ ٱللَّهِ أَوْ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةًۭ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
Afa aminooo an taatiya hum ghaashiyatum min 'azaabil laahi aw taatiyahumus Saa'atu baghtatanw wa hum laa yash'uroon
Ular oʻzlariga Allohdan qamrab oluvchi azob kelishidan yoki sezmay turganlarida qiyomat nogahon kelib qolishidan omondamilar?!
- 108
قُلْ هَٰذِهِۦ سَبِيلِىٓ أَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا۠ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِى ۖ وَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Qul haazihee sabeeleee ad'ooo ilal laah; 'alaa baseera tin ana wa manit taba'anee wa Subhaanal laahi wa maaa ana minal mushrikeen
Sen: «Bu — mening yoʻlimdir. Men Allohga bilib — ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman», deb ayt. [56]
[56] (Yaʼni, biz yoʻlimizning toʻgʻri ekanini aniq bilib, ishonib turib chaqiramiz. Bizga Alloh taolo hidoyat va nur bergandir. Biz bu yoʻldan ishonch va bilim ila yuramiz, unga boshqalarni ham chaqiramiz.)
- 109
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًۭا نُّوحِىٓ إِلَيْهِم مِّنْ أَهْلِ ٱلْقُرَىٰٓ ۗ أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۗ وَلَدَارُ ٱلْءَاخِرَةِ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Wa maaa arsalnaa min qablika illaa rijaalan nooheee ilaihim min ahlil quraa; afalam yaseeroo fil ardi fa yanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul lazeena min qablihim; wa la Daarul Aakhirati Khairul lillazeenat taqaw; afalaa ta'qiloon
Biz sendan ilgari ham faqat shahar ahlidan er kishilarga vahiy yuborganmiz. Yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati nima boʻlganiga nazar solmaydilarmi? Albatta, oxirat diyori taqvo qiladiganlar uchun yaxshiroqdir. Aql yuritmaydilarmi?! [57]
[57] (Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomga tasalli berib, kofir va mushriklarning u kishini inkor etishlariga eʼtibor qilmaslikka, avvalgi paygʻambarlar ham u zotga oʻxshagan insonlar boʻlganiga ishora etmoqda.)
- 110
حَتَّىٰٓ إِذَا ٱسْتَيْـَٔسَ ٱلرُّسُلُ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُوا۟ جَآءَهُمْ نَصْرُنَا فَنُجِّىَ مَن نَّشَآءُ ۖ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُنَا عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ
Hattaaa izas tai'asar Rusulu wa zannooo annahum qad kuziboo jaaa'ahum nas runaa fanujjiya man nashaaa'u wa laa yuraddu baasunna 'anil qawmil mujrimeen
Hattoki Paygʻambarlar noumid boʻlib, oʻzlarini yolgʻonchiga chiqarilganlar, deb gumon qilib qolganlarida, ularga Bizning nusratimiz keladi. Bas, Biz xohlaganlarga najot berilur. Jinoyatchi qavmlardan Bizning azobimiz qaytarilmas. [58]
[58] (Ha, Allohning nusrati oxirgi lahzada, hech umid qolmaganda keladi. Gulga yetish uchun tikan zahrini totib koʻrish kerak. Paygʻambarimiz alayhissalotu vassalom: «Jannat tikanlar bilan oʻralgandir», deydilar.)
- 111
لَقَدْ كَانَ فِى قَصَصِهِمْ عِبْرَةٌۭ لِّأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ ۗ مَا كَانَ حَدِيثًۭا يُفْتَرَىٰ وَلَٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ كُلِّ شَىْءٍۢ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ
Laqad kaana fee qasasihim 'ibratul li ulil albaa; maa kaana hadeesany yuftaraa wa laakin tasdeeqal lazee baina yadihi wa tafseela kulli shai'inw wa hudanw wa rahmatal liqawminy yu'minoon
Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi. Bu (Qurʼon) toʻqima gap emas, lekin oʻzidan oldin kelganning tasdigʻi va barcha narsaning tafsiloti, hidoyat hamda iymon keltirganlar uchun rahmatdir. [59]
[59] (Ha, oʻtgan ummatlarning, jumladan Yusuf alayhissalom va zamondoshlarining qissalarida ham aql ishlatgan har bir kishi uchun ibrat bor.)
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com
