Sura 96

Alaq

العَلَقِ

Al-'Alaq · Makkiy · 19 oyat

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱقْرَأْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلَّذِى خَلَقَ

    Iqra bismi rab bikal lazee khalaq

    Yaratgan Robbing nomi bilan oʻqi.

  2. 2

    خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِنْ عَلَقٍ

    Khalaqal insaana min 'alaq

    U insonni alaqdan yaratdi.

  3. 3

    ٱقْرَأْ وَرَبُّكَ ٱلْأَكْرَمُ

    Iqra wa rab bukal akram

    Oʻqi! Robbing Karamlilarning karamlisidir.

  4. 4

    ٱلَّذِى عَلَّمَ بِٱلْقَلَمِ

    Al lazee 'allama bil qalam

    U, qalam bilan ilm oʻrgatgandir.

  5. 5

    عَلَّمَ ٱلْإِنسَٰنَ مَا لَمْ يَعْلَمْ

    'Al lamal insaana ma lam y'alam

    U, insonga bilmagan narsasini oʻrgatdi.

  6. 6

    كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَيَطْغَىٰٓ

    Kallaa innal insaana layatghaa

    Yoʻq! Inson, albatta, tugʻyonga ketur.

  7. 7

    أَن رَّءَاهُ ٱسْتَغْنَىٰٓ

    Ar-ra aahus taghnaa

    Gar oʻzini boy koʻrsa.

  8. 8

    إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلرُّجْعَىٰٓ

    Innna ilaa rabbikar ruj'aa

    Albatta, qaytib borish Robbinggadir.

  9. 9

    أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يَنْهَىٰ

    Ara-aital lazee yanhaa

    Qaytarganni koʻrdingmi?!

  10. 10

    عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰٓ

    'Abdan iza sallaa

    Bandani namoz oʻqiyotganida?! [1]

    [1] (Makka mushriklari rahbari Abu Jahl, Muhammadni Kaʼba yonida namoz oʻqiyotganini koʻrsam, boʻynidan oyogʻim bilan bosaman, degan ekan. Shunga binoan, bu oyatlardagi namoz oʻquvchidan murod Muhammad sollallohu alayhi va sallam, namozdan qaytaruvchi esa Abu Jahldir.)

  11. 11

    أَرَءَيْتَ إِن كَانَ عَلَى ٱلْهُدَىٰٓ

    Ara-aita in kana 'alal hudaa

    Ayting-chi, agar oʻsha hidoyatda boʻlsa.

  12. 12

    أَوْ أَمَرَ بِٱلتَّقْوَىٰٓ

    Au amara bit taqwaa

    Yoki taqvoga chaqirsa.

  13. 13

    أَرَءَيْتَ إِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰٓ

    Ara-aita in kaz zaba wa ta walla

    Ayting-chi, agar u yolgʻonga chiqarsa va yuz oʻgirsa.

  14. 14

    أَلَمْ يَعْلَم بِأَنَّ ٱللَّهَ يَرَىٰ

    Alam y'alam bi-an nal lahaa yaraa

    Alloh uni koʻrib turishini bilmasmi?

  15. 15

    كَلَّا لَئِن لَّمْ يَنتَهِ لَنَسْفَعًۢا بِٱلنَّاصِيَةِ

    Kalla la illam yantahi la nasfa'am bin nasiyah

    Yoʻq! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz!

  16. 16

    نَاصِيَةٍۢ كَٰذِبَةٍ خَاطِئَةٍۢ

    Nasiyatin kazi batin khaatiyah

    Yolgʻonchi, xatokor peshonasidan!

  17. 17

    فَلْيَدْعُ نَادِيَهُۥ

    Fal yad'u naadiyah

    Bas, u oʻz toʻpini chaqirsin.

  18. 18

    سَنَدْعُ ٱلزَّبَانِيَةَ

    Sanad 'uz zabaaniyah

    Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz. [2]

    [2] (Yaʼni, doʻzaxiylarni azoblovchi farishtalarni.)

  19. 19

    كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩

    Kalla; la tuti'hu wasjud waqtarib

    Yoʻq! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil. [3]

    [3] (Ushbu oyat sajda oyatlaridandir. Imom Muslim ulkan sahobiy Abu Hurayra roziyollohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Banda Allohga eng yaqin boʻlgan payti — sajda paytidir, u paytda duoni koʻp qilinglar», deganlar.)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · QuranEnc.com