Sura 29

Ankabut

العَنكَبُوتِ

Al-'Ankabut · Makkiy · 69 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓ

    Alif-Laaam-Meeem

    Alif. Laam. Miym.

  2. 2

    أَحَسِبَ ٱلنَّاسُ أَن يُتْرَكُوٓا۟ أَن يَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ

    Ahasiban naasu anyu yutrakooo any yaqoolooo aamannaa wa hum la yuftanoon

    Odamlar «iymon keltirdik» deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini oʻyladilarmi? [1]

    [1] (Iymon kalimasini ogʻizda aytish oson. Har kim ham, iymon keltirdim, deb aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yoʻqmi, buni aniqlash uchun banda sinov-imtihondan oʻtishi kerak.)

  3. 3

    وَلَقَدْ فَتَنَّا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Wa laqad fatannal lazeena min qablihim fala ya'lamannal laahul lazeena sadaqoo wa la ya'lamannal kaazibeen

    Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan oʻtkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq boʻlganlarni ham bilajak, yolgʻonchilarni ham bilajak.

  4. 4

    أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَسْبِقُونَا ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ

    Am hasibal lazeena ya'maloonas sayyiaati any yasbiqoonaa; saaa'a maa yahkumoon

    Yoki yomonliklarni qiladiganlar bizdan qochib qutulishni oʻylaydilarmi? Qilgan hukmlari qanday ham yomon-a?!

  5. 5

    مَن كَانَ يَرْجُوا۟ لِقَآءَ ٱللَّهِ فَإِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ لَءَاتٍۢ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Man kaana yarjoo liqaaa 'allaahi fa inna ajalal laahi laaat; wa Huwass Sameeul 'Aleem

    Kim Allohga roʻbaroʻ boʻlishdan umidvor boʻlsa, albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir. U oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchidir.

  6. 6

    وَمَن جَٰهَدَ فَإِنَّمَا يُجَٰهِدُ لِنَفْسِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ عَنِ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa man jaahada fainnamaa yujaahidu linafsih; innal laaha laghaniyyun 'anil 'aalameen

    Kim jihod qilsa, bas, albatta, oʻz foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir.

  7. 7

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَحْسَنَ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lanukaf firanna 'anhum saiyiaatihim wa lanajziyannahum ahsanal lazee kaanoo ya'maloon

    Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini albatta oʻchirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz.

  8. 8

    وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حُسْنًۭا ۖ وَإِن جَٰهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌۭ فَلَا تُطِعْهُمَآ ۚ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa wassainal insaana biwaalidaihi husnanw wa in jaahadaaka litushrika bee maa laisa laka bihee 'ilmun falaa tuti'humaa; ilaiya marji'ukum fa unabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon

    Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular sening oʻzing bilmagan narsani Menga shirk keltirishing uchun jihod qilsalar, bas, ularga itoat qilma. Qaytishlaringiz Mengaginadir. Bas, sizlarga qilgan narsalaringiz xabarini berurman.

  9. 9

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُدْخِلَنَّهُمْ فِى ٱلصَّٰلِحِينَ

    Wallazeena aamanoo w a'amilus saalihaati lanudkhilan nahum fis saaliheen

    Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarni solihlar qatoriga qoʻshurmiz.

  10. 10

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ فَإِذَآ أُوذِىَ فِى ٱللَّهِ جَعَلَ فِتْنَةَ ٱلنَّاسِ كَعَذَابِ ٱللَّهِ وَلَئِن جَآءَ نَصْرٌۭ مِّن رَّبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمْ ۚ أَوَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِمَا فِى صُدُورِ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa minan naasi many yaqoolu aamannaa billaahi faizaaa ooziya fil laahi ja'ala fitnatan naasi ka'azaabil laahi wa la'in jaaa'a nasrum mir Rabbika la yaqoolunna innaa kunnaa ma'akum; awa laisal laahu bi a'lama bimaa fee surdooril 'aalameen

    Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, soʻngra Allohning yoʻlida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning koʻksilaridagi narsalarni oʻta bilguvchi Zot emasmi?! [2]

    [2] (Bunday odamlar, iymon kalimasini aytsak boʻldi, hamma narsa oʻz-oʻzidan boʻlaveradi, hech qanday yomonlik yetmaydi, deb tasavvur qiladilar. Odamlarning fitnasini Allohning azobi deb biladi. Chiday olmay, turli holatlarga tushadi va iymondan qaytadi.)

  11. 11

    وَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ

    Wa la ya'lamannal laahul lazeena aamanoo wa la ya'lamannal munaafiqeen

    Albatta, Alloh iymon keltirganlarni ham yaxshi bilur, munofiqlarni ham yaxshi bilur.

  12. 12

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّبِعُوا۟ سَبِيلَنَا وَلْنَحْمِلْ خَطَٰيَٰكُمْ وَمَا هُم بِحَٰمِلِينَ مِنْ خَطَٰيَٰهُم مِّن شَىْءٍ ۖ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Wa qaalal lazaeena kafaroo lillazeena aamanut tabi'oo sabeelanaa walnahmil khataayaakum wa maa hum bihaamileena min khataa yaahum min shai'in innahum lakaaziboon

    Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yoʻlimizga ergashinglar, xatolaringizni biz koʻtaraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani koʻtarguvchi emaslar. Albatta, ular yolgʻonchilardir.

