Sura 102

Takosur

التَّكَاثُرِ

At-Takathur · Makkiy · 8 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    أَلْهَىٰكُمُ ٱلتَّكَاثُرُ

    Al haaku mut takathur

    «Kimniki koʻp» sizni mashgʻul qildi.

  2. 2

    حَتَّىٰ زُرْتُمُ ٱلْمَقَابِرَ

    Hatta zurtumul-maqaabir

    To qabrlarni ziyorat qilguningizcha.

  3. 3

    كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Kalla sawfa ta'lamoon

    Yoʻq! Sizlar tezda bilasiz.

  4. 4

    ثُمَّ كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Thumma kalla sawfa ta'lamoon

    Yana yoʻq! Sizlar tezda bilasiz.

  5. 5

    كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ ٱلْيَقِينِ

    Kalla law ta'lamoona 'ilmal yaqeen

    Yoʻq! Agar Siz aniq ilm ila bilganingizda edi.

  6. 6

    لَتَرَوُنَّ ٱلْجَحِيمَ

    Latara-wun nal jaheem

    Albatta, jahannamni koʻrasiz.

  7. 7

    ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ ٱلْيَقِينِ

    Thumma latara wunnaha 'ainal yaqeen

    Va yana, albatta, uni ishonch koʻzi bilan koʻrasiz.

  8. 8

    ثُمَّ لَتُسْـَٔلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ ٱلنَّعِيمِ

    Thumma latus alunna yauma-izin 'anin na'eem

    Soʻngra, oʻsha kunda, albatta, berilgan neʼmatlardan soʻralasiz. [1]

    [1] (Yaʼni, qiyomatda har bir neʼmatni nimaga, qandoq sarf qilganingiz haqida soʻraladi. Ha, kattayu kichik har bir neʼmat haqida soʻralasiz. Har bir neʼmatga shukr qildingizmi, yoʻqmi — soʻralasiz. Alloh taolo sizga bergan molu dunyo neʼmatini nimaga sarfladingiz, halolgami haromga, Allohni rozi qiladigan yoʻlgami, gʻazabini qoʻzgʻatadigan yoʻlgami hamma-hammasi haqida soʻralasiz.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com