Oʻqilishi
Paygʻambar ﷺ uchala jamaraga otgan har bir toshchalari bilan «Allohu akbar» (Alloh buyukdir) der edilar. Soʻngra oldinga oʻtib, qiblaga yuzlanib turar, qoʻllarini koʻtarib, Allohga duo qilar edilar. Bu birinchi va ikkinchi jamaradan keyin edi. Uchinchisiga esa toshchalarni otib, har birida «Allohu akbar» der edilar, tugatgach, uning oldida toʻxtamasdan ketar edilar.