  13. 13

    وَلَيَحْمِلُنَّ أَثْقَالَهُمْ وَأَثْقَالًۭا مَّعَ أَثْقَالِهِمْ ۖ وَلَيُسْـَٔلُنَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عَمَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Wa la yahmilunna asqaa lahum wa asqaalam ma'a asqaalihim wa la yus'alunna Yawmal Qiyaamati 'ammaa kaanoo yaftaroon

    Albatta, ular oʻz yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqa yuklarni ham koʻtarurlar. Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida soʻralurlar. [3]

    [3] (Oyatdagi «yuk»dan murod gunohdir. Albatta, kofirlar gunohlari yukini koʻtaradilar, shu bilan birga, oʻz igʻvolari bilan yoʻldan urgan odamlarning gunohlarini ham koʻtarurlar. Ammo bu narsa ularning igʻvosiga uchganlarning gunohini yengillatmaydi, ular ham qilmishlariga yarasha jazolarini tortadilar.)

  14. 14

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَلَبِثَ فِيهِمْ أَلْفَ سَنَةٍ إِلَّا خَمْسِينَ عَامًۭا فَأَخَذَهُمُ ٱلطُّوفَانُ وَهُمْ ظَٰلِمُونَ

    Wa laqad arsalnaa Noohan ilaa qawmihee falabisa feehim alfa sanatin illaa khamseena 'aaman fa akhazahumut toofaanu wa hum zaalimoon

    Va, batahqiq, Biz Nuhni qavmiga Paygʻambar etib yubordik. Bas, u ular ichida ellik yili kam ming yil turdi. Soʻngra ularni zolim boʻlgan hollarida toʻfon oldi. [4]

    [4] (Bir odamning ming yildan ortiq hayot kechirgani koʻplarga gʻalati tuyulishi mumkin. Lekin bu narsa inkor qilib boʻlmaydigan haqiqatdir. Qurʼoni Karimda kelgan xabarni inkor qilgan odam kofir boʻladi. Ayni choqda, bu hol aql tarozusida tortsa boʻladigan oddiy bir ish. Qadimda kishilarning umrlari uzun boʻlgani hammaga maʼlum. Buning ustiga, oz sonli jonzotlarning umri uzun, adadi koʻplarniki qisqa boʻlishi ham tajribada koʻrilgan. Nuh alayhissalom insoniyat toʻfon tufayli qirilib ketgan bir davrda yashaganliklari eʼtiborga olinsa, mazkur umruzoqlik oddiy bir hol ekani bilinadi.)

  15. 15

    فَأَنجَيْنَٰهُ وَأَصْحَٰبَ ٱلسَّفِينَةِ وَجَعَلْنَٰهَآ ءَايَةًۭ لِّلْعَٰلَمِينَ

    Fa anjainaahu wa as haabas safeenati wa ja'alnaahaaa Aayatal lil'aalameen

    Bas, Biz u(Nuh)ga va kema sohiblariga najot berdik va u(kema)ni olamlarga oyat-belgi qildik.

  16. 16

    وَإِبْرَٰهِيمَ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ ۖ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Wa Ibraheema iz qaala liqawmihi' budul laaha wattaqoohu zaalikum khayrul lakum in kuntum ta'lamoon

    Va Ibrohimni (yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar. Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir. [5]

    [5] (Ibrohim alayhissalom qavmlariga ilohiy daʼvatni juda sodda qilib tushuntirdilar. Allohga ibodat qilinglar, boshqaga emas, Allohdan qoʻrqinglar, boshqadan emas, dedilar. Demak, qiladigan har bir ishingiz Allohning roziligini topish uchun boʻlsin. Har lahzada Allohga taqvo qilib turing. Ana shunda maqsadga erishasiz.)

  17. 17

    إِنَّمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَٰنًۭا وَتَخْلُقُونَ إِفْكًا ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَمْلِكُونَ لَكُمْ رِزْقًۭا فَٱبْتَغُوا۟ عِندَ ٱللَّهِ ٱلرِّزْقَ وَٱعْبُدُوهُ وَٱشْكُرُوا۟ لَهُۥٓ ۖ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Innamaa ta'ubdoona min doonil laahi awsaananw-wa takhluqoona ifkaa; innal lazeena ta'budoona min doonil laahi laa yamlikoona lakum rizqan fabtaghoo 'indal laahir rizqa fabtaghoo 'indal laahir rizqa wa'budoohu washkuroo lahooo ilaihi turja'oon

    Albatta, sizlar Allohni qoʻyib, butlarga ibodat qilmoqdasiz va uydirmalar toʻqimoqdasiz, xolos. Albatta, Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsalaringiz sizga rizq berishga molik emaslar. Rizqni Allohning huzuridan istanglar. Unga ibodat va shukr qilinglar. Ungagina qaytarilursiz.

  18. 18

    وَإِن تُكَذِّبُوا۟ فَقَدْ كَذَّبَ أُمَمٌۭ مِّن قَبْلِكُمْ ۖ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Wa in tukazziboo faqad kazzaba umamum min qablikum wa maa'alar Rasooli illal balaaghul mubeen

    Agar sizlar yolgʻonchi qilsangiz, bas, sizdan oldingi ummatlar ham yolgʻonchi qilganlar. Paygʻambar zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq», dedi.

  19. 19

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ كَيْفَ يُبْدِئُ ٱللَّهُ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥٓ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌۭ

    Awa lam yaraw kaifa yubdi'ul laahul khalqa summa yu'eeduh; inna zaalika 'alal laahi yaseer

    Alloh maxluqni avval boshdan qanday yaratishini, soʻngra uni yana qaytarishini koʻrmaydilarmi?! Albatta, bu Alloh uchun osondir. [6]

    [6] (Har lahzada Alloh taolo turli mavjudotlarni yoʻqdan bor qilayotgani koʻriladi. Dunyoda paydo boʻlayotgan har bir yangi narsani Alloh taolo yaratayotgani aniq. Buni tushunib yetmoq lozim. Oʻsha yangi paydo boʻlayotgan maxluqotlardan, mavjudotlardan eng kichigini, eng soddasini, eng oddiyini ham odamzot yarata olmaydi. Barcha insonlar toʻplanib urinsalar ham, bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Bu ham tajribadan oʻtgan haqiqat. Inson endi shu haqiqatni tan olishi lozimki, ana oʻsha barcha maxluqotlarni yoʻqdan bor qilgan Zotga ularni qiyomatda yana qayta tiriltirish juda ham oson. Chunki yoʻqdan bor qilgan Zotga borni qaytarish hech gap emas.)

  20. 20

    قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ بَدَأَ ٱلْخَلْقَ ۚ ثُمَّ ٱللَّهُ يُنشِئُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْءَاخِرَةَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Qul seeroo fil ardi fanzuroo kaifa baa al khalqa summal laahu yunshi''un nash atal Aakhirah; innal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Sen: «Yer yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. Soʻngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.

  21. 21

    يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَيَرْحَمُ مَن يَشَآءُ ۖ وَإِلَيْهِ تُقْلَبُونَ

    Yu'azzibu many yashaaa'u wa yarhamu many yashaaa'; wa ilaihi tuqlaboon

    Kimni xohlasa, azoblaydir, kimni xohlasa, rahim qiladir. Ungagina qaytarilursiz.

  22. 22

    وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ ۖ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍۢ

    Wa maaa antum bimu'jizeena fil ardi wa laa fissamaaa'i wa maa lakum min doonil laahi minw waliyyinw wa laa naseer

    Siz na yer yuzida va na koʻkda U zotni ojiz qoldirguvchi emassiz. Sizga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham boʻlmas. [7]

    [7] (Siz Yer yuzida ham, koʻkda ham Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Unga qaytib borishingiz, jazoingizni olishingiz turgan gap.)

  23. 23

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَلِقَآئِهِۦٓ أُو۟لَٰٓئِكَ يَئِسُوا۟ مِن رَّحْمَتِى وَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Wallazeena kafaroo bi Aayaatil laahi wa liqaaa'iheee ulaaa'ika ya'isoo mir rahmatee wa ulaaa'ika lahum 'azaabun aleem

    Allohning oyatlariga va Unga roʻbaroʻ boʻlishga kufr keltirganlar, ana oʻshalar Mening rahmatimdan noumid boʻldilar. Ana oʻshalarning oʻzlariga alamli azob bor. [8]

    [8] (Ha, bu dunyoda faqat kofirgina Allohning rahmatidan noumid boʻladi. Chunki u oʻzining kofirligi tufayli Alloh bilan boʻlgan aloqasini uzadi. )

  24. 24

    فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱقْتُلُوهُ أَوْ حَرِّقُوهُ فَأَنجَىٰهُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلنَّارِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Famaa kaana jawaaba qawmiheee illaaa an qaaluqtuloohu aw harriqoohu faanjaahul laahu minan naar; inna fee zaalika la Aayaatil laqawminy yu'minoon

    Uning qavmining javobi: «Uni oʻldiringlar yoki oʻtda yoqinglar!» deyishlaridan boshqa narsa boʻlmadi. Bas, Alloh uni oʻtdan qutqardi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  25. 25

    وَقَالَ إِنَّمَا ٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَٰنًۭا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍۢ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًۭا وَمَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّٰصِرِينَ

    Wa qaala innamat takhaz tum min doonil laahi awsaanam mawaddata bainikum fil hayaatid dunyaa summa yawmal qiyaamati yakfuru ba'dukum biba 'dinw wa yal'anu ba'dukum ba'danw-wa yal'anu ba'dukum ba'danw wa maa waakumun Naaru wa maa lakum min naasireen

    U: «Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi oʻzaro doʻstligingiz uchun Allohni qoʻyib, butlarni tutdingiz. Soʻngra, qiyomat kunida baʼzingiz baʼzingizga kufr keltirursiz va baʼzingiz baʼzingizni laʼnatlarsiz. Va joyingiz doʻzaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar boʻlmas.

  26. 26

    ۞ فَـَٔامَنَ لَهُۥ لُوطٌۭ ۘ وَقَالَ إِنِّى مُهَاجِرٌ إِلَىٰ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Fa aamana lahoo Loot; wa qaala innee mauhajirun ilaa Rabbee innahoo Huwal 'Azeezul Hakeem

    Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U Aziyz va Hakiymdir», dedi. [9]

    [9] (Yaʼni, Ibrohim alayhissalomga Lut iymon keltirdi. Lut alayhissalom Ibrohim alayhissalomga jiyan boʻlar edi. Lut alayhissalom amakilari Ibrohim alayhissalomga iymon keltirgan birinchi odam boʻldilar. Shuningdek, Ibrohim alayhissalomga xotinlari Bibi Sora ham iymon keltirgan edilar. Tafsirchi ulamolarimiz oyatdagi «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman» jumlasini kim aytgani toʻgʻrisida ikki xil fikr bildirganlar. Baʼzilari, bu gapni Lut alayhissalom aytgan, desalar, koʻplari, Ibrohim alayhissalom aytgan, deydilar. Nima boʻlganda ham, Allohga hijrat qilish, dunyodagi barcha narsani tashlab, Alloh taologa tomon intilish tuygʻusi Ibrohim alayhissalomda ham, Lut alayhissalomda ham kuchli boʻlgan. Alloh taoloning aziz-gʻolib, barchadan ustun ekanligiga va har narsani hikmat bilan qilishiga ham ularning ishonchlari yuqori darajada boʻlgan.)

  27. 27

    وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِ ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَٰبَ وَءَاتَيْنَٰهُ أَجْرَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْءَاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Wa wahabnaa lahoo Ishaaqa wa Ya'Qooba wa ja'alnaa fee zurriyyatihin Nubuwwata wal Kitaaba wa aatainaahu ajrahoo fid dunyaa wa innahoo fil aakhirati laminas saaliheen

    Biz unga Isʼhoqni va Yaʼqubni baxsh etdik va Paygʻambarlik hamda kitobni uning zurriyotida boʻladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan boʻlgay.

  28. 28

    وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلْفَٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍۢ مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Wa Lootan iz qaala liqawmiheee innakum laatoonal faahishata maa sabaqakum bihaa min ahadim minal 'aalameen

    Va Lutni (ham yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Albatta, siz oʻzingizdan oldin oʻtgan olamlardan hech kim qilmagan fohisha ishni qilmoqdasiz.

  29. 29

    أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ وَتَقْطَعُونَ ٱلسَّبِيلَ وَتَأْتُونَ فِى نَادِيكُمُ ٱلْمُنكَرَ ۖ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱئْتِنَا بِعَذَابِ ٱللَّهِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    A'innakum lataatoonar rijaala wa taqta'oonas sabeela wa taatoona fee naadekumul munkara famaa kaana jawaaba qawmiheee illaaa an qaalu' tinaaa bi'azaabil laahi in kunta minas saadiqeen

    Sizlar erkaklarga yaqinlik qilib, yoʻlni kesasizmi va yigʻinlaringizda munkar ish qilurmisiz?!» dedi. Uning qavmining javobi: «Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga Allohning azobini keltir», deyishdan boshqa boʻlmadi.

  30. 30

    قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Qaala Rabbin surnee 'alal qawmil mufsideen

    U: «Ey Robbim, menga buzgʻunchi qavmlarga qarshi Oʻzing nusrat ber», dedi. [10]

    [10] (Bu buzgʻunchi qavmga hech qanday nasihat, daʼvat foyda bermadi. Endi, ularga qarshi Allohning Oʻzi nusrat bermasa, boshqa iloj yoʻq edi. Alloh Lut alayhissalomning bu duolarini qabul etdi. Fohishachi qavmni halok qilish uchun farishtalarni yubordi. Oʻsha farishtalarga yoʻl-yoʻlakay Ibrohim alayhissalomga farzand koʻrishlari haqidagi bashorat-xushxabarni yetkazish ham topshirilgan edi. Shu maqsad ila ular avval Ibrohim alayhissalom huzurlariga keldilar.)

  31. 31

    وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوٓا۟ إِنَّا مُهْلِكُوٓا۟ أَهْلِ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ۖ إِنَّ أَهْلَهَا كَانُوا۟ ظَٰلِمِينَ

    Wa lammaa jaaa'at Rusulunaaa Ibraaheema bil bushraa qaalooo innaa muhlikoo ahli haazihil qaryati inna ahlahaa kaanoo zaalimeen

    Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan boʻldilar», dedilar.

  32. 32

    قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطًۭا ۚ قَالُوا۟ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَن فِيهَا ۖ لَنُنَجِّيَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ

    Qaala inna feeha Lootaa; qaaloo nahnu a'lamu biman feehaa lanunajjjiyannahoo wa ahlahooo illam ra atahoo kaanat minal ghaabireen

    U: «Unda Lut bor-ku?!» dedi. Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz. Magar, uning xotini halok boʻlguvchilardan boʻlgandir», dedilar.

  33. 33

    وَلَمَّآ أَن جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًۭا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًۭا وَقَالُوا۟ لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ ۖ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ

    Wa lammaaa an jaaa'at Rusulunaa Lootan seee'a bihim wa daaqa bihim zar'anw wa qaaloo laa takhaf wa laa tahzan innaa munajjooka wa ahlaka illam ra ataka kaanat minal ghaabireen

    Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun boʻldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham boʻlma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok boʻlguvchilardan boʻlgandir. [11]

    [11] (Lut alayhissalomning Alloh yuborgan farishtalarni koʻrib xafa boʻlishlariga sabab bor edi. Avvallo, elchi-farishtalar navqiron husnli yigitlar qiyofasida kelgan edilar. Qolaversa, Lut alayhissalom ularning elchi-farishtalar ekanidan hali-hanuz xabar topmagan edilar. Shuning uchun yosh va chiroyli mehmon yigitlarga jinoyatchi qavm tajovuz qilib, mezbon Lut alayhissalomni sharmanda etishlari mumkin edi. Shu sababli Lut alayhissalom ularni koʻrib mahzun boʻldilar va yuraklari siqildi.)

  34. 34

    إِنَّا مُنزِلُونَ عَلَىٰٓ أَهْلِ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ رِجْزًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ

    Innaa munziloona 'alaaa ahli haazihil qaryati rijzam minas samaaa'i bimaa kaanoo yafsuqoon

    Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga, fosiqlik qilganlari tufayli, osmondan azob tushirguvchimiz», dedilar.

  35. 35

    وَلَقَد تَّرَكْنَا مِنْهَآ ءَايَةًۢ بَيِّنَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    Wa laqat taraknaa min haaa aayatam baiyinatal liqawminy ya'qiloon

    Batahqiq, Biz undan aql yuritguvchi qavmlar uchun ochiq-oydin oyat-belgilar qoldirganmiz. [12]

    [12] (Lut qavmidan, ular yashab oʻtgan diyordan ularning jinoyatlari oqibati nima bilan tugaganini eslatib turuvchi nishonalar qoldirilgandir. Bu nishonalar oʻsha qavm haqidagi qissa, oyat va esdaliklar boʻlishi mumkin. Shuningdek, ular yashab oʻtgan yurtning qoldiqlari ham boʻlishi mumkin. Oʻlik dengiz hududida Sadum shahrining qoldiqlari topilgan, hozirda koʻpchilik borib koʻrmoqda.)

  36. 36

    وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًۭا فَقَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱرْجُوا۟ ٱلْيَوْمَ ٱلْءَاخِرَ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ

    Wa ilaa Madyana akhaahum Shu'ayban faqaala yaa qawmi'-budul laaha warjul yawmal aakhira wa laa ta'saw fil ardi mufsideen

    Va Madyanga birodarlari Shuʼaybni (yubordik). Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, oxirat kunidan umidvor boʻling va yer yuzida buzgʻunchilik ila harakat qilib yurmang», dedi. [13]

    [13] (Shuayb alayhissalom ham, Ibrohimg alayhissalomnin zurriyotlaridan chiqqan arablardandirlar.)

  37. 37

    فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَٰثِمِينَ

    Fakazzaboohu fa akhazat humur rajfatu fa asbahoo fee daarihim jaasimeen

    Bas, uni yolgʻonchiga chiqardilar. Shunda ularni bir silkinish tutdi va diyorlarida choʻkkalab qoldilar. [14]

    [14] (Madyan ahlining qay tarzda halokatga uchragani haqidagi xabar tafsiloti boshqa suralarda oʻtdi. Avval ularga qattiq va dahshatli ovoz kelib, qalblarini yorib yubordi. Keyin kuchli zilzila boʻlib, ularni tutdek toʻkib qoʻydi. Hammalari turgan joylarida choʻkkalab qolib, halok boʻldilar. Bu halokat ularning iymon yoʻliga yurmaganliklarining jazosi edi.)

  38. 38

    وَعَادًۭا وَثَمُودَا۟ وَقَد تَّبَيَّنَ لَكُم مِّن مَّسَٰكِنِهِمْ ۖ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَكَانُوا۟ مُسْتَبْصِرِينَ

    Wa 'Aadanw wa Samooda wa qat tabaiyana lakum mim masaakinihim wa zaiyana lahumush Shaitaanu a'maalahum fasaddahum 'anis sabeeli wa kaanoo mustabsireen

    Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon boʻlib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatib, ularni yoʻldan toʻsdi. Holbuki, ular koʻrib-bilib turguvchi edilar.

  39. 39

    وَقَٰرُونَ وَفِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانُوا۟ سَٰبِقِينَ

    Wa Qaaroona wa Fir'awna wa haamaana wa laqad jaaa'ahum Moosa bilbaiyinaati fastakbaroo fil ardi wa maa kaanoo saabiqeen

    Qorun, Firʼavn va Homonlarni (ham halok qildik). Batahqiq, Muso ularga ochiq-oydin hujjatlar keltirdi. Bas, ular yer yuzida mutakabbirlik qildilar va qochib qutulguvchi boʻlmadilar.

  40. 40

    فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنۢبِهِۦ ۖ فَمِنْهُم مَّنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًۭا وَمِنْهُم مَّنْ أَخَذَتْهُ ٱلصَّيْحَةُ وَمِنْهُم مَّنْ خَسَفْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ وَمِنْهُم مَّنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Fakullan akhaznaa bizam bihee faminhum man arsalnaa 'alaihi haasibaa; wa minhum man akhazat hus saihatu wa minhum man khasafnaa bihil arda wa minhum man aghraqnaa; wa maa kaanal laahu li yazlimahum wa laakin kaanoo anfusahum yazlimoon

    Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan baʼzilari ustiga tosh yogʻdirdik, baʼzilarini qichqiriq ushladi, baʼzilarini yerga yuttirdik va baʼzilarini gʻarq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga zulm etdilar.

  41. 41

    مَثَلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْلِيَآءَ كَمَثَلِ ٱلْعَنكَبُوتِ ٱتَّخَذَتْ بَيْتًۭا ۖ وَإِنَّ أَوْهَنَ ٱلْبُيُوتِ لَبَيْتُ ٱلْعَنكَبُوتِ ۖ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Masalul lazeenat takhazoo min doonil laahi awliyaaa'a kamasalil 'ankaboot, ittakhazat baitaa; wa inna awhanal buyooti la baitul 'ankaboot; law kaanoo ya'lamoon

    Allohni qoʻyib, oʻzga doʻstlar tutganlarning misoli oʻziga uy tutgan oʻrgimchakka oʻxshaydir. Holbuki, eng zaif uy oʻrgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi. [15]

    [15] (Allohdan oʻzganing yoʻlini tutganlar, uning uyidan oʻzga uyda yashashni ixtiyor qilganlar oʻzlarining oʻrgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini koshki bilsalar edi. Ularning tuzgan tuzumlari xuddi oʻrgimchak uyasiga oʻxshab, oʻta nimjon ekanini bilsalar edi. Takabburliklari ila Alloh qurib bergan ulugʻvor qasrni inkor etib, oʻrgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini bilsalar edi. Bu haqiqatni biladilarmi, bilmaydilarmi — ularga farqi yoʻq.)

  42. 42

    إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍۢ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Innal laaha ya'lamu maa yad'oona min doonihee min shai'; wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Albatta, Alloh ular Oʻzidan boshqa nima narsaga duo qilayotganlarini yaxshi biladir. Va U aziyz va hakiym Zotdir.

  43. 43

    وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ ۖ وَمَا يَعْقِلُهَآ إِلَّا ٱلْعَٰلِمُونَ

    Wa tilkal amsaalu nadribuhaa linnaasi wa maa ya'qiluhaaa illal 'aalimoon

    Ushbu misollarni Biz odamlar uchun keltirurmiz. Lekin ularga olimlardan oʻzgalarning aqllari yetmas. [16]

    [16] (Ha, Alloh taolo keltirayotgan misollarni aqlli kishilargina toʻla tushunib yetadilar. Undan oʻzlariga ibrat oladilar. Aqlsizlar esa, bu misollarni tushunish oʻrniga Makka mushriklari kabi: «Muhammadning Robbi pashsha va oʻrgimchakni gapirib yuribdi», deb masxara qiladilar.)

  44. 44

    خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ

    Khalaqal laahus samaawaati wal arda bilhaqq; inna fee zaalika la aayatal lilmu mineen

    Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda moʻminlar uchun oyat-belgi bordir.

  45. 45

    ٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ ۖ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ تَنْهَىٰ عَنِ ٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۗ وَلَذِكْرُ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ

    Utlu maaa oohiya ilaika mional Kitaabi wa aqimis Salaata innas Salaata tanhaa 'anil fahshaaa'i wal munkar; wa lazikrul laahi akbar; wal laahu ya'lamu maa tasna'oon

    Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni toʻkis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur. [17]

    [17] (Qurʼonni tilovat qilib, kishilarga yetkazish Islom daʼvatining asosiy omilidir. Ushbu ilohiy kitob maʼnolarini kishilarga yetkazish, uning taʼlimotlariga amal qilishga chaqirish daʼvatchining asosiy ishi boʻlmogʻi lozim. Biz «namozni toʻkis ado et» deb tarjima qilgan jumlani toʻridan-toʻgʻri, soʻzma-soʻz oʻzbekchaga agʻdaradigan boʻlsak, «namozni tik turgʻiz» boʻlib chiqadi. Demak, namozni oʻqish bilan namozni tik turgʻizish, yaʼni toʻkis ado etish orasida farq bor. Alloh taolo Paygʻambar alayhissalotu vassalomga namoz oʻqi deb emas, namozni toʻkis ado et, deb xitob qilmoqda. Mana shu nuqtadan kimning namozi haqiqiy, kimniki soxta ekanini bilib olamiz. Namozni hamma ham oʻqiyveradi, lekin namozxon fohisha va munkar ishlardan qaytmasa, uning oʻqigan namozi haqiqiy boʻlmaydi. Qachonki namozxon namozni toʻkis ado qilsa, fohisha va munkar ishlardan qaytadi.)

  46. 46

    ۞ وَلَا تُجَٰدِلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَأُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَٰهُنَا وَإِلَٰهُكُمْ وَٰحِدٌۭ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ

    Wa laa tujaadilooo Ahlal Kitaabi illaa billatee hiya ahsanu illal lazeena zalamoo minhum wa qoolooo aamannaa billazeee unzila ilainaa wa unzila ilaikum wa illaahunna wa illahukum waahidunw-wa nahnu lahoo muslimoon

    Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz oʻzimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga boʻysunguvchimiz», denglar. [18]

    [18] (Oyatda zulm qilmagan ahli kitoblar bilan yaxshi, goʻzal uslubda mujodala qilishga amr etilmoqda. Avvalo, zulm qilgan ahli kitoblar kim ekanini ajratib olaylik. Ahli kitoblarning zulm qilganlari xoh yahudiy, xoh nasroniy boʻlsin, oʻzlariga kelgan ilohiy taʼlimotlarni buzib, Allohga shirk keltirgan, sof aqidani oʻzgartirganlardir. Demak, ular bilan yaxshi uslubda mujodala qilishga oʻrin yoʻq, chunki ular zolimlardir.)

  47. 47

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَمِنْ هَٰٓؤُلَآءِ مَن يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا ٱلْكَٰفِرُونَ

    Wa kazaalika anzalnaaa ilaikal Kitaab; fallazeena aatainaahumul kitaaba yu'minoona bihee wa min haaa'ulaaa'i many yu'minu bih; wa maa yajhadu bi'Aayaatinaa illal kaafiroon

    Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar. [19]

    [19] (Qurʼon oyatlarini kim inkor etsa, kim ularga iymon keltirmasa, oʻsha kofirdir. Xoh u ahli kitobdan boʻlsin, xoh mushriklardan boʻlsin, xoh boshqa toifadan boʻlsin. Baʼzi bir ustamon ahli kitoblar hozirda sodda musulmonlarning boshini avvalgi oyat maʼnosi bilan aylantirmoqdalar. Mana, Qurʼonda sizlar bilan bizni teng deyilgan, Ilohimiz bir, farqi yoʻq, kelinglar, Injil oʻqinglar, cherkovga kiringlar, deb yoʻldan urmoqdalar. Keyingi oyat esa, aytilmay qolib ketmoqda. Musulmonlar Qurʼondan uzoqlashganda ana shunday musibatlar kelib chiqadi. Islom keldi, boshqa barcha dinlar botil boʻldi. Qurʼon keldi, boshqa barcha kitoblar nasx boʻldi. Ushbu haqiqatni hamma yaxshi bilmogʻi darkor.)

  48. 48

    وَمَا كُنتَ تَتْلُوا۟ مِن قَبْلِهِۦ مِن كِتَٰبٍۢ وَلَا تَخُطُّهُۥ بِيَمِينِكَ ۖ إِذًۭا لَّٱرْتَابَ ٱلْمُبْطِلُونَ

    Wa maa kunta tatloo min qablihee min kitaabinw wa laa takhuttubhoo bi yameenika izal lartaabal mubtiloon

    Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qoʻling bilan xat yozmas eding. Agar shunday boʻlganida, botil ahllari shubhaga tushgan boʻlur edilar. [20]

    [20] (Bu oʻqish-yozishni biladi, biror kitobdan oʻqigandir, biror ustozdan yozib olgandir, deb Qurʼonning ilohiy kitob ekanligi haqida shubhaga tushgan boʻlar edilar.)

  49. 49

    بَلْ هُوَ ءَايَٰتٌۢ بَيِّنَٰتٌۭ فِى صُدُورِ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا ٱلظَّٰلِمُونَ

    Bal huwa aayaatum baiyinaatun fee sudooril lazeena ootul 'ilm; wa maa yajhadu bi aayaatinaa illaz zaalimoon

    Yoʻq! U(Qurʼon) ilm berilganlar koʻksidagi ochiq-oydin oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.

  50. 50

    وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَٰتٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ قُلْ إِنَّمَا ٱلْءَايَٰتُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌ

    Wa qaaloo law laaa unzila 'alaihi aayaatum mir Rabbihee qul innamal aayaatu 'indal laahi wa innamaaa ana nazeerum mubeen

    Va ular: «Unga Robbidan moʻjizalar nozil qilinsa edi», dedilar. Sen: «Moʻjizalar yolgʻiz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.

  51. 51

    أَوَلَمْ يَكْفِهِمْ أَنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَرَحْمَةًۭ وَذِكْرَىٰ لِقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Awa lam yakfihim annaaa anzalnaa 'alaikal kitaaba yutlaa 'alaikhim; inna fee zaalika larahmatanw wa zikraa liqawminy yu'minoon

    Ularga Bizning senga oʻzlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.

  52. 52

    قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ شَهِيدًۭا ۖ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱلْبَٰطِلِ وَكَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Qul kafaa billaahi bainee wa bainakum shaheedaa; ya'lamu maa fis samaawaati wal ard; wallazeena aamanoo bil baatili wa kafaroo billaahi ulaaa'ika humul khaasiroon

    Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana oʻshalar oʻzlari ziyon koʻrguvchilardir», deb ayt.

  53. 53

    وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ ۚ وَلَوْلَآ أَجَلٌۭ مُّسَمًّۭى لَّجَآءَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَيَأْتِيَنَّهُم بَغْتَةًۭ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Wa yasta'jiloonaka bil'azaab; wa law laaa ajalum musammal lajaaa'ahumul 'zaab; wa la yaatiyannahum baghta tanw wa hum laa yash'uroon

    Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Agar belgilangan ajal boʻlmaganida, ularga, albatta, azob kelgan boʻlur edi. Albatta, ularga u toʻsatdan, ular sezmagan holda kelur.

  54. 54

    يَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌۢ بِٱلْكَٰفِرِينَ

    Yasta'jiloonak bil'azaab; wa inna Jahannama lamuhee tatum bilkaafireen

    Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Holbuki, jahannam, hech shubhasiz, kofirlarni oʻrab turguvchidir.

  55. 55

    يَوْمَ يَغْشَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِمْ وَيَقُولُ ذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Yawma yaghshaahumul 'azaabu min fawqihim wa min tahti arjulim wa yaqoolu zooqoo maa kuntum ta'maloon

    U kunda azob ularni ustlaridan va oyoqlari ostidan oʻrab olur va U zot: «Qilib yurgan amallaringiz(jazosi)ni toting!» deb aytur.

  56. 56

    يَٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ أَرْضِى وَٰسِعَةٌۭ فَإِيَّٰىَ فَٱعْبُدُونِ

    Yaa 'ibaadiyal lazeena aamanooo inna ardee waasi 'atun fa iyyaaya fa'budoon

    Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar. [21]

    [21] (Siz Mening bandamsiz, yer Mening yerim. Kofirlar biror joyda iymoningiz uchun, dinu diyonatingiz uchun sizga tinchlik bermayotgan boʻlsa, qiynoq-qistovga olayotgan boʻlsa, Mening yerim keng, boshqa tomonida yashab, istiqomat qilishingiz mumkin.)

  57. 57

    كُلُّ نَفْسٍۢ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا تُرْجَعُونَ

    Kullu nafsin zaaa'iqatul mawti summa ilainaa turja'oon

    Har bir jon oʻlimni totajakdir. Soʻngra Bizgagina qaytarilursiz.

  58. 58

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَنُبَوِّئَنَّهُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ غُرَفًۭا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ نِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَٰمِلِينَ

    Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati la nubawwi 'annahum minal Jannati ghurafan tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa; ni'ma ajrul 'aamileen

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi!

  59. 59

    ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

    Allazeena sabaroo wa 'alaa Rabbihim yatawakkaloon

    Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.

  60. 60

    وَكَأَيِّن مِّن دَآبَّةٍۢ لَّا تَحْمِلُ رِزْقَهَا ٱللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Wa ka ayyim min daaabbatil laa tahmilu riqqahaa; al laahu yarzuquhaa wa iyyaakum; wa Huwas Samee'ul Aleem

    Oʻz rizqini koʻtara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchi Zotdir. [22]

    [22] (Darhaqiqat, oʻylab koʻradigan boʻlsak, koʻpgina jonzotlar rizqga muhtoj boʻlganida, uni tanovvul qilishdan boshqa narsani bilmaydi. Rizq topish uchun harakat ham qilmaydi. Rizqni oʻzi bilan koʻtarib ham yurmaydi. Oʻziga rizq jamgʻarmaydi ham. Faqat rizq kerak boʻlganida, uni tanovvul qiladi, xolos. Ammo rizq topilmasdan, birortasi ochqab oʻlib ham qolmaydi. Rizqini terib yeb yuraveradi. Faqat insongina rizq toʻplashni odat qilgan. Ilohiy taʼlimotlardan uzoq boʻlgan baʼzi bir odamlar hayotni rizq-roʻz uchun kurashishdan iborat, deb oʻylaydilar. Ular oʻzlaricha, rizqni oʻzimiz topmoqdamiz, deb gumon qiladilar.)

  61. 61

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Wa la'in sa altahum man khalaqas samaawaati wal arda wa sakhkharash shamsa wal qamara la yaqoolunnal laahu fa ann yu'fakoon

    Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan va quyoshniyu oyni oʻz izmiga qaratgan kim?» deb soʻrasang: «Alloh», derlar. Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!

  62. 62

    ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ

    Allaahu yabsutur rizqa limany yashaaa'u min 'ibaadihee wa yaqdiru lah; innal laaha bikulli shai'in Aleem

    Alloh Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, rizqini keng qilib qoʻyadir va xohlaganinikini tor qiladir. Albatta, Alloh har bir narsani oʻta bilguvchi Zotdir.

  63. 63

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ

    Wa la'in sa altahum man nazzala minas samaaa'e maaa'an fa ahyaa bihil arda mim ba'di mawtihaa la yaqoolunnal laah; qulil hamdu lillah; bal aksaruhum laa ya'qiloon

    Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan oʻlgan yerni tiriltirgan kim?!» deb soʻrasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd boʻlsin!» deb ayt. Yoʻq! Ularning koʻplari aql yuritmaslar. [23]

    [23] (Mushriklarga tillari bilan oʻzlariga qarshi dalil aytdirgan Allohga hamdlar boʻlsin.)

  64. 64

    وَمَا هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَهْوٌۭ وَلَعِبٌۭ ۚ وَإِنَّ ٱلدَّارَ ٱلْءَاخِرَةَ لَهِىَ ٱلْحَيَوَانُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Wa maa haazihil hayaa tud dunyaaa illaa lahwunw-wa la'ib; wa innad Daaral Aakhirata la hiyal ha yawaan; law kaano ya'lamoon

    Bu dunyo hayoti faqat oʻyin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana oʻsha haqiqiy hayotdir.

  65. 65

    فَإِذَا رَكِبُوا۟ فِى ٱلْفُلْكِ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ إِذَا هُمْ يُشْرِكُونَ

    Fa-izaa rakiboo fil fulki da'awul laaha mukhilseena lahud deena falammaa najjaa hum ilal baari izaa hum yushrikoon

    Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.

  66. 66

    لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ وَلِيَتَمَتَّعُوا۟ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Li yakfuroo bimaaa aatainaahum wa li yatamatta'oo fasaw fa ya'lamoon

    Ular Biz bergan narsaga kufr keltiraversinlar va huzur qilaversinlar! Bas, tezda bilurlar.

  67. 67

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا جَعَلْنَا حَرَمًا ءَامِنًۭا وَيُتَخَطَّفُ ٱلنَّاسُ مِنْ حَوْلِهِمْ ۚ أَفَبِٱلْبَٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَكْفُرُونَ

    Awalam yaraw annaa ja'alnaa haraman aaminanw wa yutakhattafun naasu min haw lihim; afabil baatili yu'minoona wa bini'matil laahi yakfuroon

    Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qoʻyganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning neʼmatiga kufr keltirurlarmi?! [24]

    [24] (Makka ahli Harami Sharifning hurmati sababidan omonlikda yashar edilar. Hech kim ularga tegmas, hatto yomon qaramas, balki Harami Sharifning yuzidan ularni ham ulugʻlar, ehtirom qilar edilar. Haramning chegarasidan tashqaridagilarni esa, xohlaganlar oʻldirar, xohlaganlar olib ketib, qul qilar yoki molu dunyosini tortib olar edi.)

  68. 68

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًۭى لِّلْكَٰفِرِينَ

    Wa man azlamu mimma nif taraa 'alal laahi kaziban aw kazzaba bilhaqqi lammaa jaaa'ah; alaisa fee jahannama maswal lil kaafireen

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki oʻziga kelgan haqni yolgʻonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarga jahannamda turar joy yoʻqmidi?!

  69. 69

    وَٱلَّذِينَ جَٰهَدُوا۟ فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَمَعَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Wallazeena jaahadoo feenaa lanahdiyannahum subulana; wa innal laaha lama'al muhsineen

    Bizning (yoʻlimizda) jiddu jahd qilganlarni Oʻz yoʻllarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com